Авторы

  • Dilorom Yuldasheva
    Guliston davlat universiteti.
  • Shakarxon Jo‘rayeva
    Guliston davlat universiteti.

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.cajar.126931

Ключевые слова:

Paxta tola namlik harorat iqlim zararkunanda havo aylanishi.

Аннотация

Paxtani saqlash va jinlash jarayonlari samaradorligini oshirishda va nafaqat mahsulot sifati, balki butun paxtachilik tarmog‘ining iqtisodiy barqarorligiga bevosita ta’sir qiluvchi muhim bosqichdir. To‘g‘ri tashkil etilgan saqlash va jinlash tizimi paxtadan olinadigan foydani oshiradi, chiqindilarni kamaytiradi va raqobatbardosh tola mahsulotlarini ishlab chiqarish imkonini beradi. Namlik, harorat, havo aylanishi va zararkunandalarga qarshi kurashish – saqlashdagi tasir etuvchi asosiy omillardir.


background image

Page 5

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH

IF = 5.441

Volume 3, Issue 06, June 2025

www.in-academy.uz

PAXTA XOM ASHYOSINI SAQLASH JARAYONIDA

HARORAT O‘ZGARISHINI TOLA SIFATIGA TA’SIRI.

Yuldasheva Dilorom Xusniddin qizi

Jo‘rayeva Shakarxon Abrorbek qizi

Guliston davlat universiteti.

https://doi.org/10.5281/zenodo.15621626

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi: 01-June 2025 yil
Ma’qullandi: 05- June 2025 yil

Nashr qilindi: 09- June 2025 yil

Paxtani saqlash va jinlash jarayonlari samaradorligini
oshirishda va nafaqat mahsulot sifati, balki butun
paxtachilik tarmog‘ining iqtisodiy barqarorligiga
bevosita ta’sir qiluvchi muhim bosqichdir. To‘g‘ri tashkil
etilgan saqlash va jinlash tizimi paxtadan olinadigan
foydani

oshiradi,

chiqindilarni

kamaytiradi

va

raqobatbardosh tola mahsulotlarini ishlab chiqarish
imkonini beradi. Namlik, harorat, havo aylanishi va
zararkunandalarga qarshi kurashish – saqlashdagi tasir
etuvchi asosiy omillardir.

KEYWORDS

Paxta,

tola,

namlik,

harorat,iqlim, zararkunanda,
havo aylanishi.

Bugungi kunda yengil sanoat tarmoqlarining jadal rivojlanishi, ayniqsa to‘qimachilik

sanoatining modernizatsiyalashuvi paxta xom ashyosiga bo‘lgan talabni yanada oshirmoqda.
Respublikamizda paxta yetishtirish va uni chuqur qayta ishlash jarayonlari har yili
takomillashib borayotgan bo‘lsa-da, xom ashyo sifatining saqlanishi muhim omil bo‘lib
qolmoqda. Ayniqsa, paxta tolasining fizik-mexanik xususiyatlari – uzunligi, mustahkamligi,
ranggi va elastikligi – uni saqlash sharoitlariga bevosita bog‘liqdir.

Paxta xom ashyosi yig‘ib olinganidan keyin tozalash, quritish, saqlash va tashish kabi

bosqichlardan o‘tadi. Ushbu jarayonlarda, xususan saqlash davrida, harorat va namlik kabi
omillar tola sifatiga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatadi. Haroratning keskin o‘zgarishi yoki
saqlash sharoitlariga rioya qilinmasligi natijasida tola chirishiga, rangining o‘zgarishiga,
mexanik mustahkamligining pasayishiga sabab bo‘lishi mumkin. Bu esa keyingi qayta ishlash
bosqichlarida mahsulot sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Shu boisdan, paxta xom ashyosini saqlash jarayonida optimal harorat rejimini belgilash,

harorat o‘zgarishlarining tola sifati va tarkibiga qanday ta’sir ko‘rsatishini chuqur o‘rganish
muhim ilmiy va amaliy ahamiyat kasb etadi. Ushbu bitiruv malakaviy ishida paxta xom
ashyosini saqlashda harorat omilining tola sifatiga ta’siri tahlil qilinadi hamda amaliy
tavsiyalar ishlab chiqiladi.







background image

Page 6

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH

IF = 5.441

Volume 3, Issue 06, June 2025

www.in-academy.uz

1-jadval. Tolaning asosiy sifat ko‘rsatkichlari
Ko‘rsatkich

Ta'rif va baholash mezoni

Tola uzunligi

ngichka tolali paxtalarda 35–42 mm. Tola
qancha uzun bo‘lsa, shuncha yuqori sifatli
hisoblanadi.

