Page 107
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION
IF = 5.281
Volume 4, Issue 05, Part 2 May 2025
www.in-academy.uz
TERGOV VA BOSHQA PROTSESSUAL HARAKATLARNI
O‘TKAZISHDA SHAXSLARNING XAVFSIZLIGINI
TA’MINLASH AMALIYOTI
Ashurov Nodir Nayimovich
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi
Akademiyasi mustaqil izlanuvchisi
Ilmiy mutaxassisligi: 12.00.09 – Jinoyat protsessi. Kriminalistika,
tezkor-qidiruv huquq va sud ekspertizasi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.15582378
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Qabul qilindi: 25-May 2025 yil
Ma’qullandi: 28-May 2025 yil
Nashr qilindi: 31-May 2025 yil
Maqolada
jinoyat
protsessi
ishtirokchilarining
xavfsizligini ta’minlash masalalari atroflicha tahlil
qilingan. Muallif maqolada xalqaro huquqiy hujjatlar,
O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun va
qonunosti hujjatlarida nazarda tutilgan protsess
ishtirokchilarining xavfsizligi masalalarini qiyosiy-
huquqiy tahlil qilgan holda o‘rgangan. Maqolada
muallif tomonidan jinoyat protsessi ishtirokchilarining
xavfsizligini
ta’minlashni
takomillashtirish,
qonunchilikda jinoyat protsessi ishtirokchisi bo‘lgan
ayrim shaxslarning xavfsizligini ta’minlash nazarda
tutilmaganligi ilmiy tahlil qilingan va qonunchilikni
takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar
ishlab chiqilgan
KEY WORDS
xavfsizlik,
huquqiy
xavfsizlik,
shaxsiy
daxlsizlik,
gumon
qilinuvchi,
ayblanuvchi,
sudlanuvchi, jabrlanuvchi, guvoh,
boshqa shaxslar, dalillar.
Jinoyat protsessida xavfsizlikni ta’minlashning protsessual asoslari – bu jinoyat
protsessi sohasidagi obyektlarning xavfsizlik holatini tartibga soluvchi jinoyat-protsessual
qonun hujjatlarining qoidalaridir. Ularning markazida xavfsizlik choralarini qo‘llash
to‘g‘risidagi qoidalar turadi desak aslo mubolag‘a bo‘lmaydi. Jinoyat-protsessual
qonunchiligida nazarda tutilgan xavfsizlik choralari va ularni bevosita qo‘llash faoliyati jinoyat
protsessida xavfsizlikni ta’minlashning asosiy usullaridan biri hisoblanadi. Bu choralar
huquqiy himoya va huquqiy muhofaza elementlarini o‘z ichiga oladi.
V.V.Voynikovning fikricha, “jinoyat protsessida xavfsizlik choralari deganda vakolatli
shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan va jinoyat protsessi ishtirokchilarining xavfsizligiga
tahdidlarning oldini olishga yoki ularni bostirish va buzilgan xavfsizlik holatini tiklashga
qaratilgan qonunga asoslangan harakatlar majmui yoki tizimi tushuniladi” .
Fikrimizcha, jinoyat protsessidagi xavfsizlik choralari – bu jinoyat-protsessual qonun
hujjatlarida belgilangan, vakolatli davlat organlari va mansabdor shaxslar tomonidan amalga
oshiriladigan, jinoyat protsessining barcha bosqichlarida xavfsizlik obyektlarini turli
tahdidlardan himoya qilish va saqlashga qaratilgan maxsus usullar tizimidir.
Xavfsizlik choralari tizimi – bu o‘zaro uzviy bog‘liq elementlardan tashkil topgan, yaxlit
maqsadga yo‘naltirilgan xavfsizlik chora-tadbirlarining majmuasidir.
Jinoyat-protsessida xavfsizlik obyektlarini muhofaza qilish holatini ta’minlovchi chora-
tadbirlar protsessual adabiyotlarda turli asoslarga ko‘ra tasniflanadi:
1) huquq sohasiga qarab: jinoyat protsessi; jinoyat huquqi; ma’muriy huquq; jinoyat
Page 108
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION
IF = 5.281
Volume 4, Issue 05, Part 2 May 2025
www.in-academy.uz
ijroiya huquqi;
2) qo‘llash bosqichiga qarab: sudgacha bo‘lgan bosqichlarda qo‘llaniladi (tergovga qadar
tekshiruv, surishtiruv va dastlabki tergov bosqichlari); sud bosqichida (ishni sud
muhokamasiga tayinlashda; sud muhokamasida; sud muhokamasini to‘xtatishda, shuningdek,
hukmni ijro etish paytida) qo‘llaniladi;
3) qo‘llaniladigan shaxslarga qarab: jinoyat protsessi ishtirokchilariga nisbatan
qo‘llaniladi; muayyan protsessual maqomga ega bo‘lmagan shaxslarga nisbatan qo‘llaniladi;
4) xavfsizlik choralarini qo‘llash to‘g‘risida qaror qabul qilish vakolatiga qarab: tergovga
qadar tekshiruv organi; surishtiruvchi; tergovchi; surishtiruv organi rahbari; tergov organi
rahbari; prokuror; sud (sudya);
5) xavfsizlik choralarini amalga oshiruvchi organga qarab: ichki ishlar organlari; davlat
xavfsizlik xizmati;
6) qo‘llash muddati bo‘yicha: vaqtinchalik (ularni qo‘llash vaqt oralig‘i aniq
belgilanganda); doimiy amalga oshirishning (muayyan muddati belgilanmagan);
7) tarkibning manbasiga qarab: himoya qilinuvchi shaxs to‘g‘risidagi ma’lumotlarning
maxfiyligini ta’minlash; shaxsni, uy-joyni va boshqa mol-mulkni qo‘riqlash; himoya qilinuvchi
shaxsga maxsus individual himoya vositalarini va texnik vositalarni berish; vaqtinchalik
xavfsiz joyga joylashtirish; boshqa yashash joyga ko‘chirish, ish (xizmat) yoki o‘qish joyini
o‘zgartirish; hujjatlarni almashtirish; himoya qilinuvchi shaxs to‘g‘risidagi ma’lumotlardan
foydalanilishini cheklash; qamoqda yoki jazoni o‘tash joylarida saqlanayotgan himoya
qilinuvchi shaxsga nisbatan qo‘shimcha xavfsizlik choralarini ta’minlash .
