ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
8
TILSHUNOSLIK SOHASIDA QO'LLANILADIGAN ASOSIY SINXRON
METODLAR.
Xursandova Gulzoda
Samarqand davlat universiteti. Filologiya fakulteti
filologiya va tillarni òqitish: òzbek
tili yònalishi 4- bosqich talabasi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.15393260
Annotatsiya
Mazkur maqolada tilshunoslikdagi asosiy sinxron tahlil metodlari nazariy
va amaliy jihatdan tahlil etiladi. Sinxron tahlil – tilni muayyan bir davr, odatda
hozirgi holatida o‘rganishga qaratilgan metod bo‘lib, deskriptiv, transformatsion
va valentlik yondashuvlar orqali amalga oshiriladi. Maqolada ushbu
metodlarning mohiyati, ularning farqlari hamda o‘zbek tilshunosligidagi
qo‘llanilishi ko‘rib chiqiladi. Sinxron metodlarning til tizimini tizimli va obektiv
o‘rganishdagi ahamiyati yoritiladi.
Kalit sòzlar:
Sinxron tahli, tilshunoslik, deskriptiv metod, transformation
metod, valentlik metod, til tizimi, zamonaviy yondashuv, òzbek tili, lingvistik
metodlar, til birliklari tahlili
Аннотация
В данной статье теоретически и практически анализируются
основные синхронные методы, применяемые в лингвистике. Синхронный
анализ — это метод, направленный на изучение языка в определённый
момент времени, как правило, в его современном состоянии. Он
реализуется через структурный, дескриптивный и трансформационный
подходы. В статье рассматривается сущность этих методов, их различия, а
также применение в узбекском языкознании. Подчёркивается значение
синхронных методов для системного и объективного изучения языковой
системы.
Ключевые слова:
синхронный анализ, лингвистика, структурный
метод, трансформационный метод, язывая система, современный подход,
узбекское языкознание, лингвистике метод, анализ языковых единиц
Abstract
This article provides a theoretical and practical analysis of the main
synchronic methods used in linguistics. Synchronic analysis is a method aimed
at studying a language at a specific point in time, usually in its current state. It is
carried out through structural, descriptive, and transformational approaches.
The article examines the essence of these methods, their differences, and their
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
9
application in Uzbek linguistics. The importance of synchronic methods for the
systematic and objective study of the language system is emphasized.
Keywords:
synchronic analysis, linguistics, structural method, descriptive
method, transformational method, language system, modern approach, Uzbek
language, linguistic methods, analysis of language units.
Sinxron tadqiqot metodlarining kòpayib "òsib" borishi, zamonaviylik
xususiyati tilning jamiyatga bevosita boģliqligidan, uning jamiyat tomonidan -
tabiiy va ijtimoiy fan vakillari tomonidan keng miqiyosda, atroflicha òrganilib
borilayotganligidan kelib chiqadi. Demak, zamonaviy tadqiqot metodlarining
kòpayib borishi, tabiiy va zaruriy jarayon sifatida maqsadga tòla muvofiqdir.
Sinxron tadqiqot metodlari diaxron tadqiqot metodlariga nisbatan
olinganda, paydo bòlishiga, yaratilishiga kòra vaqt jihatdan zamonaviy
xususiyatlari bilan ajralib turadi. Sinxron tadqiqot metodlari tilshunoslikda vaqt
jihatdan keyingi davrlarda XX-XXI asrlarda shakllanganligi bilan, amaliyotga faol
xizmat qilayotganligi bilan, davr nuqtayi nazaridan farqliligi, òziga xosligi bilan
ajralib turadi.
Asosiy sinxron metodlar.
Tilshunoslikda sinxron tahlilni amalga oshirishda bir nechta asosiy
metodlar qo‘llaniladi. Ularning har biri til tizimini hozirgi holatda tahlil qilishga
xizmat qiladi. Quyida keng tarqalgan distributiv, transformatsion va valentlik
tahlili metodlarga to‘xtalib o‘tiladi.
Distributiv tahlil metodi.
