ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
120
ICHKI ISHLAR ORGANLARI SOHAVIY XIZMATLARINING
HUQUQBUZARLIK SODIR ETISHGA MOYIL SHAXSLAR BILAN
ISHLASH FAOLIYATIDAGI MUAMMOLAR VA ULARNING TAHLILI
Асланов Бобур Тухтаеивч
Ўзбекистон Респуьликаси ИИВ Академияси Криминология
кафедраси ўқитувчиси, майор
https://doi.org/10.5281/zenodo.14924477
Annotatsiya:
Mazkur maqolada ishlar organlari sohaviy xizmatlarining
tezkor-qidiruv, huquqbuzarlik profilaktikasi, probatsiya xizmatlari hamda
“Mahalla yеttiligi” subyektlarining huquqbuzarlik sodir etishga moyil shaxslar
bilan profilaktik chora-tadbirlarni tashkil etish zaruriyati yoritib berilgan.
Kalik so‘zlar:
huquqbuzarlik sodir etishga moyil, tezkor-qidiruv,
huquqbuzarliklar профилактикаsi, chora-tadbirlar, sohaviy xizmatlar,
probatsiya va “Mahalla yеttiligi”.
2017-yilning 9-fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat
Mirziyoyev raisligida ichki ishlar organlari faoliyati, tizimda mavjud muammo va
kamchiliklar, istiqboldagi vazifalarga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishida,
inson manfaatlari bilan bogʻliq masalalarni kechiktirmasdan hal qilish lozim
boʻlgan bugungi kunda eskicha fikrlash, ishni eski qoliplar asosida tashkil qilish,
oʻz burchini elga xizmat tamoyiliga asoslanib emas, balki shaxsiy manfaatlardan
kelib chiqqan holda bajarish kabi amaliyotlar davom etmoqda. Ichki ishlar
organlari shunday ishlashi kerakki, toki xalq davlatdan rozi boʻlsin. Lekin ayrim
joylarda ularning faoliyati odamlar e’tiroziga sabab boʻlmoqda. Ayniqsa, mol-
mulkka jinoiy tajovuz kabi salbiy holatlarga toʻliq chek qoʻyilmagan. Qasddan tan
jarohati yеtkazish, firibgarlik, yoʻl-transport hodisalari kamaymagan .
Bu borada 2021-yil 26-martdagi “Jamoat xavfsizligini ta’minlash va
jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida ichki ishlar organlari faoliyatini sifat
jihatidan yangi bosqichga koʻtarish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 6196-sonli
Farmoni asosida ichki ishlar organlari tizimlardagi qator sohaviy xizmatlar
optimallashtirildi. Shuningdek, patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash
bosh boshqarmasi, Huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati, Yoʻl harakati
xavfsizligi bosh boshqarmasi, Probatsiya xizmatini oʻz ichiga oladigan Jamoat
xavfsizligi departamenti tashkil etildi .
Xususan, ichki ishlar organlari sohaviy xizmatlarining huquqbuzarlik sodir
etishga moyil shaxslar bilan ishlash faoliyatini tashkil etishda: tezkor-qidiruv,
huquqbuzarliklar profilaktikasi, probatsiya va “Mahalla yеttiligi” subyektlarining
vazifalari biqiyosdir. Mazkur sohaviy xizmatlar faoliyatida: 1) huquqbuzarlik
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
121
sodir etish ehtimoli yuqori; 3) huquqbuzarlik sodir etishga moyil; 2)
huquqbuzarlik sodir etish ehtimoli past boʻlgan shaxslar toifalari bilan ishlashda
uchrayotgan muammolarning yеchimlarini quyidagicha tahlil qilish maqsadga
muvofiq.
Birinchi tahlil: “Huquqbuzarlik sodir etish ehtimoli yuqori boʻlgan shaxslar”
toifalariga nisbatan “tezkor-qidiruv faoliyatini axborot bilan ta’minlashda
hanuzgacha koʻp yoʻnalishlarda eski usullardan foydalanib kelinmoqda. Bu esa
tezkor-qidiruv faoliyatini tashkil etishda muammo va turli toʻsiqlarni keltirib
chiqaradi” .
Ta’kidlash joizki, tezkor-qidiruv xizmatlari jinoyat sodir etish xavfi yuqori
boʻlgan shaxslar haqidagi ma’lumotlarni toʻliq aniqlash va ularni qoʻlga olishda
zamonaviy axborot texnologiyalari vositalaridan keng foydalangan holda tezkor-
qidiruv-tadbirlarni hamkorlikda tashkil etilsa yuqoridagi muammolarning kelib
chiqishini oldini oladi.
Bugungi kunda huquqbuzarlik sodir etish ehtimoli yuqori boʻlgan shaxslar
tomonidan zamonaviy usul va vositalardan keng qoʻllash orqali boshqa turdagi
jinoyatlarni sodir etish yoki qonun normalarini aylanib oʻtish holatlari kuzatilib
kelinmoqda. Shu sababli, tezkor-qidiruv xizmatlari mazkur toifalarga nisbatan
daliliy ashyolarni sifatli toʻplashi yoki konspiratsiya prinsiplariga jiddiy rioya
etilishi tezkor-qidiruv tadbirlarini ta’minlashdagi kamchiliklarni bartaraf etadi.
Shu xususda N.N. Bekmurodov fikricha, tezkor-qidiruv faoliyati natijalarini
tergovga taqdim etish tartibi idoralararo qaror orqali, oshkora natijalarini esa
Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining normalari bilan
tartibga solinishi lozim . Bizningcha, tezkor-qidiruv xizmatlari tomonidan
huquqbuzarlik sodir etish ehtimoli yuqori boʻlgan shaxslarga nisbatan ishlab
chiqilgan rejalar va oʻtkazilishi lozim boʻlgan tezkor-qidiruv tadbirlarning
umumiy jihatlari ochiq koʻrinishda, oshkor boʻlishi kutilayotgan qismlari esa
yopiq boʻlishi shart.
