ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
64
MASOFAVIY DARSLARDA METAKOGNITIV STRATEGIYALARDAN
FOYDALANISH
Farmonov Dilshod Po‘latovich
Qarshi xalqaro universiteti katta o‘qituvchisi
orcid: 0009-0005-1553-5088
Nigmatov Izzat Shovkat o‘g‘li
Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi o‘qituvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15302453
Annotatsiya
Taraqqiy etishning yagona yo‘li – bu ta’lim orqali amalga oshiriladi.
Dunyoda sodir bo‘layotgan voqealar qaysidir sohalarni rivojlantirsa, yana
qaysidir soha mutaxassislarining ish o‘rnini qisqarishiga sabab bo‘lmoqda.
COVID-19 pandemiyasi barcha soha uchun katta sinov bo‘ldi, jumladan, ta’lim
sohasi uchun ham. Pandemiya davrigacha ta’limni yuzma-yuz, ana’naviy shakli
tan olinar edi. Garchi, onlayn ta’lim mavjud bo‘lsada, undan foydalanishga
e’tiborsizlik va ishonchsizliklar yuqori edi. Chunki, o‘quvchilar mustaqil
izlanishlari va ishlari, o‘z bilishlari uchun javobgarlikni his etishlari hamda ichki
motivlari sabab ta’lim olishlari kerak edi. Onlayn darslar yoki ustozlar ta’lim
olishda bir vosita sifatida bo‘lishi kerak.
Zamon talablariga moslashish maqsadida, o‘quvchilarning baholari onlayn
jurnallarda aks ettirilishi orqali fanlarni o‘zlashtirishda shaxsiy javobgarliklari
ham shakllantirilmoqda. O‘z-o‘zini tahlil qilishi, mustaqil izlanishi hamda
fanlarni o‘zlashtirishdagi kompetensiyalarini rivojlantirishlari nazarda tutilgan
va ta’limdagi islohotlar natijasida bunga erishilmoqda. Onlayn jurnallardagi
baholar o‘quvchilarga o‘quv jarayonlarida faol bo‘lish, bilimlarini takrorlash,
bilim bo‘shliqlari va ehtiyojlarini anglash hamda ular asosida harakat qilishga
imkoniyat bermoqda.
Ta’limda qo‘llanilayotgan onlayn manbalar o‘quv jarayonini nazorat qilish,
metakognitiv ongni rivojlantirish va ko‘nikmalarni shakllantirish uchun foydali.
Kalit so‘zlar: onlayn ta’lim, rubrika,
O‘zbekiston Respublikasi ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlar
natijasida yutuqlar salmog‘i oshib bormoqda. So‘nggi yillarda raqamli o‘quv
vositalarining ta’lim maqsad va natijalariga erishishdagi ahamiyati oshgan,
xususan, platformalarda barcha fanlardan onlayn darslardan foydalanish
imkoniyatlari yaratilgan. Ta’lim muassasalarining zamonaviy axborot
kommunikatsion texnologiyalar bilan jihozlanishi o‘qituvchi va o‘quvchilarni
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
65
xalqaro ta’lim standartlaridan xabardor bo‘lishlari hamda darslarni sermahsul
tashkil etishga ta’sir ko‘rsatmoqda.
2024-yilda o‘tkazilgan 5 ta eng nufuzli xalqaro fan olimpiadalarida
(matematika, fizika, kimyo, biologiya va informatika) o‘zbekistonlik o‘quvchilar
tomonidan 11 ta medal qo‘lga kiritilgan. Bu yutuqlarga erishishda onlayn darslar
bilan birgalikda virtual kutubxona va laboratoriyalardan unumli foydalanish
natijasidir. Shuningdek, IELTS imtihonidan eng yuqori 9 ballik marra ham zabt
etilmoqda. Xalqaro oliy ta’lim muassasalar reytingining yuqori yuztalik
universitetlarda tahsil oluvchi o‘zbekistonlik talabalar soni ham ortib bormoqda.
Mavjud sharoitlar va imkoniyatlar ta’lim muhitida o‘zining moslashuvchanligi va
salohiyati tufayli foydali vosita bo‘lib xizmat qilmoqda. O‘qituvchilarni sinfda
olib boradigan darslarini to‘ldiruvchi va sinfdan tashqari faoliyatlarni
yengillashtiradigan vositalarni izlash natijasida o‘quvchilarni mustaqil ravishda
ham ta’lim olishiga to‘g‘ri kelmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-dekabrdagi
“Maktabgacha va maktab ta’limi xodimlarining uzluksiz kasbiy rivojlantirish
tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 867-son qarorida [1] elektron
platformadagi o‘quv modullarini onlayn o‘zlashtirish imkoniyati ham
belgilangan. Ushbu qaror orqali onlayn ta’lim hukumat darajasida ham qo‘llab-
quvvatlanmoqda.
Bugungi kunda onlayn o‘rganishda metakognitsiyaga kam e’tibor beriladi.
