Page 5
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH
Volume 3, Issue 6, Part 3 Iyun 2025
www.in-academy.uz
NUROBOD TUMANIDAGI ETNOTOPONIMLAR
DERIVATSIYASI
Charos Kamolova To‘lqinboy qizi
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand
davlat universiteti Filologiya fakulteti 2-kurs magistranti
https://doi.org/10.5281/zenodo.15707264
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Qabul qilindi: 10-Iyun 2025 yil
Ma’qullandi: 14-Iyun 2025 yil
Nashr qilindi: 20-Iyun 2025 yil
Maqolada
Nurobod
tumanidagi
ba’zi
etnotoponimlarning hosil qilinishi uchun asos bo‘lgan
etnonim va ularning yasalish usullari bayon qilingan
KEYWORDS
etnonim,
etnotoponim,
etnooykonim,
antroponim,
oykonim,
urug‘,
qabila,
onomastik konversiya, sintaktik
usul.
So‘z yasalishi ma’lum bir asosga qo‘shimcha qo‘shish natijasida yangi ma’no hosil
qilishdir. Bunda so‘zning lug‘aviy ma’nosida o‘zgarish yuz beradi, natijada bir so‘z turkumidan
boshqa so‘z turkumiga o‘tish yuz beradi. Tilimizda yangi so‘z yasashning bir necha usullari
keng tarqalgan. Jumladan, so‘zga qo‘shimcha qo‘shish natijasida yasalgan so‘zlar
morfologik(affiksatsiya) usul, ikki so‘zning o‘zaro qo‘shilishidan hosil bo‘lgan so‘zlar
sintaktik(kompozitsiya) usul yordamida hosil bo‘ladi. Bundan tashqari, abbreviatsiya
(qisqartma) usuli, semantik (ma’noviy) usuli, fonetik usul, takrorlash usuli kabi yangi so‘z
hosil qilish usullari ham mavjud bo‘lib, tilshunosligimizda so‘z yasashda keng foydalaniladi.
Shuni ta’kidlashimiz joizki, hozirgi kunda mamlakatimiz hududida mavjud bo‘lgan
etnonimlarning katta qismi unutilib ketmoqda. Buning asosiy sababi sifatida keksa
kishilarning soni kamayib ketishi natijasida yosh avlod tomonidan ularning o‘zlari mansub
bo‘lgan urug‘ va uning shaxobchalarini bilmasliklari deb ko‘rsatishimiz mumkin. Lekin
shunday bo‘lsa-da, etnonimlarning katta qismi hozirgi kunda ma’lum hududlarda joy nomlari
tarkibida yashab kelmoqda. Bunga misol tariqasida mang‘it, barlos, achamayli, qirq, saroy,
arab, nayman, qang‘li, qatag‘on, tortuvli, qorag‘ursoq kabilarni aytishimiz mumkin.
Etnooykonimlarning yuzaga kelishini ham turli sabablarga ko‘ra asoslashimiz mumkin.
Etnooykonimlarning vujudga kelishi ma’lum hududdagi kishilarning tili, urf-odati, madaniyati
va aholining yashash tarzi kabi bir qancha ijtimoiy masalalarga ham chambarchas bog‘liq.
Masalan, o‘simliklar va hayvonot dunyosi, hududda yashagan shaxslarning nomlari, geografik
joylashuv, etnonimik tabiati kabi motivlar nuqtayi nazardan yondashilib, ma’lum
etnooykonimlar yasaladi. Bizga ma’lumki, Samarqand viloyati hududida etnooykonimlar
geografik nomlarning katta qismini egallaydi va ularning yuzaga kelishi uchun turli xil
motivlar asos bo‘lgan.
