Page 82
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH
IF = 5.441
Volume 3, Issue 06, June 2025
www.in-academy.uz
DAVLAT BOSHQARUVIDA KORRUPSIYAGA QARSHI
KURASH TIZIMINI YANADA TAKOMILLASHTIRISH
ISTIQBOLLARI
Primov Farxod Abdijabborovich
Toshkent davlat yuridik universiteti Davlat boshqaruvi
kafedrasi professori v.b, yu.f.d
Zokirov Shoxruxbek Zohidjon o‘g‘li
Toshkent davlat yuridik universiteti Magistratura va sirtqi ta’lim
fakulteti Davlat boshqaruvi huquqi yo‘nalishi magistranti
https://doi.org/10.5281/zenodo.15645850
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Qabul qilindi: 01-June 2025 yil
Ma’qullandi: 07- June 2025 yil
Nashr qilindi: 12- June 2025 yil
Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasida davlat
boshqaruvida korrupsiyaga qarshi kurash tizimini
yanada takomillashtirish yo‘nalishlari yoritilgan. Unda
milliy va xalqaro tajribalar asosida mavjud muammolar
tahlil qilinib, samarali boshqaruv, ochiqlik va hisobdorlik
tamoyillari asosida korrupsiyaning oldini olish,
korrupsiyaviy xavflarni aniqlash va bartaraf etish
bo‘yicha taklif va tavsiyalar berilgan. Shuningdek,
raqamli texnologiyalarni joriy etish, inson kapitalini
rivojlantirish va huquqiy mexanizmlarni kuchaytirish
istiqbollari muhokama qilingan.
KEYWORDS
Korrupsiya, davlat boshqaruvi,
korrupsiyaga qarshi kurash,
korrupsion xavflar, tizimni
takomillashtirish, hisobdorlik,
ochiqlik, raqamli boshqaruv,
milliy strategiya.
Korrupsiya zamonaviy davlatlar oldida turgan eng dolzarb muammolardan biri bo‘lib, u
nafaqat iqtisodiy taraqqiyotga, balki jamiyatdagi ishonch muhitiga, qonun ustuvorligiga ham
jiddiy zarar yetkazadi. Ayniqsa, davlat boshqaruvi tizimida yuzaga keladigan korrupsion
holatlar davlat organlari samaradorligini pasaytiradi, fuqarolarning davlatga bo‘lgan
ishonchini susaytiradi. Shu bois, O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurash
davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylangan. So‘nggi yillarda bu borada qator
institutsional islohotlar amalga oshirilmoqda. Biroq, tizimli yondashuv, korrupsiyaviy
xavflarni aniqlash va ularni bartaraf etish mexanizmlarini yanada takomillashtirish zarurati
saqlanib qolmoqda. Ushbu maqolada aynan shu yo‘nalishlar chuqur tahlil qilinadi.
Korrupsiya rivojlanayotgan global tahdid bo‘lib, u taraqqiyotga putur еtkazishdan ko‘ra
ko‘proq narsani ta’minlaydi - bu demokratiyaning pasayishi, beqarorlik va inson huquqlari
buzilishining asosiy sababidir. Xalqaro hamjamiyat va har bir davlat korruptsiyaga qarshi
kurashishni eng muhim va uzoq muddatli ustuvor vazifaga aylantirishi kerak. Bu
avtoritarizmga qarshi turish va tinch, erkin va barqaror dunyoni ta’minlash uchun juda
muhimdir
1
– deb takidlab o‘tgan Xalqaro korrupsiya reytingini tuzuvchi “Transparency
International” agentligi raisi Fransua Valerian.
Asosiy qism.
Darhaqiqat, so‘ngi yillarda mamlakatimizda davlat boshqaruvida
korrupsiyaga qarshi kurash tizimini takomillashtirish bo‘yicha qator ishlar amalga
oshirilmoqda. Bu xalqaro reytinglarda o‘z aksini topmoqda. Jumladan O‘zbekisston so‘ngi
2024-yilda xalqaro nufuzli manbalar bo‘lmish “Transparency International” agentligining
Page 83
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH
IF = 5.441
Volume 3, Issue 06, June 2025
www.in-academy.uz
korrupsiya reytingida 180 ta davlat ichida 121-o‘rinni egalladi
2
. Ushbu reyting har yili 180 ta
davlatda korrupsiya darajasini baholaydi. Bu baholash xalqaro ekspertlar va biznes
еtakchilari o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnomalar asosida amalga oshiriladi. Baholashda Jahon
banki, Jahon iqtisodiy forumi, Freedom House kabi tashkilotlarning ma’lumotlari asos bo‘ladi.
Bu indeks faqat ekspertlar fikrlariga asoslangan bo‘lib, oddiy fuqarolar fikrini inobatga
olmaydi.
