Авторы

  • Orzigul Fattoyeva
    assistent, Toshkent arxitektura-qurilish universiteti,

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.cajar.126874

Ключевые слова:

individual ta’lim trayektoriyasi ijtimoiy-falsafa ijtimoiy-gumanitar fanlar individual ta’lim raqamli muhit qadriyatlar.

Аннотация

Maqolada ijtimoiy-gumanitar fanlarni o‘qitishda individual ta’lim trayektoriyalarining ijtimoiy-falsafiy mohiyati tahlil qilinadi. Zamonaviy ta’limda shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvning ahamiyati, uning ijtimoiy ong shakllanishiga ta’siri, madaniy va ijtimoiy kontekstdagi o‘rni falsafiy jihatdan yoritiladi. Shuningdek, individual trayektoriyalarni shakllantirishda ijtimoiy qadriyatlar, axloqiy tamoyillar va zamonaviy texnologik muhitning o‘zaro bog‘liqligiga e’tibor qaratiladi.


background image

Page 64

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH

SJIF = 5.441

Volume 3, Issue 6, Part 3 Iyun 2025

www.in-academy.uz

IJTIMOIY-GUMANITAR FANLARNI O‘QITISHDA

INDIVIDUAL TA’LIM TRAYEKTORIYALARINING IJTIMOIY-

FALSAFIY ASOSLARI

Fattoyeva Orzigul Normamadovna

assistent, Toshkent arxitektura-qurilish universiteti,

orzugulfattoyeva@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.15721715

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi: 10-Iyun 2025 yil
Ma’qullandi: 15-Iyun 2025 yil

Nashr qilindi: 23-Iyun 2025 yil

Maqolada

ijtimoiy-gumanitar

fanlarni

o‘qitishda

individual ta’lim trayektoriyalarining ijtimoiy-falsafiy
mohiyati tahlil qilinadi. Zamonaviy ta’limda shaxsga
yo‘naltirilgan yondashuvning ahamiyati, uning ijtimoiy
ong shakllanishiga ta’siri, madaniy va ijtimoiy
kontekstdagi

o‘rni

falsafiy

jihatdan

yoritiladi.

Shuningdek,

individual

trayektoriyalarni

shakllantirishda ijtimoiy qadriyatlar, axloqiy tamoyillar
va zamonaviy texnologik muhitning o‘zaro bog‘liqligiga
e’tibor qaratiladi.

KEYWORDS

individual ta’lim trayektoriyasi,
ijtimoiy-falsafa,

ijtimoiy-

gumanitar fanlar, individual
ta’lim,

raqamli

muhit,

qadriyatlar.

Zamonaviy davrda ta’lim jarayonida shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv ustuvor ahamiyat

kasb etmoqda. Bu yondashuv, ayniqsa, ijtimoiy-gumanitar fanlar doirasida o‘z aksini
topmoqda. Har bir talabaning bilim olish sur’ati, intellektual salohiyati, ijtimoiy tajribasi
turlicha bo‘lgani sababli, ta’lim jarayonida individual trayektoriyalarni shakllantirish zarurati
yuzaga kelmoqda. Bunday yondashuvning ijtimoiy-falsafiy asoslarini tahlil etish nafaqat ta’lim
sifatini oshirish, balki jamiyatning ongli, faol va mas’uliyatli a’zolarini tarbiyalashda muhim
ahamiyat kasb etadi [Karimov, 2023.42].

Individual ta’lim trayektoriyalarining ijtimoiy-falsafiy mohiyati haqida fikr yuritishdan

oldin, bu so’zga ta’rif bersak, individual ta’lim trayektoriyasi – bu shaxsning o‘ziga xos ta’lim
yo‘li bo‘lib, u o‘z ehtiyojlari, qiziqishlari va salohiyatiga mos holda shakllanadi. Ijtimoiy-
falsafiy nuqtayi nazardan qaralganda, bu jarayon insonning ijtimoiy mavjudot sifatidagi
rivojiga xizmat qiladi. Falsafiy nuqtai nazardan, har bir insonning o‘zligini anglash,
dunyoqarashni shakllantirish va jamiyatdagi o‘rnini topishida individual ta’lim
trayektoriyalarining ahamiyati beqiyosdir [To‘xtayev, 2022.17].

Jamiyat taraqqiyoti uchun har bir a’zoning shaxsiy intellektual rivoji muhim sanaladi. Bu

esa, ta’lim tizimini standartdan chiqib, individuallashtirilgan, ijtimoiy ongga tayanadigan
modelga o‘tkazishni talab qiladi.

Ijtimoiy-gumanitar fanlar va ta’limda individuallikni bir-biridan o’xshash va farqli

jihatlariga aniqlik kiritadigan bo’lsak, Ijtimoiy-gumanitar fanlar va ta’limdagi individuallik bir-
biri bilan bevosita bog‘liq, lekin ularning maqsadi va qo‘llanish sohasi jihatidan ayrim farqlari
mavjud. Ijtimoiy-gumanitar fanlar va ta’limda individuallikning bir-biriga bog’liqligi: avvalo,
bunda inson markaziy nuqtada turadi.

