Page 109
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH
IF = 5.441
Volume 3, Issue 06, June 2025
www.in-academy.uz
TALABALARDA LIDERLIK QOBILIYATINING
SHAKLLANISHIGA TA’SIR QILUVCHI IJTIMOIY-
PSIXOLOGIK OMILLAR
Sanayeva Sogdiana Ziyadullayevna
Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti
2-kurs magistratura talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15656436
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Qabul qilindi: 01-June 2025 yil
Ma’qullandi: 07- June 2025 yil
Nashr qilindi: 13- June 2025 yil
Mazkur maqolada talabalarda liderlik qobiliyatining
shakllanishiga ta’sir qiluvchi asosiy ijtimoiy-psixologik
omillarni aniqlash va ularni mustahkamlash uchun
amaliy tavsiyalar berish uchun yozildi. Tadqiqotda
Qarshi Davlat Universitetining filologiya fakulteti
talabalari ishtirok etdi. So‘rovnomalar, psixologik testlar
va intervyular orqali olingan ma’lumotlar matematik-
statistik tahlil yordamida tahlil qilindi. Tadqiqot
natijalari oilaviy muhit, talabalar guruhi bilan muloqot
va o‘qituvchining psixologik yondashuvi liderlik
qobiliyatini shakllantirishda muhim rol o‘ynashini
ko‘rsatdi.
KEYWORDS
liderlik qobiliyati, ijtimoiy-
psixologik omillar, talabalar,
psixologik tahlil.
Bugungi kunda jamiyatda yetakchilik sifatlari talab qilinadigan mutaxassislar tayyorlash
dolzarb masalalardan biri bo‘lib qolmoqda. Chunki, globallashuv jarayonida yoshlar nafaqat
o‘z mutaxassisligi bo‘yicha yetuk bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlari, balki liderlik
qobiliyatiga ham ega bo‘lishlari zarur. Ayniqsa, universitet talabalari orasida liderlik
qobiliyatlarini rivojlantirish ularning kelajakda samarali ishlashlari, tashabbuskor bo‘lishlari
va jamiyatga faol hissa qo‘shishlari uchun muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.
Psixologiya fanida liderlik qobiliyati — shaxsning boshqalarga ta’sir ko‘rsatish, guruh
faoliyatini boshqarish va tashkil qilish, shuningdek, o‘z g‘oyalarini ilgari surishda
tashabbuskor bo‘lish qobiliyati sifatida izohlanadi. Talabalik davri esa liderlik qobiliyatining
shakllanishida juda muhim davr hisoblanadi. Chunki aynan talabalik yillarida yoshlar ijtimoiy
faollik, mustaqil fikrlash, mas’uliyatni o‘z zimmasiga olish kabi sifatlarni rivojlantiradilar.
Shuni ta’kidlashimiz joizki, talabalarda liderlik qobiliyatining shakllanishiga ta’sir
qiluvchi omillar turlicha bo‘lib, ular psixologik va ijtimoiy jihatdan hamda talabaning shaxsiy
xususiyatlari bilan chambarchas bog‘liq. Jumladan:
Oila va yaqin atrof-muhitning qo‘llab-quvvatlashi
Talabalar jamoasida o‘zaro muloqot va hamkorlik
O‘qituvchilarning liderlik sifatlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan faoliyati
Motivatsiya, o‘z-o‘zini baholash va o‘zaro munosabatlar tizimi kabi omillar yetakchi
o‘rin tutadi.
Page 110
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH
IF = 5.441
Volume 3, Issue 06, June 2025
www.in-academy.uz
Ushbu maqolada aynan
talabalarda liderlik qobiliyati shakllanishiga ta’sir qiluvchi
ijtimoiy-psixologik omillar
ning o‘rni tahlil qilinadi hamda talabalar liderligini rivojlantirish
bo‘yicha psixologik tavsiyalar ishlab chiqishga harakat qilinadi.
2. Nazariy qism
Ilmiy asoslarga tayanishimizga ko’ra, liderlik qobiliyatini o’rganish 1950-yillardan
rivojlanib boshladi. Liderlik tushunchasining mehnat taqsimoti va ierarxiyaga asoslangan
modeli Rosch va Caza tomonidan o’rganilgan. 1986-yilda AQSHning Ta’lim standarti
agentligi talabalar uchun liderlik standartlarini ishlab chiqdi.
Talabalarda liderlik qobiliyatining shakllanishi psixologik nuqtai nazardan ko‘plab
omillar bilan uzviy bog‘liq. Jumladan, oilaviy tarbiya, tengdoshlar guruhi bilan muloqot,
o‘qituvchining rahbarlik qilishi va talabalar jamoasidagi ijtimoiy muhit liderlik sifatlarini
rivojlantirishga ta’sir ko‘rsatadi (Bass & Avolio, 1994; Goleman, 1998). Bundan tashqari aytib
o’tishimiz kerakki, talabalik davrida liderlikni shakllanishiga bevosita ta’sir ko’rsatuvchi
omillardan deb guruhdagi mavqe, kommunikatsiya sifati, ijtimoiy qo’llab quvvatlash,
stressga chidamliligi kabi omillardir. Psixologik adabiyotlarda liderlikni demokratik,
avtoritar va laissez-faire uslublarga ajratish amaliyotda keng qo‘llaniladi (Lewin, Lippitt &
White, 1939-yillarda o’rgangan.). Shuningdek, Daniel Goleman tomonidan ishlab chiqilgan
emotsional intellekt nazariyasi ham liderlik qobiliyatining rivojlanishida muhim rol o‘ynaydi
(Goleman, 1995).
