ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
145
POYEZDLAR HARAKATINI BEQARORLASHTIRUVCHI VA
ZARARLOVCHI OMILLAR
Pulatov Yadgor Pulatovich
Toshkent davlat transport universiteti katta o‘qituvchisi,
Ergashev Shaxzod Farxod oʻg‘li
Toshkent davlat transport universiteti magistratura talabasi,
Botirova Ra’nobonu Otabekovna
Toshkent davlat transport universiteti magistratura talabasi,
https://doi.org/10.5281/zenodo.15421468
Annotatsiya
Ushbu maqolada temiryo‘l transporti tizimida poyezdlar harakatining
barqarorligini izdan chiqaruvchi va xavf tug‘diruvchi omillar chuqur tahlil
qilinadi. Asosiy e’tibor texnik, tashkiliy va inson omillariga qaratilib, har birining
poyezdlar harakatiga ko‘rsatadigan salbiy ta’siri statistik ma’lumotlar asosida
yoritilgan. Shuningdek, tabiiy-iqlimiy sharoitlar, signallar tizimidagi nosozliklar,
lokomotiv va vagonlarning texnik holati hamda noto‘g‘ri rejalashtirilgan harakat
jadvali kabi omillarni oldini olishga qaratilgan jahon tajribasi o‘rganilib, bu
omillarni kamaytirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar berilgan. Mazkur tadqiqot
temiryo‘l infratuzilmasini modernizatsiya qilish va samarali boshqaruv tizimini
shakllantirishga asos yaratadi.
Kalit so‘zlar:
ERA, Positive Train Control, IoT, smart interlocking, ISO.
Temir yo‘l transporti har qanday mamlakat infratuzilmasining asosiy
tarmoqlaridan biri hisoblanadi. U iqtisodiy taraqqiyot, hududiy integratsiya va
ijtimoiy-iqtisodiy aloqalarning rivojlanishida beqiyos rol o‘ynaydi. Poyezdlar
harakatining barqarorligi va xavfsizligi esa temir yo‘l tizimining uzluksiz
ishlashini
ta’minlovchi
asosiy
omillardandir.
Shu
bois,
harakatni
beqarorlashtiruvchi va zararlovchi omillarni chuqur o‘rganish, ularni
tizimlashtirish va oldini olish bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqish
muhim ahamiyat kasb etadi.
Mazkur mavzuning o‘rganilishi orqali poyezdlar harakatining xavfsizligini
ta’minlash, yirik iqtisodiy yo‘qotishlarning oldini olish mumkin bo‘ladi.
Bugungi kunda ko‘plab mamlakatlarda temir yo‘l transporti jadal
rivojlanmoqda. Ammo, ba’zi mintaqalarda texnik eskirish, iqlimiy omillar, inson
xatolari va boshqaruvdagi kamchiliklar tufayli poyezdlar harakati barqaror
emas. Avtoharakatni to‘xtatish holatlari, signalizatsiya tizimidagi nosozliklar
yoki ob-havoning keskin yomonlashuvi halokatlarga olib kelmoqda. Bularning
aksariyati vaqtida aniqlanmagan va baholanmagan xavf omillari bilan bog‘liq.
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
146
So‘nggi yillarda temir yo‘l transportida yuz bergan avariyalar sonining
oshishi
mavzuni
dolzarb
qilmoqda.
Ayniqsa,
raqamlashtirish
va
avtomatlashtirish jarayonlari boshlangan bir paytda, xavfsizlikka salbiy ta’sir
ko‘rsatadigan omillarni aniqlab, tizimli tarzda tahlil qilish va ularni bartaraf
etish usullarini ishlab chiqish muhim. Xalqaro tajriba ham shuni ko‘rsatadiki,
xavfsizlikni ta’minlamasdan samarali transport tizimini qurish imkonsiz.
