Авторы

  • Muxitdin Mamatxonov
    dotsent, iqtisod fanlari nomzodi University of Economics and Pedagogy
  • Qudratjon Abdusamatov
    asissent iqtisodiyot kafedrasi University of Economics and Pedagogy

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.cajar.126864

Ключевые слова:

xalqaro standartlar zaxiralar moliyaviy hisobot milliy standartlar.

Аннотация

O‘zbekiston Respublikasi hududida barter muammolari cheklab qo‘yilganligi sababli aktivlarning bir-biriga almashtirish imkoniyati mavjud emas. Barter muomalalari qo‘llanilsa barcha korxonalarda moliyaviy holatining yaxshilanishiga, debitorlik qarzlarining kamayishiga, ombordagi zaxiralarning ortib ketmasligiga va tegishli ravishda  daromadlarning yaxshilanishiga erishilgan bo‘lar edi. Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarida barter muomalalaridan keng foydalanilishi shu sohadagi muammolarning bartaraf etilganligidan dalolat beradi. Demak, O‘zbekiston Respublikasi moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o‘tar ekan, barter muomalalaridagi cheklovlarga barham berilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi.


background image

Page 114

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH

SJIF = 5.441

Volume 3, Issue 6, Part 3 Iyun 2025

www.in-academy.uz

MOLIYAVIY HISOBOTNING XALQARO STANDARTLARI:

BARTER MUOMALALARI HISOBINING AYRIM

MUAMMOLARI

Mamatxonov Muxitdin Zuxriddinovich

dotsent, iqtisod fanlari nomzodi

University of Economics and Pedagogy

Mamatxonov@internet.ru

Abdusamatov Qudratjon G‘ayratjon o‘g‘li

asissent iqtisodiyot kafedrasi

University of Economics and Pedagogy

abdusamatovqudratjon@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.15739113

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi: 15-Iyun 2025 yil
Ma’qullandi: 20-Iyun 2025 yil
Nashr qilindi: 25-Iyun 2025 yil

O‘zbekiston Respublikasi hududida barter muammolari
cheklab qo‘yilganligi sababli aktivlarning bir-biriga
almashtirish

imkoniyati

mavjud

emas.

Barter

muomalalari qo‘llanilsa barcha korxonalarda moliyaviy
holatining yaxshilanishiga, debitorlik qarzlarining
kamayishiga,

ombordagi

zaxiralarning

ortib

ketmasligiga va tegishli ravishda daromadlarning
yaxshilanishiga erishilgan bo‘lar edi. Moliyaviy
hisobotning

xalqaro

standartlarida

barter

muomalalaridan keng foydalanilishi shu sohadagi
muammolarning bartaraf etilganligidan dalolat beradi.
Demak, O‘zbekiston Respublikasi moliyaviy hisobotning
xalqaro

standartlariga

o‘tar

ekan,

barter

muomalalaridagi

cheklovlarga

barham

berilishi

maqsadga muvofiq bo‘ladi.

KEYWORDS

xalqaro standartlar, zaxiralar,
moliyaviy

hisobot,

milliy

standartlar.

O‘zbekiston Respublikasi moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o‘tishi bilan

xalqaro hamjamiyat bilan uzviy bog‘liqlikda faoliyat ko‘rsatish, hamkorlik qilish, jaxon
bozorlariga chiqish, investitsiyalar jalb etish kabi imkoniyatlardan foydalana olish
imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Demak, iqtisodiyotnirng barcha sohalarida oldinga intilish, raqamli iqtisodiyotni keng

joriy etish, sun’iy intellekt imkoniyatlaridan foydalanish, shuningdek iqtisodiyotni
rivojlantirishda demokratik tamoyillarga to‘la amal qilish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Ya’ni
davlatning iqtisodiyotga aralashishini cheklash, iqtisodiyotni yanada yangi marralarga olib
chiqish uchun barcha sun’iy to‘siqlarni olib tashlash kerak bo‘ladi.

Xozirgi kundagi shunday to‘siqlardan biri bu barter muomalalaridir.
Barter – bu bir aktivning ikkinchisiga almashtirish shartnomasi bo‘lib, unda shartnoma

ob’ektlariga bo‘lgan mulk huquqi tomonlar o‘rtasida pul o‘tkazilmasdan almashiniladi. Har bir
tomon bir vaqtning o‘zida sotuvchi va xaridor sifatida tan olinadi va tovar ayirboshlash
muomalalariga sotib olish va sotish qoidalari qo‘llaniladi.

