Page 88
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH
Volume 3, Issue 6, Part 3 Iyun 2025
www.in-academy.uz
SHOMON CHORLOVLARINING JANR TABIATI XUSUSIDA
Utkir Aralov
TAFU tadqiqotchisi
Email:
ORCID:
https://doi.org/10.5281/zenodo.15735466
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Qabul qilindi: 15-Iyun 2025 yil
Ma’qullandi: 20-Iyun 2025 yil
Nashr qilindi: 25-Iyun 2025 yil
Mazkur maqolada o‘zbek shomon marosim folklorida
faol ijro etiluvchi shomon chorlovi janrining o‘ziga xos
xususiyatlari borasida mulohaza yuritiladi. Shomon
chorlovlarining shomonning mifologik homiylarini
yordamga chaqirishi, mifologik homiylarning kimlar
ekanligi,
ularni
ifodalash
usullari,
shomon
chorlovlarining ijro o‘rni va ijro uslubi borasida tadqiqot
olib borilgan. Muallif tadqiqot so‘ngida shomon
chorlovlarining spesifikasi borasida o‘zining yakuniy
nazariy xulosalarini keltigan.
KEYWORDS
shomon,
mifologik
homiy,
chorlov, ruh, pir, avliyo, folklor
Introduction
Shomon chorlovlarini o‘rganish ajdodlarimizning qadimiy mifologik tasavurlari va
badiiy tafakkur tadrijiy takomili bosiqichlarini o‘rganish uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
Shomon folklori atamasi o‘zbek filologiya ilmida keyingi paytlarda iste’molga kirib kelgan
so‘zlardan. Yangi asr boshlaridan folklorshunos O.Qayumov o‘zbek shomon marosim
folklorining turli masalalariga bag‘ishlangan maqolalar elon qildi. Olimning shomon
folklorining asosiy janrlar tarkibi, shomon chorlovlari borasidagi ilmiy maqolalari bizning bu
borada alohida ilmiy kuzatishlar olib borishmizga sabab bo‘ldi[6.p.78-81].
Methods
O‘zbek shomonlari tomonidan amalga oshiriladigan marosimlarning verbal qismida
shomon chorlovlari muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki marosimning asosiy magik jihatlari
chorlov vositasida, undan keyingi jarayonda amalga oshiriladi. Shomon chorlovlarida
bemorning tanasiga singib olgan yovuz ruhlarni quvish uchun homiy ruh sifatida tasavvur
qilinadigan pirlarni chaqirish motivi ustivorlik qiladi[7. P.59]. Taniqli rus folklorshunosi,
shomon marosimlari folklorining yirik tadqiqotchisi Ye.S.Novikning yozishicha, «Ruhlarni
chorlash shomon afsungarlik marosimining asosiy qismini tashkil etadi. Marosim aytimlarini
kuzatishlar natijasiga ko‘ra, matnda hamisha uchrashi kuzatilgan aytim tarkibi sifatida
ruhlarni chorlash hodisasi ularning mustaqil janr ekanligini tasdiqlab turadi»[10. – C.11]. Sibir
turkiy qavlari shomonlari materiallari asosida chiqarilgan mazkur xulosa bevosita o‘zbek
shomon chorlovlariga ham xos deb hisoblaymiz. Etnograf V.N. Basilovning qayd etishicha,
o‘zbek qozoq uyg‘ur shomonlari ruhlarni chorlash aytimlarini childirma (doira) jo‘rligida
qoraqalpoq shomonlari esa, qo‘biz jo‘rligida ijro etishadi va homiy ruhlar madadi bilan bemor
tanasidagi yovuz ruhlarni haydash maqsadida aytiladi [2.– C.17].
Page 89
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH
Volume 3, Issue 6, Part 3 Iyun 2025
www.in-academy.uz
Discussion
Etnografik adabiyotlarda shomon chorlovlaridan kplab namunalar keltiriladi.
