Авторы

  • Ch.A. Azimova
    (katta o’qituvchi, TAQU)

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.cajar.126875

Ключевые слова:

ratsionalizm empirizm shubha ong bilish intuitsiya obyektivlik subyektivlik metod induksiya deduksiya intellekt

Аннотация

Maqolada Rene Dekartning gnoseologik qarashlari tahlil qilinadi. Unda Dekartning shubha metodi, “Cogito, ergo sum” prinsipining gnoseologik ahamiyati va ratsionalizmga asoslangan bilim nazariyasi yoritiladi. Muallif Dekartning subyekt va obyekt o‘rtasidagi bilim munosabatiga oid qarashlarini hamda uning zamonaviy epistemologiyaga ta’sirini tahlil etadi. Maqola gnoseologiya va metodologiya o‘rtasidagi bog‘liqlikni ochib beradi.


background image

Page 61

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH

SJIF = 5.441

Volume 3, Issue 6, Part 3 Iyun 2025

www.in-academy.uz

DEKART GNOSEOLIYASINING O’ZIGA XOS

XUSUSIYATLARI

Azimova Ch.A.

(katta o’qituvchi, TAQU)

https://doi.org/10.5281/zenodo.15721698

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi: 10-Iyun 2025 yil
Ma’qullandi: 15-Iyun 2025 yil

Nashr qilindi: 23-Iyun 2025 yil

Maqolada Rene Dekartning gnoseologik qarashlari tahlil
qilinadi. Unda Dekartning shubha metodi, “Cogito, ergo
sum”

prinsipining

gnoseologik

ahamiyati

va

ratsionalizmga asoslangan bilim nazariyasi yoritiladi.
Muallif Dekartning subyekt va obyekt o‘rtasidagi bilim
munosabatiga oid qarashlarini hamda uning zamonaviy
epistemologiyaga ta’sirini

tahlil

etadi.

Maqola

gnoseologiya va metodologiya o‘rtasidagi bog‘liqlikni
ochib beradi.

KEYWORDS

ratsionalizm,

empirizm,

shubha, ong, bilish, intuitsiya,
obyektivlik, subyektivlik, metod,
induksiya, deduksiya, intellekt.

Rene Dekartning gnoseologik qarashlari Yangi davr falsafasining shakllanishida muhim

ahamiyat kasb etgan. U gnoseologiyani mustaqil tahlil obyekti sifatida olib chiqdi va bilish
jarayonining asosini aqlga tayangan holda izohladi. Dekart falsafasining markazida shubha
turadi, lekin bu oddiy shubhalanish emas, balki metodik shubha bo‘lib, bilimga erishishda
muhim vosita sifatida qaraladi. U har qanday narsada shubhalanishni taklif qiladi, shu orqali
shak-shubhalardan xoli, ishonchli bilimlar asosiga yetib borishni maqsad qiladi.

Faylasuf o‘zining ayrim noizchilligiga qaramasdan, bilishda to‘g‘ri ilmiy uslubning buyuk

ahamiyatiga ishonadi. Masalan, u shunday deb yozadi: “Hech qanday uslubsiz bironta
haqiqatga erishishni orzu qilgandan ko‘ra, hech narsani orzu qilmagan ma’qul” [1;177]. Uning
fikricha, uslub haqidagi ta’limotning foydasi shuki, ilmiy mashg‘ulotlarga uslubsiz kirishish,
foydadan ko‘ra, ko‘proq zarar keltiradi. U uslubsiz bilishga intiluvchi kishini, garchi ko‘rish
qobiliyatiga ega bo‘lsa ham, ko‘rga o‘xshatadi. Deduksiya bizga shuning uchun zarurki,
bilishda “shunday tushunchalar borki, ular aniq bo‘lmasa ham, lekin isbotlangan anglashlik
tomonidan tushuniladi, agar ular hech qayerda uzluksiz fikr harakati va har bir alohida holati
ravshan intuitsiya orqali aniq va tushunarli prinsiplaridan kelib chiqilsa, albatta” [2;93]. Ya’ni
deduksiya bu aynan intuitsiyada bo‘lmagan harakat yoki ketma-ketlikdir.

To‘liq matematik enumeratsiya bunday yo‘l orqali qo‘lga kiritilgan bilimni yakunlaydi.

“Bilimni yakunlash uchun enumeratsiya zarur, chunki faqatgina enumeratsiya tufayli bu
tushunchalar haqida mustahkam va aniq fikrga ega bo‘lamiz. Uning yordamida hech nima
e’tiborimizdan chetda qolmaydi va bu hamma narsa haqida ozmi-ko‘pmi bilib olamiz ”
[3;287].

