Авторы

  • Karim Nuriyev
    Guliston davlat universiteti t.f.d., professor.
  • Yokub Kuvandikov
    Jizzax Politexnika instituti falsafa doktori., PhD dotsent v.b
  • Olmos Tursunboyev
    Jizzax davlat pedogogika universiteti, asistenti.

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.cajar.126801

Ключевые слова:

Tuproq resurs o‘qyoysimon panja yonilg‘i sarfi metal sarfi abraziv yeyilish ishchi organ eksperimental panja amortizasiya xarajatlari yeyilish dinamikasi..

Аннотация

Maqolada dala tajriba sinovlaridan olingan ma’lumotlar asosida o‘qyoysimon panja va aylantirib ishlatiladigan panjalar еyilishining  qiyosiy sinovlari natijalariga asoslanib eksperimental panjalarning tayyorlash tannarxining texnologiyasini ishlab chiqarishga joriy etishning asosiy texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini aniqlash natijalari keltirilgan.


background image

Page 14

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH

IF = 5.441

Volume 3, Issue 05, Part 3 May 2025

www.in-academy.uz

EKSPERIMENTAL PANJALARDAN FOYDALANISHNING

TEXNIK-IQTISODIY KO‘RSATKICHLARI

Nuriyev Karim Katibovich

Guliston davlat universiteti t.f.d., professor.

Kuvandikov Yokub Tursunbayevich

Jizzax Politexnika instituti falsafa doktori., PhD dotsent v.b

yokubjonyokubjon399@gmail.com, тел: +998933050860.

Tursunboyev Olmos Vaxob o‘g‘li

Jizzax davlat pedogogika universiteti, asistenti.

https://doi.org/10.5281/zenodo.15430245

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi: 05-May 2025 yil
Ma’qullandi: 10- May 2025 yil

Nashr qilindi: 16-May 2025 yil

Maqolada dala tajriba sinovlaridan olingan ma’lumotlar
asosida o‘qyoysimon panja va aylantirib ishlatiladigan
panjalar еyilishining qiyosiy sinovlari natijalariga
asoslanib eksperimental panjalarning tayyorlash
tannarxining texnologiyasini ishlab chiqarishga joriy
etishning asosiy texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini
aniqlash natijalari keltirilgan.

KEYWORDS

Tuproq, resurs, o‘qyoysimon
panja, yonilg‘i sarfi, metal sarfi,
abraziv yeyilish, ishchi organ,
eksperimental

panja,

amortizasiya

xarajatlari,

yeyilish dinamikasi..

O‘qyoysimon panjalar kultivatorlarning eng tez yeyilib ishdan chiqadigan ishchi organi

hisoblanadi. Shuning uchun, ishlash jarayonida kultivatorlarning o‘qyoysimon panjalari tez-
tez yangisiga yoki resursi qayta tiklanganlariga almashtirib turiladi. Paxta qator oralariga
ishlov berishda o‘qyoysimon panjalarning tez yeyilishi hisobiga foydalanish samaradorligi
pasayib ketadi va ehtiyot qismlar uchun qilinadigan harajatlar miqdori ortadi. Ehtiyot qismlar
sarfini kamaytirishda, resursi oshirilgan aylantirib ishlatiladigan panjalardan foydalanish
katta iqtisodiy samara beradi. Ushbu iqtisodiy samaradorlik yeyilib ishdan chiqqan
eksperimental panjalarning tumshuq (iskana)larini 120

0

gradusga aylantirib ishlatish bilan

metall tejalishi va amaldagi ishchi organlarni yangisiga almashtirishga sarflanadigan vaqtning
tejalishi hisobga olinadi. Eksperimental panjalarning tayyorlash tannarxining texnologiyani
ishlab chiqarishga joriy etishning asosiy texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlaridan hisoblanadi.
Bunda tannarxni eng minimal bo‘lishini nazarda tutildi.

Tadqiqotning maqsadi.