Page 6
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH
Volume 3, Issue 6, Part 3 Iyun 2025
www.in-academy.uz
Nurobod tumani hududida istiqomat qiluvchi etnoslarning atalish asoslariga diqqat
qaratadigan bo‘lsak, ko‘plab etnonim nomlari vaqtlar o‘tishi bilan joy nomlariga ko‘chib
borganligiga guvoh bo‘lishimiz mumkin. Ular, asosan, quyidagi usullarda joy nomlariga
ko‘chib borgan:
1)
Onomastik konversiya usuli;
2)
Sintaktik usul.
O‘zbek xalqi etnonimlarining grammatik tuzilishiga to‘xtaladigan bo‘lsak,
etnonimlarning ma’lum bir hududda yasalishi uchun asos bo‘ladigan so‘z yasash usullari va
etnonimga aloqador bo‘lgan yangi so‘zlarning yuzaga kelishi uchun xizmat qiladigan ma’lum
tushunchalar nazarda tutiladi. Bu esa leksikologiya va grammatikaning chambarchas bog‘liq
ekanligini ko‘rsatadi, ya’ni yangi so‘z hosil qilishda so‘z yasalishi uchun asos vazifasini
bajaruvchi so‘z leksik birlik, leksik ma’no anglatuvchi qism ekanligi nuqtayi nazaridan
asoslashimiz mumkin. Vaqtlar o‘tgani sayin etnonimlarning grammatik tuzilishi ham
murakkablasha boshladi. Ularni hosil qilish uchun turli xil so‘z yasash modellari va usullari
xizmat qildi. Asosan, etnooykonimlarning yasalishi uchun onomastik konversiya usulidan
foydalanildi. Bu tushunchaga A.Turobov quyidagicha ta’rif bergan: “Onomatik konversiya
atoqli ot yasashning shunday usuliki, bunda tilda avvaldan mavjud bo‘lgan so‘zlar yoki nomlar
tayyor holda atoqli ot vazifalariga ko‘chiriladi. Atoqli ot vazifasiga o‘tadigan so‘z shaklan tub
(Bo‘ri, Kal, Ko‘sa), yasama (Po‘latchi, Sinchi, Bolg‘ali) va qo‘shma (Kaltatoy, Kattaturk,
Oqqovun) bo‘lishi mumkin” [Туробов, 2002: 10].
Yuqoridagi gapning mazmunidan kelib chiqadigan bo‘lsak, Nurobod tumani hududida
onomastik konversiya usuli orqali yasalgan bir qancha etnooykonimlar mavjud. Ba’zi
tadqiqotchilar tomonidan morfologik usul bilan yasalgan joy nomlarini onomastik konversiya
usuli bilan yasalgan toponimlardan farqlamaslik holatlari kuzatiladi. Atoqli otlarning to‘liq
onomastik konversiya usuli bilan yasalganligini tuman hududida mavjud bo‘lgan
etnonimlardan tayyor holda joy nomiga ko‘chirilganligida ko‘rishimiz mumkin. Bundan
tashqari, biz aytishimiz mumkinki, onomastik konversiya usuli bilan yasaladigan
etnooykonimlar yasama va tub etnonimdan hosil qilingan bo‘lishi mumkin. Ma’lumki,
etnonimlarning o‘zi ham so‘z qo‘shish yoki qo‘shimcha qo‘shish usuli orqali paydo bo‘ladi. Ikki
mustaqil so‘zning birikuvidan hosil bo‘lgan qo‘shma etnonimlar leksik-grammatik va fonetik
jihatdan bir butunlik sifatida shakllanadi. Ushbu holatda qo‘shimcha qo‘shish usuli bilan
yasalgan etnonim hech qanday semantik va shakliy jihatdan o‘zgarishsiz joy nomiga ko‘chadi,
ya’ni etnooykonim yasaladi. Nurobod tumani hududida mavjud bo‘lgan Qilichli, Achamayli,
