Авторы

  • Javlonbek Jurayev
    O`zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.cajar.126707

Ключевые слова:

aksiyalar obligatsiyalar emitent suveren obligatsiyalar korporativ obligatsiyalar moliya bozori pul bozori.

Аннотация

Maqolada mahalliy va xorijiy olimlarning mavzuga doir tadqiqot ishlari hamda Belarus moliya bozori joriy holati tahlil qilingan. Moliya bozori instrumentlari orqali moliyalashtirish davlat va korporativ siyosatning kompleks mexanizmining vostalaridan biri sifatida tadqiq etilgan, Belarus Respublikasida fond bozoridan kapital jalb qilish tajribasi orqali O`zbekiston fond bozorida sog‘lom raqobatni yuzaga keltirishga doir xulosalar, ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar keltirilgan.


background image

Page 159

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH

IF = 5.441

Volume 3, Issue 05, Part 2 May 2025

www.in-academy.uz

KAPITAL BOZORI ORQALI MAMLAKAT IQTISODIYOTIGA

INVESTITSIYA JALB QILISHNING BELARUS TAJRIBASI.

Jurayev Javlonbek Xudoynazarovich

O`zbekiston Respublikasi

Bank-moliya akademiyasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15424933

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi: 05-May 2025 yil
Ma’qullandi: 10- May 2025 yil
Nashr qilindi: 15-May 2025 yil

Maqolada mahalliy va xorijiy olimlarning mavzuga doir
tadqiqot ishlari hamda Belarus moliya bozori joriy holati
tahlil qilingan. Moliya bozori instrumentlari orqali
moliyalashtirish davlat va korporativ siyosatning
kompleks mexanizmining vostalaridan biri sifatida
tadqiq etilgan, Belarus Respublikasida fond bozoridan
kapital jalb qilish tajribasi orqali O`zbekiston fond
bozorida sog‘lom raqobatni yuzaga keltirishga doir
xulosalar, ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar keltirilgan.

KEYWORDS

aksiyalar,

obligatsiyalar,

emitent, suveren obligatsiyalar,
korporativ

obligatsiyalar,

moliya bozori, pul bozori.

Rivojlangan va dinamik qimmatli qog'ozlar bozori bo`sh kapitalni to'plash va samarali

qayta taqsimlash, eng istiqbolli korxonalar va loyihalar tarmoqlarini rivojlantirish uchun
yo'naltirish imkonini beradi. Ko'pgina davlatlar moliya bozorlaridan o'z milliy
iqtisodiyotlarini moliyalashtirishda faol foydalanmoqda. Shu bilan bir qatorda Belarus
qimmatli qog'ozlar bozorining roli moliyaviy resurslarini qayta taqsimlash va iqtisodiyotning
real sektorini qo'llab-quvvatlashda minimal darajani qayd etadi. Qimmatli qog'ozlar bozori
samaradorligi asosan uning infratuzilmasining

rivojlanishi va funksional xususiyatlari

darajasi bilan belgilanadi. Qimmatli qog'ozlar bozori infratuzilmasi uning uzluksiz ishlashini
ta'minlovchi elementlar majmuidir. Ishonchli va ilg'or texnologik infratuzilma bugungi kun
qimmatli qog`ozlar bozori uchun nihoyatda muhim hisoblanadi.

Belarus Respublikasida qimmatli qog'ozlar bozori 1992 yilda Belarus Respublikasining

12 martda «Qimmatli qog'ozlar va fond birjalari to'g'risida»gi qonunining qabul qilinishi bilan
paydo bo'lgan. Qimmatli qog'ozlar bozori rivojlanishining asosiy drayveri bo`lib mamlakat
iqtisodiyotining bozor mexanizmlariga va xususiylashtirish jarayonlarining boshlanishi
xizmat qilgan.

