ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
76
INGLIZ TILIDA TALABALARGA LUG’AT O’RGATISH USULLARI.
Kabilova Gulchexra Sattorovna
SamDAQU “Xorijiy tillar” kafedrasi katta o’qituvchisi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.15377529
Talabalarga xorijiy tilda so’z boyligini oshirishda talab qilinadigan
birinchi masala - o’quvchilarga yangi so’zlarni ma’lum qilishdir. Yangi so’zlarni
talabalarga tanishtirish bilan bog’liq bo’lgan ba’zi muammolar bo’yicha turli
xil fikrlar mavjud. Metodik adabiyotlarda so’zlarni alohida o’rganish yoki,
kontekstdan ma’nosini anglash orqali o’zlashtirish to’g’risidagi masalada hozirga
qadar bahs olib borilmoqda. Kontekst ichida kelgan so’zning ma’nosi har
doim ham uning asosiy nominativ ma’nosi bo’lib kelavermaydi. So’zning
asosiy nominativ ma’nolarini o’zlashtirish uchun, alohida so’z ustida ish olib
borishni kontekstdagi so’z ustida ishlash bilan birga qo’shib olib boorish
maqsadga muvofiq bo’ladi. Ayrim so’z ustida ishlash mazkur so’zning chet
tilining boshqa so’zlari bilan qiyoslab ko’rish imkonini beradi va bu qiyoslash
so’zning shakl va ma’no strukturasi to’g’risida muhim xulosalar chiqarishga
yordam beradi, bu esa ularni yodda saqlab qolish, to’g’ri qo’llash imkonini
beradi va ularni og’zaki hamda yozma nutqda tanib anglab olishga yordam
qiladi. Shuning uchun lug’at o’rganishni alohida so’zdan boshlash kerak, deb
hisoblash ham, yoki so’z o’rganish faqat kontekstdagi so’zdan boshlanadi, deb
o’ylash ham notog’ri. Bunda so’zning qiyinlik darajasi, shuningdek, o’qitish
bosqichi hisobga olinmaydi.
O’rganuvchilarning til sohasida hali hech qanday tajriba bo’lmagan
boshlang’ich bosqichda so’zlar bilan kontekstda tanishish haqida gap
yuritish mumkinligi ularda qiyinchilik tug’dirishi mumkin.
Chet tilini o’rganishda so’zning tushuncha bilan bevosita munosabatga
kirishishi so’zni o’zlashtirishda kutilgan natijani bermaydi, chunki o’qitish
tajribasidan ma’lumki, so’zning ma’nosini tarjimasiz bilish uchun
o’quvchilarning o’z ona tili yordamida bilishdan ko’ra ko’p vaqt ketadi.
O’quvchilarga namoyish qilib ko’rsatish natijasida ularning qanday
darajada tushunganliklarini nazorat qilishga, ba’zan esa so’zning
xususiyatlarini qo’shimcha ravishda tushuntirishga to’g’ri keladi.
O’quvchilar uchun leksikadan foydalanishning butun qiyinchiligi yangi
tushunchalarni o’zlashtirishlarida emas, chunki bu narsa ularga tanishdir,
balki qiyinchilik chet tilidagi so’zlar ma’nosining hajmini va ularning boshqa
so’zlar bilan birga qanday birikmalar yasashini bilib olishdadir. Bunday
holda o’quvchi, masalan:
I shall buy a new car.
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
77
Biroq fikrni ifoda etishning boshqacha usulidan va boshqacha til
formalaridan foydalanish odatiga yoki ko’nikmasiga malakani anglab yetish
natijasida erishiladi. Bularga erishishning eng yaxshi va samarali yo’li
o’quvchi tomonidan tildan foydalanishida orttirilgan tajriba bilan
taqqoslashdir. Shu bilan birga, chet tilida tajriba qancha kam bo’lsa, ona
tiliga shuncha ko’p tayanib ish ko’riladi. Ona tili bilan taqqoslashda esa har
doim ham ona tili nazariyasiga murojaat qilish shart emas: buning uchun
ba’zida tilning tegishli qoidasini eslab yoki unga qarab qo’yish yetarli.
Shunday qilib, chet tilini o’rganuvchiga ona tilini e’tiborga olmaslik
zarardir, chunki bu chet tili so’zlarining ma’nosi haqida noto’g’ri
tushunchaga olib keladi. Chet tilini o’rganishda ona tili interferensiyalovchi
ta’sir ko’rsatadi, biroq ona tili fikirlashni rivojlantirishni emas, balki fikirni
bayon qilishning yangi usullari va yangi shakllarini egallashga to’siq bo’ladi.
Yangi so’zlarni o’zlashtirishning qiyinchiligi, tushunganlarni har xil tilda
hamma vaqt bir xil izhor qilib bo’lmaydi, asosiysi bu ma’nolarni ifodalovchi
so’zlarning ma’no hajmining ko’p qismi to’g’ri kelmaydi. Bu tafovutlarni
ko’p tajribaga ega bo’lganda bartaraf etish mumkin, bunda o’quvchilar avval
hamma vaqt chet tilidagi yangi so’zni unga ma’lum bo’lgan ona tilidagi so’z
bilan xayolan taqqoslashni ham kerakli tushuntirishlar va mashqlar
yordamida yengillashtirishdan iboratdir.