Masofaviy ta’limda metakognitiv qobiliyatlarni rivojlantirishni ham hisobga
olish zarur, chunki o‘quvchi o‘qituvchi bilan yuzma-yuz muloqot qilish
imkoniyati yetishmaslik o‘rnini to‘ldirish uchun ham mustaqil bo‘lishlari kerak
[2].
Ta’limning onlayn yoki yuzma-yuz shakli bo‘lishidan qat’iy nazar, asosiy
maqsad o‘quvchilarni kelajak hayotida ro‘baro‘ keladigan har qanday vaziyatda
ham mulohaza qiladigan hamda mustaqil qaror qabul qiladigan kadr qilib
tarbiyalash bo‘lishi kerak.
O‘quvchilarning o‘quv jarayoni haqidagi tasavvurlari o‘qituvchi va o‘quvchi
uchun muhim nazariy va amaliy tushunchalarni beradi. O‘quvchilar uchun o‘z
o‘quv tajribasini tahlil qilish – bu natijalarni baholash orqali kelajakdagi ta’lim
jarayonlari uchun mustahkam asos yaratishdir. O‘qituvchilar uchun esa bu
qarashlar kelajakdagi sinflar uchun o‘quv rejasi va o‘quv mashg‘ulotlarini
samarali rejalashtirishda muhim yo‘l-yo‘riq bo‘lib xizmat qiladi. Yangidan
o‘qituvchilikni boshlaganlar uchun metakognitiv bilim va metakognitiv nazorat
jarayonlarini qayta tahlil qilish jarayonining davriy shaklda olib borilishi
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
66
nihoyatda zarur, chunki bu ularning professional faoliyatda ushbu ko‘nikmalarni
qo‘llay olishiga yordam beradi [3]. O‘quv vositalari o‘quv jarayoni ustida
refleksiya qilish imkoniyatini yaratadi. Ta’lim jarayonini nazorat qilish va uni
aks ettirishga xizmat qiladigan reflektiv kundalik - o‘quvchilarning o‘z o‘quv
jarayonini kognitiv jihatdan anglab yetishida yordam beruvchi samarali vosita
sifatida ta’riflanadi [4]. Ta’lim sohasi rivojlangan davlatlar tajribasidan
ko‘rinadiki, onlayn jurnallar o‘zini muvaffaqiyatli vosita ekanligini isbotlagan,
chunki o‘quvchi va talabalarda mustaqil fikrlash va shaxsiy javobgarlikni
rivojlantiradi [5]. Fanlarni o‘zlashtirish jarayonlarida olib borilgan tadqiqotlar
shuni ko‘rsatadiki, bu vosita o‘quvchilarning o‘zi mustqali o‘rganishini [6] va
motivatsiyasini [7] kuchaytirishga xizmat qiladi. Shuningdek, jarayonni qayd
etish o‘quvchining metakognitiv ongining shakllanishiga sabab bo‘ladi.
Metakognitsiya – bu o‘quvchining o‘rganish jarayonlarini boshqarish hamda
o‘rganish jarayonini anglash qobiliyatlarini rivojlantiradi. O‘quvchilarning
metakognitiv qobiliyatlari samarali rivojlantirish uchun barcha jarayonlar
rejalashtirilishi, monitoring qilinishi va baholanishi lozim [3], bu esa o‘quv
jurnallari orqali amalga oshiriladi.
Ta’lim muassasalarida o‘qitish jarayonlarining asosiy pedagogik
yondashuvi sifatida tanqidiy fikrlash va formativ baholash targ‘ib qilinadi,
chunki aynan shu ikki jihat o‘quvchilarning har chorak yakunida nazorat
ishlarida o‘z aksini topadi. Egallangan bilimlar formativ yondashuv asosida
baholash o‘quvchilarning fanlarni o‘zlashtirish jarayoni uchun mas’uliyat
olishiga undaydi va kelajakda o‘zlashtirilgan bilimlarini foydalanishiga yordam
beradi.
Barcha davlatlarning iqtisodiy va ijtimoiy hayotiga katta ta’sir ko‘rsatgan
COVID-19 pandemiyasi platformalar orqali ishlash, ta’lim olish, o‘quv
jarayonlarini takomillashtirish, moslashtirish va o‘quvchilar mustaqilligini
oshirish zarurligini isbotladi. Onlayn darslar va onlayn jurnallar o‘quvchilar
savodxonligini oshirishga xizmat qilish bilan birgalikda, ularning kompyuter
savodxonligini oshirishga va vaqtida topshiriqlarni bajaradigan tartibli
bo‘lishiga hissa qo‘shdi. Pandemiya davrida o‘qituvchilar onlayn darslarni
yanada sermahsul qilishga harakat qilishdi, o‘quvchilar berilgan ma’lumotlardan
mustaqil foydalanishni o‘rganishdi. Tan olish kerakki, yutuqlar bilan birga
kamchiliklar ham ko‘zga tashlanib qoldi.