Lekin u bir vaqtda uni davom ettiradi va yana “ boshlaydi”, ya’ni jarayonning uzluksiz

namoyon bo‘lishini ta’minlaydi. Induksiya tomonidan qamrab olingan barcha narsa intuitsiya
bilan o‘zlashtiriladi, bilimning yagona qismiga aylanadi; biroq bunda biz yana bitta intuitiv
harakat bilan “qabul qilingan” yakuniy obrazga duch kelamiz. Shunday yo‘l bilan


background image

Page 62

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH

SJIF = 5.441

Volume 3, Issue 6, Part 3 Iyun 2025

www.in-academy.uz

rivojlanayotgan tizim har qadamda ularni shubha ostiga olib o‘zining asoslariga qaytaveradi.
Shubha ongning “shubhalanadigan” qobiliyati bilim tizimining yagona aniq manbaidir va
shubha bilim rivojlanishining yagona vositasidir. Dekart fikricha, ushbu vaqtgacha axloq omili
hisoblangan shubha endi metodologik, metodik shubhaga aylandi. Barcha narsada
shubhalangan Dekart, sxolastik qonun - qoidalardan tozalanib, ko‘p bo‘lmasa ham, lekin
mustahkam asoslarga o‘z tizimini qurishi mumkin deb o‘ylaydi. Dekart fikricha, metod inson
quroli hisoblanadi va u o‘zaro ta’sirning metod bo‘lib quyidagilarga taqaladi: metod insonning
alohida qobiliyatlarini mukammallash-tiradi[4;166]. Bu oddiy, bo‘linmaydigan harakatlarga
kiritilgan qobiliyatlar tahlilida sodir bo‘ladi. Lekin, bunday ko‘rinishda ular konkret
individning u yoki bu konkret xususiyati bilan konkret bog‘liqligini yo‘qotadi va metod
elementiga aylanadi. Bu metoddan foydalanishdagi qurolli jihatdir, ya’ni faoliyat qurolidir.
Biroq, Dekart metodining asosiy xususiyati – metodning faoliyat obyektiga qaratilganidadir.
Subyekt-obyekt munosabatini o‘rganish falsafaning bosh gnoseologik masalasini qo‘yishga
olib keladi. Dekart, har qanday faylasufdek, o‘zi uchun ushbu muammoning yechimini topishi
kerak edi. Uning bilish nazariyasi qisqacha XII - qoidasida izohlangan [5;189]. Uning asosiy
mazmuni quyidagicha:

1. Birinchi navbatda, shuni anglash kerakki, barcha tashqi his-tuyg‘ular tana a’zolarini

tashkil etganlari uchun, ularni obyektlarga harakat yordamida qo‘llasak ham, tuyg‘ular o‘zini
passiv darajada xuddi muhr shaklini qabul qilganidek, his etadilar.

2. Tashqi hislar obyekt tomonidan harakatga kelganidan so‘ng, qabul qilingan shakl shu

zahotiyoq tananing boshqa qismiga xabar beradi va shunda hech qanday tabiiy his bir joydan
boshqa joyga ko‘chmaydi.

3. Umumiy his qiluvchi qism fantaziya va taassurotga, xuddi muhr tashqi hislardan

keladigan shakllarni va g‘oyalarni mumga muhrlaganidek ta’sir qiladi.

4. Shuni bilish kerakki, harakatlanuvchi kuch yoki nervlar miyada o‘z boshlanishlariga

ega, u yerda ularni harakatlantiruvchi taassurotlar joylashgan.

5. Barcha narsalarni anglashga yordam beruvchi kuch ma’naviydir, ushbu kuch umumiy

his qilish qismidan kelayotgan shakllarni qabul qiladi yoki xotiraga qolgan shakllar bilan
harakatlanadi yoki yangilarini paydo qiladi [6;113].

Dekart metodi “soddalashtirish”( aksioma–yakuniy geometrik obraz) usuliga olib

keladi(regress) va bu regressiv isbot hisoblanadi. “Soddalikdan” kelib chiqish isbotga olib
keladi va ular parallel harakatlanadi. U, Dekart fikricha, o‘sha bosqichda qaytadi. Bu “qaytish”
punktida, yakuniy regress nuqtasida paydo bo‘lgan xulosa qoidasi bo‘yicha sodir bo‘ladi va
isbotni anglashga yordam beradi. Shuning uchun xulosa isbotga (“anglash”) o‘xshaydi (“o‘sha
bosqichda”) va shu bilan bir qatorda o‘xshamaydi ham.

Dekartning bu ta’limoti faqat sxolastlarga qarshi qaratilgan bo‘lmay, balki o‘z

zamonasining ko‘pchilik tabiatshunoslariga ham qarshi qaratilgan edi. Chunki o‘sha davrda
ko‘pchilik tabiatshunoslar tajribaviy tekshirishni mistika bilan, astronomiyani astrologiya
bilan, ximiyani alximiya bilan aralashtirib yuborar edilar. Dekart tomonidan asos solingan
uslub o‘sha zamon tabiatshunosligidagi yangi bosqich edi. U o‘z zamondoshlari va
o‘tmishdoshlari tomonidan yaratilgan empirik tekshirish uslubini qayta ishladi, muayyan
tizimga keltirdi, falsafiy umumlashtirdi va asosladi. Uning ta’limoticha, haqiqiy bilishning
asosi va mezoni faqat soddalik, va aniqlikdir. Bundan ko‘rinadiki, Dekart fikricha, u faqat
intellektga xosdir. Ilmiy tekshirishning boshlang‘ich bosqichi bo‘lib o‘z - o‘zidan ravshan


background image

Page 63

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH

SJIF = 5.441

Volume 3, Issue 6, Part 3 Iyun 2025

www.in-academy.uz

qoidalar bo‘lishiga yana o‘sha geometrik aksiomalar misol bo‘ladi. Dekartning fikricha, yaxshi
aqlga ega bo‘lishning o‘zi kifoya emas, balki uni to‘g‘ri qo‘llay olish muhimdir. Dekart
ta’limoticha, hamma odamlarda aql, tafakkur qobiliyati bir xil. Insonlardagi intellektual daraja
o‘rtasidagi farq esa, uslubiy fikrlashga bog‘liqdir. Umuman, Dekart ilmiy uslubining asosiy
prinsiplari shulardan iborat.