Eksperimental panjalarning iqtisodiy samaradorligini aniqlash

uchun, amalda ishlatilayotgan o‘qyoysimon panjalar va eksperimental panjalarning iqtisodiy
ko‘tsatkichlari o‘zaro taqqoslandi. Hisob-kitoblar uchun ma’lumotlar joriy ma’lumotnomalar,
qo‘llanmalar, narxlar ro‘yxati, yillik statistik hisobotlar, KXU-4 kultivatorining sinov
hisobotlari, eksperimental ma’lumotlar va boshqalardan olingan [1].

Aniqlangan tannarx asosida taklif etilayotgan yangi “Kultivator uchun aylanma ishchi

organ”ning amalda ishlatilayotgan o‘qyoysimon panjalarga nisbatan iqtisodiy jihatdan
maqsadga muvofiqligi baholandi.

“Kultivator uchun aylanma ishchi organ”dan foydalanishning maqsadga muvofiqligini

aniqlash iqtisodiy samaradorlik orqali amalga oshiriladi. Iqtisodiy samaradorlik esa, o‘z
navbatida, yangi texnologiyani ishlab chiqarishga joriy qilish qanday iqtisodiy ko‘rsatkichni


background image

Page 15

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH

IF = 5.441

Volume 3, Issue 05, Part 3 May 2025

www.in-academy.uz

o‘zgartirganligiga qarab aniqlanadi.

Metodlar va materiallar.

“Kultivator uchun aylanma ishchi organ”dan foydalanish

ehtiyot qismlar sarfini kamaytiradi va ularning xizmat muddatini uzaytiradi.

Shuning uchun “Kultivator uchun aylanma ishchi organ”ni ishlab chiqarishga joriy

qilishda amaldagi o‘qyoysimon panjaga nisbatan yillik iqtisodiy samaradorlikni quyidagi ifoda
orqali aniqlanadi, ya’ni:

E =

[(

S

ya

· K

ya

)

T

2

/

T

1

(

S

2

+ En · K

2

)]

· N

kt

, (1)

bu yerda:

K

ya

– tayyorlangan eksperimental ishchi organni olib kelishga ketadigan

qo‘shimcha harajatlar;

S

ya

–tayyorlangan eksperimental ishchi organning narxi;

T

1

-sotib olib

kelingan amaldagi o‘qyoysimon panjaning xizmat qilish muddatlari;

T

2

–tayyorlangan

eksperimental ishchi organning xizmat qilish muddatlari;

S

2

–tayyorlangan eksperimental

ishchi organning tannarxi;

K

2

– yangi eksperimental ishchi organning tayyorlash uchun

qo‘shimcha kapital ajratmalar;

N

kt

– yangi eksperimental ishchi organning yillik hajmi;

E

n

kapital ajratmalarning me’yoriy koeffitsienti (

E

n

= 0,15).

Тayyorlangan eksperimental ishchi organning tannarxini hisoblashda uni metallomga

topshirish narxi hisobga olinadi va u quyidagicha hisoblab topiladi:

S

2

=

S

ix

+ S

m

+ S

qold

+ S

a

+ S

jor. ta’m

(2)

bu yerda

S

ix

– ish xaqi harajatlari, so‘m.

S

ix

= S

six

· T

d

· K

d

· K

2

(3)

bu yerda

S

six

– ishchilarning soatlik ish haqi, so‘m;

K

d

– qo‘shimcha ish haqini hisobga

oluvchi koeffitsient;

T

d

– bitta yangi ekspermental ishchi organni tayyorlash uchun sarflangan

vaqt, soat;

K

2

– ish joyiga xizmat ko‘rsatish koeffitsienti;

S

m

– material sarfi, so‘m.

Bino uchun

S

a bino

= B·S·a

/100·

N

kt

(4)

bu yerda

B

– ishlab chiqarish maydoni, m

2

;

S

– bir kv. metr ishlab chiqarish maydonining

narxi, so‘m;

a

– binoning amartizatsiya chegirmalari.

Jihozlar uchun

S

a jix.

= B·a

/100·

N

kt

(5)

Jihozlarni joriy ta’mirlash uchun

S

a jor. t.

=

B·a

/100·

N

kt

(6)

Eksperimental ishchi organlar o‘rnatilgan agregat tirkalgan traktorning ish unumi va

yonilg‘i sarfini aniqlash uchun maxsus xronometrik kuzatuvlar olib borilib, ekspluatatsion
vaqt birligi ichida ishlov berilgan maydon va yonilg‘i sarfi aniqlandi [2].

