ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
20
BOSHLANG’ICH SINF O’QITUVCHILARINING PEDAGOGIK
MAHORATINI SHAKLLANTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI
Husnora Toʻraqulova
Termiz iqtisodiyot va servis universiteti pedagogika
va psixologiya yoʻnalishi 3-bosqich talabasi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.14905564
Annotatsiya:
O’zbekiston, ta’lim, tarbiya, mamlakat, yosh avlod, o’quv
tarbiya, to’garaklar, mustshkamlash, yutug’lar, yoshlar tarbiyasi, pedagogik
mahorat, uzluksiz ta’lim.
Kalit so’zlar:
Ta’lim, tarbiya, yosh avlod, o’qituvchi , nazariya, komillik.
istiqlol, maktab, uzluksiz ta’lim.
O‘zbekiston Respublikasi Qomusi sahifalarida har bir fuqaroning ilm olish,
o‘z ijodiy kuch va qobiliyatlarini har tomonlama rivojlantirishi ta’kidlanadi.
Hozirgi zamon maktabi tubdan yangilanmoqda. Mamlakatimizda “Ta’lim
to‘g‘risida”gi Qonunning qay-tadan ko‘rib chiqilganligi maktabning buguni va
kelajagiga umid bilan qarashga undaydi.Yosh avlodga tarbiya berishdek
murakkab vazifani hal etishda maktab juda katta ahamiyat kasb etadi. Ayni shu
joyda yoshlarimiz ijtimoiy jamiyat va ilmiy texnika taraqqiyoti talablariga javob
bera oladigan mukammal ma’lumotlarni oladilar. Maktab yoshlarning
dunyoqarashlariga poydevor hamda g‘oyaviy e’tiqodlari uchun negiz yaratadi,
ularning irodalarini shakllantiradi, xalqimiz baxt-saodati yo‘lida sidqidildan
mehnat qilishga tayyorlaydi.O‘quvchilarga tarbiya berish ularga ta’lim berish
bilan mustahkam va yaxlit birlikda amalga oshiriladi. Ammo, tarbiyaning o‘z
vazifasi, mazmuni, shakl hamda uslublari bor. O‘quv-tarbiyaviy jarayonning
uzviyligi maktab oldiga qo‘yilgan eng muhim pedagogik qoidalardan biri
hisoblanadi, shuning uchun ham sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar
bevosita o‘quv jarayoni bilan bog‘langandir. Darsdan tashqari mashg‘ulotlar
o‘quvchilarda asosiy vazifalari bo‘lmish ilm olishga ishtiyoq uyg‘otish, qobiliyati
va iste’dodlarini ro‘yobga chiqarishga imkoniyat yaratishdan, maktabni
muvaffaqiyatli tugatish, kasb-korga intilish hissini tarbiyalashdan iboratdir.
Yoshlarning kundalik ehtiyojlari, intilish-lari, talab va qiziqishlarini faqat dars
jarayoni bilan qondirib bo‘lmaydi. Sinfdan va maktabdan tashqari mashg‘ulotlar
o‘quv-chilar faoliyatining barcha qirralarini qamrab olmog‘i lozim. Har bir
o‘quvchi bilan yakkama-yakka ishlash, uni ijtimoiy-ruhiy jihatdan o‘rganish sinf
faoliyatiga yangicha mazmun olib kiradi.Yoshlarning g‘oyaviy-siyosiy ongini
shakllantirish, ularda atrof-muhitga, jamiyatga ongli munosabatda bo‘lish,
jonajon Vatanini cheksiz sadoqat bilan sevish, xalqimizning milliy qadriyatlarini
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
21
e’zozlash hissini tarkib toptirish – vatanparvarlik tarbiyasining mag‘zi bo‘lmog‘i
lozim. Maktab va maktabdan tashqari muassasalarning tashkiliy shakllarini,
mazmuni va maqsadini belgilash bugungi kunimizning barcha qirralarini
hisobga olishini talab etmoqda. Sinf va maktabdan tashqari mazkur tarbiyaviy
ishlar shaxs kamoloti bosqichlarini belgilab olishga qaratilganligi bilan