A.V.Anoxin “Oltoy shomonligiga doir materiallar” nomli kitobida shomon chorlovlaridan
namunalar chop ettirgan edi. N.R.Oynotkinovaning ta’kildashicha, bu oltoyliklar o‘tmishida
keng ommalashgan shomoniylik xususidagi yagona asar sanaladi[11]. A.V.Anoxin tomonidan
32 yoshli Polshtop ismli, tubalar urug‘iga mansub, Aramyos (Aramös) daryosi qirg‘og‘ida
istiqomat qiluvchi shomon tomonidan ijro etilgan chorlovda: 1) qondosh ruhlar, vafot etgan
qarindoshlar ruhlari: Chuduk, Sergey, Semenek, Tiskinek i Sangыzak, Arshan (Arjan-shomon
ayol, Badi-shomon i Kyok-Yolyo – Polshtopning xotini tomonidan qarindosh shomonning
ruhi); 2) tog‘ va ko‘l ruhi: uch shoxli Kara-Kaya va Ker-Buura (Ÿch mÿÿstÿ Kara-Kaya i Ker-
Buura); 3) samo ruhlari (yuqori turuvchi xudo): Karshыt, Puura-Kaan –Ulgenning o‘g‘illari; 4)
qora ruhlar (kara tös): Karash va Kerey –Erlikning o‘g‘illari (yer osti olami hukmdori) va
boshqalarning ruhlarini chaqirishi qayd etilgan[1.–C.66].
Shomon chorlovlari borasida mulohaza yuritgan olimlar: P.G.Bogatirov, Ye.S.Novik, I.N.
Gemuyev, B.I.Sarimsoqovlar[3.– s.393;10.– s.11; 4.-s.68; 12.–b.144] tadqiqotlarida chorlov
janri borasida to‘liq mulohazalar mavjud emas. Ye.S. Novik shomon chorlovlarini bir
butunlikda o‘rganishni tavsiya etadi. P.G. Bogatirov esa, shomon marosimlari tarkibidagi
chorlovlarning magik xususiyatlarini e’tirof etmaydi, balki uni marosimning verbal qismi
sifatida baholanishi, marosim esa qadimiy teatr sifatida san’at asari namoyishi ekanligini qayd
etadi. I.N. Gemuyev chorlovlar haqida bergan ma’lumotida bu janrdagi asarlarning o‘ziga xos
jihatlarini ochib berishga e’tiborni qaratmaydi. Biroq shomon chorlovlarida ruhlarga murojaat
motivining mavjudligini ta’kidlaydi. O‘zbek folklorshunosi B.I.Sarimsoqov so‘zning magik
qudratiga asoslanuvchi o‘zbek marosim folklori janrlari tarkibida shomon chorlovlari ham
mavjudligini e’tirof etadi, ammo faqat o‘zbek xalq materiallari asosida bu janrning o‘ziga
xosligini ochib berish imkoni yo‘q, deb hisoblaydi. Ularning janr tabiatini oydinlashtirish
uchun qardosh xalqlar shomon chorlovlari bilan qiyosiy tahlillar o‘tkazish, buning uchun
mustaqil tadqiqot olib borish lozimligini to‘g‘ri qayd etadi. Shuningdek, B.I. Sarimsoqov o‘z
tadqiqotida shomon chorlovlarini «shaman chaqiriqlari» deb ataydi. Folklorshunos
O.Qayumovning tadqiqotlarida shomon chorlovlari atamasi ostida alohida janr mavjudligi
qayd etiladi[8. – S.79-85]. Olim o‘zbek shomon marosim folklori materiallarini to‘plash
asnosida shomon chorlovlarining shomon marosim folklori verbal qismida juda faol
qo‘llaniluvchi janr ekanligi to‘g‘ri qayd etadi[13.–P.59-65].
Results
Shomon chorlovlari shomon marosimi aytimlarining ibtidosida ijro etiladigan janr
bo‘lib, shomonning mifologik homiylari, avliyolar ruhlarini chorlash va ulardan madan so‘rash
motivi asosiga quriladi. Samarqand viloyati, Nurobod tumani, Tim qishlog‘ida istiqomat
qiluvchi 77 yosh Baxmal momodan folklorshunos O.Qayumov yozib olgan “Qo‘chiriq” matnida
shomon o‘z mifologik homiylarini chorlashi va ulardan madad so‘rashi o‘rniga e’tiborni
qaratmoqchimiz:
Momomga mol,
Boshimga bosh urgan buzruklar,
Oqdaryoning haqidan.
Momolarning haqidan,
O‘zlaringiz qo‘llangiz.
