Page 10
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH
Volume 3, Issue 6, Part 3 Iyun 2025
www.in-academy.uz
YERGA OID HUQUQIY MUNOSABATLARDAN KELIB
CHIQADIGAN FUQAROLIK ISHLARINING TAALLUQLILIGI
VA SUDLOVGA TEGISHLILIGI MASALALARI YUZASIDAN
MILLIY VA XORIJIY TAHLIL
Tursunaliyeva Dilshoda A’zamjon qizi
Toshkent davlat yuridik universiteti magistri,
Toshkent, Oʻzbekiston
https://doi.org/10.5281/zenodo.15707277
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Qabul qilindi: 10-Iyun 2025 yil
Ma’qullandi: 14-Iyun 2025 yil
Nashr qilindi: 20-Iyun 2025 yil
Yerga oid huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan
fuqarolik ishlarining taalluqliligi va sudlovga tegishliligi
masalalari yer huquqi va fuqarolik protsessual
huquqining tutashgan muhim sohasi hisoblanadi. Ushbu
maqolada yerga oid nizolarning mazmuni, ularning sud
yurisdiktsiyasiga mansubligi, fuqarolik sudlarida ko‘rib
chiqilish
tartibi,
shuningdek,
nizolarning
ixtisoslashtirilgan va umumyurisdiksiya sudlari o‘rtasida
taqsimlanish mezonlari o‘rganiladi. Milliy qonunchilik
asosida mavjud amaliyot tahlil qilinib, xorijiy davlatlar
— xususan, Germaniya, Fransiya va AQSH tajribasi bilan
qiyosiy-huquqiy tahlil olib boriladi. Mamlakatimizda
yerga oid fuqarolik ishlarini ko‘rib chiqishdagi
protsessual xususiyatlarni takomillashtirish zarurati
texnologik taraqqiyot, aholining huquqiy ongining
oshishi va mulk huquqining mustahkamlanishi bilan
bevosita bog‘liqdir. Shuningdek, maqolada yerga oid
nizolarning huquqiy tabiati, ularni aniqlash va huquqiy
baholash mezonlari, sudlovga tegishliligini belgilashdagi
muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar
ilgari suriladi.
KEYWORDS
yer nizolari, fuqarolik protsessi,
taalluqlilik, sudlovga tegishlilik,
sud
yurisdiksiyasi,
xorijiy
tajriba, qiyosiy-huquqiy tahlil.
Fuqarolik ishlarining taalluqliligi odatda fuqarolik bilan bog‘liq ishlarga yechim berish
vazifasi qonun hujjatlari asosida
qaysi hokimiyat organi yoki mansabdor shaxsi yoxud
nodavlat
organ (hakamlik sudi, mediator) vakolatiga berilganligini aniqlovchi protsessual
institut hisoblanadi. Yuridik adabiyotlarda taalluqlilik turlarining
tasniflanishi, ularning
huquqiy tabiati va nomlanishi xususida
turli xil yondashuvlar mavjud. Ko‘plab yuridik
adabiyotlarda
taaalluqlilik turlarini izohlashda “yurisdiksiyaviy organ”
(“юрисдикционный
орган”) terminidan foydalaniladi.
Yurisdiksiyaviy organ deganda, qonun bilan fuqarolik
muomalasi
sohasida nizoli va nizosiz xarakterdagi fuqarolik ishlarini hal
etish vakolati
berilgan organ tushuniladi. Ushbu yurisdiksion
organlar tarkibiga davlat organlari (sud,
maʼmuriy organlar) bilan
bir qatorda nodavlat organlar (hakamlik sudlari, xalqaro arbitraj
sudi, mediator) ham kiradi. Muayyan toifadagi ishlarni hal qilish vakolatiga ega bo‘lgan
sud
organlarining turiga qarab ishlarning taalluqliligini
fuqarolik, iqtisodiy va maʼmuriy sudlarga
ajratish mumkin.
Biroq, ushbu asos bo‘yicha taalluqlilikni tasniflashda baʼzan “sudga
taalluqlilik” (“судебная подведомственность”) terminining
qo‘llanilishi ayrim protsessualist
Page 11
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH
Volume 3, Issue 6, Part 3 Iyun 2025
www.in-academy.uz
olimlar tomonidan tanqid
qilinadi. Jumladan, protsessualist olim I.L.Burovaning fikricha,
ushbu termindan foydalanish taalluqlilik tushunchasiga zid
hisoblanadi. Taalluqlilik –
yurisdiksion organning emas, balki
ishning xususiyatini ifodalaydi, shuning uchun “sudga
taalluqlilik” emas, balki “ishlarning sudga taalluqliligi”
terminidan foydalanish lozim.