tavsiflanadi. Mazkur muammoni ijobiy hal etish uchun sinfdan va maktabdan
tashqari tarbiyaviy ishlar tizimida quyidagilar bo’lishi lozim:Maktab va
maktabdan tashqari muassasalarning tashkiliy shakllarini, mazmuni va
maqsadini belgilash bugungi kunimizning barcha qirralarini hisobga olishini
talab etmoqda.Sinf va maktabdan tashqari mazkur tarbiyaviy ishlar shaxs
kamoloti bosqichlarini belgilab olishga qaratilganligi bilan tavsiflanadi. Mazkur
muammoni ijobiy hal etish uchun sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy
ishlar
tizimida
quyidagilar
bo’lishi
lozim:
Ulg`ayayotgan inson shaxsini tarbiyada oliy ijtimoiy qadriyat deb tan
olish, har bir bola, o’smir va yosh yigitning betakror va o’ziga xosligini
hurmatlash, ijtimoiy xuquqini e`tiborda tutish zarur.Milliylikning o’ziga xos
an`ana
vositalariga
tayanish.Pedagoglar
o’rtasida
o’zaro
hurmat
munosabatlarini shakllantirish.Sinfdan va maktabdan tashqari ishlar
o’quvchilarni darsdan bo’sh vaqtlardagi o’quv tarbiya jarayonini to’ldiradi va
kengaytradi, o’quvchilarni mustaqil bilim olishlari, ijodiy qobiliyatlarini,
tashabbuskorligini oshirishga imkoniyat yaratadi. Sinfdan tashqari tashkil
etiladigan tadbirlarda fan o’qituvchilari o’z faniga qiziqqan o’quvchilar bilan
mashg`ulot o’tqazib, o’quvchilarning qiziqishlarini o’stiradi. Sinfdan tashqari
ishlarni to’la qamrab olgan to’garaklar bir necha xilda bo’lishi mumkin:A) fan
to’garaklari B) mohir qo’llar to’garaklari V) sport to’garaklari G) badiiy
to’garak.O’rta umum ta`lim maktablarida bu ishlarni sinf rahbari va tarbiyaviy
ishlar tashkilotchisi uyushtiradi. Sinf rahbari sinfdan tashqari ishlarni
uyushtirishda to’garak rahbarlariga yaqindan yordam beradi. Qiziqishlari,
intilishlari bir xil bo’lgan o’z o’quvchilarini biror to’garakka a`zo bo’lishga
chorlaydi.
Ularni
qaysi
to’garakda
mashg`ul
bo’lishlari
hisboga
olinadi.Maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar bolalarni ijodkorlikka da`vat
etuvchi tarbiyaviy maskandir. Pedagogik tajribalar shuni ko’rsatmoqdaki,
hozirgi sharoitda maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarni olib boruvchi bolalar
uylari, yoshlar saroylari, yosh texniklar saroylari, yosh texniklar uylari maktab
tarbiyasining
uzviy
davomchisi
bo’lib
qolishi
kerak.
O’zbekiston
Respublikasining «Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar
kontseptsiyasi», bu ishlarni rejalashtirish va amalga oshirishda asos bo’ladi.
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
22
Ma`lumki, o’quvchilarni g`oyaviy-siyosiy, axloqiy, mehnat, nafosat va jismoniy
jihatdan to’liq shakllangan kishilar qilib tarbiyalash dars jarayonidan
boshlanadi. Biroq o’quvchilarning kundalik o’sib borayotgan ehtiyojlari, talablari
va barcha qiziqishlarini faqat dars jarayoni bilangina cheklab bo’lmaydi.Bunday
ko’p qirrali qiziqishlarni sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarni uzviy
bog`lanish asosidagina qondirish mumkin. SHu sababli keyinga davrda
o’quvchilarning darsdan tashqari vaqtlarini ko’ngilli uyushtirishga alohida
ahamiyat
berilmoqda.