Tola ingichkaligi

Tola diametri 12–14 mikron atrofida. Nozik
tolalar yumshoq va silliq bo‘ladi.

Tola mustahkamligi

Odatda 34–38 g/tex atrofida. Bu tolani
to‘qimachilikda

ishlov

berishdagi

chidamliligini ko‘rsatadi.

Tola chiqindililigi

Paxta massasidan tolaga ajralgan foydali
qismining nisbati – odatda 34–38%.
Yuqoriligi afzal.

Namlik

Normal holatda 6–8%. Yuqori namlik chirish
xavfini oshiradi.

Chiqindi, iflosliklar

Tuproq, barg, somon va boshqa begona
moddalarning miqdori – 1.5% dan
oshmasligi kerak.

Rang

Oq, sarg‘ish-oq, och sarg‘ish – paxta tozalik
darajasiga qarab baholanadi.


G‘aramlarda saqlanayotgan ingichka tolali paxta navlari birinchi o‘lchovda ko‘rsatilgan

haroratdan yuqori bo‘lsa yoki ma’lum bir nuqtalarda dastlabki o‘lchovlardan so‘ng 20-30
ko‘tarilsa g‘aramlardan nam havoni so‘rish va paxta xaroratini majburiy ravishda sovitish
bo‘yicha zudlik bilan chora ko‘rish kerak. Havoni so‘rish tunel orqali olib boriladi. Tunelning
kengligi 0,8-1 m, balanligi esa 1,8-2 m dank am bo‘lmasligi kerak Havoni so‘rish uchun maxsus
UVP qurulmasidan foydalaniladi. Paxtaning rangi buzulmasligi va saqlashdan so‘ng oq rangda
bo‘lishi uchun havoni profilaktik tortish muddati 8 soatdan oshmasligi lozim. Saqlanayotgan
paxtadan havoni tortish belgilangan mudatlarda o‘tkazilib turulsa, bu paxtaning tabbiy sifati
5-6 soatgacha buzulmaydi.

1-rasm. Punktlarda g‘aramlash jarayoni

G‘aramlarda saqlanayotgan ingichka tolali paxta navlarini haroratini aniqlash uchun

termoshup g‘aramning 8 nuqtasida 3 m chuqurlikda; yopiq omborlar, shiyponlarda esa 4
nuqtadan g‘aram balandligini ng yarimigacha kiritilib o‘lchanadi. Paxta xarorati issiq kunlarda


background image

Page 7

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH

IF = 5.441

Volume 3, Issue 06, June 2025

www.in-academy.uz

250 gacha chegaradan yuqori bo‘lsa meyorida hisoblanadi. G‘aramlashda paxtalasrni g‘aram
chetidan kamida 0,5 m ichkarida 2,5-3 m kenglikda zichlay boshlash kerak. G‘aramlarning
qiyshayib ketmasligi, deformatsiyalanmasligi va yoriqlar xosil bo‘lmasligi uchun paxtani
shibalashga qalinligi 0,8-1 m bo‘lganda kirishiladi, Paxta buntining yonidan yonidan 0,5 m dan
2,5-3 m gacha shibalanadi. G‘aram maydonchasining atroflariga to‘kilgan paxtani
ifloslanmasligi uchun 1,5-2 m brzent to‘shab qo‘yiladi, bir kunda 5 ta g‘aramga 50-60 tonna
paxtani joylashtirish va bita g‘aramni 10 kun ichida joylashtirib tayyor qilish kerak. Ochiq
maydonlarda saqlanayotgan ingichka tolali paxta navlarini yomg‘ir va namgarchilikdan
saqlash uchun o‘lchami 8,5-7 m li brzentlardan foydalaniladi.

