Авторы

  • Shaxzodbek Bunyodov
    Toshkent davlat yuridik universiteti magistranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.cajar.126897

Ключевые слова:

Advokat advokatura advokatlik faoliyati kafolatlari advokat daxlsizligi advokat mustaqilligi.

Аннотация

Ushbu maqolada advokatlik faoliyatining kafolatlari institutining nazariy-huquqiy asoslari har tomonlama tahlil qilinadi. Advokatlik institutining mustaqilligi, daxlsizligi va kasbiy erkinligini ta’minlovchi huquqiy mexanizmlar, ularning konstitutsiyaviy me’yorlar bilan uyg‘unligi ilmiy asosda o‘rganilgan. Maqolada advokatlik faoliyati mustaqilligini ta’minlashdagi amaliy muammolar – advokatga bosim o‘tkazish holatlari, tergov va sud organlari bilan munosabatlardagi muvozanatsizlik, himoya huquqining buzilishi kabi masalalar ochib berilgan. Ushbu maqola natijalari advokatlik institutining huquqiy maqomini yanada mustahkamlash, uni huquqiy davlat barpo etishdagi roli va ahamiyatini kuchaytirishga xizmat qiladi.


background image

Page 160

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH

IF = 5.441

Volume 3, Issue 06, June 2025

www.in-academy.uz

ADVOKATLIK FAOLIYATI KAFOLATLARINING NAZARIY-

HUQUQIY ASOSLARI

Bunyodov Shaxzodbek Zuryod oʻgʻli

Toshkent davlat yuridik universiteti magistranti

bunyodovshahzodbek@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.15658186

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi: 01-June 2025 yil
Ma’qullandi: 07- June 2025 yil
Nashr qilindi: 13- June 2025 yil

Ushbu maqolada advokatlik faoliyatining kafolatlari
institutining nazariy-huquqiy asoslari har tomonlama
tahlil qilinadi. Advokatlik institutining mustaqilligi,
daxlsizligi va kasbiy erkinligini ta’minlovchi huquqiy
mexanizmlar, ularning konstitutsiyaviy me’yorlar bilan
uyg‘unligi ilmiy asosda o‘rganilgan. Maqolada advokatlik
faoliyati

mustaqilligini

ta’minlashdagi

amaliy

muammolar – advokatga bosim o‘tkazish holatlari,
tergov va sud organlari bilan munosabatlardagi
muvozanatsizlik, himoya huquqining buzilishi kabi
masalalar ochib berilgan. Ushbu maqola natijalari
advokatlik institutining huquqiy maqomini yanada
mustahkamlash, uni huquqiy davlat barpo etishdagi roli
va ahamiyatini kuchaytirishga xizmat qiladi.

KEYWORDS

Advokat,

advokatura,

advokatlik faoliyati kafolatlari,
advokat daxlsizligi, advokat
mustaqilligi.

Globallashuv jarayoni va huquqiy davlat qurilishi sharoitida advokatlik instituti davlat

va jamiyat hayotining ajralmas tarkibiy qismi sifatida tobora katta ahamiyat kasb etmoqda.
Advokatlar fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, sudlarda ularning
manfaatlarini ifoda etish, jinoyat ishlarida himoyani ta’minlash, shuningdek, fuqarolik,
iqtisodiy va boshqa nizolarda yuridik yordam ko‘rsatishda muhim rol o‘ynaydi. Shu bois,
advokatlik faoliyatining qonuniy kafolatlari va advokat shaxsining ijtimoiy jihatdan
himoyalanganligi jamiyatdagi huquqiy barqarorlik va tizimning mustahkamligiga bevosita
ta’sir ko‘rsatadi.