Jinoyat-protsessual kodeksida nazarda tutilgan protsess ishtirokchilarining xavfsizligini
ta’minlashning huquqiy tabiati hamda O‘zbekiston Respublikasining “Jabrlanuvchilarni,
guvohlarni va jinoyat protsessining boshqa ishtirokchilarini himoya qilish to‘g‘risida”gi
Qonunida mavjud bo‘lgan davlat muhofazasi choralari farq qiladi. Biroq, qo‘llanilishining
asoslari va sabablari o‘xshashliklarga ega. Chunki ushbu choralar qonunda yagona maqsad –
obyektlarning ma’lum darajadagi jinoyat-protsessual xavfsizligini ta’minlash va saqlashdan
iborat.
Protsessual adabiyotlarda quyidagilar jinoyat protsessi ishtirokchilarining xavfsizligi va
davlat himoyasini ta’minlash uchun asos sifatida ajralib turadi: rasmiy va faktik ; faktik va
protsessual ; huquqiy va faktik ;
D.S.Sokolovning fikriga ko‘ra, “xavfsizlik choralarini va davlat muhofazasini qo‘llash
uchun ikkita asos zarur: faktik va huquqiy (rasmiy va huquqiy). Muallif, shuningdek, bu
asoslar birgalikda bo‘lishi lozimligini ta’kidlaydi” .
Xorijiy davlatlarda inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudi tomonidan jinoyat sudlov
ishlari sohasidagi xalqaro-huquqiy standartlarga zid emas deb e’tirof etilgan quyidagi
xavfsizlik choralari keng qo‘llaniladi:
1) himoyaga olingan fuqaroning ko‘rsatuvlarini videoyozuvga yozib olish va uni sud
muhokamasi vaqtida himoyaga olingan shaxsning ishtirokisiz namoyish etish;
2) dastlabki tergov tamom bo‘lganidan keyin ayblanuvchi va uning himoyachisiga
tanishib chiqish uchun beriladigan jinoyat ishi hujjatlarining hajmini cheklash;
3) sud zalida hozir bo‘lmagan shaxslarni so‘roq qilishda to‘g‘ridan-to‘g‘ri namoyish
etiladigan videoko‘rsatuvlardan foydalanish;
4) sudda jabrlanuvchi va guvohlarning o‘rniga xizmat faoliyati davomida jabrlanuvchi va
Page 109
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION
IF = 5.281
Volume 4, Issue 05, Part 2 May 2025
www.in-academy.uz
guvohdan jinoyat ishining holatlarini bilib olgan huquqni muhofaza qiluvchi organ
xodimlarini so‘roq qilish;
5) himoyachi va qamoqda saqlanayotgan shaxsning uchrashish huquqini vaqtincha
cheklash .
AQShning 1970-yilda qabul qilingan «Jinoyatchilikka qarshi kurash to‘g‘risida»gi
Qonuniga ko‘ra, sud tomonidan davlat foydasini ko‘zlab ishda qatnashayotgan protsess
ishtirokchilarga ma’lum shartlar asosida «immunitet» huquqi beriladi. Ushbu qonun orqali
jahonda ilk bor sudda ashaddiy jinoyatlarni fosh etishga ko‘maklashuvchi shaxslar
xavfsizligini ta’minlash borasida davlat tomonidan moliyalashtiriladigan dastur ishga
tushirilgan.
1982-yil 12-oktabrda AQSh Kongressi tomonidan qabul qilingan «Jinoyatdan
jabrlanganlar va guvohlarni himoya qilish to‘g‘risida»gi Qonunda jinoiy adliyaning
jabrlanganlar va guvohlarni himoya qilmasdan faoliyat yurita olmasligi nazarda tutilgan .
Shuningdek, Kongress tomonidan 1990-yilda qabul qilingan «Jinoyatdan jabr
ko‘rganlarning huquqlari va restitutsiya to‘g‘risida»gi Federal Qonunga asosan, “Adliya vaziri
tomonidan jinoyatdan jabrlanganlarning xavfsizligini ta’minlash dasturi bajarilishi ustidan
nazorat olib boriladi” . Qonunga ko‘ra, ishtirokchilarga nisbatan shaxsiy qo‘riqchiga ega
bo‘lish, ish va istiqomat joyini, ism-sharifini o‘zgartirish, yangi hujjatlar bilan ta’minlash, yangi
ish topishda yordam berish, zarur yashash minimumi ajratish kabi xavfsizlik choralari
belgilanishi mumkin.
