ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
134
SUN’IY INTELLEKTNING NAZARIY ASOSLARI VA UNING TA’LIMGA
TA’SIRI
G.D.O’rinboyeva
Ingliz tili nazariy aspektlari kafedrasi o’qituvchisi,
M.A.Raimjonova
ADCHTI 2 bosqich talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.14928316
Anotatsiya:
Ushbu maqolada sun’iy intellect (SI) dasturlarining ta’lim
jarayoniga ko‘rsatayotgan ta’siri yoritib beriladi. Shu bilan birga turli xil ta’im
tizimiga foyda keltiruvchi sun’iy intellektlar sanab o‘tiladi.
Kalit so'zlar:
Metod, tadqiqot, duolingo, masofaviy ta’lim, platforma.
Annotation:
This article explores the impact of artificial intelligence (AI)
programs on the educational process. Additionally, various AI tools that benefit
different educational systems are highlighted.
Keywords:
Method, research, duolingo, distance learning, platform.
Аннотация:
В данной статье рассматривается влияние программ
искусственного интеллекта (ИИ) на образовательный процесс. Также
перечисляются различные ИИ, приносящие пользу различным
образовательным системам.
Ключевые слова:
Метод, исследование, дуолинго, дистанционное
обучение, платформа.
Sun’iy intellekt - bu katta tarmoq bo‘lib, u aqlli mashinalarni yaratish bilan
shug’ullanadi. Sun’iy intellekt o‘tmish, hozir va kelajakka oid deyarli barcha
ma’lumotlarni o‘rganadi. Alan Tuning sun’iy intellekt sohasida olib borilgan ilk
tadqiqotning birinchi muallifi bo‘lgan (1). Sun’iy intellektga 1956-yilda fan
sohasi sifatida mustaqil asos solingan (2). Shu yilning yozida Dartmouth
kollejida bo‘lib oʻtgan anjumanda John McCarthy “sunʼiy intellekt“ atamasini
birinchi marta ishlatgan va mazkur atama muallifi sifatida tarixga kirgan. Sunʼiy
intellekt boʻyicha tadqiqotlar aslida XX asr oʻrtalaridan beri o’tkaziladi, ammo
unga nisbatan ommaviy qiziqish 2012-yilda boshlandi. 2017-yilda transformer
arxitekturasi bir qator yutuqlarga erishgach esa bu qiziqish yanada ortdi(3)(4).
2020-yilda sun’iy intellekt deyarli barcha sohalarda qo‘llanila boshlandi va
ushbu sohalarda yuksak natijalarga erishildi. Hozirgi kunda sun’iy intellekt
hayotning barcha sohalariga, jumladan ta’lim sohasiga ham katta ta’sir
o‘tkazmoqda va uning
yordamida ta’lim sohasini ancha samarali o‘qitish usullari
bilan boyitish mumkin.
N.Go‘ksel va A.Bozkurt ta’limda sun’iy intellekt qo‘llanilishi bo‘yicha
izlanishlarni tahlil qilar ekan, tadqiqotchilarning e’tiborini tortgan uchta jihatni
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
135
aniqlashgan: 1. adaptiv ta’lim, 2. ekspert tizimlari va ITT(intellektual tutorlik
tizimlari), 3. kelajakda ta’lim jarayonlarida sun’iy intellektning roli.(5) Bundan
ko‘rinib turibdiki, sun’iy intellektning ta’limdagi roli sohalarga oid tizimlarni
rivojlantirish,
ta’limda
o‘qituvchilarning
ishini
yengillashtirish,
shaxsiylashtirilgan ta’limni kengaytirish va ta’lim samaradorligini oshirishga
xizmat qiladi. Sun’iy intellekt yordamida har bir o‘quvchiga o‘z imkoniyatlariga
moslashgan metodlarni ishlab chiqish, baholash tizmini adolatli tarzda o‘tkazish
va o‘qitish jarayonini yanada interaktiv tusga keltirish mumkin.
Zamonaviy ta’lim tizimini sun’iy intellektlarsiz tasavvur qilish qiyin.
