Авторы

  • Nodir Ashurov
    O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi mustaqil izlanuvchisi Ilmiy mutaxassisligi: 12.00.09 – Jinoyat protsessi. Kriminalistika, tezkor-qidiruv huquq va sud ekspertizasi.

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.cajei.126613

Ключевые слова:

xavfsizlik huquqiy xavfsizlik shaxsiy daxlsizlik gumon qilinuvchi ayblanuvchi sudlanuvchi jabrlanuvchi guvoh boshqa shaxslar dalillar

Аннотация

Maqolada ishni sudga qadar yuritish bosqichida xavfsizligi ta’minlanishi lozim bo‘lgan shaxslarning tasnifi va huquqiy jihatlari atroflicha tahlil qilingan. Muallif, ushbu bosqichda xavfsizligi ta’minlanishi kerak bo‘lgan shaxslar (jabrlanuvchilar, guvohlar, tergovchilar, advokatlar va boshqalar) to‘g‘risida ilmiy bahslar olib borgan. Maqolada, ushbu shaxslarning xavfsizligini ta’minlashni amalga oshirishda mavjud bo‘lgan muammolar va ularni huquqiy nuqtai nazardan tahlil qilish orqali, xavfsizlikni ta’minlashga oid takliflar va tavsiyalar ishlab chiqilgan. Shuningdek, jinoyat ishini sudga qadar olib borishda xavfsizlikni ta’minlashda amaldagi qonunchilik tizimidagi kamchiliklar va bu tizimni takomillashtirish zarurati ko‘rib chiqilgan. Muallif, sudga qadar yuritish bosqichida xavfsizlikni ta’minlashning yuridik jihatlarini chuqur tahlil qilib, uning jamiyat uchun ijtimoiy zaruratini yoritgan. Tahlil jarayonida, mavjud qonunchilikni takomillashtirish va sudga qadar yuritish bosqichida xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan konkret takliflar ilgari surilgan


background image

Page 154

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION

Volume 4, Issue 6, Part 2 Iyun 2025

www.in-academy.uz

ISHNI SUDGA QADAR YURITISH BOSQICHIDA

XAVFSIZLIGI TA’MINLANISHI LOZIM BO‘LGAN

SHAXSLARNING TASNIFI

Ashurov Nodir Nayimovich

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi

Akademiyasi mustaqil izlanuvchisi

Ilmiy mutaxassisligi: 12.00.09 – Jinoyat protsessi. Kriminalistika,

tezkor-qidiruv huquq va sud ekspertizasi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.15730768

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi: 15-Iyun 2025 yil

Ma’qullandi: 20-Iyun 2025 yil
Nashr qilindi: 24-Iyun 2025 yil

Maqolada ishni sudga qadar yuritish bosqichida
xavfsizligi ta’minlanishi lozim bo‘lgan shaxslarning
tasnifi va huquqiy jihatlari atroflicha tahlil qilingan.
Muallif, ushbu bosqichda xavfsizligi ta’minlanishi kerak
bo‘lgan

shaxslar

(jabrlanuvchilar,

guvohlar,

tergovchilar, advokatlar va boshqalar) to‘g‘risida ilmiy
bahslar olib borgan. Maqolada, ushbu shaxslarning
xavfsizligini ta’minlashni amalga oshirishda mavjud
bo‘lgan muammolar va ularni huquqiy nuqtai
nazardan tahlil qilish orqali, xavfsizlikni ta’minlashga
oid takliflar va tavsiyalar ishlab chiqilgan. Shuningdek,
jinoyat ishini sudga qadar olib borishda xavfsizlikni
ta’minlashda

amaldagi

qonunchilik

tizimidagi

kamchiliklar va bu tizimni takomillashtirish zarurati
ko‘rib chiqilgan. Muallif, sudga qadar yuritish
bosqichida

xavfsizlikni

ta’minlashning

yuridik

jihatlarini chuqur tahlil qilib, uning jamiyat uchun
ijtimoiy zaruratini yoritgan. Tahlil jarayonida, mavjud
qonunchilikni takomillashtirish va sudga qadar yuritish
bosqichida xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan
konkret takliflar ilgari surilgan

