Авторы

  • Mashhurbek Alisherov
    Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti magistranti
  • A Xaydarov
    Ilmiy rahbar: prof

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.arims.78914

Ключевые слова:

byudjet tashkiloti ish haqi hisoblashuvlar nazorat hisobot moliyaviy barqarorlik.

Аннотация

Ushbu maqolada byudjet tashkilotlarida hodimlarga mehnat haqi to‘lash tizimi, bu jarayonni hisobga olish, hisob yuritish va nazorat qilishning nazariy-uslubiy asoslari hamda amaliy jihatlarini chuqur o‘rganish bayon qilingan. Mehnat haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarning turlari, ularni hisoblash xususiyatlari hamda nazorat qilish usullari tahlil qilingan. Shuningdek, byudjet tashkilotlarida hodimlar bilan hisob-kitoblarni yuritish va nazoratni takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar taqdim etilgan.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

54

BYUDJET TASHKILOTLARIDA HODIMLAR BILAN

HISOBLASHUVLAR HISOBI VA NAZORATI

Alisherov Mashhurbek Turg`unboy o`g`li

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti magistranti

A Xaydarov

Ilmiy rahbar: prof

https://doi.org/10.5281/zenodo.15209779

Annotatsiya

. Ushbu maqolada byudjet tashkilotlarida hodimlarga mehnat

haqi to‘lash tizimi, bu jarayonni hisobga olish, hisob yuritish va nazorat
qilishning nazariy-uslubiy asoslari hamda amaliy jihatlarini chuqur o‘rganish
bayon qilingan. Mehnat haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarning turlari, ularni
hisoblash xususiyatlari hamda nazorat qilish usullari tahlil qilingan. Shuningdek,
byudjet tashkilotlarida hodimlar bilan hisob-kitoblarni yuritish va nazoratni
takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar taqdim etilgan.

Kalit so‘zlar:

byudjet tashkiloti, ish haqi, hisoblashuvlar, nazorat, hisobot,

moliyaviy barqarorlik.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017-2021 yillarda O‘zbekistonni

rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar Strategiyasi”da
belgilangan “byudjet muassasalari hodimlarining ish haqi, pensiya, stipendiya va
ijtimoiy nafaqalar hajmini inflyatsiya darajasidan yuqori sur’atda izchil oshirish”
masalasi jamiyat rivojiga katta ahamiyat kasb etadi [1].

Hozirgi davrda O‘zbekiston byudjet tizimida qator islohotlar amalga

oshirilmoqda, bu esa byudjet resurslarining samarali boshqarilishini
mustahkamlashga xizmat qiladi. Byudjet mablag‘larining rasional taqsimlanishi
va ulardan oqilona foydalanish – bu davlat siyosatining asosiy ustuvor
yo‘nalishlaridan biridir. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 2022-yilda byudjet
xarajatlarining deyarli 45% i hodimlarga mehnat haqi va boshqa to‘lovlar uchun
ajratilgan bo‘lib, bu raqam byudjet tashkilotlarida hodimlar bilan bog‘liq
xarajatlarning ahamiyatini yana bir bor tasdiqlaydi

Biroq, byudjet mablag‘larining samarali taqsimlanishi va ulardan oqilona

foydalanishni ta’minlash uchun hali ham ko‘plab muammolar mavjud. Masalan,
2021-yil monitoring natijalariga ko‘ra, 27% byudjet tashkilotlari hodimlar bilan
hisob-kitoblarni belgilangan muddatlarda yakunlamagan. Bundan tashqari,
hisoblashuvlar jarayonida yuzaga keladigan xatolar va kassa uzilishlari ham
katta muammo sifatida qolmoqda.

Tadqiqot mavzusining o‘rganilganlik darajasi

. Byudjet tashkilotlarida

hisob va hisobotga oid xorijiy va mahalliy olimlar tomonidan bir qator
tadqiqotlar olib borilgan. Xususan, A.A.Ushakov (xorijiy olim) byudjet


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

55

tashkilotlarida buxgalteriya hisobini normativ-huquqiy hujjatlar asosida yuritish
zarurligini va g‘aznachilikka qamrab olingan holda hisoblashuvlar tashkil
etishning ahamiyatini ta’kidlagan [7].

