Авторы

  • Shaxnoza Sadiyeva
    Angren universiteti direktori

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.arims.82750

Ключевые слова:

kasbiy-emotsional intellekt narrativ yondashuv pedagogik ta’lim emotsional ong refleksiya metodik imkoniyatlar.

Аннотация

Mazkur tadqiqot pedagogik ta’lim jarayonida kasbiy-emotsional intellektni shakllantirishda narrativ yondashuvning metodik imkoniyatlarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Globallashuv va raqamli transformatsiya sharoitida bo‘lajak o‘qituvchilarda nafaqat bilim va kasbiy ko‘nikmalar, balki emotsional ong va refleksiv tafakkurni rivojlantirish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Ishda kasbiy-emotsional intellektning mohiyati, uning pedagogik ta’limdagi o‘rni hamda narrativ metodlarning emotsional va kasbiy rivojlanishdagi o‘rni ilmiy asoslangan.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

109

NARRATIV YONDASHUV ORQALI PEDAGOGIK TA’LIMDA KASBIY-

EMOTSIONAL INTELLEKTNI SHAKLLANTIRISHNING METODIK

IMKONIYATLARI

Sadiyeva Shaxnoza Xusanovna

Angren universiteti direktori

shahnoza.sadiyevaa@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.15308063

Annotatsiya:

Mazkur tadqiqot pedagogik ta’lim jarayonida kasbiy-

emotsional intellektni shakllantirishda narrativ yondashuvning metodik
imkoniyatlarini

o‘rganishga

bag‘ishlangan. Globallashuv

va

raqamli

transformatsiya sharoitida bo‘lajak o‘qituvchilarda nafaqat bilim va kasbiy
ko‘nikmalar, balki emotsional ong va refleksiv tafakkurni rivojlantirish dolzarb
ahamiyat kasb etmoqda. Ishda kasbiy-emotsional intellektning mohiyati, uning
pedagogik ta’limdagi o‘rni hamda narrativ metodlarning emotsional va kasbiy
rivojlanishdagi o‘rni ilmiy asoslangan.

Kalit so‘zlar:

kasbiy-emotsional intellekt, narrativ yondashuv, pedagogik

ta’lim, emotsional ong, refleksiya, metodik imkoniyatlar.

Аннотация:

Настоящее

исследование

посвящено

изучению

методических возможностей нарративного подхода в формировании
профессионально-эмоционального

интеллекта

в

процессе

педагогического образования. В условиях глобализации и цифровой
трансформации особую актуальность приобретает развитие не только
знаний и профессиональных навыков у будущих учителей, но и
эмоционального сознания и рефлексивного мышления. В работе научно
обоснованы сущность профессионально-эмоционального интеллекта, его
роль в педагогическом образовании и значение нарративных методов в
эмоциональном и профессиональном развитии.

Ключевые слова:

профессионально-эмоциональный интеллект,

нарративный подход, педагогическое образование, эмоциональное
сознание, рефлексия, методические возможности.

Annotation:

This study is devoted to exploring the methodological

possibilities of the narrative approach in developing professional-emotional
intelligence within the process of pedagogical education. In the context of
globalization and digital transformation, enhancing not only knowledge and
professional skills but also emotional awareness and reflective thinking among
future teachers has become particularly important. The research scientifically
substantiates the essence of professional-emotional intelligence, its role in


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

110

pedagogical education, and the significance of narrative methods in emotional
and professional development.

Keywords:

professional-emotional intelligence, narrative approach,

pedagogical education, emotional awareness, reflection, methodological
possibilities.

Hozirgi globallashuv va raqamli transformatsiya sharoitida pedagogik

ta’lim tizimi nafaqat bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish, balki shaxsiy va
kasbiy-emotsional intellektni rivojlantirishga ham alohida e’tibor qaratishni
talab etmoqda. Oliy pedagogik ta’lim muassasalarida bo‘lajak o‘qituvchilarning
kasbiy faoliyatida nafaqat akademik bilimlar, balki o‘z his-tuyg‘ularini
boshqarish, boshqalar bilan emotsional hamkorlikni o‘rnatish, muammolarni
hissiy anglash va moslashuvchanlik ko‘nikmalarining shakllanishi zamonaviy
talablardan biridir. Shu nuqtayi nazardan qaralganda, kasbiy-emotsional
intellektni shakllantirish masalasi pedagogik ta’limda dolzarb ilmiy-amaliy
muammoga aylangan.

Kasbiy-emotsional intellekt shaxsning o‘z emotsiyalarini anglash,

boshqarish, boshqalarning hissiy holatlarini tushunish va ijtimoiy muhitda
samarali muloqot qilish qobiliyatlarini o‘z ichiga oladi.