Po‘latchi, Mergancha kabi joy nomlari yuqorida aytganimizdek yasama etnonimlardan yuzaga
kelgan etnooykonimlar hisoblanadi. Masalan, Achamayli etnotoponimining yuzaga kelishiga
e’tibor qaratsak, o‘zbeklarning yuz, do‘rman, nayman, qurama, marqa qabilalari tarkibida
achamayli urug‘i bo‘lgan. Bundan tashqari, qozoq va qoraqalpoqlarda ham ashamayli degan
yirik urug‘ mavjud bo‘lganligi haqida ma’lumotlar mavjud. [Нафасов, 2008: 19]. Demak,
achamayli urug‘i nomi qadimdan mamlakatimiz va qardosh hududlarda istiqomat qiluvchi
insonlar to‘dasini anglatuvchi tushuncha bo‘lgan. Vaqtlar o‘tishi bilan etnooykonimga
aylangan, ya’ni mavjud etnonimning joy nomiga ko‘chgan. Achamayli etnonimining
etimologiyasiga Suyun Qorayev boshqacha yondashadi. Uning izlanishlariga ko‘ra, qadimda
ho‘kiz yoki qo‘tosga uriladigan yoki bolalar minishi uchun mo‘ljallangan egar ochamay
Page 7
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH
Volume 3, Issue 6, Part 3 Iyun 2025
www.in-academy.uz
deyilgan. Demak, bu urug‘ning tamg‘asi egar shaklida bo‘lganligini ta’kidlaydi[Qorayev, 2006:
76-77].
Shu bilan birga, Po‘latchi – Nurobod tumani hududida joylashgan qishloqning nomi. Bu
toponimning yasalishi uchun urug‘ nomi asos bo‘lgan. Tojikiston barloslarida po‘latbachcha
degan kichik urug‘i borligi haqida ma’lumot mavjud. O‘zbeklarning ham
po‘latchi ~ po‘lotchi
urug‘i ma’lum. Etnonimning asosi –
po‘lat ~ polat
. -chi jamlikni ifodalovchi qo‘shimcha. -i
affiksi aslida -ti tarzida bo‘lgan (Po‘latti). So‘z tarkibida
t ~ ch
mosligi borligi haqidagi
ma’lumotlar To‘ra Nafasov tomonidan keltiriladi. Etnonim asosida toponim yasalganligini
ko‘rish mumkin [Нафасов, 2008: 158]. Yuqoridagi misollardan ko‘rinib turganidek, joy
nomlarini yasashning onomastik konversiya usuli ma’lum hududda mavjud bo‘lgan
etnonimlar yoki tildagi mavjud bo‘lgan atoqli otlarning leksik-grammatik va fonologik
jihatdan butunlikni hosil qilgan holda yangi vazifaga o‘tishi, ya’ni joy nomiga ko‘chishidir.
Bunday tashqari, etnooykonimlarni hosil qilish uchun sintaktik usuldan ham
foydalaniladi. Bu ikki va undan so‘zlarning birikuvi natijasi yangi nomning paydo bo‘lishi bilan
bog‘liqdir. Tilshunoslikda sintaktik usul kompozitsiya usuli, negiz qo‘shish, analitik usul kabi
atamalar bilan yuritiladi. Sintaktik usul bilan so‘z yasash o‘zbek tilshunosligida keng
qo‘llaniladi. Bu usul bilan etnooykonim yasalganida birikkan ikki so‘z ma’noviy jihatdan bir
umumiy tushunchani yasash uchun xizmat qiladi.
Nurobod tumani hududidagi fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari va ma’muriy-
hududiy birliklarining nomlariga diqqat qaratsak, etnonim asosida yuzaga kelgan joy nomlari
orasida kompozitsiya usuli yordamida yasalgan toponimlar salmoqli qismni tashkil etadi.