Mustaqil Belarusning obligatsiyalar bozori 1994 yilda ichki davlat qarzini boshqarish

maqsadida davlat qisqa muddatli obligatsiyalarining birinchi emissiyasi chiqarilganda
shakllana boshlagan. Belarusiyada birinchi marta korporativ obligatsiyalar emissiyasi 1997
yilda amalga oshirilgan. Belarusiyada korporativ va davlat qimmatli qog'ozlar bozori paydo
bo'lishi bilan, bozordagi zarur texnik va ma'lumotlar kontragentlarni ta'minlashga
mo'ljallangan bozor infratuzilmasini shakllantirish bo'yicha keng ko'lamli ishlar boshlangan.
Belarus Respublikasining savdo tizimi yagona savdo maydonchasi sifatida “Belarus valyuta va
fond birjasi" AJ hisoblanadi. Dastlab birja faqat valyuta savdosi uchun platforma sifatida
faoliyat ko'rsatgan bo`lsa 1996 yilda unga davlat obligatsiyalari savdosi tashkilotchisining


background image

Page 160

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH

IF = 5.441

Volume 3, Issue 05, Part 2 May 2025

www.in-academy.uz

qo'shimcha funktsiyalari berilgan.

1.

Adabiyotlar tahlili

Bugungi kun sharoitida fond bozori tizimli xususiyatga egaligiga shubha yoʻq va bu

kimmatli qogozlar bozoriga Mirkin Y.M. tomonidan berilgan tavsifda uz aksini topgan bulib,
unga koʻra, fond bozori “...yuksak darajada yaxlit va tugallangan texnologik sikllardan iborat
murakkab tashkiliy-iqtisodiy siklidir”[1].

Mahalliy olimlarimizdan A.J.Xo`jamurodov moliya bozorida raqamli texnologiyalarni

qoʻllash yuzasidan olib brogan tadqiqotlarida

fond bozori infratuzilmasi- fond bozorining

samarali faoliyat yuritishi va mavjud boʻlish sharti hisoblangan, fond bozori qonun qoidalariga
asosan faoliyat yuritadigan, alohida hamda mustaqil boʻlgan tizim va tuzilmalar majmuasi”
koʻrinishidagi talqinlarni bayon etgan[3].

S.E.Elmirzayev tomonidan olib borilgan tadqiqotlarda moliya bozoriga “moliyaviy

instrumentlardan foydalanishasosida moliyaviy vositachilar orqali vaqtincha boʻsh pul
mablagʻlarini qayta taqsimlash yuz beradigan bozordir deb ta`rif berilgan”[4].

U.Xoliqov tomonidan amalga oshirilgan ilmiy tadqiqot ishlarida moliya bozorining

tarkibiy qismi hisoblangan fond bozoriga quyidagicha yondashuv ilgari suriladi “Fond bozori
yuridik va jismoniy shaxslarning qimmatli qog`ozlarni muomalaga chiqarish, oldi-sotdisini
amalga oshirish va uni qoplanishi bilan bog`liq bo`lgan munosabatlar tizimi sifatida qaralishi
lozim”[5].

I.Butikov o`zining ilimiy ishlarida O`zbekistonda qimmatli qog`ozlar bozori shakllanishi

va faoliyat ko`rsatishi muamolari bo`yicha izlanishlar olib borgan. J.I.Karimqulov O`zbekiston
iqtisodiyotidda qimmatli qog`ozlar rolini oshirish bo`yicha tadqiqotlar olib borgan[6].

2.

Tahlil va natijalar muhokamasi

.

Bugungi kunda “Belarus valyuta va fond birjasi" AJning 99.9% ulushi davlatga tegishli

bo`lib ushbu birjani yirik davlat ulushiga ega bo`lgan korxonalardan biriga aylantirgan. Davlat
ulushining yuqoriligi birja faoliyatida zamonaviy raqamli texnologiyalarning keng joriy
qilinishiga to`sqinlik qilayotgan omillardan biri sifatida o`rganilishi mumkin. Taqqoslash
uchun Moskva fond birjasining 63,7% ulushi ochiq bozorga joylashtirilgan, Qozog`iston fond
bozorida xususiy investorlar ulushi 53% yaqin ekanligini hisobga olinsa ushbu bozorlarda
innovatsion faoliyatni, xususan raqamli texnologiyalarni joriy qilish uchun ma`muriy
buyruqbozlik kamroq ekanligini ko`rish mumkin bo`ladi.