1

Pedagogik faoliyatning

o‘ziga xos jihatlari – o‘quvchilar bilan muntazam emotsional aloqada bo‘lish,
ta’lim muhitini hissiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash va stressli vaziyatlarda o‘zini
boshqarish zarurati kasbiy-emotsional intellektning pedagogik ta’limda alohida
ahamiyat kasb etishini taqozo qiladi. Bu esa o‘z navbatida, ta’lim jarayonida
faqat bilim berishga emas, balki shaxsiy va kasbiy emotsional ko‘nikmalarni
shakllantirishga ham metodik yondashishni talab qiladi.

Ta’lim jarayonida narrativ yondashuvni qo‘llash esa kasbiy-emotsional

intellektni rivojlantirish uchun samarali vosita sifatida namoyon bo‘lmoqda.
Narrativ yondashuv – bu shaxsiy tajribani hikoya qilish, hissiy kechinmalarni
ifodalash va ular asosida refleksiya jarayonini faollashtirishga asoslangan
pedagogik metodikadir. Talabalarning o‘z tajribalarini hikoya shaklida bayon
etishi, kasbiy faoliyatga oid real holatlarni tahlil qilishi va o‘z his-tuyg‘ulari bilan
ishlash orqali emotsional ong va refleksiv tafakkur darajasi oshadi.

2

Natijada,

nafaqat bilimli, balki o‘z kasbiy faoliyatida emotsional jihatdan barqaror va
mas’uliyatli o‘qituvchi shaxsi shakllanishiga erishiladi.

Kasbiy-emotsional intellekt tushunchasi psixologik va pedagogik

adabiyotlarda shaxsning o‘z emotsiyalarini idrok etish, boshqarish va boshqalar
his-tuyg‘ularini tushunish hamda ularga mos ravishda o‘z xatti-harakatlarini



background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

111

tartibga solish qobiliyati sifatida talqin qilinadi. M.Goleman (1995) tomonidan
ilgari surilgan emotsional intellekt nazariyasida ta’kidlanishicha, kasbiy
muvaffaqiyatga erishish uchun aqliy intellekt (IQ) emas, balki emotsional
intellekt (EQ) ko‘proq ahamiyat kasb etadi. Oliy pedagogik ta’lim kontekstida bu
tushuncha o‘qituvchi shaxsining kasbiy madaniyati, muloqot kompetensiyalari
va stressga chidamlilik darajasi bilan uzviy bog‘liqdir.

3

Pedagogik ta’limda

kasbiy-emotsional intellektni shakllantirish o‘quvchilar bilan o‘zaro samarali
aloqani yo‘lga qo‘yish, tarbiyaviy va didaktik faoliyatda hissiy barqarorlikni
ta’minlash hamda o‘z-o‘zini rivojlantirish motivatsiyasini kuchaytirish uchun
zarur asos bo‘lib xizmat qiladi. O‘qituvchining kasbiy faoliyatida emotsional
sezgirlik, empatya, o‘zini va boshqalarni hissiy jihatdan tahlil qilish qobiliyatlari
o‘quv jarayonining sifat ko‘rsatkichlariga bevosita ta’sir etadi.

Shu bilan birga, kasbiy-emotsional intellektni rivojlantirish shaxsiy va

kasbiy refleksiya, stressni boshqarish, qaror qabul qilishda emotsional omillarni
hisobga olish, jamoaviy hamkorlik va o‘z-o‘zini motivatsiyalash kabi
ko‘nikmalarni

shakllantirish

orqali

pedagogik

kompetensiyalarning

mustahkamlanishiga xizmat qiladi.

4

Natijada, o‘z his-tuyg‘ularini anglay oladigan

va boshqalarni tushunishga qodir bo‘lgan o‘qituvchi shaxsi jamiyat ehtiyojlariga
mos ravishda shakllanadi.

Narrativ yondashuv – bu shaxsiy tajribalarni hikoya qilish, individual va

kollektiv voqealarni tahlil etish orqali bilim olish va o‘z-o‘zini anglash jarayonini
faollashtiruvchi metodik yondashuvdir. Asosan ijtimoiy va gumanitar fanlarda
shakllangan bu metod, bugungi kunda pedagogik ta’limda ham
shaxsiylashtirilgan ta’lim texnologiyalarining muhim tarkibiy qismiga
aylanmoqda. Narrativ yondashuv o‘qituvchilar tayyorlash jarayonida nafaqat
bilim va ko‘nikmalarni, balki shaxsning emotsional va ijtimoiy intelligensiyasini
rivojlantirishga ham xizmat qiladi.


1-rasm. Narrativ metodika asosidagi mashg‘ulot turlari.

