ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
184
JOʻYBOR SHAYXLARI TARIXIDAN SHAYX MUHAMMAD ISLOM
FAOLIYATI
Qorjovov Islom Asliddin o’g’li
Jizzax davlat pedagogika universiteti
Tarix fakulteti 1-bosqich talabasi
+99894-486-22-11
https://doi.org/10.5281/zenodo.15316393
Annotasiya.
Mazkur maqolada Buxoro xonligining siyosiy va ijtimoiy-
iqtisodiy hayotida muhim oʻrin tutgan Joʻybor shayxlari hayoti, ularning kelib
chiqishi, davlat tizimida egallagan lavozimlari, xususan Xoʻja Muhammad Islom
Joʻyborning faoliyati yoritiladi.
Kalit soʻzlar.
Shayx, naqib, xoʻja, voliy, tariqat, paygʻambar, “amir ul-
umaro”, Mudin, masjid, Sulton, madrasa, “Piri shastiy”, Kufa, Bakr.
Annotation.
This article covers the life of the sheikhs of Joibor, who played
a role in the political and socio-economic life of the Bukhara Khanate, the origins
of the organization, the processes they took in the state system, and the
activities of Muhammad Islam Joibor.
Keywords.
Sheikh, naqib, hoja, wali, tariqat, prophet, “amir ul-umaro”,
Mudin, mosque, Sultan, madrasa, “Piri shasti”, Kufa, Bakr.
Аннотация.
В статье рассматривается жизнь шейхов Джойбора,
сыгравших важную роль в политической и социально-экономической
жизни Бухарского ханства, их происхождение, занимаемые ими должности
в государственной системе и в частности деятельность Ходжи Мухаммада
Ислама Джойбора.
Ключевые слова:
Шейх, накиб, ходжа, правитель, тарикат, пророк,
«амир уль-умаро», Мудин, мечеть, султан, медресе, «Пири шасти», Куфа,
Бакр.
Yurtimiz hududidagi ko'hna shaharlar o'zining ko'p yillik boy tarixi bilan
ajralib turishadi. Bular orasida “qubat ul islom” yaʼni “islom dinining gumbazi”
deya ulug'lanmish Buxoro shahri tahsinga sazovordir. Buxoro shahri
musulmonlar dunyosidagi mashhur shaharlar Bagʻdot, Basra, Kufa singari
dunyoviy va diniy ilmlar egallangan shaharlar qatorida bo'lgan. Buxoro
madrasalarida tahsil olish uchun dunyoning turli tomonlaridan tolibi ilmlar
tashrif buyurishgan. O'sha davrda Buxoroga o'z davrining mashhur ulamolari,
olimlari va yozuvchilari boshqa mamlakatlarda bo'lmagan turli kasb egalari
to'plangan shahar deya ta'rif etilgan. Buxoroga kelgan din peshvolari orasida
Joʻybor xo'jalarining ajdodlari ham bor edilar . Joʻybor xo'jalari faoliyati qariyb
100 yillardirki olimlar tomonidan o'rganilib kelinmoqda. Jumladan, V.L.Vyatkin
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
185
XVI asrning birinchi yarmida yuz bergan asosiy siyosiy voqealar asosida Xoʻja
Muhammad Islom Joʻyborning faoliyatini yoritib beradi.
Xo‘ja Muhammad Islom ibn Xoʻja Ahmad Buxoroda 1493-1563 yillarda
yashagan. Joʻybor xoʻjalarining mashhur namoyondasi va Buxoro shayx ul islomi
bo'lgan Xo'ja Muhammad Islom naqshbandiya tariqatining keng targ'ib qilgani
uchun “Piri Shastiy” unvoniga ham sazovor bo'lgan. Umuman olganda Joʻybor
shayxlari, ularning oliyjanob fazilatlari xonlik hayotidagi mavqei va ijtimoiy-
siyosiy faoliyati haqidagi ma'lumotlar o'sha davrlarda yozilgan ko'pgina
asarlarda o'z aksini topgan.
IX asr oxiri X asr boshlarida Arabistondan toʻrt Bakr Amudaryo orqali oʻtib,
Buxorodan 6 km shimoli-gʻarbiy tomondagi Sulton qishlogʻiga kelib
joylashishadi. So'ngra ular Buxoroning turli guzarlarida yashaydilar. Xoʻja Abu
Bakr Saʼd, imom Abu Bakr Ahmad Joʻybor mavzesida yashab qoladilar . Ularning
avlodlari Joʻybor xo'jalari guruhini tashkil qilishgan. Joʻybor xo'jalari o'zlarini
aslzoda voliylar qilib koʻrsatish maqsadida oʻz shaxslarini ota tomondan
Muhammad paygʻambar (s.a.v) avlodlariga olib borib ulaydilar. Ma'lumki, oʻsha
davrda islom dini keng tarqalgan va mustahkamlanib xalqqa ta'siri kuchli edi.
Ayniqsa xalqning paygʻambarimiz va uning avlodlariga ixlosi yuqori bo'lgan.
Aslzodalik va tariqatdagi nufuzlariga ko'ra, Joʻybor shayxlari Somoniylar
davridan boshlab yuqori davlat lavozimlariga tayinlana boshlagan. Ular “naqib
ul-niqobo’’ (ulugʻ naqib) va shayx ul islom kabi lavozimlarda faoliyat olib
borishgan. XVI asrning birinchi yarmida Buxoro xonligining iqtisodiy qudratini
mustahkamlagan, siyosiy mavqeini kuchaytirgan Joʻyborlarning yirik vakili Xo'ja
Muhammad Islom hisoblanadi. Ma'lumotlarga qaraganda Xo'ja Muhammad
Islom 1493-yil tavallud topgan. Xoʻja Muhammad Islomning otasi Xoʻja
Yahyoning oʻgʻli Xoʻja Ahmad hisoblangan . Xoʻja Mahammad Islomning bolalik
davri Buxoroda shayboniyzodalar oʻrtasidagi toj-u taxt uchun kurashlar avj
olgan davrga to'g'ri keladi. Bunday notinch davrlar bo'lishiga qaramay Xoʻja
Muhammad Islom o'z bilimini oshirib, 12 yoshga toʻlganida naqshbandiya
tariqatining yirik namoyondasi Mahmud Aʼzam Xoʻja Kosoniyga shogird tushadi.