“WJP Rule of Law Index”ning korrupsiya bo‘yicha reytingi asosan 8 ta asosiy omil va 44
ta kichik omil bo‘yicha baholanadi, jumladan: hukumat vakolatlarini cheklash, korrupsiyaning
yo‘qligi, ochiq hukumat, asosiy huquqlar, tartib va xavfsizlik, reglament ijrosi, fuqarolik
huquqi va jinoiy huquqlarini o‘z ichiga oladi. Ushbu omillardan biri esa korrupsiyaning
yo‘qligi omili bo‘lib ushbu omil yo‘nalishida O‘zbekiston 142 ta davlat orasida 63-o‘rinni
egalladi
3
. Ushbu indeks 142 ta davlatda qonun ustuvorligi darajasini o‘lchaydi. Baholash 3,400
dan ortiq yuridik mutaxassislar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnomalar asosida amalga oshiriladi.
Indeks 8 ta asosiy omil va 44 ta kichik omil bo‘yicha baholanadi, jumladan: hukumat
vakolatlarini cheklash, korrupsiyaning yo‘qligi, ochiq hukumat, asosiy huquqlar, tartib va
xavfsizlik, reglament ijrosi, fuqarolik huquqi va jinoiy huquqlarini o‘z ichiga oladi.
Shuningdek, “The RTI Rating” tomonidan tuzilgan axborot olish huquqining global
reytingida 54 ball bilan qoniqarsiz davlatlar qatoridan joy oldi
4
. Ushbu reyting davlatlarning
axborot olish huquqini ta’minlashdagi qonunchilik va amaliyotini baholaydi. Davlatlar 150
ballik tizimda baholanadi; yuqori ball – axborot olish huquqining yaxshi ta’minlanganligini
anglatadi. Baholashda davlatlarning axborot olish huquqi bo‘yicha qonunlari, ularning
amaliyoti va fuqarolarga axborotga erkin kirish imkoniyatlari tahlil qilinadi. Reyting faqat
davlatlarnng qonunchilik va siyosatga asoslangan xolda tuziladi.
“World population review”ning dunyo davlatlarida korrupsiyani idrok etish reytingida
esa 32 ball bilan qoniqarsiz davlatlar ichidan o‘rin oldi
5
. Ushbu reyting davlatlardagi
korrupsiya darajasini fuqarolar va biznes еtakchilari fikriga asoslanib baholaydi.
Yana bir reyting “Risk Index”ning 2023-yildagi global korrupsiya reytingida 196-
mamlakat ichida mamlakatimiz 145-o‘rinni band etgan
6
.
Ushbu indeks davlatlardagi korrupsiya xavfini baholaydi, ayniqsa biznes va investitsiya
muhiti nuqtai nazaridan. Davlatlar 0 dan 100 gacha ball oladi va yuqori ball – past korrupsiya
xavfini anglatadi. Baholashda biznes sohasidagi ekspertlar, xalqaro tashkilotlar va boshqa
manbalar ma’lumotlari qo‘llaniladi.
Page 84
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH
IF = 5.441
Volume 3, Issue 06, June 2025
www.in-academy.uz
140
126
121
121
70
66
66
68
28
31
33
32
2021-YIL
2022-YIL
2023-YIL
2024-YIL
"Transparency international" korrupsiya reytingi
“WJP Rule of Law Index”ning korrupsiya bo‘yicha reytingi
“World population review”ning dunyo davlatlarida
korrupsiyani idrok etish reytingi (0 – 100 ball)
Tahlilarimiz shuni ko‘rsatdiki O‘zbekiston ushbu reytinglarda 2022-yilgacha o‘sish
ko‘rsatgichiga erishgan. Lekin 2023-yildan to
hozirgi davrgacha deyarlik barcha korrupsiyaga
oid reytinglarda pasayish yoki turg‘unlik
kuzatilgan. (Qarang: 1-rasm). Albatta bunga
sabab qilib korrupsiyani aniqlashda, baholash va
boshqarish sohalarida yangi bosqichlarga
o‘tilyotgani sababli korrupsiya holatlarini yana
ham aniqlash osonlashganini yoki korrupsiyaviy
jinoyatlarni fosh etishda ildam qadamlar
tashlanyotgani va bu boradagi tahlilar,
axborotlarni ommaga ochiq oydin olib
chiqilayotgani bilan izohlash mumkin. Lekin
fikrimizcha ushbu jarayonlarga mos va
mutanosib ravishda davlat boshqaruvida
korrupsiyaga
qarshi
kurash
tizimini
takomillashtirish yo‘nalishlari va istiqbollarini
yanada rivojlantirish darkor.
Davlat boshqaruvida korrupsiyaga qarshi
kurashni takomillashtirish esa bir kunlik yoki
ma’lum davrdagi harakat emas, balki strategik va
uzluksiz yondashuvni talab qiladigan murakkab
jarayondir. Huquqiy asoslarni mustahkamlash,
institutsional islohotlarni chuqurlashtirish, raqamli texnologiyalarni keng joriy etish,
fuqarolik jamiyatini faol jalb etish hamda xalqaro tajribani mahalliy sharoitga moslashtirish
orqali bu yo‘nalishda barqaror natijalarga erishish mumkin. Zero, korrupsiyadan xoli jamiyat
– taraqqiyot, adolat va farovonlikning eng muhim kafolatidir.
