Организация учащихся начальных классов с бесплатными завтраками

CC BY f
6-9
6
1
Поделиться
Санаев, Э., Садиков, А., Файзуллаева, Н., Шомаксудова, К., & Узокова, Ш. (2023). Организация учащихся начальных классов с бесплатными завтраками. Среднеазиатская пищевая техника и технология, 1(1), 6–9. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/cafet/article/view/20273
Эрмат Санаев, Ташкентский химико-технологический институт

Доцент

Абдурашид Садиков, Ташкентский химико-технологический институт

старший преподаватель

Надира Файзуллаева, Ташкентский химико-технологический институт

ассистент

Комола Шомаксудова, Ташкентский химико-технологический институт

ассистент

Ширин Узокова, Шахрисабзский филиал Ташкентского химико-технологического института

ассистент

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Cреди различных типов населения особо важную прослойку составляют учащиеся начальных классов. Потому что в общеобразовательных школах детей кормят 3-4 раза. Когда ребенок подрастает и поступает в начальную школу, его не кормят в школах, потому что сегодня нет возможности обеспечить его правильным питанием. В результате возникает дефицит витаминов, микро- и макроэлементов, необходимых для развития детского организма, а источники энергии, используемые во время школьного обучения, не могут быть адекватно покрыты. Такие ситуации негативно сказываются на здоровье наших детей, за которыми будущее нашей страны. Многие заболевания возникают у детей вследствие анемии, авитоминоза, дефицита кальция, фосфора, йода.


background image

JOURNAL OF FOOD SCIENCE

VOLUME 2 APRIL 2023 ISSN: 2181-385X

6

`

BOSHLANG‘ICH SINF О‘QUVCHILARINI BEPUL NONUSHTA BILAN

TA’MINLASHNI TASHKIL ETISH

Sanayev Ermat Shermatovich

Toshkent kimyo-texnologiya instituti, dotsent

Sadikov Abdurashid Razikovich

Toshkent kimyo-texnologiya instituti, katta о‘qituvchi

Fayzullayeva Nodira Zaynutdinovna

Toshkent kimyo-texnologiya instituti, assistenti

Shomaksudova Komola Djо‘rayevna

Toshkent kimyo-texnologiya instituti, assistenti

Uzoqova Shirin Ibrohimovna

Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali, assistent

Annotatsiya

.

A

holining turli qatlamlari ichidan umumta’lim maktablarining boshlang‘ich sinf

о‘quvchilari alohida ahamiyatga ega qatlam hisoblanadi. Chunki bolalar maktabgacha ta’lim
tashkilotlarida 3-4 mahaldan ovqatlantirilib boriladi. Bola ulg‘ayib maktabning boshlang‘ich sinfiga
qabul qilinganda bugungi kunda ularni tartibli ovqatlantirish yо‘lga qо‘yilmayotganligi sababli ular
maktablarda ovqatlantirilmayapti. Natijada bola organizmining rivojlanishi uchun zarur bо‘lgan
vitaminlar mikro va makro elementlar yetishmasligi, maktabda о‘qish davomida sarflanadigan
energiya manbalari yetarlicha qoplay olinmayapti. Bunday holatlar esa davlatimizning kelajagi bо‘lgan
bolalarimizni sog‘liqlariga salbiy ta’sir kо‘rsatmoqda. Bolalar о‘rtasida kamqonlik, avitaminoz, kalsiy,
fosfor, yod yetishmovchiligi tufayli kо‘p kasalliklar kelib chiqmoqda.

Kalit sо‘zlar:

umumta’lim maktablar, boshlang‘ich sinf, vitaminlar,minerallar avitaminoz,

kamqonlik, sog‘lom ovqatlanish

.

ОРГАНИЗАЦИЯ УЧАЩИХСЯ НАЧАЛЬНЫХ КЛАССОВ С БЕСПЛАТНЫМИ

ЗАВТРАКАМИ

Аннотация.