A

B



2-rasm. A-Elektroni termoshup, B-Vintiliyator

2-jadval.G‘aramlarda saqlanayotgan paxtadan havoni tortish muddatlari

Paxtaning
namligi %

Havoni tortishi vaqti

Havoning

nisbiy namligi
% (ko'pi bilan)

Birinchi marta
g‘aramlash
bitgandan
keyin

necha

kun o‘tgach

Ikkinchi
marta necha
kun o‘tkach

Keyenchalik
xar gal necha
kun o‘tkach

I-II nav paxtani saqlanganda

12-14 %

7-10 kunda

10 kunda 15 kunda

75%

14-16 %

5-8 kunda

8 kunda

12 kunda

80%

16-18 %

5 kunda

5 kunda

8 kunda

85%

III-IV-V nav paxtani saqlaganda

14-16 %

7-10 kunda

10 kunda 15 kunda

75%

16-18 %

5-8 kunda

8 kunda

10 kunda

85%

18-20 %

3-5 kunda

5 kunda

8 kunda

90%

20 % yuqori

3-4 kunda

5 kunda

7 kunda

95%


background image

Page 8

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH

IF = 5.441

Volume 3, Issue 06, June 2025

www.in-academy.uz

Paxtaning harorati avval tekshirilganidan loaqal 1,0 darajaga ortib ketganligi aniqlansa,

uning haroratini har kuni o‘lchab turish talab qilinadi. Agar keyingi 2-3 o‘lchashda haroratni
tobora ortib borayotganligi kuzatilsa laboratoriya

darhol bu haqda tayyorlov maskani mudiri va korxona texnik nazorat bo‘limi

boshlig‘iga zudlik bilan o‘z-o‘zidan qizish o‘chog‘ini yo‘qotish choralarini ko‘rish uchun xabar
beradi. O‘lchov natijalari paxtani saqlash daftariga yozib boriladi, bunda profilaktika ishlarini
boshlanishi va tugallanishi qayd qilinadi.

Laboratoriya ishtirokida paxta tozalash korxonasi tayyorlov va texnika bo‘limlari

boshliqlari kamida har o‘n kunda bir marta g‘aramlar to‘g‘ri bosilayotganligini, omborlardan
foydalanishini va korxonadan tashqaridagi tayyorlov maskanlarida, xom ashyo va texnik
nazorat bo‘limi boshliqlari esa paxta tozalash korxonasi qoshidagi tayyorlov maskanlarida
saqlanayotgan paxta sifatini tekshirib turishlari lozim. Har bir tekshiruv natijalari paxtani
saqlash holati daftariga qayd qilinadi.

Paxta holatini tekshirishda quyidagilar aniqlanadi:

-

chakka o‘tishi va boshqa sabablar tufayli namlik ortib ketmaganmi?

-

o‘z-o‘zidan qizish jarayoni boshlanmaganmi?

-

brezentlarda qora dog‘lar paydo bo‘lmaganmi ( paxtaning o‘z- o‘zidan qizish

joyini bildiradi)?

-

tunnellar boshida nam joylar yo‘qmi ( agar nam bo‘lsa shu joy yaqinida ho‘l

paxta borligidan darak beradi)?

-

g‘aramda o‘zgarishlar (deformatsiyalar) yuz bermaganmi?

Paxta tozalash korxonasi va tayyorlov maskani laboratoriyasi I-II nav paxta holatini har 10
kunda, III-V navlar holatini esa har 5 kunda tekshirib turadi. Har bir to‘dadagi paxtaning
tekshirish holati laboratoriya daftariga qayd qilinadi.

Foydalanilgan adabiyotlar rо‘yxati:

1.

Унгаров, А. А., Худайбердиев, Р. Х., & Камолов, Б. И. (2025). 5ЛП ЛИНТЕРНИНГ ИШЧИ

КАМЕРАСИНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШ. Экономика и социум, (2-1 (129)), 1270-1276.
2.

O‘G, U. A. A. M., Eshdavlatovich, X. U. B., O‘G, J. R. I. M., Weizhou, Z., & Xueji, Y. (2025).

