Авторы

  • Javlonbek Jurayev
    O`zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.cajar.126706

Ключевые слова:

aksiyalar obligatsiyalar emitent suveren obligatsiyalar korporativ obligatsiyalar moliya bozori pul bozori

Аннотация

Maqolada mahalliy va xorijiy olimlarning mavzuga doir tadqiqot ishlari hamda moliya bozori joriy holati tahlil qilingan. Moliya bozori instrumentlari orqali moliyalashtirish davlat va korporativ siyosatning kompleks mexanizmining vostalaridan biri sifatida o`rganilgan, Amerika Qo`shma shtatlarida  moliya bozoridan kapital jalb qilish tajribasi orqali sog‘lom raqobatni yuzaga keltirishga doir xulosalar, ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar keltirilgan..


background image

Page 165

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH

IF = 5.441

Volume 3, Issue 05, Part 2 May 2025

www.in-academy.uz

KAPITAL BOZORI ORQALI MAMLAKAT IQTISODIYOTIGA

INVESTITSIYA JALB QILISHNING AQSH TAJRIBASI.

Jurayev Javlonbek Xudoynazarovich

O`zbekiston Respublikasi

Bank-moliya akademiyasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15424964

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi: 05-May 2025 yil
Ma’qullandi: 10- May 2025 yil
Nashr qilindi: 15-May 2025 yil

Maqolada mahalliy va xorijiy olimlarning mavzuga doir
tadqiqot ishlari hamda moliya bozori joriy holati tahlil
qilingan.

Moliya

bozori

instrumentlari

orqali

moliyalashtirish davlat va korporativ siyosatning
kompleks mexanizmining vostalaridan biri sifatida
o`rganilgan, Amerika Qo`shma shtatlarida moliya
bozoridan kapital jalb qilish tajribasi orqali sog‘lom
raqobatni yuzaga keltirishga doir xulosalar, ilmiy taklif
va amaliy tavsiyalar keltirilgan..

KEYWORDS

aksiyalar,

obligatsiyalar,

emitent, suveren obligatsiyalar,
korporativ

obligatsiyalar,

moliya bozori, pul bozori.

Mamlakat iqtisodiyotiga investitsiyalarni jalb qilish imkoniyati ko‘p jihatdan

mamlakatlar milliy fond bozoriniig rivojlanish darajasiga bevosita bog‘liq. Bugungi kunda
jahon iqtisodiyotida moliya bozorlari orqali investitsiyalarni jalb etishda milliy fond
bozorlarining globallashuv jarayonlarining jadallashuvi, kuzatilmoqda. Hozirda rivojlangan
davlatlarda fond bozori yoki qimmatli qogozlar bozorining YaIMdagi salmog‘i rivojlanmagan
davlatlarga nisbatan sezilarli darajada yuqori.

Moliya bozori yaxshi rivojlanmagan mamlakatlarda yirik kapitalni jalb qilish va yirik

loyihalarga investitsiyalash ko`plab murakkabliklarni yuzaga keltiradi. Kapitalga bo`lgan talab
va takliflar miqdorining koʻpligi natijasida shakllangan raqobat mexanizmi orqali bozorda
kapitalga nisbatan yagona bozor bahosi shakllanadi. Bugungi globallashuv uchun keng
imkoniyatlar yaratilgan sharoitda maxsus vositachilik tuzilmalaridagi koʻp sonli operatsiyalar
hisobiga pul va boshqa aktivlar muomalasi xarajatlari pasaytirilishi, risklar sugʻurtalanishi,
sotiladigan aktivlar turlari kengayishi yuz bermoqda.

Moliya bozorida kapitalga boʻlgan talab va taklif asosida vositachilar yordamida

kapitalni kreditor va qarz oluvchi oʻrtasida qayta taqsimlash mexanizmi amal qiladi. Shundan
kelib chiqqan holda amaliyotda pul mablagʻlari oqimini haqiqiy egasidan qarz oluvchiga va
aksincha yoʻnaltiruvchi moliya-kredit institutlari faoliyati tashkil etiladi. Moliya bozorining
asosiy funksiyasi boʻsh pul mablagʻlarini ssuda kapitaliga aylantirishda ham namoyon boʻladi.

1.

