Сотрудничество школы, семьи и социальных институтов в формировании мышления о толерантности у девочек- подростков

CC BY f
98-103
3
0
Поделиться
Арипова, Г. (2023). Сотрудничество школы, семьи и социальных институтов в формировании мышления о толерантности у девочек- подростков. Среднеазиатская пищевая техника и технология, 1(1), 98–103. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/cafet/article/view/20298
Гульнара Арипова, Ташкентский химико-технологический институт

Заведующий кафедрой «Узбекский язык и профессиональное образование», к.п.н., доц.

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

В данной стате утверждается, что формирование мировоззрения толерантности у девушек имеет важное значение в укреплении государства, зашите его безопасности, ограждении девушек от различних чуждих идей, подготовке их к жизни, основанной на толерантности. Также представлена возможность организации педагогического просесса на основе сотрудничества семьи, школи и обшественних организасий путем формирования мировосприятия толерантности.


background image

JOURNAL OF FOOD SCIENCE

VOLUME 2 APRIL 2023 ISSN: 2181-385X

98

`

О‘SMIR YOSHDAGI QIZLARDA TOLERANTLIK TAFAKKURINI

SHAKLLANTIRISHDA MAKTAB, OILA VA MAHALLA

INSTITUTLARINING HAMKORLIGI

Aripova Gulnora Shuhratullayevna

TKTI, “О‘zbek tili va professional ta’lim” kafedrasi mudiri, p.f.n., dots

.

Annotatsiya.

Ushbu maqolada о‘smir qizlarda tolerantlik tafakkurini shakllantirish davlatni

mustahkamlash, uning havfsizligini muhofaza qilish, qizlarni turli mafkuraviy yot g‘oyalardan asrash,

ularni bag‘rikenglik asoslarida hayotga tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etishi maqolada ilgari

suriladi. Shuningdek, tolerantlik tafakkurini shakllantirish orqali oila, maktab, nodavlat tashkilotlari

hamkorligi asosida pedagogik jaryonni tashkil etish maqsadga muvofiqligi keltirilgan

.

Kalit sо‘zlar:

О‘smir qizlar, tolerantlik, oila, tafakkur, pedagog, tarbiya, maktab, mahalla, din,

islom.

СОТРУДНИЧЕСТВО ШКОЛЫ, СЕМЬИ И СОЦИАЛЬНЫХ ИНСТИТУТОВ

В ФОРМИРОВАНИИ МЫШЛЕНИЯ О ТОЛЕРАНТНОСТИ У ДЕВОЧЕК-

ПОДРОСТКОВ

Аннотация.

В данной стате утверждается, что формирование мировоззрения толерантности

у девушек имеет важное значение в укреплении государства, зашите его безопасности,

ограждении девушек от различних чуждих идей, подготовке их к жизни, основанной на

толерантности. Также представлена возможность организации педагогического просесса на

основе сотрудничества семьи, школи и обшественних организасий путем формирования

мировосприятия толерантности

.

Ключевие слова:

девочки-подростки, толерантност, семя, мишление, педагог, воспитание,

школа, соседство, религия, ислам

.

KIRISH.

О‘smir yoshdagi qizlarda tolerantlik tafakkurini shakllantirishda ta’lim jarayonining barcha

ishtirokchilari, ya’ni oila, maktab, nodavlat tashkilotlari hamkorligining ta’minlanishi juda katta

ahamiyat kasb etadi. Chunki xuddi mana shunday tartibda ta’lim jarayoni tashkil qilinganda qizlarda

bilim olish uchun ham, bilimlarni sinab, tajribadan о‘tkazish uchun ham, bilimlarni о‘zgalarga kо‘rsatish


background image

JOURNAL OF FOOD SCIENCE

VOLUME 2 APRIL 2023 ISSN: 2181-385X

99

`

uchun ham, bilimlarni hayotiy norma va axloqiy misollar bilan tasdiqlab olish uchun zarur pedagogik

poligon yaratilgan bо‘ladi. Mazkur hamkorlik pedagogik jarayonning uzviyligi, bir biriga aloqadorligi,

bir birini tо‘ldirishi uchun juda katta imkon yaratadi. Qizlar oilada olgan bilimlarini, maktabda olgan

bilimlar bilan tо‘ldirib boradi. Sо‘ngra nodavlat tizimlaridagi tashkil qilingan turli tadbirlar orqali, ularni

tasdiqlaydi, hayotiy misollar bilan insonlar taqdirida о‘z bilimlarining nechog‘li zarur ekanligiga iqror

bо‘ladi. О‘zbek xalqi milliy qadriyatlari tizimida mahalla о‘ziga xos о‘rin tutadi. О‘zbek xalqi “Mahalla

– ham onang, ham otang” deb bejiz aytmagan. Mahalla tizimi kо‘pchilik hollarda oilalarni inqirozlardan

asrab qoluvchi vosita hisoblanadi.