Germaniyada 1986-yil 10-dekabrda qabul qilingan «Jabrlanuvchilarning himoyasi
to‘g‘risida»gi, 1990-yilda qabul qilingan «Guvoh himoyasi to‘g‘risida»gi Qonunlar jinoyat
sudov ishlarini yuritishda jinoyatdan jabr ko‘rganlar va ularning oilasi xavfsizligini ta’minlash
borasidagi ilk qadamlardan biri bo‘ldi. Ushbu hujjatlarda jinoyat sudlov ishlariga
ko‘maklashuvchi shaxslarning xavfsizligini ta’minlaydigan organlarning vazifalari aniq
belgilab qo‘yilgan. 1993-yildagi «Asosiy guvoh to‘g‘risida», 1998-yildagi «Xavf tahdid
solayotgan guvohlar himoya bilan ta’minlash masalalarini tartibga solish to‘g‘risida»gi
qonunlarda “guvohlarni himoya qilishga oid qo‘shimcha choralar (ba’zi toifadagi guvohlarni
so‘roq qilishning «imtiyozli» tartibi va boshqa) belgilangan” .
Germaniya federativ Respublikasining 1994-yildagi «Jinoyatchilikka qarshi kurash
to‘g‘risida»gi Qonunida “guvoh va jabrlanuvchilarning anonimligiga katta ahamiyat berilgan” .
Bundan tashqari, voyaga yetmagan jabrlanuvchilarga nisbatan “Politsiyaning uzoq muddatli
himoyasi” va “Voyaga yetmaganning qayerda ekanligini sir saqlash” tarzidagi xavfsizlik
choralari qo‘llanilgan.
Fransiyada jabrlanuvchilar huquqlarini himoya qilish va ularga jinoyat oqibatida
yetkazilgan zararni qoplash masalalarini tartibga soluvchi qonunlarning butun bir tizimi amal
qiladi. Xususan, 1977-yil 3-yanvardagi 77-5-sonli «Jinoyatdan jabrlanganning badaniga
shikast yetkazish oqibatidagi zararni qoplash to‘g‘risida», 1981-yil 2-fevraldagi 81-82-sonli
«Shaxs erkinligi himoyasi va xavfsizlikni kuchaytirish to‘g‘risida», 1983-yil 8-iyundagi 83-608-
sonli «Jinoyatdan jabrlanganlar himoyasini kuchaytirish to‘g‘risida»gi qonunlar orqali
“jabrlanuvchilarning yuridik, psixologik, ijtimoiy yordam uchun kompensatsiya olish huquqi
kafolatlanadi” .
Italiyada 1992-yildan buyon 306-sonli «Antimafiya» Dekreti amal qiladi. Unga ko‘ra,
guvohni so‘roq qilish videoyozuvlar yordamida namoyish etiladi. Mazkur Dekretga asosan
Page 110
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION
IF = 5.281
Volume 4, Issue 05, Part 2 May 2025
www.in-academy.uz
odil sudlovga ko‘maklashishni istagan Italiya mafiyasi Koza nostra sobiq a’zolarining
xavfsizligini ta’minlashni nazarda tutilgan. Guvohning qarindoshlari politsiya tomonidan
qo‘riqlanadi. Mazkur dastur Koza nostraga qaqshatqich zarba bergan, sobiq mafiya
a’zolarining ko‘rsatuvlari asosida ko‘plab mafia a’zolari qamoqqa olingan yoki mamlakatdan
qochib ketgan.
Buyuk Britaniyada jinoyatdan jabr ko‘rganlarga yordam ko‘rsatish davlat jinoiy sudlov
ishlarini yuritish siyosatining ajralmas qismi hisoblannadi. Bu sohadagi eng yirik hujjat
«Jabrlanganlar huquqlari xartiyasi» deb nomlanadi. Protsess ishtirokchilarining xavfsizligini
ta’minlash oddiy politsiyaning vazifalari qatoriga kirib, bu sohada faoliyat yurituvchi alohida
muassasalar mavjud emas .
2019-yilda Yevropa Ittifoqida «Ittifoq qonunlarining buzilishi haqida xabar beruvchi
shaxslarning himoyasi to‘g‘risida»gi Direktiva qabul qilingan. Unda barcha ittifoqqa a’zo
davlatlar 2021-yil 17-dekabrgacha unda belgilangan asosiy qoidalarni milliy qonunchiligiga
kiritishi lozimligi ko‘rsatib o‘tilgan. AQShda esa, Federal qonun bilan «Qui tam» protsedurasi
belgilangan. Unga ko‘ra pora haqida xabar bergan shaxs, poraning 15-25 foizi miqdorida
rag‘batlantiriladi. Ularning himoyasi uchun «Milliy xabarchilar markazi» faoliyat yuritadi. Bu
bo‘yicha har yili o‘zining hisobotini berib boradi. Shuningdek, boshqa turdagi jinoyatlar uchun
mukofotning qiymati jinoyatning og‘irlik darajasidan kelib chiqadi va o‘rtacha, bir ming AQSh
dollari atrofida bo‘ladi. E’tiborli jihati shundaki, hozirga qadar xabarchilarga 65 million dollar
pul mukofoti to‘lab berilgan. Yurtimizda ham mazkur sohaga doir normativ-huquqiy
hujjatlarni takomillashtirish borasida qator ishlar amalga oshirilayotgan bo‘lsa-da, huquqni
qo‘llash amaliyotida hali-hanuz o‘zining ijobiy natijasini bermayapti. Xususan, 2021-yilda
korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida tergov organlari bilan hamkorlik qilganlarni moddiy
rag‘batlantirish holati atigi 0,47 foizni tashkil etgan.
