Page 72
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH
IF = 5.441
Volume 3, Issue 06, June 2025
www.in-academy.uz
SUD AMALIYOTIDA MEHNAT NIZOLARINI HAL ETISHGA
OID UMUMIY PROTSESSUAL QOIDALAR
Ergashova Mamura Jumavoy qizi
Toshkent davlat yuridik universiteti magistratura
bosqichi talabasi
E-mail: adv.ergashova0505@gmail.com
Tel: +99890 391 65 10
Toshkent, O‘zbekiston
https://doi.org/10.5281/zenodo.15639691
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Qabul qilindi: 01-June 2025 yil
Ma’qullandi: 07- June 2025 yil
Nashr qilindi: 11- June 2025 yil
Mazkur ilmiy maqolada mehnatga oid huquqiy
munosabatlardan kelib chiqadigan nizolarni sud
tartibida ko‘rib chiqishga oid umumiy protsessual
qoidalar nazariy-huquqiy jihatlari chuqur ilmiy tahlil
qilingan. Muallif tomonidan mazkur qoidalar mehnat
nizolarini boshqa turdagi fuqarolik nizolaridan farqlab
turuvchi o‘ziga xos jihatlari ilmiy o‘rganilganligi amaliy
ahamiyatga ega hisoblanadi. Jumladan, ilmiy xulosalar
amaldagi mehnat qonunchiligi normalari, O‘zbekiston
Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksi talablari
hamda yetakchi xorijiy va mahalliy olimlarning
konseptual
qarashlariga
tayanadi.
Shuningdek,
maqolada mehnat nizolarini sudda hal etishga oid
umumiy qoidalarni nazariy jihatlarini tadqiq qilishga oid
taklif va tavsiyalar ilgari surilib, ularning ilmiy-huquqiy
hayotga implementatsiya qilish istiqbollari ko‘rsatib
berilgan.
KEYWORDS
sud,
protsess,
protsessual
qoidalar, mehnat, nizo, sudga
taalluqlilik, sud xarajatlari,
da’vo muddati, dalillar.
Amaldagi mehnat qonunchiligida mehnat nizolarini ko‘rib chiqish tartibi O‘zbekiston
Respublikasi Mehnat kodeksi asosida, sudlarda mehnat nizolari bo‘yicha ishlarni ko‘rishning
umumiy tartibi esa Fuqarolik protsessual kodeksi normalari asosida amalga oshirilishi
belgilangan (MK 543-modda).
Jumladan, Fuqarolik protsessual kodeksining 1-moddasida
fuqarolik sud ishlarini
yuritish to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Kodeks va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratligi
nazarda tutiladi.
Shu bois, mehnat huquqiy munosabatlaridan kelib chiqadigan nizolarni hal etish bilan
bog‘liq umumiy protsessual qoidalarni aniqlashda Mehnat kodeksi va Fuqarolik protsessual
kodeksining tegishli normalari o‘zaro uyg‘unlikda tahlil qilinishi lozim bo‘ladi.
Mavjud huquq manbalari va ilmiy adabiyotlarda mehnat huquqiy munosabatlaridan
kelib chiqadigan nizolarni hal etish bilan bog‘liq umumiy protsessual qoidalar tushunchasi
keltirilmagan bo‘lsa-da, ushbu yo‘nalishga daxldor ayrim protsessual normalar ilmiy tahlil
obyekti sifatida o‘rganilgan.
Xususan, M.Mamasiddiqov tomonidan mehnat nizolarining taalluqliligi va sudlovga
tegishliligi, shuningdek, mehnatga oid nizoli ishlarning sudda ko‘rib chiqilishida ishtirok
Page 73
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH
IF = 5.441
Volume 3, Issue 06, June 2025
www.in-academy.uz
etuvchi shaxslar hamda ularning protsessual-huquqiy maqomi, da’vo muddati kabi masalalari
yoritilgan [1, 136-bet].