.


background image

Page 161

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH

IF = 5.441

Volume 3, Issue 05, Part 2 May 2025

www.in-academy.uz

1-

rasm. Belorus Respublikasida 2018 va 2021 yillar oralig'ida qimmatli qog'ozlarni
chiqarish hajmi. (mln. Rubl)

1

Belorus Respublikasida 2018 va 2021 yillar oralig'ida jami qimmatli qog'ozlarni

chiqarish hajmi yil sayin ortib bormoqda 2018 yil 1 yanvarga nisbatan 15 886,3 million rublga
yoki 25,7 foizga o'sdi. 2019 yilda emissiyaga cheklovlar joriy etilishi fonida yil chet el
valyutasi obligatsiyalari chiqarish hajmining o'sish sur'ati biroz sekinlashdi, lekin keyinchalik
Ikki yil davomida bozor 10% dan ortiq o'sishni ko'rsatdi.

2022 yil 1 yanvar holatiga Belarus bozoridagi barcha aksiyalar va obligatsiyalar

chiqarilishining umumiy hajmi 77 605,68 million rublni yoki YaIMning 44,8 foizini tashkil
etadi

2-rasm. Belarus Respublikasida ro'yxatdan o'tgan qimmatli qog'ozlar chiqarish hajmi.
(mln rubl)

2

61720

63284

63705

70298

77605

01.01.2018

01.01.2019

01.01.2020

01.01.2021

01.01.2022

9213

5621

9801

9143

0

2000

4000

6000

8000

10000

12000

2018 yil

2019 yil

2020 yil

2021 yil


background image

Page 162

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH

IF = 5.441

Volume 3, Issue 05, Part 2 May 2025

www.in-academy.uz

Tahlil qilinayotgan davr uchun qimmatli qog'ozlarning ro'yxatdan o'tkazilgan (yangi)

chiqarilish hajmi aniq bir tempda o'zgarmaganligini ko`rish mumkin (2-rasm). 2019-yilda
ro‘yxatga olingan emissiyalar hajmi 2018 yilga nisbatan 39 foizga kamaygan bo`lib ushbu
holatning asosiy sababi sifatida: emitentlar, ayniqsa, banklar valyuta obligatsiyalari
emissiyasiga cheklovlar joriy etilishi ko`rishimiz mumkin. 2020 yilda qimmatli qog'ozlarning
emissiyasi hajmi tiklandi va hatto 2018 yildagi ko'rsatkichdan ham oshib ketgan, biroq bu
yangi emitentlarning bozorga kirib kelishi tufayli emas balki mavjud aksiyadorlik jamiyatlari
tomonidan qo`shimcha emissiya amalga oshirilishi natijasida sodir bo`lgan.

Belarus Respublikasida aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan moliyaviy resurlarni jalb

qilishda qo`shimcha aksiyalarni emissiya qilish keng ko`lamda qo`llaniladigan amaliyot
hisoblanadi. Ushbu amaliyotning iqtisodiyot uchun salbiy ta`sirga ega bo`lgan jihatlaridan biri
bu qo`shimcha emissiya qilingan aksiyalarning ochiq bozor ishtirokchilar o`rtasida
joylashtirilmasdan turib davlat tomonidan sotib olinishi hisoblanadi.

Belarus Respublikasida qimmatli qog`ozlar bilan amalga oshirilgan savdo hajmi

tahlilidan ko`rinadiki,

fond bozorining barcha segmentlarida qimmatli qog'ozlar bilan bog`liq

operatsiyalarning umumiy hajmi 2021 yilda 29 274,17 million rublni tashkil etib, yalpi ichki
mahsulotga nisbatan 16,9 foizni tashkil etgan.