Zamonaviy davlat boshqaruvi tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish masalasi ustuvor
vazifalardan biri sifatida maydonga chiqmoqda. Bu holat nafaqat davlat organlarining
faoliyatiga, balki iqtisodiy rivojlanish, jamiyatdagi ishonch muhitining shakllanishi, qonun
ustuvorligi va demokratiya tamoyillarining amalda qaror topishiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi.
Shu boisdan, korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish nafaqat muayyan
chora-tadbirlarga bog‘liq, balki institutsional, huquqiy va ijtimoiy darajalarda chuqur
islohotlarni amalga oshirish zarurati bilan ham chambarchas bog‘liqdir.
Davlat boshqaruvida korrupsiyaga qarshi kurash tizimini takomillashtirish yo‘nalishlari
va istiqbollari – bu korrupsiyaviy xavflarni minimallashtirish, davlat organlarining shaffofligi
va hisobdorligini oshirish hamda fuqarolarning davlat boshqaruvidagi ishtirokini
kuchaytirishga yo‘naltirilgan kompleks yondashuvlarni o‘z ichiga oladi. Quyida bu boradagi
asosiy yo‘nalishlar va istiqbolli chora-tadbirlar keng qamrovda yoritiladi.
Korrupsiyaga qarshi kurash tizimini takomillashtirish yo‘nalishlaridan biri huquqiy
asoslarni takomillashtirishdir. Ushbu yo‘nalishni korrupsiyaga qarshi kurash tizimining yadro
omili sifatida tahlil qilishimiz mumkin. Xususan, 2020-yil 29-iyunda Prezident tomonidan
imzolangan PF–6013-sonli Farmon asosida “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi
Page 85
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH
IF = 5.441
Volume 3, Issue 06, June 2025
www.in-academy.uz
kurashish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi
7
hujjat
qabul qilindi. Mazkur hujjat korrupsiyani kamaytirish, davlat organlari faoliyatining ochiqligi
va shaffofligini ta’minlash, hamda fuqarolik jamiyati institutlarini bu jarayonga faol jalb qilish
orqali korrupsiyaga qarshi kurashishning yangi bosqichini boshlab berdi.
Farmonning asosiy maqsadi korrupsiyaviy xavf-xatarlarni erta aniqlash, ularni bartaraf
etish, shuningdek, korrupsiyaning ildiz otishiga sabab bo‘ladigan shart-sharoitlarni tizimli
ravishda yo‘q qilishdan iboratdir. Ushbu hujjat doirasida bir qator muhim tashkiliy va huquqiy
chora-tadbirlar belgilandi. Eng avvalo, korrupsiyaga qarshi kurashishning markazlashtirilgan
boshqaruvini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish
agentligi tashkil etildi. Bu agentlik korrupsiyaga qarshi davlat siyosatini ishlab chiqish va uni
amaliyotga tatbiq etish, sohaga doir vazifalarni muvofiqlashtirish va monitoring qilish bilan
shug‘ullanadi.
Shuningdek, Farmon asosida Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Respublika Milliy
kengashi tuzildi. Bu kengash korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha strategik qarorlar va
muhim dasturlarni ishlab chiqishda muvofiqlashtiruvchi organ sifatida faoliyat yuritadi.
Bundan tashqari, davlat boshqaruvi tizimida “Korrupsiyasiz soha” tamoyilini
bosqichma-bosqich joriy etish belgilandi. Ushbu yondashuv avvalo eng muhim tarmoqlar –
qurilish, sog‘liqni saqlash va oliy ta’lim sohalarida sinov tariqasida amalga oshirildi. Kelgusida
bu model boshqa davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlariga ham tatbiq qilinishi
rejalashtirilgan.
Farmon doirasida jamoatchilik nazoratini kuchaytirish ham asosiy yo‘nalishlardan biri
sifatida belgilangan. Fuqarolik jamiyati institutlari, OAV va blogerlarning korrupsiyaga qarshi
monitoringdagi ishtirokini ta’minlash, ularning takliflari asosida normativ-huquqiy hujjatlar
ishlab chiqish hamda aholining xabardorligini oshirish kabi choralar ustuvor ahamiyat kasb
etadi.
Shuningdek ushbu farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi
kurashish agentligi tashkil etildi hamda unga ko‘ra Agentlikning davlat xaridlari sohasida
korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish maqsadida davlat buyurtmachisi ISO
37001 korrupsiyaga qarshi standartini qo‘llashni ko‘zda tutuvchi talabni o‘rnatishi belgilab
qo‘yildi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirishga qaratilgan navbatdagi
muhim qadamlardan biri esa 2023-yil 27-noyabrda Prezident tomonidan qabul qilingan
“Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish hamda davlat organlari va
tashkilotlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati tizimi samaradorligini oshirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–200-sonli farmoni bo‘ldi
8
. Ushbu hujjat orqali korrupsiyaga qarshi
kurashishda davlat organlari faoliyatini yanada shaffoflashtirish, ularning ustidan
jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, manfaatlar to‘qnashuvini oldini olish, raqamli nazorat
mexanizmlarini joriy etish kabi dolzarb vazifalar ilgari surildi.