Yuqoridagi muammolar yechimi sifatida bugungi kunga kelib bir qator
ishlab chiqilishi dolzarb bo‘lgan tizimlar sifatida quyidagilarni keltirishimiz
mumkin:
Monitoring tizimlarini takomillashtirish
: harakat xavfsizligini nazorat
qiluvchi real vaqtli tahlil tizimlarini joriy etish.
Signalizatsiya va boshqaruv tizimlarini modernizatsiya qilish
:
eskirgan texnologiyalarni zamonaviy raqamli tizimlarga almashtirish.
Xodimlar malakasini oshirish
: doimiy o‘quv mashg‘ulotlari orqali inson
omilidan kelib chiqadigan xatolarni kamaytirish.
Ob-havo sharoitiga tayyorgarlik
: ekstremal ob-havo holatlari uchun
maxsus harakat rejalarini ishlab chiqish.
Xalqaro standartlarga mos tizimlar joriy etish
: ISO va boshqa xavfsizlik
tizimlari asosida risklarni boshqarish.
Yuqorida keltirilgan muammolar yuzasidan rivojlangan mamlakatlar texnik
tadqiqot institutlari bir qator ilmiy izlanishlar va ularni bartaraf etish uchun
yechimlar taklif etishgan. Shu ilmiy izlanishlardan quyida 5 tasini ko‘rib
chiqamiz:
1.
Pokistonning sobiq temir yo‘l vaziri bo‘lmish T.G.Rasheedning
“Analysis of Train Accidents and Safety Measures in Railway Transport”
mavzusidagi ilmiy tadqiqotining g‘oyasi Temir yo‘l transportida yuzaga
kelayotgan baxtsiz hodisalarni statistik tahlil qilish orqali eng xavfli omillarni
aniqlashdan iborat edi.
Bu g‘oyadan ko‘zlangan asosiy maqsad temir yo‘llardagi avariyalar
sabablari va oqibatlarini chuqur o‘rganib, xavfsizlikni oshirishga qaratilgan
tizimli choralarni ishlab chiqish. Yuqoridagi maqsadga erishish uchun bir qator
holatlar (Hindiston, AQSh va Rossiya temir yo‘llarida sodir bo‘lgan yirik poyezd
halokatlari, signal tizimlaridagi nosozliklar, texnik xatoliklar va inson omiliga
bog‘liq xatolar misol tariqasida ko‘rilgan) o‘rganilib bu masalalar yechimi
sifatida quyidagilar berildi:
Harakatni boshqarish tizimlarini avtomatlashtirish.
Signal tizimlarini va marshrut nazorati tizimlarini modernizatsiya qilish.
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
147
Favqulodda vaziyatlar bilan bog‘liq bo‘gan amaliy taktik o‘quv
mashg‘ulotlarini kuchaytirish.
2.
Yaponiyalik tadqiqotchi Dr. H. Yamada “Human Factors Affecting
Train Safety”
nomli ilmiy tadqiqotida “Temir yo‘l harakatida inson omili eng
muhim xavf tug‘diruvchi omillardan biridir” g‘oyasini ilgari surib, Mashinistlar
va boshqaruv tizimidagi insonlarning psixofiziologik holatlari, e’tibor, charchoq
va xatoliklariga asoslangan tahlilni o‘rganish maqsadida ushbu (Yaponiyadagi
“JR East” temir yo‘l kompaniyasining inson xatolari sababli yuzaga kelgan qator
hodisalari, Signal noto‘g‘ri tushunilishi, reaktsiya sekinligi, stress holatlari)
holatlar o‘rganildi va muammolar yechimi sifatida quyidagi natijaga erishildi:
Mashinistlar uchun maxsus simulyatorda muntazam mashg‘ulotlar.
Biometrik monitoring (masalan, puls, charchoq darajasi) qurilmalarini
joriy etish.
Ish vaqti me’yorlarini qat’iy nazorat qilish va dam olish tizimini qayta
ko‘rib chiqish.
3.
