Page 47
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH
IF = 5.441
Volume 3, Issue 05, Part 5 May 2025
www.in-academy.uz
KITOBXON MADANIYATINI SHAKLLANTIRISHDA OILA
VA JAMIYATNING ROLI.
Rо‘ziyeva Nilufar Pardayevna
Ilmiy rahbar:
О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti
“Kutubxona axborot faoliyati”
kafedrasi katta о‘qituvchisi
Sunnatillayeva Aziza
“Kutubxona axborot faoliyati”fakulteti 1-bosqich talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15600020
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Qabul qilindi: 25-May 2025 yil
Ma’qullandi: 28- May 2025 yil
Nashr qilindi: 31-May 2025 yil
Maqolada kitobxonlik madaniyatini shakllantirish,
jamiyatdagi
ta’lim
muassasalari,
kitobxonlikni
rag‘batlantirishdagi tashkiliy-amaliy faoliyat yoritilgan.
Tahlillar va tajribalar orqali kitobga, kitobxonlikka
bo‘lgan mehr bolalikdan rivojlana boradi. Oila muhitida
mutolaaga bo‘lgan qiziqishning shakllanishi, unga doir
loyihalar, dasturlar orqali kitobxonlik madaniyatini
yuksaltirish kabi masalalar maqolada yoritib berilgan.
KEYWORDS
kitobxonlik
madaniyati,
jamiyat
roli,
kutubxona,
mutolaa madaniyati, ta’lim
muassasalari, yosh avlod,
rag‘batlantirish.
Bugungi texnika va globallashuv asrida ma’naviy va ma’rifiy rivojlanishning asosiy yo‘li
— kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish. Kitob — bu moziyidan xabar beruvchi,
ma’lumotlarni esa avloddan avlodga yetkazuvchi, tarix haqidagi bilimni kelajakka eltib
beruvchi, ilm-fan haqidagi yangilik va ma’lumotlarni o‘zida qamrab etib boruvchi inson
mahsulotlarining biri hisoblanadi. Kitob inson tafakkurini charxlab, barkamol inson sifatida
jamiyatdan o‘z o‘rnini topishiga yordam beradi. Kitob O‘qish orqali inson shaxs sifatida
rivojlanadi, kamol topadi. Bu esa o‘z o‘rnida yosh barkamol avlodning jamiyatimizda to‘g‘ri
yo‘l tutishiga va o‘z o‘rnini munosib topishiga yordam beradi. Yosh avlodning mutolaa
madaniyatini shakllantirishda oila va jamiyatning roli ham beqiyos. Jamiyat oiladan
boshlanganidek, kitobsevarlik madaniyati ham mutolaa madaniyati ham oiladan
boshlanadi.Oila-kitobxonlik madaniyatrini shakllantirishda asosiy omillardan biri sanaladi.
Oila ichida kitobxonlikni targ’ib qilish,bola uchun yaxshi o’rnak bo’lish va o’qishga qiziqtirish
jarayoni avvalo ota-onaning ma’uliyatidir.Agar ota-onalar o’zlari kitob o’qib,farzandlariga
ham o’qishning ahamiyatini tushuntirsa,bu bolalarda kitobga bo’lgan qiziqishni yanada
kuchaytiradi.Shuningdek,bolalikdan kitob o’qishga jalb qilish,ularga yaxshi o’qish muhitini
yaratish,kitoblarni esa ota-ona tomonidan tavsiya qilish,o’qish bilan bog’liq o’yinlar tashkil
etish kitobxonlikni shakllantirishda muhim rol o’ynaydi.Ota-onalar o’z hayotida kitob o’qish
uchun maxsus vaqt ajratib,bolalarigaham kitob o’qishga vaqt ajratishni o’rgatishlari kerak.
Kitobxonlikni targ‘ib qiluvchi muassasalar maktablar, kutubxonalar, madaniyat
markazlari va boshqa ijtimoiy muassasalar kitobxonlikni rivojlantirish uchun zarur
infratuzilmani ta'minlashda katta rol o‘ynaydi. Maktablarda o‘qish klublari va tanlovlar tashkil
etilishi, kutubxonalarda bepul kitoblar va o‘qish dasturlarini taklif etilishi bolalarning kitobga
bo‘lgan qiziqishini oshiradi. Ommaviy axborot vositalari va kitobxonlik Ommaviy axborot
vositalari, masalan, televidenie, radio, internet va ijtimoiy tarmoqlar ham kitobxonlikni
Page 48
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH
IF = 5.441
Volume 3, Issue 05, Part 5 May 2025
www.in-academy.uz
rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega. Kitoblar va adabiyot haqida eshittirishlar, kitobxonlik
mavzusidagi tv dasturlar va bloglar kitob o‘qishni ommalashtirishga yordam beradi. Xususan,
internet va ijtimoiy tarmoqlar orqali o‘quvchilar o‘rtasida kitoblar va adabiyotlar haqida fikr
almashish imkoniyati mavjud.
