ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
46
NURIYA CHELENNING “QALB IFFATI” ASARI TAHLILI
Axmedjanova Nigina Sherzod qizi
Urganch Ranch texnologiya universiteti
Filologiya va tillarni o‘qitish o‘zbek tili yo‘nalishi
https://doi.org/10.5281/zenodo.14906391
Annotatsiya:
Ushbu tezisda turk yozuvchisi Nuriya Chelen qalamiga
mansub mazkur asarni o‘qir ekanmiz, musulmon kishi uchun iffatning qanchalik
muhim tuyg‘uligini his qilamiz.Ushbu kitobda ham tarix, o‘tmish haqida, ham
odobi qalb haqida saboq olamiz.
Kalit so‘zlar:
Qalb, iffat, halollik, tuyg‘u, nafs, tarix, o‘tmish, odob, banda,
tasavvuf, musulmon, duo, hayo, ixlos, ibodat.
Nuriya Chelen – turk yozuvchisi bo‘lib, u “Qalb iffati” asari ismi Qur’onda 33
bora zikr qilingan go‘zal iffat sohibasi Maryam onamiz hikoyasi bilan
tanilgan.Ushbu kitobda iffat va poklik mavzulari yoritilgan bo‘lib, musulmon
kishi iffatning qanchalik muhim ekanligi haqida so‘z yuritiladi.Asar
o‘quvchilarga o‘zlarini o‘zlarini tahlil qilish va axloqiy qadriyatlarni qayta ko‘rib
chiqishga undaydi.
Iffat barcha a’zolar uchun lozim va har bir a’zoning iffati bor. Tilning iffati
behuda so‘zlamaslik bo‘lsa, ko‘zning iffati uni xaromdan tiyish bo‘ladi. Ammo
banda uchun avvalo qalbning iffati lozim. Qalbga Allohdan boshqasi halol emas.
Qalb iffatga erishsagina, Haqqa tomon yuradi. Iffat shunday bir ajib tuyg‘uki,
tug‘ilajak bolaning iffati onaning iffati qadar bo‘ladi.
Ushbu asardan ham tarix – o‘mish haqida, ham odobi qalb haqida saboq
olamiz. Avvalida tug‘ilajak farzandi uchun iffat so‘rab duoda bo‘gan Hanna
onamiz haqlarida, Maryam onamizga g‘amxo‘rlik qilishni bo‘yniga olgan Iysha va
Zakariyo payg‘ambar haqlarida, qalb ko‘zi ko‘zi ko‘rlarning bo‘htonlari deb
Maryam onamizning, ularning Allohga Mahbub bandalar bo‘lishlariga qaramay,
dunyo hayotida uchragan sinovlari haqida ma’lumotga ega bo‘lamiz.
Allohga nazr qilingan Maryam onamizning o‘y – hayollari, ularning iffat
borasida suhbatlari haqida o‘qir ekanmiz, beixtiyor biz ham o‘zimizni isloh qilish
uchun nafsimizni so‘roqqa tutishni boshlaymiz.
Bu kitobni o‘qish jaroyonida, inson qalbiga boqadi, fitrati bilan, iffati bilan
suhbat quradi.
1
Iffat – insonning o‘zini yomon ishlardan, gunohlardan, nopok fikrlardan va
nomaqbul harakatlardan tiyib yashashi demakdir. Qalb iffati: niyatning pokligi,
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
47
halol va xaromga rioya qilish, adolat va halollik, gunohlardan tiyilish, hayoni
saqlash , insonning or – nomusi, iffat va hayo bilan yashashi uning qalbining
pokligidan dalolat beradi.Qalbni pok saqlash uchun to‘g‘ri yo‘ldan yurish,
ko‘ngilni hasad, kibr va manmanlikdan tozalash hamda Allohga ixlos bilan ibodat
qilish kerak.
Qalb iffati asari o‘quvchilar qalbiga chuqur ta’sir ko‘rsatadi. Asarda muallif
Hazrati Maryamning Allohga bag‘ishlangan hayoti haqida hikoya qilinadi. Bu
asar orqali o‘quvchilar nafaqat tarixiy ma’lumotlarga ega bo‘ladilar, balki qalb
pokligi va iffatning ahamiyatini chuqurroq anglaydilar.
Muallifning uslubi o‘quvchini jalb etadi, asar davomida inson qalbi va fitrati
bilan suhbat qurishga undaydi. “Qalb ifftati” kitobi o‘quvchini o‘zini tahlil
qilishga, nafsini so‘roqqa tutishga va ma’naviy kamolotga intilishga chorlaydi.
Islomda qalb insonning eng muhim ichki jihati hisoblanadi, chunki u e’tiqod,
ixlos va axloqning manbai sanaladi. Qur’onda va hadislarda qalbning pokligi
hamda uning inson hayotiga ta’siri haqida ko‘plab oyatlar va rivoyatlar mavjud.
