Авторы

  • Nasiba Boboqulova
    Oriental universiteti 2-kurs magistranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.arims.78906

Ключевые слова:

Amir Temur Mirzo Ulug‘bek Qozizoda Rumiy Alisher Navoiy Ali Qushchi Samarqand hunarmandchilik me’morchilik.

Аннотация

Amir Temur va temuriylar davrida ilm-fan rivojlanishi tarixiy, ilmiy va madaniy yutuqlarga erishishda katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Samarqand, Buxoro kabi shaharlar ilm-fan va madaniyat markazlariga aylandi. Ushbu maqolada Amir Temur va temuriylar davrida Samarqandda ilm-fan, san’at, me’morchilik, hunarmandchilik sohasining rivojlanishi haqida so‘z yuritiladi.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

86

AMIR TEMUR VA TEMURIYLAR DAVRIDA SAMARQANDDA ILM-

FAN VA MADANIYAT

Boboqulova Nasiba

Oriental universiteti 2-kurs magistranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.15211395

Annotatsiya.

Amir Temur va temuriylar davrida ilm-fan rivojlanishi tarixiy,

ilmiy va madaniy yutuqlarga erishishda katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Samarqand,
Buxoro kabi shaharlar ilm-fan va madaniyat markazlariga aylandi. Ushbu
maqolada Amir Temur va temuriylar davrida Samarqandda ilm-fan, san’at,
me’morchilik, hunarmandchilik sohasining rivojlanishi haqida so‘z yuritiladi.

Абстрактный.

В период правления Амира Темура и Тимуридов

развитие науки сыграло важную роль в достижении исторических,
научных и культурных достижений. Такие города, как Самарканд и Бухара,
стали центрами науки и культуры. В статье рассматривается развитие
науки, искусства, архитектуры и ремесел в Самарканде в период
правления Амира Темура и Тимуридов.

Abstract.

During the reign of Amir Temur and the Timurids, the

development of science played a significant role in achieving historical,
scientific, and cultural achievements. Cities such as Samarkand and Bukhara
became centers of science and culture. This article discusses the development of
science, art, architecture, and crafts in Samarkand during the reign of Amir
Temur and the Timurids.

Kalit so‘zlar:

Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek, Qozizoda Rumiy, Alisher Navoiy,

Ali Qushchi, Samarqand, hunarmandchilik, me’morchilik.

Amir Temur va temuriylar davridagi Samarqandni ilm-fan, san’at va

madaniyat, ma’naviyat rivojisiz tasavvur qilish qiyin. Amir Temur yuksak
madaniyat va ma’naviyat homiysi bo‘lgani uchun bepayon davlati hududlaridan
olimlar, shoirlar, musavvirlar, musiqachilar, me’morlar, iqtidorli usta,
hunarmandlarni Samarqandga chorlaydi. Ularga g‘amxo'rlik qiladi. Amir
Temurning o‘zi, o‘g‘il va nabiralari Samarqandda muhtasham madrasalar,
xonaqohlar, bog‘lar bunyod qiladi. Ana shunday qulay sharoit tufayli Samarqand
XIV-XV asrlarda Sharqning ulkan ilm-fam madaniyat markaziga aylanadi.

Amir Temur davrida Samarqandda Abdujabbor Xorazmiy, Shamsiddin

Munshiy, Xo'ja Afzal, Alouddin Koshiy, Jalol Hiriy kabi mashhur olimlar yashab
ijod qilgan. Bu davrda Samarqandda Abdumalik Samarqandiy, Ismat Buxoriy,
Bisotiy, Lutfullo Nishopuriy singari shoirlar bilan she’riyat olamida dong
taratgan. Aytib o‘tishimiz joizki, Amir Temur davrigacha Samarqandda fors tilli


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

87

nazm rivojlangan bo‘lsa, Sohibqiron va uning vorislari davriga kelib, turkey
tildagi she’riyat ham yuksak cho‘qqiga ko'tarilgan.

Chunonchi, To‘g‘li Xo‘ja, Lutfiy, Sakkokiy, Hofiz Xorazmiy, Sayfi Saroyi kabi

shoirlar turkiy she’riyat rivojiga ulkan hissa qo‘shganlar. Ayniqsa, Abdurahmon
Jomiy va Alisher Navoiyning bu sohada benazir o‘rni bor. Abdurahmon Jomiy
ko‘p marta Samarqandda bo‘lgan. Ulug‘bek madrasasida tahsil ko‘rgan. Xo‘ja
Ahror Vali kabi ulug‘lar bilan hamsuhbat bo‘lgan. Alisher Navoiy ham mashhur
faqih Fazlulloh Abu Laysiy madrasasida o‘qigan, uni o‘ziga ustoz deb bilgan.

