ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
123
XX ASRNING 60-80 YILLARIDA O‘ZBEKISTONDA QISHLOQ
XO‘JALIGI TARIXIGA OID MAVZUNI O‘QITISHDA ZAMONAVIY
METODLARNI QO‘LLASH
Usanova Zulfiya Bozorovna
Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti
“Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15309664
Annontatsiya:
Ushbu maqolada 1960-1980-yillarda O‘zbekistonda qishloq
xo‘jaligi tarixiga oid mavzuni o‘qitishda zamonaviy, interfaol metodlarni qo‘llash
atroflicha tahlil qilingan.
Kalit so‘zlar:
Qishloq xo‘jaligi, zamonaviy metodlar, interfaol metodlar,
O‘zbekiston, metodlar.
Annotation:
This article thoroughly analyzes the application of modern,
interactive methods in teaching the history of agriculture in Uzbekistan in the
1960s-1980s.
Keywords:
Agriculture, modern methods, interactive methods, Uzbekistan,
methods.
Hozirgi kunda tarix fanini eng zamonaviy texnologiyalar yordamida
interfaol metodlardan foydalanib o‘qitishning ahamiyati kun sayin oshib
bormoqda. Darslarda pedagoglarning an’anaviy ma’ruza qilish, seminar shaklida
o‘qitish, tayyor bilimlarni o‘zlashtirish va ularni takrorlash metodlaridan
chekinib, kreativ fikrlash, innovatsion g‘oya va dars ishlanmalarini
shakllantirishga xizmat qiluvchi metodlar bilan boyitishi hamda talabalar
o‘rganishini osonlashtirishda kompyuter texnikasi, dasturiy ta’minot, nazariya
va amaliyotdan birgalikda foydalanish uchun ta’lim texnologiyalari, jumladan,
muammoli va hamkorlikda o‘qitish texnologiyalarini keng joriy etish maqsadga
muvofiq hisoblanadi.
Yangicha o‘qitish metodlari va texnologiyalari orqali bugungi kun
talabalarining hayotida faol o‘rnini topishlari, peshqadamlik va sardorlik
sifatlarini, jamoada ishlash ko‘nikmalarini, shuningdek, o‘zgalar fikrini hurmat
qilgan holda dalil keltira olish, o‘z fikrini isbotlay olish, asoslash, ishontirish,
munozara olib borish mahoratlarini hamda murosaga kelish, izlanish
qobiliyatlarini shakllantirish va rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Shuningdek, ilg‘or pedagogik-texnologiya asosida tashkil etilgan darslar talaba-
yoshlarning bilimlarni yaxlit o‘zlashtirilishiga yordam beradi, talabaning
tafakkurini o‘stiradi, mustaqil, ijodiy fikrlashga o‘rgatadi.
Talaba-yoshlarga XX asrning 60-80-yillarida O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi
tarixiga oid mavzuni o‘qitishda “Klaster” o‘qitish metodini qo‘llash orqali
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
124
mavzuni keng va chuqurroq tushunishlarida katta ahamiyat kasb etadi. Bugungi
kunda ta’lim muassasalarida ko‘p qo‘llanilayotgan “Klaster” metodi ta’lim-
tarbiya jarayonini bir butun holatda amalga oshirishda, dolzar muammolarni
yechishda dars jarayonini oqilona va to‘g‘ri tashkil qilishda, o‘qituvchi
tomonidan talabalarning qiziqishini orttirishda, o‘quv materialini kichik-kichik
bo‘laklarga bo‘lib, ularning mazmunini ochishda, aqliy hujum, kichik guruhlarda
ishlash, bahs-munozara, muammoli vaziyat, loyiha, rolli o‘yinlar kabi metodlarni
qo‘llashda, amaliy mashqlarni mustaqil bajarishda biror faoliyat yoki muammo
o‘zaro muloqotda, o‘zaro bahs va munozarada fikrlashda hamjihatlik bilan
masalalarning yechimida o‘z samarasini ko‘rsatadi. Bu usulning afzalligi
shundaki, talabani mustaqil fikrlashga o‘rgatib, mustaqil hayotga tayyorlaydi.
O‘qitishning klaster usullarini tanlashda ta’limning maqsadi, ta’lim
oluvchilarning soni va imkoniyatlari, faoliyat yuritayotgan ta’lim muassasasining
o‘quv-moddiy sharoiti, ta’limning davomiyligi, o‘qituvchining pedagogik
mahorati va e’tiborga olinadi.