Xususan, yangi farmonda korrupsiyaga qarshi kurashish strategiyasini 2023–2024-yillar
uchun milliy darajada tasdiqlash ko‘zda tutilgan bo‘lib, u orqali sohaga oid barcha islohotlarni
tizimlashtirish va natijadorlikni oshirish nazarda tutilgan. “Ochiq budjet” va “Antikorrupsiya
Page 86
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH
IF = 5.441
Volume 3, Issue 06, June 2025
www.in-academy.uz
portali” kabi elektron platformalar orqali davlat xarajatlarini jamoatchilikka ochiq qilish,
axborotga ochiqlik va oshkoralik prinsiplarini mustahkamlash vazifalari belgilab qo‘yildi.
Umuman olganda, 2020 va 2023-yillarda qabul qilingan ushbu Prezident farmonlari
korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini institutsional, huquqiy va ijtimoiy asosda
mustahkamlash, davlat xizmatining ochiqligi va mas’uliyatini oshirish orqali O‘zbekistonda
korrupsiyasiz jamiyatni shakllantirishga yo‘naltirilgan muhim qadamlar bo‘lib xizmat
qilmoqda.
Yuqoridagilarga qo’shimcha ravishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil
11-sentyabrdagi PF-158-son “O‘zbekiston — 2030” strategiyasi to‘g‘risida PF-158-son
farmoni ham qabul qilingan. Ushbu farmonga ko‘ra korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish
tizimining samaradorligini oshirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni
shakllantirish ishlarini jadal davom ettirish maqsadida:
“Transparency International” xalqaro tashkiloti tomonidan e’lon qilinadigan
Korrupsiyani qabul qilish indeksida kamida 50 pog‘onaga ko‘tarilishga erishish.
Davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari talablarini buzish holatlarini
2 barobarga kamaytirishga erishish.
Davlat xaridlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma tuzish orqali amalga oshirishda
mablag‘larni talon-toroj qilish holatlari, tovar va xizmatlarning narxi bozor qiymatidan oshib
ketishining oldini olish bo‘yicha jamoatchilik nazoratini to‘laqonli joriy qilish.
100 foiz normativ-huquqiy hujjatlarning “korrupsiyadan xoli qonunchilik”
tamoyili asosida ishlab chiqilishini ta’minlash kabi strategiyalar belgilab berilgan
9
.
Shu bilan birga “Yangi O‘zbekiston” taraqqiyot strategiyasining
10
“Inson qadrini
ulug‘lash va faol mahalla yili” deb nomlangan bosqichida ishlab chiqilgan Davlat dasturining
bir qancha bandlari – aniqrog‘i, 8 ta yo‘nalishi – korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini
olishga yo‘naltirilgan aniq chora-tadbirlarni o‘z ichiga oladi. Dastur doirasida amalga
oshiriladigan tadbirlar nafaqat korrupsion xavf omillarini aniqlash va ularni bartaraf etishga,
balki korrupsiyani keltirib chiqaruvchi ijtimoiy, iqtisodiy va ma’muriy omillarni chuqur tahlil
qilish hamda barvaqt ogohlantirishga qaratilgan.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, korrupsiyaga qarshi qonunchilik tizimi inson huquqlari
va erkinliklarini himoya qilish borasidagi keng ko‘lamli ta’lim, tarbiya va targ‘ibot ishlari bilan
uyg‘un holda olib borilmasa, o‘z samarasini to‘liq bera olmaydi. Ayniqsa, sudyalar, prokurorlar
hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari korrupsiyaga qarshi kurashish
qonunlarini chuqur o‘zlashtirishi va ularni inson huquqlari kontekstida qo‘llay olish
malakasiga ega bo‘lishi juda muhim. Mazkur yo‘nalishda O‘zbekiston Respublikasi Inson
huquqlari bo‘yicha Milliy markazi faol rol o‘ynamoqda. Markaz tomonidan muntazam tarzda
o‘tkazilayotgan maxsus trening va malaka oshirish dasturlari aynan huquqni muhofaza
qiluvchi organlar rahbarlari va mutaxassislariga qaratilgan bo‘lib, ularning professional
tayyorgarligini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Ushbu o‘quv dasturlari davomida hozirga qadar 1500 nafardan ortiq sudya, prokuror va
boshqa tegishli organlar vakillari korrupsiyaga qarshi qonunchilik va inson huquqlari
sohasida chuqur bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishdi. Bu esa, o‘z navbatida, nafaqat
Page 87
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH
IF = 5.441
Volume 3, Issue 06, June 2025
www.in-academy.uz
qonunlarning to‘g‘ri tatbiq etilishi, balki ularning hayotga samarali joriy etilishini ta’minlashga
xizmat qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish Milliy kengashi raisining
o‘rinbosari Akmal Saidovning fikricha, korrupsiyaga qarshi kurashish ushbu sohadagi
qonunchilikni hamda huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirish, davlat organlari va
davlat xizmatchilari faoliyatining oshkoraligini kengaytirish bilan birga, korrupsiyaga qarshi
kurashish va inson huquqlarini taʼminlash bo‘yicha taʼlim, targ‘ibot va inson huquqlariga rioya
qilish madaniyatini kuchaytirish tadbirlarini yanada keng targ‘ib qilishni ham talab qiladi
11
.