Advokatlik kasbi huquqiy davlat barpo etish, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va

erkinliklarini ta’minlash hamda sud-huquq tizimining adolatli ishlashida muhim o‘rin tutadi.
Ayniqsa, O‘zbekiston Respublikasining yangi Konstitutsiyasi qabul qilinish jarayonida
advokatura institutining jamiyatda tutgan o‘rni alohida e’tiborga olinib, advokatlik
faoliyatining asosiy kafolatlari ilk bor konstitutsiyaviy darajaga ko‘tarildi. Konstitutsiyada
advokat faoliyatiga aralashishga yo‘l qo‘yilmasligi, advokat va himoyalanayotgan shaxs
o‘rtasidagi muloqot uchun sharoitlar yaratilishi, advokatning sha’ni va kasbiy faoliyati davlat
tomonidan muhofaza qilinishi mustahkamlab qo‘yildi.




background image

Page 161

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH

IF = 5.441

Volume 3, Issue 06, June 2025

www.in-academy.uz

Bundan tashqari, so‘nggi yillarda Prezident tashabbusi bilan advokatura tizimini

takomillashtirish yo‘lida muhim islohotlar amalga oshirildi. Jumladan, 2018-yil 12-mayda
qabul qilingan PF-5441-sonli Prezident farmoni advokatura institutining samaradorligini
oshirish va advokatlar mustaqilligini kengaytirishda muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qildi.

Shuningdek, Prezident Sh.M.Mirziyoyevning 2022-yil 20-dekabrdagi Oliy Majlis va

xalqga yo‘llagan Murojaatnomasida

1

inson huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish

davlatning konstitutsiyaviy majburiyati sifatida e’tirof etilib, ushbu yo‘nalishda bir qator
amaliy takliflar ilgari surildi. Xususan, davlat hisobidan bepul yuridik yordam ko‘rsatadigan
advokatlarni elektron tanlash tizimini joriy etish, advokatga jinoyat ishi ochilishi yoki
tugatilishi haqida qaror nusxasini taqdim etish, shuningdek, sudga jinoyat ishi ayblov bilan
birga himoyachining fikri asosida taqdim etilishi kabi mexanizmlarni joriy qilish taklif etildi.

Mazkur islohotlar natijasida advokatlarning kasbiy faoliyati va ularning ijtimoiy

himoyasini ta’minlash masalasi nafaqat yuridik, balki ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy
barqarorlikni mustahkamlash nuqtayi nazaridan ham dolzarb ahamiyat kasb eta boshladi. Shu
jihatdan, bu sohani ilmiy asosda chuqur o‘rganish zarurati yuzaga keldi.

Ilmiy maqola usullari va metodalari

Ushbu ilmiy maqolada Ilmiy maqola maqsad va vazifalariga erishish hamda Ilmiy

maqola boʻyicha samarali natijalar olish uchun normativ-huquqiy tahlil usuli, qiyosiy huquqiy
tahlil usuli, tahliliy va kritik yondashuv, tavsiya va prognozlash metodlaridan foydalanildi.

Munozara

Advokatlik faoliyati huquqiy davlat va fuqaro jamiyati institutlarining ajralmas boʻlagi

hisoblanadi. Mazkur faoliyatning mohiyati insonning asosiy huquq va erkinliklarini himoya
qilish, sudlarda va boshqa organlarda adolatli yuridik yondashuvni taʼminlashdan iborat. Shu
bois, advokatlar faoliyatining erkin, mustaqil va xavfsiz amalga oshirilishi demokratik huquqiy
davlat barpo etishning muhim shartlaridan biri sanaladi.

Birinchi navbatda, “advokatlik faoliyati” soʻz birikmasidagi

faoliyat

soʻzining lugʻaviy

maʼnosiga toʻxtalib oʻtadigan boʻlsak. Bir guruh olimlarning fikriga koʻra “faoliyat insonning
muayyan muhitdagi muayyan subyektlarga nisbatan maxsus munosabatlari yigʻindisi boʻlib,
uning mazmuni jamiyat manfaatlaridan kelib chiqqan holda oʻzgarishi hamda jamiyat
manfaatlariga xizmat qilishi bilan bogʻliq boʻladi. Faoliyat oʻz ichiga maqsad, vosita, natija va
tegishli jarayonlarni qamrab oladi”

2

.

Mazkur tarifdan kelib chiqqan holda, advokatlik faoliyatiga “qonun doirasida

belgilangan maqsadlar asosida advokat maqomiga ega boʻlgan shaxs tomonidan fuqarolarning
huquq va erkinliklarini, shuningdek, jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qilish maqsadida
tegishli vakolatlarni amalga oshirish jarayoni”, deb qayta tarif berishimiz mumkin
hisoblanadi.