3. Metodologik qism
3.1. Tadqiqot maqsadi va vazifalari
Talabalarda liderlik qobiliyatining shakllanishiga ta’sir qiluvchi ijtimoiy-psixologik
omillarni aniqlash va tahlil qilish.
3.2. Tadqiqot metodlari
- So‘rovnoma
- Daniel Goleman “Emotsional intellekt” testi
- Bass va Avolio “Liderlik uslublari” testi
- Intervyu
- Matematik-statistik tahlil (SPSS)
3.3. Tadqiqot ishtirokchilari
150 nafar Qarshi Davlat Universitetining filologiya yo‘nalishidagi 1-4 kurs talabalari.
3.4. Tadqiqot o‘tkazilishi
So‘rovnomalar, testlar va intervyular orqali ma’lumot yig‘ildi va tahlil qilindi.
3.5. Ma’lumotlarni tahlil qilish SPSS yordamida korelyatsion tahlil.
4. Natijalar va muhokama
So‘rovnoma natijalari talabalar liderlik qobiliyatining shakllanishiga oilaviy muhit
(42%), talabalar guruhi bilan muloqot (30%) va o‘qituvchilarning psixologik yondashuvi
(18%) yetakchi rol o‘ynashini ko‘rsatdi. Sinaluvchilarning sinflar o’rtasida tafovutlar
aniqlanmadi. Ko’rsatkichlar bir-biriga juda yaqin hisoblanadi. Lekin, ta’lim bosqichlar
o’rtasidagi va oiladagi nechinchi farzandliligiga ko’ra tafovutlar aniqlandi. Liderlik
darajasi shkalasiga ko’ra 3-4 farzandlarda liderlik darajasi yuqori ekanligini qayd etdi.
1-2 farzandlarda esa liderlik darajasi quyi ekanligini qayd ko’rsatdi.
Daniel Goleman testi natijalari talabalar o‘zini boshqarish va emotsional barqarorlik
borasida yetarli darajada shakllanganliklarini ko‘rsatdi. Bass va Avolio testi esa demokratik
Page 111
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH
IF = 5.441
Volume 3, Issue 06, June 2025
www.in-academy.uz
liderlik uslubiga moyillikni aniqladi (70%).Korelyatsion tahlil oilaviy muhit bilan liderlik
qobiliyati o‘rtasida (r=0.56), talabalar guruhi bilan muloqot (r=0.48) va o‘qituvchilar bilan
muloqot (r=0.35) o‘rtasida ijobiy bog‘liqlikni tasdiqladi.
5. Xulosa va tavsiyalar
Xulosa:
Emperik tadqiqotlar natijalari shuni ko’rsatadiki, talabalarda liderlik qobiliyati individual
psixologik xususiyatlar (masalan, tashabbuskorlik, mustaqillik, empatiyam, o’ziga
ishonch, kommunikativlik) bilan chambarchas bog’liq.
- Talabalarda liderlik qobiliyatining shakllanishiga oilaviy muhit va talabalar guruhi
bilan muloqot yetakchi rol o‘ynaydi.
- Talabalarning emotsional intellekti va demokratik liderlik uslubi rivojlangan.
- O‘qituvchilarning psixologik qo‘llab-quvvatlashi ham liderlik qobiliyatining shakllanishiga
sezilarli ta’sir ko‘rsatadi.
Tavsiyalar:
-
Universitetlarda
psixologik
treninglar
va
seminarlar
tashkil
qilish.
- Ota-onalarni liderlik rivojiga jalb qilish.
- Talabalar o‘rtasida guruhli ishlash va fikr almashishni rivojlantirish.
- O‘qituvchilar tomonidan talabalarni motivatsiya qilish va psixologik yordam ko‘rsatishni
kuchaytirish.
-ayollar orasida liderlik qobiliyati rivojlanishi uchun maxsus dastur ishlab chiqilishi
lozim.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Bass, B. M., & Avolio, B. J. (1994). Improving organizational effectiveness through
transformational leadership. Sage.
2. Goleman, D. (1995). Emotional intelligence. Bantam Books.
3. Goleman, D. (1998). Working with Emotional Intelligence. Bantam Books.
4. Lewin, K., Lippitt, R., & White, R. K. (1939). Patterns of aggressive behavior in
experimentally created social climates. Journal of Social Psychology, 10, 271-301.
5. Yukl, G. (2010). Leadership in Organizations. Prentice Hall.