Kitobxon madaniyatini shakllantirishdagi muammolar va ularni bartaraf etish
yo‘llari.
Hozirgi kunda jamiyatda kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqish kamaygan va bu ijtimoiy
muammolarni keltirib chiqarmoqda. O‘quvchilar orasida elektron kitoblar va raqamli
texnologiyalarning keng tarqalishi, jamiyatda kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishning pasayishi
kabi muammolar mavjud. Bunday muammolarni bartaraf etish uchun oilaviy va jamiyatning
hamkorligi muhimdir. Shuningdek, kutubxonalar va kitob do‘konlarini zamonaviy va
interaktiv qilish, raqamli kitoblar va audio kitoblarni kengaytirish ham kitobxonlikni
rivojlantirishga yordam beradi.
Kitobga qiziqishni oshirishning samarali usullari Kitoblar va adabiyotlarni targ‘ib qilish:
O‘quvchilarni kitoblar bilan tanishtirish, adabiyotshunoslik va kitob tanlash bo‘yicha
seminarlar o‘tkazish. Tez-tez o‘qish marafonlari va tanlovlar o‘tkazish: O‘quvchilarni o‘qishga
qiziqtirish uchun turli marafonlar, konkurslar va o‘qish festivallarini tashkil etish. Bepul
kitoblar va o‘qish dasturlarini joriy etish: Ijtimoiy guruhlarni o‘z ichiga olgan bepul kitoblar
yoki o‘qish dasturlari jamiyatning kitobxonlik madaniyatini rivojlantiradi.[1]
Kutubxonachilik ishini yanada rivojlantirish va o’zgartirish uchun bir qator qaror va
qonunlar qabul qilingan. Prezidentimizning 2019-yil 7-iyundagi qabul qilingan qarorlariga
binoan “O’zbekiston Respublikasi aholisiga kutubxona-axborot xizmatini ko’rsatishni yanada
takomillashtirish to’g’risidagi” qarorga binoan yurtimizda bir qancha kutubxona sohasiga oid
o’zgarishlar yuz berdi. Jumladan sohaning moddiy texnik bazasini mustahkamlash, elektron
kutubxona tarmoqlarini yanada
rivojlantirish,mutolaa hamda axborot madaniyatini
shakllantirish, kutubxona faoliyatini tubdan isloh qilish kabi chora-tadbirlari yurtimizda keng
ko’lamda amalga oshirilmoqda. Bundan asosiy maqsad mutolaa madaniyatini,axborot
madaniyatini oshirish belgilab olindi. Mutolaa madaniyatini qanchalik erta bolalikdan boshlab
o‘rgatilsa shuncha yaxshi. Bu yerda bitta muammoga duch kelamiz. Barcha ota-onalar ham
mutolaa madaniyatining xil-xususiyatlariga ega bo‘lmasligi, bolalarning yoshiga mos kitob
tanlay olmasligi, uni o‘qish jarayonida esa to‘g‘ri va ifodali ifodalay olmasligi mumkin.Shu kabi
muammolarning sababi ota-onalarning kitob mutolaasi bilan shug‘ullanmasligi, bo‘sh
vaqtlarining yo‘qligi, kutubxonachi bilan muloqot qilmasligi, yetarlicha ma’lumotlarning
yo‘qligi va boshqa turli xil sabablar. Shu sababli ham ota-onalar, maktab, litsey hamda kollej
o‘qituvchilari, kutubxona ishchi xodimlari bilan ish olib borib, suhbat qurmoq lozim.