Page 90
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH
Volume 3, Issue 6, Part 3 Iyun 2025
www.in-academy.uz
Qirq bir chilton qo‘llangiz,
Dalada yursa qo‘llangiz,
Ostonabobo qo‘llangiz.
Qirq bir chiltonning haqqi,
Momolarning doni,
Aylanayin momolar,
Bismillodan jo‘l bo‘lsin.
Momo haqi bismillodan,
Tarat haqi bismillodan.
Doira haqi bismillodan,
Bismillodan jo‘l oldim.
Arab ota avliyo
Sharqiragan dovushingdan,
Zarqiragan tovushingdan,
Men sizlarni yod qildim.
Murodxonday Eshonim,
Qoratovday xil-xillagan
Cho‘pon ota qo‘llasin.
Tabiqlarni ko‘targan,
Dovud bobo qo‘llasin.
Momolarning haqidan,
Burildim men yo‘limga.
Xizr ota buva,
Ollo, sarson bug‘anman.
Tovba qildim Xudoyim,
Bulzotlarning qasdidan.
Hay-Hay boshim.
Aylanayin momolar,
Aytganimni qilmasang,
Ollo taolo bir xudoy.
Tovba bilan yurgandim,
Urxun xati qo‘llasin,
Gʻoyib ota qo‘llasin.
Yo, oblahu, yo, oblo, yo, oblo,
Ey, payg‘ambarlar qo‘llasin.
Yo, Mustafo, yo, oblo,
Yo, tag‘i digiz yovla,
Yo oblahu, yo, oblo,
Yo, Muhammad, yo, oblo,
Qo‘llamoqlik sizdan,
Yod olmoqlik bizdan.
Qodir ota otamiz.
Men Haydar,
Ko‘p Haydar,
Page 91
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH
Volume 3, Issue 6, Part 3 Iyun 2025
www.in-academy.uz
Ko‘ch, ko‘ch, ko‘ch[14.–B.82-83].
Shomon chorlovlarida shomonning mifologik homiylari sanalgan, shomonga bemorni
davolashda yordam berishiga ishongan ruhlarning nomlari zikr etilib, shomon ularni
yopamga chaqiradi. Yuqoridagi matnda Ostonabobo, Dovudbobo, Xizr, Qodir ota, Mustafo,
payg‘ambarlar, qirq bir chiltan, momolar kabi mifologik majudotlar bilan birga tarixiy
shaxslar: Murodxon eshon nomi ham keltiriladi. Aslida Ostonabobo ham tarixiy shaxs Ilyos
shayxning xal tomonidan qo‘yilgan nomi. Alisher Navoiynining “Nasoyim –ui muhabbat”
asarida Samarqandlik ikkita Ilyos ismli shayxning yashab o‘tganligi haqida ma’lumot
keltiriladi. Mutafakkir bu shayxlarning biri Nur qal’asida chashmaning kun chiqar tomonida
qabri bo‘lgan shayx Ilyos bo‘lsa, ikkinchisi Tim tog‘i etaklarida yashagan Murshidi Ilyos
ekanligini qayd etadi. Demak, shomonning aksariyat mifologik homiylari tarixda yashab
o‘tgan aliyolar, shayxlar, eshonlar, o‘zidan oldin o‘tgan shomonlar bo‘lar ekan. Shunday ekan,
shomonning mifologik homiylari har doim ham afsonaviy mifologik personajlar
bo‘lavermaydi, balki shomon yashagan hududlarda undan oldin yashab o‘tgan karomatli
shaxslar ham vafotidan keyin shomon mifologik arsenalida mifologik homiy sifatida talqin
etiladi. Mifshunos olim Yan Parandovskiyning ta’kidlashicha, miflarda tasvirlanuvchi
qahramonlar juda qadimiy bo‘lib, ularning dastlabkilari “O‘z vatandoshlariga xizmat qilib,
alohida hurmat qozongan buyuk kishilar: urug‘, qabila boshliqlari, qonunshunoslar, mashhur
jangchilar, ruhoniy-kohinlar, payg‘ambarlar, buyuk shoirlar bo‘lib, ular vafot etganlaridan
keyin xalq orasida qahramonga aylanib, ularga sig‘inish boshlangan[12].
