ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
120
UZOQ MUDDATLI DAVOLANISHGA MUHTOJ BO‘LGAN
OʻQUVCHILAR UCHUN ONA TILI VA ADABIYOTI FANINING
PSIXOLOGIK-PEDAGOGIK ASOSLARI
Baymuratova Zamira Aytmuratovna
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi "Mehrli maktab" davlat
ta’lim muassasasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiali Umumiy o‘rta ta’limni
tashkil etish bo‘yicha pedagog xodim
https://doi.org/10.5281/zenodo.15309647
Annotatsiya.
Ushbu maqolada, uzoq muddatli davolanishga muhtoj bo‘lgan
o‘quvchilar uchun ona tili va adabiyoti ta’limining psixologik-pedagogik asoslari
tahlil qilinadi. Gospital ta’lim sharoitida bolaning psixologik va fiziologik holatini
hisobga olgan holda tashkil etilishi zarur. Maqolada, ona tilining bolalar uchun
nafaqat til o‘rganish, balki psixologik barqarorlikni ta’minlash, o‘zini ifodalash va
ijtimoiylashuvni rivojlantirishdagi o‘rni muhokama qilinadi. Shuningdek, Ona tili
va adabiyoti fanining bolalar uchun madaniy komillikni saqlash, ruhiy
farovonlikni oshirish va o‘ziga bo‘lgan ishonchni tiklashdagi ahamiyati
ko‘rsatilgan. Ta’lim jarayonida individual yondashuv va interfaol metodlarning
qo‘llanilishi, bolalarning motivatsiyasini oshirish va ularni kasallikdan yengish
uchun ruhiy tayyorgarlikni mustahkamlashda muhim rol o‘ynaydi. Maqola, uzoq
muddatli davolanishga muhtoj bolalar uchun ona tili va adabiyoti fanining
samarali va ijobiy ta’sirini ko‘rsatish maqsadida psixologik va pedagogik
yondashuvlarni o‘z ichiga oladi.
Kalit sozlar
: gospital sharoit, ona tili va adabiyoti, psixologik-pedagogik
asoslar, psixologik barqarorlik, interfaol metodlar.
Kirish.
Ona tili va adabiyoti har bir millatning madaniyati, tarixiy merosi va
ijtimoiy hayotining ajralmas qismidir. Har bir millatning o‘z ona tili orqali
fikrlash tizimi, dunyoqarashi va muloqot qilish usuli shakllanadi. Ona tili nafaqat
til o‘rganish, balki psixologik va ijtimoiy rivojlanishning ham asosiy vositasidir.
Gospital sharoitda, uzoq muddatli davolanishga muhtoj bolalarning ta’limi
alohida yondashuvni talab qiladi. Bu jarayonda tilning o‘rni, ayniqsa, ona tilining
roli katta ahamiyat kasb etadi. Kasalliklar va stressli holatlar orasida, ona tilida
ta’lim berish nafaqat bolalarning bilim olishini, balki ularning psixologik
barqarorligini ta’minlashga ham xizmat qiladi.
Gospital ta’lim – bu o‘quvchilarning kasalliklari tufayli kasalxonada bo‘lishi
va o‘qishni davom ettirishga ehtiyoj sezish holatidir. Bu turdagi ta’lim, an’anaviy
maktab ta’limidan farq qiladi, chunki o‘quvchilar gospital sharoitida psixologik
va fiziologik stressni boshdan kechirishlari mumkin. Shifoxonada uzoq muddat
davomida bo‘lgan bolalarning psixologik holati, ularning o‘quv jarayoniga, bilim
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
121
olishga va ijtimoiy munosabatlarga qanday ta’sir qilishini tahlil qilish zarur.
Bundan tashqari, gospital sharoitida ta’lim berishda, pedagoglar har bir bolaning
individual ehtiyojlarini hisobga olishlari zarur. Boladagi kasallikning turiga
qarab, uning intellektual faolligi, o‘qishga bo‘lgan qiziqishi va hissiy holati
o‘zgarishi mumkin. Shuningdek, ularning jismoniy va ruhiy salomatligini
yaxshilashga xizmat qiladigan ta’lim metodlari muhimdir.