Davlat boshqaruvida korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini oshirishda huquqiy
asoslarni takomillashtirish muhim strategik yo‘nalish hisoblanadi. Har qanday jamiyatda
korrupsiyaviy jinoyatlarga qarshi kurashning asosi – bu aniqlik, barqarorlik va amaliy
natijalarga yo‘naltirilgan qonunchilik tizimi bilan belgilanadi. O‘zbekiston Respublikasida bu
boradagi islohotlar tobora tizimlashib bormoqda, ammo huquqiy asoslarni yanada
mukammallashtirish zarurati saqlanib qolmoqda.
Davlat boshqaruvida korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini oshirishda huquqiy
asoslarni takomillashtirish muhim strategik yo‘nalish hisoblanadi. Har qanday jamiyatda
korrupsiyaviy jinoyatlarga qarshi kurashning asosi – bu aniqlik, barqarorlik va amaliy
natijalarga yo‘naltirilgan qonunchilik tizimi bilan belgilanadi. O‘zbekiston Respublikasida bu
boradagi islohotlar tobora tizimlashib bormoqda, ammo huquqiy asoslarni yanada
mukammallashtirish zarurati saqlanib qolmoqda.
Yuqorida ko‘rinib turibdiki O‘zbekiston Respublikasida davlat boshqaruvida
korrupsiyaviy xavflarni aniqlash, baholash va boshqarishning huquqiy asoslari va ularni
yanada takomillashtirish bo‘yicha Davlat boshqaruvida korrupsiyaga qarshi kurash tizimini
takomillashtirish asosiy yo‘nalishlaridan biri huquqiy islohatlar bo‘lib ancha keng tahlil qilish
kerak bo‘lgan masala hisoblanadi. Shu bois ushbu masalani tadqiqot ishining keyingi bo‘limda
chuqurroq tahlil qilib o‘tganmiz.
Davlat boshqaruvida korrupsiyaga qarshi kurash tizimini takomillashtirish
yo‘nalishlaridan yana biri bu institutsional islohotlar va vakolatli organlar faoliyatini
kuchaytirish hisoblalanadi.
Davlat boshqaruvida korrupsiyaga qarshi kurashishning tashkiliy-institutsioal asoslari
quyidagilardan tarkib topgan: korrupsiyaga qarshi kurashish yuzasidan umumiy vakolatga
ega sub‘ektlar (Prezident, Oliy Majlis, hukumat, mahalliy davlat hokimiyati organlari);
korrupsiyaga
qarshi
kurashishni
muvofiqlashtiruvchi
sub‘ektlar
(O‘zbekiston
Respublikasining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha milliy kengashi va uning hududiy
kengashlari); korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha maxsus vakolatli sub‘ektlar (sudlar,
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Bosh prokuratura, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki
ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi
kurashish departamenti); korrupsiyaga qarshi kurashishda ishtirok etuvchi sub‘ektlar.
Mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi va
unda ishtirok etuvchi organlar hamda tashkilotlar faoliyati O‘zbekiston Respublikasining
“Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi
12
qonuni hamda xar bir organ faoliyatini
tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlari bilan tartibga solinadi. Ushbu qonunga ko‘ra
Page 88
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH
IF = 5.441
Volume 3, Issue 06, June 2025
www.in-academy.uz
korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni bevosita amalga oshiruvchi davlat organlari
ya’ni maxsus vakolatli sub‘ektlar toifasiga: O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi
kurashish agentligi, Bosh prokuratura, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Adliya
vazirligi hamda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish
departamenti kiradi.
Davlat mazkur organ yoki organlarga, ular har qanday nomaqbul ta’sirdan xoli
sharoitlarda o‘z vazifalarini samarali bajarishlari mumkin bo‘lishi uchun, o‘z huquqiy
tizimlarining asosiy tamoyillariga muvofiq, zaruriy mustaqillikni ta’minlaydi. Ularga
yuklatilgan funksiyalarni bajarish uchun talab etilishi mumkin bo‘lgan kerakli moddiy
resurslar va mutaxassis xodimlarni ta’minlash lozim
13
.
Korrupsiyaga qarshi kurashishning tashkiliy, huquqiy hamda institutsional asoslari
yaratilishi o‘zining ijobiy natijalarini bermoqda. Ammo amalga oshirilgan ushbu ishlar hali
korrupsiyaga qarshi kurashishning samarali natijalariga erishish imkonini bermaydi.
Shuningdek, davlat va jamiyat institutlarining korrupsiyaga qarshi kurashishdagi
imkoniyatlarini to‘la safarbar etish hamda o‘zaro integratsiyalash borasida tizimli chora-
tadbirlarni amalga oshirish talab etiladi
14
.
Davlat boshqaruvida korrupsiyaga qarshi kurashning asosiy yo‘nalishlarini
takomillashtirishga doir takliflar berib o‘tsak.
Huquqiy asos va normativ-huquqiy bazani mustahkamlash
. Davlat boshqaruvida
korrupsiyaga qarshi kurashni huquqiy jihatdan mustahkamlash asosiy yo'nalishlardan biridir.
Bu borada quyidagilarga e’tibor qaratilishi zarur.