Oilada о‘smir yoshdagi qizlar tolerantligini shakllantirishda ta’lim va tarbiya jarayonining

uzluksizligi, davomiyligi, maqsadli tashkil qilinishi, kompleksliligi, oilaviy ta’limning maktab ta’limi

jarayoniga integrasiya qilinganligi, oila ichida va oiladan tashqarida tolerantlik muhitining mavjudligi

kabi omillarga aloqador tarzda rivojlantiriladi. Bu jarayonda tolerantlik fazilatlarini shakllantirish oila

tizimi va maktab ta’limi tizimiga mutanosib tarzda, ta’lim jarayoni xususiyatlari va metodlarini nazarga

olgan holda, ularning bir-birinining mazmunini tо‘ldirishini hisobga olgan holda tashkillantirilishi juda

katta ahamiyat kasb etadi. Mahalla orqali esa qizlar turli inqirozli vaziyatlar yechimini kо‘radi,

mahalladagi tadbirlar orqali qizlarning ilmiy bilimlari rang-barang hayotiy voqealar bilan boyitiladi. Shu

nuqtai nazardan olib qaraganda, oila, maktab va mahalla tizimlari о‘rtasida tolerantlik mazmunining turli

qirralarini shakllantirish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Buni quyidagi jadval orqali ham kо‘rsa bо‘ladi

(jadval 1):

1-jadval

Оila, maktab va mahalla tizimlarida tolerantlikni shakllantirishning qiyosiy

xarakteristikasi

Ta’lim va

tarbiya instituti

Tolerantlik xususiyatlari

Shaxsni

shakllantirishdagi roli

1

OILA

Mehr

va

muruvvat,

adolat,

kechirimli bо‘lish, zо‘ravonlikdan qochish,

samimiylik, ishonch, kattaga hurmat,

kichikka izzat, qayg‘urish, yordamga

tayyorlik,

mehnatdan

qochmaslik,

qariyalarga yordam berish, rahmdillik,

kо‘ngli ochiqlik, anglash va tushunishga

harakat

qilish

qо‘nikmalari,

boshqa

qizlarni ochiq va

samimiy

muloqot

olib

borishini ta’minlaydi, uning

muomala

qilish

kо‘nik-

malari bilan qurol-lantiradi,

bolaning boshqalar dardi va

yordamga muhtojligini xis

qilishga

о‘rgatadi,


background image

JOURNAL OF FOOD SCIENCE

VOLUME 2 APRIL 2023 ISSN: 2181-385X

100

`

odamning qarashi va nuqtai nazarini

eshitish va anglash, uni qabul qilishga

urinish, konflikt vaziyatlarni tahlil qila

bilish va ulardan chiqib ketish usullarini

bilish, boshqa millat, elat va xalqlar

madaniyati, urf-odati, kundalik turmushiga

qiziqishni kuchay-tirish, ular haqida ma’lu-

motlarni yig‘ish, faol shaxsiy nuqtai

nazarini

shakllantirish,

konfliktlar

yechimiga о‘rganish

mujtojlarga

nisbatan

rahmdil

munosabatni

shakllantiradi, qizlarni kek

saqlash,

о‘zini

katta

tutishdan

saqlaydi,

boshqalar urf va odatlarini

hur-matlashga

о‘rgatadi,

о‘zini teng tutishiga kо‘mak

beradi,

qizlarni

ziddiyatlardan asraydi

2

MAKTAB

Fobiya,

ksenofobiya,

ekstremizm,

radikalizm,

madaniy

dialog,

polimadaniyat, monomadaniyat, olam

va dunyoning madaniy boyliklari,

insoniyat

tarixidagi

sivilizasiyalar,

diniy e’tiqod rang-barangligi, milliy

rang-baranglik, olamning tabiiy va

ijtimoiy rang-barangligi, millatlar va

madaniyatlar rang-barangligini qabul

qilish,

turli

xildagi

odamlar

va

madaniyatlar

ichida

yashashni

о‘rganish,

о‘zining

huquq

va

majburiyatlariga qо‘shimcha ravishda

boshqalarning

ham

huquq

va

majburiyatlari borligini anglash, о‘zga

millat vakili bilan muloqot qila olish

qobiliyatini

shakllantirish,

bolani

murakkab tuzilishli dunyoda faol

yashashga amaliy jihatdan о‘rgatish.

Qizlarda

ijtimoiy

faollikni

kuchaytiradi,

ijtimoiy hodisalarga tо‘g‘ri

baho berishni ta’minlaydi,

madaniy va tabiiy rang-

baranglikni

ilmiylik,

tarixiylik va emosional xis

qilishga о‘rgatadi, boshqa

millatlar

bilan

muloqot

tо‘g‘ri qilishini ta’minlaydi,

bolani

ij-timoiy

muhitga

kо‘nikishi va yashashini

ta’minlaydi.

