Авторы

  • Jamshid Ashurov
    Qarshi davlat universiteti mustaqil tadqiqotchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.arims.85755

Ключевые слова:

differensial yondashuv raqamli texnologiyalar kompetentlikni rivojlantirish pedagogik shart-sharoitlar ilg‘or xorijiy tajribalar zamonaviy ta’lim texnologiyalari masofaviy o‘qitish innovatsion yondashuv talabalar motivatsiyasi

Аннотация

Mazkur ishda differensial yondashuv asosida talabalarni raqamli texnologiyalardan foydalanish kompetentligini takomillashtirish uchun zarur bo‘lgan pedagogik shart-sharoitlar tahlil qilinadi. Ilg‘or xorijiy tajribalar o‘rganilib, ularning mahalliy ta’lim tizimiga moslashuvi bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan. Tadqiqotda zamonaviy ta’lim texnologiyalari, masofaviy o‘qitish usullari, va innovatsion yondashuvlar asosida talabalar kompetentligini oshirish imkoniyatlari yoritilgan. 


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

14

BO‘LAJAK INFORMATIKA FANI O‘QITUVCHILARINI RAQAMLI

TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH KOMPETENTLIGINI

TAKOMILLASHTIRISHNING ASOSIY KOMPONENTLARI

Ashurov Jamshid

Qarshi davlat universiteti mustaqil tadqiqotchisi e-mail:

jamshidashurov5@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.15362978

Annotatsiya:

Mazkur ishda differensial yondashuv asosida talabalarni

raqamli texnologiyalardan foydalanish kompetentligini takomillashtirish uchun
zarur bo‘lgan pedagogik shart-sharoitlar tahlil qilinadi. Ilg‘or xorijiy tajribalar
o‘rganilib, ularning mahalliy ta’lim tizimiga moslashuvi bo‘yicha tavsiyalar ishlab
chiqilgan. Tadqiqotda zamonaviy ta’lim texnologiyalari, masofaviy o‘qitish
usullari, va innovatsion yondashuvlar asosida talabalar kompetentligini oshirish
imkoniyatlari yoritilgan.

Kalit

so‘zlar:

differensial

yondashuv,

raqamli

texnologiyalar,

kompetentlikni rivojlantirish, pedagogik shart-sharoitlar, ilg‘or xorijiy tajribalar,
zamonaviy ta’lim texnologiyalari, masofaviy o‘qitish, innovatsion yondashuv,
talabalar motivatsiyasi

Abstract:

In this work, the pedagogical conditions necessary for improving

students' competence in using digital technologies are analyzed based on a
differential approach. Advanced foreign experiences were studied and
recommendations were developed for their adaptation to the local education
system. The research highlights the possibilities of improving students'
competence based on modern educational technologies, distance learning
methods, and innovative approaches.

Key words:

differential approach, digital technologies, competence

development, pedagogical conditions, advanced foreign experiences, modern
educational technologies, distance learning, innovative approach, student
motivation

Абстрактный:

В данной работе на основе дифференцированного

подхода анализируются педагогические условия, необходимые для
повышения компетентности студентов в использовании цифровых
технологий. Изучен передовой зарубежный опыт и разработаны
рекомендации по его адаптации к местной системе образования. В
исследовании освещены возможности повышения компетентности
студентов на основе современных образовательных технологий, методов
дистанционного обучения и инновационных подходов.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

15

Ключевые

слова:

дифференцированный

подход,

цифровые

технологии,

развитие

компетентности,

педагогические

условия,

передовой зарубежный опыт, современные образовательные технологии,
дистанционное обучение, инновационный подход, мотивация студентов.

Bo`lajak o`qituvchilarni talabalarni raqamli texnologiyalardan foydalanish

kompetentligini takomillashtirishning asosiy komponentlarini (1-jadval), biz
motivatsionshaxsiy, operatsion-faoliyatli, kognitiv-refleksiv komponentlarga
ajratdik, ular talabalarni o`quv-kasbiy faoliyat maqsadlariga erishish, bilish
faoliyati, yangilikni qabul qilish, ma‟lumotlar bilan ishlash qobiliyati, raqamli
texnologiyalar bilan ishlash, muloqot ko`nikmalari, aqliy faollik, mustaqil qaror
qabul qilish faoliyati, tanqidiy fikrlash, refleksiya va o`z o„zini rivojlantirishni
aniqlashtiradi.