Korrupsiyaga oid qonun hujjatlarini muvofiqlashtirish va izchil rivojlantirish - mavjud
qonunchilik tizimidagi bo‘shliqlarni bartaraf etish, qarama-qarshi normalarni yo‘q qilish va
korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi barcha normativ-huquqiy hujjatlarning yagona
tizim asosida ishlashini ta'minlash muhim ahamiyat kasb etadi.
Xalqaro konvensiyalar (xususan, BMTning Korrupsiyaga qarshi konvensiyasi)
tamoyillarini milliy qonunchilikka singdirish orqali xalqaro standartlarga muvofiqlik
ta'minlanadi. Bu jarayon milliy huquqiy tizimni global amaliyotlar bilan uyg'unlashtirish va
transmilliy korrupsiya holatlariga samarali javob berish imkonini yaratadi.
Korrupsiyaviy huquqbuzarliklar uchun javobgarlik choralarini kuchaytirish, ayniqsa
yuqori mansabdorlar uchun - bu yo'nalish korrupsiya jinoyatlarining oldini olishda muhim
vosita bo‘lib, jazoning muqarrarlik va adolatlilik tamoyillarini ta’minlaydi. Yuqori
mansabdorlar uchun maxsus javobgarlik choralari joriy etish huquqning ustunligi tamoyilini
mustahkamlaydi.
Korrupsiyani oldini olishga doir huquqiy normalarni aniq va amaliy mexanizmlar bilan
mustahkamlash - qonunlardagi umumiy formulirovkalarni aniq va bajarilishi mumkin bo‘lgan
amaldagi ko'rsatmalar bilan almashtirish, korrupsiya xavflarini baholash va ularning oldini
olish uchun konkret vositalarni yaratish.
Institutsional islohotlar va vakolatli organlar faoliyatini kuchaytirish
. Korrupsiyaga
qarshi kurashish agentligining vakolatlarini kengaytirish, uni mustaqil va siyosiy bosimdan
Page 89
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH
IF = 5.441
Volume 3, Issue 06, June 2025
www.in-academy.uz
holi holda faoliyat yuritishini ta’minlash - agentlikning moliyaviy mustaqilligi, kadrlar
siyosatida avtonomligi va tergov faoliyatida mustaqilligi ta’minlanishi zarur.
Ichki nazorat va audit tizimlarini mustahkamlash, har bir vazirlik va idorada samarali
compliance (moslik) bo'limlarini tashkil etish - bu tizim korrupsiya xavflarini dastlabki
bosqichda aniqlash va ularning oldini olish uchun proaktiv yondashuvni ta’minlaydi.
Davlat xizmatchilari uchun maxsus etik kodekslar va manfaatlar to'qnashuvini
boshqarish tizimini joriy etish - davlat xizmatchilarining professional faoliyatida axloqiy
me’yorlarni belgilaydi va shaxsiy manfaatlar bilan davlat xizmati vazifalarining to'qnashuvini
oldini oladi.
Hisob palatasi, prokuratura, moliya nazorati va boshqa tuzilmalar o'rtasida ma'lumotlar
almashinuvi va monitoring tizimining yagona axborot maydonida ishlashini yo‘lga qo‘yish -
nazorat organlarining koordinatsiyasi va samaradorligini oshiradi, dublikatsiya va
bo'shliqlarni bartaraf etadi.
Raqamlashtirish va ochiqlik siyosatini chuqurlashtirish.
Davlat xizmatlarining
elektronlashtirilishi orqali inson omilini kamaytirish va shaffoflikni oshirish - elektron
hukumat platformalarini rivojlantirish, davlat xizmatlarini onlayn ko'rsatish, raqamli imzo va
elektron hujjat aylanishini joriy etish korrupsiya imkoniyatlarini sezilarli darajada
qisqartiradi.
“Ochiq budjet”, “Ochiq ma’lumotlar” va “Antikorrupsiya portali” kabi tashabbuslarni
kengaytirish - jamoatchilik nazorati uchun zarur ma’lumotlarni ochiq formatda taqdim etish,
budjet mablag‘larining sarflanishi bo‘yicha to‘liq shaffoflikni ta'minlash.
Xaridlar, litsenziyalash, tender va subsidiyalar bo'yicha barcha axborotlarning
ochiqligini qonuniy asosda ta’minlash - davlat xaridlari tizimida to‘liq shaffoflik, tender
jarayonlarida adolatlilik va raqobatni ta'minlash.
Sun'iy intellekt va blokcheyn texnologiyalarini korrupsiyaning oldini olishda tatbiq etish
- big data tahlili orqali korrupsiya xavflarini aniqlash, blokcheyn asosida o‘zgarmas
ma’lumotlar bazasi yaratish va smart-kontraktlar orqali jarayonlarni avtomatlashtirish.
Fuqarolik jamiyatining ishtirokini kuchaytirish.
Jamoatchilik kengashlari, nodavlat
notijorat tashkilotlari (NNT) va ommaviy axborot vositalarining korrupsiyaga qarshi
nazoratda faol ishtirokini ta’minlash - fuqarolik jamiyatining institutlarini kuchaytirish,
ularning davlat organlari faoliyatini nazorat qilish imkoniyatlarini kengaytirish.