Temuriylar davrida miniatura san’ati ham tez rivojlandi. Bu san’at turi

qo‘lyozmalarni badiiy bezash ishlari bilan uyg‘un holda kamol topib brogan.
Samarqand milliy miniatura san’ati rivojida musavvir Abdulhayning xizmatlari
katta bo‘lgan. Amir Temur davrida yaratilgan noyob miniaturalar bugun
Istanbul, Parij, London, Vashington, Sankt-Peterburg kabi shaharlarning muzey
hamda kutubxonalarida saqlanmoqda. Amir Temur davrida turli diniy va
dunyoviy ilmlar bilan birgalikda xatttotlik san’ati ham o‘z taraqqiyotining yuqori
cho‘qqisiga chiqdi.

Amir Temur davrida Samarqand kulolchiligida badiiy sopolchilik alohida

ajralib turgan. Rang-barang bezaklar, bo‘yoqlar bilan bezatilgan idish-tovoqlar
kundalik ro‘zg‘or idishlaridan ko‘ra ko‘proq san’at namunalariga yaqin turgan.
Mohir ustalar oltin, kumush, mis va bronzadan har xil idish-tovoqlar,
shamdonlar, qurol-yarog‘lar yasagan.

Bundan tashqari Registon maydonida olib borilgan arxeologik tadqiqotlar

payti topilgan 60 dan ziyod metal buyum XIV–XV asrlardagi Samarqand
chilangarlik maktabi yuksak cho‘qqilarga ko‘tarilganini yaqqqol isbotlaydi. Bu
yerda topilgan bronza va misdan yasalgan ko‘zalar, oftobolar, laganlar, kosalar,
shamdonlar, eshik dastalarining sirtiga nozik kumush iplardan ajoyib naqshlar
solinganki, ular jilosi bilankishini hayratga soladi. Temuriylar davrida
Samarqandda zargarlik, shishasozlik, temirchilik ham yaxshi rivojlangan edi.
Ularning ayrim namunalari dunyoning turli muzeylarida saqlanmoqda.

Sohibqiron Amir Temurdan so‘ng bobosining bunyodkorlik, homiylik

ishlarini davom ettirib, Samarqandning, umuman, temuriylar davlatining shon-
shuhratini yuksak darajaga ko‘targan shaxs Mirzo Ulug‘bekdir. Ulug‘bek
hukmronligi davrida Samarqandda 2 ta ko‘rkam madrasa qurildi. Ularda diniy
ilmlar qatori dunyoviy fanlardan ham saboq berilgan. Boshqa mashhur olimlar
bilan birga uning o‘zi ham haftada bir marotaba bu madrasalarda yoshlarga dars
berar edi. Keyinchalik Buxoro va G‘ijdivonda ham madrasalar qurildi.
Samarqanddagi Bibixonim masjidi, Amir Temur maqbarasi, Shohizinda va


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

88

Registon majmualari qurilishi poyoniga yetkazildi. Boshqa shaharlarda ham
karvonsaroylar, tim, chorsu, hammom va boshqa inshootlar barpo etildi.

Ulug‘bek ko‘p qirrali iste’dod sohibi edi. U, ayniqsa, adabiyot, tarix,

matematika, astronomiya sohalariga qiziqqan. Uning eng buyuk ishlaridan biri-
Samarqand shahrida Akademiya tashkil etganligidir. Bu ilmiy maktabda 200 dan
ortiq olim Ulug‘bek rahbarligida fanning turli sohalarida izlanishlar olib borgan.
Mirzo Ulug‘bek madrasasi iqtisodiy taraqqiyot, hunarmandchilik va savdo rivoji,
madaniy yuksalish, ilm-fan ravnaqining natijasi hisoblanadi. Ulug‘bek
madrasasining ilk davrida dunyoviy fanlarni o‘qitishga e’tibor berilib, madrasa
ta’limini o‘tab, maxsus imtihonlar topshirilgach, bitiruvchiga guvohnoma
(diplom) – sanod berilgan. Mirzo Ulug‘bek madrasasining birinchi mudarrisi o‘z
davrining yirik donishmandi Mavlono Muhammad Havofiy edi. Madrasada yirik
olimlar Qozizoda Rumiy, G‘iyosiddin Jamshid Koshiylar faoliyat yuritganlar.

Mirzo Ulug‘bek madrasasi nafaqat madrasayi oliya sifatida ta'lim maskani,

balki ilmiy tadqiqotlar, xususan, hay’at, Yer kurrasi, sayyoralar va yulduzlar
holatini kuzatishga bag'ishlangan ishlarni tashkil etish markazi va ularning
holatini va ularning natijasini ta’lim jarayoniga tatbiq etishni nazarda tutuvchi
ilmiy markaz-rasadxonaga ham ega bo‘lganligi hammamizga ma’lumdir.

Ulug‘bek madrasasi qoshidagi astronomiya ilmiy markazi ushbu fan rivojiga

ulkan hissa qo‘shib, u keyingi o‘rta asrlarda ham o‘z ahamiyatini yo‘qatmadi. Bu
maktab ta’sirida Sharq mamlakatlari, xususan, Hindistonda rasadxonalar bino
qilinib, astronomik kuzatishlar natijasida ilmiy asarlar yaratildi. 1417-1420-
yillarda qurib bitkazilgan Ulug‘bek madrasasining birinchi mudaarrisi Mavlona
Havofiy bo‘lgan. Keyinchalik bu madrasaga uzoq vaqt mobaynida mashhur
alloma Qozizoda Rumiy mudarrislik qilgan.

