Авторы

  • Mahtob To‘layeva
    12-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi informatika va axborot texnologiyalari fani o‘qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.arims.75924

Аннотация

Informatika va axborot texnologiyalari, kompyuter savodxonligi, raqamlashtirishga oid bilimlar zamonaviy jamiyatda tobora muhim darajaga ko‘tarilib bormoqda. Umumta’lim maktablarida informatika va axborot texnologiyalari fanini o‘qitish usullarini takomillashtirish, o‘quvchilarni raqamli kelajakka tayyorlash uchun juda muhim omil hisoblanadi.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

99

INKLUZIV TA’LIMDA ELEKTRON PLTFORMALARDAN

FOYDALANISH

To‘layeva Mahtob Jalolovna

12-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi

informatika va axborot texnologiyalari fani o‘qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15104732

Informatika va axborot texnologiyalari, kompyuter savodxonligi,

raqamlashtirishga oid bilimlar zamonaviy jamiyatda tobora muhim darajaga
ko‘tarilib bormoqda. Umumta’lim maktablarida informatika va axborot
texnologiyalari fanini o‘qitish usullarini takomillashtirish, o‘quvchilarni raqamli
kelajakka tayyorlash uchun juda muhim omil hisoblanadi. Bu jarayonda turli
interfaol o‘qitish usullari, innovasion ta’lim platformalari muhim rol o‘ynashi
mumkin. Hozirgi kunda informatika va axborot texnologiyalari fani zamonaviy
ta’limning muhim bir qismiga aylanib bormoqda. Buning natijasida o‘qitishning
an’anaviy usullari orqali hozirgi kun o‘quvchilarini ehtiyojlarini to‘liq qondira
olmayapti, chunki bugungi kun yosh avlodi turli gadjetlar va qurilmalar bilan
teng ulg’ayib bormoqda. Ularni oddiy narsalar bila lol qoldirish bir oz qiyinroq.

Innovasion o‘quv platformalari esa o‘z navbatida yangiliklarni tez o‘rganish

va o‘quvchilarning faolligini oshirish uchun keng imkoniyatlarni taklif etadi.
Yosh avlod vakillariga keng imkoniyatlar yaratib berilayotgan bo‘lib, endilikda
ularni faqatgina to‘g’ri yo‘naltirish va raqamli resurslardan oqilona
foydalanishga o‘rgatish zarur.

Turli xildagi raqamli platformalar, elektron ta’lim resurslari bunga yorqin

misoli bo‘la oladi. Informatika va axborot texnologiyalari fanini turli ta’limiy
platformalar yordamida o‘qitish ko‘proq samara beradi. Chunki bolalar
an’anaviy o‘qitish usullaridan ko‘ra interfaol o‘qitish usullariga rag’bat
ko‘rsatmoqdalar. Turli xil gadjetlardagi o‘yinlar, musobaqalar ularni diqqatini
ko‘proq tortadi. Shuning uchun kichik sinflardagi maktab o‘quvchilarini turli
platformalar yordamida o‘qitish ancha samara beradi. Uy vazifalarini bajarish
ham birmuncha qiziqarli va osonroq bo‘ladi. O‘quvchilar turli xil smartfonlarda
faqatgina o‘yin o‘ynashlari yoki turli mavzudagi video roliklarni tomosha
qilishlari o‘rniga kerakli mavzuni o‘zlashtirishlari, video darslarni ko‘rishlari,
topshiriqlarni qiziqarli usulda bajarishlari mumkin.

Axborot texnologiyalarining rivojlanish bosqichlariga nazar soladigan

bo‘lsak, hozirgi kunga qadar yangidan yangi qurilmalarni hayotimizga kirib
kelishi, turli xil gadjetlar, smartfonlar, virtual borliq uskunalari, Internet
ko‘lamini yoyilishi, Wi-Fi qamrov va yana boshqa ko‘pgina raqamli


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

100

texnologiyalar hozirgi maktab o‘quvchilarining bilim egallashlari usullarini
tubdan o‘zgartirish.

Bugungi kunimizga kelib o‘quvchilar uchun o‘qituvchilar asosiy ma’lumot

manbai,

bilim

beruvchi

hisoblanmay

qo‘ydi.

Bunga

ko‘proq

kommunikatsiyalarning xilma xilligi, tabiati, ularning intensivligi, ijtimoiy o‘zaro
ta’sirlari, umuman olganda bilimlarni uzatish usullari sabab bo‘ldi.