Jumladan, Qoraqursoq (qishloq nomi), Kattaqora (qishloq nomi), Naymanobod (qishloq
nomi), Xayronshayx (qishloq nomi), Saroyqo‘rg‘on (qishloq nomi), Uzunqishloq (qishloq
nomi), Arab ota (mahalla nomi) kabi joy nomlari etnonimlar asosida hosil qilinganligiga guvoh
bo‘lishimiz mumkin. Kompozitsiya usuli orqali yasalgan etnooykonimlarning asosiy qismi
“aniqlovchi-aniqlanmish” munosabatida bo‘lishi A.Turobov tomonidan ta’kidlanadi [Туробов,
2002: 16]. Nurobod tumani hududida mavjud bo‘lgan Qorag‘ursoq (Qoraqursoq)
etnooykonimi tarkib jihatdan qora va qursoq(g‘irsaq, qarsak) so‘zlarining birikuvidan hosil
bo‘lgan so‘z birikmasi sanaladi. Ushbu so‘z birikmasi tarkibidagi ikki so‘z mazmuniy va
grammatik jihatdan birlashishi natijasida hosil bo‘lgan. Bunda etnooykonim tarkibidagi
birinchi qism rang bildiruvchi so‘z bo‘lib, u dastlab aniqlovchi vazifasini bajargan bo‘lsa,
vaqtlar o‘tishi bilan yaxlit bir so‘z holida shakllanganligini ko‘rishimiz mumkin. Hozirgi vaqtga
kelib ushbu joy nomi tarkibida mavjud bo‘lgan aniqlovchi va aniqlanmish munosabati alohida
qaralmay, bir yaxlit tushunchani ifodalovchi joy nomi sifatida tilga olinadi. Ushbu
toponimning yuzaga kelishini yuzasidan quyidagicha qarash ham mavjud: Qoraqursoq (ba’zi
adabiyotlarda qorag‘ursoq) – Qo‘ng‘irot urug‘ining qanjig‘ali bo‘limining tarkibiga kiruvchi
urug‘lardan birining nomi. Tarixan yondashadigan bo‘lsak, qursoq ~ g‘irsoq ~ qarsaq
urug‘ining bir tarmog‘i qoraqursoq bo‘lganligini To‘ra Nafasov asarlaridagi fikrlar tasdiqlaydi:
“Qarsaq – mo‘ynali hayvon, cho‘l tulkisi. Qozoq, o‘zbek tillarida tulkining bir turi, qirg‘iz tilida
tulki qursoq – cho‘l tulkisi. Qoraqursoq – qarsaqning bir turi”. Bundan ko‘rinadiki,
etnonimning yasalishi uchun totem asos vazifasini bajargan. Vaqtlar o‘tishi bilan etnonim
asosida aholi istiqomat qiladigan joy nomi - etnooykonim yuzaga kelgan. [Нафасов, 2008:
259]
Page 8
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH
Volume 3, Issue 6, Part 3 Iyun 2025
www.in-academy.uz
Naymanobod – kompozitsiya usuli orqali yasalgan etnooykonim. Naymanlar qadimgi
davrlardan boshlab xalqimiz tarixida o‘z o‘rniga ega. Dastlab olimlar tomonidan mo‘g‘ullarga
mansub urug‘ sifatida qaralgan, jumladan, Abulg‘ozi Bahodirxonning “Shajarayi turk” asarida
naymanlar mo‘g‘ullarning avlodlari sifatida aytib o‘tilgan. Bu so‘z mo‘g‘ulcha “sakkiz” degan
ma’noni ifoda etadi. -obod esa joy nomini hosil qilishda qo‘llaniluvchi komponent.
Nayman hozirda ko‘plab joy nomlarining yasalishi uchun asos vazifasini bajarib kelmoqda.
Tuman hududidagi Naymanobod toponimining asosi ham naymanlar yashaydigan joy
ma’nosini ifodaydi.