Sinov natijalari bo‘yicha bitta eksperimental ishchi organning ish unumi 1,2 ha/h,

yonilg‘i sarfi esa 5,48-5,58 kg/ha ni tashkil etadi.

O‘zbekiston Respublikasida eksperimental panjadan foydalanilganda olinadigan yillik

iqtisodiy samaradorlik quyidagiga teng bo‘ladi:

E

y

= S

1

+S

2

+ S

3

+S

4

= 12466000+287643943+29371000+726009000= =1055489943

so‘m

Bu yerda:

S

1

-

Eski o‘qyoysimon panjani ustundan ajratish va yangi eksperimental panjani

o‘rnatish jarayonida olinadigan jami daromad;

S

2

-

Materialning tejalishidan qilinadigan

daromad;

S

3

-

Yonilg‘i sarfining kamayishidan qilinadigan daromad;

S

4

-

Eksperimental panjadan

foydalanilgandagi iqtisodiy samaradorlik.


background image

Page 16

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH

IF = 5.441

Volume 3, Issue 05, Part 3 May 2025

www.in-academy.uz

Yuqoridagilardan, eksperimental panja ishlatilganda amalda ishlatilayotgan panjaga

qaraganda resursi 1,8-2,2 marta ortishi hisobiga olinadigan iqtisodiy samaradorlik
1055489943 so‘mni tashkil etadi.

Xulosa.

“Kultivator uchun aylanma ishchi organ”ni fermer

xo‘jaliklarida paxta qator oralariga ishlov berilganda yonilg‘i sarfi 7...8,5 % ga kamayadi
hamda dvigatelning quvvati 6…8 % ga, ish sifati va unumi 4,5% ga oshirishga, resursi tugagan
ishchi organni ustundan ajratib olishga va o‘rnatishga sarflanadigan energiya, asbob
uskunalarning amortizatsiya harajatlari va mexnat sarfini keskin qisqarishiga erishildi. №
FAP 01985 raqamli «Kultivator uchun aylanma ishchi organ» nomli foydali modelni resursi
2,2-2,8 marta amaldagi o‘qyoysimon panjaga nisbatan ortishiga erishilganda yillik ishlab
chiqarish dasturi 6945 dona bo‘lganda, o‘qyoysimon panjalar o‘rniga eksperimental ishchi
organlardan foydalanilganda olinadigan yillik iqtisodiy samara 726009000 so‘mni (2023
yildagi narxlarda) tashkil etdi. Amaldagi o‘qyoysimon panjaga nisbatan «Kultivator uchun
aylanma ishchi organ» dan foydalanilganda olinadigan yillik iqtisodiy samara 1055489943
so‘mni (2023 yildagi narxlarda) tashkil etdi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Аугамбаев М., Иванов А.З., Терехов Ю.И. Основы планирования научно-

исследовательского эксперимента. – Ташкент: Укитувчи, 1993. – 336 с.
2.

https://www.prom.uz/ads/dizelnoe-toplivo-optom-k3-k4-k5-v-uzbekistane/

3.

Икромов У., Махкамов К.Х. Расчёт и прогнозирование абразивного износа. – Ташкент:

Фан, 1982. – 147 с.
4.

Yo.T.Kuvandikovning “Kultivator panjasining yeyilish dinamikasini tadqiq qilish va yuqori

resursli konstruksiyasini yaratish” mavzusidagi Texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya ishi. Andijon, 2024.-107 b.

Библиографические ссылки

Аугамбаев М., Иванов А.З., Терехов Ю.И. Основы планирования научно-исследовательского эксперимента. – Ташкент: Укитувчи, 1993. – 336 с.

Икромов У., Махкамов К.Х. Расчёт и прогнозирование абразивного износа. – Ташкент: Фан, 1982. – 147 с.

Yo.T.Kuvandikovning “Kultivator panjasining yeyilish dinamikasini tadqiq qilish va yuqori resursli konstruksiyasini yaratish” mavzusidagi Texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya ishi. Andijon, 2024.-107 b.