Klaster metodi deganda – ta’lim oluvchilarni faollashtiruvchi va mustaqil
fikrlashga undovchi, ta’lim jarayonining markazida bo‘lgan ta’lim beruvchi va
ta’lim oluvchini faol ishtirok etishga chorlaydi. Ta’lim oluvchi o‘qitish jarayoni
davomida faol ishtirok etadi. Ushbu jarayonda ta’lim oluvchilar o‘qib-o‘rganishni
yuqori darajada bo‘lishini, egallagan bilimlarni maqsad va ehtiyojlariga
muvofiqlashtirishda tashabbuskorligi va ma’suliyat, qo‘llab-quvvatlash amalda
bajarish orqali fikr-mulohazalar qilish qobiliyatini rivojlantiradi.
Klaster metodi orqali talaba-yoshlarning bilim, ko‘nikma, malakalari,
ijodkorligini va faolligi nazariy va amaliy muammolarga bo‘lgan qarashlarini
rivojlantiradi. “Klaster” o‘qitish metodini o‘tkazish tehnologiyasini amalga
oshirishda talaba XX asrning 60-80 yillarida O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi tarix
mavzusiga oid nimani o‘ylagan bo‘lsa, shuni qog‘ozga yozadi. U o‘z fikrlarining
sifati to‘g‘risida o‘ylab o‘tirmay, ularni qog‘ozga yoki doskaga shunchaki yozib
boradi. Yozuvining orfografiyasi yoki boshqa jihatlariga e’tibor berilmaydi.
Belgilangan vaqt nihoyasiga yetmaguncha, yozishdan to‘xtamaydi. Agar talaba
ma’lum muddat biror-bir g‘oyani o‘ylay olmasa, u holda qog‘ozga mavzuga oid
biror bir narsaning rasmini chiza boshlaydi. Bu harakatni yangi g‘oya
tug‘ilgunicha davom ettiradi. XX asrning 60-80 yillarida O‘zbekistonda qishloq
xo‘jaligi tarixiga oid imkon qadar ko‘proq yangi g‘oyalarni ilgari surish hamda
ular o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik va bog‘liqlikni ko‘rsatishga harakat qiladi.
G‘oyalar yig‘indisining sifati va ular o‘rtasidagi aloqalarni ko‘rsatish
cheklanmaydi. “Klaster” metodi puxta o‘ylangan strategiya bo‘lib, undan
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
125
talabalar bilan yakka tartibda yoki guruh asosida tashkil etiladigan
mashg‘ulotlar jarayonida amalga oshiriladi. Klaster inglizcha so‘z bo‘lib (kluster)
– bir butun holatda ma’lum mavzu bo‘yicha erkin va ochiq fikrlashning notekis
shaklini namoyon etadi.
“XX asrning 60-80 yillarida O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi tarixi” mavzusi
bo‘yicha klasterlar tuzishda bu mavzuni mukammal o‘rganmasdan oldin
foydalanish maqsadga muvofiqdir. Ushbu metod “XX asrning 60-80 yillarida
O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi tarixi”ga oid mavzuning talaba tomonidan chuqur
hamda puxta o‘zlashtirilguniga qadar fikrlash faoliyatining bir maromda
bo‘lishini ta’minlashga xizmat qiladi o‘qitish jarayonida amalga oshiriladigan bu
metod puxta o‘ylangan strategiya bo‘lib, undan talaba bilan yakka tartibda yoki
guruh asosida tashkil etiladigan mashg‘ulotlar jarayonida faol foydalanish
mumkin.
Shuningdek, “XX asrning 60-80 yillarida O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi
tarixi”ga oid mаvzusini o‘qitishda “Keys-stadi” o‘qitish texnologiyasi asosida
o‘qitish ham mavzuni o‘zlashtirishda yaxshi samara beradi. “Keys-stadi”
texnologiyasi talabalar olgan nazariy bilimlarini amaliy vazifalarni hal qilishga
yo‘naltirilgan tizimdir. Bu texnologiyaning asosiy maqsadi talabalarni mustaqil
fikrlash, tinglay bilish ko‘nikmasi va fikriga mos nuqtai nazarlarni hisobga olish
va o‘z fikrini aniq manba va dalillarga asoslagan hоlda ifodalab berishga
o‘rgatadi. Bu metod asosida talabalar bilim, ko‘nikma, malakalarini rivojlantirish
imkoniyatiga ega bo‘ladilar, ko‘rsatmalar asosida ishlashga, qo‘yilgan masalani
hal qilishda foydali jihatlarini topishga o‘rganadilar.