Oʻzbekiston Respublikasining “Advokatlik faoliyatining kafolatlari va advokatlarning

ijtimoiy himoyasi toʻgʻrisda”gi Qonuniga murojaat etadigan boʻlsak, advokatlik kafolatlari
tushunchasiga berilgan tarifni topa olmaymiz. Advokatlik faoliyati kafolatlari deganda,
advokatlarning oʻz kasbiy vazifalarini qonuniy, mustaqil va erkin amalga oshirishiga imkon
beruvchi

huquqiy, tashkiliy, ijtimoiy va protsessual normalar tizimi

tushuniladi. Bu



background image

Page 162

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH

IF = 5.441

Volume 3, Issue 06, June 2025

www.in-academy.uz

kafolatlar advokatni har qanday noqonuniy aralashuv, bosim, taʼqib va cheklovlardan himoya
qiladi hamda ularning kasbiy mustaqilligini taʼminlaydi.

Oʻzbekiston Respublikasining “Advokatlik faoliyatining kafolatlari va advokatlarning

ijtimoiy himoyasi toʻgʻrisida”gi Qonunining 5-moddasida mazkur tushuncha huquqiy jihatdan
belgilab qoʻyilganini ko‘rish mumkin.

Advokatlik faoliyati kafolatlarining huquqiy mohiyati – bu advokatning kasbiy erkinligi,

mustaqilligi va huquqlarini taʼminlovchi normativ-huquqiy mexanizmlar majmuasidir. Aynan
shu kafolatlar orqali advokat o‘z kasbiy vazifalarini qonun doirasida erkin bajara oladi, tashqi
bosim va aralashuvlardan himoyalanadi hamda sud-huquq tizimida adolatli himoyani amalga
oshiruvchi asosiy subyekt sifatida ishtirok etadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 141-142-moddalarida bevosita Advokatlik

faoliyatining kafolatlarining konstitutsiyaviy asoslar bilan mustahkamlanganligini koʻrishimiz
mumkin. Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 29-moddasida “Har kimga
malakali yuridik yordam koʻrsatish huquqi kafolatlanadi. Har bir shaxs jinoyat protsessining
har qanday bosqichida, shaxs ushlanganida esa uning harakatlanish erkinligi huquqi amalda
cheklangan paytdan eʼtiboran oʻz tanloviga koʻra advokat yordamidan foydalanish huquqiga
ega”, deb koʻrsatib oʻtilgan. Bundan koʻrinib turibdiki, advokat oʻz himoyasidagi shaxsning
dastlabki tergovdagi yoki suddagi nuqtai nazarini qoʻllab quvvatlashi shart

3

.

Baʼzi olimlar qarashlariga koʻra advokat uchun ishonch bildiruvchi shaxs manfaatlari

doimo birinchi oʻrinda boʻlmogʻi lozim. Xususan, V.Burobin fikricha, “advokat uchun “ishonch
bildiruvchi shaxs – doimo haq” degan qoida imperativ xarakterga ega”.

4

Mazkur fikrga

qoʻshimcha tarzda S.Shirinskiy esa “advokat himoya pozitsiyasi borasida ishonch bildiruvchi
shaxsdan yozma rozilik olishi zarur” ekanligini taʼkidlaydi

5

. Mazkur fikrlarga nisbatan oʻz

pozitsiyamizni bildiradigan boʻlsak, albatta, ushbu fikrlaning asosli ekanligini taʼkidlashimiz
lozim. Biroq, advokat tomonidan “ishonch bildiruvchi shaxsning manfaatlari ustunligi”
prinsipiga amal qilishda qonun doirasida ish tutish hamda uning manfaatlarini himoya qilish
uchun noqonuniy usullardan foydalanmasligi lozimligini yodda saqlash zarur.

Ilmiy adabiyotlarda qayd etilishicha

6

, advokatlik faoliyatining kafolatlari — bu faqat

advokatning huquqiy maqomini belgilab beruvchi me’yorlar yig‘indisi emas, balki sud-huquq
tizimining barqaror va izchil faoliyat yuritishini ta’minlovchi muhim huquqiy mexanizmdir.
Huquqiy doktrinada bu tushuncha murakkab va ko‘p qirrali huquqiy kategoriya sifatida
baholanadi. Ushbu kafolatlar, eng avvalo, advokatga o‘z kasbiy faoliyatini mustaqil va erkin
tarzda amalga oshirish, shuningdek, davlat organlari yoki boshqa shaxslarning aralashuvisiz
mijoz manfaatlarini qonuniy asosda himoya qilish imkonini beradigan normalar tizimi sifatida
qaraladi.