3

MAHALLA

Diniy aqidaparastlik, diniy riyokorlik,

islom ekstremizmi, turli yot guruhlar,

turli g‘oyaviy va mafkuraviy tahdidlar,

mahalla orqali qizlarni ijtimoiylikka о

Qizlarda

ijtimoiy

faollikni mustah-kamlaydi,

uni jamoa fikri bilan uyg‘un-

lashishini kuchaytiradi.


background image

JOURNAL OF FOOD SCIENCE

VOLUME 2 APRIL 2023 ISSN: 2181-385X

101

`

Demak, oiladagi tolerantlik xususiyatlarining shakllantirilishi uning umumiy ilmiy mazmunining

oila ta’limi, maktab ta’limi va mahalla ta’limi jarayonlari uchun mutanosib va maqsadli tarzda bо‘linishi

hisobiga differensiasiya qilinadi.

О‘smir yoshdagi qizlar tolerantligini shakllantirishda oila, maktab va mahallada о‘ziga xos milliy

qadriyatlari asosida hamda maxsus dasturlar asosida tashkillashtirilishi juda katta pedagogik samaralar

asosi bо‘lib xizmat qilishi mumkin. Shu bois, tadqiqotda о‘smir yoshdagi qizlarning oila, maktab va

mahalla hamkorligidagi milliy va umumbashariy omillarini nazarda tutgan holdagi tarbiyaviy modeli

taklif qilindi. Mazkur model о‘smir yoshdagi qizlar tolerantligini shakllantirishda pedagogik

maqsadning yoshlarga qaratilgan davlat siyosati va yoshlarni oilaga tayyorlash maqsadlari bilan uzviy

bog‘lashga imkon yaratdi.

О‘smir yoshdagi qizlar tolerantligini shakllantirishda oila, maktab va mahalla hamkorligi

yoshlarda quyidagi sifatlarni tarbiyalashga qaratildi: oilaga muqaddas va mas’uliyatli munosabat, oilani

e’zozlash, ma’naviy barkamollik, tolerantlik asosidagi axloq normalari, oilada о‘zaro munosabatlar va

muloqot madaniyati, tashabbuskorlik, faollik, ijodkorlik, tibbiy va ma’naviy sog‘lomlik, jismoniy va

ruhiy barkamollik, yetakchilik va tadbirkorlik, о‘zaro muhabbat, adolat, insonparvarlik, insoniylik,

tо‘g‘rilik, kamtarlik, samimiylik, ota-onaga hurmat, mehr-muruvvat, sahovat, bag‘rikenglik, sadoqat,

vafodorlik, gunoh ishlardan qochish, sabr-toqat, о‘z va’dasi ustidan chiqish, ilmli bо‘lish, iffat,

rostgо‘ylik, pokizalik, halollik, himmat va bardoshlilik, xushxulqlilik, shukr, hayo, tejamkorlik,

halimlik, viqor, rahm-shavqat va shukronalik.

О‘smir yoshdagi qizlar tolerantligini shakllantirishda quyidagi tarbiyaviy vositalardan foydalanish

maqsadga muvofiq ekanligi aniqlandi:

a) oiladagi tolerantlik shaxsiy tolerantlik va jamiyatdagi tolerantlik jarayonlariga qanday ta’sir

kо‘rsatishini keng va amaliy misollar bilan tushuntirish;

b) atoqli kishilar, allomalar, badiiy asarlar va kino filmlar qahramonlari hayotidan olingan dalillar

orqali tolerantlik g‘oyalarini targ‘ib qilish;

v) xalq og‘zaki ijodi namunalari, milliy qadriyatlar tizimi va islom dini, boshqa dinlar tarixida

tolerantlik bо‘yicha bildirilgan fikrlarni tushuntirish va targ‘ib qilish;

g) oilaviy udumlar va an’analar tizimida tolerantlik g‘oyalarini qizlar tafakkuriga singdirish,

ularning tolerantligini kuchaytirish va takomillashtirish;


background image

JOURNAL OF FOOD SCIENCE

VOLUME 2 APRIL 2023 ISSN: 2181-385X

102

`

d) ota-onalarning tolerantlik borasidagi bilim va malakalarini kuchaytirish, ular uchun mahallada

maxsus seminar-treninglar tashkil qilish.