Taalluqlilikning obyekti bo‘lib muayyan ishni ko‘rib chiqishga vakolatli organning vakolatlari
emas, balki tegishli ishlar doirasi hisoblanishini hisobga olgan holda, protsessualist olim
I.L.Burovaning fikriga qo‘shilamiz. Yuridik adabiyotlarda taalluqlilikni tartibga soluvchi
huquqiy normalar xarakteriga ko‘ra, taalluqlilikning umumiy va maxsus turlari ajratiladi.
Dastlab taalluqlilikning ushbu tasnifi protsessualist olimlar P.S.Drujkov, Y.K.Osipovlarning
ilmiy ishlarida tadqiq qilingan. Y.K.Osipovning fikriga ko‘ra, umumiy taalluqlilik qonun bilan
mustahkamlangan umumiy qoidalar asosida aniqlansa, ishlarning yurisdiksion organlar
vakolatiga taalluqliligining maxsus qoidalari yuridik ishlarning maxsus taalluqliligini belgilab
beradi.
Ta’kidlash joizki, taalluqlilik sud hokimiyati bilan boshqa davlat organlari o‘rtasidagi
vakolatlarning bo‘linishida muhim hisoblanib, ushbu vakolatlarning amalda qo‘llanilishiga
sharoit yaratadi.
Fuqarolik protsessual huquq nazariyasida taalluqlilik quyidagi turlarga ajratilishi bayon
etiladi:
Mustasno taalluqlilik.
Mustasno taalluqlilikka muvofiq, nizoli ishni sudda ko‘rib hal qilish
uchun sudga qadar u yoki bu organlarda mazkur ishning ko‘rilishi talab etilmaydi. Masalan,
xodimni ishga tiklash, voyaga yetmagan farzandlari bo‘lgan er va xotinni nikohdan ajratish,
turarjoyga nisbatan berilgan orderni haqiqiy emas, deb topish va shu kabi ko‘plab fuqarolik
ishlari mustasno taalluqlilikka misol bo‘la oladi.
Alternativ taalluqlilik
ka ko‘ra, subyektiv huquq to ‘g‘risidagi nizo manfaatdor
shaxslarning xohishiga ko‘ra sudda yoki boshqa davlat organlari yoki jamoat tashkilotlarida
ko‘rilishi mumkin. Kelib chiqqan nizoni faqat sud emas, balki boshqa organ ham hal qilishi
mumkin, masalan hokimlik, FHDYO, notariat, hakamlik sudlari, mediator va boshq.
Shartnomaviy taalluqlilik
altemativ taalluqlilikka o‘xshab ketadi. Bunda ham taraflar
nizoni hal etish vakolatiga ega bo‘lgan organni tanlash imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Faqat bu
yerda nizoni qaysi organda ko‘rilishini taraflar o‘zaro kelishib belgilaydilar. Masalan, taraflar
yuzaga kelgan nizoni hal qilishni hakamlik sudiga topshirish haqida hakamlik bitimini
tuzishlari shular jumlasidandir. Qonun hujjatlarida yoki shartnomalarda nazarda tutilgan
ayrim hollarda ishlar dastavval sudga qadarli boshqa organlarda ko‘rilganidan keyingina
sudga taalluqli bo‘ladi. Bunday taalluqlilik turi
shartli taalluqlilik
deb nomlanadi.
U yoki bu organlarga ishlarning taalluqli bo‘lishi qonun va qonunosti hujjatlari bilan
belgilanadi. Mazkur qonun hujjatlarida ishlarning qaysi organlarga taalluqli bo‘lishini belgilovchi
umumiy qoidalar va ayrim istisno etuvchi qoidalar nazarda tutiladi. Aynan mana shu qoidalar
yordamida huquqiy ishlarning umumiy yurisdiksiya sudlariga, iqtisodiy sudlariga, ijro hokimiyati,
notariat, hakamlik sudlari va boshqalarga taalluqli bo‘lishini aniqlash imkoni yaratiladi.
Demak, yuqorida keltirilgan taalluqlilikning nazariy asoslari va Fuqarolik protsessual
kodeksining 26-moddasida keltirilgan normalardan kelib chiqib aytishimiz mumkinki, yerga
nizolari bilan bog‘liq da’vo tartibidagi ishlar mustasno taalluqlilik turiga kiradi.