C

реди различных типов населения особо важную прослойку составляют

учащиеся начальных классов. Потому что в общеобразовательных школах детей кормят 3-4
раза. Когда ребенок подрастает и поступает в начальную школу, его не кормят в школах, потому
что сегодня нет возможности обеспечить его правильным питанием. В результате возникает
дефицит витаминов, микро- и макроэлементов, необходимых для развития детского организма,
а источники энергии, используемые во время школьного обучения, не могут быть адекватно
покрыты. Такие ситуации негативно сказываются на здоровье наших детей, за которыми
будущее нашей страны. Многие заболевания возникают у детей вследствие анемии,
авитоминоза, дефицита кальция, фосфора, йода.

Ключевые слова:

средние общеобразовательные школы, начальная школа, витамины,

минеральные вещества, авитоминоз, анемия, здоровое питание.

ORGANIZATION OF PRIMARY SCHOOL STUDENTS WITH FREE

BREAKFASTS

Abstract.

A

mong the different types of the population, primary school students are a particularly

important stratum. Because in secondary educational schools children are fed 3-4 times. When a child
grows up and enters primary school, he is not fed in schools, because today there is no way to provide
him with proper nutrition. As a result, there is a lack of vitamins, micro- and macronutrients necessary
for the development of the child's div, and the energy sources used during schooling cannot be


background image

JOURNAL OF FOOD SCIENCE

VOLUME 2 APRIL 2023 ISSN: 2181-385X

7

`


adequately covered. Such situations have a negative impact on the health of our children, who are the

future of our country. Many diseases occur in children due to anemia, avitominosis, deficiency of
calcium, phosphorus, iodine.

Keywords:

secondary educational schools, primary schools, vitamins, minerals, avitominosis,

anemia, healty eating.

KIRISH.

О‘zbekistonda mazkur masala tahlil qilib chiqilib keying paytlarda sog‘lom ovqatlapntirishni

tashkil etish yuzasidan bir qator farmon va qarorlar qabul qilingan. О‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining “Aholining sog‘lom ovqatlanishini ta’minlash bо‘yicha qо‘shimcha chora-tadbirlar
tо‘g‘risida”gi 2020 yil 10 noyabrdagi PQ-4887-son va “Sog‘liqni saqlash sohasini kompleks
rivojlantirishga doir qо‘shimcha chora-tadbirlar tо‘g‘risida”gi 2021 yil 25 maydagi PQ-5124-son
qarorlari, О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2026 yillarga mо‘ljallangan Yangi
О‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi tо‘g‘risida” 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-son Farmoni bunga
misol bо‘ladi. “2022–2026 yillarga mо‘ljallangan Yangi О‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasini
2023 yilda amalga oshirishga oid Davlat dasturi”ning 45-maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va
Xorazm viloyatida boshlang‘ich sinf о‘quvchilarini bosqichma-bosqich bepul ovqat bilan ta’minlash
hamda respublikaning barcha umumta’lim maktablarida sog‘lom ovqatlanish tizimini amalga oshirish
vazifalari о‘z aksini topgan.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Boshlang‘ich sinf о‘quvchilarini bepul ovqatlantirish tizimi ta’lim jarayoniga ham bevosita ta’sir

qiladi. Chunki bola maktabda och bо‘lsa, berilayotgan ta’limni tо‘la о‘zlashtirib olishga kuchi
yetmaydi.

Davlatimiz rahbari 2022 yilgi Murojaatnomasida bu tizimni butun respublika bо‘ylab yо‘lga

qо‘yish tashabbusini ilgari surgan edi. О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022–2026 yillarga
mо‘ljallangan Yangi О‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da
amalga oshirishga oid Davlat dasturi tо‘g‘risida”gi farmoni loyihasida ham 2023/2024 о‘quv
yilidan boshlab respublikaning barcha viloyatlari va Toshkent shahrida boshlang‘ich sinf
о‘quvchilarini bepul ovqat bilan ta’minlash yо‘lga qо‘yilishi belgilangan.

