Авторы

  • Sarvinoz Boymurodova
    Nizomiy nomidagi TDPU Boshlang‘ich ta’lim fakulteti 102-guruh talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.arims.69513

Ключевые слова:

Vatanparvarlik “Birinchi muallim” “Ikkinchi muallim” “Turkiy Guliston yoxud axloq “ ma’rifatparvarlik ijtimoiy masala.

Аннотация

Mazkur maqolada Abdulla Avloniyning pedagogik qarashlari, millat kelajagini yuksaltirish yo‘lida amalga oshirgan ishlari va ma’rifatparvarlik faoliyatining zamonaviy ahamiyati yoritilgan. Maqola yosh avlod uchun Avloniyning hayoti va ijodi merosini anglashda muhim ahamiyat kasb etadi.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

34

ABDULLA AVLONIY – MILLAT KELAJAGINI YUKSALTIRGAN SIYMO

Boymurodova Sarvinoz Saparali qizi

Nizomiy nomidagi TDPU

Boshlang‘ich ta’lim fakulteti

102-guruh talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.14905785

Annotatsiya:

Mazkur maqolada Abdulla Avloniyning pedagogik

qarashlari, millat kelajagini yuksaltirish yo‘lida amalga oshirgan ishlari va
ma’rifatparvarlik faoliyatining zamonaviy ahamiyati yoritilgan. Maqola yosh
avlod uchun Avloniyning hayoti va ijodi merosini anglashda muhim ahamiyat
kasb etadi.

Kalit so‘zlar

:Vatanparvarlik, “Birinchi muallim”, “Ikkinchi muallim”,

“Turkiy Guliston yoxud axloq “, ma’rifatparvarlik, ijtimoiy masala.

Dars ila tarbiya orasida bir oz farq bor bo‘lsa ham, ikkisi bir-biridan

ayrilmaydigan, birining vujudi biriga jon ila tan kabidir.

(Abdulla Avloniy)

Ijodkorlik odatda uzoq vaqt davomida shakllanib boradigan jarayon

sifatida qaraladi. Ammo ba’zi iste’dodli insonlar bunday yo‘lni qisqa muddatda
bosib o‘tadilar, kutilmagan tarzda shiddat bilan adabiyot sahnasiga kirib
keladilar. Ularning ijodi qalblarda chuqur iz qoldirib, ko‘ngilga yaqin nur, yangi
umid va ilhom baxsh etadi. Bunday ijodkorlar o‘z yozgan so‘zlari bilan
insonlarning ichki dunyosidagi his-tuyg‘ularini uyg‘otib, ularga yangi
qarashlarni, ilg‘or g‘oyalarni olib kiradilar. Shunday ijodkorlardan biri, o‘zbek
adabiyotining yorqin namayondasi Avloniy ma’rifatparvar, shoir va jamoat
arbobidir. O‘zbek ma’rifatining peshvosi Abdulla Avloniy 1878-yil 12-iyulda
Toshkentda Mergancha mahallasida hunarmand-to‘quvchi oilasida dunyoga
kelgan. Shoirning otasi – Miravlon aka, onasi – Fotima opa farzandining shunday
yetuk shaxs bo‘lib yetishishlariga katta hissa qo‘shganlar.

Abdulla Avloniy 7 yoshidan boshlab O‘qchi mahallasidagi eski maktabga

qatnab, Akromxon domladan savod chiqargan. 90-yillarda bu maktabni
tamomlaganidan so‘ng shu mahalladagi madrasada ta’lim olgan. Ilmga bo‘lgan
mehri tufayli keyinchalik Shayhontohurdagi Abdumalikboy madrasada Mulla
Umar Oxundan saboq olgan. Biroq hayotning qiyinchiliklari o‘qishiga to’sqinlik
qilgan va shunday yozgan:”1981-yildan boshlab faqat qishki mavsumda o‘qib,
yozda mardikorlik qilardim“.

1

Ko‘p o‘tmay bu sinovlar ham barham topadi. U


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

35

butunlay ishga sho‘ng‘ib ketdi, g‘isht quyish, suvoqchilik, duradgorlik, binokorlik
kabi kasblar bilan shug‘ullandi.