B.Hamroqulov tomonidan esa, mehnat nizolarida muddatlar, nizoni ko‘rib chiqish va hal
etishga vakolatli subyektlar kabi masalalar ilmiy asosda o‘rganilgan [2, 288-bet].
Y.Tursunov va Sh.Gaziyevlar tomonidan, mehnat nizolariga oid huquqiy munosabat
subyektlari masalasi ilmiy asosda tahlil qilingan [3, 98-bet].
Xorijiy olimlar P.Barishnikov mehnat nizolarida da’vo muddatlari va dalillar [4],
Y.Lazarevatomonidan esa mehnat nizolarida sud xarajatlari kabi masalalar ilmiy tadqiq qilingan
[5].
O‘zbekiston va xorijiy adabiyotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, mehnat nizolarini hal
qilishga oid ayrim umumiy protsessual qoidalar ilmiy o‘rganilgan, biroq bu sohada yagona
ilmiy yondashuv va unifikatsion xususiyat mavjud emas.
Mehnat nizolarini hal qilishga oid umumiy protsessual qoidalar
– bu fuqarolik sud
ishlarini yuritish doirasida qo‘llaniladigan, biroq mehnat huquqiy munosabatlaridan kelib
chiqadigan nizolarni hal qilishda alohida ahamiyat kasb etuvchi zarururiy huquqiy normalar.
Ta’kidlash joizki, mazkur qoidalar mehnat nizolarini boshqa turdagi fuqarolik
nizolaridan farqlab turuvchi o‘ziga xos jihatlarni qamrab olishi va bevosita fuqarolik
protsessual qonunchiligi bilan tartibga solinishi lozim.
Biroq, amaldagi fuqarolik protsessual qonunchiligida fuqarolik sud ishlarini yuritish
qoidalari barcha turdagi nizolar uchun umumiy xususiyatga ega bo‘lib, mehnat nizolarini hal
qilishga oid alohida umumiy protsessual qoidalar nazarda tutilmagan.
Jumladan,
sudga taalluqlilik
,
dalillar taqdim etish
,
sud xarajatlari
,
protsessual muddatlar
,
yarashtirish tartib-tamoyillari
kabi masalalar mehnatga oid nizoli ishlarni ko‘rishda asosiy
protsessual qoidalar hisoblanadi, biroq, ularni qo‘llashning yuridik xususiyatlari boshqa
qonunchilik hujjatlari bilan tartibga solingan, mehnat nizolarini sudda ko‘rishda zaruriy
protsessual qoidalar sifatida yaxlit ilmiy o‘rganilmagan.
Mehnat nizolarining sudga taalluqliligi.
Mehnat nizolarining sudga taalluqliligini
aniqlash huquqiy munozara obyekti bo‘lib, u mehnat nizolarining mazmunan qaysi organ
tomonidan ko‘rib chiqilishi lozimligini belgilaydi.
Fuqarolik protsessual qonunchiligiga muvofiq, mehnatga oid nizolar, fuqarolik ishlari
bo‘yicha sudlarning yurisdiksiyasiga, ya’ni taalluqliligiga kiradi.
Biroq, bu taalluqlilik masalasi tugal xarakterga ega emas. Amaldagi Mehnat kodeksining
545-moddasiga muvofiq, xodimga tanlov erkinligi huquqi berilgan, ya’ni xodim mehnatga oid
nizoni hal qilish uchun o‘z ixtiyoriga ko‘ra mehnat nizolari bo‘yicha komissiyaga yoki bevosita
sudga murojaat qilish huquqiga egaligi belgilangan (yakka tartibdagi mehnat nizolarida).
Biroq, mehnat qonunchiligi ayrim hollarda mehnat nizolarini bevosita sudlar tomonidan
ko‘rib chiqilishi lozim bo‘lgan mustasno holatlarni ham belgilab qo‘yadi. Jumladan, Mehnat
kodeksining 558-moddasida bevosita sud tomonidan ko‘rib chiqilishi shart bo‘lgan ishlar
toifasi aniq sanab o‘tilgan
(Batafsil 2-ilovada)
.