Mezonlar

O‘lchamlar

Sifat

motivatsion

-

shaxsiy

Qadriyat yo`nalishlari tizimi,
kasb, muvaffaqiyat, maqsadga
erishishga
bo`lgan motiv

Maqsadga muvofiqlik,
javobgarlik,
ziddiyatlarga
bardoshli,
mehnatsevarlik

operatsionfaoliyatli

Bilim olishning turli usullarini

o`zlashtirish;

kommunikativ

ko`nikmalar
(guruh da ishlay olish),
muammoni hal qilish
qobiliyati, raqamli
texnologiyalaridan foydalana
olish
ko`nikmalari

Muloqotchanlik,
tashkilotchilik,

hal

qiluvchanlik, bilimlilik


Motivatsion-shaxsiy mezon mazmuni bo„lajak informatika fani

o`qituvchisining faoliyatini, ularning shaxsiy va ijtimoiy ahamiyatli faoliyatni
anglashga hissa qo„shuvchi qat`iy motivlar majmuini belgilaydi. Operatsion -
faoliyatli mezonlar talabaning kasbiy vazifalarni belgilash va hal qilish, guruhda
ishlash va raqamli texnologiyalar bilan ishlash qobiliyatini ko„rsatadi. U kasbiy
faoliyat, ishlab chiqarish muhitidagi munosabatlarni belgilaydi. Ushbu
komponent pedagog ishining mazmuni bilan belgilanadi va muhandisning
faoliyat samaradorligini hamda talabalarni raqamli texnologiyalardan
foydalanish kompetentligini takomillashtirishga mo„ljallanadi. Kognitiv -


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

16

refleksiv mezonlar kuchli bilim, tizimli va tanqidiy fikrlash, talabaning kuchli
bilish faoliyati, ijodkorligi, yangilikni qabul qilish, refleksivlik bilan bog`liq. U
tayanch bilimlar asosida fan sikllari bo„yicha tanqidiy, nostandart fikrlash,
raqamli texnologiyalar bilan mustaqil ishlash qobiliyati: izlash, tahlil qilish,
tanlash, qo„llash, berilgan vazifalarni tahlil qilish va ularga erishish imkoniyatini
nazarda

tutadi.

Talabalarni

raqamli

texnologiyalardan

foydalanish

kompetentligini takomillashtirishning ushbu komponenti ijodiy mustaqillikni
o„z ichiga oladi, u turli kasbiy sohalarda innovatsiyalarni ishlab chiqish asosida
rivojlanadi [9]. Sanab o„tilgan mezonlar talabalarni raqamli texnologiyalardan
foydalanish kompetentligini takomillashtirishga mos keladi. Talabalarni raqamli
texnologiyalardan foydalanish kompetentligini takomillashganlik darajalarini
aniqlash uchun “mezon” va “ko„rsatkich” tushunchalarini kiritish kerak. Axborot
manbalarini tahlil qilish (N.N. Grachev, E.P.Pecherskaya, V.V.Ryabov) shuni
ko„rsatadiki, ushbu atamalar turlicha mazmunga ega. Biz, mezon – bu baholash
asosida amalga oshiriladigan etalon, ko„rsatkich esa - alohida muhim
komponentning sifat tavsifidir. Ko„rsatkichlar deganda biz talabalarni raqamli
texnologiyalardan foydalanish kompetentligini takomillashtirishning sifat
tavsifini