Adabiyotlar tahlili

Moliya bozorini rivojlantirish bilan bog‘liq tadqiqotlarni amalga oshirish jarayonida,

birinchi navbatda, e’tiborga olinishi lozim bulgan jihat moliya bozorining mazmun-moxiyati,
tasnifi, o‘ziga xoc xususiyatlari xususida bir to‘xtamga kelish hisoblanadi.

Xorijiy iqtisodiy adabiyotlarida moliya bozorlari pul mablagʻlari oqimini

jamgʻaruvchidan qarz oluvchiga yoʻnaltiruvchi bozor institutlari jamlanmasi sifatida


background image

Page 166

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH

IF = 5.441

Volume 3, Issue 05, Part 2 May 2025

www.in-academy.uz

keltiriladi. Frederik Mishkin ortiqcha mablagʻlarga ega odamlardagi pul mablagʻlarini pul
mablagʻlari yetishmayotganlariga oʻtkazib berishga xizmat qiluvchi bozorlarni moliya
bozorlari deb ataydi[1].

U.Sharp investitsiyalarga quyidagicha ta’rif beradi:

«

Istiqbolda yanada ko‘proq

miqdordagi mablag‘ olish uchun ma’lum miqdordagi pul bilan bugun ajralishdir. Real
investitsiyalar asosan moddiy aktivlarga (yer, uskunalar, zavodlar) qilingan investitsiyalardir.
Moliyaviy investitsiyalar bu qog‘ozda bitilgan shartnomalardir. Bularga oddiy aksiyalar va
obligatsiyalar kiradi. Rivojlanayotgan iqtisodiyotda investitsiyalarning asosiy qismi real
investitsiyalarga tegishlidir. Rivojlangan iqtisodiyotda esa investitsiyalarning asosiy qismi
moliyaviy investitsiyalash institutlarining keng miqyosida rivojlanishi real investitsiyalarning
o‘sishiga sababchi bo‘ladi. Investitsiyalarning bu ikki shakli bir-biri bilan raqobatlashuvchi
emas, balki bir-birini to‘ldiruvchidir»[2].

M.B.Xamidulin ilmiy tadqiqotlarida moliya bozorlaridan O‘zbekiston iqtisodiyotiga

investitsiyalar jalb qilish orqali mamlakat iqtisodiyotini modernizatsiyalash jarayonini
moliyalashtirish xususiyatlari bayon qilingan[3].

S.E.Elmirzayev tomonidan olib borilgan tadqiqotlarda moliya bozoriga “moliyaviy

instrumentlardan foydalanishasosida moliyaviy vositachilar orqali vaqtincha boʻsh pul
mablagʻlarini qayta taqsimlash yuz beradigan bozordir deb ta`rif berilgan”[4].

U.Xoliqov tomonidan amalga oshirilgan ilmiy tadqiqot ishlarida moliya bozorining

tarkibiy qismi hisoblangan fond bozoriga quyidagicha yondashuv ilgari suriladi “Fond bozori
yuridik va jismoniy shaxslarning qimmatli qog`ozlarni muomalaga chiqarish, oldi-sotdisini
amalga oshirish va uni qoplanishi bilan bog`liq bo`lgan munosabatlar tizimi sifatida qaralishi
lozim”[5].

I.Butikov o`zining ilimiy ishlarida O`zbekistonda qimmatli qog`ozlar bozori shakllanishi

va faoliyat ko`rsatishi muamolari bo`yicha izlanishlar olib borgan. J.I.Karimqulov O`zbekiston
iqtisodiyotidda qimmatli qog`ozlar rolini oshirish bo`yicha tadqiqotlar olib borgan[6].

2.

Tahlil va natijalar muhokamasi

.

Mamlakatning iqtisodiy rivojlanish darajasi unda yaratilgan investitsiya muhitiga ko‘p

jihatdan bog‘liqdir. Investitsiya muhitining qulayligi investitsiya faoliyatining rivojlanishi,
ichki va tashqi investitsiyalarni jalb qilishning ko‘lami, yo‘nalishlari va samaradorligiga ta’sir
qiladi. Shuning uchun, yuqori investitsiya jalb qilish me’yoriga ega bo‘lgan mamlakatlar,
boshqa shart-sharoitlar bir xilligi holda, odatda, yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlariga ega
bo‘lmoqdalar.