European Railway Agency (ERA) ning “Risk Assessment of Natural
Disasters on Railway Infrastructure”
nomli tadqiqotining asosiy g‘oyasi tabiiy
ofatlar temir yo‘l harakatini izdan chiqaruvchi eng noaniq va oldindan aytib
bo‘lmaydigan xavfli omillardan hisoblanib bu g‘oyaning maqsadi Tabiiy
ofatlarning temir yo‘l infratuzilmasiga ta’sirini baholash, xavfli hududlarni
aniqlash va oldini olish choralarini ishlab chiqishdan iborat edi. Maqsadga
erishish uchun bir qator o‘rganishlar (Yaponiyada 2011-yilgi sunami va zilzila
tufayli poyezdlar to‘xtatilgan holatlar, Italiyaning Alp mintaqasidagi ko‘chki
xavflari tufayli temir yo‘l harakati to‘xtagan) olib borilib, ushbu yechimlar
taqdim etilgan.
Geoxavfli hududlarni xaritalash va real vaqt monitoring tizimlarini
joriy qilish.
Tabiiy ofatlar haqida erta ogohlantirish tizimlari bilan signal
tizimlarini integratsiyalash.
Infratuzilma mustahkamligini kuchaytiruvchi konstruktiv yechimlar
(masalan, ko‘priklar, tunellarni mustahkamlash).
4.
Deutsche Bahn Engineering (Germaniya) ning “Digitalization of
Railway Operations to Enhance Safety”
nomli tadqiqotining asosiy g‘oyasi
Raqamlashtirish – xavfsizlikni oshirishning eng zamonaviy va samarali yo‘li
bo‘lib, bu g‘oyaning maqsadi Sun’iy intellekt, “IoT” qurilmalar va “big data”
yordamida temir yo‘l tizimini raqamlashtirish orqali harakatni yanada barqaror
va xavfsiz qilishdan iborat edi. Maqsadga erishish uchun bir qator o‘rganishlar
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
148
(Germaniyada zamonaviy signalizatsiya tizimlari yordamida sodir bo‘lishi
mumkin bo‘lgan to‘qnashuvlarning oldi olingan, Real vaqtli monitoring orqali
harakat grafigidagi nosozliklar erta aniqlangan) olib borilib, ushbu yechimlar
taqdim etilgan.
Aqlli signalizatsiya (smart interlocking) tizimlarini joriy qilish.
Vagon va lokomotivlarga o‘rnatilgan sensorlar orqali uzluksiz texnik
nazorat.
Avtomatik diagnostika va masofadan boshqaruv tizimlarini
kengaytirish.
5.
Rossiya temir yo‘llari ilmiy-texnik markazi a’zosi I. Kh. Belyayev
“Modern Approaches in Railway Safety Management Systems”
nomli
tadqiqotining asosiy g‘oyasi Temir yo‘l harakati xavfsizligini boshqarish
tizimlarini zamon talablariga mos ravishda takomillashtirish lozimligidan kelib
chiqib Temir yo‘l tizimida xalqaro xavfsizlik standartlarini (ISO, EN) joriy etish
orqali kompleks boshqaruv tizimini yaratish maqsadi edi. Maqsadga erishish
uchun bir qator o‘rganishlar (Rossiya temir yo‘llarida xavfsizlik sertifikatlash
tizimi orqali baxtsiz hodisalarni, Harakat xavfsizligi auditi natijalari asosida
qabul qilingan qarorlar) olib borilib, ushbu yechimlar taqdim etilgan.
ISO 31000 xavflarni boshqarish standartini to‘liq joriy etish.
Har yili xavfsizlik auditi va risk baholashni majburiy qilish.
Xodimlar uchun xavfsizlik bo‘yicha malaka oshirish dasturlarini
yaratish.
Ilmiy tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, temir yo‘l transportida poyezdlar
harakati xavfsizligini izdan chiqaruvchi omillar ko‘p qirrali va bir-biri bilan uzviy
bog‘liq. Bu omillarning asosiy qismini quyidagilar tashkil etadi.