tushunamiz[7].I.A.Zimnyaya,

N.A.Selezneva,

V.R.Okorokovlar

mutaxassisning taraqqiyot modeli haqida gapirib, tayanch ilmiy ta‟lim,
umumkasbiy fanlari bo„yicha chuqur nazariy tayyorgarlik, shuningdek umumiy
texnologik yoki mutaxassisligi bo„yicha loyihaviykonstruktorlik tayyorgarlik,
ilmiy-tadqiqot sohasi bo„yicha tayyorgarlik, mustaqil ijod usulini tanlash,
mustaqil ta‟limga intilish zarurligini ta‟kidlaydilar [5]. Talabalarni raqamli
texnologiyalardan foydalanish kompetentligini takomillashtirish mezonlariga
asoslangan holda ularning 3 ta darajasini ajratish mumkin: Innovatsion
faoliyatning reproduktiv darajasi o`z o„zini rivojlantirish, ijodiy faoliyat
(fikrlash) aks ettirish darajasida amalga oshiriladigan, yangilikka befarq
munosabat va axborotni taxlil qila olmaslik, kasbiy faoliyatda qaror qabul
qilishda boshqalarga qaramlik, o`z o`zini rivojlantirishda ishonchsizlik,
muloqotda chegaralanish, guruhga sekin moslashish kabi kasbiy faoliyatda
barqaror bo`lmagan motivlar bilan tavsiflanadi. Tayyorgarlikning evristik
darajasi kasbga barqaror yo„nalganlik, mustaqil qaror qabul qilish, ma‟lumotlar
bilan ishlash, ularni tanqidiy baholash; o„z o„zini tahlil qila olish va o`zo„zini
takomillashtirish uchun vazifa belgilash, yangilikka ijobiy munosabat,
kommunikativ bilimlar asosida guruhda ishlash qobiiyati bilan tavsiflanadi[8].
Tayyorgarlikning ijodiy darajasi maqsadga erishishning barqaror motivatsiyasi,
kasbiy o„sish va muhandis mehnatini anglash; o`quv-ishlab chiqarish


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

17

muammolarini aniqlash va belgilash qobiliyati hamda ularni hal qilishning turli
usullarini topish, qo„yilgan maqsad asosida o`z-o`zini takomillashtirish vqa
rivojlantirishga barqaror munosabat, ma‟lumotlar bilan ishlashning turli
usullarini bilish va ularni tahlil qila olish hamda amaliyotda qo`llash, yangilikni
qabul qilish qobiliyati, yuqori darajada rivojlangan muloqot ko„nikmalari bilan
tavsiflanadi. Shunday qilib, talabalarni raqamli texnologiyalardan foydalanish
kompetentligini takomillashganlik mezonlari yordamida mutaxassisning shaxsiy
sifatlari belgilandi. Shunday qilib, talabalarni raqamli texnologiyalardan
foydalanish kompetentligini takomillashtirishning ko`rsatilgan mezonlari,
ko`rsatkichlari va darajalari ilmiy tadqiqotlarda umumiy qabul qilingan
differensial yondashuvga asoslanadi va shaxs shakllanishining asosiy
qonuniyatlarni aks ettiradi. Shu munosabat bilan, xulosa qilish mumkinki
kompetentli mutaxassisni tayyorlash maxsus tashkil etilgan pedagogik
jarayonda innovatsion didaktik texnologiyalar, zamonaviy pedagogik vositalar,
metodlar va ta`lim jarayonini tashkil etish shakllariga tayangan holda amalga
oshirilishi kerak.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 29.04.2019 yildagi PF-
5712- son. https://lex.uz/docs/-4312785
2. Abdullayev, A. (2017). Pedagogik texnologiyalar va ta'lim tizimida ularning
ahamiyati. Toshkent: O„zbekiston Respublikasi pedagogik innovatsiyalar
markazi.
3. Qosimov, S., va boshqalar (2015). Raqamli texnologiyalar ta'lim tizimida.
Toshkent: Maorif nashriyoti.
4. Niyozov, N. (2018). Ta'limda differensial yondashuv nazariyasi va amaliyoti.
Toshkent: Fan va texnologiya.
5. To„rayev, M. (2020). Ta'lim jarayonida axborot-kommunikatsiya
texnologiyalari. Toshkent: Yangi asr avlodi.
6. Ismoilov, I. (2019). Innovatsion ta'lim texnologiyalari. Samarqand: Samarqand
universiteti nashriyoti.
7. Muminova, N. (2021). Masofaviy ta'limda differensial yondashuv. Toshkent:
Oliy ta'lim va ilm.
8. Yunusov, D. (2018). Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari nazariyasi.
Qarshi: Nasaf nashriyoti.
9. Usmonov, S. (2020). Zamonaviy ta'lim jarayonida interaktiv metodlar.
Toshkent: Fan va ta'lim.
10. Xolmurodov, A. (2016). Raqamli kompetentlik: Ta'lim va amaliyot. Toshkent:
O`zbekiston davlat pedagogika universiteti nashriyoti.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