Alloh qalblani sinaydi: Qur’onda:
“Albatta, Alloh sizlarning qiyofalaringiz va mol – dunyolaringizga emas,
balki qalblaringiz va amallaringizga qaraydi” (Muslim, 2564)
Bu hadisdan anglashiladiki, insonning haqiqiy qadri qalbining tozaligi va
niyatining pokligiga bog‘liq.
Qalbning pokligi najotga eltadi. Qur’onda aytiladi:
“ O‘sha kunda na mol – dunyo, na farzandlar foyda beradi. Magar kim Alloh
huzuriga pok qalb bilan kelsa, ( o‘sha najot topadi).” ( Shuaro, 88 – 89)
Bu oyat shuni ko‘rsatadiki, insonning haqiqiy qutulishi uning qalbining
holatiga bog‘liqdir.
Pok qalbli inson yomon niyat va g‘arazlardan xoli bo‘ladi. U boshqalarga
yaxshilik qiladi, adolat va halollikni ustun qo‘yadi. Hadisda aytilgan:
“ Qalb toza bo‘lsa, a’zolar ham pok bo‘ladi.” ( Buxoriy, 52 )
2
Ya’ni qalbni pok saqlash insonning xulqi va amallariga ham ijobiy ta’sir
qiladi.
Qattiqlashgan qalb – Bu Allohning zikridan uzoq, gunohlarga botgan
qalbdir.
“ Bas, ularning qalblari qotdi va ular ko‘p zulm qildilar…” ( Maidah, 13 ).
Ko‘r qalb - Ko‘zi ochiq bo‘lsa ham, haqiqatni qabul qilmaydigan qalb.
“ Darhaqiqat, ko‘zlar ko‘r bo‘lmaydi, balki ko‘kraklardagi qalblar ko‘r
bo‘ladi”. ( Haj, 46 ).
.
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
48
Bu oyatlardan ko ‘rinib turibdiki, qalb insonning haqiqiy ma’naviy holatini
ifoda etadi va uning tozaligi yoki iflosligi hayotiga bevosita ta’sir qiladi.
Rasululloh ( s.a.v ) aytganlar:
“ Diqaat qiling! Badanda bir parcha go‘sht bor, agar u sog‘lom bo‘lsa, butun
tana sog‘lom bo ‘ladi.Agar u buzilsa, butun tana buziladi. U esa qalbdir”. (
Buxoriy, 52; Muslim, 1599 ).
Qur’onda aytiladi:
“ Ogoh bo‘ling! Qalblar faqat Allohni zikr qilish bilan xotirjam bo‘lur”. (
Ra’d, 28 ).
Qalb pok bo‘lsa, inson Allohga yaqin bo‘ladi va ibodatlarini ixlos bilan
bajaradi. Ikkiyuzlamachilik, riyo, manmanlik kabi holatlardan uzoq bo‘ladi.
Qalb pokligi insonning o‘z hayotida tinchlik va ruhiy osoyishtalik topishiga
sabab bo‘ladi. Bunday inson hasad, nafrat kabi illatlardan holi bo‘lib hayotdan
mamnun bo‘lib yashaydi.
Pok qalbli insonlar bilan bo‘lish qalbni poklaydi. Hadisda aytilgan:
“ Kishi o‘z do‘stining dinida bo‘ladi. Shunday ekan, kim bilan
do‘stlashayotganingizga qarang”.
Xulosa:
Qalb iffatining ta’siri inson hayotining barcha jabhalarida namoyon
bo‘ladi. Pok qalbga ega bo‘lish Alloh huzurida eng oliy darajalardan biridir. Va bu
holat insonga baxt, osoyishtalik hamda oxirat najotini ta’minlaydi. Qalbning
pokligi insonning xulqiga, ibodatiga, Alloh bilan munosabatiga va hayotdagi baxt
– saodatiga bevosita ta’sir qiladi. Pok qalbga ega bo‘lish uchun doimiy zikr,
Qur’on o‘qish, gunohlardan tiyilish va solih insonlar bilan muloqot qilish zarur.
Qiyomat kuni ham insonning eng muhim omili bu uning qalbi bo‘ladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Imom Ismoil al – Buxoriyning “ Al – jomi’ as – sahih” asari. Qomuslar Bosh
Tahririyati. Toshkent. 1991.
2.
Nuriya Chelenning “ Qalb iffati”. Toshkent: “TRUST AND SUPPORT МЧЖ,
“Tirilish” nashriyoti,,2022.
3.
Qur’oni Karimda “Ra’d” surasi 28 – oyat.
4.
Qur’oni Karimda “Shuaro” surasi 88 – 89 oyatlar.