Sinfdan va maktabdan tashqari tashkil qilingan ishlar – o’quvchilar hayotidagi
tarbiyaviy faoliyatni to’ldiradi. Ularning dunyoqarashini to’g`ri shakllanishiga,
axloqiy kamol topishiga ko’maklashadi. Nazariy bilimlarni amaliyot, ishlab
chiqarish bilan chambarchas bog`lanishiga zamin yaratadi. Sinfdan va
maktabdan tashqari ishlarga rahbarlik qiluvchi tashkilotchining vazifalari ham
ko’p qirralidir. Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarni
tashkilotchisining vazifalariga quyidagilar kiradi:darsdan tashqari tarbiyavity
ishlarni rejalashtirish va amalga oshirishni nazorat qilish; o’quvchilarning
sinfdan va maktabdan tashqari ko’p qirrali ishlarini pedagogik jamoa,
o’quvchilar tashkilotlari, sinf faollari yordamida yo’lga ko’yish; sinfdan va
maktabdan tashqari ishlar yo’nalishiga bevosita rahbarlik qilgan holda
o’qituvchilar, ota-onalar, sinf faollari, uslubiy yordamko’rsatish;umummaktab va
maktablararo
o’tkaziladigan
eng
muhim
tarbiyaviy
tadbirlarda
qatnashish;o’quvchilarning bo’sh vaqtlarini tashkil qilishda tarbiya va
madaniyat
muassasalari
hamda
jamoatchilik
kuchidan
keng
foydalanish.Tarbiyaviy ishlarni davr talabiga javob beradigan holga keltirish
uchun tarbiyaning asosi bo‘lgan barcha g‘oyalar qaytadan ishlab
chiqiladi.Sinfdan tashqari ishlarni tashkil etishda o‘qituvchining yo‘naltiruvchi
ta’siri ostidagi o‘quvchilarning o‘z-o‘zini nazorat qilish asosiga qurilgan va fan
kabinetlarida, kutubxonada va uyda yakka tartibdagi reja asosida o‘tkaziladigan
mustaqil mashg‘ulotlar yetakchi shaklga aylanishi kerak. Bunda sinfdan tashqari
ishda ta’limning moddiy bazasi: qo‘shimcha va ma’lumotnoma adabiyotlari,
laboratoriya uskunalari, ko‘rgazmali qo‘llanmalar, didaktik materiallar, texnika
vositalaridan oqilona foydalanish ko‘zda tutiladi. Ular o‘z ichiga quyidagilarni
oladi:darslik va qo‘shimcha adabiyotlar bilan ishlashning xilma-xil shakllarini
olgan, nazariy bilimlarni o‘zlashtirishni ta’minlovchi tajribalar, ijodiy tusdagi
ishlarni bajarishni, asboblarniloyihalashni, maketlar, modellar va hokazolarni
tayyorlashni olganmustaqil ishlash uchun topshiriqlar tizimi maqsadga
muvofiqdir.Sinfdan va maktabdan tashqari ishlar metodikasi fani va bo‘limiga
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
23
sinf rahbarlarining ishlari, maktab ma’muriyatining tarbiyaviy ishlari kiritiladi.
Bunda o‘qituvchilarning o‘quvchilar bilan muomilasi adolatli bo‘lishi, kerakli
ta’sir ko‘rsata olishi kerak.Tarbiyaning bosh maqsadi yosh avlodni ma’naviy,
axloqiy tarbiyalashda xalqning boy, milliy ma’naviy an’analarga, urf-odatilari
hamda qadriyatlariga asoslangan samarali tashkiliy ishlarni amalda ishlab
chiqishdir.Tarbiyaning asosiy vazifasi
–
shaxsni aqliy-axloqiy tarbiyalashda
erkin fikrlovchi va jismoniy rivojlanishi, uning qobiliyatlarini har tomonlama
ochish uchun imkoniyat yaratishdir.Tarbiyaviy ishlarni rejalashtirishda bir qator
pedagogik talablar qo‘yiladi. Maktabdan tashqari ta’lim muassasalarining
to‘garak
qatnashchilari
ongida
yuksak
ma’naviy-axloqiy
fazilatlar
mujassamlashgan bo‘lishi kerak. To‘garak qatnashchilarini doimiy ravishda fan
va madaniyatning so‘nggi yutuqlaridan xabardor qilib turish, ular ongini ijodiy
ishlar va tarbiyaviy tadbirlar bilan band qilish muhim o‘rin tutadi. To‘garak
qatnashchilarida mustaqillik tushunchasi shakllangan bo‘lishi, ular davlatimiz
ramzlarini, madhiyasini, urf-odatlarimizni yaxshi bilishi kerak. Maktabdan
tashqari ta’lim o‘qishlariga, xohishlariga asoslangan holda darsdan bo‘sh
vaqtlarda o‘quv-tarbiya jarayonini to‘ldiradi va quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha
to‘garak qatnashchilariga talablar qo‘yilishi kerak:Vatanga muhabbat, komil
inson tarbiyasi.Estetik ta’lim.Sayyohlik yo‘nalishi bo‘yicha to‘garaklarga
