Авторы

  • Muxlisa Ahmatova
    SamDU filologiya fakulteti mustaqil tadqiqotchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.cajar.126829

Ключевые слова:

Faxriyor Nizomiddinov folklor xalq og‘zaki ijodi mifologik obraz zamonaviy she’riyat samandar parvona devona xalqona ohang estetika timsol ramz milliy ruh.

Аннотация

Mazkur maqolada o‘zbek zamonaviy she’riyatining yorqin namoyandalaridan biri — Faxriyor Nizomiddinov ijodida xalq og‘zaki ijodi — folklor elementlarining badiiy talqini tahlil qilinadi. Shoirning poetik olamida folklor nafaqat estetik-bezakbop vosita, balki g‘oya va mazmunni shakllantiruvchi asosiy badiiy vosita sifatida namoyon bo‘ladi. Faxriyor she’rlarida xalqona ohang, mifologik obrazlar, maqol va matallar, afsona va qo‘shiqparchalarga xos unsurlar muhim o‘rin egallaydi. Shoir folklor obrazlarini zamonaviy his-tuyg‘ular bilan uyg‘unlashtirib, xalq ruhiyatiga xos badiiy timsollar orqali o‘z poetik dunyoqarashini ifoda etadi. Ushbu maqolada Faxriyor ijodidagi folklor motivlarining badiiy funksiyasi, ularning poetik mazmundagi tutgan o‘rni va estetik ifodasi tahlil etiladi..


background image

Page 85

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH

IF = 5.441

Volume 3, Issue 06, Part 2 Iyun 2025

www.in-academy.uz

FAXRIYOR SHE’RIYATIDA FOLKLORIZM

Ahmatova Muxlisa

SamDU filologiya fakulteti

mustaqil tadqiqotchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15684578

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi: 10- Iyun 2025 yil
Ma’qullandi: 14- Iyun 2025 yil

Nashr qilindi: 17- Iyun 2025 yil

Mazkur maqolada o‘zbek zamonaviy she’riyatining
yorqin namoyandalaridan biri — Faxriyor Nizomiddinov
ijodida xalq og‘zaki ijodi — folklor elementlarining
badiiy talqini tahlil qilinadi. Shoirning poetik olamida
folklor nafaqat estetik-bezakbop vosita, balki g‘oya va
mazmunni shakllantiruvchi asosiy badiiy vosita sifatida
namoyon bo‘ladi. Faxriyor she’rlarida xalqona ohang,
mifologik obrazlar, maqol va matallar, afsona va
qo‘shiqparchalarga xos unsurlar muhim o‘rin egallaydi.
Shoir folklor obrazlarini zamonaviy his-tuyg‘ular bilan
uyg‘unlashtirib, xalq ruhiyatiga xos badiiy timsollar
orqali o‘z poetik dunyoqarashini ifoda etadi. Ushbu
maqolada Faxriyor ijodidagi folklor motivlarining badiiy
funksiyasi, ularning poetik mazmundagi tutgan o‘rni va
estetik ifodasi tahlil etiladi..

KEYWORDS

Faxriyor Nizomiddinov, folklor,
xalq og‘zaki ijodi, mifologik
obraz, zamonaviy she’riyat,
samandar, parvona, devona,
xalqona ohang, estetika, timsol,
ramz, milliy ruh.

O‘zbek adabiyoti tarixida xalq og‘zaki ijodi — folklor eng muhim badiiy manba bo‘lib

xizmat qilgan. Mumtoz adabiyotda Alisher Navoiydan boshlab, zamonaviy shoirlar ijodigacha
bo‘lgan davomli adabiy jarayonda folklor obrazlari, timsollari, iboralari, ohang va ritmlar
chuqur o‘zlashtirilgan. Bugungi zamonaviy she’riyatda ham folklor nafaqat estetik manba,
balki ichki ma’naviy izlanishlar, milliy ruhni saqlash va qayta yaratish vositasi sifatida xizmat
qilmoqda. Bu borada Faxriyor Nizomiddinovning ijodi yorqin misol bo‘la oladi. Faxriyor
ijodida folklor unsurlari, mifologik obrazlar va xalq og‘zaki ijodiga bo‘lgan murojaatlar muhim
o‘rin tutadi.