3- rasm. Belarus Respublikasida qimmatli qog`ozlar bilan amalga oshirilgan
savdo hajmi (mln.rubl)

3

Yuqorida keltirilgan tahlillardan xulosa qilish mumkin bo`ladiki Belarus

Respublikasida emissiya qilinayotgan qimmatli qog`ozlar hajmi oshib borayotgan bo`lishiga
qaramay qimmatli qog`ozlar savdosi hajmi oshib bormayapti, bu fond birjasi rivojlanmasdan,
chiqarilayotgan aksiya va obligatsiyalarning davlat tomonidan sotib olinayotganligiga dalolat
beradi.

“Belarus valyuta va fond birjasi" AJda Belarus Respublikasi va mahalliy ijro etuvchi

hokimiyat organlari obligatsiyalari, Belarus Milliy banki obligatsiyalari, ochiq aksiyadorlik

2018 yil

2019 yil

2020 yil

2021 yil

29883

29777

28104

29274


background image

Page 163

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH

IF = 5.441

Volume 3, Issue 05, Part 2 May 2025

www.in-academy.uz

jamiyatlarining aksiyalari savdo qilinadi biroq bozorda amalga oshiriladigan bitimlar hajmida
aksiyalar savdosining ulushi 1 foizni ham tashkil qilmaydi.

1-jadval
2018–2021 yillarda “Belarus valyuta va fond birjasi" AJ birja savdolari hajmi,
million rubl

4

Moliyaviy
intrumentlar

2018 yil

2019 yil

2020 yil

2021 yil

Aksiya

95,74

34,48

1 056,61

51,05

Obligatsiya

12 904,66

10 605,29

12 353,51

7 501,72

Jami

13 000,40

10 639,78

12

459,17

7 552,78

“Belarus valyuta va fond birjasida” savdo qilinayotgan instrumentlar tahlilidan

ko`rishimiz mumkinki, aksiyalar savdosi jami savdo aylanmasida nihoyatda kichik ulushga
ega. Jami aksiyalar savdosi 2021 yilda 51 mln rublni tashkil etganligi bu ko`rsatkich yildan
yilga pasayib borayotganligidan dalolat beradi. Aksiyalarning bozori bozori savdo aylanmasi
tahlil amalga oshirilayotgan davrda 51,7%ga qisqargan, obligatsiyalar bozori 39,3% gacha
pasaygan holda 7501,72 million rublni tashkil etgan. Aholining mavjud real daromadlari
o'sish sur'atlarining sekinlashishi, salbiy iqtisodiy va geosiyosiy keskinliklar sharoitida bozor
ishtirokchilarining moliya bozori instrumentlariga qiziqishlari pasayganligi bilan asoslash
mumkin.

Belarus fond bozori misolida ko`rishimiz mumkinki, bozorlarning yaxshi

rivojlanmaganligi natijasida qimmatli qog`ozlar savdosining tartibga solinmagan bozorlarga
oqib o`tishiga sabab bo`ladi.

4 –ram. Belarus Respublikasida qimmatli qog'ozlar bilan operatsiyalar
hajmi, (million rubl)

5

0

5000

10000

15000

20000

25000

2018 yil

2019 yil

2020 yil

2021 yil

13000

10639

12459

7552

16882

19137

15645

21721

Fond bozori

Tartibga solinmagan bozor


background image

Page 164

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH

IF = 5.441

Volume 3, Issue 05, Part 2 May 2025

www.in-academy.uz

Yuqorida keltirilgan tahliliy ma`lumotlardan ko`rishimiz mumkinki, Belarusda tartibga

solinmagan bozor ulushi qimmatli qog`ozlar savdosida ancha salmoqli ulushga ega. Xususan
2021 yil misolida o`rganilganda “Belarus valyuta va fond birjasida” savdo aylanmasi 7 552
mln rublni tashkil etgan bo`lsa, tartibga solinmagan bozordagi savdo hajmi 21 721 mln rublni
tashkil qilgan. 2018 va 2021 yillar oralig`ida qimmatli qog`ozlar bilan operatsiyalar hajmi
sezilarli o`zgarish qayd etmagan biroq tartibga solinmagan bozordagi savdo hajmi o`sish
ko`rsatgan.

3.