Tadqiqotlarda ta’kidlanganidek, tezkor-qidiruv faoliyatida qonunchilikka
rioya etish, ma’lumotlar olish jarayonlari ancha yopiq tarzda tashkil etilgani
sababli uning qonuniyligi, amalga oshirish jarayonida qonunchilikka rioya
etilishi, ma’lumotlarning haqiqiyligi yuzasidan juda koʻp savollar tugʻilishiga
sababchi boʻlmoqda .
Mazkur muammoni oldini olishda tezkor-qidiruv xizmatlari huquqbuzarlik
sodir etish ehtimoli yuqori boʻlgan shaxslarga nisbatan tergovga qadar tekshiruv
ish hujjatlarini sifatli va ishonchli asosda shakllantirilishi, avvalom bor sohaviy
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
122
xizmatlar oʻrtasidagi uchrayotgan muammo va tushunmovchiliklarni bartaraf
etishga hamda samarali hamkorlikni ta’minlashga xizmat qiladi.
Bu borada Sh. Pulatovning mavzuga doir tadqiqotlarida, tergovchining
tezkor-qidiruv organlari xodimlarining oʻzaro hamkorligi eng muhim
jarayonlardan biri sanaladi. Ushbu jarayonlarni puxta va oldindan tuzilgan reja
asosida amalga oshirilishi oʻzi jobiy samarasini beradi. Tergovchining ishi
osonlashadi va oʻz vaqtida belgilangan vazifalarni amalga oshirishga ulguradi
degan fikri, soʻzimizni tasdiqlaydi.
Ammo, buning aksi sifatida tezkor vakillar tomonidan tergov organlari
ixtiyoriga huquqbuzarlik sodir etish ehtimoli yuqori boʻlgan shaxslarga nisbatan
toʻplangan tergovga qadar tekshiruv ish hujjatlarini topshirishda: a) oʻzlarining
ish koʻrsatgichlarini (balli tizim) tezroq koʻtarib olish; b) ish hujjatlarning
muddatlari tugayotgani uchun rahbaridan tanbeh olmaslik yoki ochilmagan
jinoyatlarni ochmaslik (yalqovlik qilish) bahonasida kamchiliklar bilan
topshirish holatlari kuzatilmoqda.
Oʻtkazilgan anketa soʻrov ishtirokchilarining “48 % – amaliyotda xodimlar
tomonidan shu kabi muammolar koʻproq uchrayotgani; 20 % – tergov organlari
tomonidan tergovga qadar tekshiruv ish hujjatlari va daliliy ashyolarda
kamchiliklar boʻlganligi bois ijrochilarga qaytarib yuborilayotgani; 16 % – ushbu
kamchiliklarni amaliy ish tajriba va malakasi kam boʻlgan xodimlar tomonidan
sodir etilayotgani; 16 % – esa xizmatdagi salbiy muhitning ta’sirida yoʻlga
qoʻyilmoqda”, deb javob berishdi.
Mazkur holatlarda jinoyatlarni tez va toʻliq ochish, jinoyat sodir etgan har
bir shaxsga adolatli jazo berilishi hamda aybi boʻlmagan hech bir shaxs
javobgarlikka tortilmasligi va hukm qilinmasligi uchun aybdorlarni fosh etish,
jinoyat ishini qonuniy, asosli va adolatli yakun topishi, fuqarolarning huquqni
muhofaza qiluvchi organlarga va sudga nisbatan ishonchi susayishi bilan bogʻliq
muammolarni yuzaga kelishiga sabab boʻlmoqda hamda ushbu institut
takomillashtirishga muhtoj ekanligini koʻrsatmoqda .
Tadqiqotlar natijasidan kelib chiqib, ichki ishlar organlari tezkor-qidiruv
xizmatlarining huquqbuzarlik sodir etish ehtimoli yuqori boʻlgan shaxslar bilan
ishlash faoliyatidagi muammolar quyidagilarda namoyon boʻlmoqda:
birinchidan, ushbu toifalarga nisbatan toʻplagan tergovga qadar tekshiruv
ish hujjatlar hamda daliliy ashyolarning yеtarli va sifatli emasligi oqibatida
tergov va sud organlari tomonidan qabul qilinmasligi;
ikkinchidan, tezkor vakillar tomonidan jinoyat haqidagi xabarlarni oʻz
vaqtida koʻrmasdan qoldirish yoki ularni yashirish natijasida huquqbuzarlik
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
123
sodir etish ehtimoli yuqori boʻlgan shaxslar toifalari uchun yangi jinoyatlarni
sodir etishga zamin yaratilishi;
uchinchidan, sohaviy xizmat rahbarlari tomonidan tergovga qadar
tekshiruv ish hujjatlarini sifatsiz shakllantirgan ijrochi xodimlar ustidan nazorat
va ijrochilik intizomining yoʻqligi.
Xususan, islohotlar davrida ichki ishlar organlari sohaviy xizmat xodimlari
tomonidan quyidagi muammolar yuzaga kelgan:
a) jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari yuzaki koʻrib chiqilishi va
ularda koʻtarilayotgan masalalar har tomonlama chuqur tahlil qilinmayotgani;
b) murojaatlarga rasmiyatchilik uchun javob berilayotgani fuqarolarning
noroziligini keltirib chiqarayotgani;
v) jismoniy va yuridik shaxslarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Xalq qabulxonalariga va boshqa tashkilotlarga shikoyat bilan murojaat etishga
majbur boʻlish holatlari kuzatilgan.