Bundan tashqari, Oliy Sudi Plenumining 20.11.2023 yildagi 28-sonli “Sudlarda yerga oid
nizolarni ko‘rishda qonunchilik hujjatlari normalarini qo‘llashning ayrim masalalari
to‘g‘risida”gi Qarorining 8-bandida yer bilan bog‘liq quyidagi nizolar taalluqliligiga ko‘ra
fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar yoki iqtisodiy sudlar tomonidan ko‘rilishi belgilangan:
yer uchastkasini jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish va qayta sotib olish uchun
kompensatsiya undirish;
servitutni belgilash yoki bekor qilish, servitut yuzasidan haq undirish;
Page 12
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH
Volume 3, Issue 6, Part 3 Iyun 2025
www.in-academy.uz
bir nechta shaxslarga mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan, birgalikda egalik
qilinadigan yoki foydalaniladigan yer uchastkasidan foydalanish tartibini belgilash, uni
bo‘lish;
yer uchastkasiga egalik qilish va foydalanish huquqi bilan bog‘liq bo‘lmagan
huquq buzilishlarni bartaraf etish;
yer uchastkasini boshqa shaxsning qonunsiz egaligidan talab qilib olish, yer
uchastkasidan majburiy tartibda chiqarish;
o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasini qaytarish va foydalanish
uchun yaroqli holatga keltirish, shu jumladan undagi imoratlarni buzish;
Yer kodeksining 36-moddasida nazarda tutilgan hollarda yer uchastkalariga
bo‘lgan huquqlarni tugatish;
Yer kodeksining 86,87-moddalarida nazarda tutilgan hollarda yer egalari,
yerdan foydalanuvchilar, yer uchastkalari ijarachilariga va mulkdorlariga yetkazilgan zararni
undirish;
yer uchastkalarining ijara shartnomasi bilan bog‘liq nizolar va boshqalar.
Shuningdek, yerga oid huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan fuqarolik ishlarining
sudlovga tegishliligi masalasi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Umuman olganda, fuqarolik
ishlarining sudlovliligi deb sudlarga taalluqli bo‘lgan ishlarning turlari hamda joylashgan
hududiga qarab bir tizimdagi sud bo‘g‘inlari o‘rtasida taqsimlanishini belgilab beruvchi
fuqarolik protsessal huquq normalari majmuiga aytiladi.
Fuqarolik protsessual qonunchilik sudlovga tegishliligining quyidagi ikki turini belgilaydi:
Turdosh sudlovlilik deganda, sudlarga taalluqli bo‘lgan fuqarolik ishlarining ijtimoiy
ahamiyati, murakkablik darajasi va subyektlar tarkibiga qarab fuqarolik ishlari bo‘yicha
sudlar o‘rtasida taqsimlanishini tushunish lozim.
Turdosh yoki predmetli sudlov deb ishning turi yoki xarakteriga qarab har xil turdagi
sudlarga ishlarning tegishli bo‘lishligi tushuniladi. Turdosh sudlov bo‘yicha yagona sud
tizimidagi har turli sudlar o‘rtasidagi vakolati ajratiladi. Turdosh sudlov qoidalari FPKning
30-moddasida ko‘rsatilgan.
Darhaqiqat, muayyan bir fuqarolik ishi uchun turdosh sudlovlilik qoidalarini belgilash
jarayonida ushbu huquqiy munosabatni tartibga soluvchi moddiy huquq normasida
belgilangan xususiyatlar muhim ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy ahamiyat kasb etishi, unda
ishtirok etuvchi shaxslarning tarkibi e’tiborga olinishi talab etiladi.
Predmetli sudlovlilik qoidalarini belgilashdagi mazkur mezonlarga qo‘shimcha sifatida
huquqiy munosabatni tartibga soluvchi moddiy huquq normasida belgilangan xususiyatlar,
ularning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy ahamiyat kasb etishini ham ta’kidlash o‘rinli bo‘ladi.
Turdosh sudlovlilik ikki xil mezon bilan, ya’ni
ishning turi
va
da’vo talabining
miqdori
ga qarab belgilanishi haqida fikrlar ham ilgari suriladi. Turdosh sudlovlilikning bu
xildagi mezonlar bilan belgilanishi xorijiy davlatlarning fuqarolik protsessual qonunchiligida
ko‘plab uchraydi.