Jinoyat-protsessual kodeksning 270-moddasi birinchi qismiga binoan, “vakolatli davlat
organlari va mansabdor shaxslar agar jinoyat protsessi ishtirokchilariga o‘ldirish, kuch
ishlatish, mol-mulkini yo‘q qilib tashlash yoxud mol-mulkiga shikast yetkazish bilan yoki o‘zga
g‘ayrihuquqiy xatti-harakatlar bilan tahdid qilinayotir deyish uchun yetarli ma’lumotlar
mavjud bo‘lgan taqdirda bu shaxslarning hayoti, salomatligi, sha’ni, qadr-qimmati va mol-
mulkini muhofaza qilish, shuningdek aybdorlarni aniqlash hamda ularni javobgarlikka tortish
choralarini ko‘rishlari shart” .
“Jabrlanuvchilarni, guvohlarni va jinoyat protsessining boshqa ishtirokchilarini himoya
qilish to‘g‘risida”gi Qonunning 16-moddasiga muvofiq, “xavfsizlik choralarini qo‘llash uchun
asoslar himoya qilishni ta’minlash to‘g‘risida qaror qabul qiluvchi organ tomonidan
aniqlangan, himoya qilinuvchi shaxsni jinoyat protsessida ishtirok etganligi munosabati bilan
o‘ldirish, unga zo‘rlik ishlatish, uning mol-mulkini yo‘q qilish yoki mol-mulkiga shikast
yetkazishning aniq tahdidi mavjudligi haqidagi ma’lumotlar hisoblanadi .
Yuqoridagi huquqiy normalarning ma’nosini chuqur tahlili bizga, qanday ma’lumotlar
yetarli deb hisoblanadi, tahdidlarni aniq va haqiqiyligi qaysi me’zonlar asosida baholanadi,
yetarli ma’lumotlarning mavjudligini aniqlash jinoyat ishini yuritadigan davlat organlari va
mansabdor shaxslar uchun huquqmi yoki majburiyatmi degan savollarni tug‘dirmoqda.
Fikrimizcha, “Jabrlanuvchilarni, guvohlarni va jinoyat protsessining boshqa
ishtirokchilarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 16-moddasining so‘zma-so‘z talqini
protsessual xavfsizlik choralarini qo‘llash uchun asos sifatida aniqlashga imkon beradi.
Page 111
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION
IF = 5.281
Volume 4, Issue 05, Part 2 May 2025
www.in-academy.uz
Boshqacha qilib aytganda, xavfsizlik choralari faqat tahdid shaklida xavfli ta’sir ko‘rsatgan
taqdirdagina qo‘llanilishi mumkin.
Tahlillardan ma’lum bo‘ldiki, protsessual xavfsizlik choralarini qo‘llash asoslarini
belgilaydigan ushbu huquqiy qoida quyidagi kamchiliklarga ega:
birinchidan, bu tahdid amalda sodir bo‘lmagan, lekin qotillik, tan jarohati yetkazish,
mulkini qasddan nobud qilish yoki shikast yetkazish va boshqa haraktlarni amalga oshirish
bilan qo‘rqitish holatlarida protsessual xavfsizlik choralarini qo‘llashga imkon bermaydi.
Masalan, jinoyat ishi bo‘yicha tergov paytida gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi tomonidan
“A” ismli guvoh o‘ldiriladi. Biroq, bu holat, ushbu jinoyatni sodir etgan shaxsdan himoya qilish
maqsadida “B” ismli guvoh uchun protsessual xavfsizlik choralarini qo‘llashga asos bo‘la
olmaydi. Chunki unga nisbatan hech qanday tahdid qilinmagan.
ikkinchidan, kelajakda xavfli ta’sirlarni sodir etish potensialini ko‘rsatadigan faktik
ma’lumotlar mavjud bo‘lganda, ya’ni profilaktika maqsadida protsessual xavfsizlik choralarini
qo‘llashga imkon bermaydi. Masalan, tahdid qilinmasa-da, gumon qilinuvchi (ayblanuvchi,
sudlanuvchi)dan jinoyat protsessi ishtirokchilari qo‘rqishadi. Chunki bu shaxs uyushgan
guruh a’zosi, jinoyat sodir etishga moyil shaxs yoki jinoyat olamidagi obro‘li shaxs bo‘lishi
mumkin.
Profilaktika maqsadida protsessual xavfsizlik choralarini qo‘llash zarurligini asoslash
uchun qo‘shimcha dalillar taqdim etilishi mumkin. Demak, jinoyat protsessida guvohning
hayoti, sog‘lig‘i, mol-mulkiga nisbatan jinoiy tajovuz etish bilan tahdid qilinsa, uning ruhiy
holatiga ta’sir etgan bo‘ladi. Ushbu holatda ta’sir orqali maqsadga erishish mumkin va natijada
guvoh ayblovni tasdiqlovchi ko‘rsatuvlarni bermaydi yoki jinoyat protsessida ishtirok
etishdan bosh tortadi. Bundan tashqari, guvohga qarshi qilingan tahdid, xavfli ta’sir ko‘rsatgan
manfaatdor shaxslarga ma’lum bo‘lib, ushbu guvohga nisbatan muayyan xavfsizlik choralarini
qo‘llash natija va samara bermaydi. Bunday holatda, Jinoyat-protsessual kodeksining 380-
moddasi uchinchi qismiga muvofiq taxallusdan foydalanish lozim bo‘ladi .
Ayrim tadqiqotchilarning fikricha, “har yili tahminan 10 milliondan ortiq shaxs jinoyat
ishlarini yuritishga guvoh sifatida jalb qilinib, tahminan ikki yarim million kishi
jinoyatchilarning bosimi tufayli ishda guvohlik berishdan bosh tortar ekan” .