Xulosa va takliflar

Belarus Respublikasi fond bozori misolida ko`rishimiz mumkinki ushbu bozorga keng

ko`lamda raqamli texnologiyalarning joriy etilmaganligi qator quyidagi tizimli muammolarni
keltirib chiqargan:

-

bozor qulayligini oshirish maqsadida xususiy investorlar uchun tranzaksiyalar amalga
oshirish uchun mobil ilovalarni brokerlar tomonidan faol joriy etilmaganligi;

-

investorlar uchun qimmatli qog'ozlarni sotib olish va sotish jarayonida yagona axborot
maydonining mavjud emasligi;

-

birja qimmatli qog'ozlar bozori imkoniyatlari va vositalari haqida yuridik va jismoniy
shaxslar

xabardorligini

oshirishga

qaratilgan

raqamli

texnologiyalardan

foydalanilmasligi.

Shuni ta'kidlash kerakki, infratuzilmaning rivojlanishi qimmatli qog`ozlar bozori rivojlanishi
bilan parallel ravishda sodir bo'ladigan jarayon hisoblanadi. Bozor ishtirokchilarining
ehtiyojlarini hisobga olmasdan turib qimmatli qog'ozlar bozoriga investorlarning kirib
kelishini ta'minlaydigan investitsiya muhitini rivojlantirib bo`lmaydi. Bugungi axborot asrida
albatta raqamli texnologiyalar moliya bozoridagi investitsion muhit uchun eng muhim
omillardan biri bo`lib hisoblanadi.

Aдабиётлар/Литература/Reference:

1.

Edward E. Leamer. Macroeconomic Patterns and Stories. Los Angeles CA 90095-1481. p.

158.
2.

Khujamurodov AJ (2019) Economic Essential of Stock Infrastructure and Features of Its

Development. Asian Journal of Technology & Management Research (AJTMR) ISSN: 2249 –
0892 Special Issue–2, Sep -2019
3.

С Элмирзаев - Молия бозори. Т.: Иқтисод-молия, 2019

4.

Xoliqov, U. (2016). Фонд бозори: назария ва талқин. Iqtisodiyot va innovatsion

texnologiyalar, (6), 479-485.
5.

Бутиков, И. Л. (2017). Основные направления совершенствования государственного

регулирования фондового рынка в условиях современного
6.

Merzlikina, K. S. (2020), Regulation of activities of accounting institutions of the securities

market: retrospective and perspective [Regulirovanie dejatel'nosti uchetnyh institutov rynka
cennyh bumag: retrospektiva i perspektiva], Vektor jekonomiki – Economy vector, 2020, № 6
7.

Отчет о работе Департамента по ценным бумагам Министерства финансов

Республики

Беларусь

в

2021

году,

режим

доступа:

https://www.

minfin.gov.by/securities_department/reports/ doc/f77133af39e349eb.html (дата доступа
01.10.2022).

Библиографические ссылки

Edward E. Leamer. Macroeconomic Patterns and Stories. Los Angeles CA 90095-1481. p. 158.

Khujamurodov AJ (2019) Economic Essential of Stock Infrastructure and Features of Its Development. Asian Journal of Technology & Management Research (AJTMR) ISSN: 2249 –0892 Special Issue–2, Sep -2019

С Элмирзаев - Молия бозори. Т.: Иқтисод-молия, 2019

Xoliqov, U. (2016). Фонд бозори: назария ва талқин. Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar, (6), 479-485.

Бутиков, И. Л. (2017). Основные направления совершенствования государственного регулирования фондового рынка в условиях современного

Merzlikina, K. S. (2020), Regulation of activities of accounting institutions of the securities market: retrospective and perspective [Regulirovanie dejatel'nosti uchetnyh institutov rynka cennyh bumag: retrospektiva i perspektiva], Vektor jekonomiki – Economy vector, 2020, № 6

Отчет о работе Департамента по ценным бумагам Министерства финансов Республики Беларусь в 2021 году, режим доступа: https://www. minfin.gov.by/securities_department/reports/ doc/f77133af39e349eb.html (дата доступа 01.10.2022).