Bu tushuntirishlar, tabiiy, qisqa bo’lishi va til-adabiyot oily o’quv
yurtlari uchun xos bo’lgan lingvistik munozaralarga aylanmasligi zarur.
Yangi so’zlarni o’rganuvchilarga tanishtirish usullari o’sha so’zning
aktiv lug’atga va passiv lug’atga kirish-kirmasligi hamda so’zlarning qiyinlik
darajasiga bog’liq holda ko’rib chiqilmaydi, so’zlarni o’rganishdan maqsad,
ya’ni so’zlar nutq faoliyatining qaysi turida qo’llanilishi kerakligi hisobga
olinmaydi.
O’zbek va chet tillarda ma’no hajmi va qo’llanishda, bu so’zlarning
tanlab olingan lug’at doirasida o’rganilgan barcha asosiy birikmalarini aytish
kerak, bunda barcha zarur bo’lgan birikmalarni so’zlar bilan birinchi
tanishish jarayondayoq o’quvchilarga ma’lum qilish kerak emas, chunki bu
narsa so’z bilan birinchi tanishishni murakkablashtiradi.
O’qitishning mazkur bosqichida kerak bo’lgan birikmalarning bir
qismini mashqlarda berish mumkin, bunda birikmalar o’quvchilarning nutq
faoliyati jarayonida o’zlashtiriladi.
So’zning shakliga ahamiyat berish juda zarurdir, chunki so’zning shakli
o’zlashtirilmaganligidan tushunishda xatoga yo’l qo’yish mumkin (o’quvchilar
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
78
ko’pincha tovush va yozilish jihatidan o’xshash bo’lgan so’zlarni, birinchi
harfi bir xil bo’lgan, so’zda bir xil tovush va harf bo’lgan so’zlarni
chalkashtirib yuboradilar).
Keyinchalik o’quvchilar passiv leksikadagi so’zlarni yangi kontekstlarda
uchratadilar va asta-sekin so’zning boshqa ma’nolarini ham o’zlashtirib
boradilar. Bu so’zning barcha ma’nosini va bu ma’nolarning qaysi birini
ma’lum qilish kerak degan masala maxsus tadqiqi qilishni talab etadi deb
hisoblaymiz
1
.
Shu narsa mutlaqo ravshanki, semantizatsiyalash usulini tanalashda
so’zning xususiyatini va o’qitish bosqichini hisobga olish kerak. Boshlang’ich
sinflarda, ko’rsatib tushuntirish mumkin bo’lgan konkret predmetlarni
ifodalovchi qator so’zlar o’rganilayotganda, tarjimasiz semantizatsiya
vositalaridan keng foydalanish mumkin. Boshlang’ich sinflarda
semantizatsiyaning tarjimasiz til vositalaridan faqat ko’rgazmali qurollar
vositalari bilan birga qo’shib foydalanish mumkin, biroq shunda ham asosan
yuqori sinflardan, o’quvchilar birmuncha til tajribasiga ega buning natijasida
so’z ma’nosani kontekstga, so’z yasovchi elementlarga qarab bilib oladigan,
shuningdek, chet tilidagi so’zning ma’nosi haqida fikr yurita oladigan
bo’lganida qo’llanish mumkin. Rasmlarni, harakatlarni, predmetlarni
ko’rsatish, ko’rsatib tasvirlasa bo’ladigan so’zlar bilangina chegaralangan;
kontekstdan aniq va yetarli darajada ravshan ma’noga ega bo’lgan so’zlarni
tushuntirishda foydalaning mumkin.
So’zlarning ma’nosini ochib berish masalalari bilan birga so’zlarni
izohlab tushuntirish metodi ham samarali natija beradi. So’zni tushuntirish
uning ma’nosini ochib berishgina emas, balki so’zning fonetik, orfografik,
grammatik shakllarini ham tushuntirib berish kerak.
Yangi so’zlar bilan turli usullar orqali tanishiladi, ya’ni nutq
faoliyatidan oldidan yoki nutq faoliyati bilan birga tanishiladi; So’zlar bilan
tanishtirish usulini tanlash ham so’zlar harakteriga bog’liq bo’ladi.
O’quvchilarni nutq faoliyati protsessida-nutqni tinglashda, suhbat vaqtida,
o’qish jarayonida yangi so’zlar bilan tanishtirish juda ham foydali, chunki
bu o’quvchilar diqqatini faollashtiradi, ularning yangi so’zlarni yaxshiroq
o’zlashtirishlariga yordam beradi. Shuningdek, o’quvchilarning yangi so’zlar
bilan mustaqil ravishda o’zlarining tanishishi ham o’qituvchining
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
79
tushuntirib berishiga qaraganda pedagogik nuqtai nazardan shubhasiz
ahamiyatlidir.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
B.V.Belyayev, Ocherki po psixologii obucheniya inostrannim yazikam,
M,1959.
2.
Nation, P. Learning vocabulary in another language. Cambridge:
3.
Cambridge University Press, 2001.
4.
Nation, P., & Waring, R. Vocabulary size, text coverage and word lists,
1997.
5.
N. Schmitt, & M. McCarthy (Eds.), Vocabulary: Description, acquisition and
pedagogy. Cambridge: Cambridge University Press