Fuqarolar uchun ochiq shikoyat va murojaat tizimlarini soddalashtirish va
rag‘batlantirish - korrupsiya faktlari haqida xabar berish uchun qulay va xavfsiz kanallar
yaratish, ma’lumot beruvchilarni himoya qilish tizimini mustahkamlash.
Ta'lim va targ‘ibot orqali fuqarolarning huquqiy ongi va antikorrupsiya madaniyatini
rivojlantirish - jamiyatda korrupsiyaga qarshi ijtimoiy immunitetni shakllantirish, ta’lim tizimi
orqali antikorrupsiya tarbiyasini rivojlantirish.
Jamoat eshituvi va ijtimoiy audit amaliyotlarini kuchaytirish - muhim davlat dasturlari
va loyihalarini amalga oshirishda jamoatchilik ishtirokini ta’minlash, fuqarolarning qaror
qabul qilish jarayonlariga jalb etilishi.
Davlat xizmatchilari salohiyatini oshirish.
Davlat xizmatchilari uchun doimiy
antikorrupsiya treninglari va maxsus malaka oshirish dasturlarini joriy etish - korrupsiya
xavflarini aniqlash, etik muammolarni hal qilish va professional faoliyatni yuritishda to‘g‘ri
yondashuvlarni shakllantirish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirish.
Page 90
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH
IF = 5.441
Volume 3, Issue 06, June 2025
www.in-academy.uz
Maoshlar, ijtimoiy kafolatlar va mehnat sharoitlarini yaxshilash orqali halollik
tamoyillarini rag'batlantirish - davlat xizmatchilari uchun munosib ish haqi va ijtimoiy
kafolatlar tizimini yaratish, korrupsiyaga moyillikni kamaytiruvchi iqtisodiy omillarni
bartaraf etish.
Kadrlar tanlovida halollik, professionallik va ochiq tanlov mezonlari asosida yondashish
- merit tizimi asosida kadrlar siyosatini yuritish, shaffof va adolatli tanlov jarayonlarini joriy
etish, nepotizm va kronizm holatlarining oldini olish.
Xalqaro hamkorlikni mustahkamlash.
BMT, YXHT, Jahon banki, GRECO, UNODC kabi
tashkilotlar bilan tajriba almashish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish - xalqaro
standartlar o‘rganish, texnik yordam va moliyaviy resurslardan foydalanish imkoniyatlarini
kengaytirish.
Korrupsiyaga qarshi ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganib, milliy sharoitga moslashtirish -
muvaffaqiyatli antikorrupsiya yondashuvlarini tahlil qilish va ularni O‘zbekiston sharoitlariga
moslashtirish, pilot loyihalar orqali yangi yondashuvlarni sinab ko‘rish.
Transmilliy korrupsiyaviy jinoyatlarni aniqlash va tergov qilishda xalqaro huquqiy
yordam va hamkorlikni rivojlantirish - chet eldagi aktivlarni qidirib topish, jinoyat mulklarini
qaytarish, hamkor davlatlar bilan ma'lumot almashish mexanizmlarini mustahkamlash.
Baholash va monitoring tizimini kuchaytirish.
Antikorrupsiya strategiyalari va
dasturlarining bajarilishini mustaqil va doimiy baholab borish - samaradorlik
ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish, muntazam monitoring o‘tkazish, natijalar asosida
strategiyalarni korrektiv qilish tizimini yaratish.
Xalqaro reyting va indekslarda (Transparency International, WJP Rule of Law, Risk
Index va boshqalar) O'zbekiston o‘rnini yaxshilashga yo‘naltirilgan aniq ko‘rsatkichlar va
rejalashtirish tizimini ishlab chiqish - xalqaro baholash mezonlari asosida milliy dasturlarni
ishlab chiqish, maqsadli ko‘rsatkichlar belgilash va ularni bajarilishini monitoring qilish
tizimini yaratish.
Bu yo‘nalishlarning kompleks amalga oshirilishi O'zbekistonda korrupsiyaga qarshi
samarali kurashish tizimini yaratish va davlat boshqaruvi samaradorligini oshirishga xizmat
qiladi.
Shuningdek, O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurash tizimini takomillashtirishning
istiqbollarini ham tahlil qilish joiz hisoblanadi.
Q.R. Abdurasulova ham bugungi kunda yuridik fanlar bo‘yicha tadqiqotlarning ustuvor
yo‘nalishlaridan biri sifatida korrupsiyaning ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, huquqiy va boshqa
jihatlariga bag‘ishlangan binar tadqiqotlar olib borilishi maqsadga muvofiqligini ta‘kidlaydi
15
.
Haqiqatdan ham kelgusida O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurash
tizimini yanada mukammallashtirish va bu borada tadqiqotlar ko‘lamini kengaytirish orqali
davlat boshqaruvi sohasida bir qator muhim natijalarga erishilishi kutilmoqda. Avvalo, davlat
idoralari faoliyatining ochiqligi va shaffofligini ta'minlash, ularning fuqarolar oldidagi
hisobdorligini kuchaytirish orqali boshqaruv tizimining samaradorligi ortadi. Bu esa
jamiyatda qonun ustuvorligi va adolat tamoyillarining qaror topishiga xizmat qiladi.