Ta’kidlash joizki, fuqarolarning ichki ishlar organlariga emas, boshqa davlat
tashkilotlariga murojaat qilishlari mazkur tizimda ariza va shikoyatlarni koʻrib
chiqish bilan bogʻliq xato va kamchiliklar mavjudligidan dalolat bermoqda.
Tahlillar shuni koʻrsatmoqdaki, 2023-yilda Prokuratura organlari
tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatishni rad qilish
haqidagi qarorlarning qonuniyligi oʻrganilganida ichki ishlar organlari
tomonidan 5 710 ta jinoyat aniqlanib, ushbu noqonuniy qarorlar bekor qilingan
holda qat’iy hisobga qoʻyilishi ta’minlangan. Bularning 2 tasi bosqinchilik, 37 tasi
talonchilik, 357 tasi tan jarohati yеtkazish, 339 tasi bezorilik, 1 742 tasi oʻgʻirlik,
2 445 tasi firibgarlik hamda 788 tasi boshqa turdagi jinoyatlar boʻlganligi
aniqlangan. Prokuratura organlari oʻtkazgan oʻrganishlarda jinoyat haqidagi
ariza va xabarlarni qayd etmaslik yoʻli bilan 16 ta, dalillarni soxtalashtirish yoki
qasddan yoʻl qilish orqali 24 ta jinoyat yashirilgani aniqlangan .
Tadqiqotlar natijasida shu ma’lum boʻlmoqdaki, ichki ishlar organlari
tezkor-qidiruv xizmat subyektlari tomonidan huquqbuzarlik sodir etish ehtimoli
yuqori boʻlgan shaxslarga nisbatan toʻplangan tergovga qadar tekshiruv ish
hujjatlarining qonuniy va sifatli toʻplanishi quyidagi ijobiy natijalarni yuzaga
keltiradi:
1) ushbu toifalarni zararsizlantirish va ularni doimiy nazoratda boʻlishiga;
2) ularga nisbatan sifatli toʻplangan tergovga qadar tekshiruv ish hujjatlari
tergov va sud organlari tomonidan qaytarib yuborilmasligi;
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
124
3) tezkor-qidiruv xizmat subyektlari tomonidan qidiruvda boʻlgan
shaxslarni ushlash, shuningdek aniqlangan yoki fosh etilgan jinoyatlar uchun
ularning “…reyting tizimini baholash yordamida ragʻbatlantirilishi” ,
4) sohaviy xizmatlar oʻrtasida samarali hamkoklikni ta’minlash va
hududlarda jinoyatchilikning salmogʻini keskin kamayishiga erishish;
5) shaxs, jamiyat va davlatning xavfsizligini ta’minlanishi;
6) fuqarolarning huquqni muhofaza qiluvchi davlat organlariga nisbatan
ishonchini yanada oshirishga xizmat qiladi.
Har qanday ijtimoiy jarayonning samaradorligi, eng avvalo, uni tashkil
etuvchi huquqiy munosabatlar subyektlari tizimi qay darajada oqilona tashkil
etilgani va ularning oʻz vazifalarini qay darajada bajarishlari bilan belgilanadi .
Nazarimizda, yuqoridagi muammolarni oldini olish uchun ichki ishlar
organlari xodimlariga kelib tushayotgan jinoyatga oid har qanday murojaatlarni
qabul qilish va qayt etishni toʻliq raqamlashtirish, ya’ni mazkur jarayonda inson
omilini istisno qiladigan holatda amalga oshirish tizimini joriy etish maqsadga
muvofiq boʻladi. Ushbu taklifni sotsiologik soʻrovnomada ishtirok etganlarning
82 % – ijobiy baholashgan.
Ikkinchi tahlil, “Huquqbuzarlik sodir etishga moyil shaxslar” bilan ishlashda
profilaktika (katta) inspektori va probatsiya xodimlari faoliyatida uchrayotgan
muammolarning tahlili.
Bugungi kunda ichki ishlar organlari mansabdor shaxslari, shu jumladan
profilaktika inspektorlarining aholi bilan muloqoti yoʻlga qoʻyilmagan, fuqarolar
bilan muomala madaniyati pastligicha qolmoqda, aholining eng muhim
muammolarini hal etish borasida fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari
va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan samarali hamkorlikni
ta’minlash chora-tadbirlari belgilanmaganligi quyidagilarni yuzaga keltirmoqda.
Jumladan:
a) fuqarolarning profilaktika inspektorlari faoliyatiga nisbatan
ishonchsizligini uygʻonishiga; b) mahalla hududlarida huquqbuzarlik sodir
etishga moyil boʻlgan shaxslarning nazoratsiz qolishi va huquqbuzarliklarni
koʻpayishiga; v) profilaktik chora-tadbirlarni ta’sirchan ta’minlashda
huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi va unda ishtirok
etuvchi subyektlar oʻrtasida hamkorlikni oʻrnatishdagi muammolarni paydo
boʻlishiga olib keladi.
Xususan, shu kabi muammolarning kelib chiqishida ichki ishlar organlari
boshligʻi va sohaviy xizmat rahbarlarining profilaktika (katta) inspektorlarini
vakolatiga doir boʻlmagan vazifalar yoki boshqa hududlarga jalb etilishi
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
125
natijasida: birinchidan, nazoratsiz qolgan huquqbuzarlik sodir etishga moyil
shaxs tomonidan jinoyatlarni osonlik bilan sodir etilishiga; ikkinchidan, mahalla
hududlarida profilaktik chora-tadbirlarni yеtarli darajada ta’minlamaganlik,
shuningdek jinoyatchilik salmogʻining ortib ketganligi uchun profilaktika
inspektorlari “tanqidiy muhokama qilinadi, ular faoliyatining samaradorligiga
alohida baho beriladi hamda egallab turgan lavozimiga loyiq yoki noloyiqligi
haqida tavsiyalar qabul qilinishi” kabi tashkiliy ishlardagi kamchiliklar koʻzga
tashlanmoqda.