Shuningdek, Mehnat kodeksning 581-moddasida qonunchilikni, jamoa kelishuvlarini va
jamoa shartnomasini, ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan kelishilgan
holda qabul qilingan ichki hujjatlarni qo‘llash xususidagi jamoaviy mehnat nizolari sud
tomonidan ko‘rib chiqilishi lozimligi nazarda tutiladi (jamoaviy mehnat nizolarida).
Page 74
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH
IF = 5.441
Volume 3, Issue 06, June 2025
www.in-academy.uz
Shu bois, mehnat nizolarining yuqorida ko‘rsatilgan taalluqlilik xususiyatlariga alohida
e’tibor qaratilishi zarur. Chunki ushbu mezonlar noto‘g‘ri qo‘llanilgan taqdirda, nizo
mazmunan noto‘g‘ri yurisdiksiya doirasida ko‘rib chiqilishi, ya’ni ishni ko‘rishga vakolati
bo‘lmagan organ tomonidan qaror qabul qilinishi ehtimoli yuzaga keladi. Bu esa o‘z navbatida,
chiqarilgan hujjatning bekor qilinishiga olib keladi.
Mehnat nizolarida dalillar taqdim etish.
Mehnat nizosini to‘g‘ri hal qilish uchun
ahamiyatga molik bo‘lgan holatlar dalillar yordamida isbotlanadi. Xususan, protsessual qonun
talablariga muvofiq, dalillarni taqdim etish va isbotlash majburiyati taraflarga yuklatilgan
(FPK 72-modda).
Biroq, mehnatga oid nizolarda dalillarni taqdim etish majburiyatini taqsimlashga oid
umumiy qoidalardan tashqari, ayrim toifadagi ishlar uchun maxsus qoidalar ham belgilangan.
Jumladan, Mehnat kodeksining 111, 120, 146, 154, 174, 395-moddalariga muvofiq isbotlash
vazifasi ish beruvchining zimmasiga yuklatilishinazarda tutiladi [6].
Bunda protsessual isbotlash majburiyatining odatdagi taqsimoti o‘zgaradi, taraflardan biri,
ya’ni, ish beruvchi o‘z harakatlarining qonuniyligini isbotlashi kerak bo‘ladi.
Chunki, mehnat huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolarda dalillar ish
beruvchining taassarufida bo‘ladi, ish beruvchi yoxud xodim (yoki ilgari ushbu ish beruvchi bilan
mehnatga oid munosabatlarda bo‘lgan shaxs, ish beruvchi mehnat shartnomasini tuzishni rad
etgan taqdirda, ish beruvchi bilan shunday shartnomani tuzish istagini bildirgan shaxs)ning
o‘zaro munosabatlari natijasida rasmiylashtirilgan barcha hujjatlar ish beruvchi tomonidan
shakllantiriladi va uning yurituv tizimida saqlanadi.
Mehnat nizolarida sud xarajatlari.
Mehnat nizolarini sud tartibida ko‘rib chiqishda sud
xarajatlari masalasi alohida ahamiyatga ega bo‘lib, bu xarajatlar asosan davlat boji va ishni ko‘rish
bilan bog‘liq boshqa chiqimlardan iborat bo‘ladi.
Mehnat nizolarida xodimlar yakka tartibdagi mehnat munosabatlaridan kelib chiqadigan
talablar bo‘yicha sudga murojaat etganda sud xarajatlaridan ozod qilinadi (MK 562-modda).
Biroq, mazkur normada faqat xodimning yakka tartibdagi mehnat nizolari yuzasidan
murojaati bo‘yicha imtiyoz nazarda tutilgan bo‘lib, ish beruvchining da’vogar sifatida sudga
murojaat qilishi holatida yoxud sudda ko‘rib chiqilishi lozim bo‘lgan jamoaviy mehnat nizolari
bo‘yicha da’vo kiritilganda sud xarajatlaridan ozod qilinishi huquqiy tartibga solinmagan.