Dunyodagi eng yirik kapitalizatsiyaga ega boʻlgan fond birjalar Aqshda joylashganligi

ushbu mamlakat hozirda jahon fond bozorining markazi ekanligini koʻrsatadi. Jahondagi eng
yirik kapitalizatsiyaga ega bo`lgan fond birja bo`lib 22,77 trln. Aqsh. dollari kapitallashuviga
ega bo`lgan Nyu York fond birjasi hisoblanadi, undan keying o`rinda 16.24 trln. Aqsh. dollari
kapitallashuvi bilan Nasdaq stock exchange fond birjasi turadi. Jahondagi uchinchi eng yirk
birja Xitoydagi moliyaviy markaz sifatida tan olinadigan 6,74 trln. Aqsh. dollari
kapitallashuviga ega Shanxay fond birjasi birjasi hisoblanadi.


background image

Page 167

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH

IF = 5.441

Volume 3, Issue 05, Part 2 May 2025

www.in-academy.uz

1-rasm. Dunyodagi eng yirik fond birjalari 2023 yil 1 yanvar holatiga

kapitalizatsiya qiymati.(trln.Aqsh dollarid)

1

Jahon fond birjalari toʻgʻrisida fikr yuritar ekanmiz, eng yirik ikkita fond birjaning

Aqshda joylashgan ekanligini ta`kidlab o`tishimiz joyiz. Aynan ushbu ikki yirik fond birjasi
Aqshni qimmatli qog`ozlar savdo markaziga aylantirmoqda desak yanglishmagan bo`lmiz.
Nasdaq stock exchange toʻliq raqamli savdo maydoni ekanligiga alohida to`xtalib o`tish zarur,
ushbu fond birjasida barcha savdolar toʻliq raqamli texnologiyalar orqali amalga oshiriladi.
Bunga ushbu fond birjasining jismonan (bino ko`rinishidagi) mavjud boʻlgan savdo
maydonchasining yoʻq ekanligi yaqqol dalil bo`ladi.

2-rasm. Aqshda 2017-2021 yillar oralig

ʻ

ida o

ʻ

tkazilgan Ipolar soni

2

Yirik fond birjalarining mavjudligi, ko`plab yangi korxonlar uchun Ipo o`tkazishga va

faoliyatini kengaytirish uchun moliya bozoridan qo`ishimcha resurslar jalb qilishga imkoniyat
yaratmoqda. Aqshda 2017-2021

yilda amalga oshirilgan fond bozorida aksiyalarini dastlabki


22,77

16,24

6,74

6,06

5,38

0

5

10

15

20

25

New york stock

exchange

Nasdaq

Shanghai stock exchange

Euronext stock exchange

Japan stock exchange

217

255

232

480

1 035

-

200

400

600

800

1 000

1 200

2017 yil

2018 yil

2019 yl

2020 yil

2021 yil


background image

Page 168

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH

IF = 5.441

Volume 3, Issue 05, Part 2 May 2025

www.in-academy.uz

ommaviy joylashtirgan korxonalar soni yildan-yilga oshib borishi fond bozoridan kapital jalb
qilishga intilish oshayotganligi toʻgʻrisida xulosa chiqarishga imkon beradi. Xususan 2017 yil
moboynida 217 ta korxona tomonidan aksiyalarni dastlabki ommaviy joylashtirish amalg
oshirilgan bo`lsa 2021 yilga kelib ushbu ko`rsatkich 1035 tani tashkil qilgan. Raqamli
texnologiyalar qoʻllanilishi natijasida fond bozorlarida investorlar savdolarni amalga
oshirishlari uchun keng qulayliklar yaratilishi natijasida bozorga yangi korxonalar kirib
kelishi uchun ham motiv yaratmoqda.

3-rasm. Aqshda 2017-2021 yillar oraligʻida IPO amalga oshirgan korxonalarning

tarmoqlar kesimida tahlili

3

.