Ularning shiddat bilan hayotimizga kirib kelayotgani ko‘plab muhokama, hayrat
va shu bilan birga qo‘rquvga ham sabab bo‘lmoqda. Sun’iy intellektning ilk
ko‘rinishlari juda sodda ko‘rinishga ega bo‘lgan, hozirda bu soddaliklar
murakkablashtirilgan, ammo eski shakllari ham “sun’iy intellekt” nomi bilan
ataladi. Sun’iy dasturlarningning ta’limga ta’sirini ijobiy baholash mumkin. U
o‘rganuvchiga ishonchli ma’lumotlarni oson topish imkonini beradi. Shu bilan
birga bir qancha
sun’iy intellekt(AI)lar yordamida uydan chiqmagan holda ta’lim
olish va xatto til o‘rganish mumkin. Bunga dunyo aholisi keng foydalanadigan
Duolingo platformasini misol qilib olishimiz mumkin. Bu AI dastur o‘quvchilarga
tillarni turli xil qiziqarli usullar, dars rejalari, va interaktiv o‘yinlar bilan
o‘rgatadi. Shu jumladan O‘zbekiston yoshlar ishlari agentligi tomonidan 2022-yil
noyabr oyida tashkil etilgan, bepul ta’lim olishga mo‘ljallangan “Ibrat academy”
platformasi ham yoshlarimizning til o‘rganishlarida sodda va kreativ darslari
bilan ko‘makchi bo‘lmoqda. Loyiha doirasida professional ustozlar tomonidan
13 ta til bo‘yicha 22 turdagi tizimli va noldan boshlangan darslar majmuasi
ishlab chiqilmoqda. Hozirda YouTube video platformasida “ibrat academy”
loyihasining qariyb 320 dan ortiq o‘rganuvchilari bor. Sahifada e’lon qilingan
darslarning umumiy ko‘rishlar soni 12 milliondan oshgan(6
).
Ushbu
ko‘rsatgichlar AI yoshlarning ta’limiga qanday keng ko‘lamda hissa
qo‘shayotganini ko‘rsatadi, asosiysi undagi darslar o‘z aktualligini yo‘qotmaydi.
Shu bilan birga ushbu bepul darslar Respublikamizning chekka hududlarida
yashaydigan iste’dodli yoshlarga va imkoniyati cheklangan lekin til o‘rganishga
ishtiyoqi baland bo’lgan o‘quvchilarga yordam beradi.
Zamonaviy ta’limda Quizlet AI
orqali bolalarning o‘zlashtirgan bilimlari
nazorat qilinadi, turli kartochkalar, test va sinovlar orqali bilimlar
mustahkamlanadi. Bu esa o‘qituvchilarning ishlarini yengillatishga yoki
o‘quvchilarning o‘z ustilarida ishlashlariga ko‘maklashadi.
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
136
O‘qituvchilarga eng katta yordam beruvchi yana bir sun’iy intellekt bu
“Gradescope” hisoblanadi. U orqali imtixon varoqlari, nazorat savollarini oson va
tezkor tekshirish mumkin. Bu tizim imtixon javoblarini raqamli tarzda qabul
qiladi, bu esa asl ishlarni saqlashga, ularni tez va oson ko‘rib chiqishga yordam
beradi. Gradescope qo‘l yozuvi bilan bajarilgan topshiriqlarni raqamli baholaydi
hamda bir nechta baholovchilarga baholash mezonlarini birgalikda ishlab
chiqish va qo‘llashga yordam beradi(7).
Barchaga tanish bo‘lgan sun’iy intellekt
sistemalaridan biri Zoom AI
Assistant hisoblanadi. Zoom programmasi orqali online darslar tashkil etish
mumkin. Bu programma videoqo‘ng’iroqlar, online uchrashuvlar, vebinarlar va
masofaviy ta’lim uchun mo‘ljallangan platformadir. Zoomning bepul va pullik
versiyalari mavjud. Bepul ko‘rinishda faqat 100 kishini darsga taklif qilishingiz
va vaqt rejimi 40 daqiqadan oshmagan holda dars o‘tishingiz mumkin. Pullik
tarifda 500 kishigacha odam qo‘shish va cheklanmagan vaqtda dars berish
imkoniyati mavjud. 2020-yilgi pandemiya vaqtida masofadan ishlovchilar,
masofadan ta’lim oluvchilar va internet orqali jamoaviy suhbatlar
tashkillashtiruvchilar soni oshgani sababli Zoom dasturi dunyo bo‘ylab ancha
ommalashdi(8). Zoom platformasidan aholimiz asosan online biznes
uchrashuvlar, interaktiv darslar, vebinar va seminarlar o’tkazish maqsadlarida
foydalanadilar.
Sun’iy intellekt har bir o‘quvchining bilim darajasini tahlil qilib, unga mos
keladigan o‘quv materiallarini tavsiya qiladi. Test va yozma ishlarni tekshirib
berish bilan o‘qituvchining vaqtini tejaydi. Masofaviy ta’limga ko‘maklashadi.
Nogironligi bo’lgan shaxslarga maxsus ta’lim turlarini taqdim etadi. Baholashni
adolatli bo‘lishini, ma’lumotlarning ishonchli ekanini nazorat qiladi. Yana sun’iy
intellektlar ishonchli va aniq ma’lumotlarni ham taqdim etishda ancha o‘zib
ketmoqda. Sun’iy intellektning ta’limga qo‘shayotgan foydalariga yana ko‘plab
misollar keltirish mumkin, aynan jamiyatimizda ham AI dan o‘z ta’limiga foyda
olayotganlar talaygina.
Ammo, Sun’iy intellektlarning ta’limga qo‘shayotgan zararlari ham yo‘q
emas. Ular sababli o‘quvchilar hayotida o‘qituvchilarning roli kamayib
bormoqda. AI yordamida avtomatlashtirilgan tizimlarning ishlashi inson
omilining kamayishiga olib kelmoqda. Yana ba’zi bir sun’iy intellektlar bor-ki,
ular o‘quvchilarning tanqidiy fikrlashlarini sezilarli darajada kamaytirib
yuboradi. Misol uchun, ChatGPT, Google Bard va shu kabilarda o‘quvchilarning
deyarli barcha savollariga tayyor javoblar mavjud. Bu esa ularni mustaqil
fikrlash hamda muammolarni hal qilish ko‘nikmalarini pasaytirishi mumkin.
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
137
Unutmaslik lozimki, har qanday sun’iy intellektda oz bo‘lsada kamchilik bor va u
jonli ustozning o‘rnini bosmaydi. O‘qituvchi va bilim oluvchilar esa o‘z bilim,
malakalaridan ham ko‘proq sun’iy intellektlarga ishonmasliklari, ularga
bog’lanib qolmasliklari lozim. O‘qituvchi har doim o‘z o‘quvchisini his etadi, uni
psihologiyasini tushunadi, sun’iy intellektlarda esa hissiyotlar mavjud emas.
Sun’iy intellektlar ta’lim jarayonlarimizga keraklicha yordam beradi, ta’lim
sifatini yaxshilaydi, zamonaviy ta’limni shakllantirishga ko‘maklashadi. Ammo u
inson o‘rnini bosa olmaydi. Xulosa qilib aytganda, sun’iy intellektlardan to‘g’ri
foydalangan holda ta’limda yuqori natijalarga erishishimiz mumkin, ammo
nazoratni unutmaslik lozim.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. The Essential Turing: the ideas that gave birth to the computer age(en).
Oxford, England: Clarendon prenss, 2004, ISBN 0-19-825079-7
2. Russell & Norvig “Artificial Intelligence: A Modern Approach” (2021, s, 18)
3. Hamrayeva S.I.,Samandarov M.J. Sun’iy intellekt va uning asosida yaratilgan
texnologiyalar tahlili//Academic Research in Educational sciences, 2023.Vol.4.
4. https://www.gazeta.uz
5. https://ctl.columbia.edu
6. Lorenz, Taylor; Griffith, Erin; Isaac, Mike. “We live in Zoom Now”, The New
York times (2020-yil 17-mart)