Inson omili
ko‘plab avariyalarning asosiy sababi bo‘lib, tajriba
yetishmovchiligi, e’tiborsizlik, psixologik zo‘riqishlar, noto‘g‘ri qarorlar va
mehnat intizomi buzilishlari xavfni kuchaytiradi.
Texnik omillar
– ayniqsa, eskirgan transport vositalari, nosoz relslar,
signal tizimlarining uzilishi yoki noto‘g‘ri ishlashi xavf darajasini oshiradi.
Tabiiy omillar
– zilzila, kuchli yomg‘ir, qor yog‘ishi va bo‘ronlar temir
yo‘l infratuzilmasiga bevosita tahdid solmoqda.
Tashkiliy muammolar
– harakat grafigining noto‘g‘ri tuzilishi,
favqulodda vaziyatlarga tayyor emaslik, noto‘g‘ri boshqaruv harakat
beqarorligiga olib kelmoqda.
Rivojlangan mamlakatlar temir yo‘llarida yuqoridagi omillarni keltirib
chiqarishi mumkin bo‘lgan muammolarni oldini olishga qaratilgan bir qancha
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
149
chora-tadbirlar, innovatsion va texnologik ishlanmalar ishlab chiqilgan bo‘lib, bu
muammolar oldini olish borasida bir qator yutuqli natijalarga erishilgan.
T.G. Rasheed
tomonidan taklif etilgan avariya tahlili metodikasi, xavfli
zonalarni oldindan aniqlashga yordam beradi.
Positive Train Control (PTC)
(AQSh) – poyezdlar harakatini
markazlashtirilgan tartibda boshqarish va avtomatik to‘xtatish imkonini beradi.
Yaponiya
tajribasida zilzila xavfi bo‘lsa, avtomatik signalizatsiya
vositalari poyezdni darhol to‘xtatadi.
Germaniyada
sun’iy intellekt orqali poyezd harakatini boshqarish,
rels monitoringi va xavfli vaziyatlarga real vaqtli tahlil asosida javob berish
yo‘lga qo‘yilgan.
Fransiya
temir yo‘llarida yuqori tezlikda harakatlanuvchi poyezdlar
uchun maxsus xavfsizlik algoritmlari joriy qilingan.
Yuqoridagi ishlanmalarda quyidagi tizimlar asosiy yechim sifatida
quyidagilar ilgari surilgan:
Xavflarni baholash tizimlarini
(masalan, SWOT tahlil, FMEA) joriy
etish va muntazam yangilab borish.
IoT (Internet of Things)
texnologiyasi asosida real vaqtli kuzatuv va
texnik holatni masofadan nazorat qilish.
Xodimlarni tayyorlash va psixologik monitoring
mexanizmlarini
kuchaytirish, ayniqsa mashinist va dispetcherlar uchun.
Avariya holatlari bo‘yicha ma’lumotlar bazasini
yaratish va tahlil
asosida profilaktika ishlarini rejalashtirish.
Raqamli xavfsizlik platformalari
orqali harakat grafigini dinamik
ravishda boshqarish.
Ushbu yechimlar asosida quyidagi aniq tavsiyalar ishlab chiqilgan:
1.
Texnologik modernizatsiya:
Signalizatsiya tizimlarini avtomatlashtirish.
Tezkor texnik diagnostika qurilmalarini o‘rnatish.
“Smart rail” texnologiyasini tatbiq etish.
2.
Kadrlar salohiyatini oshirish:
Mashinistlar va dispetcherlar uchun simulyatorlarda doimiy o‘quv
mashg‘ulotlari.
Xodimlar orasida psixologik testlar va holat monitoringini yo‘lga
qo‘yish.
3.
Boshqaruv tizimining takomillashuvi:
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
150
Harakat grafigi va marshrutlarni raqamli platforma orqali
boshqarish.
Favqulodda holatga javob beruvchi avtomatik tizimlar (misol: PTC,
ATS).
4.