Distributiv metod til hodisalarini betaraf, ya’ni sub’ektiv munosabatsiz
tarzda tasvirlashga qaratilgan. Bu metod ilmiy obyektivlikni saqlagan holda, til
hodisalarining qanday ishlashini aniq yozib boradi. Distributiv yondashuv
lingvistik tadqiqotlarda statistik usullarga asoslangan, muayyan tilda tabiiy
mavjud bo‘lgan shakllarni tasniflashda qo‘llaniladi.
XX asrning 20-yillarida jahon tilshunosligi maydonida paydo bòlgan
struktural lingvistika hozirgi zamon tilshunosligining yetakchi, muhim
yònalishlaridan biri bòlib, u til strukturasini til nazariyasining asosi deb
hisoblaydi. Bir qator struktural oqimlar: Amerika, Praga va Kopengagin
struktural maktablari ichida Amerika strukturalizmi jahon tilshunosligida tan
olingan bòlib, u deskriptiv, ya'ni tasviriy metodiga kòra distributiv metod deb
ham yuritiladi.
Deskriptiv tilshunoslik muayyan birliklarning òzaro, bir-biriga nisbatan
joylashish tabiatini yoki ularning tarqalish (distributsiya) munosabatini
tasvirlovchi fandir. Mazkur usul bilan tilni tahlil qilish deskriptiv metod deyiladi.
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
10
Distrubtiv tahlil muayyan bir birliklari bilan bevosita boģliq holda amalga
oshadim. Ushbu jarayon fonema, morfema, leksema, sòz, sòz birikmasi va gap
kabi lisoniy birliklarning distributsiya- joylashish òrni (pozitsiyasi), tartibi,
oldinma- keyin kelishi, qòllanish imkoniyatlari aniqlanadi.
Transformatsion tahlil metodi.
Struktural tilshunoslik metodlari "oilasiga" (guruhiga) tegishli bòlgan
transformatsion tahlil metodi, ayniqsa, sintaktik konstruksiyalar - nutq birliklari
tadqiqda faol qòllanishi bilan muhim ahamiyatga egadir.
Transformation tahlil metodiga kòra sintaktik konstruksiyalar (qurulmalar)
muayyan qoidalar asosida òzgaradi, ya'ni boshqacha shaklga, kòrinishga ega
bòladi, transformatsiyalashadi. Bunday transformatsiyalar orqali muayyan
sintaktik konstruksiyasining - qurulmaning bir nechta shakllari aniqlanadi,
òzaro farqlanadi, mohiyatiga, tarkibiga chuqurroq kiriladi. Natijalar
transformatsiyaga (òzgarishga) uchragan har bir sintaktik konstruksiyaning
òziga xos semantik jihatlari ham namoyon bòladi. Masalan, òquvchi kitob oldi
gapining nutqiy turlicha kòrinishlari, variantlari - transformatsiyasi quyidagicha:
1. O'quvchi olgan kitob.
2. O'quvchi tomonidan olingan kitob.
3. Kitob olgant òquvchi.
4. O'quvchiningning kitobi.
Demak, transformation tahlil metodi muayyan asos (yadro) gaplardan
(masalan, òquvchi kitob oldi) tuzilgan - transformatsiyalashgan gaplarni, ya'ni
muayyan sintaktik model (masalan, ot+ fe'l) asosida yaratilgan qator gaplarni
òrganish, transformatsiyalanish mexanizimi, transformatsiyalarning hosil bòlish
qoidalarini ochishdir.
Aytish mumkinki, transformatsion tahlil metodining asosiy maqsadi
nutqimizda voqe bòladigan turlicha gaplarning asosida yadro vazifasini
bajaruvchi asos gaplar mavjudligini, ushbu gaplar esa mana shun yadro
gaplardan kelib chiqqanligi, tashkil topganligini, ularning òzaro semantik-
grammatik munosabatlarini aniqlash vazifasini bajarishdir. Demak,
transformatsion tahlikada faqat transformatsiyalashgan (òzgarishga uchragan)
gaplar emas, balki ushbu gaplarga asos bòlgan yadro gaplar aniqlanadi, u óz
asosidan kelib chiqqan "yangi" gap bilan qiyoslanadi, umumiy va xususiy
jihatlari belgilanadi.