Italiya GPKning 7-moddasiga ko‘ra, yarashtiruvchi sudlar 2 582,28 yevrodan ko‘p
bo‘lmagan miqdordagi nizolarni ko‘rishga haqli bo‘ladi, Germaniyada uchastka sudlari 5 000
yevrodan ko‘p bo‘lmagan miqdordagi nizolarni, Avstriyada tuman sudlari 10 000 yevrodan
ortiq bo‘lmagan mulkiy talablardan kelib chiqadigan nizoli ishlarni, Shveysariya
Konfederatsiyasida yarashtiruvchi sudlar 500 Fr (frank)gacha bo‘lgan miqdordagi nizoli
ishlarni ko‘rish vakolatiga ega. Da’vo undagi talablarning miqdoriga qarab turdosh sudlovga
taalluqli bo‘lishi Yevropaning yana bir qator davlatlari fuqarolik protsessual qonunchiligida
ham o‘z ifodasini topgan.
Sudlovlilikning
hududiy sudlovga tegishlilik
turi fuqarolik ishlarining hudud bo‘yicha
sudlovga tegishliligi haqidagi umumiy qoidalarni o‘z ichiga oladi. Xususan, arizalarning javobgar
doimiy yashab turgan yoki doimiy mashg‘ul bo‘lgan joydagi sudga berilishi, tashkilotlarga
Page 13
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH
Volume 3, Issue 6, Part 3 Iyun 2025
www.in-academy.uz
nisbatan arizalar esa ular davlat ro‘yxatidan o‘tgan joydagi sudga berilishi haqidagi qoidalar
shundan dalolat beradi.
Hududiy sudlovga tegishlilikning da’vogarning tanlovi ko‘ra tegishlilik (FPKning 34-
moddasi);
sudlovga tegishlilikning alohida hollari (FPKning 35-moddasi), kelishilgan sudlovga
tegishlilik (FPKning 36-moddasi), bir-biri-bilan bog‘liq ishlarning sudlovliligi (FPKning 37-38-
moddalari) kabi turlari mavjud.
Protsessualist olima Z.Esanovaning fikrlariga ko‘ra, hududiy sudlovlikning quyidagi
turlari mavjud:
• umumiy sudlovlik;
• da’vogarning tanlovi bo‘yicha (muqobil) sudlovlik;
• alohida hollar bo‘yicha (mustasno) sudlovlik;
• kelishilgan sudlovlik;
• qarshi da’voning sudlovligi;
• o‘zaro bog‘liq bir nechta talabning sudlovligi;
• jinoyat tufayli yetkazilgan zararlar to‘g‘risidagi fuqarolik ishining sudlovligi.
Yer maydonidan foydalanish tartibini belgilashga oid huquqiy munosabatlardan kelib
chiqadigan fuqarolik ishlarining sudlovga tegishliligi yuqorida keltirilgan sudlovga
tegishlilikning mustasno sudlovlilik turiga kiradi.
Qonun (FPKning 35-moddasi)da yoki mustasno sudlovlilik yoki sudlovga tegishli alohida
hollar quyidagicha belgilangan:
- imoratga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi, mol-mulkni xatlashdan chiqarish haqidagi, yer
maydonidan foydalanish tartibini belgilash to‘g‘risidagi daʼvolar imorat, mulk yoki yer
maydoni joylashgan hududdagi sudning sudloviga taalluqlidir;
- meros qoldiruvchining kreditorlari meros vorislar tomonidan qabul qilinguniga qadar
taqdim etgan daʼvolar meros-mulk yoki uning asosiy qismi joylashgan hududdagi sudning
sudloviga tegishlidir;
- yo‘lovchi, bagaj yoki yuk tashish shartnomalaridan yuk tashuvchilarga nisbatan kelib
chiqadigan daʼvolar belgilangan tartibda talabnoma taqdim etilgan transport tashkilotining
organi davlat ro‘yxatidan o‘tgan yerda taqdim etiladi.
Yer nizolari bilan bog‘liq ishlarning taalluqliligi va sudlovga tegishliligi masalalari
xususida xorijiy mamlakatlar tajribasiga to‘xtaladigan bo‘lsak, ushbu turdagi nizolar umumiy
jihatdan olib qaraganda fuqarolik sudlariga taalluqli bo‘lsa-da, ayrim mamlakatlarda ushbu
nizolarning sudga taalluqliligi ixtisoslashtirilgan maxsus yer sudlariga mansub hisoblanadi.