.

Shaxsiy

hikoyalar

yaratish

Voqealarni
tahlil qilish

Esse

yozish

Portfolio

tayyorlash

Dramatizat-

siya


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

112

Pedagogik ta’limda narrativ metodlar yordamida talabalar shaxsiy va

kasbiy tajribalarini verbal shaklda ifodalaydi, muammoli vaziyatlar haqida
hikoya qiladi va ularni reflektiv tahlil qiladi. Bu jarayon orqali talabalarda o‘z
his-tuyg‘ularini anglash, stress vaziyatlarida emotsional javob reaksiyalarini
boshqarish, boshqalarning pozitsiyalarini tushunish va empatiya ko‘rsatish
ko‘nikmalari shakllanadi. Narrativ faoliyat orqali o‘rganuvchi o‘zini professional
rolida tasavvur qiladi, o‘z kasbiy o‘sish strategiyasini hikoya shaklida
modellaydi. Metodik nuqtayi nazardan narrativ yondashuv ta’lim oluvchilarning
shaxsiy motivatsiyasini oshirish, o‘z-o‘zini anglash va kasbiy refleksiya
jarayonlarini kuchaytirish imkonini beradi. U o‘quvchini faqat bilim qabul
qiluvchi passiv subyekt emas, balki faol tajriba va emotsional kechinmalar
asosida o‘z bilim va ko‘nikmalarini quruvchi ijodiy shaxs sifatida shakllantiradi.
Shu jihatdan, narrativ yondashuv nafaqat kasbiy-emotsional intellektni, balki
pedagogik refleksiyani, ijtimoiy o‘zaro ta’sir kompetensiyalarini va emotsional
barqarorlikni rivojlantiruvchi samarali metodik strategiya sifatida alohida
ahamiyat kasb etadi.

5

Pedagogik ta’lim jarayonida narrativ yondashuvdan foydalanish kasbiy-

emotsional intellektni shakllantirishda ko‘p qirrali metodik imkoniyatlarni
taqdim etadi. Narrativ metodika asosida talabalarning shaxsiy va kasbiy
tajribalarini ifodalash, reflektiv tafakkurni rivojlantirish va emotsional ongni
chuqurlashtirishga yo‘naltirilgan mashg‘ulotlar tashkil etiladi. Bu jarayonda
asosiy e’tibor emotsional va kognitiv jihatlarni uyg‘unlashtirishga qaratiladi.
Narrativ topshiriqlar, shaxsiy hikoyalar yaratish, kasbiy voqealarni tahlil qilish,
emotsional kechinmalar asosida esse yozish, portfoliolar tayyorlash va
dramatizatsiya kabi usullar kasbiy-emotsional intellektning muhim
komponentlarini rivojlantirishda muhim rol o‘ynaydi. Ayniqsa, talabaning o‘z
hayotidan yoki pedagogik faoliyatidan olingan voqealarni tahlil qilishi va ushbu
voqealarga o‘zining emotsional munosabatini ifodalashi o‘z-o‘zini anglash va
emotsional refleksiyani faollashtiradi.

Shuningdek, kasbiy faoliyatga oid real yoki simulyatsiyalangan vaziyatlar

asosida hikoya yaratish mashg‘ulotlari orqali talabalar hissiy stress holatlarini
tahlil qilish va boshqarish ko‘nikmalarini rivojlantiradilar. Ularning o‘z his-
tuyg‘ularini tan olish, ularni mos ravishda ifodalash va boshqalarning
emotsional reaktsiyalarini hisobga olish malakasi ortadi. Bu esa, o‘z navbatida,


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

113

kasbiy kommunikatsiya madaniyatining shakllanishiga va ijtimoiy-emotsional
kompetensiyalarning mustahkamlanishiga xizmat qiladi.

6

Narrativ metodikaga asoslangan ta’limiy faoliyat shuningdek talabalarda o‘z

ustida mustaqil ishlash, kasbiy shaxs sifatida o‘zini rivojlantirish va o‘z kasbiy
tajribasini tahlil qilish ko‘nikmalarini ham shakllantiradi. Bu metodlar orqali
o‘rganuvchilar o‘zlarining kasbiy hayotidagi emotsional va kognitiv holatlarni
uyg‘un holda boshqarishga qodir, mustaqil fikrlovchi va reflektiv pedagog
shaxsga aylanishadi. Narrativ yondashuv pedagogik ta’lim jarayonida kasbiy-
emotsional intellektni shakllantirish uchun samarali metodik vosita sifatida
o‘zining yuqori amaliy ahamiyatini ko‘rsatmoqda. Shaxsiy va kasbiy tajribalarni
hikoya qilish, emotsional kechinmalarni tahlil etish va refleksiya qilish orqali
talabalarda o‘z his-tuyg‘ularini anglash va boshqarish, boshqalarning emotsional
holatini tushunish va unga moslashish ko‘nikmalari rivojlanadi. Bu esa bo‘lajak
o‘qituvchilarning kasbiy faoliyatida zarur bo‘lgan ijtimoiy-emotsional
kompetensiyalarni shakllantirishga bevosita hissa qo‘shadi.