Nurobod tumanidagi etnooykonimlar komponentlari turli xil ekanligini kuzatishimiz
mumkin:
1)
Ot+ot tipidagi joy nomlari: Saroyqo‘rg‘on;
2)
Sifat+ot tipidagi joy nomlari: Qoraqursoq, Oqmang‘it, Uzunqishloq;
3)
Ot+sifat tipidagi joy nomlari: Naymanobod
4)
Sifat+sifat tipidagi joy nomlari: Kattaqora;
5)
Son+ot tipidagi joy nomlari: Oltio‘g‘il;
Etnooykonimlar yasalishida atoqli otning birinchi qismi obyektning hajmi, rangi, xil-
xususiyati, tashqi ko‘rinishi, miqdori, kimga tegishli ekanligi kabi jihatlarni o‘zida
mujassamlashtiradi. Ikkinchi qismi esa shunga mazmuniy jihatdan birikadigan so‘zdan iborat
bo‘ladi. Bizga ma’lum bo‘lgan etnotoponimlar ko‘pchilik qismining hosil bo‘lishi uchun aynan
ushbu xususiyatlar alohida ahamiyat kasb etadi.
Bir jihatga alohida e’tibor qaratishimiz lozim, sintaktik usul orqali etnonim va
etnooykonimlarni yasash quyidagi asoslarga ko‘ra yuzaga kelishi mumkin:
1) sintaktik usul bilan yasalgan etnooykonimlar;
2) sintaktik usulda yasalgan etnonimning etnooykonimga ko‘chishi natijasida
yuzaga kelgan etnooykonimlar.
Demak, ushbu jihatdan qaralganda birinchi holatni to‘liq ravishda etnooykonim
yasashning sintaktik usuli sifatida olishimiz mumkin. Chunki ikkinchi holatda faqatgina
etnonim sintaktik usulda yasalgan, etnooykonim emas. Aynan Nurobod tumanida sintaktik
usul orqali joy nomlarining yasalishi nisbatan kam uchraydi, ammo sintaktik usulda
etnonimlar, ya’ni turli urug‘lar va ularning shaxobchalari nomlarini hosil qilish holati keng
qo‘llaniladi.
Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, grammatik jihatdan etnonimlardan hosil
qilinadigan etnooykonimlar ikki xil usul, ya’ni onomastik konversiya va sintaktik usulda
yasaladi. Bu, asosan, etnonimlarning yuzaga kelishi uchun asos bo‘luvchi birliklarning
tabiatiga, etnonimni hosil qiluvchi so‘zlarning grammatik jihatdan erkin birikuviga bog‘liq.
Nurobod tumani hududida mavjud etnooykonimlarning asosiy qismi onomastik konversiya
usuli orqali yasalganligini ko‘rishimiz mumkin. Etnonim va etnooykonimlarni hosil qilishda
sof turkiy asosga ega bo‘lgan so‘zlar faol ishtirok etadi. Ular, asosan, sintaktik usulda
aniqlovchi vazifasini bajaradi. Tub etnooykonimlar esa etnonimlar zamirida vujudga keladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Абдираҳмонов А. Казакстан этнотопономикасы. - Алматы: Ғылым, 1975.
2.
Бегалиев Н., Туробов А. Самарқанд топонимияси. – Самарқанд, 2015.
3.
Дўсимов З., Эгамов Х., Жой номларининг қисқача изоҳли луғати. – Тошкент:
Ўқитувчи, 1977.
Page 9
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH
Volume 3, Issue 6, Part 3 Iyun 2025
www.in-academy.uz
4.
Марқаев К. Ўзбек тили этнонимларининг лисоний тадқиқи. Филол. фанлари
номзоди дисс. ... автореф. - Тошкент, 2006.
5.
Нафасов Т. Жанубий Ўзбекистон топонимиясининг этнолингвистик анализи. -
Тошкент, 1985.
6.
Отажонова А. Хоразм этнотопонимлари. – Тошкент: Фан, 1997.
7.
Туробов А. Самарқанд этноним ва этноойконимлари. Монография. – Самарқанд:
СамДЧТИ, 2002.