Jinoyat protsessi ishtirokchilarining xavfsizligini ta’minlashda vujudga keladigan
yuqoridagi xavflarni bartaraf etish ham nazariy, ham amaliy jihatdan dolzarb masala
hisoblanadi.
V.D.Larichyev va P.A.Sustretovlarning fikricha, “jinoyat ishini yurituvchi shaxslarga
yordam berayotgan shaxs bilan xolislar, mutaxassis, ekspert va boshqalar ishtirokida
o‘tkaziladigan tergov harakatlarida ishtirokchilar hamda huquqni muhofaza qiluvchi boshqa
hodimlar bilan maqsadga muvofiq bo‘lmagan uchrashuvlarni chegaralash lozim. Taxallus
ostida guvoh ishtirok etayotgan jinoyat ishini bir tergovchidan ikkinchi tergovchiga
o‘tkazishni ham cheklash lozim. Negaki, bunday holatda taxallus ostida ishtirok etayotgan
ko‘pgina guvohlar o‘zlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarning oshkor bo‘lish doirasining
kengayshidan xavotirlarning kuchayishi tufayli, jinoyat ishini yuritishda ishtirok etishni
istamaydilar” .
Fikrimizcha, ushbu fikrlar har jihatdan asoslidir. Chunki, ishtirokchilar doirasining
kengayishi protsess ishtirokchilarining xavfsizligiga putur yetkazishi mumkin.
Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashning samaradorligini oshirishda ham
Page 112
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION
IF = 5.281
Volume 4, Issue 05, Part 2 May 2025
www.in-academy.uz
jabrlanuvchilar va guvohlar xavfsizligini ta’minlash muhim ahamiyatga ega. Shu o‘rinda
I.Ismailovning fikrlari asosli ko‘rinadi. Uning fikricha, “uyushgan jinoiy guruhlar tomonidan
sodir etilayotgan bosqinchilikning 70-80 foizi, talonchilikning 65-70 foizi, o‘g‘rilikning 40-50
foizi, tovlamachilikning 30-40 foizi, firibgarlikning 20- 25 foizi, o‘zlashtirish va rastrata
qilishning 5-10 foizi yuzasidan jabrlanuvchi va guvohlarning xavfsizligi qonun yo‘li bilan
yetarlicha muhofaza qilinmaganligi mazkur jinoyatlarning fosh etilmasligining asosiy
omillaridan biridir” .
Ushbu fikrlarni to‘liq qo‘llab quvvatlaymiz. Mazkur jinoyatlarning bevosita guvohi
bo‘lgan jabrlanuvchi va guvohlarning xavfsizligi yetarli darajada himoya qilinmaganligi
sababli ushbu jinoyatlarning fosh etilishi boshqa jinoyatlarga nisbatan past darajada
qolmoqda.
Shu sababli ham surishtiruv va dastlabki tergov organlari hamda sudlar jabrlanuvchilar,
guvohlar va protsessning boshqa ishtirokchilari xavfsizligini ta’minlash, ularga nisbatan turli
xil ta’sir o‘tkazilishini oldini olish masalasiga jiddiy e’tibor qaratishlari zarur.
Fikrimizcha, bugungi kunda protsess ishtirokchilarining xavfsizligini ta’minlash zamon
talabiga javob bermaydi va ushbu qoidalarni yanada takomillashtirish zarur. Jabrlanuvchi va
guvohlar xavfsizligini ta’minlash maqsadida huquqni qo‘llash amaliyotida audio va video
texnikalardan keng foydalanish lozim.
B.I.Ismoilovning fikricha, “xorijiy, ayniqsa rivojlangan g‘arb mamlakatlari jinoyat
protsessida jabrlanuvchilar va guvohlar xavfsizligini ta’minlashga oid bir qancha huquqiy
mexanizmlar ishlab chiqilgan bo‘lib, ushbu mexanizmlardan uyushgan jinoyatchilikka qarshi
kurashda samarali tarzda foydalanilmoqda” .
Tadqiqotimiz davomida, ayrim MDH hamda boshqa rivojlangan mamlakatlarida ham
ushbu masalaga jiddiy yondoshilayotganligini guvohi bo‘ldik. Xususan, Rossiya
Federatsiyasida jabrlanuvchilar, guvohlar va jinoyat ishlari bo‘yicha odil sudlovning boshqa
ishtirokchilarini davlat tomonidan himoya qilishga oid qonun ning qabul qilingan. Qozog‘iston
Respublikasida “Guvohlarni himoya qilish Dasturi” qabul qilinganligi tahsinga sazovordir.
Fikrimizcha, Respublikamizda ham jinoyatchilikka qarshi kurash samaradorligini
oshirish maqsadida jabrlanuvchilar va guvohlar xavfsizligini ta’minlashga oid maxsus qonun
yoki dasturning ishlab chiqilishi zarur.
Bundan tashqari, ayni mazkur masala yuzasidan AQSh tajribasini o‘rganish muhim
ahamiyat kasb etadi. AQShda guvohlar xavfsizligini ta’minlashning samarali tizimi ishlab
chiqilgan. Uning huquqiy asosini 1984-yil 12-oktabrda qabul qilingan “Guvohlar xavfsizligi
institutini isloh qilish to‘g‘risidagi qonun” (Witness Security Reform Act) tashkil etadi.