Monitoring va axborot tizimlari:
Har bir texnik nosozlik holatini avtomatik ro‘yxatga olish va tahlil
qilish.
Geo-axborot tizimlari orqali xavfli hududlarni xaritada belgilash va
ogohlantirish xizmatlarini rivojlantirish.
Poyezdlar harakatiga tahdid soluvchi omillar bir necha tasniflarga bo‘linadi.
a) Tabiiy va iqlimiy omillar:
Iqlim o‘zgarishi va ekstremal ob-havo hodisalari temir yo‘l
infratuzilmasiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Qattiq qor yog‘ishi, yomg‘ir, bo‘ron va tuman poyezdlarning
kechikishiga va avariyalar yuzaga kelishiga olib keladi.
Zilzila, yer ko‘chishi, suv toshqinlari kabi ofatlar temir yo‘l
liniyalarining butunlay ishdan chiqishiga sabab bo‘ladi.
Tabiiy va iqlimiy omillar ta’sirida kelib chiqqan harakat buzilishlariga misol
sifatida 2021-yil Rossiyada kuchli qor yog‘ishi sababli temir yo‘l qatnovi bir
necha kunga to‘xtatilgan.2011-yilda Yaponiyada bo‘lgan zilzila va sunami
natijasida temir yo‘l liniyalari jiddiy zarar ko‘rgan va xavfsizlik tizimlari ishga
tushirilishi kabilarni keltirishimiz mumkin.
b) Texnik nosozliklar:
Temir yo‘l transportida ishlatiladigan lokomotiv va vagonlarning
texnik xizmat ko‘rsatish muddatlariga amal qilinmasligi.
Signalizatsiya tizimi, yo‘l o‘zgarish moslamalari va boshqaruv
tizimlaridagi nosozliklar harakat xavfsizligini pasaytiradi.
Energiya ta’minoti uzilishi yoki aloqa vositalaridagi nosozlik ham
harakatni to‘xtatadi.
Texnik nosozliklar ta’sirida kelib chiqqan harakat buzilishlariga misol
sifatida AQShda 2015-yilda signal tizimidagi xatolik sababli poyezd relsdan
chiqib ketgan va ko‘plab yo‘lovchilar jarohat olgani kabilarni keltirishimiz
mumkin.
c) Inson omili:
Mashinist va dispetcherlarning e’tiborsizligi, charchoq yoki yetarli
malakaga ega emasligi.
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
151
Ishchi-xodimlar o‘rtasida ichki intizomning sustligi va mehnat
muhofazasi qoidalarining buzilishi.
Yangi texnologiyalar bilan ishlashda malaka yetishmovchiligi
xavfsizlikni xavf ostiga qo‘yadi.
Inson omili ta’sirida kelib chiqqan harakat buzilishlariga misol sifatida
Hindistonda 2022-yil mashinistning signalni noto‘g‘ri tushunishi sababli
poyezdlar to‘qnashuvi yuz berganini ko‘rishimiz mumkin.
d) Tashkiliy va boshqaruvdagi kamchiliklar:
Harakat grafigining noto‘g‘ri rejalashtirilishi, yuk va yo‘lovchi
oqimining noto‘g‘ri prognozlanishi.
Favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik darajasining pastligi.
Axborot texnologiyalari yetarlicha joriy etilmagani boshqaruv tizimini
zaiflashtiradi.
Tashkiliy kamchiliklar ta’sirida kelib chiqqan harakat buzilishlariga MDH
davlatlarida transport boshqaruv tizimi va favqulodda vaziyatlarga javob berish
tizimi eskirgan, bu eskirish natijasidagi buzilishlar buzilishlarning asosiy
ulushini tashkil etadi.
Poyezdlar harakatini beqarorlashtiruvchi va zararlovchi omillarni
tizimlashtirish jarayonini o‘rganish zararlanish darajasi va oqibatlari tahlil qilish
bilan uzviy bog‘liq. Bu tahlillarni quyida atroflicha o‘rganilib oldini olishga
qaratilgan chora-tadbirlar haqida to‘xtalib o‘tamiz.