EFFECT OF TEMPERATURE CHANGES ON FIBER QUALITY DURING STORAGE OF COTTON
RAW MATERIALS. Central Asian Journal of Multidisciplinary Research and Management
Studies, 2(4), 112-115.
3.

Ungarov A. et al. RESEARCH ON THE EFFICIENCY OF THE DOMESTIC LINTERS WORKING

CHAMBER //Инновационные исследования в современном мире: теория и практика. –
2025. – Т. 4. – №. 8. – С. 63-66.
4.

Ungarov, A. A., & Xodiyev, U. E. (2024). MAXALLIY LINTERLAR SAMARADORLIGI. TAHLIL

VA TAKOMILLASHTIRISH YO ‘LLLARI. Журнал академических исследований нового
Узбекистана, 1(14), 98-100.
5.

O‘G, Ungarov Azizbek Abdumo‘Min, Xudayberdiev Rustamjon Xasanovich, and Yuldasheva

Dilorom Xusniddin Qizi. "ANALYSIS OF EFFECTIVE SEED LINTER TECHNOLOGY IN COTTON
GINNING ENTERPRISES." American Journal Of Agriculture And Horticulture Innovations 4.04
(2024): 12-15.


background image

Page 9

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH

IF = 5.441

Volume 3, Issue 06, June 2025

www.in-academy.uz

6.

Yuldasheva, D., & Suvonqulova, M. (2025). VIRTUAL TEXNOLOGIYALAR VOSITASIDA

TEXNIKA FANLARINI O ‘QITISH SAMARADORLIGI. Журнал академических исследований
нового Узбекистана, 2(3), 142-145.
7.

Qizi, Yuldasheva Dilorom Xusniddin, and Mehmonova Shahina Ochilovna. "PAXTANI

SAQLASH QOIDALARI VA UNI SAQLASH DAVRIDA SIFATINI ANIQLASH." Eurasian Journal of
Medical and Natural Sciences 4.5-1 (2024): 162-166.

Библиографические ссылки

Унгаров, А. А., Худайбердиев, Р. Х., & Камолов, Б. И. (2025). 5ЛП ЛИНТЕРНИНГ ИШЧИ КАМЕРАСИНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШ. Экономика и социум, (2-1 (129)), 1270-1276.

O‘G, U. A. A. M., Eshdavlatovich, X. U. B., O‘G, J. R. I. M., Weizhou, Z., & Xueji, Y. (2025). EFFECT OF TEMPERATURE CHANGES ON FIBER QUALITY DURING STORAGE OF COTTON RAW MATERIALS. Central Asian Journal of Multidisciplinary Research and Management Studies, 2(4), 112-115.

Ungarov A. et al. RESEARCH ON THE EFFICIENCY OF THE DOMESTIC LINTERS WORKING CHAMBER //Инновационные исследования в современном мире: теория и практика. – 2025. – Т. 4. – №. 8. – С. 63-66.

Ungarov, A. A., & Xodiyev, U. E. (2024). MAXALLIY LINTERLAR SAMARADORLIGI. TAHLIL VA TAKOMILLASHTIRISH YO ‘LLLARI. Журнал академических исследований нового Узбекистана, 1(14), 98-100.

O‘G, Ungarov Azizbek Abdumo‘Min, Xudayberdiev Rustamjon Xasanovich, and Yuldasheva Dilorom Xusniddin Qizi. "ANALYSIS OF EFFECTIVE SEED LINTER TECHNOLOGY IN COTTON GINNING ENTERPRISES." American Journal Of Agriculture And Horticulture Innovations 4.04 (2024): 12-15.

Yuldasheva, D., & Suvonqulova, M. (2025). VIRTUAL TEXNOLOGIYALAR VOSITASIDA TEXNIKA FANLARINI O ‘QITISH SAMARADORLIGI. Журнал академических исследований нового Узбекистана, 2(3), 142-145.

Qizi, Yuldasheva Dilorom Xusniddin, and Mehmonova Shahina Ochilovna. "PAXTANI SAQLASH QOIDALARI VA UNI SAQLASH DAVRIDA SIFATINI ANIQLASH." Eurasian Journal of Medical and Natural Sciences 4.5-1 (2024): 162-166.