Bu esa, mehnat nizolarida subyektlarning huquqiy maqomiga qarab sud xarajatlaridan ozod
qilish mexanizmlarini qayta ko‘rib chiqish zaruriyatini keltirib chiqaradi.
O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 6-yanvardagi “Davlat boji to‘g‘risida”gi qonuni 8-
moddasining birinchi qisimida da’vogar, ya’ni ish haqini undirish to‘g‘risidagi da’volar va
mehnat huquqlari munosabatlaridan kelib chiqadigan boshqa talablar yuzasidan (1-kichik
band), shuningdek, mehnatda mayib bo‘lganligi yoki sog‘lig‘ining boshqacha tarzda
shikastlanganligi, boquvchisi vafot etganligi tufayli yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash
to‘g‘risidagi da’volar yuzasidan (2-kichik band) fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarda davlat bojini
to‘lashdan ozod qilinishi belgilangan [7].
Xususan, yuqorida ko‘rsatilgan shaxslar sud hujjatlari ustidan apellyatsiya, kassatsiya, taftish
shikoyati bilan murojaat qilganda davlat bojini to‘lashdan ozod etilgan [8].
Ta’kidlash joizki, yuqorida qayd etilgan normalar, ya’ni, xodimning mehnatga oid nizolar
yuzasidan sudga murojaat qilganida davlat bojidan ozod etilishi nazarda tutilgan bo‘lsa-da, bu
imtiyoz mutlaq xarakter kasb etmaydi.
Page 75
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH
IF = 5.441
Volume 3, Issue 06, June 2025
www.in-academy.uz
Ya’ni, xodimning sud xarajatlaridan ozod etilishi – xususan davlat bojini oldindan
to‘lamasligi – u doimo hech qanday xarajat qilmaydi, degani emas.
Buni quyidagicha, Fuqarolik protsessual kodeksining 141-moddasida arz qilingan
talablarni qanoatlantirish rad etilgan taqdirda sudning ishni ko‘rish bilan bog‘liq chiqimlari
da’vogardan davlat daromadiga undirilishi belgilangan norma bilan izohlash mumkin.
Fikrimcha bunday tartib, bir tomondan, xodimning o‘z huquqlarini himoya qilishdagi
iqtisodiy to‘siqlarni kamaytirsa-da, ikkinchi tomondan, asossiz da’volar bilan sudga murojaat
qilishning oldini olishga xizmat qiladi.
Mehnat nizolarida protsessual muddatlar.
Shaxs o‘zining buzilgan huquqini da’vo
qo‘zg‘atish yo‘li bilan himoya qilishi mumkin bo‘lgan muddat – da’vo muddati hisoblanadi [9].
Xususan, protsessual qonunchilikda, protsessual harakatlar qonunda belgilangan
muddatlarda amalga oshirilishi nazarda tutiladi (FPK 51-modda).
Mehnat nizolarida da’vo muddatlari, ya’ni, nizoning ko‘rib chiqilishi uchun sudga murojaat
qilish muddatlari nizoning mazmunidan kelib chiqib belgilangan.
Jumladan, Mehnat kodeksining 560-moddasida yakka tartibdagi mehnat nizosining ko‘rib
chiqilishi uchun sudga murojaat qilishda quyidagi muddatlar nazarda tutiladi:
ishga tiklash to‘g‘risidagi nizolar bo‘yicha
— xodimga u bilan mehnat shartnomasi bekor
qilinganligi haqidagi ish beruvchi buyrug‘ining ko‘chirma nusxasi topshirilgan kundan
e’tiboran uch oy;
xodim tomonidan ish beruvchiga yetkazilgan moddiy zararning o‘rnini qoplash
to‘g‘risidagi nizolar bo‘yicha
— ish beruvchi zarar yetkazilganligini aniqlagan kundan
e’tiboran bir yil;
boshqa mehnat nizolari bo‘yicha
— xodim o‘zining huquqi buzilganligi to‘g‘risida bilgan
yoki bilishi kerak bo‘lgan kundan e’tiboran olti oy.
