Page 42
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH
Volume 3, Issue 6, Part 3 Iyun 2025
www.in-academy.uz
KASBGA OID SO‘ZLARNING LINGVISTIK XUSUSIYATLARI
Xolmatova Muhayyo Abdugʻopporovna
Kokand Unversiteti Andilon filiali
Tillarni oʻqitish kafedrasi asistenti
Maʼmurjonova Ismigul Alisherjon qizi
Filologiya tillarni oʼqitish rus guruhi talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15721462
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Qabul qilindi: 10-Iyun 2025 yil
Ma’qullandi: 15-Iyun 2025 yil
Nashr qilindi: 23-Iyun 2025 yil
Lingvistik ma’lumotlar bazasi obyekt va ularning
munosabatlari to’g’risida boshlang’ich, oraliq va yakuniy
ma’lumotlarni
saqlash
va
ulardan
samarali
foydalanishga xizmat qiladigan maxsus ma’lumotlar
tuzilishidir. Lingvistik baza tuzilma bo’lib, uning uchun
samarali optimallashtirish algoritmi mavjud bo’lib,
ma’lumot
qo’shish,
o’zgartirish
va
qidirish
muammolarini hal qilishni osonlashtiradi.
KEYWORDS
lingvistik ma’lumotlar bazasi,
kasbga oid so‘zlar, korpus,
amaliy tilshunoslik, lingvistik
tadqiqot
Korpus (lotincha: corpus – tana) – 1) inshoot, mexanizm, asboblar, apparatlar,
qurilmalar va ba’zi transport mashinalarining qismi; 2) yaxlit maydondagi bir necha binodan
bittasi yoki yirik inshoot ning alohida qismi; 3) kegeli (o’lchami) 10 punktga (3.76mm) ga)
teng bo’lgan bosma shrift; 4) biron maxsus ish bilan mashg’ul bo’lgan mutaxassislar hay’ati
(mas, diplomatic korpus, ofitserlar korpusi va boshqalar).
Korpus lingvistikasi amaliy tilshunoslikning ma’lum bir qismi bo’lib, kompyuter
qurilmalari yoramida korpusni yaratish va uning uchun muhim hisoblanadigan lingvistik
ma’lumotlar bazasini tuzish lozim bo’ladi.
Korpus – bu ma’lum bir tilning o’ziga xos xususiyatlari va variantlarini aks ettiruvchi bir
necha belgi asosida tanlab olingan electron shakldagi matn parchalari, lingvistik tadqiqotlar
uchun asos vazifasini bajaradi. Korpus lingvistikasi haqida ma’lumotlarni yanada
kengaytiradigan bo’lsak, korpus.
Lingvistik baza yoki lingvistik ma’lumotlar bazasi tillarning katta hajmli (mashina
tarjimasi, tahrirlovchi dasturlar, sinonim lug’atlar, omonim va antonym lug’atlar) vazifalarni
bajarishga yuklatilgan katta ma’lumotlar ombori hisoblanadi. Lingvistik baza bu korpus uchun
yaratilayotgan ma’lumotlar bazasi hisoblanib, korpusning eng asosiy jihati sanaladi. Lingvistik
ma’lumotlar bazasida ishlanayotgan muayyan bir tilning hamma jabhalariga oid manbalar
yig’iladi. Hozirgi kunda tilshunosligimizda lingvistik bazalarni yaratish bo’yicha amalda ilk
ishlar bajarilmoqda.
Lingvistik ta’monot, ya’ni lingvistik ma’lumotlar bazasi muayyan tilning grammatik
qonuniyatlari, qolaversa, semantic imkoniyatlari asosida yaratiladi. Bizga ma’lumki, har
qanday korpus lingvistikasiga doir dasturlarni yoki lug’atlarni ularning lingvistik bazasiz
taassavur qilish qiyin. Shuningdek ular lingvistik bazaga ehtiyot ham sezadi. O’zbek tilida
Page 43
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH
Volume 3, Issue 6, Part 3 Iyun 2025
www.in-academy.uz
nafaqat ot so’z turkumi grammatik shakllarini, balki boshqa turkumlarni ham bira yo’la
lingvistik ma’lumotlar bazasini yaratish mumkin emas.
