Авторы

  • Saida Ollaberganova
    Urganch davlat Universiteti Geografiya kafedrasi doktoranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.cajar.126869

Ключевые слова:

Geografiya muammo geografik o’yinlar rolli o’yinlar xarita ko’rgazmali materiallar video rasmlar

Аннотация

Geografiya darslarida  o’quvchilarning dars mavzusini yaxshi tushunishiga va o’rganilayotgan obyekt, jarayon yoki voqea xodisa haqida tasavvurning shakllanishiga shu bilan birga dars sifatining oshishida geografik o’yinlardan foydalanish orqali o’quvchilarga muammoli darslarni to’laroq tushuntirishda , o’quvchilarni fikrlab muammoga yechim topishda yordam beruvchi samarali o’yinlardan  biri rolli o’yinlar  hisoblanadi.


background image

Page 85

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH

SJIF = 5.441

Volume 3, Issue 6, Part 3 Iyun 2025

www.in-academy.uz

GEGRAFIYA DARSLARIDA MUAMMOLI MAVZULARDA

ROLLI O’YINLARNI QO`LLASH.

Ollaberganova Saida Sherboy qizi

Urganch davlat Universiteti Geografiya kafedrasi doktoranti

saidaallaberganova26@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.15735437

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi: 15-Iyun 2025 yil
Ma’qullandi: 20-Iyun 2025 yil
Nashr qilindi: 25-Iyun 2025 yil

Geografiya darslarida o’quvchilarning dars mavzusini
yaxshi tushunishiga va o’rganilayotgan obyekt, jarayon
yoki voqea xodisa haqida tasavvurning shakllanishiga
shu bilan birga dars sifatining oshishida geografik
o’yinlardan foydalanish orqali o’quvchilarga muammoli
darslarni to’laroq tushuntirishda , o’quvchilarni fikrlab
muammoga yechim topishda yordam beruvchi samarali
o’yinlardan biri rolli o’yinlar hisoblanadi.

KEYWORDS

Geografiya,

muammo,

geografik o’yinlar, rolli o’yinlar,
xarita, muammo , ko’rgazmali
materiallar , video, rasmlar.

Bugungi kun talabi darslarni Yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanib, noan‘anaviy

interfaol usullar yordamida tashkil etishdir.

Geografik o'yinlarning mazmun va mohiyatini ochib berilishida, shuningdek, darslarda

geografik o'yinlarni qo'llab chiqishga harakat qilindi.

Geografiya darslarini va geografiyadan sinfdan tashqari ishlarni hayotga tadbiq etish,

ularni qiziqarli va ijodiy tashkil etish – bosh maqsaddir.

Darsda o'yinlardan geografik o’yinlardan foydalanish muhim o'rin egallaydi. Shu o'rinda

geografik o’yinlarni darslarga olib kirish ko'zlangan maqsadga erishishda benihoyat katta
yordam beradi. Geografik o’yinlar turli tuman bo’lib xar bir mavzuga mos keluvchi
texnologiyalar metodlar orqali geografik o’yinlardan foydalanish yosh avlodni darslardagi
charchoqlarini unitib yanada faolroq bo’lishlariga, ularni qiziqishlarini yanada oshirishga
katta yordam beradi. Geografiya darslarini hayotga bog'lab, turli xil metodlar geografik
o’yinlar orqali mustahkamlab qiziqarli qilib tashkil etilsa ana shundagina dars mavzulari har
bir saboq oluvchilar ongiga chuqurroq singadi. Yosh avlodni har tomonlama barkamol,
mustaqil fikrli, ilmli, ma‘naviy yetuk, Vatanimizning yanada gullab, yashnashi uchun o'z bilim
va kuchini ayamaydigan qilib tarbiyalash biz o'qituvchilarga katta mashaqat va mas‘uliyat
yuklaydi.

Rolli o’yinlar - ma’lum bir shaxsning vazifa va majburiyatlarini bajarishdagi ruhiy

holatlari, xatti-harakati ishlanadi, rollar majburiy mazmuni bilan taqsimlanadi.

O’yinni tashkil etish maqsadlari quyidagilardir:
–ta’limiy (didaktik) maqsad;
–tarbiyaviy maqsad;
–faoliyatni rivojlantirishga yo’naltiruvchi maqsad;
– ijtimoiy maqsad.


background image

Page 86

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH

SJIF = 5.441

Volume 3, Issue 6, Part 3 Iyun 2025

www.in-academy.uz

S.Kallaganning ta’qidlashicha, rolli o’yinlarning muvaffaqiyatli tashkil etilishi uchun bir

qator shartlarga amal qilish zarur. Ular quyidagilar:

–Jamoa a’zolari o’rtasida samimiy muhitni qaror toptirish;
–o’yin jarayonida qat’iy talablar qo’yilishini inkor etadi;
–o’qituvchi va o’quvchilarning erkin, bemalol, o’ziga ishongan holda, hotirjam harakat

qilishlariga erishish;

–sinfda qulay sharoitning mavjud bo’lishi(shovqin darajasini nazorat qilish,

o’quvchilarni chalg’ituvchi harakatlarni sodir etmaslik);

–sinfda tartib va tinchlikni saqlash maqsadida o’quvchilarning o’yin faolligiga ta’sir

qilmaslik.