Umumxalq muhokamasi uchun e’lon qilingan 2023 yilgi Davlat dasturi loyihasiga kо‘ra,

2023/2024 о‘quv yilidan boshlab respublikaning barcha viloyatlari va Toshkent shahrida boshlang‘ich
sinf о‘quvchilarini bepul ovqat bilan ta’minlash yо‘lga qо‘yilishi kо‘zda tutilgan.

Natijada, joriy yilda bepul ovqat berish tizimi bilan 2,5 mln nafar о‘quvchini qamrab olish

va ushbu maqsadlarga 2,7 trln sо‘mga yaqin mablag‘ ajratish ta’minlanishi rejalashtirilgan.

Hududlardagi umumta’lim maktablari oshxonalarining aksariyati talabga javob bermaydi.

Oshxonalari mavjud bо‘lmagan maktablar ham talaygina. Oshxonasi mavjudlari ham texnologik
jihozlari (elektr plita, pishirish qozonlari, qovurish pechlari) yaroqsiz holda 50-60 yil davomida
yangilanmagan. Oshxonalar zallari ta’mirtalab holda о‘tirish о‘rinlari ham mavjud emas. Mana
shunday holatda bepul ovqatlantirish tizimini butun

respublika

bо‘yicha

tatbiq

etishda

qiyinchiliklar yuzaga keladi.


MAVZUNING DOLZARBLIGI VA VAZIFALARI

“Gо‘sht, sut va konserva mahsulotlari texnologiyasi” kafedrasi mutaxasislari tomonidan

Bolalar funksional ovqatlanishini tizimli tashkil etishning milliy strategiyasini ishlab chiqish bilan
О‘zbekistonda umumta’lim maktablarining 1-4 sinf boshlang‘ich

sinf о‘quvchilarini bepul

nonushta bilan ta’minlashni Funksional ovqatlantirish kombinatlari orqali tashkil etish taklif
qilinmoqda. Turmush tarzining о‘zgarishi, energiya sarfining kamayishi bilan bog‘liq ovqatlanish
strukturasi tarkibidagi jiddiy о‘zgarishlar aholi guruhlarining hech biri iste’mol qilinadigan oziq -
ovqatdan sog‘liq uchun zarur bо‘lgan vitaminlar, mikro va makroyelementlar miqdorini yetarli


background image

JOURNAL OF FOOD SCIENCE

VOLUME 2 APRIL 2023 ISSN: 2181-385X

8

`


darajada olmasligiga olib kelmoqda. Inson sog‘lig‘i uchun zarur bо‘lgan qо‘shimcha moddalar

manbalarini topish zaruriyati mavjud. Mazkur muammoni boyitilgan, funksional ovqatlar hal qilishi
mumkin.

MUHOKAMA

Funksional ovqatlanish-bu muntazam ravishda kundalik foydalanish uchun mо‘ljallangan va

tanadagi inson organizmiga zarur bо‘lgan moddalar yetishmovchiligini, birinchi navbatda tartibga
soluvchi oziq-ovqat xususiyatlarga ega tabiiy yoki sun’iy maxsus mahsulotlardan tayyorlangan
mahsulotlar va taomlarni iste’mol qilishdir.

Bugungi kunda biz ushbu mahsulotlar haqida tez-tez eshitamiz, garchi hozirgi vaqtda funksional
ovqatlanish mahsulotlari bir qator ma’lumotlarga kо‘ra barcha ma’lum oziq-ovqat mahsulotlarining
3% dan kо‘pini tashkil qilmasa ham , ovqatlanish va tibbiyot sohasidagi dunyoning yetakchi
mutaxassislarining

prognozlariga kо‘ra, yaqin 15-20 yil ichida ularning ulushi butun oziq-ovqat bozorining 30 foiziga

yetishi kо‘zda tutilmoqda.