Hozirgi vaqtda ma’lumotlar bazalari ko’rinishida ma’lumotlarni kompyuterda tasvirlash
tilshunoslik va amaliy tilshunoslikning turli sohalarida qo’llaniladi:
•tipologik va qiyosiy tilshunoslikda keng ma’lum bo’lgan va kam o’rganilgan tillarning
tavsifi;
•fonetik tadqiqotlar;
•leksikografiya, shu jumladan lug’at tuzish;
• grammatikani o’rganish, grammatik qoliplarni aniqlash va baholash; •swmantik
tadqiqotlar, jumladan tezauriyalarni tuzish;
• hisoblash tilshunosligida va amaliy lingvistik muammolarni hal qilish uchun, xususan:
1. kompyuter vositalaridan foydalangan holda tillarni o’rgatish;
2. avtomatik tarjima tizimlarini yaratish;
3. nutq texnologiyalarining lingvistik jihatlarini ta’minlash (avtomatik tanib olish va
nutq sintezi);
4. psixolingvistika sohasidagi tadqiqotlar;
5. sotsiolingvistika bo’yicha qilingan ma’lumotlar;
6. dialektologiya sohasidagi tadqiqotlar.
Lingvistik bazasi hozirgi kunda korpus lingvistikasining asosiy ta’minoti hisolanib,
ko’pgina ma’lumotlar ushbu baza orqali korpusga uzatiladi. Ya’ni ma’lum bir ma’lumot bazaga
joylashtirilgan keyin, korpus qidiruv tizimida uni ko’rsata oladi.
Lingvistik bilimlar bazasi haqida Nilufar Abduraxmonova quyidagicha izoh beradi:
“Lingvistik bilimlar bazasi mashina uchun matnlarni qayta ishlashda zarur bo’lgan barcha
ma’lumotlarni o’z ichiga qamrab oladi”.
Kompyuter lug’atlari – bu ma’lum bir soha yoki kasbga tegishli bo’lgan so’zlar yoki
iboralar lug’ati bo’lib, ma’lum bir buyruq asosida ishlash qobiliyatini o’zida mujassam etgan
dastur hisoblanadi. Bunga misollar sifatida ko’pgina lug’atlarnii sanash mumkin. Masalan
ismlar ma’nosi lug’ati. Bu lug’atda ma’lum bir miqdorda ismlar joylangan bo’lib, ularning har
birining ma’nosi dasturning ta’minnnot bazasi, ya’ni lingvistik bazasini tashkil etadi.
Tezaurus – muayyan tildagi barcha so’zlarniqamrab oladigan, ularning matnda
qo’llanish holatlarini to’la-to’kis aks ettiradigan lug’at.
Korpus uchun lingvistik baza yoki lingvistik ma’lumot deyilganda, og’zaki hamda yozma
manbalar anglanadi.
Korpus bo’yicha jahonda ko’plab ishlar qilingan bo’lib, rus tili misolida oladigan bo’lsak,
N.A.Mishanka, V.P.Zaxarov, Y.V.Nedoshivina, V.V.Rikov, V.Plungyanlarning korpus bo’yicha
birdirgan fikr, taklif va mulohazalari korpus bo’yicha qilingan ilk tadqiqotlar sifatida aytib
o’tish mumkin. Masalan rus tili korpusi bo’yicha ilk tadqiqotlar olib borgan Mishankin
lingvistik ma’lumotlar bazasi haqida quyidagi fikrlarni berib o’tgan: “Ma’lumotlar bazasi
texnologiyasi ham an’anaviy, ham elektron lug’atlarni yaratish jarayonida qo’llaniladi. Maxsus
va terminologik lug’atning bazalari faol ishlangan”.
Xulosa qilib shuni ta’kidlash joizki, korpus lingvistikasi va lingvistik bazalar
mukammallashuvi uchun grammatik shakllar bazasini yaratilishi kerak. Ularning lingvistik
ma’lumotlar ta’minoti shakllantirilishi lozim. Bu vazifani amalga oshirish uchun dastlab so’z
Page 44
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH
Volume 3, Issue 6, Part 3 Iyun 2025
www.in-academy.uz
turkumlari doirasida grammatik baza va ularning lingvistik ma’lumotlar ta’minoti yaratilishi
maqsadga muvofiqdir.
Adabiyotlar:
1.
Захаров. Компютер лингвистики и лингвитик базы данных. Конференсия. 2002 г
2.
Саодат Муҳамедова “Компютер лингвистикаси. Ўқув қўланма. Тошкент2007.
Электрон адабиёт. 20-бет
3.
Баранов А.Н. Введение в прикладную лингвистику. – М., 2001.
4.
N.Abduraxmonova Kompyuter lingvistikasi. Darslik. “Nodirabegim” nashriyoti. Toshkent –
2021.