Abdulla Avloniy she’riyatga bo‘lgan qiziqishini bolalik yillaridan

shakllantira boshladi, ammo ilk she’rlarini 15-16 yoshlarida yozishga kirishdi.
Uning ilk she’ri 1894-yilda bitilgan bo‘lib 1995-yilda esa o‘z she’rlari bilan
matbuotda faol ishtirok etgan. Yosh Avloniy Navoiyning she’riyatiga, Fuzuliyning
g‘azallariga oshno bo‘lgan. Shuningdek, fors tilini ham o‘rganib, Sa’diy va
Hofizning she’riyatlariga muhabbat qo‘ygan va shu asnoda adabiyotimizdan
Avloniyning she’rlari, tarjimalari joy olgan. Afsuski, uning yoshlikdagi “Toshkent
tongi” she’rlari bizgacha saqlanmagan, faqat 1905-yildan keyingina yozilgan
asarlari bizga yetib kelgan. Avloniy faqat she’r yozishda emas, balki o‘zining
ijtimoiy faoliyati bilan ham tanilgan. U o‘z asarlarida o‘zbek xalqining
qadriyatlarini milliy ongini uyg‘otish maqsadida turli mavzular, jumladan,
erkinlik mustaqillik, madaniyat va til masalalariga bag‘ishlab yozgan. Shoirning
ijodi o‘z davrining eng muhim adabiy va ijtimoiy hodisalariga bog‘liq bo‘lib, u
milliy uyg‘onishning yorqin ifodasi bo‘lib qolgan.

1904-yilda Abdulla Avloniy o‘zining ma’rifiy faoliyatini yangi bosqichga

olib chiqdi va Toshkentdagi Mirobod hududida usuli jadid maktabini ochdi. Bu
maktab Avloniyning bilimga bo‘lgan yuksak e’tiqodi, yoshlarga ta’lim berishdagi
cheksiz mehrini namoyon etuvchi bir maskan edi. Shu maktabda o‘qitilgan
fanlarning xilma-xilligi, o‘quvchilarni qisqa muddatda savod chiqarishga
o‘rgatishi shaharda katta shov-shuvga sabab bo‘ldi. Yusuf Tohiriy o‘z xotiralarida
mazkur maktab haqida iliq so‘zlar qoldirgan: “Shaharning qarama-qarshi
chekkasida, temiryo‘l ishchilari istiqomat qiladigan Mirobodda yangi turdagi
maktabning fazilatlari haqida shov-shuvlar, uning muallimi bo‘lmish
Avloniyning dovrug‘i shahargacha tarqaldi. Hammaning tilida: “Miroboddagi
maktab 6 oyda o‘qish-yozishni o‘rgatarmish, jug‘rofiya, hisob-kitobni,tabiatni
o‘rganish degan darslar o‘qitilarmish”-degan gaplar yurardi. Bizga juda sirli
tuyulgan bu maktabni va uning donishmand muallimini ko'rishga hammamiz
oshiqardik. Nihoyat bir kuni uch-to‘rttamiz borishga jazm qildik. Maktab
pastakkina, nim qorong‘u bo'lib, masjid yo'lagiga joylashgan edi. Xonaning
tepasidagi yorug‘lik uchun qoldirilgan tuynukdan qish va bahorda qor bilan
yomg‘ir ham tushib turardi. Lekin xonada o‘quvchilar va o‘qish istagida
kelganlar soni ko‘p edi. Xayolimizda domlaning allaqanday bir sirli tomoni bor
edi. Bizni qotmagina, kichik jussali, qorachadan kelgan, istarasi issiq,
cho‘qqisoqol bir kishi kutib oldi. Bu nomi tilga tushgan muallim Avloniy edi.
O‘qishga qabul qilindik. Ko‘p o‘tmay ko‘z oldimizda yangi bir dunyo ochilganiga


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

36

to‘la ishonch hosil qildik. Ular o‘qish-yozishda, hisob masalalarini hal etishda,
tabiat hodisalaridan xabardor bo'lishlar juda ko‘p she’r va hikoyalarni yod
bilishlari bilan hammamizni lol qoldirdi. Ayni zamonda bizning eski maktabimiz
bo‘shab, Abdulla Avloniy maktabi bizdan brogan bolalar soni bilan liq to‘ldi. Shu
tariqa bu maktab tobora shuhrat topib bordi”.