KEY WORDS

xavfsizlik,

huquqiy

xavfsizlik,

shaxsiy

daxlsizlik,

gumon

qilinuvchi,

ayblanuvchi,

sudlanuvchi, jabrlanuvchi, guvoh,
boshqa shaxslar, dalillar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning “Konstitutsiya va qonun

ustuvorligini ta’minlash, bu borada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda jamiyatda
huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida
ijtimoiy hayotning muayyan sohalari qatorida, jinoyat va jinoyat protsessi qonunchiligida
shaxs, uning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda qonuniylikka
amal qilish va umume’tirof etilgan inson huquqlarini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan bir qator
vazifalarni amalga oshirish lozimligi belgilandi

1

.

Respublikamizda jinoyatchilik ko‘rsatkichi, bunda fosh etilmagan jinoyatlarning ulushi

yil sayin ortib borayotganligi, ishni sudga qadar yuritishda odil sudlovga ko‘maklashuvchi
shaxslarning hamda jinoyat protsessining boshqa ishtirokchilarini xavfsizligini ta’minlashning

1

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-dekabr kungi “Konstitutsiya va qonun ustuvorligini ta’minlash,

bu borada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha qo‘shimcha
chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4551-sonli Qarori.


background image

Page 155

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION

Volume 4, Issue 6, Part 2 Iyun 2025

www.in-academy.uz

samarali mexanizmlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish, jamoatchilikda tergov
idoralariga nisbatan ishonch va xayrixohlik hissini oshirish borasida ilmiy tadqiqotlar
o‘tkazish zarurati mavjudligidan dalolat bermoqda. Inson huquqlari va erkinliklarini eng oliy
qadriyat deb e’lon qilish, ijtimoiy voqelikning barcha sohalarida xavfsizlikka intilish bilan
birga, shubhasiz, huquqiy davlat qurish yo‘lidagi eng muhim bosqichdir

2

.

Xavfsizlik hodisasi jinoyat protsessida asosiy o‘rinni egallaydi, uning davomida xavfsizlik

va uni ta’minlash bilan bog‘liq turli vaziyatlar va masalalar hal etiladi.

Jinoyat protsessida xavfsizlik fenomenini o‘rganish bu haqda yagona tushunchani

shakllantirish, huquqiy ta’rifni ishlab chiqish va amaliy muammolarni hal qilishda foydalanish
zarurati bilan bog‘liq.

Xavfsizlikning ilgari ko‘rib chiqilgan tarkibiy elementlari hodisa sifatida ijtimoiy

mavjudotning barcha sohalarida bir xil bo‘lib ko‘rinadi, ammo ularning mazmuni tegishli
huquq sohasining o‘ziga xos xususiyatlarini aks ettirishi lozim.

Jinoyat protsessida xavfsizlik tushunchasi ko‘plab mualliflar tomonidan uning tarkibiy

elementlarini umumiyligini tahlil qilish orqali shakllanadi: xavfsizlik obyektlari; xavfsizlikka
tahdid soladigan holatlar yoki xavfsizlikka tahdid; xavfsizlik subyektlari va xavfsizlikni
ta’minlash.

Fanda obyektiv voqelik hodisalari va predmetlarining mohiyati, xususiyatlari va belgilari

tushunchalar yordamida tavsiflanadi. Ushbu yo‘nalishda jinoyat protsessi sohasida
xavfsizlikni tushunchalar orqali idrok etiladigan va ta’riflanadigan hodisa deb hisoblash to‘g‘ri
ko‘rinadi.

Jinoyat protsessida xavfsizlik obyektlarini hisobga olgan holda, ularni mualliflar

tomonidan aniqlashga turli xil yondashuvlarga e’tibor berish lozim.

V.V.Voynikov jinoyat protsessida xavfsizlik obyektiga uchta guruhning himoyalangan

manfaatlarini kiritadi: jinoyat protsessi ishtirokchilarining hayoti, sog‘lig‘i va mulkiy
huquqlari; dastlabki tergovni amalga oshiruvchi organlari va sudning odil sudlovni ta’minlash
vazifalari; axborot muhiti

3

.

V.V.Voynikov tomonidan aniqlangan xavfsizlik obyektlarining birinchi guruhi borasida,

ushbu guruhni protsessual huquqlar bilan to‘ldiradigan D.A.Voronovning tanqidiy fikriga
qo‘shilish to‘g‘riroq ko‘rinadi

4

. Jinoyat protsessi ishtirokchilari o‘zlarining protsessual

huquqlarini amalga oshirish orqali uning vazifalarini bajarishga hissa qo‘shadilar. O‘zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasining 13-moddasiga binoan inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni,
qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi. Shuning uchun ularni
himoya qilish uchun konstitutsiyaviy yoki protsessual mulkiy yoki nomulkiy huquqlarga
bo‘lish maqsadga muvofiq emas, chunki ularning barchasi muhimdir. Ko‘rinib turibdiki,
xavfsizlik obyekti jinoyat protsessining har qanday ishtirokchisining huquq va erkinliklari
bo‘lib, bunga biror-bir trazda ta’sir etilishi jinoyat protsessining vazifalarini bajarishga
to‘sqinlik qilishiga sabab bo‘lishi mumkin

5

.

Sud oldida turgan odil sudlovni amalga oshirish vazifalari va dastlabki tergovni olib

boruvchi organlar oldida turgan vazifalarni qo‘shimcha xavfsizlik obyekti sifatida ajratib

2

Исаев А.Э. Феномен уголовно-процессуальной безопасности // Современная юридическая наука и практика:

сб. науч. ст. по матер. IV междунар. науч.-практ. форума. Саратов, 2019. С. 233-236.

3

Войников В.В. Указ. соч. С.12-13.

4

Воронов Д.А. Указ. соч. С. 24.

5

ИсаевА.Э. Указ. соч. С. 233-236


background image

Page 156

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION

Volume 4, Issue 6, Part 2 Iyun 2025

www.in-academy.uz

ko‘rsatishning hojati yo‘qdek tuyuladi. Xavfli ta’sir vazifalarga emas, balki ushbu vazifalarni
amalga oshiruvchi protsess ishtirokchilariga qaratilgan bo‘ladi.

Axborot muhitiga kelsak, uni xavfsizlik obyekti sifatida aniqlash to‘g‘ri ko‘rinadi. Jinoyat

ishining axborot muhitiga quyidagilar kiradi: jinoyat ishi materiallari; dalillarning barcha
turlari; jinoyat ishining har qanday ishtirokchilari to‘g‘risidagi ma’lumotlar, shuningdek
tergovning borishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar (tezkor va protsessual ma’lumotlar)

6

.

Jinoyat-protsessual qonunchiligiga ko‘ra, dastlabki tergov ma’lumotlari oshkor

qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Jinoyat ishidagi ma’lumotlarni oshkor qilmaslik uchun tergovchi
yoki surishtiruvchi jinoyat protsessi ishtirokchilarini dastlabki tergov ma’lumotlarini tegishli
ruxsatisiz oshkor qilishga yo‘l qo‘yilmasligi to‘g‘risida ogohlantirib ishtirokchilardan tilxat
oladi (JPKning 353-moddasi). Dastlabki tergov ma’lumotlarini tegishli ruxsatsiz oshkor qilish
(JKning 239-moddasi) jinoiy javobgarlikka tortish uchun asos bo‘ladi.

Jinoyat protsessi sohasida xavfsizlikning eng muhim obyekti shubhasiz inson hayoti va

sog‘lig‘idir. Shu bilan birga, sog‘liq ikki komponentdan iborat: jismoniy va ruhiy. Xavfsizlik
obyektiga bunday yondashuvni ko‘plab mualliflarda uchratish mumkin

7

.

M.V.Novikova xavfsizlikni “jinoyat protsessi ishtirokchilarining hayoti, sog‘lig‘i,

huquqlari va qonuniy manfaatlarini, shuningdek ularning mol-mulkini har qanday
tajovuzlardan himoya qilish holati va ushbu shaxslarning o‘z vazifalarini erkin bajarishi va
jinoyat protsessida o‘z huquqlarini amalga oshirishi” deb tariflaydi

8

.

Ushbu konsepsiyadan, ko‘rib chiqilgan xavfsizlik obyektlaridan tashqari, jinoyat

protsessi ishtirokchilarining qonuniy manfaatlarini, shuningdek ularga yuklatilgan vazifalarni
erkin bajarish va jinoyat protsessida o‘z huquqlarini amalga oshirish qobiliyatini ajratish
mumkin.

D.A.Voronov jinoyat protsessida xavfsizlik obyektini “erkinlikning dialektik birligi va

shaxsning jinoyat-protsessual huquq va majburiyatlarini amalga oshirish imkoniyati” sifatida
nazarda tutadi

9

. Shu bilan birga, muallifning so‘zlariga ko‘ra, jinoyat protsessual maqomini

amalga oshirish erkinligi “... jinoyat protsessi ishtirokchisining irodasi va uning oqibatida kelib
chiqadigan jinoyat-protsessual xatti-harakatlarning (qaror qabul qilish va jinoiy protsessga
tegishli harakatlarni sodir etish) xavfsizlikka tajovuz qiladigan ta’sirdan mustaqilligini
ta’minlaydigan shartlar to‘plamidir”. Jinoyat-protsessual huquq va majburiyatlarni amalga
oshirish imkoniyati – bu protsess ishtirokchilarining barcha huquq va majburiyatlarini
tashkiliy-huquqiy qo‘llab-quvvatlashning mavjudligi bo‘lib, masalan, jinoyat protsessining
ishtirokchisi mutanosib kompensatsiya yo‘qligi sababli odil sudlovga yordam berishdan bosh
tortadi

10

.

O‘zbekiston Respublikasi JPKning 270-moddasida nazarda tutilgan protsess

ishtirokchilari xavfsizligini ta’minlashga oid normalari haqida so‘z yuritganda, ushbu

6

Войников В.В. Указ. соч. С. 144.

7

Брусницын Л.В. Обеспечение безопасности лиц, содействующих уголовному правосудию: мировой

опыт и развитие российского законодательства (процессуальное исследование). М.,

2010. С. 3;

Шапакидзе В.Я. Обеспечение процессуальной безопасности частных лиц в досудебном уголовном
производстве: дис. ... канд. юрид. наук. Волгоград, 2002. С. 12; Епихин А.Ю., Мишин А.В. Обеспечение
безопасности лиц, содействующих уголовному судопроизводству. Казань, 2018. С. 26.

8

Новикова М.В. Указ. соч. С. 19.

9

Воронов Д.А. Указ. соч. С. 27.

10

Шапакидзе В.Я. Указ. соч.


background image

Page 157

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION

Volume 4, Issue 6, Part 2 Iyun 2025

www.in-academy.uz

Kodeksning protsessal chiqimlar bilan bog‘liq normalariga ham to‘xtalish maqsadga muvofiq
bo‘ladi.

Shuni aytish kerakki, jinoyat ishlari bo‘yicha odil sudlovni protsessual chiqimlarsiz

tasavvur qilib bo‘lmaydi. Mazkur institut jinoyat ishlarini yuritishning barcha bosqichlarida
protsessual harakatlarni amalga oshirishni tashkiliy-moddiy jihatdan ta’minlaydi,
ishtirokchilarning mulkiy manfaatlarini himoyalaydi. Umumiy qilib aytganda, u jinoyat
protsessining moliyaviy vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Protsessual chiqimlar mustaqil huquq
instituti sifatida amaldagi Jinoyat-protsessual kodeks 40-bobida aks etgan. Shuningdek,
JPKning 75-moddasida jabrlanuvchilar va ularning vakillariga, guvohlar, ekspertlar,
mutaxassislar, tarjimonlar va xolislarga ularning sarf xarajatlarini to‘lash majburiyati e’tirof
etilgan. Bundan tashqari,JPKning 212, 288, 304, 380, 381

12

, 457, 471, 572-moddalarida ham

protsessual xarajatlar instituti bilan bog‘liq masalalar bayon qilingan.

Protsessual chiqimlar instituti o‘z mohiyatiga ko‘ra, jinoyat protsessi ishtirokchilarining

iqtisodiy manfaatlarini kafolatlaydi. JPK hamda boshqa qonunosti hujjatlarni tahlil qilish
jarayonida yetarli darajada tartibga solinmagan ayrim munozarali masalalar ko‘zga
tashlanadi:

birinchidan,

JPKning 318-moddasida, jabrlanuvchining qonuniy vakili, fuqaroviy

da’vogar, guvohning advokatiga protsessual harakatlar o‘tkaziladigan joyga kelib ketish, turar
joyni ijaraga olish xarajatlarini qoplash uchun, shuningdek sutkalik xarajat puli tariqasida
beriladigan summalar to‘lanilishi nazarda tutilmagan.

ikkinchidan,

JPKning protsessual chiqimlar va ularni qoplash deb nomlangan 40-bobida

tarjimon xizmati uchun xarajatlar miqdorini belgilovchi norma mavjud emas. Biroq,
Kodeksning 75-moddasida, tarjimonning o‘z majburiyatlarini bajarganligi uchun sarf
xarajatlar qonunda belgilangan tartibda va miqdorda to‘lanishi nazarda tutilgan.

O‘zbekiston Respublikasining “Guvohlar, jabrlanuvchilar, ekspertlar, mutaxassislar,

tarjimonlar va xolislarning qilgan xarajatlarini to‘lash tartibi va miqdorlari to‘g‘risida”gi 1992-
yil 3-iyuldagi Qonuni (03.08.2022-yildagi O‘RQ-786-sonli Qonuni bilan 2022-yil 5-noyabrdan
o‘z kuchini yo‘qotgan)da tarjimon o‘z majburiyatlarini bajarganligi uchun sarf xarajatlarni
to‘lash tartibi va miqdori belgilangan bo‘lsada, tahlil qilingan hisobotlarga ko‘ra,
Respublikamizda 2022- yilning o‘n oyi davomida 2 nafar tarjimonga nisbatan jami 14.230.200
so‘m to‘lov, 2021-yil davomida 2 nafar tarjimonga nisbatan jami 1.505.200 so‘m to‘lov amalga
oshirilgan bo‘lib, 2020-yil davomida tarjimon xizmati uchun to‘lov amalga oshirilmagan.

Shuningdek, doimiy mashg‘ulotdan qoldirilganligi uchun, protsessual harakatlar amalga

oshirish joyiga chaqirilganligi uchun protsess ishtirokchilariga 2020-yilda, 2021-yilda va
2022-yilning o‘tgan o‘n oyi davomida protsessual chiqimlar uchun to‘lovlar amalga
oshirilmagan.

Yuqoridagi ko‘rsatgichlar shuni ko‘rsatadiki, protsessal chiqimlarni undirish bilan

bog‘liq qonun normalari nomigagina mavjud bulib, ular amalda ijro etilmasdan qolmoqda;

uchinchidan,

JPKning

319-moddasida

jabrlanuvchining

qonuniy

vakilini

surishtiruvchiga, tergovchiga, prokurorga yoki sudga chaqirilganligi bilan bog‘liq butkul vaqt
uchun uning ish joyida o‘rtacha ish haqi saqlab qolinishi nazarda tutilmagan.

Qonundagi bunday yondashuv, qonun chiqaruvchi jinoyat protsessining ayrim

ishtirokchilari manfaatlariga ustuvorlik berishga urinishi odil sudlovni fuqarolarning qonun
va sud oldida tengligi asosida amalga oshirish prinsipiga zid hisoblanadi;


background image

Page 158

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION

Volume 4, Issue 6, Part 2 Iyun 2025

www.in-academy.uz

to‘rtinchidan,

Jinoyat-protsessual kodeksining 320-moddasi oltinchi qismiga ko‘ra,

surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudga qonunda belgilangan tartibda chaqirilgan
protsess ishtirokchisining uzrsiz sabablarga ko‘ra kelmasligi oqibatida ishning sudda
ko‘rilishini yoxud tergov harakatlari o‘tkazishni kechiktirish bilan bog‘liq protsessual
chiqimlar ana shu kelmagan shaxsdan undiriladi.

Biroq, mazkur qonun normasi amalda ijro etilmadan qolmoqda. JPKning protsess

ishtirokchilari huquq va majburiyatlari ko‘rsatilgan moddalarida ushbu normani aks ettirish,
protsess ishtirokchisining mas’uliyatini oshirish bilan bir qatorda uning javobgarligini ham
belgilaydi;

beshinchidan,

Jinoyat-protsessual kodeksining 320-moddasi yettinchi qismida, advokat

uzrsiz sabablarga ko‘ra kelmagani uchun tegishli advokatlar byurosiga, hay’atiga yoki
firmasiga moddiy javobgarlik yuklatilishi mumkinligi qayd etilgan bo‘lsada, ammo qonun
chiqaruvchi himoya huquqini ta’minlovchi advokat bilan teng maqomda bo‘lgan davlat
ayblovchisining uzrsiz sabablarga ko‘ra sudga kelmagani uchun zimmasiga moddiy
javobgarlikni yuklashni nazarda tutmagan. Bu esa o‘z- o‘zidan taraflarning o‘zaro tenglik
prinsipi buzilishiga olib keladi;

oltinchidan,

Jinoyat-protsessual kodeksining 320-moddasi to‘qqizinchi qismida,

jabrlanuvchining shikoyati bo‘yicha qo‘zg‘atilgan ish yuzasidan sudlanuvchi oqlangan
taqdirda sud protsessual chiqimlarni ish yuritilishiga sabab bo‘lgan shikoyatni bergan
shaxsdan to‘liq yoki qisman undirishga haqli ekanligi ko‘rsatilgan. Jinoyat qonunchiligiga
ko‘ra, isbotlash majburiyati jinoyat ishini yuritishda mas’ul bo‘lgan davlat organlari,
mansabdor shaxslar zimmasiga yuklatilgan. Sudlanuvchining oqlanishi garchand, uni jinoyat
sodir etganligini tasdiqlovchi dalillar mavjud bo‘lsada, ammo ushbu dalillar uni ayblash uchun
yetarli bo‘lmaganligi (dalillar yo‘q qilingan, oradan ancha muddat o‘tganligi bois dalillar
yaroqsiz bo‘lib qolgan, guvohlar yolg‘on ko‘rsatuv berganligi va boshqa) sababli kelib chiqgan
bo‘lsa, bunday holatda protsessual chiqimlarni shikoyat bergan shaxsdan undirish fikrimizcha
asossiz va mantiqsiz hisoblanadi. Agar shikoyat bergan shaxsning harakatlarida yolg‘on
ko‘rsatuv berish yoki tuhmat qilish kabi jinoyat alomatlari aniqlansa, bunday holatda
prorsessual chiqimlarning uning zimmasiga yuklatishni belgilash maqsadga muvofiq bo‘ladi;

yettinchidan,

Jinoyat-protsessual kodeksining 542-moddasi birinchi qismiga ko‘ra,

hukmni ijro etish to‘g‘risidagi masalalar sudya tomonidan prokuror hamda mahkum
ishtirokida sud majlisida hal qilinadi. Mahkumning ushbu Kodeks 532-moddasida nazarda
tutilgan huquqlari ta’minlanadi. Sudya voyaga yetmagan, shuningdek jismoniy nuqsonlari
bo‘lgan yoki ruhiy holati buzilgan mahkumlarga doir hukmlarni ijro etish bilan bog‘liq
masalalarni ko‘rib chiqayotganida himoyachi ishtirok etishi shart.

Jinoyat-protsessual kodeksining 580-moddasiga ko‘ra, tibbiy yo‘sindagi majburlov

chorasini uzaytirish, o‘zgartirish yoki tugatish va ish yuritishni umumiy tartibda tiklash
to‘g‘risidagi masalalarni sud tomonidan ko‘rib chiqishda, sud majlisida prokuror va
himoyachining ishtirok etishi shart.

Ish bo‘yicha voyaga yetmagan, shuningdek jismoniy nuqsonlari bo‘lgan yoki ruhiy holati

buzilgan mahkumlarga doir hukmlarni ijro etish bilan bog‘liq masalalar, ya’ni mahkumni
kasalligi, nogironligi sababli jazoni o‘tashdan ozod etish to‘g‘risidagi, jazoni muddatidan ilgari
ozod qilish haqidagi, jazoni shartliligini bekor qilish haqidagi, bir jazoni o‘tash koloniyasidan
boshqa tartibli koloniyaga o‘tkazish haqidagi va shu kabi boshqa ishlarda shuningdek, tibbiy


background image

Page 159

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION

Volume 4, Issue 6, Part 2 Iyun 2025

www.in-academy.uz

yo‘sindagi majburlov chorasini uzaytirish, o‘zgartirish yoki tugatish va ish yuritishni umumiy
tartibda tiklash to‘g‘risidagi masalalarni sud tomonidan ko‘rib chiqishda advokat tomonidan
ko‘rsatilgan yuridik yordam uchun to‘lovni amalga oshirish tartibi qonunda belgilanmagan;

sakkizinchidan,

Vazirlar Mahkamasining “advokatlar tomonidan ko‘rsatilgan yuridik

yordam uchun davlat hisobidan haq to‘lash mexanizmini takomillashtirish chora-tadbirlari
to‘g‘rsida”gi 2008-yil 20-iyundagi 137-sonli qaroriga ko‘ra, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi
sudlanuvchi himoyachidan voz kechish bilan bog‘liq protsessual harakatda advokat ishtirok
etishi hollarida, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi JPK 52-moddasi ikkinchi qismiga
muvofiq jinoyat ishida himoyachining qatnashishi majburiy deb hisoblangan hollarda ham
yuridik yordam uchun haq to‘lash bo‘yicha xarajatlar davlat hisobiga o‘tkazilishi qayd
etilgan

11

.

Adliya vazirligi va Moliya vazirligining “gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki

sudlanuvchiga advokatlar tomonidan yuridik yordam ko‘rsatish bo‘yicha xarajatlarni davlat
hisobiga o‘tkazish tartibi to‘g‘rsidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga ko‘ra, gumon
qilinuvchi, ayblanuvchi sudlanuvchining advokatlar tomonidan ko‘rsatilgan yuridik yordam
uchun xarajatlardan ozod qilingan hollarda yuridik yordam uchun xarajatlar davlat hisobiga
o‘tkazilishi tartibi belgilangan

12

.

Oliy sud Plenumining 2009-yil 24-noyabrdagi “Jinoyat ishlari bo‘yicha protsessual

chiqimlarni undirish amaliyoti to‘g‘risida”gi 13-son qarorida sudlar tomonidan jinoyat
ishlarini yuritishda protsessual chiqimlarni qoplash masalasida JPK, qonun va qonunosti
hujjatlarga amal qilishlari lozimligi haqida tushuntirishlar berilgan.

Yuqorida qayd etilgan har ikkala qonunosti hujjatlar, jinoyat ishi doirasida advokatlar

tomonilan ko‘rsatilgan yuridik yordam uchun haq to‘lash tartibi va miqdorini belgilashni
nazarda tutadi xolos. Biroq, hukm, ajrim, qarorni ijro etish bilan bog‘liq masalalarni hal
etishda advokat ishtiroki shart bo‘lgan protsessual harakatlarda advokat uchun haq to‘lash
tartibi, biror qonun yoki qonunosti hujjatlar bilan tartibga solinmagan.

O‘zbekiston Respublikasining “Guvohlar, jabrlanuvchilar, ekspertlar, mutaxassislar,

tarjimonlar va xolislarning qilgan xarajatlarini to‘lash tartibi va miqdorlari to‘g‘risida”gi
Qonuni 1992-yilda qabul qilingan bo‘lsa-da, ushbu qonun amalda ishlamagan, ushbu qonun
o‘rniga biror-bir normativ hujjat qabul qilinmasdan, 03.08.2022-yildagi O‘RQ-786-sonli
Qonun bilan o‘z kuchini yo‘qotganligi ham, bu qonunga biror zarurat yo‘qligini anglatadi.

Jinoyat-protsessual kodeksining 1-moddasiga ko‘ra, Respublika hududida jinoyat

ishlarini yuritish tartibi JPK bilan belgilanishi, jinoyat ishlarini yuritishning ushbu Kodeksda
belgilangan tartibi barcha sudlar, prokuratura, tergov, surishtiruv organlari, advokatura,
shuningdek fuqarolar uchun yagona hamda majburiydir.

Ushbu kodeks mazmunidan kelib chiqib, protsessual chiqimlarnining turlari, ularni

qoplash tartibi va asoslari jinoyat ishlarini yuritishning yagona tartibini belgilovchi Jinoyat-
protsessual kodeksi bilan tartibga solinishi shart hisoblanadi.

