ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
86
SHAXS IJTIMOIY-SIYOSIY DUNYOQARASHI SHAKLLANISHIDA
OMMAVIY AXBOROT VOSITALARINING O‘RNI
Ulug‘bek Shukurullaev
Mustaqil izlanuvchi
O‘zbekiston Milliy Universiteti
Toshkent, O‘zbekiston
https://doi.org/10.5281/zenodo.14915387
Ommaviy axborot vositalari qudratli kuchga aylanib, bugungi kunda ular bir
vaqtning o‘zida ham axborot maydoni, ham ijtimoiy-siyosiy, maʼnaviy-maʼrifiy
minbar, shu bilan birga, insonga madaniy, badiiy-estetik oziq beradigan va
hordiq chiqaradigan makon vazifasini bajarayotgan shaxs informatsion
madaniyatini shakllantirish va kamol toptirish muhim vazifadir. Bu ijtimoiy,
iqtisodiy vazifani amalga oshirish, birinchi navbatda, hozirgi zamon kishisidan
yuqori darajadagi gumanitar ilmiy-texnikaviy bilimni, vatanga manfaatlariga
sodiqlik saviyasini qobilyatni, dunyoqarashni va ijodkorlikni talab qiladi. Ilmiy,
umumiy madaniy saviyani oshirib, informatsion madaniyatining g‘oyat serqirra
jihatlarini egallashni taqozo qiladi. “Jahon miqyosida voqealar shiddat bilan
kechayotgan bir paytda zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalaridan,
Internetning beqiyos imkoniyatlaridan keng foydalanishga tayyor bo‘lish
matbuot, axborot va media tarmoqlari, jumladan, televideniya va radio sohasida
xizmat qilishga o‘zini bag‘ishlagan, etuk mutaxassis bo‘lishga ahd qilgan va bu
sohada o‘z kelajagini ko‘rmoqchi bo‘lgan ommaviy axborot vositalari
xodimlarining faoliyat mezoniga aylanishi zarurligini barchamiz yaxshi
anglaymiz” .
Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va
fuqarolik
jamiyatini
rivojlantirish
zaruriyati
jamiyat
va
davlatni
demokratlashtirish va modernizasiyalash, axborot sohasini liberallashtirish
hamda so‘z va axborot erkinligini taʼminlash jarayonlariga kuchli ijobiy turtki
berdi. Bu borada yurtimizda yangi rivojlanish bosqichida ulkan o‘zgarishlar
amalga oshirildi. Ammo shu bilan birga bu boradagi kamchililklar ham ko‘zga
tashlanmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat
Mirziyoyev quyidagilarni taʼkidlaydi: “Bizning navbatdagi kechiktirib
bo‘lmaydigan va istiqboldagi vazifamiz - “Elektron hukumat” tizimi samarali
ishlashini taʼminlashdan iborat. Hozircha u to‘liq hajmda ishlamayapti. Ayrim
idoralar esa bu tizimga yoki ulanmagan, yoki ochiq aytadigan bo‘lsak, uni nima
qilishni ham bilmaydi” .
Mamlakatimizda so‘z va axborot erkinligini taʼminlash bo‘yicha kompleks
tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar amalga oshirilishi natijasida media sohasi
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
87
jadal rivojlanishi, ayniqsa nodavlat OAVlar soni ko‘payishi kuzatilmoqda. 2015-
yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekiston matbuot va axborot agentligida 1,4
mingga yaqin ommaviy axborot vositalari, jumladan, 970 ziyod bosma va 100
elektron nashr ro‘yxatdan o‘tgan. 1991-yildagi ko‘rsatkich bilan taqqoslaganda,
mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan OAV soni 3,5 marta oshgan. 5,3 foizi
bocma axborot vositalarining muassasalari nodavlat tashkilotlardir .