Pedagogik nuqtai nazardan, gospital sharoitida ona tilini o‘rgatishda
metodlarning diversifikatsiyasi juda muhimdir. O‘quvchilar o‘rtasida
motivatsiyani oshirish va o‘qish jarayonini qiziqarli qilish uchun interfaol
metodlar, o‘yinlar, multimediali resurslar va didaktik vositalardan foydalanish
samarali bo‘ladi. Gospital maktabda uzoq muddatli davolanishga muhtoj bo‘lgan
bolalar uchun ta’lim jarayonini yengil va qiziqarli qilish, ularning kasallikka
qarshi kurashish uchun psixologik tayyorgarligini mustahkamlaydi. O‘zbek va
qoraqalpoq tilidagi she’rlar, ertaklar, hikoyalar, topishmoq va maqollardan
foydalanish, bolalarning tiliga, xotirasiga va tasavvuriga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Misol uchun, bolalar uchun moslashtirilgan ertaklar va hikoyalar ular xuddi
o‘zlarini kuchli ertak qahromonlaridek tutishi bilan bevosita muloqot qilish, tilni
yanada chuqurroq o‘rgatish va ularni mavhum fikrlarni ifodalashga o‘rgatish
uchun qulay vosita hisoblanadi. Shuningdek, gospital sharoitda o‘qituvchi
bolalarga shaxsiy yondashuvni taqdim etishi kerak. Har bir bola alohida
ehtiyojlarga ega, shuning uchun pedagog o‘quvchilarni individual tarzda kuzatib,
o‘z vaqtida yordam berish, ularning rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash zarur.
O‘qituvchi bolaning psixologik holatini, ehtiyojlarini va o‘quv jarayoniga bo‘lgan
munosabatini hisobga olib, ta’lim jarayonini qayta tashkil etishi kerak.
Xulosa.
Gospital sharoitida uzoq muddatli davolanishga muhtoj bolalarga
ona tili va adabiyoti ta’limi nafaqat bolalarning intellektual rivojlanishini, balki
ularning psixologik farovonligini ta’minlashda ham muhim rol o‘ynaydi.
Psixologik-pedagogik yondashuvlar va metodlarni qo‘llash orqali, bolalarning
ta’lim jarayoni samarali bo‘lishi mumkin. Bu esa, kasallikni yengishda va
bolalarning ruhiy holatini yaxshilashda muhim ahamiyatga ega. Ona tili orqali
ta’lim bolalar uchun xavfsiz va qulay muhit yaratadi, ularni madaniy, ijtimoiy va
ruhiy rivojlanishga yordam beradi. Gospital sharoitda ona tili va adabiyoti
fanining psixologik-pedagogik asoslari, bolalarning salomatligini tiklash va
o‘qishdagi muvaffaqiyatlarini ta’minlash uchun zarur shart-sharoitlarni yaratadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Кулматов, Б. (2024). Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim
berishning o‘ziga xos xususiyatlari. Наука и инновации, 1(1), 43-45.
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
122
2.
Rustamaliyeva, S. (2025). YORDAMGA MUHTOJ BO‘LGAN BOLALARNI
TA’LIM TIZIMIGA JALB ETISHDA OTA-ONALAR, OILA VA JAMOATCHILIK BILAN
ISHLASH. GLOBAL TRENDS IN EDUCATION AND RESEARCH DEVELOPMENT,
1(1), 478-484.
3.
Saidmuhammad o’g’li, A. J., & Ravshanovna, A. M. (2024, April).
PEDAGOGIK FAOLIYATNING PSIXOLOGIK ASOSLARI. In International
conference on multidisciplinary science (Vol. 2, No. 4, pp. 156-161).
4.
Sarvinoz, H. (2025). GOSPITAL PEDAGOGIKADA IMKONIYATI
CHEKLANGAN BOLALARNI TA'LIM TIZIMIGA JALB ETISHDA OTA-ONALAR,
OILA VA JAMOATCHILIK BILAN ISHLASH. PEDAGOGIK TADQIQOTLAR JURNALI,
3(2), 230-234.
5.
Qizlarshoh, A. (2024). ALOHIDA TA’LIM EHTIYOJLARI BO’LGAN
BOLALARNING INKLYUZIV TA’LIMIDA MAKTAB VA OILA HAMKORLIGI.
PEDAGOGICAL SCIENCES AND TEACHING METHODS, 4(39), 111-116.