Agar F.Bekon “Yangi Organon” asarida haqiqiy foydali dalillarni amaliyotda induksiya

usuli bilan hosil qilgan bo‘lsa, Dekart bu borada ratsional, deduksiya uslubini ma’qul ko‘radi.
Shunday qilib, u to‘g‘ridan-to‘g‘ri bir-biriga qarama-qarshi O‘rta asr falsafiy sxolastikasining
xayoliy, quruq muhokama va safsataga asoslanganligini isbotlaydi. Bekon singari Dekart ham
shubhasiz deb hisoblangan bilimga shubha bilan qaraydi. Bilishning birdan-bir haqqoniy
usulini deduksiya deb biladi. U na fikrlash, na his eish natijalari haqqoniy bilim bermaydi,
deydi. Shuning uchun, ishni uslubiy shubhalanishdan boshlash kerak, deb ta’kidlaydi. Toki, u,
umumiy bo‘lishidan qat’iy nazar, bilishda hech bir shubhaga o‘rin qoldirmasligi lozim. Ammo
har qanday holatda, har qanday vaziyatda ikkilanish, shubha qilish hukm suradi. Hamma
narsaga shubha qilish mumkin. Xususan, Yerning mavjudligiga, o‘z tanasining borligiga,
shubha qilayotgan kishi shubhasining mavjudligidan boshqa hamma narsaga shubha qilishi
mumkin. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda Dekart chin bilim mavjud, deb tasavvur qiladi
va shunga qarab intilardi. Fikrlash harakatidan kelib chiqib, u borliqni to‘g‘ri bilmoqlikning
zarurligini isbotlamoqchi bo‘ladi. Bunga faqat aqlni ishlatish va deduksiya yo‘li bilan
bilishning tajribalarga, his etish ma’lumotlariga asoslanishini inkor etmagan holda erishish
mumkinligini aytadi.
Shunday qilib, Dekart o‘zining deduktiv metodining asosiga matematika fanini qo‘yadi, ya’ni,
uning fikricha, har qanday muammo, qandaydir noma’lum jihatning ma’lum bir omil
bo‘lishiga asos bo‘lishi kerak, shu orqali uning yechilishini aniqlash mumkin deydi. Faylasuf
gnoseologiyasidagi birinchi masala, ishonchli bilim olish mumkinligi masalasi va u bilan
belgilanuvchi bunday bilimni olish metodi muammosidir. Bilim to‘g‘riligining mezoni, uning
fikricha, amaliyot emas, balki inson ongidir. Bilishning birdan-bir to‘g‘ri yo‘li esa deduksiyadir.
Deduksiya bu – shunday aql faoliyatiki, uning yordamida qandaydir xulosalarga kelamiz,
kerakli bilimga erishamiz. Deduksiya yordamida olingan xulosalar aniq va o‘zgarmasdir.

Adabiyotlar ro’yxati:

1.

Декарт Р. Рассуждение о методе. – М.: Наука, 1994. – С. 177

2.

Дмитриев Т.А. Проблема методического сомнения в философи Рене Декарта.

Дисс.канд.филос. наук. М.: 2004. – С . 93
3.

Соколов В.В. Философия Декарта. – M.: Мысль, 1989 . – C. 287

4.

Қаранг: Декарт Р. Сочинение в 2-х томах.Т.1. – М. :Мысль, 1994. – С. 166

5.

Қаранг: Фишер Куно. История новой философии: Рене Декарт. – М.: Издательство,

2004. – С.189
6.

Қаранг : Майданский А.Д. Проблема универсалного логического метода в работах

Декарта и Спинозы. Дисс. док. филос. наук. – М.: 2000. – С.113

Библиографические ссылки

Декарт Р. Рассуждение о методе. – М.: Наука, 1994. – С. 177

Дмитриев Т.А. Проблема методического сомнения в философи Рене Декарта. Дисс.канд.филос. наук. М.: 2004. – С . 93

Соколов В.В. Философия Декарта. – M.: Мысль, 1989 . – C. 287

Қаранг: Декарт Р. Сочинение в 2-х томах.Т.1. – М. :Мысль, 1994. – С. 166

Қаранг: Фишер Куно. История новой философии: Рене Декарт. – М.: Издательство, 2004. – С.189

Қаранг : Майданский А.Д. Проблема универсалного логического метода в работах Декарта и Спинозы. Дисс. док. филос. наук. – М.: 2000. – С.113