Amaliyotda barter muomalalarining quyidagi ko‘rinishlariga duch kelishimiz mumkin:


background image

Page 115

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH

SJIF = 5.441

Volume 3, Issue 6, Part 3 Iyun 2025

www.in-academy.uz

Korporativ barter – yirik kompaniyalar o‘z mahsulotlarini bir-biriga to‘g‘ridan-to‘g‘ri

ayirboshlaydi. Masalan, aviakompaniyalar reklama xizmatlarini yoqilg‘iga ayirboshlashi
mumkin.

Xalqaro barter bitimlari – davlatlar o‘rtasidagi savdoda qo‘llaniladi. Masalan, bir davlat

neftni

boshqa

davlatdan

oziq-ovqat

yoki

texnikaga

almashtirishi

mumkin.

Barter birjalari – maxsus platformalar orqali kompaniyalar mahsulotlarini ayirboshlaydi. Bu
bizneslar

o‘rtasida

vositachilarsiz

savdo

qilishga

yordam

beradi.

Raqamli barter – raqamli platformalar yordamida tovar va xizmatlar ayirboshlanadi. Masalan,
bir frilanser dizayn xizmati evaziga veb-sayt yaratish xizmatini olishi mumkin.

Biroq, 1996-yildan boshlab O‘zbekistonda mamlakat ichida tovar ayirboshlash, barter

muomalalari taqiqlangan. Bu O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1996-yil 9-avgustdagi
“Budjet bilan hisob-kitoblar uchun xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning mas’uliyatini oshirish
chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-1504-son Farmoni bilan belgilangan.

Bozor iqtisodiyoti rivojlangan davlatlarning barchasida barter muomalalari to‘la va

tartibli ravishda qo‘llaniladi. Mazkur vosita yordamida katta miqdordagi debitorlik qarzlari
yopiladi va iqtisodiy ko‘rsatkichlar yaxshilanadi.

Barter muomalalarini qo‘llanilishi barcha korxonalarda moliyaviy holatning

yaxshilanishiga, ombordagi zaxiralarning kamayishiga va tegishli ravishda daromadlarning
ortishiga olib kelishi mumkin bo‘ladi.

Barter muomalalari o‘zining bir qator afzalliklari va kamchiliklariga ega:
Afzalliklari:
1) Debitorlik qarzlarini kamaytirish.
2) Tovar aylanmasini orttirish.
3) Ombordagi zaxiralarni kamaytirish.
Kamchiliklari:
Almashtiriladigan aktivlarning baholarini ob’ektiv baholashdagi qiyinchiliklar.
Aktivlarni almashtirishda ularning bir-biriga moslarini aniqlashning qiyinligi.
Barter muomalalarining soliqqa tortilishidagi muammolar.
Bozor iqtisodiyotining rivojlantirilishida demokratik taomillarning katta ahamiyatini

hisobga olsak, xozirgi umumiy iqtisodiy vaziyat ayirboshlash muomalalarini har hil
taqiqlashlardan chiqarish kerak degan hulosaga olib keladi.

Buning uchun barter muomalalaridagi muammolarni yechish kerak bshladi. Bunday

muammolardan biri almashilayotgan aktivlarning xaqqoniy qiymatini aniqlashdir. Haqqoniy
qiymat - baholash sanasida bozor ishtirokchilari o‘rtasidagi odatdagi operatsiyada aktivni
sotishdan olinishi yoki majburiyatni o‘tkazish uchun to‘lanishi mumkin bo‘lgan narx.

13-sonli moliyaviy hisobotning xalqaro standarti xaqqoniy qiymat deb ataladi va unda

aktivlarning xaqqoniy qiymati hamda uning aniqlanishi tartibi aks ettirilgan.

Barter muomalalarida esa ayirboshlanayotgan aktivlarning xaqqoniy qiymatini aniqlash

muhim ahamiyatga ega. Bu mulkni kam baholash yoki ortiqcha baholashdan qochishga
yordam beradi.