Masalan, AQSHda yerga oid nizolarning asosiy qismi umumiy yurisdiksiya sudlari
(tuman, okrug, apellyatsiya, yuqori) tomonidan koʻrib chiqiladi. Shu bilan birga, ayrim
shtatlarda yerga oid nizolarni hal qilish uchun maxsus sud organlari tashkil etilgan va
muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda. 1898-yilda Bostonda (Massachusets) yerga oid nizolarni
hal qilish uchun ixtisoslashtirilgan sud (Massachusets yer sudi) tashkil etilgan. Dastlab u faqat
1898-yilda qabul qilingan “Yerni ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi qonunda nazarda tutilgan
fuqarolarning yer huquqlarini himoya qilish uchun tashkil etilgan bo‘lsa-da, asta-sekin uning
yer nizolarini hal qilish sohasidagi vakolatlari sezilarli darajada kengaytirildi. Hozirgi vaqtda
yer sudi ixtisoslashtirilgan sud hisoblanadi, uning maqsadi yerga oid nizolarni hal qilishdir.
Sudning yurisdiksiyasi butun davlat bo‘ylab tarqaladi. Massachusets yer sudining o‘ziga xos
xususiyati shundaki, bu organda sudyalardan tashqari muhandislar, geodeziyachilar,
ko‘chmas mulk bo‘yicha mutaxassislar, sud ma’muriyati, yer registratori, auditorlar va
yordamchilar ishlaydi, ular sudga sud ishlarini yanada samarali va samarali olib borishga
yordam beradi. Hozirgi kunda yerga oid nizolarni hal qilish uchun ixtisoslashtirilgan
sudlarning tashkil etilishi o‘zini oqlaydi va yer munosabatlari bilan bog‘liq nizolarni ko‘rib
chiqish sifatini oshirishga olib keladi, deb ishoniladi.
AQSHda yerga nisbatan mulk huquqini belgilash bilan bog‘liq nizolar qoida tariqasida
umumiy sudlarda ko‘rib chiqiladi. Ijarachilarning yer mulkdorlari bilan bog‘liq nizolari
Page 14
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH
Volume 3, Issue 6, Part 3 Iyun 2025
www.in-academy.uz
qisman umumiy sudlar, qisman esa, fermer xo‘jaliklari yoki mahalliy hokimiyat organlari
huzurida tashkil etiladigan maxsus vositachilar sudlarida ko‘riladi. Yer nizolarining ma’lum
qismi Tuproqni muhofaza qilish va yer melioratsiyasi okrug qo‘mitalari tomonidan ko‘rib
chiqiladi.
Germaniyada qishloq xo‘jalik sudlari muayyan toifa ishlarni ko‘rib chiqishda sudya va
ikkita qishloq xo‘jaligi sohasi mutaxassislari bo‘lgan sud a’zolaridan iborat tarkibda ko‘rib
chiqiladi. Fuqarolik ishlari bo‘yicha Oliy sud qishloq xo‘jalik ishlari bo‘yicha ikkinchi
instansiya sifatida qatnashayotganida uchta sudya va ikkita sud a’zosidan iborat tarkibda
ishlarni ko‘rib chiqadi.
Fransiyada yer tuzish bilan bog‘liq nizolar yer tuzish bo‘yicha komissiyalarda, ijara
munosabatlaridan kelib chiquvchi nizolar esa yer paritet tribunallarida ko‘rib chiqiladi.
Xususan, Fransiyada umumiy sudlar tizimida ixtisoslashtirilgan yer ijarasi bo‘yicha paritet
tribunali faoliyat ko‘rsatadi. Ushbu tizimning o‘ziga xos xususiyati shundaki, sudyalar sifatida
huquqshunoslar emas, balki muayyan faoliyat sohasining mutaxassislari jalb qilingan. Mazkur
tribunal 1958-yilda tuzilgan bo‘lib, qishloq xo‘jalik yerlari ijarasiga oid ishlarni ko‘rib chiqadi.