Toshkent shahri va viloyat markazlarida Bolalar funksional ovqatlantirish kombinatlari tashkil
etilib, barcha maktablarga “keytring usulida” funksional ovqatlar yetkazib berilishi bolalar
organizmlarini rivojlanishi uchun zarur bо‘lgan vitaminlar mikro va makro elementlar bilan tо‘liq
ta’minlash imkoniyatini beradi.

Institut mutaxassislari tomonidan bolalar uchun tayyorlanadigan funksional ovqatlarni tayyorlash

texnologiyasini ishlab chiqish jarayonlari amalga oshirilmoqda. Shuningdek, Funksional ovqatlantirish
kombinatlari uchun zarur jihozlar rо‘yhati shakllantirilmoqda.

Bolalar uchun tayyorlanishi rejalashtirilayotgan funksional ovqatlarni qо‘yidagi texnologiyalar

asosida tayyorlash kо‘zda tutilmoqda:

funksional non-qandolat va yuqori sifatli oqsillarga boy quritilgan maxsulotlar(glyutensiz non,
butunligicha yanchilgan donlar asosidagi non-bо‘lka maxsulotlari, quritilgan mevalar va noyob
elementlarga boy xomashyolar komleksidan tayyorlangan funksional qandolat maxsulotlari......) ;

parranda, baliq va xayvon gо‘shtiga maxsus ishlov berib funksional gо‘sht maxsulotlari(maxsus

marennadlar bilan ishlov berilgan va pishirilgan gо‘shtli taomlar.....);

bug‘da pishirilgan donlar(boshoqli va dukkakli donlarning dumbullari va undirilgan mevalari

asosidagi funksional gazaklar...) ;

vitamin va menerallar bilan boyitilgan sut va sharbat maxsulotlari(xayvon suti va о‘simlik
xomashyolariga maxsus ishlovlar berish usullari bilan olinadigan ichimliklar...)

funksional djem va murabbolar(maxalliy meva sabzavotlar va dorivor о‘simliklar asosidagi
murabbo, djem, va siroplar....)

Yuqorida kо‘rsatilgan mahsulotlar tarkibi bolalar organizmi uchun zarur bо‘lgan vitaminlar,

mikro va makro elementlar bilan kafolatlangan holda ta’minlanishi bilan bir qatorda bu mahsulotlarni
saqlanish muddatlari va logistikasini tashkil etishda qulayliklar mavjud bо‘ladi.

XULOSA

Xulosa о‘rnida shuni aytish mumkinki, mazkur loyihani amalga oshirilishi bilan 1-4 sinf

boshlang‘ich sinf о‘quvchilarini bepul nonushta bilan ta’minlash jarayonini sifatli amalga oshirilishi
imkoni mavjud bо‘ladi. Bundan tashqari, mazkur jarayonda bolalar iste’mol qilayotgan mahsulotlarni
tо‘liq xavfsizligi ta’minlanadi. Tizimli nazorat о‘rnatiladi. Respublikaning barcha hududlarida bir xil
kafolatlangan funksional ovqatlar bilan ta’minlash imkoniyati mavjud bо‘ladi.Jarayonni tо‘liq
raqamlashtirilishi bilan ya’ni dasturlar asosida axborot komunikatsiya vositalari asosida amalga
oshirilishi bilan korrupsion holatlarni oldin olish imkoniyati bо‘ladi (turli hisobotlarni tayyorlash
jarayonidagi faktorlar maktab direktori, tuman xalq ta’limi bо‘limi, viloyat xalq ta’limi boshqarmasi
kabi idoralardagi byurokratik tо‘siqlarni olib tashlanadi). Funksional ovqatlanish kombinatidan
tо‘g‘ridan tо‘g‘ri maktabgacha yetkazib beriladigan logistik mexanizm joriy etiladi.Eng muhimi
funksional ovqatlanish orqali bolalar о‘rtasida kо‘payib borayotgan kasalliklarni oldini olish
mexanizmi ishga tushadi.