Haqqoniy qiymat bozor narxlari, ekspert baholari yoki boshqa ob’ektiv ma’lumotlar

asosida aniqlanishi mumkin. Aynan barter muomalalari bo‘yicha har bir aktiv bo‘yicha uning
bozor qiymati aniqlanadi, biroq ularning sof sotish qiymatida almashinishi maqsadga muvofiq
bo‘ladi.


background image

Page 116

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH

SJIF = 5.441

Volume 3, Issue 6, Part 3 Iyun 2025

www.in-academy.uz

Barter muomalalarida o‘xshash va o‘xshash bo‘lmagan aktivlarning e’tiborga olinishi

ham katta ahamiyatga ega. Masalan, o‘xshash aktivlar tovarlarning tovarlarga almashinishi
yoki o‘xshash bo‘lmagan aktivlarga tovarlarni xizmatlarga almashish nazarda tutiladi.

O‘hshash aktivlarning qiymatlari va ularni baholashda qiyinchilik bo‘lmasligi mumkin,

biroq o‘xshash bo‘lmagan aktivlarda bu muammo yuzaga keladi.

Ishlab chiqarishda kimgadir ortiqcha bo‘lgan uskuna boshqalar uchun zarur bo‘lishi

mumkin, pul mablag‘lari muammosi esa xizmat ko‘rsatish orqali qoplanadi. O‘rtadagi farq
soliq majburiyatini yuzaga keltirishi mumkin bo‘ladi.

Asosiy masalalardan biri bu soliqlar hisobini to‘g‘ri yuritilishi bo‘lib, almashinadigan

aktivlarning erkin bozori bo‘lishi katta ahamiyatga ega.

Almashinadigan aktivlarning aniq baholarini, ularning xaqqoniy qiymatini aniqlashda

internet ma’lumotlaridan ham foydalansa bo‘ladi. Bu soliq hisobini aniq yuritishda katta
ahamiyatga ega bo‘ladi.

Barter muomalalari bo‘yicha hisob yuritishda uning o‘ziga hos hususiyatlarini hisobga

olish kerak.

Barter muomalalarining o‘ziga hos hususiyatlari:
a) Barter bitimi tuzishda tomonlar o‘rtasida qarzlarning mavjudligi;
b) Almashtiriladigan aktivlarning narhlari o‘rtasidagi tafovutlar.
Tashqi iqtisodiy faoliyatda:
hujjatlashtirish ishlarida, eksport va import shartlarini nazorat qilish shakllarida.
Agarda tashqi iqtisodiy faoliyatda barter muomalalarini taqiqlanmaganligini hisobga

olsak, amaliyotda shu sohadagi tajribalardan foydalanish ham yaxshi natijalar berishi
mumkin.

Barter muomalarining barcha hisob-kitoblarini, shu jumladan almashishda yuzaga

keladigan soliqlarni va ularning to‘liq hisob-kitoblarini elektron dastur yordamida bajarish
mumkin. Bu barter muomalalarida noqonuniy hatti-harakatlarga yo‘l qo‘yilmasligini
ta’minlaydi.

Adabiyotlar:

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1996 yil 9 avgustdagi “Byudjet bilan hisob-kitoblar
uchun xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
PF-1504-son Farmoni. T. 09.08.1996 y.
2.“Haqqoniy qiymat” Moliyaviy hisobining 13-sonli xalqaro standarti. QMMB:
10/22/3400/1087-son 13.12.2022y
3. Халилов Н.Х., Сафина Н.Т. «Роль цифровизatsiи в развитии социально экономических
систем в Республике Узбекистан». Colloquium-journal №15 (138), 022 Część 1 (Warszawa,
Polska). (ISSN 2520-6990 ISSN 2520-2480) 83-86p. https://colloquium-journal.org/wp-
content/uploads/2022/06/Colloquium-journal2022-138-1.

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1996 yil 9 avgustdagi “Byudjet bilan hisob-kitoblar uchun xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-1504-son Farmoni. T. 09.08.1996 y.

“Haqqoniy qiymat” Moliyaviy hisobining 13-sonli xalqaro standarti. QMMB: 10/22/3400/1087-son 13.12.2022y

Халилов Н.Х., Сафина Н.Т. «Роль цифровизatsiи в развитии социально экономических систем в Республике Узбекистан». Colloquium-journal №15 (138), 022 Część 1 (Warszawa, Polska). (ISSN 2520-6990 ISSN 2520-2480) 83-86p. https://colloquium-journal.org/wp-content/uploads/2022/06/Colloquium-journal2022-138-1.