Narrativ metodik yondashuv asosida tashkil etilgan ta’limiy faoliyatlar

talabalarni o‘z-o‘zini anglash, mustaqil fikrlash, reflektiv tahlil qilish va
emotsional barqarorlikni ta’minlashga yo‘naltiradi. Bu jarayon orqali talabalarda
nafaqat bilim va kasbiy ko‘nikmalar, balki shaxsiy va kasbiy emotsional ongning
o‘sishi ham ta’minlanadi. O‘z his-tuyg‘ularini anglab va boshqarib olgan
o‘qituvchi nafaqat o‘z shaxsiy rivojlanishini ta’minlaydi, balki o‘quvchilarning
individual rivojlanishiga ham samarali ta’sir ko‘rsatadi.

Yakuniy natijada, narrativ yondashuv yordamida shakllangan kasbiy-

emotsional intellekt pedagogik ta’limda shaxsiylashtirilgan yondashuvni
kuchaytiradi, talabalarning kasbiy o‘zini anglash darajasini oshiradi va ularni
zamonaviy ta’lim talablariga javob beradigan raqobatbardosh o‘qituvchilar
sifatida tayyorlashga xizmat qiladi. Kelgusidagi tadqiqotlarda narrativ
yondashuvning turli shakllari va ularning kasbiy-emotsional rivojlanishga
ta’sirini chuqurroq o‘rganish ilmiy va amaliy jihatdan istiqbolli yo‘nalish bo‘lib
qolmoqda.

Foydalanilgan Adabiyotlar Ro‘Yxati:

1.

Abdullayeva, G.N. Pedagogik faoliyatda emotsional intellektni

rivojlantirish metodlari. – Toshkent: “Ta'lim va Innovatsiya” jurnali, – 2021. №1.
– B. 35-40.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

114

2.

Tursunova, D.M. Ta’lim jarayonida narrativ yondashuvdan foydalanish

imkoniyatlari. – Buxoro: “Pedagogik izlanishlar” ilmiy jurnali, 2022. №4. – B. 77-
81.
3.

Clandinin, D.J., Connelly, F.M. Narrative Inquiry: Experience and Story in

Qualitative Research. San Francisco: Jossey-Bass, 2000.
4.

Nazarova, S.S. Oliy ta’limda shaxsiy rivojlanishga yo‘naltirilgan

metodikalar. – Samarqand: “Oliy ta’lim” jurnali, – 2020. №3. – B. 60-64.
5.

Karimov, M.Q. Pedagogik refleksiya va uning o‘qituvchi faoliyatidagi o‘rni.

– Toshkent: TDPU Ilmiy jurnali, – 2022. №2. – B. 45-50.
6.

Mahmudov, B.X. Kasbiy kompetensiyani rivojlantirishda emotsional

omilning o‘rni. – Andijon: “Ilm va Taraqqiyot” jurnali, 2023. №2. – B. 92-96.

Библиографические ссылки

Abdullayeva, G.N. Pedagogik faoliyatda emotsional intellektni rivojlantirish metodlari. – Toshkent: “Ta'lim va Innovatsiya” jurnali, – 2021. №1. – B. 35-40.

Tursunova, D.M. Ta’lim jarayonida narrativ yondashuvdan foydalanish imkoniyatlari. – Buxoro: “Pedagogik izlanishlar” ilmiy jurnali, 2022. №4. – B. 77-81.

Clandinin, D.J., Connelly, F.M. Narrative Inquiry: Experience and Story in Qualitative Research. San Francisco: Jossey-Bass, 2000.

Nazarova, S.S. Oliy ta’limda shaxsiy rivojlanishga yo‘naltirilgan metodikalar. – Samarqand: “Oliy ta’lim” jurnali, – 2020. №3. – B. 60-64.

Karimov, M.Q. Pedagogik refleksiya va uning o‘qituvchi faoliyatidagi o‘rni. – Toshkent: TDPU Ilmiy jurnali, – 2022. №2. – B. 45-50.

Mahmudov, B.X. Kasbiy kompetensiyani rivojlantirishda emotsional omilning o‘rni. – Andijon: “Ilm va Taraqqiyot” jurnali, 2023. №2. – B. 92-96.