Rossiyalik olim N.Kondrakov va uning jamoasi byudjet hisobi va hisoboti,

shuningdek, byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi masalalarini chuqur
o‘rganib, kassa va haqiqiy xarajatlar hisobini yuritishning nazariy va amaliy
jihatlarini yoritgan [3].

O‘zbekistonda esa M.Ostonokulov byudjet tashkilotlarida buxgalteriya

hisobini yuritish, moliyaviy hisobotlarni tuzish va byudjet nazoratini amalga
oshirish bo‘yicha tadqiqotlar olib bo rgan [4]. S.Mehmonov byudjet
tashkilotlarida buxgalteriya hisobi va ichki audit metodologiyasini
takomillashtirish masalalarini chuqurroq o‘rgangan [5]. A.Ostonokulov esa
byudjetdan tashqari jamg‘armalar shakllantirish va ularni hisobga olishni
takomillashtirish borasida ilmiy izlanishlar olib borgan [6].

Shunga qaramay, davlat ta’lim muassasalarida hodimlar bilan

hisoblashuvlar hisobini yuritish va nazorat qilish bo‘yicha alohida tadqiqotlar
kamligi aniqlandi. Bu sohaning yanada chuqurroq o‘rganilishi va yangi
yondashuvlar ishlab chiqilishi lozimligini ko‘rsatadi.

Tadqiqot usullari.

Tadqiqot jarayonida induktsiya, deduktsiya, istiqbolli

tadbiq etish, ma'lumotlarni tahliliy va tizimli yondashuv, adabiyotlar qiyosiy
tahlili va boshqa usullar qo‘llanildi.

Tahlil va natijalar

Byudjet tashkilotlarida xarajatlarning asosiy qismi

hodimlar bilan hisoblashuvlarga to‘g‘ri keladi. Hodimlar bilan hisoblashuvlar,
byudjet mablag‘laridan samarali foydalanishni baholashda muhim ahamiyatga
ega. Byudjet tashkilotlarida daromadlar va xarajatlar smetalari ijrosini amalga
oshirish jarayonida kamomadlar, xizmat safarlari, ish haqi va unga
tenglashtirilgan to‘lovlar kabi hodimlar bilan hisoblashuvlar amalga oshiriladi.

Mehnat munosabatlari, xususan, hodimlarga haq to‘lashning yuridik

asoslari mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari, xo‘jalik sub’ektlarining jamoa
shartnomalari va boshqa normativ hujjatlar bilan belgilanadi. Ish haqi esa, o‘z
navbatida, asosiy va qo‘shimcha ish haqiga bo‘linadi: asosiy ish haqi hodimning
ishlagan vaqti, bajarilgan ish miqdori va sifatiga qarab hisoblanadi, tarif
stavkalari, okladlar, mukofotlar va asosiy ish vaqtidan tashqari ishlangan vaqtga
qo‘shimcha haqlarni o‘z ichiga oladi.

Qo‘shimcha ish haqi mehnat qonunchiligida belgilangan, ishchining

ishlamagan vaqti uchun hisoblangan haqni anglatadi. Bunga ishchining ta’tili,
voyaga yetmaganlar, o‘smir yoshlar, ayollar va boshqalar uchun imtiyozli ish


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

56

vaqti uchun hisoblangan ish haqi, shuningdek, ishdan bo‘shash munosabati bilan
hisoblangan nafaqa kiradi.

Ish haqi ikki shaklda: ishbay va vaqtbay hisoblanadi. Ishbay shaklida ish

haqi ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi, sifati va bajarilgan ishlar hajmiga qarab
hisoblanadi, vaqtbay shaklida esa ishlangan ish soatlariga muvofiq, tarif
stavkalariga asoslangan holda aniqlanadi. Tarif stavkasi, ishchining razryadiga
qarab, unga ma'lum vaqt birligi (soat yoki kun) uchun to‘lanadigan haqni
belgilaydi. Birinchi razryad uchun tarif koeffitsienti 1 ga teng bo‘lib, boshqa
razryadlarda tarif koeffitsientlari shu asosda oshib boradi.