Ijtimoiy-gumanitar fanlar (falsafa, psixologiya, sotsiologiya, tarix, pedagogika va

boshqa.) inson, uning fikri, jamiyatdagi o‘rni, axloqi va ongini o‘rganadi. Shuningdek, ta’limda


background image

Page 65

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH

SJIF = 5.441

Volume 3, Issue 6, Part 3 Iyun 2025

www.in-academy.uz

ham har bir shaxsning qobiliyati, qiziqishi va ehtiyojlariga qarab yondashish (individuallik)
asosiy tamoyildir.

Har ikkala soha shaxsning o‘zini anglashiga, ma’naviy va intellektual rivojiga xizmat

qiladi. Gumanitar fanlar bu jarayonni nazariy jihatdan asoslab bersa, ta’lim esa uni amalda
hayotga tatbiq etadi.

Ijtimoiy-gumanitar fanlar jamiyat va shaxs to‘g‘risidagi bilimlarni ishlab chiqadi, ta’lim

esa bu bilimlarni individuallikka moslashtirib, o‘quvchiga yetkazadi.

Ijtimoiy-gumanitar fanlar va ta’limda individuallikni bir-biridan farqli jihatlari:
Ijtimoiy-gumanitar fanlar inson, jamiyat, madaniyat, tafakkur, qadriyatlar va axloqiy

muammolarni o‘rganadi. Ta’limdagi individuallik esa har bir o‘quvchining shaxsiy qobiliyati,
ehtiyoji, va o‘rganish uslubiga qarab ta’limni moslashtirishga qaratilgan.

Ijtimoiy-gumanitar fanlarning maqsadi – inson va jamiyat haqidagi bilimlarni ishlab

chiqish va tahlil qilishdir. Ta’limdagi individuallik esa – har bir o‘quvchiga mos o‘quv
yo‘nalishini belgilab, uning shaxsiy rivojlanishini ta’minlashni ko‘zlaydi.

Ijtimoiy-gumanitar fanlar ko‘proq nazariy, tahliliy va falsafiy yondashuvga ega bo‘lsa,

ta’limdagi individuallik amaliy va moslashtiruvchi yondashuvni talab qiladi. Bu yerda
pedagogik va psixologik uslublar muhim rol o‘ynaydi.

Qo‘llanish sohasi farqi:
Ijtimoiy-gumanitar fanlar ilmiy tadqiqotlar, nazariy izlanishlar va jamiyatdagi

muammolarni tushuntirish uchun qo‘llaniladi. Ta’limdagi individuallik esa to‘g‘ridan-to‘g‘ri
o‘quv jarayonida, pedagogik faoliyatda amalda qo‘llaniladi.

Subyektlar orasidagi farqi:
Ijtimoiy-gumanitar fanlar umumiy inson va jamiyat tushunchalari bilan ishlaydi.

Ta’limdagi individuallik esa konkret o‘quvchi yoki talabaning individual ehtiyojlari va
xususiyatlariga e’tibor qaratadi.

Ijtimoiy-gumanitar fanlar – falsafa, tarix, sotsiologiya, psixologiya va boshqa shu kabi

yo‘nalishlar – insonni va uning ijtimoiy hayotdagi faoliyatini o‘rganadi. Ushbu fanlar talaba
shaxsiyatini shakllantirish, uning tanqidiy fikrlashi, madaniy identiteti, axloqiy qarashlarini
rivojlantirishda muhim rol o‘ynaydi. Shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv esa bu jarayonni
yanada samarali qiladi.

Individual trayektoriyalar orqali talaba o‘zini jamiyatda tutgan o‘rni, ijtimoiy

mas’uliyatini chuqurroq anglaydi. Bu, o‘z navbatida, jamiyatda ongli fuqarolik pozitsiyasi
shakllanishiga zamin yaratadi [Rahmatov, 2024.15].

Bugungi kunda raqamli muhitda individual yondashuvning ijtimoiy ta’siri ortib

bormoqda. Axborot-kommunikatsion texnologiyalarning ta’lim tizimiga joriy etilishi
individual trayektoriyalarni yanada keng imkoniyatlar bilan boyitdi. Bugungi kunda raqamli
platformalar orqali shaxs o‘zining bilim olish yo‘lini mustaqil shakllantirishi, individual reja
asosida rivojlanishi mumkin. Bu holat ijtimoiy ongning yangi bosqichga ko‘tarilishiga olib
keladi, ya’ni inson axborotni tanlash, tahlil qilish va undan oqilona foydalanish madaniyatini
egallaydi [Islomov, 2023.28].