Mirzo Ulug‘bek islom dini va ilm-fan taraqqiyoti yo‘lida ulkan bunyodkorlik

ishlarini amalga oshirgan. Uning shaxsiy tashabbusi bilan hozirgi Registon
maydonida hashamatli madrasa, Muqatta masjidi va xonaqoh barpo qilingan.
Umrining kо‘p qismini harbiy yurishlarda о‘tkazgan Amir Temur safarlarda ham
olimlar bilan hamsuhbat bо‘lar edi. Jumladan, Damashq muhosara qilingan
paytda, mashhur arab tarixchisi va mutafakkiri ibn Xaldun (1332 – 1406) bilan
suhbatda bо‘lgan.

Uchrashuv chog‘ida mashhur tarixchi Sohibqironga Qur’oni Karimning

gо‘zal bir nusxasini hadya qiladi va Amir Temur о‘rnidan turib, muqaddas
kitobni о‘pib, boshiga qо‘ygan. Xuddi ana shunday hurmat va ehtiromni
Sohibqiron о‘zi zabt etgan mamlakatlardagi olim-u fuzalo, dono kishilarga
nisbatan ham kо‘rsatgan. “Qaysi mamlakatni zabt etgan bо‘lsam, – deb


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

89

ta’kidlaydi bu haqda Amir Temur, – о‘sha yerning obrо‘-e’tiborlik kishilarini aziz
tutib, sayyidlari, ulamolari, fuzalo va mashoyixlariga ta’zim bajo keltirdim va
hurmatladim, ularga suyurg‘ol, vazifalar berib, maoshlarini belgiladim”.

Amir Temur davrida ilm-fanning qaytadan rivoj topishiga ta’sir kо‘rsatgan

omillardan yana biri qо‘shni mamlakatlar, ayniqsa Xitoy, Hindiston bilan
iqtisodiy va madaniy aloqalarining kuchayishi bо‘ldi. Turli mamlakatlardagi
ilmiy markazlar, olimlar о‘rtasida aloqalarning о‘rnatilishi, xalqlarning bir-
birining tarixiy madaniyatini о‘rganishi, ilm-fan sohasidagi erishgan natijalari
bilan tanishishi ilmiy bilimlar taraqqiyoti uchun qulay sharoit tug‘dirgan. Temur
saltanatida ilm-fanning taraqqiy etishida о‘tmish madaniyati, boyliklarini
о‘rganishga e’tibor berilishi ham muhim ahamiyatga ega bо‘ldi.

Amir Temur va temuriylar davri ma’naviy hayotida diniy falsafa katta o’rin

tutadi. So‘fiylik tariqatida Naqshbandiylik rivojlanib, barcha ijtimoiy-ma’naviy
sohalarga o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Bahovuddin Naqshbandiy bu tariqatni boyitib,
balogardon martabasiga ega bo‘lgan karomat sohibi edi. XV asrda Naqshbandiya
tariqatining davomchisi Xoja Ubaydulloh Ahrordir. Samarqandga kelgan Xoja
Ahror Valini temuriylar o‘zlariga pir deb biladi. Xoja Ahror Naqshbandiya
Xojagon tariqatining yo‘nalishini belgilagan va ijtimoiy faoliyatidan tashqari
ijodkorlik ilmi bilan ham shug‘ullanib bir nechta asarlar yozgan.

Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, Amir Temur va temuriylar davri ilm-fan

va madaniyatning gullagan davrlaridan biri bo‘ldi. Temur va uning avlodlari ilm
fan va san’atga katta e’tibor berishdi, bu esa o‘z navbatida o‘zbek va jahon
madaniyatiga o‘zining ijobiy ta’sirini ko‘rsatdi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Amir Temur Temuriylar davrida madaniyat va san’at. - Т. Sharq, 1996.
2. Amir Temur Ko‘ragan. Temur tuzuklari - T. Turon fanlar akademiyasi
nashriyoti, 2014.
3. Ahadov Sh.A., Egamov Sh.S. Amir Temur va Temuriylar davrining intellektual
salohiyati. Samarqand, 2004.
4. Choriyev A. Sohibqiron ma’naviyati. – T.: “Yangi asr avlodi”, 2021. – B.53.

Библиографические ссылки

Amir Temur Temuriylar davrida madaniyat va san’at. - Т. Sharq, 1996.

Amir Temur Ko‘ragan. Temur tuzuklari - T. Turon fanlar akademiyasi nashriyoti, 2014.

Ahadov Sh.A., Egamov Sh.S. Amir Temur va Temuriylar davrining intellektual salohiyati. Samarqand, 2004.

Choriyev A. Sohibqiron ma’naviyati. – T.: “Yangi asr avlodi”, 2021. – B.53.