Ayni vaqtda matbuot, “noshirlik va axborot sohasida tegishli huquqiy asos
yaratilgan bo‘lib, 10 dan ortiq qonun va 30 dan ortiq qonunosti hujjati qabul
qilingan. 1677 ta matbaa korxonasi, 118 ta nashriyot davlat ro‘yxatiga olingan.
Zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan Alisher Navoiy nomidagi
O‘zbekiston Milliy kutubxonaci, 14 ta viloyat axborot-kutubxona markazi, tuman
markazlari va shaharlardagi taʼlim muassasalarida 200 ga yaqin axborot-resurs
markazi tomonidan aholiga axborot-kutubxona xizmatlari hamda “Kitob olami”,
“Sharq ziyokori” va “O‘zdavkitob savdo taʼminoti” majmualari tomonidan kitob
savdosi xizmati ko‘rsatish yo‘lga qo‘yilgan” .
Prezident Sh.Mirziyoyev mamlakatda “2022-yilga kelib ommaviy axborot
vositalari soni 2016-yilga nisbatan qariyb 30 foizga ortib, 1962 taga yetganini
taʼkidlab, ayniqsa, xususiy media vositalari jamiyatda fikrlar xilma-xilligini
taʼminlashda, tub islohotlarni amalga oshirishda, joylarda yo‘l qo‘yilayotgan
kamchilik va muammolarni dadil ko‘tarib chiqishda muhim omil bo‘layotganini
eʼtirof etdi. Shuningdek, milliy axborot makonida internet nashrlarining soni
so‘nggi 6 yilda salkam ikki barobar ko‘payib, 677 taga yetgani alohida
taʼkidlandi” .
Globallashuv
xalqaro
hucuciyatga
ega
jarayondir,
shuningdek
axborotlashuv ham xalqaro munosabatlar va manfaatlar bilan uzviy bog‘liq.
Jahonda
yuz
berayotgan
bunday
jiddiy
o‘zgarishlar
jarayonida
axborotlashtirishni taʼminlash zaruriyati har bir davlatdan xalqaro huquq va
qoidalarga amal qilishni talab qiladi. “Bular har bir davlat o‘zining o‘z milliy
manfaatlarining ustuvorligini saqlab qolgan holda mintaqaviy va xalqaro
manfaatlar bilan uyg‘unlikda hamkorlik olib borish o‘ta muhim ahamiyatga ega
ekanligidan dalolat beradi. Bu zaruriyat, o‘z navbatida davlatlardan xalqaro
miqyosidagi axborot almashishi sohasida o‘zaro ishonch va hurmat
tamoyillariga asoslangan tashqi siyosat olib borishni talab qiladi” . Shu o‘rinda,
xalqaro munosabatlarda, shuningdek axborot almashinuvida o‘rinciz g‘oyaviy
muholiflikka yo‘l qo‘ymaslik g‘oyat muhimdir. “Davlatlararo munosabatlar
sohasida yagona g‘oyaga amal qilishi lozim. Birgalikda tinch hayot kechirish,
hamkorlikka intilish, davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik, turli nuqtai
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
88
nazar va fikrlarga bardoshli bo‘lish tamoyillarini o‘zida aks ettirgan qonunlar
ustvorlik kasb etishi darkor.
Globallashuvning xalqaro aloqalardagi o‘rni beqiyos, uning turli
mamlakatlarga ta’siri har xil darajada kechadi. “Ijtimoiy, iqtisodiy jarayonlarni
tezlashtiruvchi, takomillashtiruvchi, kuch sifatida namoyon bo‘lmoqda va savdo,
xalqaro iqtisodiy munosabatlar, ishlab chiqarishning tezlashuvi davlatlar,
xalqaro tashkilotlar va shaxslararo aloqalarni yangi bosqichga olib chiqdi” .