O‘quvchilar onlayn darslar va jurnallardagi qaydlarni o‘z ishlarini
rejalashtirish, tashkil etish va baholashda yordam beradigan vosita sifatida
qabul qilishdi. Ular bu jarayonda nafaqat metakognitiv, balki kognitiv
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
67
strategiyalardan ham foydalanishgan. Pandemiya davrida bu ko‘nikmalar
yanada dolzarb bo‘lib, o‘zini boshqarish va ichki motivatsiyaga tayanishni talab
qilgan.
Xulosa
Yuqoridagi muhokamada ta’kidlanganidek, o‘quvchilarga ta’lim berish
jarayonlarida yondashuvlar juda ahamiyatlidir. Darslarda qo‘llanilgan vositalar
o‘zlashtirish uchun javobgarlik, mustaqil o‘qish, tanqidiy fikrlashni rivojlantirish
va kelajak hayotga tayyorlanishlariga yordam beradi. E’tiborga molik
jihatlaridan biri shuki, onlayn jurnallardagi tanqidiy qaydlar yuzma-yuz darslar
yo‘qligini qoplab, o‘quvchiga yo‘naltirilgan ta’lim yondashuvini joriy etishga
imkon beradi. Buning natijasida, o‘quvchilarni tartibli bo‘lishi bilan birgalikda,
tengdoshlari bilan hamkorlikda ishlashiga sharoit yaratadi.
Pandemiya davrining yutuq va kamchiliklarini inobatga olgan holda,
onlayn darslar va jurnallardan foydalanishda quyidagi tavsiyalarni ham o‘rinli
deyish mumkin:
Birinchidan, fanlarni o‘zlashtirishda o‘quvchilar o‘zlari uchun qaydlar
qilishlari orqali yozish va fikrlash ko‘nikmalarini shakllanishiga asos bo‘ladi. Bu
ularga akademik tilda yozishni mashq qilishga yordam beradi, bu esa yakuniy
yozma imtihonlarda talab qilinadigan muhim ko‘nikma hisoblanadi.
Ikkinchidan, o‘quvchilarning o‘zlashtirishlarini xolisona baholash uchun
mezonlarga asoslangan rubrika ishlab chiqish zarur. Bu rubrika yordamida
o‘quvchilar baholash mezonlari bilan tanishadilar, o‘qituvchi esa ushbu
faoliyatni aniq belgilangan mezonlar asosida baholash imkoniga ega bo‘ladilar,
shunda subyektiv baholashdan ko‘ra adolatliroq yondashuvdir.
Yakuniy tavsiya sifatida, raqamli o‘quv resurslariga oid ilmiy tadqiqotlar
o‘tkazilishi lozim. O‘qituvchi-o‘quvchilarning fanlarni o‘rganish va mazmunli
refleksiyaga bo‘lgan ta’siri chuqurroq tahlil qilinadi. Jurnallarning amaliyotga
joriy etilishi natijasida o‘quvchilar ta’limida kuzatilgan ijobiy o‘zgarishlar
kutilganidan yuqori bo‘ldi. Bu esa ushbu metodikani an’anaviy, yuzma-yuz ta’lim
sharoitida ham sinab ko‘rish va natijalarni taqqoslashga undaydi.
Raqamlashtirilgan o‘quv jurnallarining imkoniyatlarini chuqurroq
o‘rganish, qo‘shimcha imkoniyatlar qo‘shish hamda ta’lim jarayonlariga qanday
ta’sir qilayotganini yuqori darajada tahlil qilish zarurati ham bor.
Adabiyotlar:
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-dekabrdagi
“Maktabgacha va maktab ta’limi xodimlarining uzluksiz kasbiy rivojlantirish
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
68
tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 867-son qarori https://lex.uz/uz/docs/-
7271575?query=elektron%20dars#sr-1
2. Attard, A., Di Lorio, E., Geven, K., & Santa, R. (2010). Student-Centred Learning
– Toolkit for students, staff and higher education institutions. European Students
Union.
3. Kurt, M. (2007, May 7). Activating metacognition through Online Learning Log
(OLL) [Conference presentation]. International Educational Technology
Conference. https://www.learntechlib.org/p/62187/
4. Braun, S., & Thomas, S. (2013). Student perceptions of the use of learning logs
to teach public relations writing. Procedia - Social and Behavioral Sciences, 93,
1456 - 1460. https://doi.org/10.1016/j.sbspro.2013.10.063
5. Stephens, K., & Winterbottom, M. (2010). Using a learning log to support
students’ learning in biology lessons. Journal of Biological Education, 44(2), 72-
80. https://doi.org/10.1080/00219266.2010.9656197
6. Chang, L. Y., & Geary, M. P. (2015). Promoting the autonomy of Taiwanese EFL
learners in Higher Education by using self-assessment learning logs. Studies in
English
Language
Teaching,
3(4),
339-354.
https://doi.
org/10.22158/selt.v3n4p339
7. Litzler, M.F., (2014). Independent study logs: Guiding and encouraging
students in the process of language learning. Journal of Language Teaching and
Research, 5(5), 994-998.