2

Bu maktabning muvaffaqiyati nafaqat Avloniyning ilm-fanga bo‘lgan

mehridan,balki uning o‘quvchilarga bo‘lgan munosabati, ularning fikrlash
doirasini kengaytirishga qaratilgan yondashuvidan kelib chiqardi. Avloniy
o‘zining ta’lim tizimida Sharq va G‘arb bilimlarini uyg‘unlashtirib, zamon
talablari va milliy an’analarni birlashtirishga muvaffaq bo‘ldi. Bu yangi
yondashuv maktabning muvaffaqiyatini ta’minladi va Avloniyni butun Turkiston
bo‘yicha mashhur qilgan. Ushbu maktab har qanday sharoitda ham ta’limning
muhim ekanligini isbotlagan edi. Xotiralarda qayd etilishicha, maktabning
joylashuvi oddiy bo‘lsa-da, uning ichki muhiti, o‘quvchilar va ta’lim olish uchun
kelgan kishilarning soni Avloniyning ilmdan tarbiyaga, ma’rifatdan istiqbolga
yo‘naltirilgan kuchli faoliatining guvohi edi. Lekin bu oddiy sharoitlarga
qaramay, bu markaz ilm-ma’rifat o‘chog‘i bo‘lib xizmat qilardi. Shunday bo‘lsa-
da, bu joyga o‘quvchilar qiziqib kelishar, Avloniy esa o‘z bilimini chin dildan
ulashardi. Shoirning maktabida faqatgina savod o‘rgatish emas, balki ijtimoiy va
axloqiy qadriyatlarni shakllantirishga, insoniy fazilatlarni rivojlantirishga katta
ahamiyat bergan. Bu maktabda o‘qigan o‘quvchilar o‘zining jamiyatga va oilasiga
hurmatni, halollikni va vatanparvarlikni o‘z hayotlarining asosiy vazifalariga
aylantiradilar. Uning shogirdlari uchun yaratgan muhiti, samimiyligi va ularga
bo‘lgan mehribonligi yosh avlodni ilhomlantirardi. Eslatmalarda qayd
etilishicha, domlaning iste’dodi va mehnatkashligi o‘quvchilarni unga yanada
yaqinlashtirgan. 1909-1917-yillar davomida maktab bolalari uchun maxsus
yozilgan o‘ndan ortiq kitobi chop etildi. Uning “Birinchi muallim”, “Ikkinchi
muallim”, “Turkiy Guliston yoxud axloq”, “Maktab Gulistoni” singari darsliklari,
shuningdek, “Adabiyot yoxud milliy she’rlar” to‘plami, milliy ta’limni
rivojlantirish va yosh avlodni tarbiyalashda katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Ushbu
asarlar bir necha bor qayta bosilib chiqdi va Turkistonning juda ko‘p yangi usul
maktablari uchun qo‘llanma bo‘lib xizmat qildi. Adibning asarlari nafaqat
o‘quvchilarni bilim olishga undadi, balki ular orqali milliy qadriyatlar, odob-
axloq va vatanparvarlik ruhida tarbiyaladi. Bu kitoblar o‘z davrida ta’lim tizimini
yangilashga va o‘quv jarayonini samarali tashkil etishga yordam berdi.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

37

Ma’lumki, ming yillik mumtoz she’riyatimiz asosan aruz va barmoq

vaznlarida yozilgan. Aruz vazni, ayniqsa, XX asr boshidagi she’riyatda asosiy
o‘rin tutgan bo‘lsa-da, xalq og‘zaki ijodida ko‘proq barmoq vazniga asoslangan.

3

Masalan, barmoq vazniga to‘xtaladigan bo‘lsak, Abdulla Avloniy o‘zining “Turkiy
Guliston yoxud axloq” kitobida xalqning axloqiy-ijtimoiy muammolarini
yoritishda barmoq vaznidan foydalangan.

4

Ushbu kitobda jamiyatda mavjud bo‘lgan muammolar sodda va ravon tilda

yoritiladi, bu esa xalq orasidagi adabiyotni ommalashtirishga xizmat qilgan.
Tadqiqotchi Shamsiddin Sirojiddinov “Abdulla Avloniy ijodi va milliy o‘zbek”
maqolasida shunday yozadi: “Barmoq vazni Avloniyning adabiyotga xalq ruhini
olib kirish vositasi bo‘ldi. Xalq o‘g‘zaki ijodiga xos ohanglar yozma adabiyotga
singdirildi”.