Shuningdek, korrupsiyaviy illatlarning kamayishi fuqarolarda davlat institutlariga
bo‘lgan ishonchni mustahkamlaydi, ijtimoiy barqarorlik va fuqarolik faolligining yuksalishiga
Page 91
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH
IF = 5.441
Volume 3, Issue 06, June 2025
www.in-academy.uz
zamin yaratadi. Bu omillar o‘z navbatida davlatning ichki siyosiy muvozanatini saqlash va
rivojlanish jarayonlarini jadallashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Bundan tashqari, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha qat’iy va tizimli chora-
tadbirlarning amalga oshirilishi O‘zbekistonni xorijiy investorlar uchun jozibador mamlakatga
aylantiradi. Sarmoyadorlar uchun ochiq, barqaror va ishonchli huquqiy muhit yaratilgani
iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirib, yirik investitsion loyihalarning jalb etilishiga
turtki bo‘ladi.
Natijada, xalqaro tashkilotlar tomonidan tuziladigan reytinglar – jumladan,
“Transparency International”, “World Justice Project”, “Doing Business” va boshqa nufuzli
indekslarda O‘zbekiston yuqori o‘rinlarni egallaydi. Bu esa mamlakatning xalqaro
maydondagi obro‘-e’tiborini oshirish, tashqi iqtisodiy aloqalarni kengaytirish va barqaror
taraqqiyotga erishish yo‘lida muhim omil sifatida namoyon bo‘ladi.
Xulosa.
Fikrimizcha yuqoridagi yo‘nalishlarning izchil amalga oshirilishi natijasida
O‘zbekiston davlat boshqaruvida korrupsiyaga barham berishga qaratilgan kuchli, samarali va
zamonaviy tizimni shakllantirish sari dadil qadamlar tashlamoqda. Bu esa mamlakat
taraqqiyoti va fuqarolar farovonligining muhim kafolatidir.
Xulosa qilib aytganda, davlat boshqaruvida korrupsiyaga qarshi kurash tizimini
takomillashtirish — bu doimiy izlanish va yangilanishni talab qiluvchi jarayondir. Huquqiy,
institutsional va axborot texnologiyalarini uyg‘unlashtirgan holda, davlat idoralarida ochiqlik
va hisobdorlikni kuchaytirish, xizmat ko‘rsatish sifati va samaradorligini oshirish muhim
ahamiyatga ega. Shu bilan birga, korrupsiyaviy xavflarni oldindan aniqlash va ularni
boshqarish bo‘yicha ilg‘or xalqaro tajribalardan foydalanish, xodimlar malakasini oshirish
hamda fuqarolik jamiyatining faolligini ta’minlash istiqboldagi muhim yo‘nalishlardandir.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘RQ-419-sonli
qonuni. https://lex.uz/docs/-3088008
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi
kurashish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF–
6013-sonli farmoni. https://lex.uz/uz/docs/-4875784
3. O‘zbekiston Respublikasi “Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish
hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati tizimi
samaradorligini
oshirish
chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi
PF–200-sonli
farmoni.
https://lex.uz/docs/-6676585
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-158-son “O‘zbekiston — 2030” strategiyasi
to‘g‘risida PF-158-son farmoni https://lex.uz/ru/docs/-6600413
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi
O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi farmoni. https://lex.uz/docs/5841063.
6. Saidov, А. 2022. O‘zbekiston Respublikasining korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati:
xalqaro standartlar va milliy tizim. Uzbekistan Anti-Corruption Digest. 2, 1 (mart 2022), 3–8.
DOI: https://doi.org/10.47689/uacd-2181- 3345--vol2-iss1-pp3-8
7. Korrupsiyaga qarshi kurashish. Darslik. // Mas’ul muharrir: A.Sh. Bekmurodov: –
Toshkent: “Akademiya”, 2022.
8. Primov, F.A. Davlat Boshqaruvida korrupsiyaga qarshi kurashishning ma’muriy-huquqiy
jihatlarini takomillashtirish. Dissertatsiya Онлайн-сообщество юристов. Justy.uz, 2023.
Page 92
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH
IF = 5.441
Volume 3, Issue 06, June 2025
www.in-academy.uz
9. Q.R. Abdurasulova. Yuridik fanlar bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlarning natijalari va ularni
takomillashtirish // Fan va ta’lim zamonaviy bosqichda: islohotlar va strategik yo‘nalishlar:
Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (2021 yil 29 sentyabr). – T.: O‘zbekiston
Respublikasi IIV Akademiyasi, 2021.
10.Fransua Valerian - Transparency International raisi.
https://www.transparency.org/en/cpi/2024/index/dnk
11.https://www.transparency.org/en/cpi/2024
12.https://worldjusticeproject.org/rule-of-law-
index/global/2024/Uzbekistan/Absence%20of%20Corruption/ranking
13.https://www.rti-rating.org/
14.https://worldpopulationreview.com/country-rankings/most-corrupt-countries
15.https://risk-indexes.com/global-corruption-index/