Tribunal tarkibiga besh yillik muddatga asessorlar saylanadi (2 ta asessor ijarachi va 2 ta
ijaraga beruvchilardan). Asessor sifatida saylanish uchun shaxs kamida 5 yil ijarachi yoki
ijaraga beruvchi maqomida bo‘lishi talab qilinadi. Tribunal da’vo qiymati 13 ming frankdan
oshmaydigan ishlarni birinchi instansiyada ko‘rib chiqadi. Uning qarori ustidan shikoyat qilib
bo‘lmaydi. Basharti, da’vo qiymati 13 ming frankdan oshadigan bo‘lsa, shikoyat apellyatsiya
sudining ijtimoiy palatasiga berilishi mumkin.
Bu haqda Fransiya Konstitutsiyasining 6-bobi, 214-moddasida mustahkamlanishicha,
“Tijorat, yer va dengiz ishlari bo‘yicha maxsus tribunallar tuziladi; ular joylashishi lozim
bo‘lgan joy qonun bilan belgilanadi. Ular besh yuz miriagramm (bir yuz ikki sentner va
yigirma ikki funt) bug‘doydan oshmaydigan miqdordagi ishlar bo‘yicha yakuniy qarorlar
qabul qilishga vakolatlidir”.
Shotlandiyada yer tribunali fuqarolik sudlari tizimida tashkil etilgan bo‘lib, ularning
yurisdiksiyasiga yer bilan bog‘liq nizolarni ko‘rib chiqish kiritilgan. Tribunal 1949-yilda “Yer
tribunali to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilinishi bilan tashkil etilgan. Ushbu Qonun bilan Angliya,
Uels va Shimoliy Irlandiyada ham alohida yer tribunallari tashkil etilgan.
Shotlandiya yer tribunali faoliyatining asosiy yo‘nalishlari qo‘yidagilardan iborat: yer
bitimlari shartlarini o‘zgartirish yoki bekor qilish; fuqarolarning yerga bo‘lgan huquqlarini
muhofaza qilish; yer uchastkasi majburiy olib qo‘yilishi yoki jamoatchilik ishi tufayli yer
uchastkasi qiymatining yo‘qotilishi munosabati bilan kompensatsiya to‘lash bilan bog‘liq
nizolar; nomaishiy binolar reytingini baholash; Shotlandiya ro‘yxatlarni saqlovchisi xatti-
harakatlari ustidan shikoyatlar; yerning bahosi to‘g‘risidagi arizalar; Tribunal hakam sifatida
qatnashadigan boshqa ixtiyoriy ishlar.
Shotlandiya yer tribunali tarkibi 1949-yildagi “Yer tribunali to‘g‘risida”gi Qonunga
binoan rais va uchta a’zodan iborat. Sudda shuningdek, advokat yoki yerni baholash bo‘yicha
malakali xodimlar Malakali baholovchilar qirollik institutining shotlandiyalik raisi bilan
maslahatlashuvlardan so‘ng Tribunal raisi tomonidan tayinlanadi.
Xulosa qilib aytganda, yer bilan bog‘liq nizolarning sud tartibida ko‘rib hal qilinishi
fuqarolarning yerdan foydalanish sohasidagi huquq va manfaatlarini himoya qilishga
qaratilgan bo‘lib, bu boradagi qonunchilikning takomillashuvi yer nizolarini mazmunan ko‘rib
chiqish samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. –Toshkent: O‘zbekiston. 2023 yil.
2.
Fuqarolik protsessual kodeksi. -Toshkent. Rasmiy nashr. Adliya vazirligi. Qonun hujjatlari
ma’lumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 02/18/FPK/0612-son, 28.02.2024-y.
Page 15
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH
Volume 3, Issue 6, Part 3 Iyun 2025
www.in-academy.uz
3.
Iqtisodiy protsessual kodeksi. -Toshkent. Rasmiy nashr. Adliya vazirligi. Qonun hujjatlari
ma’lumotlari milliy bazasi, 25.01.2018-y., 02/18/IPK/0623-son.
4.
Oliy sudi Plenumining “Sudlar tomonidan fuqarolik ishlari bo‘yicha dalillar va isbotlashga
oid qonun normalarini qo‘llash amaliyoti to‘g‘risida” qarori. Toshkent sh., 2020-yil 19-dekabr,
35-son.
5.
Oliy sudi Plenumining “Birinchi instansiya sudi tomonidan fuqarolik protsessual qonun
normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarori. Toshkent sh., 2018-yil 19-
may,14-son.
6.
https://www.library-tsul.uz
7.
https://www.lex.uz
8.
https://www.elibrary.ru/
9.
https://public.sud.uz/
10.
https://online.zakon.kz
11.
https://continent-online.com/
12.
https://www.consultant.ru//