18

11. Sobirov, O. (2021). Raqamli transformatsiya va ta'lim. Toshkent: Talqin
nashriyoti. 12. Ashurova, G., va boshqalar (2019). Raqamli texnologiyalarning
ta'limdagi roli. Toshkent: Ilm ziyo nashriyoti.
13. Anderson, T., & Elloumi, F. (2004). Theory and Practice of Online Learning.
Athabasca University.
14. Bates, A. W. (2019). Teaching in a Digital Age: Guidelines for Designing
Teaching and Learning. Tony Bates Associates Ltd.
15. Prensky, M. (2001). Digital Natives, Digital Immigrants. On the Horizon, 9(5),
1–6. 16. Siemens, G. (2005). Connectivism: A Learning Theory for the Digital Age.
International Journal of Instructional Technology and Distance Learning, 2(1).
17. Selwyn, N. (2011). Education and Technology: Key Issues and Debates.
Bloomsbury Academic.
18. Laurillard, D. (2012). Teaching as a Design Science: Building Pedagogical
Patterns for Learning and Technology. Routledge.
19. Mishra, P., & Koehler, M. J. (2006). Technological Pedagogical Content
Knowledge: A Framework for Teacher Knowledge. Teachers College Record,
108(6), 1017–1054.

Библиографические ссылки

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 29.04.2019 yildagi PF-5712- son. https://lex.uz/docs/-4312785

Abdullayev, A. (2017). Pedagogik texnologiyalar va ta'lim tizimida ularning ahamiyati. Toshkent: O„zbekiston Respublikasi pedagogik innovatsiyalar markazi.

Qosimov, S., va boshqalar (2015). Raqamli texnologiyalar ta'lim tizimida. Toshkent: Maorif nashriyoti.

Niyozov, N. (2018). Ta'limda differensial yondashuv nazariyasi va amaliyoti. Toshkent: Fan va texnologiya.

To„rayev, M. (2020). Ta'lim jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari. Toshkent: Yangi asr avlodi.

Ismoilov, I. (2019). Innovatsion ta'lim texnologiyalari. Samarqand: Samarqand universiteti nashriyoti.

Muminova, N. (2021). Masofaviy ta'limda differensial yondashuv. Toshkent: Oliy ta'lim va ilm.

Yunusov, D. (2018). Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari nazariyasi. Qarshi: Nasaf nashriyoti.

Usmonov, S. (2020). Zamonaviy ta'lim jarayonida interaktiv metodlar. Toshkent: Fan va ta'lim.

Xolmurodov, A. (2016). Raqamli kompetentlik: Ta'lim va amaliyot. Toshkent: O`zbekiston davlat pedagogika universiteti nashriyoti.

Sobirov, O. (2021). Raqamli transformatsiya va ta'lim. Toshkent: Talqin nashriyoti. 12. Ashurova, G., va boshqalar (2019). Raqamli texnologiyalarning ta'limdagi roli. Toshkent: Ilm ziyo nashriyoti.

Anderson, T., & Elloumi, F. (2004). Theory and Practice of Online Learning. Athabasca University.

Bates, A. W. (2019). Teaching in a Digital Age: Guidelines for Designing Teaching and Learning. Tony Bates Associates Ltd.

Prensky, M. (2001). Digital Natives, Digital Immigrants. On the Horizon, 9(5), 1–6. 16. Siemens, G. (2005). Connectivism: A Learning Theory for the Digital Age. International Journal of Instructional Technology and Distance Learning, 2(1).

Selwyn, N. (2011). Education and Technology: Key Issues and Debates. Bloomsbury Academic.

Laurillard, D. (2012). Teaching as a Design Science: Building Pedagogical Patterns for Learning and Technology. Routledge.

Mishra, P., & Koehler, M. J. (2006). Technological Pedagogical Content Knowledge: A Framework for Teacher Knowledge. Teachers College Record, 108(6), 1017–1054.