Umuman olganda, onlayn ta’lim samaradorligi sohasidagi tadqiqotlarga,

shuningdek, Elektron ta’lim platformalari orqali informatika va informatika va
axborot texnologiyalariga oid fanlarini o‘qitishning o‘ziga xos xususiyatlariga
bag’ishlangan ilmiy nashrlarda juda ko‘plab maqolalarni uchtatish mumkin.
Ko‘plab tadqiqotchilar informatika va axborot texnologiyalari fanini o‘qitishda
platformalarni roli, foydalanishni qulayliklari, o‘quvchilarni jalb qilishdagi
muammolarga yechim topish maqsadida turli izlanishlar olib borganlar.
Elektron ta’lim texnologiyalari - bu asosan axborot-kommunikatsiya
texnologiyalaridan foydalangan holda o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasidagi
bilvosita yoki yarim vositachilik orqali amalga oshiriladigan texnologiyalar.
Deyarli barcha qo‘llaniladigan elektron ta’lim texnologiyalari turli xil variantlar
va kombinatsiyalarga ega: keys texnologiyalari, kompyuter tarmoqlari
texnologiyalari va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari.

Elektron ta’lim an’anaviy ta’lim bilan bir xil maqsad va vazifalarga muvofiq

qurilgan, ammo materialni taqdim etish shakli o‘zgaradi. O‘qituvchilar va
o‘quvchilarning o‘zaro munosabatlari shakli ham turlicha bo‘ladi. Boshlang’ich
sinflarda elektron ta’limning asosiy maqsadlari axborotni mustaqil izlash, uni
yangi texnologiyalar yordamida qayta ishlash, o‘zlashtirish, o‘zgartirish va
amaliyotda foydalanishga o‘rgatishdan iborat. Vaqtdan oqilona foydalanishni,
sinfdoshlar, o‘qituvchilar, ota-onalar va boshqalar bilan hamkorlik qilishni
o‘rgatadi.

O‘quvchilar raqamli asrda muvaffaqiyatga erishish uchun muhim raqamli

ko‘nikmalarga egalik qilishlari mumkin. Mukofotlar, nishonlar va o‘yin
elementlari o‘quvchilarning motivatsiyasini oshirishi va ularni o‘quv jarayonida
faol ishtirok etishga undashi mumkin. Umumta’lim maktablarida informatika va
axborot texnologiyalari fanini o‘qitishga innovasion ta’lim platformasini
integratsiyalash o‘qitish samaradorligini sezilarli miqdorda oshirishi mumkin.
Shaxsiylashtirilgan ta’lim, amaliy o‘rganish, ma’lumotlarga asoslangan baholash
va innovasion texnologiyalar bilan birgalikda jamoatchilik yordami
o‘quvchilarga raqamli davrda muvaffaqiyatga erishishda zarur bo‘lgan bilim,
ko‘nikma va muhim vakolatlarni o‘zlashtirishga yordam beradi. Qisqacha qilib


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

101

aytganda innovasion ta’lim platformalari kompyuter fanini o‘qitish usulini
o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan moslashtirilgan ta’lim, interfaol resurslar va
hamkorlik vositalarini taqdim etadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Olimov Sh.Sh. Talabalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda fanlararo

aloqaning ahamiyati. Uzluksiz ta’lim. Ilmiy – uslubiy jurnal. T. №
2.

5. 2005. 79-bet.

3.

Ibragimov X., Abdullaeva Sh. Pedagogika nazariyasi. Darslik. –T.: «Fan va

texnologiya», 2008, – 288 b.
4.

Buronova G., Atayeva G. I. Methodology For Developing Students’ Skills By

Using The “4k” Model In Teaching Programming In School //2023 IEEE 18th
International Conference on Computer Science and Information Technologies
(CSIT). – IEEE, 2023. – С. 1-5.
5.

Буранова Гульнора Ёдгоровна, Носирова Шохиста Эльмуродовна

Cущность применения метода кейс-технологий в организации учебного
процесса // Academy. 2020. №9 (60).

Библиографические ссылки

Olimov Sh.Sh. Talabalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda fanlararo aloqaning ahamiyati. Uzluksiz ta’lim. Ilmiy – uslubiy jurnal. T. №

2005. 79-bet.

Ibragimov X., Abdullaeva Sh. Pedagogika nazariyasi. Darslik. –T.: «Fan va texnologiya», 2008, – 288 b.

Buronova G., Atayeva G. I. Methodology For Developing Students’ Skills By Using The “4k” Model In Teaching Programming In School //2023 IEEE 18th International Conference on Computer Science and Information Technologies (CSIT). – IEEE, 2023. – С. 1-5.

Буранова Гульнора Ёдгоровна, Носирова Шохиста Эльмуродовна Cущность применения метода кейс-технологий в организации учебного процесса // Academy. 2020. №9 (60).