Ushbu turli toifadagi buyuk shaxslar ibtidoiy inson tasavvurida karomatli shaxslar
sifatida namoyon bo‘lgan va ular ruhiga sig‘inish odati paydo bo‘lgan. Keyinchalik esa ular
homiy sifatida tan olinib, manistik mifologiyaning qahramonlari timsolini egallaganlar.
Shomoniylikning asosi shomonni o‘zga olam va odamlar olami o‘rtasidagi vositachi
ekanligida ko‘rinadi. Shomon zamin olami vakillari oddiy odamlarning tanasiga joylashib
olgan yovuz ruhlarni o‘zining mifologik homiylari bo‘lgan, avliyolar, payg‘ambarlar, eshonlar
ruhlari, momolari, parilari, bobolari ko‘magida haydab chiqaradi. Shomon mifologik homiylari
sirasida qayd etilgan qirq bir chiltan ham aslida qirq chiltan – ya’ni qirq tandir. Biroq,
shomonlarning amaliyot jarayonida improvizatsiya qilish an’anasi chiltanlar sonini bir
nafarga oshirishini keltirib chiqargan ko‘rinadi.
O.Qayumov tomonidan 2007 yilda Samarqand viloyati Nurobod tumani Sevrni
qishlog‘ida istiqomat qiluvchi 70 yoshli Oydin momodan yozib olingan shomon chorlovida
yolg‘iz mifologik homiyni chorlash holati ko‘zga tashlanadi:
Sariqiz momo sardorim,
Eshigingga qul bo‘ldim.
Tuzligingga tuz momo,
Botim-botim joylarga,
Botmonlatib oldim men.
Moyib bo‘lgan joylarga,
Qonlar berib oldim men.
Zulm bermang o‘zimga,
Kasr qilmang ko‘zimga.
Yo, Sariqiz momo sardorim,
O‘zing madad bergin.
Page 92
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH
Volume 3, Issue 6, Part 3 Iyun 2025
www.in-academy.uz
Man sig‘indim Sariqiz momomga
Olloh yordam bersin bandamga.
-deb marosimni tugatadi[14. – B.93].
O‘zbek mifologiyasida sariqiz aksariyat hollarda demonologik obraz sifatida talqin
etiladi. Odatda sariqiz odamlarga yovuzlik keltiruvchi ruh timsoli. Biroq, oynid baxshining
mifologik homiysi sifatida odamlarga yaxshilik qilish vazifasi ko‘zga tashlanadi. Demak, har
qanday mifologik obraz insonga munosabati bilan bog‘liq vazifalarida shomonning mahorati
ta’sirida o‘z vazifasini o‘zgartirishi mumkin ekan.
Shomonning shomon marosimlarida mifologik homiylariga murojaat qilishi va chorlov
ijro etishi o‘rni turlicha, yuqorida ko‘chiriq marosimida shomon o‘z mifologik homiylarini
chorlov janri ijrosi orqali davrga taklif qilganligini ko‘rib chiqqan edik. Quyida “Alas”
marosimi jarayonida shomonning chorloviga e’tiborni qaratimiz:
Gul tagida turganlarim,
Guldan toza qilinglar,
Qo‘y po‘stini kiyganlarim,
Tan po‘stimga kirganlarim,
Qir tanadan enganlarim,
Tog‘u toshga borganlarim,
Marjon mashog‘ terganlarim,
Man sizlardan aylanayin.
Molu jonimga, ro‘zg‘orimga,
Bala-chaqamga,
Yetti pushtimga,
Yetkirmang ziyon.
Man sizlardan aylanayin,
Onajonlarim, momojonlarim,
Man sizlarga sig‘indim.
Aytganlaringizni qilayin.
Yo‘llaringizdan yurayin,
Chiroqlariz yoqaman.
Bismillohir-rohmanir rohim,
Mani qo‘lim emas,
Qo‘l bergan ustozimning qo‘li,
Pirimning qo‘li.
Anbar onam,
Qambar onam, Emchi onamning qo‘li,
Iloho omin.