Ijtimoiy hayot, davlat va jamiyatning moddiy va maʼnaviy sohalarini qamrab
olgan. Ulardan iqtisodiy sohada ustuvorlikni egallaydi. Taʼkidlash lozimki,
“Iqtisodiy globallashuv birqancha yo‘nalishlarga ega. Xalqaro savdo
investitsiyalar, moliyaviy, texnologik globallashuv va xakazo. Ularning amalga
oshirishda iqtisodiy erkinlashtirishning o‘rni beqiyos” . Informatsion
madaniyatni shakllantirishning hozirgi bosqichi global axborot tarmoqlarining
vujudga kelganligi bilan xarakterlanadi. Bu xalqaro axborotlar infrastrukturasi
butun sayyorani o‘rab olgan to‘rni eslatadi. Xalqaro markazlashgan
infrastruktura iqtisodiy, moliyaviy, ijtimoiy, huquqiy, ijtimoiy ekologik
sohalardagi faoliyatida namoyon bo‘ladi. Shaxsning xalqaro infrastrukturadagi
faoliyatini global informatsion madaniyatisiz tasavvur etib bo‘lmaydi.
Mohiyatan axborot tarmog‘i insonlar o‘rtasidagi aloqalarning markaziy
boshqaruv jarayonini amalga oshiradigan xalqaro muassasalar tizimidir va
jahon miqyosida axborotlarni yig‘adi va tarqatadi. Global axborotlar tarmog‘i
ikki xil vazifani bajaradi, Birinchidan, insonlar o‘rtasidagi aloqalarni o‘rganish
hamda maʼnaviy qadr-qimmatga, umuminsoniy qadriyatlarga ega bo‘lgan
axborotlarni to‘plab, tizimga solib iste’molchilarga yetkazib berish. Ikkinchidan,
bu vazifa axborot texnologiyalari vositalari tomonidan amalga oshiriladi. Hozirgi
zamondagi sivilizatsiyali xos axborot texnologiyasining asosini global
kompyuter tarmoqlari tashkil etadi va uning tarkibiga internet tizimi kiradi. Ular
juda katta hajmdagi ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy mazmundagi maʼlumotlarni o‘zida
mujassamlashtiradi va raqamli televideniya, radio, gazeta va jurnallar, internet
texnologiyalaridan foydalanish orqali yer yuzining barcha joylariga zudlik bilan
yetkazib beradi. Shuning uchun ham global axborot texnologiyalarining
informatsion madaniyatining shakllanishidagi o‘rni juda muhim.
Jamiyatdagi mavjud ommaviy axborot vositalari shaxsni ijtimoiy, tafakkuri
va dunyoqarashini shakllantirish, yuksaltirishda asosiy omil bo‘lib obyektiv va
subʼyektiv asoslarga ega. Uchinchidan, shaxs axborot madaniyati shakllanishi va
evolyutsiyasi obyektiv surʼatda jamiyatning ijtimoiy iqtisodiy negizida sodir
bo‘ladigan tub o‘zgarishlar, mamlakatning siyosiy tuzimi va ijtimoiy xayotidagi
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
89
islohotlar zamirida yuz berdi. Bu o‘z moxiyati bilan dialektik jarayon tarzida
namoyon bo‘ladi. Bir tomondan obyektiv voqelik ommaviy axborot tizimidan
jamiyat taraqqiyoti uchun zarur bo‘lgan ilmiy, siyosiy, iqtisodiy, madaniy,
axborotni talab qilsa, ikkinchi tomondan jamiyatning maʼnaviy qiyofasini,
mafkuraviy manzarasini, odamlarning dunyoqarashini aks ettirib, ommaviy
axborot vositalarini asosiy vazifasi hisoblanadi. Bu holatda birinchidan, dialektik
jarayonda shaxsning axborot madaniyatini ro‘yobga chiqishi ham subʼyektiv
asoslarga ega ekanligi namoyon bo‘ladi. Ikkinchidan, shaxsning informatsion
madaniyatining shakllanishi va yuksalishi mamlakatimizda demokratik
islohotlarni yanada chuqurlashuvi va fuqarolik ahamiyatining yaratilishi
jarayoni bilan bog‘lik.