Yangi korxonalarning bozorga kirib kelishi ko`plab tarmoqlarda faoliyat yuritayotgan

korxonalar uchun o`z bizneslarini kengaytirish uchun zarur bo`lgan resursga bo`lgan
ehtiyojlarini qondirshga zamin yaratadi. Aqshda 2017-2021 yillar oraligʻida IPO amalga
oshirgan korxonalarning tarmoqlar kesimida tahlilidan ko`rish mumkinki eng ko`p Ipo
kompyuter va elektironika tarmog`ida faoliyat yuritadigan korxonalar tomonidan amalga
oshirilgan bo`lib jami amalga oshirilgan Ipolarda 44% ulushni egallaydi. Keyingi o`rinlarda
sog`liqni saqlash sohasida faoliyat yuritadigan korxonlar 18%, Sanoat korxonalari 9%,
chakana biznes sohasida faoliyat yurituvchi korxonalar 5%, bank-moliya sektori korxonalari
4% va boshqa tarmoq korxonlari 20% ulushni tashkil qiladi.

Iqtisodiyotda korporativ sektorini rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlardan biri

kengaytirilgan ishlab chiqarish asosida o‘sishini ta’minlash bo‘lib, bu esa o‘z navbatida
kompaniyalar uchun kengaytirilgan ishlab chiqarishni tashkil qilishning moliyalashtirish
manbalarini optimallashtirishni talab qiladi. Kompaniyani rivojlantirishda o‘z mablag‘lari va
qarz mablag‘lari hisobidan moliyalashtirish imkoniyatining mavjudligi sababli, o‘z
mablag‘larining yetishmasligi sharoitida korporativ sektor moliya bozoridan qarz mablag`i
ko`rinishidagi moliyaviy resurslarni jalb qilishga bo‘lgan talabni vujudga keltiradi.

Komputer

elektronika

44%

Sog`liqni

saqlash

18%

Sanoat korxonalari

9%

Chakana xizmat

ko`rsatuvchi

korxonalar

5%

Bank-moliya sektori

korxonalari

4%

Boshqa sektor

korxonalari

20%


background image

Page 169

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH

IF = 5.441

Volume 3, Issue 05, Part 2 May 2025

www.in-academy.uz

4-rasm. Aqshda 2017- 2021 yillarda emissiya qilingan obligatsiyalar
hajmi. (mlrd.Aqsh dollarida)

4

Bugungi kunda nafaqat davlar tomonidan balki, biq qancha aksiyadorlik jamiyatlari

tomonidan ham aksiyalar emissiya qilish bilan bir qatorda korporativ obligatsiyalarni ham
emissiya qilinishiga alohida e’tibor qaratilmoqda. 2017-2021 yillarda Aqsh fond bozorlarida
joylashtirilgan obligatsiyalar hajmidan ko`rishimiz mumkinki qarz kapitali ko`rinishidagi
moliyaviy vostalarning ham savdosi oshib bormoqda. Xususan 2017 yilda emissiya qilingan
obligatsiyalar hajmi 2 224 mlrd. Aqsh dollarini tashkil qilgan bo`lib, 2021 yilda ushbu
ko`rsatkich 4 749 mlrd. Aqsh dollarini tashkil etgan.

Korporativ obligatsiyalarni chiqarishda qarz oluvchi kompaniyaning o‘zi foiz stavkasini

va emissiya muddatini belgilaydi. Bu kompaniyaga boshqa qarz olish instrumentlari xususan
tijorat banki kreditiga nisbatan ko‘proq imkoniyatlar beradi, ya`ni qarzni yanada
moslashuvchan qiladi.

2 224

2 685

2 935

3 896

4 749

2017 yil

2018 yil

2019 yil

2020 yil

2021 yil


background image

Page 170

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH

IF = 5.441

Volume 3, Issue 05, Part 2 May 2025

www.in-academy.uz

5-rasm. Aqshda 2017-2021 yillar oralig

ʻ

ida emissiya qilingan korporativ

obligatsiyalarning tarmoqlar kesimida tahlili

5

.