Valentlik tahlil metodi.
Valentlik tahlil metodi tilshunoslikda so‘zlar orasidagi semantik-sintaktik
munosabatlarni o‘rganish orqali nutq birliklarining tuzilishini chuqur tahlil
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
11
etishga xizmat qiladi. Bu metod so‘zlarning sintaktik aloqasi asosida valentlik
imkoniyatlarini, ya’ni biror so‘zning boshqa so‘zlar bilan qanday bog‘lanishi
mumkinligini aniqlashga qaratilgan.
Valentlik tahlili, ayniqsa, fe’lning semantik imkoniyatlarini ochib berishda
muhim ahamiyatga ega. Har bir fe’l ma’no jihatdan o‘ziga xos valentlikka ega
bo‘lib, gapda qanday aktantlar (ishtirikchilar) ishtirok etishi mumkinligini
belgilaydi. Masalan, "o‘qtalmoq" fe’li quyidagi aktantlarni talab qiladi: kim?
nimani? kimga? nima sababdan? qayerda? Bu orqali so‘zning semantik ruhi
ochiladi va u bilan bog‘lanishi mumkin bo‘lgan birliklar aniqlanadi.
Valentlik tahlil metodi quyidagi xususiyatlarga ega:
So‘zlarning sintaktik va semantik imkoniyatlarini aniqlaydi;
Nutq birliklari (fe’l, sifat, ot) orasidagi bog‘lanishni tahlil qiladi;
Gap tuzilishini, uning komponentlari o‘rtasidagi semantik aloqalarni
yoritadi;
Nutqning strukturaviy va mazmuniy jihatlarini ochib beradi.
Quyidagi misollar valentlik tahlilining amaliy ko‘rinishidir: O‘qtaldi: U
miltiqni shubhali odamga ehtiyotdan eshik tagida to‘xtadi: Mashina uyning
oldida erta tongda benzin olishi uchun Bu misollar fe’lning valentlik doirasini –
kim, nimani, kimga, qayerda, qachon, nima sababdan kabi aktantlarni aniqlash
imkonini beradi.
Xulosa.
Xulosa qilib aytganda, valentlik tahlil metodi: Nutqdagi birliklarning
bog‘lanish imkoniyatini o‘rganadi; Ularning semantik va sintaktik aloqasini
ochib beradi; So‘zlar o‘rtasidagi bog‘lanishni ilmiy asosda tushuntirishga xizmat
qiladi. Tilshunoslikdagi sinxron metodlar, xususan, distributiv, transformatsion
va valentlik tahlil metodlari til tizimini zamonaviy va obyektiv asosda o‘rganish
imkonini beradi. Har bir metod o‘zining tahliliy yondashuvi bilan til birliklarini
chuqur o‘rganishga xizmat qiladi. Ularning o‘zbek tilshunosligidagi qo‘llanilishi
esa til tizimining mukammal tahliliga olib kelmoqda. Shu bois, sinxron tahlil
metodlari bugungi lingvistik tadqiqotlarning muhim vositalaridan biri
hisoblanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Abduazizov A. Tilshunoslik nazariyasiga kirish. — Toshkent, 2010.- 176 b.
2. Ne'matov H. Ilmiy tadqiq metodikasi, metodologiya va metodlari.
Buxoro, 2006.
3. Rasulov R. Umumiy tilshunoslik. — Toshkent, 2009. — 319 b.
4. Sanaqulov U., Turobov A. Tilshunoslik nazariyasi. — Samarqand: SamDU
nashriyoti, 2019. — 164 b.
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
12
5. Yo‘ldoshev E, Muhammedova S, Xolmanova Z, Majidova R, Sultonova Sh.
Mutaxassislikka kirish (Tilshunoslikka kirish). — Toshkent, 2018.- 328 b.