Mazkur qonunga muvofiq, guvohlar xavfsizligini ta’minlashning quyidagi choralari
qo‘llanilishi mumkin: shaxsiy hujjatlarni almashtirish, yashash joyini o‘zgartirish, boshqa
joyga ko‘chishini ta’minlash, yangi turar joyga moslashish uchun pul ajratish, ishga
joylashtirishda yordam berish, guvohlik bergan shaxsga oid ma’lumotlarni maxfiylashtirish va
boshqalar. Bunda guvoh bilan bitim imzolanadi va bu bitimda guvohning jinoyatni ochish va
aybdorlarni fosh qilishga oid ma’lumotlarni berish majburiyati ko‘rsatiladi. Guvoh tomonidan
ushbu majburiyatlarning bajarilmasligi xavfsizlik choralarining bekor bo‘lishiga olib kelishi
mumkin.
Kanadada ham guvohlarni himoya qilish dasturi to‘g‘risidagi qonun mavjud bo‘lib, unda
guvohlarni himoya qilishning: yashash joyini o‘zgartirish, vaqtinchalik xavfsiz joyga
Page 113
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION
IF = 5.281
Volume 4, Issue 05, Part 2 May 2025
www.in-academy.uz
joylashtirish, shaxsiy hujjatlarni almashtirish, maslahat berish, pul bilan ta’minlash kabi
choralar ko‘zda tutilgan.
Fransiyada esa, guvohlar xavfsizligini ta’minlash maqsadida surishtiruv bosqichida
“anonim ko‘rsatuvlar”dan foydalanish tartibi ham qo‘llaniladi. Bunda, ko‘rsatuv bergan
shaxsga oid ma’lumotlar so‘roq bayonnomasida ko‘rsatilmaydi va unda ushbu ko‘rsatuvlar
“ishonchga sazovor, ammo o‘zining kimligini maxfiy saqlashni xohlagan shaxs” tomonidan
olinganligi haqida maxsus belgi qo‘yiladi .
Fikrimizcha, bunday normalarni Respublikamiz huquqni qo‘llash amaliyotiga to‘g‘ridan-
to‘g‘ri qo‘llab bo‘lmaydi. Shu sababli ham protsess ishtirokchilari xavfsizligini ta’minlashga oid
choralarni: 1) protsessual choralar; 2) davlat tomonidan amalga oshiriladigan himoya
choralariga bo‘lish zarur bo‘ladi.
Protsessual choralarga, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksida
belgilangan ya’ni, o‘z holatiga ko‘ra protsessual harakatlar hisoblangan choralar (telefon
orqali so‘zlashuvlarni eshitish, tanib olish uchun ko‘rsatishda maxsus tergov xonalaridan
foydalanish, ishni yopiq sud majlisida ko‘rish, dastlabki tergov hujjatlari bilan tanishish)
kiradi.
Davlat tomonidan amalga oshiriladigan himoya choralariga esa jabrlanuvchilar,
guvohlar, xolislar, ularning yaqinlarini qo‘riqlash, ularga oid ma’lumotlarning sir saqlanishini
ta’minlash, jinoiy guruhlar, uyushmalarga qarshi ko‘rsatuv bergan shaxslarni jinoiy
javobgarlikdan ozod qilish kabi choralarni kiritish mumkin.
Hozirda aksariyat davlatlarda guvohlar xavfsizligini ta’minlash maqsadida sudda uning
o‘zi qatnashmasdan audio va video texnikalardan foydalanib (anonim guvohlik) ko‘rsatuvlar
olish masalasini kengroq joriy qilish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Ammo, guvohning
bevosita sudda qatnashmasligi va sudlanuvchi, himoyachilarning uning kimligini bilmasligi va
unga savollar bera olmasligi halqaro huquq normalariga, xususan “Fuqarolik va siyosiy
huquqlar to‘g‘risida”gi xalqaro Paktga to‘g‘ri kelishi yoki kelmasligi haqida turli qarashlar
mavjud.
Xalqaro sud amaliyotida ham bu masala yuzasidan yagona amaliyot mavjud emas.
Xususan, Yevropa inson huquqlari bo‘yicha sudining 1989-yil 20-noyabrdagi qarorida milliy
sudning ayblanuvchi K.ga nisbatan ayblov hukmi sudda so‘roq qilinmasdan ko‘rsatuvlari
tanishtirilgan ikkita “anonim” guvoh ko‘rsatuvlariga asoslanganligi hamda sudyalar
guvohlarni o‘z ko‘zlari bilan ko‘rmaganligi va ularning shaxsi haqida tasavvurga ega bo‘la
olmaganliklari sababli, ayblanuvchining huquqi buzilgan deb topgan .
Boshqa bir ish bo‘yicha esa, Yevropa inson huquqlari bo‘yicha sudi guvohlarning
bevosita sudda so‘roq qilinishi shart emasligini ko‘rsatib, “ayblanuvchi va himoyachi
tomonidan savollar bevosita sudda so‘roq qilish yo‘li bilan berilishi shart emas. Audio yoki
video yozuvlarni namoyish qilish yoxud so‘roq bayonnomasini o‘qib eshittirish guvohning
ko‘rsatuvlarini rad qilish va uning to‘g‘riligini gumon ostiga qo‘yish uchun yetarli” deb
hisoblagan.
Nazarimizda, sudda taraflar manfaatlari orasidagi tenglikni ta’minlash maqsadida
“anonim guvoh”larning so‘roq bayonnomasini o‘qib eshittirish bilan cheklanmasdan, ularni
sudda texnik vositalardan foydalangan holda so‘roq qilish masalasiga ko‘proq e’tibor
qaratilishi kerak.
L.Brusnisin esa “savolga javob so‘roq qilinuvchining shaxsi ma’lum bo‘lishiga olib
Page 114
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION
IF = 5.281
Volume 4, Issue 05, Part 2 May 2025
www.in-academy.uz
keladigan bo‘lsa, uning ko‘rsatuvi to‘liq yoki qisman tanishtirilmaydi, videotranslyatsiyadan
foydalanib so‘roq qilishda so‘roq qilinayotganning shaxsiga oid savollar rad qilinishi kerak
deb hisoblaydi .