Xodimning hayotiga va sog‘lig‘iga yetkazilgan ziyonning o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi nizolar
bo‘yicha va xodimga yetkazilgan ma’naviy ziyonni kompensatsiya qilish haqidagi nizolar bo‘yicha
sudga
murojaat etish muddati belgilanmaydi.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, da’vo muddati o‘tgan taqdirda ham, buzilgan huquqni
himoya qilishga oid da’vo sud tomonidan rad etilmaydi.
Ya’ni, Fuqarolik kodeksining 153-moddasiga muvofiq, buzilgan huquqni himoya qilish
talabi, da’vo muddatining o‘tganligidan qat’i nazar, sudda ko‘rib chiqish uchun qabul qilinadi.
O‘tkazib yuborilgan muddatni tiklash protsessual qonunchilikda nazarda tutilgan
tartibda sud (sudya) tomonidan tiklanadi (FPK 155-modda) va o‘tkazib yuborilgan muddat
uzrli deb topish sudning hal qiluv qarorida asoslantiriladi.
Biroq, qayd etish lozimki, qonunchilikda qanday holat va sabablar o‘tkazib yuborilgan da’vo
muddatini uzrli deb topish uchun asos bo‘lishi nazarda tutilmagan.
Shu munosabat bilan sudlar da’vo muddatini o‘tkazib yuborilishining sabablarini ushbu
holatlarni tasdiqlash uchun taqdim etilgan dalillar bilan birga o‘rganishlari, ularni muhokama
qilib, mazkur masala yuzasidan ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning fikrlarini eshitib,
ularga huquqiy baho berishi lozim [10].
Qayd etish lozimki, mehnatga oid huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolarda
da’vo muddatini uzrli deb topish va uni tiklash to‘g‘risidagi ariza (FPKda iltimosnoma deb
qayt etilgan) sud tomonidan qanoatlantirilgan yoki rad etilgan taqdirda hal qiluv qarorida
asoslantirilishi lozim deb hisoblanadi.
Page 76
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH
IF = 5.441
Volume 3, Issue 06, June 2025
www.in-academy.uz
Farqli o‘laroq, javobgarning da’vo muddati o‘tganligi sababli da’voni rad etish to‘g‘risidagi
arizasini qanoatlantirishni rad etish haqida sud tomonidan ajrim chiqariladi.
Shuningdek, da’vogar tomonidan o‘tkazib yuborilgan da’vo muddatini uzrli deb topish
va uni tiklash haqida ariza faqatgina birinchi instansiya sudiga berilishi mumkin, ya’ni da’vo
muddatining o‘tkazib yuborilganligi faqat birinchi instansiya sudi tomonidan uzrli deb
topilishi mumkin.
Shuni ham inobatga olish lozimki, nizoni ko‘rish paytida javobgar da’vo muddatini
qo‘llashni so‘rasa, bu sud tomonidan da’vo muddatini qo‘llanilishiga asos bo‘ladi (FK 153-
modda).
Biroq, bunda da’vogarning uzrli deb topish va uni tiklash haqida arizasi mavjud bo‘lsa,
mazmunan ko‘rib chiqilishi lozim, agar sud haqiqatda uzrli sabablar mavjud bo‘lganligini
aniqlasa, o‘tkazib yuborilgan da’vo muddatini tiklashi va ishni ko‘rishni davom ettirishi
mumkin.
Plenum qarorining 16.3-bandida da’vo muddatini o‘tkazib yuborish sabablari da’vo
muddatining oxirgi olti oyida, bu muddat olti oyga teng yoki olti oydan kam bo‘lsa, da’vo
muddatida yuz bergan bo‘lsa, ular uzrli deb hisoblanishi mumkinligi agar bu muddat o‘tib
ketsa, uni uzrli deb topish va da’vo muddatini tiklashga yo‘l qo‘yilmasligi belgilangan.