5

Misol uchun, “Barmoq” vazni haqida Muhammadjon Qodirov o‘z

maqolasida ta’kidlaydi: Aruz vazni ko‘proq saroy adabiyoti va yuqori qatlamlar
uchun mo‘ljallangan bo‘lsa, barmoq vazni xalq tilida yozilgan she’rlarning
zamonaviy shaklini ifoda etadi. Avloniy bu usulni xalqni uytg‘otish va milliy
ma’rifatparvarlik harakatini kuchaytirishda qo‘lladi

6

. Shuning uchun ham

Avloniy muhim ijtimoiy masalalardan bahs ochuvchi ko‘pgina she‘rlarini
barmoq vaznida yozgan. “Barmoq”ni xalq og‘zaki ijodidan yozma adabiyotga olib
o‘tdi.

Turkiston bir so‘nmas yulduzdir,
El birlashsa, charaqlar yuzdir.
Ilmsiz bo‘lsa, ko‘ngillar to‘zdir,
Johillikdan boqiy bo‘lmas izdir.

Ushbu she’r barmoq vaznida yozilgan bo‘lib, Avloniyning o‘z yurti

Turkistonga bo‘lgan sadoqati, undagi millatni uyg‘otishga bo‘lgan intilishi va
jonli qarashlarni ifodalaydi. She’rning asosiy g‘oyasi –Turkistonning asl
qudratini qayta tiklash, uni ilm, ma’rifat va birlik bilan yuksaltirish. Bunda
barmoq vazni she’rga ohang va kuchli ta’sir baxsh etgan. She’rda Avloniy
Turkistonni osmondagi bir so‘nmas yulduzga qiyoslaydi. Shoir bu yulduzni
xiralashtirgan, uning yorug‘ligiga xalaqit bergan omillarga alohida to‘xtalib
o‘tadi. Bular: jaholat, nifoq va bid’atdir. Bu she’rda tazod san’atidan mahorat


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

38

bilan foydalanilgan. Turkistonning yorqin kelajagi ilm va birlik bilan bog‘langan,
ammo jaholat hamda nifoq uni yemirishi afsus bilan qayd etilgan.
Abdulla Avloniy o‘zining butun hayotini millatni savodli, ma’rifatli va axloqiy
jihatdan yuksak darajaga ko‘tarishga bag‘ishlagan. Uning ijodi va faoliyati o‘zbek
madaniyati hamda ta’limning rivojlanishida muhim rol o‘ynab, milliy o‘zlikni
anglashga kuchli turtki bergan. Uning ijodi va merosi o‘zbek xalqining boy
madaniy xazinasining ajralmas qismi bo‘lib kelmoqda.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. A.Avloniy. Toshkent tongi. T.1979, 373-bet.
2. Y.Tohiriy. Dono murabbiy, “Toshkent oqshomi” g.1916, 10-noyabr
3. Bir-ikki so‘z,4-juz,1-tab, Orifjonov litogr, T.1916, 2-bet
4. A.Navoiy “Xamsa”.Toshkent: G‘afur G‘ulom nashriyoti.2021-yil
5. A.Avloniy “Turkiy Guliston yoxud axloq”. Toshkent 1913-yil
6. Shamsiddin Sirojiddinov “Abdulla Avloniy ijodi va milliy o‘zlik”.Toshkent
2010-yil
7. Muhammadjon Qodirov. “Jadid adabiyoti va uning o‘ziga xosliklari”.
Adabiyotshunoslik jurnali. 2016-yil

Библиографические ссылки

A.Avloniy. Toshkent tongi. T.1979, 373-bet.

Y.Tohiriy. Dono murabbiy, “Toshkent oqshomi” g.1916, 10-noyabr

Bir-ikki so‘z,4-juz,1-tab, Orifjonov litogr, T.1916, 2-bet

A.Navoiy “Xamsa”.Toshkent: G‘afur G‘ulom nashriyoti.2021-yil

A.Avloniy “Turkiy Guliston yoxud axloq”. Toshkent 1913-yil

Shamsiddin Sirojiddinov “Abdulla Avloniy ijodi va milliy o‘zlik”.Toshkent 2010-yil

Muhammadjon Qodirov. “Jadid adabiyoti va uning o‘ziga xosliklari”. Adabiyotshunoslik jurnali. 2016-yil