-Byudjet tashkilotlarida ish haqi vaqtbay asosida tasdiqlangan ish vaqtini
hisobga olish tabeliga asoslanadi. Ish haqini hisoblashda shtatlar jadvalida
belgilangan oylik ish haqi haqiqatan ishlagan ish kunlariga bo‘linadi. Byudjet
tashkilotlarida ishlayotgan hodimlarga qo‘shimcha to‘lovlar (moddiy
rag‘batlantirish va boshqa to‘lovlar) hodimlarni moddiy rag‘batlantirish
jamg‘armasi hisobidan yoki qonunchilikka ko‘ra byudjetdan tashqari mablag‘lar
hisobiga to‘lanadi, agar manba mavjud bo‘lsa.

Mehnat qonunchiligiga asosan, byudjet tashkilotlaridagi hodimlar har yili

mehnat ta‘tiliga chiqish huquqiga ega. Mehnat ta‘tiliga chiqish buyruqlari
rasmiylashtirilgandan so‘ng, buxgalteriya tomonidan belgilangan tartibda ta‘til
uchun ish haqi hisoblanadi. Ish haqi hisoblashda "O‘rtacha oylik ish haqini

Byudjet

tashkilotlarida

hodimlar

bilan

hisoblashuvlarni to‘g‘ri tashkil etishning
maqsadi – foydalanuvchilarga hodimlar bilan

hisoblashuvlar bo‘yicha ishonchli axborot
taqdim etishdir. Byudjet tashkilotlarida ish haqi

bo‘yicha

hisoblashuvlar

hisobotda

aks

ettirilishi uchun quyidagi boshlang‘ich hujjatlar
ishlatiladi:

Tabel

Ish hajmini bajarganlik to‘g‘risidagi
naryad (bildirishnoma)

Kasallik varaqasi

Rag‘batlantirish bo‘yicha buyruqlar va
boshqalar

Ish haqi, mukofotlar, moddiy yordamlar

va boshqa to‘lovlar har oyda bir marta
hisoblanib, joriy oyning oxirgi kunida
hisobotda

aks

ettiriladi.

Byudjet

tashkilotlarida quyidagi hisob-kitoblar
amalga oshiriladi

:

Kamomadlarga doir hisob-kitoblar

Ijtimoiy nafaqalar bo‘yicha hisob-kitoblar

Hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblar

Mehnatga haq to‘lash bo‘yicha hisob-kitoblar

Ish haqidan ushlab qolishlar bo‘yicha hisob-
kitoblar

Deponentlangan to‘lovlar bo‘yicha hisob-
kitoblar

Hodimlar bilan boshqa hisob-kitoblar


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

57

hisoblash" tartibiga asosan o‘rtacha ish haqi hisoblanadi. Bunda, shtatlar
jadvalida belgilangan oylik ish haqiga yil davomida olingan qo‘shimcha
mukofotlar va boshqa to‘lovlar 12/1 formula bilan qo‘shilib, 25,4 koeffitsentga
bo‘linadi. Keyin, bir kunlik ta‘til uchun ish haqi aniqlanadi va ta‘til kunlariga
ko‘paytiriladi.

Ish haqini hisoblash uchun asosiy hujjatlar quyidagilardir: tashkilotning

ishga qabul qilish, bo‘shatish va hodimlarni tasdiqlangan shtatlar jadvali, ish
haqi stavkalariga muvofiq joydan-joyga ko‘chirish haqidagi buyruqlar, 421-son
shakldagi foydalanilgan ish vaqti hisobi va ish haqi hisoblash tabeli[2].

Tabellar tashkilot rahbari tomonidan tayinlangan shaxslar tomonidan har

oyda belgilangan shaklda yuritiladi. Oyning oxirida, tabel bo‘yicha ishlangan
kunlar va ortiqcha ishlangan soatlar aniqlanadi. To‘ldirilgan va imzolar bilan
rasmiylashtirilgan tabel va boshqa hujjatlar belgilangan muddatda
buxgalteriyaga topshiriladi. Hisob-kitob va to‘lov qaydnomalari esa tuzgan va
tekshirgan hodimlar tomonidan imzolanadi. Ish haqi to‘lash uchun ruxsatnoma
tashkilot rahbari va bosh hisobchi tomonidan imzolanadi.