Faxriyor she’riyatida folklor faqat tashqi bezak sifatida emas, balki mazmun va g‘oya

shakllanishida markaziy o‘rin egallaydi. Shoir nafaqat xalq og‘zaki ijodining timsollarini
keltiradi, balki ularni zamonaviy estetik ifoda orqali qayta talqin qiladi. Masalan:


Ketarman, izimdan xazonlar haydab
Shamollar ergashar. Daraxtlar to’nar
Bor-ho, kel-ho, hamalam-ha, yo‘l qayda...

Bu misralarda bir vaqtning o‘zida xalqona ohang, tabiat manzarasi va falsafiy

yo‘qotishlar uyg‘unlashgan. “Bor-ho, kel-ho, hamalam-ha” iboralari folklor stilistikasiga xos:
ular xalq qo‘shiqlaridagi jo‘shqin ohangni eslatadi. Faxriyor xalq tiliga xos ohangdorlikni


background image

Page 86

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH

IF = 5.441

Volume 3, Issue 06, Part 2 Iyun 2025

www.in-academy.uz

saqlagan holda fonetik uyg‘unlikka katta e’tibor beradi. She’rlarida takror, onomatopoeik
(taqlidiy) so‘zlar, yasalma so‘zlar, folklor intermediyalari (“hamalam-ha”) ko‘p uchraydi. Bu
jihatlar og‘zaki ijoddagi “ashula” tabiatini yozma she’riyatga ko‘chiradi.

Xokisor xok istar, pok istar-
Muhabbatni-yuvib ololi…
Har kimning yo‘liga bir yasrib muztar
Yallama, yorim, yallola…

Yulduz — xalq og‘zaki ijodida ko‘pincha mo‘jiza, orzular, muhabbat timsoli sifatida

tasvirlanadi. Ko‘p ertak va qo‘shiqlarda yulduz ilohiy va sirli kuch sifatida tilga olinadi.
Quyidagi misralarda shoir yulduz, devona, samandar kabi folklor timsollariga murojaat
qilganini ko‘rishimiz mumkin.

Yulduzlardan so‘rayman-devona
Men seni oyladan so‘rayman
Kuyadirman- shamsiz parvona
Samandardek kuldan to‘rayman

“Devona” — xalq adabiyotida sevgi yo‘lida aqlini yo‘qotgan, sadoqatli oshiq timsoli.

Masalan, Layli va Majnun dostonidagi Majnun obraziga o‘xshash. Shoirning yulduzdan so‘rashi
— bu umidsiz, lekin ichki intilish, beg‘ubor sevgi talabi. Devona esa, ishq yo‘lida o‘zini
yo‘qotgan oshiqni bildiradi. O‘zbek xalq ijodida oy ham go‘zallik va muhabbat ramzi sifatida
ko‘p uchraydi. Ko‘p xalq qo‘shiqlari va afsonalarda oy yor sevgilisiga qiyoslanadi. Bu yerda
oshiq sevgilisining darajasini oydek yuksak, yetib bo‘lmas deb biladi. U uni yerdan emas,
osmondan izlaydi — bu ilohiy sevgi timsoli.

Samandar (mifologik qush): Xalq afsonalarida samandar — o‘t ichida yashovchi, o‘tni

yoqadigan va undan tiriladigan qush. Bu obraz abadiylik, qayta tug‘ilish, chidamli muhabbat
timsolidir. Shoir o‘zini kul bo‘lishiga, yo‘q bo‘lishiga tayyor, lekin samandar kabi yana sevgisi
bilan tiriladi. Bu nafaqat sadoqat, balki sevgi yo‘lida o‘zini qayta-qayta fidokorlik bilan
bag‘ishlash obrazidir.