Bolalarning mutolaaga qiziqmasligining, kitob o‘qimasligining yana bir sabablaridan biri
jamiyatimizda mutolaaga e’tiborsizlik hamda kutubxona reklamasi yo‘lga qo‘yilmaganligi,
mas’ulyatsizlik ham katta sabab bo‘lmoqda.[2]
Mutolaa madaniyatini oshirishda yana jamiyatning ham o‘rni beqiyos. Agar har bir inson
bo‘sh vaqtini bekor o‘tkazmasdan mutolaa bilan shug‘ullansa, ulardan yosh avlod ham o‘rnak
oladi, o‘rganiladi. Barkamol avlod tarbiyasida esa kitob juda katta xizmat ko‘rsatadi.
Agar kitoxonalar kitobdan to‘g‘ri va unumli foydalana olsalar uni hayotda tatbiq qila olishadi.
Bu bilan birgalikda, ular bilan mutolaa madaniyatini shakllantirishadi.
Tadqiqotchi va mutaxassislarning fikriga ko‘ra, kitob mutolaasi uchun sahar vaqtini
tanlagan qulay. Sababi bu paytda inson organizmi uyqudan dam olib turgan, miyya yangi
Page 49
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH
IF = 5.441
Volume 3, Issue 05, Part 5 May 2025
www.in-academy.uz
harakatlarga tayyor, organizm chiniqqan holat bo‘ladi. Shuning uchun ham sahar vaqtidagi
kitob mutolaasi aqliyotni, xotirani rivojlantiradi, to‘liq fikr yuritish va fikrlash uchun ham
xizmat qiladi. Kitobxon esa mutoladan biror-bir maqsad ko‘zlagan bo‘lishi, uni aniq belgilay
olishi ham kerak. Shu sababli ham ko‘p o‘qib tushunmagandan ko‘ra, kam o‘qib tushungan,
bilimga ega bo‘lgan ma’qul hisoblanadi. Yaxshi tanlanmagan kitobni mutolaa qilish, insonni
kitob mutolaasidan bezdirib qo‘yishi, kitobni mutolaaga qiziqishdan sovutib qo‘yishi mumkin.
Kitoblar orasidan o‘ziga mosini tanlab o‘qish, har kungi mutolaaga odat qilishni yo‘lga qo‘yish
darkor.[2]
Ko’pgina oilalarda kitobxonlik madaniyati shakllangan bo‘lsa, farzandlarning kelajagi
uchun ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Agar oilada ota-ona kitob mutolaasiga har kuni biroz vaqt
ajratsa, bu tabiiy holga aylanadi va shu bilan bir qatorda bu bola ongiga ham singadi.
Shundan ham kelib chiqadiki, kitob mutolaasi eng avvalombor oila muhitiga, ota-
onalarimizning ilm, madaniyatiga bog‘liq.
Kutubxonalar
— insonni kitoblar dunyosi bilan bog‘lovchi yagona ma’naviyat o‘chog‘i.
Jamiyatimizda kitobxonlik madaniyatini targ‘ib qilish uchun keng ko‘lamdagi ishlar olib
borilmoqda.
Jumladan, televideniye, internet nashrlari, ijtimoiy tarmoqlar muhim vosita bo‘la oladi.
Ijtimoiy reklama roliklari tufayli aholining hamma qatlamlari orasida kitob o‘qishga bo‘lgan
muhabbatni uyg‘otish mumkin.[3]
Yoshlar orasida “Yosh kitobxonlar tanlovi”, “Bir million kitobxon” loyihalari kitobxonlik
madaniyatini oshirmoqda, shakllantirmoqda.
Kitobxonlik madaniyati — odamlarning kitobga bo‘lgan qiziqishi, uni o‘qib tushunib,
tilga olib, rivojlantiradi. Mutolaa madaniyatini, kitobxonlik madaniyatini shakllantirishda
aytib o‘tganimizdek, birinchi navbatda oilaning, jamiyatning o‘rni benihoyat katta. Jamiyat esa
bu qarashlarni, fikrlarni, qarorlarni shakllantiradi.
Har bir inson bu hayotda yashar ekan albatta, mutolaa bilan shug’ullanmog’i kerak.
Zero kitob inson tafakkurining, ongining qayrog’idir. Mutolaa orqali inson dunyoni anglaydi.
Mutolaa madaniyatini rivojlangan oilalardan jamiyat ham rivojlanadi.[4]
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Ruzieva N. P. From the history of Uzbek librarianship //Asian Journal Of Multidimensional
Research. – 2021. – Т. 10. – №. 6. – С. 397-402.
2.