Xulosa va Takliflar

. Byudjet tashkilotlarida hodimlar bilan amalga

oshiriladigan hisob-kitoblar, ushlab qolingan va berilgan mablag‘larga
qaraganda, hodimlarning nominal ish haqiga nisbatan real ish haqi darajasi
pastligi aniq ko‘rinadi. Bu esa, o‘z-o‘zidan, hodimlarning xarid qobiliyatiga salbiy
ta'sir qiladi. Masalan, agar bir hodimning real ish haqi yuqori bo‘lsa, u ko‘proq
mahsulotlar, ishlar yoki xizmatlar sotib oladi, bu esa tadbirkorlar va korxonalar
uchun daromadni oshiradi va natijada byudjetga to‘lanadigan soliq miqdori ham
ortadi. Byudjet tashkilotlarida ish haqi miqdorini sezilarli darajada oshirish
bugungi kunda zaruriy ehtiyojdir.

Ish haqi yaxshilangan hodimlar ishga bo‘lgan mas'uliyatni ham oshiradi.

Bunda, nazorat masalasiga kelsak, byudjet tashkilotlarida rahbarlar tomonidan
tayinlangan shaxslar hodimlarning ishga kelib-ketishini nazorat qiladi. Ammo bu
har doim ham adolatli deb hisoblanmaydi. Shuning uchun, barcha byudjet
tashkilotlarida hodimlarning ishga kelish va ketishlarini yanada tartibga solish
maqsadida turniket tizimi o‘rnatish, va avtomatik ravishda hodimlarning
davomati qayd etilishi maqsadga muvofiq bo‘lardi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati:

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "2017-2021 yillarda O'zbekiston
Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar
strategiyasi" nomli 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli Farmoni
2. “Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi to‟g‟risida”gi Yo‟riqnoma O‟z.R
AV. tomonidan 2010 yil 22 dekabrda № 2169-son bilan ro‟yxatdan o‟tgan


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

58

3. Kondrakov N. i drg. Buxgalterskiy uchet v byudjetnix organizatsiyax. -M.:
Prospekt. 2006.
4. Ostanaqulov M. Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi. O‟quv qo‟llanma -
T.: "Iqtisod Moliya", 2009. 328 b.
5. Mehmonov S.U. “Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi va ichki audit
metodologiyasini takomillashtirish” i.f.d. diss. avtoref. 76 b. – T., 2018.
6. Ostonokulov Azamat. "Improvement of methodology for accounting of extra-
budgetary resources of public educational and medical institutions." E3S Web of
Conferences. Vol. 296. EDP Sciences, 2021.
7. Ushakov A.A. Buxgalterskiy uchet i audit effektivnosti ispolzovaniya sredstv v
munitsipalnix uchrejdeniyax zdravooxraneniya. Avt. diss. k.e.n., Rostov-na-Donu
- 2012. 14 stranitsa.

Библиографические ссылки

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasi" nomli 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli Farmoni

“Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi to‟g‟risida”gi Yo‟riqnoma O‟z.R AV. tomonidan 2010 yil 22 dekabrda № 2169-son bilan ro‟yxatdan o‟tgan

Kondrakov N. i drg. Buxgalterskiy uchet v byudjetnix organizatsiyax. -M.: Prospekt. 2006.

Ostanaqulov M. Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi. O‟quv qo‟llanma - T.: "Iqtisod Moliya", 2009. 328 b.

Mehmonov S.U. “Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi va ichki audit metodologiyasini takomillashtirish” i.f.d. diss. avtoref. 76 b. – T., 2018.

Ostonokulov Azamat. "Improvement of methodology for accounting of extra-budgetary resources of public educational and medical institutions." E3S Web of Conferences. Vol. 296. EDP Sciences, 2021.

Ushakov A.A. Buxgalterskiy uchet i audit effektivnosti ispolzovaniya sredstv v munitsipalnix uchrejdeniyax zdravooxraneniya. Avt. diss. k.e.n., Rostov-na-Donu - 2012. 14 stranitsa.