Keys–stadi texnologiyasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
“XX asrning 60-80 yillarida O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi tarixi”ga oid
mavzu yuzasidan bilimlarni egаllash davomida muammoli vaziyatning yechimi
bir javobga ega emasligi bilan ajralib turadi;
ushbu ta’limning maqsadi tayyor bilimlarni egallashga emas, balki mustaqil
o‘rgаnishga, talаba bilan o‘qituvchini hamkorligini ta’minlashga qaratilgan;
keys-stadi texnologiyasi orqali nafaqat bilim olinadi, balki kasbiy ko‘nikma
va malakalar ham egallaniladi;
ushbu jarayonda “XX asrning 60-80 yillarida O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi
tarixi”ga oid mavzusi аsosida modul ishlab chiqiladi. Muammoni hal qilish
davomida o‘qituvchi yordamchi, yo‘naltiruvchi vazifasini bajaradi;
keys-stаdi texnologiyаsida аn’anaviy ta’limdagi kamchiliklar bartaraf
qilinadi, yani quruq izohlashlar o‘rnini, ijodiy tortishuvlar egalaydi, dars
jarayonini xuddi teatr tomashasini eslatadi.
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
126
Keys-stadi texnologiyasi tа’limda interfaol uslub bo‘lib talabalarda darsga
bo‘lgan qiziqishni kuchаytiradi, nazariy materiallarni amaliy tadbiq qilishni
ko‘zlaydi, ta’lim jarayoniga nisbаtan ijоdiy mоtivlarni shakllantiradi. Shu bilan
birgalikda bu uslub o‘qituvchi siymosini yangicha talqin qiladi, uni ijodiy
izlanishga, fikrlashga yangilik yaratishga undaydi.
Avvaldan rejalashtirilgan texnologik xaritada faoliyat maqsadlari,
bosqichlari ko‘rsatiladi. Loyhalashtirish jarayoni texnologiyani qo‘llashda
muhim bosqichdir, negaki oldindan rejalashtirilmagan jarayon o‘z oldiga
qo‘ygan maqsadlarni to‘liq ifodalay olmaydi. Aynan bugungi kunda ta’lim
jarayonini oldindan loyhalashtirish mavzusi dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
Loyhalashtirish orqali biz jarayoni oldindan bashorat qilish ko‘nikmasini
o‘zimizda shakllantiramiz mumkin bo‘ladi. Bu jarayonda talabalar faoliyatini
faollashtirish, ularni rag‘batlantirish ham nazarda tutilishi mumkin. Keys-
stadilarga 2 ta turli xil yondashuv mavjud:
Tadqiqot bosqichi:
Kutubxona va internet ma’lumotlari. Mavzu borasida oldin yozilgan
ma’lumotlar topiladi va keys to‘grisidagi muhim maqolalar o‘qiladi. Shu
jarayonni amalga oshirsak, yechim talab qiladigan muammoning javobiga duch
kelishimiz yoki shunaqa qiziqarli g‘oyalarni qo‘llashimiz mumkin. “XX asrning
60-80 yillarida O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi tarixi”ga oid mavzusiga oid
ma’lumotlar yig‘iladi, afzaliklari, kamchiliklarni tahlil qilinadi.
Tadqiqot olib borilayotgan talaba-yoshlar tajribasida tahlil qilingan
keyslarning ko‘payib borishi, yangi vaziyatlarni hal qilinishida katta yordam
beradi. Keys-stadi texnologiyasini qo‘llashdan oldin, texnolgiya metodik jihatdan
tasdiqlangan bo‘lishi, ta’lim dasturiga nisbatan umumlashgan, o‘qituvchining ish
rejasiga kiritilgan bo‘lishi lozim. O‘qituvchi ish rejasida o‘quv fanlarining qaysi
bo‘lim, mavzularida keys-stadi uslubidan foydalanishi ko‘rsatilib o‘tilishi kerak.
Foydalanilgan adabyiotlar:
1.
https://muhaz.org/klaster-metodi-orqali-dars-otish.html
2.
https://cyberleninka.ru/article/n/klaster-erkin-fikrlashning-asosiy-
metodi
3.
Turdimuratov Y.A. XX asrda Surxon-Sherobod vohasi areal xo‘jalik
madaniyati (Chorvachiligi misolida). Tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
diss. – T., 2019.
4.
Sattarov A.U. Surxondaryo viloyati qishloq aholi manzilgohlarining
rivojlanish va joylashish xususiyatlari. Geogr. fan. nom. diss… - Toshkent: O‘zMU,
2009.