O’yinni ishlab chiqish - o’yin senariysini ishlab chiqish, yo’riqnomalar tuzish va moddiy

ta’minotni ta’minlashni o’z ichiga oladi. Rolli o’yini, senariysi quyidagilardan O‘yin ishtirokchil
ari o‘rtasidagi munosabat mazmuni o‘yin Shartli ravishda yaratilgan syujet Muayyan predmet
(jismlarni) o‘yinning shartli vositasi sifatida Tanlangan rollarni ijro etish vositasi bo‘lgan
o‘yinlar, harakatlar O‘ynash uchun olingan o‘yin yoki rollar turi iborat:

o’quv maqsadi; o’yin vazifasi, o’rganiladigan muammo tafsiloti; vaziyatning tafsiloti va

ishtirok etuvchilarning tasnifi.

O’yinga kirishish quyidagilarni anglatadi:
–guruhni shakllantirish;
–mashg’ulotlarning bosh maqsadini ifodalash;
–muammo va vaziyatni vujudga keltirish;
–rollarni taqsimlash,
–o’yin reglamentini o’rnatish;
–materiallar, yo’riqnomalar, qoidalar va ko’rsatmalar to’plamini tarqatish;
8-sinf O’zbekiston iqtisodiy-ijtimoiy geografiya darsligining “Sanoat va ekologik

muammolar” mavzusi kabi bir qancha mavzularda muammolarning yechimini topishda
o’quvchilarga shu muammoni to’laligicha tushinib, fikrlab yechim topishlarida rolli
o’yinlarning ahamiyati katta.

Agar vaqt cheklovlari sababli munozara o‘tkazishga imkon bo‘lmasa, ushbu uslubdan

foydalanish kerak emas. Agar tezislarning ko‘pchiligi bo‘yicha ishtirokchilar fikri bir-biriga
mos kelsa, mashqqa bo‘lgan qiziqish tezda yo‘qoladi.

Xulosa.

Hozirda zamonda o’z dolzarbligini yo‘qotmagan pedagogik an’analarga yangicha qarash,

to‘plangan tajribani ijobiy va salbiy tomonlari bilan qayta ko‘rib chiqish davr talabi
hisoblanadi.

Bugungi kun talabi darslarni Yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanib, noan‘anaviy

interfaol usullar yordamida tashkil etish, geografik o'yinlardam foydalangan holda yoshlarni
ilm olishga qiziqtirish, shuningdek darslarda geografik o'yinlarni qo'llash orqali o’quvchilar
ta’lim olish samaradorligini oshirishga va ularni yanada qiziqtirishga harakat qilishimiz lozim.
Didaktik o‘yinlar vositasida o‘quvchilarda bilimga qiziqishni uyg‘otish uning qiziqishlariga
tayanib tashkil etilsa samarali bo‘ladi. Bunday hollarda bolada doim yangiliklarni bilishga
ishtiyoq uyg‘onadi, bilimga qiziqish uyg‘onadi. Bilimga qiziqishni muntazam rivojlantirish va
mustahkamlash o‘quvchilarning o‘qishga ijlbiy munosabatlarini tarbiyalaydi o‘zlashtirish
darajasini oshiradi. Bilishga qiziqish kichik maktab o‘quvchisini izlanishga o‘rgatadi udoim


background image

Page 87

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH

SJIF = 5.441

Volume 3, Issue 6, Part 3 Iyun 2025

www.in-academy.uz

har xil savollarga javobni qidirishga o‘rganadi. O‘quvchining izlanuvchanlik faoliyati unda
emotsional ko‘tarinkilik muvaffaqiyatdan quvonish hissini tarbiyalaydi. Bilishga qiziqish faqat
jarayon natidasiga ijobiy ta‘sir qilb qolmy balki tafakkur, idrok, xotira, diqqat kabi psixik
jarayonlarning faol rivojlanishiga ham ta‘sir ko‘rsatadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.

Kalonov B. H. Mamatov A. Ommobop geografiya.– T.: Zar qalam

nashriyoti, 2006. - 160b.
2.

Qurbanniyozov R., Niyozov P. Geografik o’yinlar Toshkent “O’qituvchi”-1990 y.85- 92 b.

3.

Soliyev A. Iqtisodiy geografiya: nazariya, metodika va amaliyot.-Toshkent., 2013.-226 b.

4.

Qurbanniyozov R. “Geografiya o’qitish metodikasi” Urganch-2001-y. 180-185 b.

5.

O’. X. Muxammedov, M. X. Usmanboevna, S. S. Rustamov “Ta’limni tashkil etishda

zamonaviy interfaol metodlar ” Toshkent 2016 y. 47-b.
6.

Kalonov B.H., Hayitov A,T., Erdonov L.N. O`zbekiston geografiyasini

maktabda o`rganish.-Qarshi, Nasaf nashriyoti, 2004.-254b.

Библиографические ссылки

Kalonov B. H. Mamatov A. Ommobop geografiya.– T.: Zar qalam

nashriyoti, 2006. - 160b.

Qurbanniyozov R., Niyozov P. Geografik o’yinlar Toshkent “O’qituvchi”-1990 y.85- 92 b.

Soliyev A. Iqtisodiy geografiya: nazariya, metodika va amaliyot.-Toshkent., 2013.-226 b.

Qurbanniyozov R. “Geografiya o’qitish metodikasi” Urganch-2001-y. 180-185 b.

O’. X. Muxammedov, M. X. Usmanboevna, S. S. Rustamov “Ta’limni tashkil etishda zamonaviy interfaol metodlar ” Toshkent 2016 y. 47-b.

Kalonov B.H., Hayitov A,T., Erdonov L.N. O`zbekiston geografiyasini

maktabda o`rganish.-Qarshi, Nasaf nashriyoti, 2004.-254b.