Ko‘rinadiki, marosimni boshlash jarayonida shomon o‘z mifologik homiylariga yuzlanib:
Gul tagida turganlarim,
Guldan toza qilinglar,
Qo‘y po‘stini kiyganlarim,
Tan po‘stimga kirganlarim,
Qir tanadan enganlarim,
Tog‘u toshga borganlarim,
Page 93
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH
Volume 3, Issue 6, Part 3 Iyun 2025
www.in-academy.uz
Marjon mashog‘ terganlarim,
Man sizlardan aylanayin,
-deya murojaat qiladi. Shomoniylik miflogiyasiga doir xalq qarashlarida parilar gul
ostida bo‘ladi deb tasavvur qilinadi[16.– B. 45]. Shomonning mifologik homiylarini
chorlashdagi mazkur matnda mifologik homiylarning qo‘y po‘stini kiyishi – ya’ni qo‘y terisini
yopinib yuruvchi darvesh talqini, tog‘u toshga borib yuruvchi, marjon va moshoq–
bug‘doyning boshog‘ini terib tirikchilik qiluvchi, bu dunyo moddiyatidan voz kechgan
darvesh, ammo karomatli bo‘lgan zotning ruhiga murojjat turibdi. Mifologik homiylarning ruh
ekanligi chorlovning “tan po‘stimga kirganlarim” satrida ochiq ifodasini topgan.
Ma’lumki, shomoniylik tasavvurlariga ko‘ra, yovuz ruhlar odamlarning tanasiga
joylashib oladi. Ezgu ruhlar ularni bemor tanasidan quvib chiqarishda shomonga yordam
beradi. Bu o‘rinda shomonning o‘zi etirof etishicha, ezgu ruh sifatidagi mifologik homiy
shomonning tanasiga kirib oladi. Buni shomon “tan po‘stimga kirganlarim” deb e’tirof
etmoqda. Mifologik homiylarning shomon yoki bemor tanasiga joylashishi, tog‘u toshlarni
kezishi, suv ostidan marjonlar, yer yuzidan mashoq terishi, gul tagida o‘tirishi va bemor
tanasini guldan toza qilishi, muhimi, ularning ba’zilari qir tanadan enganlar ekanligini aytilib
ularga iltijo qilishi mifologik homiylarning asl ismlarida umumiy qarashlarni keltirib
chiqargan. Odatda shomonlar o‘z mifologik homiylarini chorlaganda ularning ismlarini aytib
chorlaydi. Ammo keltirilgan alas aytimi boshidagi chorlovda mifologik homiylarga yalinish
motivi yetakchilik qiladi, shomon ulardan yordam so‘rab murojaat qiladi, biroq ularning
aynan kim ekanligi sirligicha qoladi.
Shomoniylik an’nasiga ko‘ra, shomonning o‘zga olam vakillari bilan muloqotlari,
ularning shomonga yordam berishi, xususan, parilar yoki chiltanlar bilan suhbat va
uchrashuvlari borasida shomon hech kimga gapirmasligi lozim. Mifologik homiylarning
shomon bilan muloqotlari sir saqlanishi talab etiladi. Agar shomon o‘z mifologik homiylari
haqidagi ma’lumotlarni ularning roziligisiz oshkor qilsa, mifologik homiylar tomonidan
jazolanadi. Bunday tabu shomonga uning mifologik homiylari tomonidan qo‘yiladi. Shuning
uchun ko‘pchilik shomonlar o‘zlarining mifologik homiylarini
bobolar, momolar
deb umumiy
nom ostida ataydilar. Bobolar erkan kishi qiyofasidagi ruhlar bo‘lib, ular qaysidir shayx yoki
avliyoning ruhi bo‘lishi mumkin. Momolar esa, o‘tmishda yashab o‘tgan shomon ayol,
parilarning umumiy nomini anglatadi.
Onalar, momolar singari shomonning mifologik homiysi umumiy nom ostida tilga olinish
an’anasi teluyet shomonlari materiallarida ham uchraydi. Xususan, o‘tgan asrning 1949 yili
N.P.Direnkova tomonidan e’lon qilingan shomon chorlovlari orasida Sibir turkiy qavlarining
alas qo‘shiqg‘i keltiriladi. Ayni alas aytimida ham onalar umumiy nomi ostida shomonning
chorlayotgan mifologik homiylari umumlashtirilganligi kuzatish mumkin[5.–C123.].
Shomon chorlovlarida mifologik homiyning garchi pari bo‘lsa-da, aynan ismini aytib
chaqirish hollari ham kuzatiladi:
Simyon pari sunib kel,
Ola pari anglab kel,
Qora pari qarab kel,
Sori pari sayrab kel.
Chinor pari chidab kel,
Page 94
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH
Volume 3, Issue 6, Part 3 Iyun 2025
www.in-academy.uz
Barakalla shovvozim,
Keltirilgan og‘zaki matnda shomonning mifologik homiysi bo‘lgan Simyon pari, Ola pari,
Sori(sariq) pari, Qora pari, Chinor pari kabilar tilga olinadi. Shomon o‘z mifologik homiysi
bo‘lgan parilarini asosan tashqi ko‘rinishi, aniqrog‘i rangiga qarab nomlagan. Chorlovda
mifologik homiylarning mumiy nom yoki shomongagina tushunarli bo‘lgan nom (Chinor pari
singari) bilan atalishi shomon chorlovining spsifik xossalaridan biri sanaladi.
Sanbar baxshi repertuaridan yozib olingan qo‘l olish marosimida marosimni
boshlashdan oldin shomonning o‘z mifologik homiylarini chorlashi quyidagicha ifodalangan:
Yer yuzida avliyo,
Avliyolar qo‘llasin.
Tobutdagi farishta
Farishtalar qo‘llasin.
Pirlar madadkor bo‘lsin,
Avliyolar pir bo‘lsin.
Lashkar tuzing momolar,
Pirlar madadakor bo‘lsin.
1
Qonxo‘rlarga qon berdi,
Jonxo‘rlarga jon berdi.
Momolar qo‘shig‘in boshladi,
Momolar ko‘nglin g‘ashladi.
Yo‘l beringiz momolar,
Qo‘l beringiz momolar.
Surpangizni yozaylik,
Nimayki qilsa tilak,
Farishtalar qo‘llasin.
Pirlar madadkor bo‘lib,
Yo‘llarini ochsinlar.
Yer yuzida avliyo,
Avliyolar qo‘llasin,
Pirlar madadkor bo‘lsin[17.– B.79-80].
Chorlovning mazkur variantida shomonning etiqodiy qonuniyatlari ochiqroq namoyon
bo‘lgan:
Yer yuzida avliyo,
Avliyolar qo‘llasin.
Tobutdagi farishta
Farishtalar qo‘llasin.
Pirlar madadkor bo‘lsin,
Avliyolar pir bo‘lsin.
Demak shomoniyilik e’tiqodiga binoan barcha avliyolar shomonning mifologik homiysi,
ular pir. Shuningdek, farishtalar aynan tobutdagi farishtalarga murojaat alohida ahamiyat
kasb etadiki, bu shomonning o‘zga olam vakillari bilan muloqotini bildirib turadi. Samarqand
viloyati, Nurobod tumani, Ag‘ron qishlog‘ida istiqomat qiluvchi Zulayxo momodan
Page 95
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH
Volume 3, Issue 6, Part 3 Iyun 2025
www.in-academy.uz
folklorshunos O.Qayumov yozib olgan “Suq chiqarish” marosmida shomon o‘z mifologik
homiylarini chorlashining o‘zgacha uslubi ko‘zga tashlanadi:
Ey onajonlarim,
Ey momojonlarim,
Ey ollohim,
Qo‘l bergan ustozlarim, pirim,
Anbar onam, Qambar onam,
Emchi onam,
Man sizlarga sig‘indim.
Man sizlarga sig‘indim.
Nima desangiz
Aytganlaringizni qilayin.
Yo‘llaringizdan yurayin,
Chiroqlariz yoqaman.
Mazkur chorlovda onajonlar, momojonlar, qo‘l bergan ustozlar, Anbar ona, Qambar ona
kabi mifologik homiylarning ismini ochiqlanishi va yashirin kelish hollari kuzatiladi. Demak,
shomon ismini ochiqlaydigan mifologik homiylari hammaga ma’lum bo‘lgan ilohiy shaxslar –
Anbar ona, Harazti Dovud payg‘ambar singarilar, ismi ochiqlanmaydigan onajonlar,
momojonlar esa, parilar – Gʻayb olami vakillari sifatida tushunilishi lozim.