Oʻzbekistonda advokatlik faoliyati kafolatlarini taʼminlashga doir ma’lum huquqiy

asoslar mavjud boʻlsa-da, ularning amalda to‘liq va izchil qo‘llanilishi yo‘lida hali hanuz qator
muammolar saqlanib qolmoqda. Xususan, ba’zi holatlarda advokatlar sud majlislariga yoki
tergov harakatlariga oʻz vaqtida jalb etilmaydi, zarur hujjatlarga to‘liq kirish imkoniyatidan
mahrum boʻladi yoki ularning himoya nuqtai nazari yetarlicha inobatga olinmaydi. Bunday





background image

Page 163

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH

IF = 5.441

Volume 3, Issue 06, June 2025

www.in-academy.uz

holatlar huquqiy kafolatlarning mavjudligini emas, balki amaldagi huquqiy madaniyat
darajasini ochib beradi.

Masalan, 2021-yilda Bosh prokuratura tomonidan oʻtkazilgan anonim soʻrovnoma

natijalariga koʻra, advokatlarning himoya ostidagi shaxs bilan uchrashishiga toʻsqinlik qilish
holatlari surishtiruv bosqichida 461 ta, tergov jarayonida esa 328 ta holatni tashkil etgan

7

.

Holbuki, amaldagi qonunchilikda advokatga surishtiruv yoki tergov bosqichlarida himoya
qilinayotgan shaxs bilan hech qanday ruxsatsiz, cheklovlarsiz va to‘siqlarsiz uchrashish
huquqi kafolatlangan. Ushbu qonuniy huquqning buzilishi esa advokatlik faoliyati
kafolatlarining jiddiy buzilishi sifatida e’tirof etilishi lozim.

Baʼzi hollarda

8

, Ichki ishlar boshqarmasiga qarashli tergov hibsxonalarida advokatning

himoyasidagi shaxs bilan uchrashuvi uchun order va guvohnomadan tashqari tergovchi, sud
yoki tergov boshqarmasi ruxsatini talab qilish holatlari uchramoqda.

Holbuki, Jinoyat protsessual kodeksining 53-moddasi 2-qismiga ko‘ra, himoyachi

qamoqda saqlanayotgan shaxs bilan hech qanday ruxsatisiz va cheklovlarsiz – uchrashuvlar
soni va muddati bo‘yicha chegaralarsiz – erkin uchrashish huquqiga ega.

Shuningdek, IIVning 2456-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan Tergov hibsxonalari ichki

tartib qoidalarining 150-bandida ham bunday uchrashuvlar erkin va cheklanmagan bo‘lishi
belgilangan. Biroq ba’zan hibsxona maʼmuriyati ushbu talablarni buzgan holda ruxsatnoma
so‘raydi yoki uchrashuvni kechiktiradi, bu esa qonundagi “moneliksiz va ruxsatsiz” tamoyiliga
zid bo‘lib, to‘laqonli himoyani amalga oshirishga to’sqinlik qiladi.

Natijalar

Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, advokatlik faoliyatining kafolatlari huquqiy davlat

va demokratik jamiyat qurilishining ajralmas elementi bo‘lib, u advokatning mustaqilligi,
daxlsizligi va kasbiy erkinligini ta’minlovchi asosiy huquqiy mexanizmlarni o‘z ichiga oladi.
Quyidagi asosiy ilmiy va amaliy xulosalarga keldik:

1.

Advokatlik faoliyati kafolatlari – bu faqat nazariy tushuncha emas, balki amaliyotda

advokatning kasbiy huquqlarini himoya qilish va uning faoliyatiga aralashishga yo‘l
qo‘ymaslikni ta’minlaydigan normativ-huquqiy mexanizmlar tizimidir. Bu tizim advokatga o‘z
faoliyatini erkin, qonuniy va xavfsiz ravishda amalga oshirish imkonini beradi.

2.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 29, 141 va 142-moddalarida advokatlik

faoliyatining konstitutsiyaviy kafolatlari ilk bor alohida belgilab berilishi ushbu institutning
jamiyatdagi o‘rni va ahamiyati yuksalayotganini ko‘rsatadi. Bu esa advokatura institutining
mustaqilligini huquqiy jihatdan yanada mustahkamlash uchun mustahkam zamin
yaratmoqda.