Mahalla tizimi orqali oila va qizlar tolerantligini shakllantirishda maxsus dasturlar va ish rejasi

orqali faoliyat yurgizish, faoliyat doirasiga seminarlar, treninglar, davra suhbatlari, о‘zaro muloqotlar,

mutaxassislar bilan maxsus uchrashuvlar, ibratli oilalar targ‘iboti, kо‘rik tanlovlar о‘tkazish, anketa-

sо‘rovnomalar asosida aholi qatlamlari ichidagi ijtimoiy muammolarni aniqlash kabi shakllar samarali

natijalarni beradi. Mahalla bunday tadbirlarni о‘tkazishda jamoa orasidagi qiziqishni va ixtiyoriy

tarzdagi manfaatdorlikni hisobga olishi zarur bо‘ladi. Mana shunday tarzda oila, maktab va mahalla

hamkorligi о‘rnatilganda pedagogik ish faoliyatining samaradorligi oshiriladi. Shu bois, maktab va

mahalla tizimi orqali oiladagi о‘smir yoshdagi qizlar tolerantligini shakllantirish faoliyatini quyidagi

individual va ommaviy tadbirlar orqali olib borish maqsadga muvofiq hisoblanadi:

- ommaviy tadbirlar;

- guruhlar bilan ishlash; - yakka tartibda ishlash; - oilalar bilan maxsus ishlash.

О‘smir yoshdagi qizlar tolerantligini shakllantirishda diniy omil, din va davlat munosabatlarini tо‘g‘ri

va mutanosib anglatishni nazarda tutadi, shuningdek, sof diniy aqidalar tarkibidagi insonparvarlik

omillarini о‘z mazmuniga qamrab oladi. Diniy aqidaparastlikning qoralanishi va inkor etilishi yuqorida

kо‘rsatilgan ikki jihat: din va davlat munosabatlari va sof diniy aqidalar nuqtai nazaridan ham

zamonaviy talabga javob berishini yoshlarga kengroq tushuntirilishini talab etadi. Ana shu ikki jihatni

aloqadorlikda va bir-birini tо‘ldirish asosida yoshlar ongiga singdirish yoshlar tafakkurini dunyoviylik

va tolerantlik asosiga qurish imkoniyatini yaratadi.

Diniy marosim va urf-odatlar mazmunini tо‘g‘ri anglash, ularning qaysi birlari odat, qaysilari farz

ekanligini bilish, amri ma’ruf, mavlud, aqiqalar, motam marosimlari bilan bog‘liq an’analarni

о‘tkazishga qо‘yiladigan sog‘lom islom talablarni qabul qilish, umuman islom diniga bо‘lgan

munosabatni dunyoviylik asosida talqin qilish kabi masalalar ham oiladan tashqarida maktab tizimi va

mahalla tizimi orqali о‘smir yoshdagi qizlar ongida shakllantirilishi lozim.


background image

JOURNAL OF FOOD SCIENCE

VOLUME 2 APRIL 2023 ISSN: 2181-385X

103

`

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RО‘YXATI / REFERENCES

1.

Иномова М.О. Оилада болаларнинг маънавий-ахлоqий тарбияси. –Т.: ТДПУ, 1999;

2.

Мусурмонова О. Оила маънавияти – миллий g‘урур. –Т.: Ўqитувчи, 2000;

3.

Оконешникова Н. Л. Формирование толерантности в семье. Диссертаsия ... кандидата

психологических наук : 19.00.05 - Санкт-Петербург, 2006. – 23 б.

4.

Qодирова З. Глобализаsия – модернизаsия – толерантност //«Глобаллашув жараёнида

жамиятни демократлаштиришнинг сиёсий, фалсафий-hуqуqий масалалари» Республика илмий-

назарий анжуман тезислари. Тошкент, 24 ноябрь, 2006 йил. – Б. 12-15.

5.

Хажиева М. Ўзбекистонда толерантлик жараёни. -Тошкент: Абу матбуот консалт: 2008. -128

Mendus S. Toleration // Encyclopedia of Ethics. New-York – London, 199




























Библиографические ссылки

Иномова М.О. Оилада болаларнинг маънавий-ахлоqий тарбияси. –Т.: ТДПУ, 1999;

Мусурмонова О. Оила маънавияти – миллий g‘урур. –Т.: Ўqитувчи, 2000;

Оконешникова Н. Л. Формирование толерантности в семье. Диссертаsия ... кандидата психологических наук : 19.00.05 - Санкт-Петербург, 2006. – 23 б.

Qодирова З. Глобализаsия – модернизаsия – толерантност //«Глобаллашув жараёнида жамиятни демократлаштиришнинг сиёсий, фалсафий-hуqуqий масалалари» Республика илмий-назарий анжуман тезислари. Тошкент, 24 ноябрь, 2006 йил. – Б. 12-15.

Хажиева М. Ўзбекистонда толерантлик жараёни. -Тошкент: Абу матбуот консалт: 2008. -128 Mendus S. Toleration // Encyclopedia of Ethics. New-York – London, 199

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов