Page 38
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION
IF = 5.281
Volume 4, Issue 04,April 2025
www.in-academy.uz
BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING ATROF-
MUHITGA EKOLOGIK TARBIYASINI OSHIRISHDA
RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING O‘RNI
Bovanova Umida Abduvahobovna
Toshkent amaliy fanlar universiteti o‘qituvchisi
e-mail: umidabovanova8@gmail.com
Aytbaeva Jadra Begaliyevna
Toshkent amaliy fanlar universiteti talaba
e-mail: comaytbaevaj540 @gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.15220404
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Qabul qilindi: 01-Aprel 2025 yil
Ma’qullandi: 07- Aprel 2025 yil
Nashr qilindi: 15- Aprel 2025 yil
Ushbu
maqolada
ta’lim
tizimida
raqamli
texnologiyalardan foydalanishning ahamiyati, bu
borada davlatimiz tomonidan amalga oshirilayotgan
islohotlar, raqamli transformatsiya sharoitida ta’lim
tizimini yuksaltirish va shu orqali yoshlarda axloqiy-
ma’naviy sifatlarni rivojlantirish boshlang‘ich sinf
tabiatshunoslik darslarida ekologik tushunchalarni
rivojlantirish mazmuni, o‘qitish metodlari, shakl va
vositalarini
uyg‘unlashtirish,
shuningdek,
o‘quvchilarning ekologik madaniyatini oshirish, tabiat
go‘zalligini his qilish, uni asrash tuyg‘ularini va shaxsiy
hayotiy dunyoqarashni to‘g‘ri shakllantirish jihatlari
yoritilgan bo‘lib, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarda
ijtimoiy faolligini rivojlantirish jarayonlarini tashkil
etish va boshqarishda, sub’ektlarning o‘ziga xos
xususiyatlari, tashkil etiladigan ijtimoiy funksiyalar aks
ettirilgan.
KEY WORDS
boshlang‘ich ta’lim, ekologiya,
dars, shakl, metodlar, vositalar,
muammo, ilmiy-ijodiy faoliyat, fan,
texnika, bilim, ta’lim, axloq,
ma’naviyat,
raqamli
texnologiyalar,
electron,
innovatsion,
tarbiya,
jamoat,
jamiyat,
madaniyat,
tizim,
mustaqil, erkin fikrli.
Mamalakatimiz prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2025-yilni “Atrof-muhitni asrash
va “yashil iqtisodiyot yili” deb e’lon qilishni taklif qildi. Bu haqda Prezident o‘z nutqida nafaqat
O‘zbekiston, balki dunyodagi ko‘plab mamlakatlar iqlim o‘zgarishlarining salbiy oqibatlarini
yaqqol his qilayotganini qayd etdi, mamlakatda uch yil avval “Yashil makon” umummilliy
loyihasi boshlandi. Mamalakatimizda olib borilayotga islohatlardan shuni ko ‘rishimiz
mumkinki, atrof-muhit masalalariga jiddiy siyosiy darajada ishlar jadal olib borilmoqda,
demak ekologik tarbiya masalasi xalqimizda sindirilishda avvalom bor Yoshlarda ekologik
ta’limni rivojlantirish masalasining naqadar muhimligini e’tirof qilgan holda ta’kidlash
mumkinki, bunday davra suhbatlari, munozaralar oliygohlar qoshida tashkil qilingan radio
yoki televidenie orqali namoyish qilinishi va axolining keng muhokamasiga qo‘yilishi yaxshi
natijalarni beradi. Shu bilan birga, dunyo miqyosida ekologik muammolarning o‘rganilishi,
ekologik tarbiya borasida olib borilayotgan ishlar qanday yo‘lga qo‘yilganligi bilan tahliliy
natijalar beradi.
Asosiy qism:
Demak, ekologik fojialarning oldini olishning birdan-bir yo‘li tabiatni
muhofaza qilish, barcha tabiiy boyliklarimizdan oqilona foydalanishdir. Ammo, har bir inson
qalbida ekologik madaniyatni shakllantirmay turib, bu borada kutilgan natijalarga erishish
Page 39
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION
IF = 5.281
Volume 4, Issue 04,April 2025
www.in-academy.uz
qiyin. Yoshlar ongiga tabiatning o‘z qonun - qoidalari mavjudligini, tabiatdagi barcha
hodisalar, o‘zgarishlar bir-biri bilan bog‘liqligini, umuman, insonning tabiatga to‘g‘ri
munosabatda bo‘lishi lozimligi haqidagi tasavvurlarni singdirish, shubhasiz muhim ahamiyat
kasb etadi. Mazkur jarayonda, Vatanimiz tarixi va madaniyati, qadimiy urf-odatlarimizni har
tomonlama
o‘rganishga
e’tibor
kuchaydi.
Ta’lim-tarbiya
jarayonlarida
buyuk
ajdodlarimizning, ma’naviy, madaniy, ekologik, ijtimoiy tarbiyaga oid meroslaridan kengroq
foydalanishga imkoniyat yaratildi. Ta’limiy islohotlar ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilari,
tadqiqotchilar va olimlarimiz uchun ulkan imkoniyatlar vujudga keltirdi. Bu o‘z navbatida,
o‘quvchilarga ekologik rivojlanish, uning mazmun-mohiyati, ahamiyati, shuningdek, mazkur
fanni rivojlantirishning zaruriyatini amalga oshirilayotgan islohotlar, yaratilayotgan
yangiliklar, fan - texnika yutuqlarini, ekologik rivojlanishlar asosida tushuntirish muhimligini
ko‘rsatadi, chunki o‘quvchilar bugungi kunda yoshlarga qaratilayotgan e’tiborning qadriga
yetishi va uni ob’ektiv baholashi, mustaqillik sharoitida ekologik tarbiya bilan bog‘liq
muammolarni o‘rganish va uni yechimini topish masalalarining zaruriyatini to‘g‘ri va
haqqoniy anglab yetishi hamda kelajakka ishonch hosil qilishi uchun ularda ekologik
madaniyat shakllantirish va boyitish muhim ahamiyatga ega.
Eng aavvalo, tejamkorlik, ekologik bilim, iqtisodiy madaniyat, xalqimiz tomonidan
saqlanib kelinayotgan an’analar, umuminsoniy an’analar, milliy an’analar, Vatan, Vatan
tuyg‘usi, Vatanga muhabbat, vatanparvarlik, fidoyilik, insonparvarlik, milliylik, milliy ong,
milliy o‘z-o‘zini anglash, qadriyatlar, umuminsoniy qadriyatlar, milliy qadriyatlar, manfaat,
milliy manfaatlar, milliy g‘urur, milliy g‘oya, urf- odatlar va rasm-rusumlar, ma’naviyat,
ma’naviy jasorat va boshqa qator asosiy tushunchalarning mazmun- mohiyatini yoritish zarur.
Ta’lim muassasalarida ma’naviy - ma’rifiy ishlarni tashkil etish orqali o‘quvchilarda ekologik
madaniyatni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etuvchi asosiy tushunchalarning
mazmun-mohiyatini va ahamiyatini asosli va aniq tarzda o‘quvchilarga yoritib berilishi ularda
mamlakatmizda amalga oshirilayotgan islohotlar, ularning bugungi kundagi ijobiy natijalari,
yaratilayotgan yangiliklar va ularning ahamiyati, ijtimoiy-ekologik rivojlanishlar bo‘yicha
ijobiy tasavvurlar shakllantirish bilan bir qatorda, o‘quvchilarda Vatanga muhabbat, e’tiqod va
sadoqat, Davlat ramzlariga, umummilliy qadriyatlar va milliy urf-odatlarga hurmat,
vatanparvarlik va insonparvarlik, kelajakka ishonch tuyg‘ularini shakllantiradi. Muxtasar qilib
aytganda, ularda ekologik ta’limni rivojlantiradi. Buni biz quyidagi asosiy tushunchalarning
mazmun-mohiyatini va ahamiyatini yoritilishida ko‘rishimiz mumkin.
Boshlang‘ich sinflarda ekologik ta’lim-tarbiya jarayoni samaradorligini oshirishga,
xalqimizning umuminsoniy qadriyatlarga sodiqligi, xalqimiz adolat, tenglik, ahil qo‘shnichilik
va insonparvarlikning nozik kurtaklarini asrlar osha avaylab asrab kelganligi, O‘zbekistonni
yangilanishning oliy maqsadi ana shu an’analarni qayta tiklash, ularga yangi mazmun
bag‘ishlash, zaminimizda tinchlik va demokratiya, farovonlik, madaniyat, vijdon erkinligi va
har bir kishining kamol topishiga erishish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish. Bozor
iqtisodi bilan bog‘liq muammolarni to‘g‘ri tahlil qilish, ularni yechimini topish haqidagi keng
ma’lumotlarni berish muhim sanaladi. Sababi, inson o‘z ehtiyojlarini qondirishi va ko‘zlagan
maqsadlariga erishishi uchun chidamlilik, irodaviylik, sabr toqat, qanoatlilik, erkin fikrlilik va
ongli faoliyatni boshqara olish kabilar zarur sanaladi. Buning uchun eng avvalo, u yashayotgan
yurt, ya’ni Vatan mustaqilligi, uning ravnaqi, ekologik rivojlanishi muhim ahamiyatga ega
ekanligi ayni haqiqat. Binobarin, boshlang‘ich sinflarda ekologik ta’limni rivojlantirishni
Page 40
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION
IF = 5.281
Volume 4, Issue 04,April 2025
www.in-academy.uz
quyidagi yo‘nalishlarda tashkil etish maqsadga muvofiqdir:
1. O‘quvchilarni tabiat go‘zalliklarini sevish, ulardan estetik zavq olish ruhida
tarbiyalash.
2. Jonli va jonsiz tabiatni rivojlanish qonuniyatlari, tabiat va jamiyat o‘rtasidagi
murakkab o‘zaro munosabatlar insonning tabiatga ta’sir oqibatlari haqidagi tushunchalarni
shakllantirish.
3. O‘quvchilarda ekologik ta’limni rivojlantirishni tarbiyalash.
4. Tabiatni sevishga, undan to‘g‘ri va ongli ravishda foydalana bilishga undash.
O‘quvchilarda tabiat oldida mas’uliyatni his etish va anglash malakasini rivojlantirishdan
iborat. Ta’lim mazmunini takomillashtirish, ilmiy, hayotiy, qiziqarli materiallar va innovatsion
pedagogik texnologiyalar asosida amalga oshirilishi zarur. Ana shunday materiallardan biri
suv haqidagi bilimlar tizimi hisoblanadi. O‘quvchilarda ekologik ta’limni rivojlantirishida
ularda o‘zaro ta’sirni amalga oshiruvchi omillardan biri o‘quvchilarni ta’lim jarayonida ijodiy
ta’sir ko‘rsatishga diqqatini jalb etilishi hisoblanadi.
Shu bilan birga, o‘quvchilar tomonidan dunyo miqyosidagi ekologik muammolarning
o‘rganilishi, ekologik tarbiya borasida olib borilayotgan ishlar qanday yo‘lga qo‘yilganligi bilan
tanishish maqsadida, Internet orqali ko‘plab ma’lumotlarni biladilar va tajribalarini qiyosiy
tahlil qiladilar. Ekologik fojialarning oldini olishning birdan-bir yo‘li tabiatni muhofaza qilish,
barcha tabiiy boyliklarimizdan oqilona foydalanishdir. Ammo, har bir inson qalbida ekologik
madaniyatni shakllantirmay turib, bu borada kutilgan natijalarga erishish qiyin. Yoshlar
ongiga tabiatning o‘z qonun - qoidalari mavjudligini, tabiatdagi barcha hodisalar, o‘zgarishlar
bir-biri bilan bog‘liqligini, umuman, insonning tabiatga to‘g‘ri munosabatda bo‘lishi lozimligi
haqidagi tasavvurlarni singdirish, shubhasiz muhim ahamiyat kasb etadi.
Mazkur jarayonda, Vatanimiz tarixi va madaniyati, qadimiy urf-odatlarimizni har
tomonlama o‘rganishga e’tibor kuchaydi. Ta’lim – tarbiya jarayonlarida buyuk
ajdodlarimizning, ma’naviy, madaniy, ekologik, ijtimoiy tarbiyaga oid meroslaridan kengroq
foydalanishga imkoniyat yaratildi. Ta’limiy islohotlar ta’lim - tarbiya jarayoni ishtirokchilari,
tadqiqotchilar va olimlarimiz uchun ulkan imkoniyatlar vujudga keltirdi. Bu o‘z navbatida,
o‘quvchilarga ekologik rivojlanish, uning mazmun - mohiyati, ahamiyati, shuningdek, mazkur
fanni rivojlantirishning zaruriyatini amalga oshirilayotgan islohotlar, yaratilayotgan
yangiliklar, fan-texnika yutuqlarini, ekologik rivojlanishlar asosida tushuntirish muhimligini
ko‘rsatadi, chunki o‘quvchilar bugungi kunda yoshlarga qaratilayotgan e’tiborning qadriga
yetishi va uni ob’ektiv baholashi, mustaqillik sharoitida ekologik tarbiya bilan bog‘liq
muammolarni o‘rganish va uni yechimini topish masalalarining zaruriyatini to‘g‘ri va
haqqoniy anglab yetishi hamda kelajakka ishonch hosil qilishi uchun ularda ekologik
madaniyat shakllantirish va boyitish muhim ahamiyatga ega.
Shunday qilib, mavzu dolzarbligining quyidagi bosh omillari mavjud:
- dunyo miqyosida ekologik ta’limning zamonaviy talablari va rivojlanish tendensiyalar;
- ekologik ta’limni rivojlantirish asosida o‘z faoliyatini tashkil qila oluvchi texnik kadrlarga
bo‘lgan talabning ortib borayotganligi;
- pedagog kadrlarning ekologik ta’limni rivojlantirishga doir mutaxassislik
kompetensiyasiga bo‘lgan talabning o‘zgarganligi va uning takomillashuvi taqozo
etilayotganligi ko‘rishimiz mumkin.
Ekologik ta’limni rivojlantirish ekologik bilimlarning zamonaviy tarkibiy qismidir. XXI
Page 41
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION
IF = 5.281
Volume 4, Issue 04,April 2025
www.in-academy.uz
asrda ekologik bilimlar taraqqiyotining zamonaviy bosqichi sifatida ekologik xavfsizlik
madaniyati vujudga kelgan. Bu munosabatlar mohiyatini kichik yoshdagi o‘quvchilar ongiga
yetkaza olish, ularning tabiyatga bo‘lgan munosabatini to‘gri ravishda amalga oshira bilishga
o‘rgatish ekologik ta’limning asosiy negizini tashkil qiladi.
Ekologik bilimlarning ilmiy asoslari nazariy, amaliy bilimlari va mustaqil ishlar
jarayonida tushuntiriladi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ekologik ta’limni rivojlantirishda
asosiy e’tibor atrof - muhit muhofazasi, tabiatdan oqilona va tejamkorlik bilan foydalanish,
atrof - muhitni yaxshilashga qaratilgan texnologiyalarni qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lgan global
bilimlarga katta ahamiyat beriladi. Shuningdek, barqaror rivojlanish, global va hududiy -
ekologik muammolarni bilish bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarga e’tibor qaratiladi. Shu bilan
birga ekologik madaniyatning asosiy manbalaridan biri hisoblangan.
Adabiyotlar tahlili shuni ko‘rsatdiki, ekologik tarbiya va tabiatni muhofazasi turli davrda
turlicha izohlangan. Davrlar inson faoliyatining tabiatga ta’siri va tabiatni muhof aza qilish
zarurati, ekologik tabiyaning tarixiy asoslari kishilik jamiyatining rivojlanish davrlarida o‘z
aksini topgan. Ayonki, inson tabiatning bir bo‘lagi, yani tabiat insonni yaratgan. Lekin, inson
jisman va aqlan rivojlanishi bilan tabiatga ozor bera boshlagan. Texnika rivojlanishi o‘z
navbatida foydali qazilmalardan keng miqyosida foydalanishga olib keldi.
Zamonaviy raqamli texnologiyalar, ayniqsa, internet va mobil ilovalar, o‘quvchilarga
ekologik bilimlarni o‘rganishda va atrof-muhitni himoya qilishda qiziqarli va interaktiv
imkoniyatlarni taqdim etadi. Bunga misol tariqasida interaktiv ta’lim platformalari aytib
o‘tishimiz mumkin. Raqamli texnologiyalar o‘quvchilarga ekologik masalalar bo‘yicha
interaktiv darslar, videolar va multimedialar orqali bilim olish imkoniyatini beradi. Masalan,
atrof-muhitni muhofaza qilish, resurslarni tejash va ekologik muammolarni hal qilish bo‘yicha
o‘yinlar va simulyatsiyalar yordamida o‘qish samarali bo‘ladi.
Bugungi kunda online manbalar va resurslar hayotimiga qo‘shmasdan olib bora
olmaymiz. Ayniqsa ta’limninig barqcha bosqichida o‘quvchilar uchun online kurslar,
maqolalar, ilmiy tadqiqotlar va boshqa resurslar mavjud. Bu manbalar yordamida ular global
ekologik muammolar haqida yanada chuqurroq ma’lumotlarga ega bo‘lishlari mumkin.
Va yana mobil ilovalar bugungi kundagi o‘rni haqida gapirsak iqtisodiy va siyosiy
jabhalarda juda o‘rni katta. Ekologik bilimlarni berishda ham mabil ilovaning ro’li ko‘p.
Ma’lumotlarni taqdim etuvchida, chiqindilarni ajratib tashlash yoki atrof-muhitni kuzatish
uchun yaratilgan ilovalar o‘quvchilarga atrof-muhitni tahlil qilish va ekologik mas’uliyatni
oshirishda yordam beradi.
Ekologik loyihalar va forumlar o‘quvchilar raqamli platformalar orqali ekologik loyihalar
yaratishi, onlayn forumlarda fikr almashishi yoki jamiyatdagi ekologik tashabbuslarda
ishtirok etishi ta’minlaydi. Bu turdagi faoliyatlar o‘quvchilarni nafaqat ekologiya haqida
o‘rganishga, balki jamoaviy ishni rivojlantirishga ham undaydi.
Sensorlar va IoT (Internet of Things) texnologiyalari: Ekologik monitoringni ta’minlash
uchun IoT texnologiyalari yordamida atrof-muhitning real vaqtda kuzatilishi o‘quvchilarga
amaliy ekologik bilimlarni o‘rgatish imkoniyatini beradi.
Raqamli texnologiyalar yordamida boshlang'ich sinf o‘quvchilari ekologik tarbiyasini
yanada samarali va qiziqarli tarzda rivojlantirishni kafaolatlaydi.
Ekologik tarbiya berish sinfdan va sinfdan tshqari mashg‘ulotlar va darsliklar
o‘quvchilarning bilim tarbiyasini oshiradi. Jumladan, boshlang‘ich sinflarda ekologik tarbiya
Page 42
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION
IF = 5.281
Volume 4, Issue 04,April 2025
www.in-academy.uz
berish dars va darsdan tashqari vaqtlarda amalga oshiradi.
Darsdan tashqari vaqtlarda o‘quvchilarni tabiat qo‘yniga, tabiat muzeylariga sayohatga
olib chiqib, shanbaliklar, suhbatlar, ertaliklar o‘tkazish jarayonida ekologik tarbiya
shakllantiriladi. Dars jarayonida o‘quvchilarda ekologik ta’limni rivojlantirish o‘qituvchi
hikoyasi hamda darsliklarda o‘z ifodasini topgan mavzular orqali oladilar.
Shuningdek, bolaga samarali bilim berilishi uchun hamda ko‘zlangan maqsadga erishish
uchun o‘qitishning yangi pedagogik texnologiyalardan keng foydalanilinishi ham talab etiladi.
Tarbiya beruvchining faoliyatida bugungi kunda ilg‘or texnologiyalarda foydalana olishi va
barcha ishlarida keng qo‘llanishi o‘qituvchining pedagigik faoliyatida zamon talabi bilan
yurishini belgilaydi.
Xulosa.
Xulosa o‘rnida shuni aytish lozimki, sog‘lom tabiiy atrof-muhitni saqlash ko‘p
jihatdan o‘quvchi yoshlarning ekologiya bilimlarni qay darajada xabardorligi bog‘liq bo‘ladi.
Shuningdek, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ekologik ta’limni rivojlantirish faoliyatini tashkil
qilishga yo‘naltirilgan sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlarda raqamliy texnologiylar,
platformalar, moil ilovalardan ishlashi maqsadlarga erishishini belgilaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1. Sh.M.Mirziyoyev. Oʻzbekiston Resublikasi Prezidentini Oliy majlisga murojaatnomasi. 2020
yil 24 yanvar
2. Sh.M.Mirziyoyev. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir
rahbar faoliyatining kundalik qoidasi boʻlishi kerak.// – Oʻzbekiston. – T.: 2017.
3. Ta’lim to‘g‘risidagi qonunning yangi taxriri 2020-yilning 23 - sentabrda O‘RQ-637 son.
4. “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasining Qonuni. //“O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Kengashining axborotnomasi” 1993 yil. 1- son, 11-modda.
5. Norbo‘tayev X.B. Boshlang‘ich sinflarda fanlararo ekologik tarbiya //Zamonaviy ta’lim. -
2018. 11-son. - B. 53-58.
6. Sharipova D., Xodiyeva D.P., Sharipov M.K. Tabiatshunoslikni va uni o‘qitish metodikasi.
darslik.T.. “ Barkamol fayz media” nashiriyoti. 2018.
7. Nishonova N.O‘. Umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘quvchilarining ekologik madaniyatini
shakllantirish: Avtoref. diss. … kand. ped. nauk. - Toshkent, 2001. - 21 b.
8. Jabborova O., Saparbayeva D. Boshlang‘ich ta’limda mustaqil ta’limni tashkil etish
metodikasi. – Chirchiq, 2023
9. Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi. // www. Ziyonet.uz
10. U.Bovanova. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining atrof-muhitga ekologik munosabatni
takomillashtirish imkoniyatlari. Ilmiy-nazariy va metodik jurnal. INTER EDUCATION &
GLOBAL STUDY. ISSN 2992-9024 (online) 2025, №1.