qatnashish.Ekologik ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha to‘garaklar.O‘quvchilarning
ma’naviy-axloqiy yo‘nalishi bo‘yicha.Huquqiy ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha.Texnik
ijodkorlik yo‘nalishi bo‘yicha.Istiqlol bolalari va iste’dodli yoshlar.Iqtisodiy
ta’lim.O‘quvchilarning mustaqilligi turli darajada bo‘lganida mustaqil
tayyorgarlik amalga oshirilishi mumkinligini hisobga olish muhimdir, bu esa
ular shaxsining shakllanishiga shubhasiz ta’sir ko‘rsatadi. Ayrim o‘quvchilarning
ishdagi faol va mustaqil holati tarbiyachining aralashuvini talab etmaydi, chunki
o‘quvchilarning o‘zlari oldilarida turgan vazifalarini va ularni hal etish yo‘llarini
ancha yaxshi tushunadilar.1.Bolalar tarbiyachi yordamisiz ishlaydilar. Bu yerda
tarbiyachining aralashuvi maqbul emas. Chunki bunday holat bolalarning
mehnatsevarligini, bilish ehtiyojlarini shakllantirishda eng katta imkoniyatga
egadir.2. O‘quvchi mustaqil harakat qilib, lekin o‘z ishini tarbiyalashning fikri va
bahosiga bog‘liq qilib qo‘ygan paytda tobe holat vujudga keladi. Ish qiziqish va
ishtiyoq bilan bajarilsa ham, mustaqil ishni bajarayotgan harakatlarida
ishonchsizlik jihatlari mavjud bo‘ladi.3. Sinf rahbarining rahbarligi va nazorati
ostida harakat qiladigan o‘quvchilar toifasida majburiy ijro etish holati paydo
bo‘ladi. Bunda o‘quvchilar ishga unchalik qiziqish bildirmaydilar. Ular ko‘pincha
sinf rahbarining yordamini so‘rab murojaat qiladilar, kuchli o‘quvchilarning
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
24
qo‘llab-quvvatlashidan foydala-nishga intiladilar, agar bunday qo‘llab-
quvvvatlash bo‘lmasa, ishni davom ettirishda irodalarini ishga solmaydilar.
Bunday o‘quvchilarda tashqaridan majbur qilish vaqtida harakat qilish odati
mustahkamlanadi. Agar bunday holat barqaror bo‘lib qolsa, u o‘quvchining faqat
aqli emas, shu bilan birga ma’naviy rivojlanishiga ham to‘sqinlik qilishi
mumkin.Maktabda va sinfdan tashqari ishlar jarayonida o‘quvchi-larning bir-
biriga hurmati, axloqiy sifatlari jamoa orasida shakllanib boradi. Bunda
o‘quvchilarning bir-biriga bo‘lgan muomala madaniyati ham shakllanadi.
O‘quvchi o‘qituvchiga taqlid asosida yoki do‘stlari orasida o‘rgangan tarbiyasi
muomilasiga ta’sir qilishi mumkin. O‘qituvchi o‘quvchilar orasida muomala
madaniyatini shakllantirish uchun avvalambor o‘quvchining o‘ziga bo‘lgan
muomalasini, e’tiborini o‘rganishi kerak.Sinfdan va maktabdan tashqari
ishlarning tarbiyaviy ta`siri ko’p darajada o’quv jarayonini tashkil etish
saviyasiga hamda o’quvchilar jamoasininig xilma -xil ishlarni qanday yo’lga
qo’yishlariga bog`liqdir. Sinfdan tashqari faoliyat majburiy dastur bilan
chegaralanmaydi, balki yoshlar har xil o’quvchilarni ixtiyoriy ravishda
birlashtiradi. Ularning tashabbusi asosida ishlarni amalga oshiradi, fanga
qiziqtiradi, ularni xalqning madaniy hayoti muhitiga olib keladi. Sinfdan tashqari
ishlar shaxsdagi ijtimoiy faollik, ijtimoiy ong hamda axloqiy odatlarni tarkib
toptirishning eng muhim omilidir. O’quvchilar maktabdan tashqari ishlarda
qatnashib, turli kishilar bilan muayyan munosabatta kirishadilar, turli
vaziyatlarga duch keladilar.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.
I.A.Karimov. O‘zbekiston: o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li.–T.,
“O‘zbekiston”,1992
2.
I.A.Karimov. O‘zbekiston – kelajagi buyuk davlat. – T., “O‘zbekiston”, 1992.
3.
I.A.Karimov. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. – T., “O‘zbekiston”, 1995.
4.
Odob-axloqqa oid hadis namunalari. –T., “Fan”, 1970.
5.
N.I.Boldirev. Sinf rahbari. – T., “O‘qituvchi”, 1975.
6.
Kaykovus. “Qobusnoma”. – T., “O‘qituvchi”. 1986.
7.
Bo‘riyev. Oila va yangi an’analar. – T., “O‘qituvchi”, 1988.