Xoʻja Muhammad Islom temuriylardan Muhammad Tumanning qiziga uylanadi.
Muhammad Tuman Sulton Husayn Boyqaroning saroyida “amir al umaro”
lavozimida edi. Xoʻja Muhammad Islomning oilasi ham diniy siyosiy hayotda
katta rol o'ynagan. Uning avlodlari orasida Xoʻja Muhammad Yusuf, Xoʻja
Muhammad Shofʼi kabi taniqli shaxslar bo'lib, ular ham Joʻybor shayxlari
sulolasining izzatini saqlashda davom etishgan. Xoʻja Muhammad Islom
Iskandarxon xonadoni bilan yaqin edi. 1544-yilda uning otasi Xoʻja Ahmad
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
186
Iskandar sultondan katta miqdorda yer xarid qiladi. Bu harakati Xoʻja Ahmadni
o'z davrining juda boy kishilaridan biri ekanligi haqida dalolat beradi. Iskandar
Sultonning o'g'li bo'lmish Abdullaxon ham xuddi otasi kabi Xoʻja Muhammad
Islomga ixlosi baland boʻlgan. Bu bilan bir qatorda Xoʻja Muhammad Islom ham
Abdullaxonni Buxoro taxtiga chiqishidan manfaatdor edi. Yillar o'tib Abdullaxon
Buxoroni egallab taxtga o'tiradi. Bu natijadan soʻng Abdullaxonning siyosiy
nufuzi mustahkamlanadi. Ayni vaqtda Xuja Muhammad Islom Abdullaxonning
Buxoro taxtini egallashi uchun imkoniyat yaratib bergan edi. Shu davrdan
boshlab Xo'ja Muhammad Islom Joʻyboriyning Abdullaxon bilan aloqalari
mustahkamlanadi. Xoʻja Muhammad Islom Joʻyboriyning xonlik ijtimoiy-
iqtisodiy va siyosiy hayotidagi mavqei shundan so'ng yanada kuchayib ketadi.
Abdullaxon hokimiyat va davlat boshqaruvidagi muhim qarorlar qabul qilish
oldidan oʻz piri Xoʻja Muhammad Islom Joʻyboriyning maslahatlariga quloq
tutardi. Xoʻja Muhammad Islom Joʻyboriyning shayboniyzodalar oʻrtasidagi
o'zaro kurashlarga barham berishi va mamlakat osoyishtaligi yo'lida qilgan
xizmatlari beqiyos edi. Abdullaxon Xoʻja Muhammad Islom Joʻyboriyning
maslahatlariga amal qilish bilan birga uni turli hadyalar, mukofotlar bilan
taqdirlab turar edi. Ma'lumotlarga qaraganda Abdullaxon hozirgi Koson
tumanidagi Mudin qishlog'ini hadya qilib bergan. Xoʻja Muhammad Tolibning
“Matlab ul Tolibin” asarida Xoʻja Muhammad Islom Joʻyboriyning 10 000 qoʻyi,
700 oti, 500 tuyasi, 300 quli va boshqa mol davlati haqida ma'lumotlar
keltirilgan . Xoʻja Muhammad Islom singari barcha Joʻyboriy shayxlar anchayin
badavlat ko'chmas mulk va yerlariga ega bo'lgan, mamlakat hayotidagi muhim
lavozimlarni egallagan kishilar edi. Xoʻja Muhammad Islom Joʻyboriyning o'zi esa
o'z boyligini, yer mulkini koʻpaytirish uchun toʻxtovsiz harakat olib borgan.
Bundan xulosa qilishimiz mumkinki, Joʻyboriy shayxlar sulolasi Oʻrta
Osiyoning eng nufuzli diniy sulolalaridan biri bo'lib, XVI asrdan XIX asrgacha
Buxoro xonligi va keyinchalik amirligining diniy va siyosiy hayotida katta
ta'sirga ega bo'lgan. Ular o'z ziyoratgohlari va madrasa tarmoqlarini tashkil etish
orqali diniy ta'limni rivojlantirishgan. Ular bunyod etgan masjid va ziyoratgohlar
bugungi kungacha saqlanib, Oʻrta Osiyoning yorqin arxitektura namunasi bo'lib
kelishmoqda. Joʻyboriy shayxlar sulolasining diniy ta'limotlari, qurilishlari va
tasavvuffiy yo'nalishdagi ishlari Oʻzbekistonning madaniy-tarixiy yodgorliklari
sifatida saqlanib qolgan. Joʻyboriy shayxlar faoliyati va merosi nafaqat
O'zbekiston balki butun Markaziy Osiyo tarixida o‘chmas iz qoldirgan deya
olamiz.
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
187
Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:
1.
O. Usmonov. “Buxoro – tarixiy-madaniy yodgorliklar” T. 1991- yil 40 – 50-
betlar.
2.
B.Ahmedov. “Tarixdan saboqlar”. T. ”oʻqtuvchi” 1991-yil 26 bet.
3.
Xofiz Tanish Buxoroy. “Abdullanoma” T. 1999-yil. 76- bet .
4.
V.L.Vyatkin. “Joʻybor shayxlar” . T. 1927-yil 18-bet.