Buni quyidagi misol bilan izohlash mumkin, ishga tiklash bo‘yicha xodimda uch oy, ya’ni
to‘qson kunlik muddat mavjud. Uzrli sabab aynan shu to‘qson kun ichida yuzaga kelsagina
da’vo muddati sudlar tomonidan uzrli deb topilishi mumkin.
Ya’ni, da’vo muddatini tiklashda sabab aynan da’vo muddati davomida ro‘y bergan
bo‘lishi muhim ahamiyat kasb etadi.
Xulosa o‘rnida qayd etish lozimki, yuqorida qayd etilgan tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki,
mavjud huquqiy manbalar va ilmiy adabiyotlarda mehnat huquqiy munosabatlaridan kelib
chiqadigan nizolarni hal etishga oid umumiy protsessual qoidalar alohida konseptual
tushuncha sifatida yetarlicha yoritilmagan.
O‘zbekiston va xorijiy ilmiy manbalar tahlili ayrim umumiy protsessual qoidalar ilmiy
jihatdan o‘rganilganini ko‘rsatgan bo‘lsa-da, ushbu yo‘nalishda yagona metodologik
yondashuv va huquqiy unifikatsiya mavjud emasligini ta’kidlash lozim.
Shu sababli, mehnat nizolariga taalluqli umumiy protsessual qoidalarni aniq va yagona
nazariy asoslar asosida tizimlashtirish, ularning huquqiy mazmun-mohiyatini ilmiy jihatdan
aniqlashtirish, ilmiy yondashuvlarni uyg‘unlashtirish zaruriyati mavjud.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Mamasiddiqov M.M., Fayziyev X.S. Mehnat nizolari va ularni sudda ko‘rish xususiyatlari.
Ilmiy-amaliy qo‘llanma. – Toshkent, LESSON PRESS nashr. 2016. – 136 bet.
2. Hamroqulov B.M. Mehnat nizolarini hal etish. O‘quv qo‘llanma. – T.: Lesson press, 2022. –
288 bet.
3. Y.Tursunov, Sh.Gaziyev. Mehnat nizolari va ularni hal etishning huquqiy muammolari.
O‘quv qo‘llanma. – Toshkent: TDYI nashriyoti, 2009. – 98 bet.
4. Барышников П., Гражданское судопроизводство по трудовым спорам: диссертация,
кандидата юридических наук. – М., 2017.
5. Лазарева Е., Процессуальные особенности рассмотрения дел, возникающих из
трудовых правоотношений: диссертация, кандидата юридических наук. – М., 2005.
Page 77
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH
IF = 5.441
Volume 3, Issue 06, June 2025
www.in-academy.uz
6. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2020-yil 19-dekabrdagi “Sudlar tomonidan
fuqarolik ishlari bo‘yicha dalillar va isbotlashga oid qonun normalarini qo‘llash amaliyoti
to‘g‘risida”gi 35-sonli qarorining
10-bandi.// https://lex.uz/docs/-5185744.
7. O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 6-yanvardagi “Davlat boji to‘g‘risida”gi qonunining
8-moddasi.// https://lex.uz/docs/-4680944.
8. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi “Fuqarolik ishlari
bo‘yicha sud xarajatlarini undirish amaliyoti to‘g‘risida”gi 37-sonli qarori, 29-band.//
https://lex.uz/uz/docs/-7305182.
9. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi.// O‘zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 2-songa ilova; 1997-y., 2-son, 149-modda.
10. O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2015-yil 19-iyundagi “Iqtisodiy
sudlar tomonidan fuqarolik qonun hujjatlarining da’vo muddatiga oid normalarini
qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi 282-sonli qarori, 16-band.// https://lex.uz/docs/-
2712564.