background image

JOURNAL OF FOOD SCIENCE

VOLUME 2 APRIL 2023 ISSN: 2181-385X

9

`

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RО‘YXATI / REFERENCES


1.А.Садиков.,Т.Умаралиев..З.Тоғаев.,Р.Қосимов.,Ф.Хасанова., .Лундина..А.Мирзаахмедов.
Мактабгача таълим муассасаларида соғлом овқатланишни ташкил этиш. Ўзбекистон
ошпазлар Уюшмаси. 1-2 б.
2. А где у вас здесь буфет? - в погоне за образованием забыли накормить школьников
[Электронный ресурс]. - 02.11.2018. - Режим доступа:https://az.
sputniknews.ru/health/20181102/417708525/shkolnye-bufety-pitanie.html. 3. Акынбеков, К. У.
Медицинская статистика. Учебное пособие для врачей Министерства здравоохранения КР
[Текст] / К. У. Акынбеков. - Б., 2006. - 90 с.
4. Амонова, Д. Р. Необходимость организации правильного и сбалансированного питания
школьного возраста в Республике Таджикистан. [Текст] / Д. Р. Амонова // Вестник КРСУ. -
2015. - Том 15, №11. - С. 26-28.
5. Анализ фактического питания детей и подростков России в возрасте от 3 до 19 лет [Текст]
/ А. Н. Мартинчик, А. К. Батурин, Э. Э. Кешабянц и др. // Вопросы питания. - Т. 86, № 4. -
2017. - С. 50-60.
6. Анкета о здоровье полости рта для взрослых. Стоматологическое обследование.
Основные методы [Электронный ресурс] / ВОЗ; ГБОУ ВПО МГМСУ им. А.И. Евдокимова.
-

ВОЗ,

2016.

-

С.121-124.

Режим

доступа:

http://apps.who.int/iris/bitstream/handle/10665/97035/97892415486

49rus.pdf?sequence=5&isAllowed=y.























Библиографические ссылки

А.Садиков.,Т.Умаралиев..З.Тоғаев.,Р.Қосимов.,Ф.Хасанова., .Лундина..А.Мирзаахмедов.Мактабгача таълим муассасаларида соғлом овқатланишни ташкил этиш. Ўзбекистон ошпазлар Уюшмаси. 1-2 б.

А где у вас здесь буфет? - в погоне за образованием забыли накормить школьников [Электронный ресурс]. - 02.11.2018. - Режим доступа:https://az. sputniknews.ru/health/20181102/417708525/shkolnye-bufety pitanie.html.

Акынбеков, К. У.Медицинская статистика. Учебное пособие для врачей Министерства здравоохранения КР [Текст] / К. У. Акынбеков. - Б., 2006. - 90 с.

Амонова, Д. Р. Необходимость организации правильного и сбалансированного питания школьного возраста в Республике Таджикистан. [Текст] / Д. Р. Амонова // Вестник КРСУ. - 2015. - Том 15, №11. - С. 26-28.

Анализ фактического питания детей и подростков России в возрасте от 3 до 19 лет [Текст] / А. Н. Мартинчик, А. К. Батурин, Э. Э. Кешабянц и др. // Вопросы питания. - Т. 86, № 4. - 2017. - С. 50-60.

Анкета о здоровье полости рта для взрослых. Стоматологическое обследование. Основные методы [Электронный ресурс] / ВОЗ; ГБОУ ВПО МГМСУ им. А.И. Евдокимова. - ВОЗ, 2016. - С.121-124. – Режим доступа: http://apps.who.int/iris/bitstream/handle/10665/97035/97892415486 49rus.pdf?sequence=5&isAllowed=y.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов