ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
156
BUXORO VILOYATI O‘TLOQI-ALLYUVIAL TUPROQLARI
UNUMDORLIGIGA TAKRORIY EKIN TURLARINING TA’SIRI
Turayev Ulug‘bek Utkirovich
“Irrigatsiya va melioratsiya” kafedrasi mustaqil izlanuvchi, Toshkent irrigatsiya
va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muxandislari instituti milliy tadqiqot
universiteti Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti,
E-mail:ulmosecha@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.14937067
Annotatsiya.
Ushbu maqolada Buxoro viloyati o‘tloqi-allyuvial tuproqlari
unumdorligi (tuproq agregatlarini hosil qilish, hajmiy massasi, g’ovakligi, suv
o‘tkazuvchanligi) ga takroriy ekinlarning ta’siri bo’yicha o‘tkazilgan tadqiqot
natijalari keltirilgan.
Kalit so‘zlar:
takroriy ekin, tuproq unumdorligi, tuproq agregatlarini hosil
qilish, hajmiy massasi, g’ovakligi, suv o‘tkazuvchanligi, mikrobiologik xossalari,
kuzgi bug‘doy, tariq, makkajo‘xori (silos uchun), loviya, mosh, oq jo‘xori (silos
uchun), don, hosil.
Kirish.
Dunyo mamlakatlarida qishloq xo‘jaligini rivojlantirishdan asosiy
maqsad tuproq unumdorligini oshirish bo‘lib, bu masala bo‘yicha ilmiy tadqiqot
ishlari olib borilmoqda.
Mamlakatimizda sug‘oriladigan yerlardan samarali foydalanish, yerlarning
meliorativ holatini yaxshilash, tuproq unumdorligini oshirish, qishloq xo‘jalik
ekinlaridan yuqori hosil yetishtirish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borish
dolzarb masala hisoblanadi.
Ekinlarni almashlab ekish tizimiga boshoqli don, oraliq va takroriy
ekinlarni kiritilishi tuproqning ekologik holatini mutanosib ravishda saqlab
turishda muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki, bu turdagi ekinlarining ildiz
qodiqlari tuproqning chuqur qatlamlariga keng tarqalib, tabiiy drenaj vazifasini
bajaradi. Bu esa tuproqning unumdorligini oshiradi va ekinlardan muntazam
mo‘l, sifatli va arzon mahsulot yetishtirishga imkon beradi [5].
Sug‘oriladigan yerlar sharoitida bir yilda 2-3 marta hosil olish imkoniyati
mavjud bo‘lib, shundan kelib chiqqan holda, sho‘rlangan yerlarda o‘tmishdosh
takroriy ekinlarning tuproq unumdorligi va kuzgi bug‘doyning hosildorligiga
tasirini o‘rganish amaliyotga joriy etish bugungi kunda dolzarb vazifalardan biri
hisoblanadi.
Respublikamizda bugungi kunda Buxoro viloyatining o‘tloqi allyuvial
tuproqlar unumdorligi va kuzgi bug‘doy hosildorligiga takroriy ekinlarning
ta’sirini aniqlash borasida izlanishlar yetarlicha amalga oshirilmagan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF–60-son
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
157
Farmonida 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot
strategiyasi «Tuproq unumdorligini oshirish va muhofaza qilish to‘g‘risida»
tuproqlar holatini yaxshilash, unumdorligini saqlash va oshirish, muhofaza
qilishning iqtisodiy choralarini belgilash, yerdan foydalanuvchilarni iqtisodiy
rag‘batlantirish masalalarini nazarda tutish, yil davomida 2-3 marta hosil olish,
hosildorlikni 1,2 barobarga oshirish va sug‘oriladigan maydonlarda boshoqli
don ekinlarini yetishtirishda yangi navlar, suv va suv resurslarini tejaydigan
zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish, kuchli sho‘rlangan yerlar ulushini
har yili 1 foizdan 2026 yilgacha 5 foizgacha kamaytirish vazifalari belgilab
berilgan [1].
Yuqoridagilardan kelib chiqib tadqiqotlarimiz oldiga Buxoro viloyati o‘tloqi-
allyuvial tuproqlar unumdorligini saqlash va oshirish uchun maqbul takroriy
ekinlarni tanlash, ularning tuproq xossalariga ta’sirini aniqlashni maqsad qilib
qo’ydik.
Uslub va materiallar.
Ilmiy tadqiqotlar Olot tumani hududida joylashgan
“Narzi oyim” fermer xo‘jaligi sho‘rlangan o‘tloq-allyuvial tuproqlari sharoitida
2019-2022 yillarda olib borildi. Dala tajribalari 6 variantda 4 takrorlikda olib
borildi. Tajribalarda qishloq xo‘jalik ekinlar parvarishi mazkur mintaqa uchun
qabul qilingan agrotexnik tadbirlar asosida olib bajarildi. Dala tajribasida
o‘tkazilgan barcha fenologik kuzatuvlar, biometrik o‘lchovlar O‘zPITIning «Dala
tajribalarini o‘tkazish uslublari» uslubiy qo‘llanmalaridan foydalanildi [2].
Hosildorlik bo‘yicha olingan ma’lumotlarning dispersion tahlili B.A.Dospexov
bo’yicha aniqlandi [3].
Tadqiqot natijalari tahlili.
Tuproqning unumdorligini belgilovchi asosiy
omillardan biri bu uning suv‒fizik xossalari hisoblanadi. Tuproqning zichligi
hajmiy va solishtirma og‘irligi, umumiy g‘ovakligi, suv o‘tkazuvchanligi, nam
sig‘imi katta agronomik ahamiyatga ega.
Ekinlarni almashlab ekish, organik o‘g‘itlarni qo‘llash va boshqa agrotexnik
tadbirlarni sifatli o‘tkazish evaziga yirikligi 10-0,25 mm diametr orasidagi
agronomik jihatdan qimmatli tuproq zarrachalari (A.J.Q.Z.) miqdorini oshirishga
erishish mumkin [4].
Olib borilgan taqiqotlarimizda tajriba maydonida dastlabki amal davri
boshida namuna olinganda nazorat variantida tuproqning agronomik jihatdan
qimmatli fraksiyalar (<10->0,25 mm) 0-30 sm bo‘lgan qismida 55,0 % ni, 30-50
sm gacha qatlamlarda 52,1 % ni tashkil qilgan bo‘lsa, amal davri boshiga
nisbatan 0-30 sm takroriy ekinlar hisobiga 0,6-9,2 %, gacha 30-50 sm qatamda
1,8-9,0 7,8 % ga oshib borishi qayd etildi.
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
158
Takroriy ekinlar ayniqsa loviya va mosh ekinlarini ekish hisobiga ildiz
hamda ang‘iz qoldiqlari hisobidan tuproqqa qaytgan jami oziqa moddalar
miqdori tegishlicha N-27,77-34,17; P-14,23-19,19; K-27,5-31,12 kg/ga qolishi
aniqlandi.
Takroriy ekinlardan loviya, moshdan keyin tuproqning agronomik jihatdan
qimmatli bo‘lgan agregatlari miqdori amal davri boshiga nisbatan 0-30 sm
qatlamda ekinlarga tegishlicha 4,0-6,2 %, 30-50 sm qatlamda 4,3-7,1 % ga oshib
borishi qayd etildi. Bu ko‘satgich qulay takroriy ekinlar loviyadan va moshdan
so‘ng amal davri oxiriga kelib nazorat variantiga nisbatan solishtirilda 7,1-9,1 %
gacha oshganligi aniqlandi.
M.Tojiyev, K.M.Tadjiyev va N.Ochildiyev larning ta’kidlashicha, qisqa
navbatli almashlab ekish tizimlarida kuzgi bug‘doydan keyin ekilgan har qanday
takroriy va siderat ekinlar tuproqlarning hajm massasini 0,05-0,09 g/sm
3
ga
kamaytiradi [5].
2019-2022 yillarda olib borgan tadqiqotlarimizda uch yilda o‘rtacha kuzgi
bug‘doydan keyin tuproqning 0-30 sm qatlamdagi hajm massasi 1,350 g/sm
3
ni,
30-50 sm qatlamda 1,410 g/sm
3
ni tashkil etib, takroriy ekin sifatida tariq,
makkajo‘xori, loviya, mosh, va oq jo‘xori ekilgan barcha variantlarda tuproqning
ikkala qatlamidagi tuproq hajm massasi sezilarli zichlanmagani kuzatildi.
Mosh va loviya ekinlari amal davri oxirida tuproqning 0-30 sm qatlamidagi
hajm massasi ekinlarga muvofiq holda 1,297; 1,291 g/sm
3
ni, tuproqning 30-50
sm qatlamida esa mutanosib ravishda 1,357; 1,350 g/sm
3
ni tashkil etdi.
Tuproq g‘ovakligi uning tabiiy holatda bo‘lgan qatlamlarning hajmiga
bo‘shliqlarning nisbatini ifodalaydi. Tuproq g‘ovakligi uning strukturasiga
bog‘liq bo‘lib, strukturasi yaxshi tuproqlarda g‘ovaklik ko‘p bo‘ladi. Bu esa o‘z
navbatida o‘simliklarning yaxshi o‘sib rivojlanishi uchun qulay sharoit
hisoblanadi.
Tajribalarimizda takroriy ekinlarni ekishdan oldin tuproq g‘ovakligi 0-30
sm qatlamda 48,1 %, 30-50 smda 45,8 % ni tashkil etgan bo‘lsa, takroriy ekinlar
tariq, makkajo‘xori (silos uchun), loviya, mosh va oq jo‘xori (silos uchun) ekilishi
tuproqning g‘ovakligiga ijobiy ta’sir etib, ushbu ko‘rsatkichlar takroriy ekinlarda
tegishli ravishda 0-30 sm qatlamda 49,0; 46,9; 50,1; 50,4; 49,0 va 30-50 sm
qatlamda esa 46,7; 46,6; 47,8; 48,1; 46,6 % ni tashkil etdi. Tajriba nihoyasida esa
barcha takroriy ekinlarda ham bir xil qonuniyat, ya’ni tuproqning g‘ovaklik
xususiyatining yaxshilanishi kuzatildi.
M.Tojiyev, K.Tojiyevlarning yozishicha kuzgi bug‘doydan so‘ng ekilgan
takroriy va siderat ekinlar tuproqda ildiz, ang‘iz, barg poya hamda ko‘k massa
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
159
qoldiqlari qoldirishi natijasida tuproqning tarkibidagi gumus va oziqa
elementlari miqdori ko‘payadi. Bu esa tuproqning namligi va suv
o‘tkazuvchanligini oshiradi [6].
Tadqiqotlarimizda takroriy ekinlar vegetatsiya oxirida tuproqning suv
o‘tkazuvchanligi variantlar bo‘yicha turlicha o‘zgarganligini kuzatishimiz
mumkin, ya’ni takroriy ekinlar tariq, makkajo‘xori, loviya, mosh va oq jo‘xori
ekilgan variantlarda suv o‘tkazuvchilik 6 soatda muvofiq holdda 706,3; 726,4;
738,6; 756,6 va 719,3 m
3
/ga ni tashkil etib, nazorat variantiga nisbatan
tegishlicha 62,0; 81,1; 94,3; 112,3; 75,0 m
3
/ga ko‘proq suv o‘tkazganligi yoki
mos holda suv o‘tkazuvchanlik tezligi o‘rtacha 6 soatda 0,196; 0,202; 0,205;
0,210; 0,200 mm/min bo‘lganligi yoki takroriy ekinlar ekilgan variantlarda
tuproqning suv o‘tkazuvchanligi oshganligi kuzatildi.
Xulosa
o’rnida aytish mumkinki kuzgi bug‘doy ekinidan so‘ng ekilgan takroriy
ekinlar ayniqsa loviya va mosh ekinlarini ekish hisobiga tupoqda ildiz hamda
ang‘iz qoldiqlari hisobidan tuproqqa oziqa moddalar miqdori nisbatan yuqori
bo‘lishi, tuproqning agronomik jihatdan qimmatli bo‘lgan agregatlari miqdori
amal davri boshiga nisbatan oshib borishi, tuproqning hajm massasi
kamayganligi, g‘ovakligi ortganligi, suv o‘tkazuvchanligi ortishi bu esa tuproq
unumdorligiga ijobiy ta’sir etishi aniqlandi.
Foydalanilgan adabiyot ro‘yxati:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvar “2022-2026
yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi
PF-60-sonli Farmoni.
2. Nurmatov va boshqalar. Dala tajribalarini o‘tkazish uslublari. Uslubiy
qo‘llanma. O‘zPITI– T.2007. -B.146.
3. Dospexov B.A. Metodika polevogo opita. – M: «Kolos», 1985. - 317 s.
4. Kiselev A.N. – Struktura pochvi i usloviya yee obrazovaniya. //Pochvovedenie,
jurnal. 1955. № 10. S. 11-22.
5.Tojiyev M., Tadjiyev K.M., Ochildiyev N.N. «Takroriy va siderat ekinlarning
tuproqning agrofizik xossalariga ta’siri” //”G‘o‘za seleksiyasi, urug‘chiligi va
yetishtirish agrotexnologiyalarining muammolari hamda uni rivojlantirish
istiqbollari” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari
to‘plami. PSUEAITI. Toshkent-2017. B. 278-281.
6.Tojiyev M, Tadjiyev K. Kuzgi bug‘doy, oraliq va siderat ekinlarining kimyoviy
tarkibi. Agroilm 2016, № 2, 20-21 bet