Siyosiy madaniyatni, mamlakatdagi siyosiy hayotni, siyosiy partiyalarni,
faoliyati va o‘zbek xalqining siyosiy mintaliteti, milliy va diniy qadriyatlarini
hisobga olgan holda eʼtirof qilish lozim. Siyosiy madaniyatni xalqimizga xos
qadriyatlardan, maʼnaviyatidan begonalashishiga yo‘l qo‘ymaslik, fuqarolar,
ayniqsa, yoshlar siyosiy madaniyatida milliy maʼnaviy qadriyatlarning o‘rni
masalasiga alohida eʼtiborni qaratish zarur. Chunki, dunyo axborot maydonida
yoshlarni milliy-maʼnaviy qadriyatlardan begonalashtirishga, ularni “vatansiz
manqurtlarga” aylantirishga zo‘r berilmoqda .
Taʼkidlash lozimki, milliy-maʼnaviy qadriyatlar shaxsni axborot madaniyati
shakllanishida jiddiy ahamiyatga ega bo‘lgan omillardandir. Shu o‘rinda, hozirgi
davrda tobora avj olib borayotgan informatsion tahdidlarni shaxsning axborot
madaniyatiga vayronkor ta’sirining maqsadi, mohiyati va vazifalarini tahlil
qilishni talab qiladi. Informatsion tahdidlar, insonning, xususan, shaxsning
ijtimoiy ongiga salbiy ta’sir orqali va shu tariqa o‘zligiga ega bo‘lmagan olomonni
tarkib toptirishni maqsad qilib olgan.
Informatsion tahdidlar asosan internet vositalari va boshqa ommaviy
axborot tizimining keng tarmoqlari vositacida xorijdan turib uyushtirilmoqda.
Ularning ko‘rinishlari quyidagilardan iboratdir: davlatimizning ijtimoiy va milliy
iqtisodiy siyosatini atayin buzib ko‘rsatish, mamlakatimiz maʼnaviy, madaniy
hayoti hamda soxta va bo‘xtonga asoslangan xabarlar tarqatish, kichik ijtimoiy
muammoni katta yechimi yo‘q muammo sifatida talqin etish, muholiflarni
gijgijlash, raxbarlarni diktator, zolim deb ko‘rsatish, yoshlarni yolg‘on g‘oyalar
va sarob vaʼdalar bilan chalg‘itish. Informatsion tahdidlar shaxs axborot
madaniyatini soxta, noilmiy va zararli g‘oyalar bilan zaharlaydi.
Axborot texnologiyasi jamiyat rivojida uchta muhim sohada alohida o‘rin
egallaydi. Birinchidan, axborot texnologiyalari tizimi sivilizasiyali madaniy-
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
90
xalqaro jamiyatning rivojlanishida hozirgi davrning o‘ziga xos xususiyatlarini,
yaʼni dunyo miqyosida, jahon hamjamiyatining globallashuvini ifodalaydi.
Ikkinchisi, global boshqaruv mexanizmini shakllantirish. Global axborot
tarmog‘ini asosiy jihatlaridan biri xalqaro boshqaruv mexanizmi hisoblanadi.
Jahonda turli davlatlar va mamlakatlarda yuz beradigan global muammolarni
yechish va hal qilishda global boshqaruv mexanizmi ishga tushadi.
Uchinchidan global axborot texnologiyalarni texnik infrastrukturasini
zamonaviy texnologiya darajasida shakllanishiga olib keladigan texnogen
omilidir. Globallashuv mohiyatini tushunishda asosiy aspekt monetarizm
hisoblanadi, unda iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, madaniy rivojlanishning negizi
sifatida aks etadi, shuningdek axborot shakllantirish jarayoni ham uning
tarkibiga kiradi. Globallashuv dunyo sivilizasiyasi evolyusiyasining yakuniy
monetaristik bosqichini ifodalaydi, shu boisdan ham shaxs informatsion
madaniyatining jamiyat taraqqiyotidagi ahamiyati ortib boradi. Bu bosqichda
global moliyaviy munosabatlar shakllanadi va u xalqaro mablag‘ni dunyo
miqyosida moliyaviy guruhlar, tashkilotlarda to‘planishi jarayonini nihoyasiga
yetkazadi.