Temir yo‘l harakatining beqarorligi iqtisodiy zarar, yuklarning o‘z vaqtida
yetkazib berilmasligi, yo‘lovchilarning ularga ko‘rsatilayotgan xizmatdan norozi
bo‘lishi, ekologik va ijtimoiy muammolar bilan bog‘liq.
Harakatning to‘xtashi eksport-import jarayonlariga salbiy ta’sir
ko‘rsatadi.
Baxtsiz hodisalar insonlar hayotiga xavf soladi va davlat byudjetiga
katta zarar keltiradi.
Tizimlashtirish va xavflarni baholash usullari ham bir qancha o‘ziga hos
usullardan iborat.
SWOT tahlili orqali temir yo‘l tizimidagi kuchli, zaif, imkoniyat va xavfli
tomonlar aniqlanadi.
ISO 31000 xavflarni boshqarish standarti asosida tizimli yondashuv
ishlab chiqiladi.
Statistik tahlil orqali avariya holatlari va omillar o‘rtasidagi bog‘liqliklar
aniqlanadi.
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
152
Raqamli monitoring va tahlil tizimlari xavflarni real vaqt rejimida
kuzatib borishga yordam beradi.
Yuqoridagi
chora
tadbirlar
asosida
Poyezdlar
harakatini
beqarorlashtiruvchi va zararlovchi omillarni oldini olishga qaratilgan choralar
va takliflar quyidagicha:
I.
Ob-havo monitoringi va xavfli hududlar xaritalarini tuzish.
II.
Texnik xizmat ko‘rsatish rejalarini avtomatlashtirish va IoT qurilmalar
orqali nazorat qilish.
III.
Xodimlarni malakasini oshirish va muntazam o‘quv mashg‘ulotlarini
o‘tkazish.
IV.
Tashkiliy
boshqaruv
tizimlarini
raqamlashtirish,
favqulodda
vaziyatlarga javob berish rejalarini ishlab chiqish.
Jahon tajribasi va ilg‘or yondashuvlar
Yaponiyada harakat xavfsizligini ta’minlash uchun zilzila signalizatsiya
tizimi va avtomatik to‘xtatish tizimi mavjud.
Germaniyada poyezd harakatini boshqarish uchun raqamli
texnologiyalar va sun’iy intellektdan foydalanilmoqda.
Fransiyada yuqori tezlikda harakatlanuvchi poyezdlar xavfsizlikning
eng yuqori talablariga javob beradi.
AQShda "Positive Train Control (PTC)" tizimi poyezdlarning
to‘qnashuvining oldini oladi.
Poyezdlar harakatini barqarorlashtirish uchun ko‘p omilli yondashuv zarur.
Texnik vositalarni modernizatsiya qilish, inson omilini minimallashtirish va
boshqaruv tizimini takomillashtirish orqali xavfsizlikni ta’minlash mumkin.
O‘zbekiston temir yo‘llarida ham raqamli texnologiyalarni joriy etish, xalqaro
standartlar asosida tizimni takomillashtirish va xodimlar malakasini oshirish
zarur. Shu bilan birga, monitoring tizimlarini kuchaytirish va harakat grafigining
aniqligini oshirish asosiy yo‘nalishlardan biri bo‘lishi kerak.
Xulosa qilib aytganda, Temir yo‘l transporti harakati uzluksiz va xavfsiz
amalga oshirilishi mamlakat iqtisodiyoti va ijtimoiy barqarorligi uchun beqiyos
ahamiyatga ega. Poyezdlar harakatiga ta’sir etuvchi beqarorlashtiruvchi va
zararlovchi omillar turlicha bo‘lib, ular orasida tabiiy, texnik, inson omili va
tashkiliy kamchiliklar muhim o‘rin egallaydi. Ularning har biri temir yo‘l
infratuzilmasining holati, boshqaruv tizimi va texnik salohiyatiga bevosita ta’sir
ko‘rsatadi.