Davlatov Soibnazar Xo‘janiyazovich. (2024). OLIY TA’LIM TIZIMI SIFATINI OSHIRISHDA
ZAMONAVIY MENEJMENTNING O‘RNI VA AHAMIYATI. SAMARALI TA’LIM VA BARQAROR
INNOVATSIYALAR
JURNALI,
2(9),
135–139.
Retrieved
from
https://innovativepublication.uz/index.php/jelsi/article/view/1750
3.
Цай И. К., Артемьева Е. Б. Развитие информационно-библиотечной системы
Узбекистана в контексте исторических трансформаций // Труды ГПНТБ СО РАН. 2019.
№ 1. С. 22-25.
4.
Lyudmila Nigmatovna Muminkhodjaeva. (2024). INTENSIFICATION OF THE PROCESS OF
TRAINING SPECIALISTS IN CULTURAL UNIVERSITIES THROUGH THE USE OF MODERN
INFORMATION TECHNOLOGIES. Zenodo. https://doi.org/10.5281/zenodo.13757191
5.
Grebenyuk M. V. The Emergence, Development, and Transformation of Library Marketing
in European Countries //Miasto Przyszłości. – 2024. – Т. 52. – С. 116-122.
Page 50
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH
IF = 5.441
Volume 3, Issue 05, Part 5 May 2025
www.in-academy.uz
6.
Гребенюк, М. В. Информационные технологии в образовании: взаимодействие
педагога с информационно-коммуникационными технологиями и совершенствование
информационной компетентности / М. В. Гребенюк // Информационные технологии.
Проблемы и решения. – 2020. – № 3(12). – С. 36-40.
7.
Martin V. G. YOUTUBE AS A MARKETING TOOL IN PROMOTING LIBRARY SERVICESv
//PEDAGOGIKA, PSIXOLOGIYA VA IJTIMOIY TADQIQOTLAR JURNALI. – 2024. – Т. 3. – №. 8. –
С. 116-126.
8.
Mirsultanovich I. M. INSON KAMOLOTIDA-KUTUBXONA VA MUZEYLARNING O’RNI
//ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ. – 2024. – Т. 53. – №. 1. – С.
38-41.
9.
Матмурадова М. И., Бердиева З. Ш. ПЕРЕВОДЫ ПРОИЗВЕДЕНИЙ МАХТУМКУЛИ НА
УЗБЕКСКИЙ ЯЗЫК //Экономика и социум. – 2023. – №. 11 (114)-1. – С. 870-873.
10.
Матмурадова М. И. МАЪЛУМОТНОМА НАШРЛАР, УЛАРНИНГ АХБОРОТ–
БИБЛИОГРАФИЯ ХИЗМАТИДА ТУТГАН ЎРНИ //Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi. –
2024. – Т. 31. – №. 2. – С. 22-29.
11.
Isxakov M. YAKKA TARTIBDA KUTUBXONA–AXBOROT XIZMATI KО ‘RSATISHNING
DOLZARB VAZIFALARI // Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi. – 2024. – 32 (1). – P. 94-103.
12.
Гребенюк М. В., Расулова Г. Х. СОВРЕМЕННЫЕ ТЕНДЕНЦИИ МАССМЕДИАж
БУКТЬЮБ-КОНТЕНТ КАК НОВЫЙ ВИД БИБЛИОГРАФИЧЕСКОЙ ПРОДУКЦИИ //AMALIY
VA FUNDAMENTAL TADQIQOTLAR JURNALI. – 2024. – Т. 3. – №. 9. – С. 1-5.
13.
Гребенюк М. В. Видеохостинг как маркетинговый инструмент в продвижении
библиотечных услуг //Вестник БАЕ. – 2024. – Т. 51. – С. 2.
14.
Davlatov S. Spiritual Heritage: Cultural Life and Libraries in the Kokand Khanate
//ACUMEN: International journal of multidisciplinary research. – 2024. – Т. 1. – №. 4. – С.
296-300.
15.
Nurbabayeva D. KUTUBXONA XIZMATLARI: RAQAMLI KUTUBXONALAR VA
ELEKTRON RESURSLAR //Теоретические аспекты становления педагогических наук. –
2024. – Т. 3. – №. 21. – С. 126-130.
16.
Nurbabayeva D. FOYDALANUVCHILARGA NASHR MAHSULOTLARIDAN VA
KUTUBXONA-AXBOROT MUASSASALARIDAN TASHQARI XIZMAT KO ‘RSATISH //
International journal of scientific researchers (IJSR) INDEXING. – 2024. – Т. 5. – №. 2. – С.
1225-1227.