Fikrimizcha, Yevropa inson huquqlari bo‘yicha sudining “anonim guvohlik”ka doir
qarorlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri bizning qonunni qo‘llash amaliyotimizda qo‘llab bo‘lmaydi. Biroq,
undagi ijobiy tajribalar o‘rganilib, mamlakatimiz Oliy sudi tomonidan guvohlarni protsessual
himoya qilish choralarini qo‘llashga doir tushuntirishlar berilishi mumkin.
Yolg‘on guvohlik berishning asosiy sabablariga protsess ishtirokchilari o‘rtasidagi
qarindoshlik yoki boshqa yaqin munosabatlar, ish yakunidan manfaatdorlik, manfaatdor
shaxs tomonidan ta’sir ko‘rsatilishi ehtimolidan qo‘rqish, fuqarolarning huquqni muhofaza
qilish organlariga nisbatan ishonchsizligi, protsess ishtirokchilari xavfsizligini ta’minlashga
qaratilgan protsessual normalarga amaliyotda e’tibor berilmayotganligi kabilar kiradi.
Yolg‘on guvohlik uchun javobgarlikni qo‘llashda guvohning immunitetiga alohida e’tibor
qaratilishi lozim. Chunki, “shaxsning o‘ziga qarshi guvohlik berishga majbur emasligi”
to‘g‘risidagi qoidani amalga oshirmasdan turib jinoyat protsessida fuqarolarning
himoyalanish huquqiga egaligi to‘g‘risidagi konstitutsiyaviy prinsipni ro‘yobga chiqarish ham
mumkin emas.
Guvoh va jabrlanuvchilarni himoya qilishning huquqiy tizimi yaratilishi zarur. Bu
guvohlarga ko‘rsatuv berilishidan manfaatdor bo‘lgan shaxslar tomonidan tazyiq
o‘tkazilishining oldini olishda muhim ahamiyatga egadir.
Yuqoridagi tahlillardan kelib chiqib, protsess ishtirokchilari xavfsizligini ta’minlashga
oid choralarni:
a) ijtimoiy-iqtisodiy (biografik ma’lumotlar, turar-joy va ish joyini, kasbini o‘zgartirish
imkoniyatini yaratish, himoya qilinayotgan shaxs halok bo‘lgan taqdirda uning oila a’zolarini
moddiy ta’minlash va boshqa);
b) huquqiy, o‘z navbatida ushbu choralar: jinoyat-huquqiy (himoya qilinayotgan
shaxslarning hayoti, sog‘ligi yoki mulkiga tajovuz qilganlik uchun javobgarlik belgilanishi) va
jinoyat-protsessual (dalillar to‘plash, protsess ishtirokchilari xavfsizligini ta’minlash tartibini
takomillashtirish) choralarga bo‘linadi;
v) jismoniy (shaxsni qo‘riqlash, turar-joy va xizmat binolarini muhofaza qilish va
boshqa) choralarga bo‘lish mumkin.
Bugungi kunda aksariyat davlatlarda guvohlarning xavfsizligini ta’minlash maqsadida,
sudda uning o‘zi qatnashmasdan audio va video texnikalardan foydalanib ko‘rsatuvlar olish
amaliyoti keng joriy etilmoqda. Bunday usullardan respublikamiz huquqni qo‘llash
amaliyotida foydalanish ijobiy natija beradi.
Guvohlik o‘z mazmuniga ko‘ra, ekspert xulosasi va tarjimadan farq qiladi, shuningdek,
turli usullardan foydalanib yolg‘on guvohlik berishga majbur qilish obyektiv tomoniga ko‘ra
boshqa jinoyat hisoblanadi.Shu sababli ushbu qilmishlar uchun javobgarlikni alohida
moddalarda belgilash lozim.
L.V.Brusnitsin ta’kidlaganidek, “guvohlarning xavfsizligini ta’minlashning protsessual
asoslari masalasi asosan guvohning shaxsiga oid ma’lumotlarni jinoyat-sudlov ishlarini
yuritishda inson huquq va erkinliklarini himoya qilish tushunchasi bilan bog‘liq. Xavsizlikni
ta’minlashning protsessual asoslari qatoriga protsess ishtirokchisining shaxsiy va mulkiy
xavfsizligini hamda uning yaqin qarindoshlarini kiritish mumkin” .
Page 115
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION
IF = 5.281
Volume 4, Issue 05, Part 2 May 2025
www.in-academy.uz
Ayrim protsessualist olimlarning ta’kidlashlaricha, “aksincha jinoyat hodisasi haqidagi
xabarni bergan shaxsning xavfsizligini ta’minlash maqsadida uning shaxsiga taalluqli
ma’lumotlarni yashirish, shuningdek jinoyat ishini qo‘zg‘atish qarorida jinoyat haqida xabar
bergan shaxsning ma’lumotlari o‘rniga “taxallus”dan foydalanish mumkin emas. Xabar bergan
shaxsning xavfsizligini jinoyat protsessining keyingi – dastlabki tergov bosqchida himoya
qilish o‘rinlidir .
Mazkur qarashning tarafdorlari o‘z fikrlarini uch jihatdan asoslaydilar:
birinchidan, mazkur bosqichda asosan jinoyat ishini qo‘zg‘atish yoki uni rad qilish
masalasi hal qilinadi Shu bois jinoyat haqida xabar bergan shaxsning huquqiy maqomi ham
aniq holatda emas;
ikkinchidan, jinoyat ishini qo‘zg‘atish qarorida real shaxs emas, balki taxallusga ixtibos
qilish himoya tarafida ko‘plab e’tirozlarni, ishonchsizlikni keltirib chiqarishi mumkin;
uchinchidan, jinoyat ishini yurituvchi vakolatli shaxslarning zimmasida bo‘lgan isbotlash
vazifasini amalga oshirishda jiddiy qiyinchiliklarni keltirib chiqarishi mumkin.
Xabar bergan shaxsning (arizachining), agar uning shaxsiy ma’lumotlarini sir saqlash
zaruriyati vujudga kelganda, qanday protsessual qoida yoki xavfsizlikni ta’minlash mexanizmi
ishga tushishi lozimligi bilan bog‘liq masalani hal etish lozim. Basharti guvohning yoki jinoyat
protsessining boshqa ishtirokchilarining xavfsizligini ta’minlash zarur bo‘lganda tergovga
qadar tekshiruvni amalga oshirayotgan shaxs muayyan protsessual qarorni, masalan qarorni
qabul qilishi lozim bo‘lsa, unda uni amalga oshiruvchi protsessual subyektga jinoyat ishini
qo‘zg‘atish yoki qo‘zg‘atishni rad qilish to‘g‘risidagi qarordan farqli ravishda, shaxsning
xavfsizligini ta’minlash choralarini ko‘rish to‘g‘risida qaror qabul qilish vakolatini ham berish
zarur bo‘ladi.
Adabiyotlar ro‘yxati:
1. Войников В.В. Указ. соч. С.16; Yeпихин А.Ю., Мишин А.В. Указ. соч. С. 55; Новикова М.В.
Указ. соч. С. 55.
. Епихин А.Ю., Мишин А.В. Ўша манба. Б-56.
3. Зайцев О.А. Государственная защита участников уголовного процесса. М., 2002. С.
4. Епихин А.Ю. Концепция обеспечения безопасности личности в сфере уголовного
судопроизводства: дис. ... д-ра юрид. наук. Сыктывкар, 2004. С. 122.
5. АвдеевМ.А. Ўша манба Б-21.
6. Соколов Д.С. Ўша манба Б-81, 125; Исаев А.Э. Ўша манба Б-181.
7. Чекулаев Д. Применение мер безопасности в отношении потерпевших и других
участников процесса. // Законность. -2005. -№5. –С.31.
8. Фитцжеральд Д. Программа обеспечения безопасности свидетелей. //
Правоохранительная деятельность в США. –М.: 1998. –С.174-177.
9. Воробьев И.А. Защита свидетелей как одно из ключевых условий эффективной
борьбы с организованной преступностью. // Журнал российского права. -1999. -№2. –
С.134.
10. Новикова М.Н. Обеспечение безопасности участников уголовного судопроизводства
как гарантия осуществления правосудия в современных условиях: Автореф. дисс….
канд. юрид. наук. –Екатеринбург: Уральский юридический институт МВД России, 2006.
–С.23.
Page 116
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION
IF = 5.281
Volume 4, Issue 05, Part 2 May 2025
www.in-academy.uz
11. Брусницын Л. Как обезопасить лиц, содействующих уголовному правосудию. //
Российская юстиция. -1996. -№9. –С.48.
12. Jo‘raboyev A. Voyaga yetmagan jabrlanuvchilarning shaxsiy xavfsizligini ta’minlashga oid
xorij qonunchiligi tahlili.// Falsafa va huquq. -2006. -№4. –S.45.
13. Меньших А.А. О возмещении ущерба жертвам преступлений во Франции. // Журнал
российского права. -1999. -№9. –С.48.
14. Вавилова Л.В. Организационно-правовые проблемы жертв преступлений (по
материалам зарубежной практики): Дисс… канд. юрид., наук. –М.: 1995. –С.105-139.
15. O‘zbekiston Respublikasi JPK 270-moddasi. https://lex.uz/acts/111460. Murojaat
qilingan sana: 07.01.2025-yil
16. O‘zbekiston Respublikasining “Jabrlanuvchilarni, guvohlarni va jinoyat protsessining
boshqa ishtirokchilarini himoya qilish to‘g‘risida”gi 2019-yil 14-yanvardagi O‘RQ-515-son
Qonuni.
17. O‘zbekiston Respublikasi JPK 380-moddasi. https://lex.uz/acts/111460. Murojaat
qilingan sana: 07.01.2025-yil
18. Удовыдченко И. В. Актульные проблемы использования псевдонимов в уголовном
процессе //Пробелы в российском законодательстве. №3, 2009. -С.145.
19. Ларичев В. Д., Сустретов П. А. Проблемы участия лиц, оказывающих содействие
органам внутренних дел на конфиденциальной основе, в уголовном судопроизводстве.
// Общество и право - 2013 - № 1 (43). –С. 193.
20. Исмаилов И. Жиноятчиликда уюшганлик: назария ва амалиёт муаммолари. Т. 2005.
140-б. 114
21. Исмаилов Б.И. Теоретические аспекты совершенствования законодательных основ
защите потерпевших, свидетелей и иных участников уголовного судопроизводства //
22. Федеральный закон от 20 августа 2004 г. «О государственной защите потерпевших,
свидетелей и иных участников уголовного судопроизводства» // СЗ РФ. 2004. № 34 Ст.
3534
23. Казахстана // Российский следователь. № 10. 2006 С 49-50.; Зайцев Е.О. Анонимный
свидетель в уголовном
24. США. М., 1998. С 174-177; Григорьев Ф.Г. Право свидетеля и других участников
уголовного