Tahlil qilingan ilmiy manbalar va xorijiy tajribalar shuni ko‘rsatadiki, temir
yo‘l transporti xavfsizligini ta’minlashda ilg‘or texnologiyalar, real vaqt
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
153
rejimidagi monitoring tizimlari, avtomatlashtirilgan signalizatsiya vositalari va
inson omilini kamaytiruvchi boshqaruv yondashuvlari samarali natijalar
bermoqda. Masalan, Yaponiyaning zilzila xavfiga qarshi signal tizimlari,
AQShdagi PTC tizimi va Germaniyadagi sun’iy intellekt asosida boshqariluvchi
harakat nazorati bunga yaqqol misoldir.
Mazkur ishda poyezdlar harakatini beqarorlashtiruvchi omillar turlari
tizimli ravishda o‘rganildi, ularning real hayotdagi misollari keltirildi hamda
mavjud muammolarning oqibatlari chuqur tahlil qilindi. Shu bilan birga, SWOT
va ISO 31000 standartlari asosidagi baholash usullari orqali harakatdagi
xavflarni kamaytirish imkoniyatlari ko‘rsatildi. Bu omillarni tizimlashtirish
orqali temir yo‘l harakatining ishonchliligini oshirish, transportdagi falokatlarni
oldindan bartaraf etish mumkin.
Kelgusida xavfsizlikni ta’minlash uchun avtomatlashtirilgan monitoring
tizimlarini joriy qilish, texnik xizmat ko‘rsatishni raqamlashtirish, xodimlar
malakasini oshirish hamda favqulodda vaziyatlarga tezkor javob berish bo‘yicha
algoritmlar ishlab chiqish lozim. Bundan tashqari, temir yo‘l infratuzilmasini
zamonaviylashtirish, ekologik xavfsizlikni hisobga olgan holda investitsiyalar
yo‘naltirish va harakat grafigini sun’iy intellekt orqali optimallashtirish bugungi
kun talabi bo‘lib qolmoqda.
Foydalanilgan adabiyotlar va internet manbalari ro‘yxati:
1.
Расшид Т. Г. Анализ железнодорожных происшествий и меры
безопасности на транспорте // International Journal of Transport &
Infrastructure. – 2021.
2.
European Union Agency for Railways. Railway Safety Performance in the
EU [Elektron resurs]. – Rejim kirish: https://www.era.europa.eu – (murojaat
qilingan sana: 18.04.2025).
3.
Japan International Cooperation Agency (JICA). Reports on Railway
Earthquake
Safety
Systems
[Elektron
resurs].
–
Rejim
kirish:
https://www.jica.go.jp – (murojaat qilingan sana: 18.04.2025).
4.
Federal Railroad Administration (FRA). Positive Train Control (PTC)
System Overview [Elektron resurs]. – Rejim kirish: https://railroads.dot.gov –
(murojaat qilingan sana: 18.04.2025).
5.
Ўзбекистон Республикаси “Темир йўл транспорти тўғрисида”ги
Қонуни // Қонунчилик маълумотлари миллий базаси – Rejim kirish:
https://lex.uz – (murojaat qilingan sana: 18.04.2025).
6.
Ўзбекистон
Республикаси
Рақобатни
ривожлантириш
ва
истеъмолчилар ҳуқуқларини ҳимоя қилиш қўмитаси. Статистик
маълумотлар [Elektron resurs]. – Rejim kirish: https://antimon.gov.uz.
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
154
7.
Темирйўлчилар
ҳаёти.
Ўзбекистон
темир
йўлларида
рақамлаштиришга оид лойиҳалар. – Тошкент: 2022.
8.
Google Scholar, Scopus, ResearchGate – Илмий мақолалар базаси
[Elektron
resurs].
–
Rejim
kirish:
https://scholar.google.com,
https://www.scopus.com, https://www.researchgate.net.