Globallashuv sharoitidagi tezkor axborotlar, dunyoda ro‘y berayotgan
yangiliklarning bir vaqtning o‘zida birnecha tilda va terorchi ekctremictlar
manfaatlariga hizmat qiladigan yo‘nalishda targ‘ib qilinishi mafkuraviy va
ijtimoiy-siyosiy tahdidlarni kuchaytiradi. Bunday saytlar bir tomondan,
terrorchilik tashkilotining faol aʼzolarini “milliy qaxramon”, “vatanparvar”
sifatida “ulug‘lab”, ularni qo‘poruvchilik kabi yovuz ishlarini yana ham
jonlantirishga qaratilgan. Ikkinchi tomondan ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy voqealar
haqida yolg‘on va bo‘xtonlarga to‘lib toshgan bunday saytar, eng avvalo, hali
dunyoqarashi
shakllanib
ulgurmagan
g‘o‘r
yoshlarga,
shuningdek,
terorchilarning asl maqsad va muddaolarini bilmaydigan, soxta dabdabali
shiorlarga moyil odamlarga mo‘ljallangan .
Axborot texnologiyalari imkoniyatlaridan foydalanish hisobiga jamiyatda
zararli ijtimoiy fikrni shakllantirish, qo‘rquv, vahima tarqatish orqali g‘oyaviy
parokandachilikni keltirib chiqarishdek zararli maqsadlar ko‘zda tutiladi. Ana
shunday sharoitda axborot xavfsizligini taʼminlash va uni faol kurashchanlik
sifatlarini oshirish muhim ahamiyatga ega. Bu masala dunyo siyosati va
madaniyati rivojining ustuvor yo‘llaridan biri sifatida eʼtirof etilmoqda. Axborot
tizimi sohasida ustuvorlikka erishish milliy xavfsizlik va barqaror taraqqiyotni
taʼminlashning asosiy shakllardan biri deb hisoblanadi.
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
91
“Bir haqiqatni hech qachon esdan chiqarmasligimiz kerak: barchamiz
demokratiya deb atalgan buyuk maktabning o‘quvchilarimiz. Bu borada hali ko‘p
narsalarni o‘rganishimiz zarur. Farzandlarimizni ayni shu ruhda tarbiyalashda
jurnalistika sohasi vakillari, muhtaram faxriylarimiz o‘zlarining boy tajribasi va
ibratli fazilatlari bilan alohida namuna ko‘rsatadilar, deb ishonaman” , — deya
taʼkidladi Prezident.
Tadqiqot natijalari tacdiqlaydiki ishlab chiqarish hajmini ikki baravar
ko‘paytirish uchun axborot miqdorining to‘rt martaga o‘sishi zarur ekan, sanoat
mahsulotini o‘n marotaba oshirish uchun yuz martadan ko‘proq axborotlar turi
talab qilinadi. Shuning uchun ham globallashuv sharoitida axborot inson
faoliyatining eng qimmatli va muhim mahsulotiga aylanib qoldi. Shuning uchun
ham XXI asrni axborot asri deb nomlanayotgani bejiz emas, sanoat, qishloq
xo‘jaligi, kichik va o‘rta biznes, tansport, savdo, siyosat, fan, maʼorif va soliqni
saqlash tizimini axborotga bo‘lgan ehtiyojini qondirish uchun yer qurrasining
aholisi axborotni tuzish, qayta ishlash saqlash va tarqatish bo‘yicha malakaga
ega bo‘lish lozim.