Conclusion
O‘zbek shomon marosim folklorining eng faol ijro etiluvchi janrlaridan biri shomon
chorlovlarining o‘ziga xos xususiyatlari borasidagi mulohazalarimizni quyidagicha
umumlashtiramiz:
1.
O‘zbek shomon chorlovlari shomon marosimlarining deyarli barchasida ijro
etiladigan folklor janridir. U shamon marosimida shomon tomonidan ba’zan doira jo‘rligida,
ba’zan musiqiy asbob ishtirokisiz ijro etiladi.
2.
Shomon chorlovlarining asosiy obrazlari shomonning mifologik homiylaridir.
Shomonning mifologik homiylari tarixda yashab o‘tgan karomatli shaxslar, dindorlar,
avliyolar, payg‘ambarlar bilan bir qatorda umumiy fonda mifologik mohiyat kasb etuvchi
momolar, parilar, bobolardan iborat bo‘ladi.
3.
Shomon chorlovlari asosan marosim jarayonida shomonga yordamga
chaqiriladigan ruhlarning nomlarini aytib ularga tavsif berish orqali alqab taklif etishga
qaratilgan og‘zaki qo‘shiq bo‘lib, har bir ijrochi repertuarida alohida-alohida variantda
uchraydigan, doimiy ijodiy ishlanib boruvchi va ijrochining hozirjavobligi orqali yangilanib
boruvchi janrdir.
Shomon chorlovlari shomon tomonidan har xil shomon marosimlarida (ba’zan bir xil
marosimda ham) har gal yangi variantda ijro etiluvchi janr bo‘lib, qo‘shiq matnida mifologik
homiylarning qayd etilish tartibi, ularning funsional vazifalari almashib turishiga asoslangan
qo‘shiq matnidir.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Анохин А.В. Материалы по шаманству у алтайцев. – Л., 1924. – С. 66.
2.
Басилов В.Н. Исломированное шаманство народов Средней Азии и Казахстана. АДД.
Москва, 1991. С. 17.
3.
Богатыров П.Г. Вопросы теории народного искусства. Москва, 1971.-С.393
Page 96
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH
Volume 3, Issue 6, Part 3 Iyun 2025
www.in-academy.uz
4.
Гемуев И.Н., Сагалаев А.М. Религиya народа манси. Култовые места ХИХ – наchала ХХ
в. Новосибирск, 1986. -С. 68;
5.
Дыренкова Н.П.Материалы по шаманство телеутов//Сборник музеya антропологии
и этнографии, т. Х.–М.: 1949. – С.123.
6.
Kayumov, O. The placye of the fayeriye in shaman cyeremony folklore. International
Journal on Integrated Education, 3(10), 78-81.
7.
Kayumov, O. S. "Surpa renovation" as a shamanic ritual. Voprosы nauki i obrazovaniya, 59.
8.
Каyuмов, О. (2018). Шамонские завоеваниya-фолклорный жанр. Иностраннаya
филологиya: yaзык, литература, образование, 3(3 (68)), 79-85.
9.
Kayumov, Olimjon. "The placye of the fayeriye in shaman cyeremony folklore."
International Journal on Integrated Education 3.10: 78-81.
10.
Новик Е.С. Фолклор-обрyaд-верованиya: опыт структурно-семиотиchеского
изуchениya текстов устной културы// Диссертatsiya в форме науchного доклада по
совокупности опубликованных работ на соискание уchеной степени доктора
филологиchеских наук. Москва, 1995.-С.11.
11.
Ойноткинова
Н.Р.
Поэтика
шаманских
призываний
алтайцев//
hттпс://cйберленинка.ру/
12.
Парандовский Yaн. Мифологиya. М., 1971.
13.
Рo‘зимбоев С.Рo‘зметов H. Фолклор атамалари qисqаchа луg‘ати. – Урганch, 2007.
14.
Саримсоqов Б. O‘збек маросим фолклори. Тошкент, Фан, 1986. –Б.144.
15.
Sadiriddinovitch, K. O. (2019). Surpa renovation" as a shamanic ritual. Voprosы nauki i
obrazovaniya, (7 (53)), 59-64.
16.
Qаyuмов О. Пари hаqидаги халq qарашлари. O‘збек тили ва адабиёти. 1996.№ 1.
45-48.
17.
Qayumov O. O‘zbek sehrli marosimlari.– Toshkent, 2024. – 146 b.