Aqshda 2017-2021 yillar oraligʻida emissiya qilingan korporativ obligatsiyalarning

tarmoqlar kesimida tahlilidan ko`rish mumkinki qarz ko`rinishidagi moliyalashtirish asosan
bank – moliya sektori korxonalari tomonidan foydalanilgan bo`lib, suhbu sektor korxonalari
tomonidan emissiya qilingan obligatsiyalar jami emissiya qilingan obligatsiyalar hajmida 49%
ulushni tashkil etadi. Keyingi o`rinlarda energitika tarmog`i 11% ulush, yuqori texnologiylar
tarmog`i 8%, chakana xizmatlar tarmog`i 8%, sanoat korxonalari 7% va boshqa tarmoq
korxonalari 11% ulushni tashkil etadi.

3.

Xulosa va takliflar

Xulosa qilib aytganda,

Amerika qo`shma shtatlari qimmatli qog`ozlar bozori dunyoda

eng rivojlangan bozor hisoblanib har yili ko`plab korxonalar uchun aksiya va obligatsiyalar
emissiya qilish orqali moliya bozorlaridan katta miqdorda resurslar jalb qilish imkoniyatlarini
taqdim qilmoqda.

AQSH moliya bozorlarining jahonda eng rivojlangan bozor bo`lishiga asosiy sabab

sifatida, moliya bozorini tartibga solishning eng qatʼiy tizimlaridan biri AQSHda qoʻllanilishi
bilan izohlash mumkin. Mamlakatda moliya bozorida faoliyatning barcha jihatlari barcha
detallari bilan qonunchilik asosida tartibga solingan va unga amal qilish boʻyicha qatʼiy
nazorat oʻrnatilgan. Belgilangan talablarning bajarilishi ustidan keng ko`lamli nazorat
o`rnatishda raqamli texnologiyalardan foydalaniladi.

5.Aдабиётлар/Литература/Reference:

1.

Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Олий Мажлисга

Мурожаатномаси. «Халқ сўзи» газетаси, 2018 йил 29 декабрь № 271-272 (7229-7230)
сони.
2.

Sharpe, W. F., Alexander, G. J., & Bailey, J. V. (1999). Investment. Prentice Hall Incorporated.

3.

Хамидулин М.Б. Основные направления оптимизации структуры финансирования

экономики Узбекистана современная наука: актуальные проблемы и пути их решения
№1, январь 2019 г.

Bank-moliya

tarmog`i

49%

Sog`liqni saqlash

6%

Sanoat

korxonalari

7%

Chakana xizmat

ko`rsatuvchi

korxonalar

8%

Energetika

tarmog`i

11%

Yuqori

texnologiyalar

8%

Boshqa

tarmoqlar

11%


background image

Page 171

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH

IF = 5.441

Volume 3, Issue 05, Part 2 May 2025

www.in-academy.uz

4.

Элмирзаев, С. Э., Бердиев, Ў. Ж. Ў., & Бўриев, Ж. П. Ў. (2021). Миллий корпоратив

облигациялар бозори: жорий ҳолат ва истиқболлар. Экономика и финансы
(Узбекистан), (2 (138)), 33-38.
5.

Xoliqov, U. (2016). Фонд бозори: назария ва талқин. Iqtisodiyot va innovatsion

texnologiyalar, (6), 479-485.
6.

Бутиков, И. Л. (2017). Основные направления совершенствования государственного

регулирования фондового рынка в условиях современного
7.

SIFMA. Trends in the Capital Markets - 2021 outlook. p. 6.

Библиографические ссылки

Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Олий Мажлисга Мурожаатномаси. «Халқ сўзи» газетаси, 2018 йил 29 декабрь № 271-272 (7229-7230) сони.

Sharpe, W. F., Alexander, G. J., & Bailey, J. V. (1999). Investment. Prentice Hall Incorporated.

Хамидулин М.Б. Основные направления оптимизации структуры финансирования экономики Узбекистана современная наука: актуальные проблемы и пути их решения №1, январь 2019 г.

Элмирзаев, С. Э., Бердиев, Ў. Ж. Ў., & Бўриев, Ж. П. Ў. (2021). Миллий корпоратив облигациялар бозори: жорий ҳолат ва истиқболлар. Экономика и финансы (Узбекистан), (2 (138)), 33-38.

Xoliqov, U. (2016). Фонд бозори: назария ва талқин. Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar, (6), 479-485.

Бутиков, И. Л. (2017). Основные направления совершенствования государственного регулирования фондового рынка в условиях современного

SIFMA. Trends in the Capital Markets - 2021 outlook. p. 6.