Normativ-huquqiy hujjatlarda profilaktika inspektorlari xizmat oʻtash
vaqtida agarda biriktirilgan hududda tezkor-profilaktik xizmat koʻrsatilmay
qolishiga olib keladigan boʻlsa, hududni tashlab ketishga ruxsat berilmaydi .
Koʻrib turganimizdek, ichki ishlar organlari boshliqlari va sohaviy xizmat
rahbarlarining ijrochi hodimlar bilan yakka tartibda ishlash va normativ-
huquqiy hujjatlar ijrosini ta’minlash borasida muammolar mavjudligini
koʻrsatmoqda.
Sotsiologik soʻrovnomada ishtirok etganlarga “Sizningcha, profilaktika
inspektorlariga qaysi sohaviy xizmat rahbarlari qanday koʻrinishdagi xizmat
vazifasiga oid boʻlmagan vazifalarga jalb etilmoqda? deyilgan savolga
respondentlarning 69 % – topshiriqni berayotgan rahbarlarning koʻpligi va
sohaviy xizmatga aloqasi yoʻqligi” deb ta’kidlashgan.
Bu borada “rahbar oʻziga boʻysunuvchi xodimlardan ularning xizmat
vazifalari doirasiga kirmaydigan topshiriqlarni bajarishni talab qilmasligi,
shuningdek qonunga xilof xatti-harakatlarni sodir etishga undamasligi”,
binobarin “oʻziga boʻysunuvchi xodimlarga nisbatan yuqori professionalizm,
halollik va adolatda oʻrnak boʻlishi, davlat organida, uning tarkibiy yoki hududiy
boʻlinmasida ma’naviy-psixologik muhit shakllanishiga koʻmaklashishi lozim” .
Nazarimizda,
profilaktika
(katta)
inspektorlarning
biriktirilgan
hududlardan tashqarida boʻlgan yoki boshqa xizmatlarga jalb etilgan vaqtida
yohud boshqa sohaviy xizmat subyektlari nazoratidagi huquqbuzarlik sodir
etishga moyil shaxslar toifalari tomonidan mahallalarda jinoyat sodir etilsa,
profilaktika inspektorlariga nisbatan intizomiy javobgarlikka tortish amaliyotini
qat’iyan man etish kerak. Ushbu taklifni sotsiologik soʻrov ishtirokchilarning 80
% – ijobiy baholashgan.
Ta’kidlash joizki, profilaktika katta inspektorlarining vakolatlari doirasiga
kirmaydigan vazifalarga jalb etilishi natijasida: a) oldindan rejalashtirilgan
ishlarni bajarish uchun vaqtining yеtishmasligi; b) ish hajmining koʻpligi va
biriktirilgan hududlarda kam boʻlganligi sababli yosh xodimlarga amaliy ish
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
126
tajribalarini oʻrgatish va ustoz-shogird an’anasiga muvofiq chora-tadbirlarni
ta’minlash orqada qolayotgani; v) profilaktik hisob va ma’muriy nazoratdagi
ilgari sudlangan (oʻta xavfli retsidivist) shaxslar bilan yakka tartibdagi
profilaktik chora-tadbirlarni yеtarlicha olib borilmasligi sababli mahalla
hududlarida takror jinoyatlar sodir etilishi mumkin.
Tahlillar shuni koʻrsatmoqdaki, Oʻzbekistonda 2023-yil yakuni boʻyicha
ichki ishlar organlari profilaktika inspektorlari tomonidan “ilgari sudlangan
shaxslar bilan tizimli ish olib borilmasligi oqibatida, profilaktik hisobda turgan 1
234 shaxslar jinoyat sodir etib, shulardan 752 nafari ilgari sudlanganlar
tomonidan sodir etilganligini koʻrish mumkin .
Mazkur holatga keng yondashgan holda sotsiologik soʻrov ishtirokchilariga,
“Sizningcha, ilgari sudlangan oʻta xavfli retsidivist shaxslarga nisbatan qanday
toifadagi xodimlar profilaktik hisob va ma’muriy nazorat ishini yuritishi lozim? –
deyilganda 72 – muayyan sohada uzoq yillar faoliyat yuritgan amaliy ish
tajribasiga ega boʻlgan xodimlar tomonidan yuritishi kerakligini” ta’kidlashgan.
Nazarimizda, amaliy ish tajribasi kam boʻlgan yosh profilaktika
inspektorlari tomonidan jinoyatchilik salmogʻi yuqori boʻlgan mahallalarda
huquqbuzarliklar profilaktikasini ta’minlash hamda profilaktik hisob va
ma’muriy nazoratdagi huquqbuzarlik sodir etishga moyil shaxslarga nisbatan
yakka tartibdagi profilaktik chora-tadbirlarni tashkil etishda uchrayotgan
muammolarning asosiy sabablari quyidagilarda namoyon boʻlmoqda:
1) sohaviy xizmat rahbarlarining kadrlarni joy-joyiga qoʻyishda
malakasining yеtarli emasligi;
2) tizimga yangi qabul qilingan yosh xodimlarni tajribasiz murabbiylarga
biriktirilishi;
3) murabbiylar yosh xodimlar bilan bir mahallada emas, balki boshqa
sohaviy xizmatlarda faoliyat olib borilishi asosiy kamchiliklar hisoblanadi.
Bu borada normativ-huquqiy hujjatlarda, ichki ishlar organlariga xizmatga
birinchi marta qabul qilingan xodimlar dastlabki sinov muddati davrida kodeks
qoida va talablarini buzgan holatlarda ularga biriktirilgan murabbiylar,
aybdorlik darajasidan kelib chiqib, egallab turgan lavozimidan ozod etishgacha
boʻlgan intizomiy jazoga tortiladi .
Mazkur muammoni koʻtargan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat
Mirziyoyev kadrlar masalasida “Eng katta xavf – kadrlar saviyasi, bilimi, ilmi va
fidoyiligida. Ming afsuski, eng ogʻir masala shu” degan fikrlariga toʻliq qoʻshilgan
holda, ichki ishlar organlari sohaviy xizmat subyektlarini maqsadli joy-joyiga
qoʻyilishi shart boʻlib, ular tomonidan huquqbuzarlik sodir etishga moyil
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
127
shaxslarga nisbatan yakka tartibdagi profilaktik chora-tadbirlarni qoʻllashda
“qonuniylik va shaffoflik prinsiplariga” asosan faoliyat olib borishlari lozim.
Shuni oʻrinda ta’kidlash joizki, ichki ishlar organlari profilaktika
inspektorlari profilaktik hisob va ma’muriy nazorat oʻrnatilgan shaxslarga
nisbatan yakka tartibdagi profilaktik chora-tadbirlarini ta’sirchan olib borish
hamda ularni jinoyatlardan tiyilishi uchun barcha imkoniyatlarni qoʻllash
dolzarb
ekanligini
unutmaslik
lozim.
Ammo,
oʻziga
nisbatan
huquqbuzarliklarning
yakka
tartibdagi
profilaktikasi
chora-tadbirlari
qoʻllanilayotgan shaxslarga nisbatan qonun buzilish holatlari kuzatilgudek
boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, Jismoniy va yuridik
shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida” gi, “Elektron hukumat toʻgʻrisida” gi,
“Elektron hujjat aylanishi toʻgʻrisida”gi, “Elektron raqamli imzo toʻgʻrisida” gi,
“Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari faoliyatining ochiqligi toʻgʻrisida” gi
qonunlarida belgilangan shakl, usul va tartibda huquqbuzarliklar
profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi organ yoki muassasaning qarorlari,
mansabdor shaxslarning harakatlari ustidan shikoyat qilishga haqlidir.
Nazarimizda, huquqbuzarliklar profilaktikasiga doir qonunchilikka yakka
tartibdagi profilaktika chora-tadbirlari qoʻllanilayotgan shaxslarning ayniqsa
tuzalish yoʻliga oʻtmagan yoki huquqbuzarlik sodir etishga moyilligini oʻzida
saqlab qolgan toifalarning majburiyatlarini qayta koʻrib chiqish lozimligi va
ularga nisbatan ta’sirchan profilaktik chora-tadbirlarni ta’minlash kerak degan
fikrdamiz.
Sotsiologik soʻrovnoma ishtirokchilariga “Sizningcha, Oʻziga nisbatan
huquqbuzarliklarning
yakka
tartibdagi
profilaktikasi
chora-tadbirlari
qoʻllanilayotgan shaxslar majburiyatlarini koʻpaytirish va shu yuzasidan yangi
normalarni
kiritishni
qanday
baholaysiz?
degan
savolga
ushbu
respondentlarning 82 – ijobiy” baholashgan.
Tahlillar shuni koʻrsatmoqdaki, oʻziga nisbatan profilaktik hisob va
ma’muriy nazorat oʻrnatilgan huquqbuzarlik sodir etishga moyil shaxslar bilan
yakka tartibdagi profilaktik chora-tadbirlarni ta’sirchan tashkil etish va tegishli
hujjatlarni oʻz vaqtida rasmiylashtirish, shuningdek ularning huquq va
majburiyatlarini alohida tartibda ishlab chiqilishi kelgusida huquqbuzarliklar
profilaktikasini samarali va tizimli olib borilishiga hissa qoʻshadi.
Huquqiy davlatda jamiyat hayot faoliyatining barcha sohalarida qonun
hukmronligi, shaxs erkinligi, inson huquqlari va manfaatlarining daxlsizligi,
davlat va shaxsning oʻzaro javobgarligi prinsiplari, davlat va jamiyat hayotining
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
128
muhim prinsiplaridan biri – qonuniylikning mazmuniga jiddiy qoʻshimchalar
kiritilishi talab qilinadi .
Yuqoridagilarga asoslanib, Oʻzbеkiston Rеspublikasining “Huquqbuzarliklar
profilaktikasi toʻgʻrisida”gi qonunning 42-moddasi ikkinchi qismini quyidagi
tushunchalar bilan toʻldirgan holda yangi tahrirda bayon etish:
“Oʻziga nisbatan huquqbuzarliklarning yakka tartibdagi profilaktikasi
chora-tadbirlari qoʻllanilayotgan shaxslar:
– huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi organlar va
muassasalar mansabdor shaxslarining qonuniy talablarini bajarishi;
– hisob davri davomida jamoat va boshqa joylarda spirtli ichimliklar,
giyohvandlik vositalari, psixotrop yoki aql-irodaga ta’sir qiluvchi moddalarni
iste’mol qilmasligi;
– gʻayriijtimoiy xatti-harakatlar va huquqbuzarlik sodir etmasligi;
– huquqni muhofaza qiluvchi davlat organi vakillari tomonidan oʻziga
nisbatan huquqbuzarliklarning yakka tartibdagi profilaktikasi chora-tadbirlari
qoʻllanilayotgan shaxslarni xizmat yuzasidan chaqirgan taqdirda oʻz vaqtida
yеtib kelishi (uzrli sabablar bundan mustasno) shart” deb toʻldirilishi kelgusida
yakka tartibdagi profilaktik chora-tadbirlarni ta’minlashning huquqiy tartibini
belgilashga xizmat qiladi.
Shuningdek, bugungi kunda ichki ishlar organlari “probatsiya xizmatining
faoliyatini ham yеtarlicha samarali deyish oʻrinli boʻlmaydi. Chunki, jinoyat-
ijroiya munosabatlari doimiy ravishda rivojlanayotgani bois, tizimning
oʻzgaruvchi elementlari eskirishi va oʻzgargan yangi sharoitlar bilan mos
kelmasligi mumkin” . Ayniqsa, probatsiya boʻlinmalari tomonidan nazoratidagi
toifalarni hisobdan chiqarish yoki bu borada sohaviy xizmat subyektlari bilan
hamkorlik oʻrnatishda bir talay muammolar mavjud.
Tahlillar shuni koʻrsatmoqdaki, 2021-yilda probatsiya boʻlinmalari nazorati
ostidagi shaxslar tomonidan 1086 ta jinoyat sodir etilgan. 2022-yilda bu
koʻrsatkich 845 ta, 2023-yilning 9 oyida esa 353 tani tashkil qilganligini koʻrish
mumkin .
Shu oʻrinda ta’kidlash joizki, probatsiya boʻlinmalari nazoratidagi shaxslarni
asossiz tarzda yoki obyektiv va subyektiv sabablar ta’sirida muddatidan oldin
hisoblardan chiqarib yuborilishi, shuningdek ularning tuzalmaganligini inobatga
olinmasligi natijasida mahalla hududlarida jinoyatchilik salmogʻining
koʻpayishiga turtki bermoqda.
Sotsiologik soʻrovnoma ishtirokchilariga, “Sizningcha, probatsiya xizmati
xodimlari nazorati ostidagi huquqbuzarlik sodir etishga moyil boʻlgan shaxslarni
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
129
hisobdan chiqarish yoki ularning tuzalganligi haqidagi ishonchli ma’lumotlarni
olishda “Mahalla yеttiligi” bilan hamkorlik oʻrnatilganmi? degan savolga
respondentlarning 60 % – oʻrnatilmagan” deb javob berishgan.
Amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarda probatsiya boʻlinmalari, vazirliklar
va idoralar hamda boshqa xizmat subyektlar bilan oʻzaro hamkorlik oʻrnatish
alohida tartibga solingan. Ta’kidlash joizki, ichki ishlar organlarining har bir
sohaviy xizmat subyektlarining ish faoliyatlari ochiq boʻlib, ushbu notoʻgʻri
tashkil etilgan ishlar natijalari zudlik bilan jamoatchilik nazorati diqqatiga tushib
qolishi va ortiqcha muhokamalarga sabab boʻlishini unutmaslik lozim.
Koʻrib turganimizdek, zamonaviy demokratik jamiyatda probatsiya davlat
ijroiya hokimiyati organlari tizimida boʻlsa-da, ijtimoiy nazoratga doimo tayyor
va ochiq boʻladi, zero bu nafaqat mahkumlarning huquq va erkinliklarini
ta’minlaydi, balki xodimlarning ijtimoiy muhofaza etilishi darajasini oshiradi,
jinoiy jazolarni ijro etishda xalqaro standartlariga rioya etilishiga imkon yaratadi
.
Nazarimizda, probatsiya boʻlinmalari nazoratidagi axloq tuzatish, majburiy
jamoat ishlari, ozodlikni cheklash, muayyan huquqdan mahrum qilish jazolari
tayinlangan va shartli hukm qilingan shaxslarga nisbatan profilaktik chora-
tadbirlarning toʻgʻri tashkil etilmasligi yoki sud organlari tomonidan chiqarilgan
ajrimlarning oʻz vaqtida ijro etilmasligi natijasida: a) normativ-huquqiy ish
hujjatlar ijrosining ta’sirchanlgini yoʻqolishiga, b) ushbu shaxslar toifalari
oʻrtasida jinoyatchilik salmogʻining koʻpayishiga olib keladi.
Mazkur sohada faoliyat olib borgan D. M. Usmonov, probatsiya boʻlinmalari
yuzasidan kiritgan quyidagi: a) probatsiya nazorati ostidagi shaxslarning
hisobini yuritish borasida raqamli texnologiyalarni joriy etish hamda ularni
hisobga olishning elektron tizimini yaratish; b) probatsiya xizmati xodimlarini
bosqichma-bosqich oʻqitish, qayta tayyorlash va malakasini oshirish maxsus
kurslarini tashkil etish lozim degan takliflariga toʻliq qoʻshilish mumkin.
Tahlillar
shuni
koʻrsatmoqdaki,
probatsiya
inspektorlarining
huquqbuzarlikka moyil shaxslarni hisobdan chiqarish yoki tarbiyaviy
ahamiyatga ega boʻlgan chora-tadbirlarni tizimli ta’minlashda “Mahalla yеttiligi”
bilan hamkorligini davomli tarzda oʻrnatishga boʻlgan ehtiyoj yanada
sezilmoqda.
Uchinchi tahlil, “Huquqbuzarlik sodir etish ehtimoli past boʻlgan shaxslar”
toifalari bilan ishlashda “Mahalla yеttiligi” faoliyatida uchrayotgan
muammolarning tahlili.
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
130
Yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida “Mahallabay” va
“Oilabay” hamda “Fuqarobay” ishlash tizimi joriy etilishi mahallaning tinchligi,
farovonligi va barqaror rivojlanishi albatta aholining turmush darajasini
belgilovchi muhim omillardan biri sanaladi. Bu borada “Mahalla yеttiligi”
tomonidan ma’muriy hududlarda manzilli ishlarni olib borish, har bir mahallani
har tomonlama oʻrganish asosida muammoli oilalar, ishsiz fuqarolar, ijtimoiy
jihatdan ogʻir ahvolga tushib qolgan xotin-qizlar, tarbiyasi ogʻir bolalar,
uyushmagan yoshlarni ijtimoiy hayotning faol va namunali kishilariga
aylantirish hamda uning ijtimoiy profilaktikasini ta’minlashdan iboratdir.
Ammo ijtimoiy profilaktik chora-tadbirlarning ta’minlanishiga qaramasdan,
joylarda hanuzgacha jinoyatchilikning tub ildiziga toʻliq yеtib borilmayotganligi
va jinoyatlarning asl sabablari oʻrganilmayotganligi, shuningdek mahalla,
mehnat jamoalari va ta’lim muassasalaridagi muhokamalar nomiga tashkil
qilinib, rasmiyatchilikdan nariga oʻtmayotganligi kuzatilmoqda.
Shu oʻrinda alohida ta’kidlash joizki, “Mahalla yеttiligi” tomonidan ijtimoiy
profilaktika obyektlariga nisbatan yеtarlicha profilaktik chora-tadbirlarni olib
borilmasligi oqibatida mahalla hududlarda jinoyat sodir etilsa, profilaktika
(katta) inspektoridan tashqari boshqa subyektlarga nisbatan shaxsiy javobgarlik
masalalari tegishli normativ-huquqiy hujjatlarda belgilab oʻtilmaganligini koʻrish
mumkin .
Sotsiologik soʻrovnoma ishtirokchilariga, “Sizningcha, mahalla hududlarda
jinoyat sodir etilsa, profilaktika (katta) inspektorlari kabi shaxsiy javobgarlik
majburiyatlarini qonuniy tartibda “Mahalla yеttiligi”ning boshqa subyektlariga
nisbatan ham teng tarzda yuklashni qanday baholaysiz? degan savolga
respondentlarning 79 % – ijobiy baholashini” ta’kidlashgan.
Nazarimizda, bu borada “Mahalla yеttiligi”ning huquqbuzarlik sodir etish
ehtimoli past boʻlgan shaxslar bilan ishlash faoliyatidagi mas’uliyatini yanada
oshirish va shaxsiy javobgarlik masalalarini koʻrib chiqish muhim hisoblanadi.
Koʻrib
turganimizdek,
huquqbuzarliklar
profilaktikasi
sohasida
huquqbuzarlik sodir etish ehtimoli past boʻlgan toifalarga nisbatan profilaktik
ta’sir choralarini koʻproq profilaktika (katta) inspektorlari ta’minlaydi. Chunki,
ushbu toifalarni nazoratda ushlab turish hamda “profilaktika hisob ishlarini
davomli tarzda shakllantirib borish vakolatlari profilaktika (katta)
inspektorlariga yuklatilgan” .
Biroq shuni alohida ta’kidlash joizki, ijtimoiy profilaktika subyektlari
oʻrtasida samarali profilaktik chora-tadbirlarni tashkil etilmaganligi natijasida
“jamiyatda, uning ayrim hududlari va sohalarida kriminogen vaziyatning
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
131
murakkabligi quyidagi omillar bilan bogʻliq: birinchidan, ma’muriy hududlarda
huquqbuzarlikning umumiy, maxsus, yakka va viktimologik profilaktikasining
samarali tashkil etilmasligi; ikkinchidan, ayrim nizoli oilalarda nosogʻlom
muhitning mavjudligi, tarbiyaning sustligi va shaxsning spirtli ichimlik,
giyohvandlikka ruju qoʻyishi; uchinchidan, hududlarda ilgari sudlangan va
huquqbuzarlik sodir etishga moyil boʻlgan shaxslarning koʻpayishi;
toʻrtinchidan, huquqbuzarlik va jinoyatlarning sodir etilishiga imkon beruvchi
omillarning koʻpayishi” ga olib keladi.
Shu xususda, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich
Mirziyoyev ta’kidlaganidek: Saflarimiz va kadrlarimizning sofligini ta’minlash,
ishdagi har qanday salbiy holatlarning oldini olish va bunday illatlarning ildizini
quritish borasida har bir huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga
oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi subyektlarning yuragi va qoʻli toza boʻlishi
kerakligini, hamma bir-biriga yordam berishi lozimligini nazarda tutgan
fikrlariga qoʻshilish mumkin.
Yuqoridagi tadqiqotlar natijasiga asosan, ichki ishlar organlari sohaviy
xizmatlarining huquqbuzarlik sodir etishga moyil shaxslar bilan individual
ishlash va huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasida uchrayotgan muammolarni
bartaraf etish yuzasidan quyidagi taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi:
a) kriminogen vaziyatni nazorat qilish, jinoyatchilikka qarshi kurashish va
huquqbuzarliklar profilaktikasini ta’minlash uchun yosh tezkor vakil va
profilaktika inspektorlarini jinoyatchilik salmogʻi koʻpaygan mahalla
hududlariga biriktirilishini oldini olish;
b) huquqbuzarlik sodir etish ehtimoli yuqori boʻlgan oʻta xavfli retsidivist
shaxslarga nisbatan profilaktik hisob va ma’muriy nazoratni yuritishni,
shuningdek jinoyatchilik salmogʻi yuqori boʻlgan mahalla hududlariga koʻp yillik
amaliy ish tajribaga ega boʻlgan xodimlarni biriktirish;
g) ichki ishlar organlari tizimiga yangi qabul qilingan yosh tezkor vakil va
profilaktika inspektorlarini kasbga koʻniktirish, ish tajribasini oshirish hamda
xizmat faoliyatini boshlashdan avval ma’lum bir muddat jinoyatchilik salmogʻi
koʻpaygan mahallalarga vaqtincha safarbar etish, shuningdek koʻp yillik amaliy
ish tajribaga ega xodimlarni murabbiy sifatida biriktirgan holda ularga
mas’uliyatli vazifalarni yuklamaslik;
d) probatsiya xodimlarining nazoratidagi shaxslarni hisobdan chiqarish,
shuningdek ularning tuzalganligi haqidagi ishonchli ma’lumotlarni olish uchun
“Mahalla yеttiligi” bilan yaqindan hamkorlikni oʻrnatish;
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
132
y) ichki ishlar organlari tizimida sodir etilishi mumkin boʻlgan nojoʻya xatti-
harakatlar, suiiste’molchilik va korrupsiya holatlarining barvaqt oldini olish,
huquq-tartibot tizimi obroʻsiga salbiy ta’sir koʻrsatuvchi nizoli vaziyatlarni
yuzaga keltirmaslik , shuningdek yosh xodimlar oʻrtasida huquqbuzarlik sodir
etishga moyil shaxslar bilan salbiy munosabatlarga kirishmaslik yuzasidan
doimiy tarzda yakka tartibdagi suhbatlarni tashkil etib borish lozim.