Raqamli vositalar orqali ta’lim olish ijtimoiy tarmoqlar, virtual hamjamiyatlar orqali

interaktiv fikr almashinuviga olib kelmoqda. Bu esa ijtimoiy tafakkurning dinamik
shakllanishini rag‘batlantiradi.


background image

Page 66

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH

SJIF = 5.441

Volume 3, Issue 6, Part 3 Iyun 2025

www.in-academy.uz

Raqamli texnologiyalar sharoitida shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim zarurati qanchalik

muhim? Raqamli davrda har bir o‘quvchi yoki talabaning o‘rganish uslubi, tezligi va
qiziqishlari turlicha. Shu bois, bir xil, standart yondashuv samaradorligini yo‘qotmoqda.
Individual ta’lim trayektoriyasi esa o‘quvchining shaxsiy ehtiyoj va salohiyatiga mos yo‘lni
tanlashga imkon beradi.

Raqamli vositalar individual yondashuvni qo‘llab-quvvatlaydi
Bugungi kunda masofaviy ta’lim platformalari, onlayn kurslar, interaktiv simulyatsiyalar

kabi raqamli texnologiyalar yordamida: o‘quvchining darajasi aniqlanadi, unga mos
topshiriqlar avtomatik ravishda taklif etiladi, ta’lim jarayoni real vaqt rejimida kuzatiladi va
tuzatiladi. Bu esa ijtimoiy-gumanitar fanlar (masalan, tarix, falsafa, psixologiya)da murakkab
mavzularni shaxsga mos tempda o‘rganishga imkon beradi.

Tanqidiy fikrlash va yaratuvchanlikni rivojlantirishda ham raqamli texnologiyalardan

foydalangan holda, ijtimoiy-gumanitar fanlar doirasida o‘quvchilardan tanqidiy tahlil,
mantiqiy fikrlash va mustaqil qaror chiqarish bo’yicha ko’nikmalarni hosil qilish imkoniyati
tug’iladi. Individual ta’lim trayektoriyasi esa bu ko‘nikmalarni har bir talabaning
tayyorgarligiga mos holda rivojlantirish imkonini beradi. Raqamli texnologiyalar esa bunga
kerakli materiallar va interaktiv vositalarni taqdim etadi.

Demokratik ta’lim muhitini yaratish: raqamli texnologiyalar yordamida ta’limda inson

markaziy qadriyatga aylanadi. Bu holat ijtimoiy-falsafiy jihatdan muhimdir, chunki bu orqali
ta’lim:

shaxs erkinligi,
teng imkoniyatlar,
individual qiziqishlarni hurmat qilish kabi qadriyatlarni mustahkamlaydi.
Ijtimoiy-gumanitar fanlarda individual ta’lim trayektoriyasini qo‘llash raqamli

texnologiyalar davrida:

talabaning bilim olish sifatini oshirishga, ularni jamiyatdagi faol va ongli ishtirokchiga

aylantirishga, insonparvar va zamonaviy ta’lim tizimini shakllantirishga toʻg’ri yoʻnaltirilsa
koʻzlangan maqsadga xizmat qiladi.

Xulosa qilib aytganda, ijtimoiy-gumanitar fanlarni o‘qitishda individual ta’lim

trayektoriyalarini joriy etish nafaqat ta’lim samaradorligini oshiradi, balki ijtimoiy ong,
shaxsiy erkinlik, mas’uliyat kabi falsafiy tushunchalarni chuqurroq anglashga xizmat qiladi.
Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim ijtimoiy taraqqiyotning asosiy omillaridan biri sifatida e’tirof
etilishi lozim. Shu bois bu yondashuv nafaqat pedagogik, balki ijtimoiy-falsafiy asosda ham
chuqur o‘rganilishi lozim.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Karimov N. “Zamonaviy ta’lim va shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv” – Toshkent: Ilm Ziyo,
2023. – 95 b.
2. To‘xtayev M. “Falsafa va jamiyat: zamonaviy talqinlar” – Samarqand: Imkoniyat, 2022. – 112
b.
3. Rahmatov O. “Ta’limda individuallik va ijtimoiy ong evolyutsiyasi” // “Ijtimoiy fanlar
yutuqlari” jurnali. – 2024. – №1. – B. 12–18.
4. Islomov D. “Raqamli transformatsiya va ta’lim: yangi yondashuvlar” – Toshkent:
Innovatsiya, 2023. – 87 b.

Библиографические ссылки

Karimov N. “Zamonaviy ta’lim va shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv” – Toshkent: Ilm Ziyo, 2023. – 95 b.

To‘xtayev M. “Falsafa va jamiyat: zamonaviy talqinlar” – Samarqand: Imkoniyat, 2022. – 112 b.

Rahmatov O. “Ta’limda individuallik va ijtimoiy ong evolyutsiyasi” // “Ijtimoiy fanlar yutuqlari” jurnali. – 2024. – №1. – B. 12–18.

Islomov D. “Raqamli transformatsiya va ta’lim: yangi yondashuvlar” – Toshkent: Innovatsiya, 2023. – 87 b.