3.

Amaliy tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, mavjud huquqiy asoslar yetarli darajada

rivojlangan bo‘lishiga qaramay, advokatlik faoliyatiga oid qonun normalarining amaliyotda
to‘laqonli tatbiq etilmayotgani muammoli jihatlarni yuzaga keltirmoqda. Jumladan, tergov va
surishtiruv bosqichida advokatlarning himoyasidagi shaxs bilan erkin uchrashuvlariga sun’iy
to‘siqlar qo‘yilmoqda.

4.

Qonunchilikda belgilanganidek, advokatning himoyasidagi shaxs bilan erkin va

ruxsatsiz uchrashish huquqining cheklanishi — nafaqat qonunchilikni buzish, balki himoya



background image

Page 164

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH

IF = 5.441

Volume 3, Issue 06, June 2025

www.in-academy.uz

huquqining buzilishi va sud-huquq tizimiga ishonchni pasaytiruvchi xavfli omil sifatida e’tirof
etilishi lozim.

5.

Advokatlik faoliyatining kafolatlarini mustahkamlash uchun quyidagi taklif va

tavsiyalar muhim hisoblanadi:

Advokatlarning faoliyatiga to‘sqinlik qilgan mansabdor shaxslarga nisbatan javobgarlik

choralarini kuchaytirish;

Advokatlik faoliyati bilan bog‘liq huquqbuzarliklar bo‘yicha alohida statistik monitoring

tizimini joriy etish;

Advokatlarning kasbiy huquqlari bo‘yicha sud amaliyotini tizimli ravishda tahlil qilish va

ommalashtirish;

Advokatlik faoliyatining kafolatlarini keng jamoatchilik va huquqni muhofaza qiluvchi

organlar o‘rtasida targ‘ib qilish.

Yuqoridagi natijalar asosida shuni xulosa qilish mumkinki, advokatlik faoliyatining

kafolatlari faqatgina huquqiy jihatdan emas, balki ijtimoiy, siyosiy va axloqiy jihatdan ham
muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur kafolatlarning to‘laqonli va izchil ta’minlanishi huquqiy
davlatning mustahkam asosi sifatida qaralishi lozim.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:

1. Matkarimov Q.Q. O’zbekiston Respublikasida advokatlik faoliyati. O’quv qo’llanma. – T.:
TDYU nashriyoti, 2011. 369 bet.
2. To’laganova G.Z., Qodiraliyev S.B. Advokatura va advokatlik faoliyatining huquqiy
masalalari. O’quv qo’llanma. – T:. TDYU nashriyoti, 2022.
3. Буробин В. Адвокатская деятельность. – М:. МНЭПУ, 2001.
4. Ширинский С.Ф. Адвокат не вправе вредить своему подзащитному. // Адвокатю -
2000. -№5.
5. Mualliflar jamoasi. Advokatura. Darslik. – T:. TDYU, 2019. 195 b.
6. Х.O’roqova. ““Huqularimiz qo’pol ravishda buzilmoqda” – Qashqadaryodagi advokatlar
muammolari qachon barham topadi?”//Advokat press – 2022-yil avgust. №8 (19).
www.lex.uz
www.prezident.uz

Библиографические ссылки

Matkarimov Q.Q. O’zbekiston Respublikasida advokatlik faoliyati. O’quv qo’llanma. – T.: TDYU nashriyoti, 2011. 369 bet.

To’laganova G.Z., Qodiraliyev S.B. Advokatura va advokatlik faoliyatining huquqiy masalalari. O’quv qo’llanma. – T:. TDYU nashriyoti, 2022.

Буробин В. Адвокатская деятельность. – М:. МНЭПУ, 2001.

Ширинский С.Ф. Адвокат не вправе вредить своему подзащитному. // Адвокатю -2000. -№5.

Mualliflar jamoasi. Advokatura. Darslik. – T:. TDYU, 2019. 195 b.

Х.O’roqova. ““Huqularimiz qo’pol ravishda buzilmoqda” – Qashqadaryodagi advokatlar muammolari qachon barham topadi?”//Advokat press – 2022-yil avgust. №8 (19).

www.lex.uz

www.prezident.uz