Xulosa oʻrnida ta’kidlash joizki, ichki ishlar organlari sohaviy xizmat
subyektlari oʻz vazifalarini muvaffaqiyatli bajarishi uchun hududdagi operativ
vaziyatni bilishi, shuningdek aholi tarkibini chuqur va har tomonlama oʻrganishi,
tezkor kuzatuvga olingan profilaktik hisob va ma’muriy nazorat hamda
probatsiya nazoratida turgan huquqbuzarlik sodir etishga moyil shaxslarning
xulq-atvorini nazorat qilishi, ularning toʻliq tuzalish yoʻliga oʻtganligini inobatga
olgan holda tegishli hisoblardan chiqarib yuborilishi huquqbuzarliklar
profilaktikasining samaradorligiga katta hissa qoʻshadi.
Adabiyotlar:
1 Mirziyoyev Sh.M. Ichki ishlar tizimidagi muommolar bo‘yicha video selektori.
[Murojaat
vaqti:
05.06.2023].
URL://https://zamin.uz/uzbekiston/17828shavkatmirzieevichkiishlartizimidag
imuammolarboyichavideoselektor-otkazdi.html.
2 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining (2021-y) “Jamoat xavfsizligini
ta’minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida ichki ishlar organlari
faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
PF
6196-sonl
Farmon
[Murojaat
vaqti:
05.06.2023].URL:https://lex.uz/docs/5344118.
3 Nabiyev X.M. Tezkor-qidiruv faoliyatini axborot bilan ta’minlash va tezkor-
qidiruv ishini yuritishni tashkil etishning ayrim jihatlari //E Conference Zone. –
2022. – S. 34-39.
4 Bekmurodov N.N. Tezkor-qidiruv faoliyatini natijalaridan jinoyat ishlari
bo‘yicha isbot sifatida foydalanishdagi ayrim muammolar //журнал правовых
исследований. – 2022. – №. СИ-2.
5 Rasulov.Z. Tezkor-qidiruv faoliyatini takomillashtirish davr talabi. [Murojaat
vaqti:
04.06.2024].
//URL://https://aniq.uz/yangiliklar/tezkor-qidiruv-
faoliyatini-takomillashtirish-davr-talabi.
6 Pulatov Sh. Tergov va tezkor-qidiruv organlari xodimlarining o‘zaro
hamkorligi samaradorligini ta’minlash masalalari //Общество и инновации. –
2022. – т. 3. – №. 7/С. – С. 48-53. 8.
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
133
7 Rasulov.Z. Tezkor qidiruv faoliyatini takomillashtirish davr talabi. [Murojaat
vaqti:
04.06.2024].
//URL://https://aniq.uz/yangiliklar/tezkor-qidiruv-
faoliyatini-takomillashtirish-davr-talabi.
8 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlar organlarining faoliyati
samaradorligini tubdan oshirish, jamoat tartibini, fuqarolar huquqlari,
erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishni ta’minlashda
ularning mas’uliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi (10.04.2017)
5005-son
Farmon.
[Murojaat
vaqti:
04.05.2024].
//URL://https://lex.uz/docs/3159827.
9 O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2023-yilda yashirilgan
jinoyatlar
yuzasidan
ma’lumoti.
[Murojaat
vaqti:
04.05.2024].
//URL://https://kun.uz/kr/53051871.
10 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahrida Jamoat tartibini
saqlash, uquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishning
sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi (14.02.2018) 3528-sonli
Qarori. [Murojaat vaqti: 25.04.2024]. //URL: //https://lex.uz/docs/3556832.
11 Уголникова Н.В. Уголовно-исполнителное право Российской
Федерaции: Курс лекций. – М., 2002. – С. 44.
12 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlar organlarining faoliyati
samaradorligini tubdan oshirish, jamoat tartibini, fuqarolar huquqlari,
erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishni ta’minlashda
ularning mas’uliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 10.04.2017-
yildagi
5005-son
Farmoni.
[Murojaat
vaqti:
04.05.2024].
//URL://https://lex.uz/docs/3159827.
13 O‘zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar Vazirining “Ichki ishlar organlari
tayanch punktlari profilaktika inspektorlarining hisobotini fuqarolar yig‘inlarida
eshitish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 2017- yil 6
sentyabrdagi
193
sonli
Buyrug‘i.
[Murojaat
vaqti:
25.04.2024].
URL://https://tergov.uz/uz/menu/prikazy ministerstva-vnutrennih-del.