Bu to‘rtlikda: tabiat unsurlari (yulduz, oy, quyosh), mifologik obrazlar (parvona,

samandar), ishqiy motivlar, fidoyilik va sadoqat kabi epik va lirika o‘rtasidagi ko‘prik
elementlari mavjud. Bularning barchasi xalq og‘zaki ijodida keng tarqalgan obraz va
g‘oyalarni eslatadi. She’rda muallif xalq ijodidan ilhomlanib, zamonaviy tuyg‘ularni qadimiy
ramzlar bilan ifoda etgan.

Faxriyor she’riyatida

qaqnus

qush obraziga qayta-qayta muojaat qilinishi- uning

poetikasidagi muhim ramzlardan biri sanaladi. Faxriyor bu ramzni zamonaviylik ruhi bilan
uyg‘unlashtirib, uni ma’naviy iztirob, bardavom kurash, ezgulikka intilish va ruhiy
yangilanishning badiiy timsoli sifatida talqin etadi. Shoir o‘zini qaqnus bian qiyoslab, har bir
she’rida go‘yo o‘zini yoqadi, so‘ng yana ruhiy jihatdan tiriladi.

Kuyib ololmayman muhabbatingni,
Qaqnus edimmiki, kuldan to‘rasam…
***
Kuldan ming to‘ragan qaqnus qush misol
Negadir muhabbat qaytalanadi.


background image

Page 87

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH

IF = 5.441

Volume 3, Issue 06, Part 2 Iyun 2025

www.in-academy.uz

Zamonaviy o‘zbek she’riyati, xususan Faxriyor ijodi, folklorni nafaqat milliy o‘zlikning

ifodasi, balki zamonaviy ruhiyat va zamon muammolarini ifoda etishda estetik vosita sifatida
qo‘llashning yorqin namunasidir. Shoir folklor timsollarini poetik shaklda qayta talqin qilib,
ularni zamonaviy ong bilan uyg‘unlashtiradi. Bu, bir tomondan, adabiyotda davomiylik va
uzviylikni saqlab qolsa, boshqa tomondan, o‘zbek she’riyatini yangilashga xizmat qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1. G‘afurov, I. (2008). O‘zbek adabiyoti va folklor. Toshkent: Fan.
2. Quronov, D. (2011). Folklor va adabiyot. Toshkent: O‘qituvchi.
3. G‘aniyeva, G. (2007). O‘zbek adabiyoti va xalq og‘zaki ijodi. Toshkent: Akademnashr.
4. Faxriyor. (Turli yillarda). She’rlar to‘plami. Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot.
5. Jo‘raqulov, M. (2004). Folklor poetikasi. Toshkent: Universitet nashriyoti.
6. Axmedov, A. (2016). “Zamonaviy o‘zbek she’riyatida folklor an’analari”. // Adabiyot va
san’at jurnali, №2.
7. Karimov, A. (2015). Adabiyotshunoslik asoslari. Toshkent: O‘zMU nashriyoti.

Библиографические ссылки

G‘afurov, I. (2008). O‘zbek adabiyoti va folklor. Toshkent: Fan.

Quronov, D. (2011). Folklor va adabiyot. Toshkent: O‘qituvchi.

G‘aniyeva, G. (2007). O‘zbek adabiyoti va xalq og‘zaki ijodi. Toshkent: Akademnashr.

Faxriyor. (Turli yillarda). She’rlar to‘plami. Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot.

Jo‘raqulov, M. (2004). Folklor poetikasi. Toshkent: Universitet nashriyoti.

Axmedov, A. (2016). “Zamonaviy o‘zbek she’riyatida folklor an’analari”. // Adabiyot va san’at jurnali, №2.

Karimov, A. (2015). Adabiyotshunoslik asoslari. Toshkent: O‘zMU nashriyoti.