11

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “advokatlar tomonidan ko‘rsatilgan yuridik yordam uchun davlat

hisobidan haq to‘lash mexanizmini takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘rsida”gi 2008-yil 20-iyundagi 137-sonli
qarori.

12

O‘zbekiston Respublikasining Adliya vazirligi va Moliya vazirligining “gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki

sudlanuvchiga advokatlar tomonidan yuridik yordam ko‘rsatish bo‘yicha xarajatlarni davlat hisobiga o‘tkazish tartibi
to‘g‘rsidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi 2008-yil 26-noyabrdagi 8-son,109-sonli qarori (02.12.2008-yilda 1878-son
bilan Adliya vazirligi tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan)


background image

Page 160

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION

Volume 4, Issue 6, Part 2 Iyun 2025

www.in-academy.uz

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Sud-huquq tizimini

yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini
kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 4850-sonli Farmoni, 2018-yil 14-maydagi “Jinoyat
va jinoyat-protsessual qonunchiligi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi 3723-sonli qarorlarida “Jinoyatdan jabrlangan shaxslarga yetkazilgan zararni
qoplash va ko‘maklashishning samarali mexanizmlarini o‘rnatish”ga oid boshqa normativ-
huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalardan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasining
“Jabrlanuvchilarni, guvohlarni va jinoyat protsessining boshqa ishtirokchilarini himoya qilish
to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilindi. Unga asosan, jabrlanuvchilarning, guvohlarning va jinoyat
protsessi boshqa ishtirokchilarining hayoti, sog‘lig‘i hamda mol-mulkiga tajovuz tahdidi
mavjud bo‘lganda qo‘llaniladigan, jinoyatlarning oldini olishga yoki ularni fosh etishga
ko‘maklashadigan, xavfsizlik va ijtimoiy himoya qilish choralarini o‘z ichiga oladigan chora-
tadbirlar tizimini, shuningdek, ularni qo‘llashning asoslari hamda tartibining umumiy
yo‘nalishlari belgilab berilgan.

Lekin yuqoridagi normativ xujjatlarda jabrlanuvchilarga kompensatsiya to‘lash

masalasining aniq mexanizmi ishlab chiqilmagan. 1985-yil 29-noyabrda BMT tomonidan
“Jinoyat va hokimiyatni suiiste’mol qilish jabrlanuvchilari uchun adolatning asosiy tamoyillari
to‘g‘risida”gi Deklaratsiyasi qabul qilingan. Unga ko‘ra, jabrlanuvchilarga yetkazilgan zarar
huquqbuzar tomonidan to‘liq undirib olinishi aytib o‘tilgan. Agar yetkazilgan zararni
xuquqbuzardan yoki boshqa manbalardan qoplash imkoniyati mavjud bo‘lmasa, davlat
jabrlanuvchilarni kompensatsiya bilan ta’minlash choralarini ko‘rishi lozimligi qayd etilgan.
Ushbu hujjatda jabrlanuvchiga yetkazilgan zarar quyidagi usullar orqali ta’minlanishi
ko‘rsatilgan: Restutsiya; Kompensatsiya; Reabilitatsiya; Jabrlanuvchilarga zarur bo‘lgan
moddiy, tibbiy, psixologik va ijtimoiy yordam.

O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida reabilitatsiya hamda jabrlanuvchilarga zarur

moddiy, tibbiy, psixologik va ijtimoiy yordam ko‘rsatish amaliyoti qo‘llanilib kelmoqda.
Xususan, Jinoyat-protsessual kodeksining 83-moddasida reabilitatsiya uchun asoslar mavjud
bo‘lib, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi ish qo‘zg‘atilgan va tergov harakatlari yoki
sud muhokamasi o‘tkazilgan ish bo‘yicha jinoiy hodisa yuz bermagan bo‘lsa, uning qilmishida
jinoyat tarkibi bo‘lmasa, uning sodir etilgan jinoyatga daxli bo‘lmasa, shaxs aybsiz deb
topilishi va reabilitatsiya etilishi lozimligi aks etgan. Reabilitatsiya etilgan shaxs qonunga xilof
ravishda ushlab turilgani, ehtiyot chorasi sifatida qonunga xilof ravishda qamoqda saqlangani
yoki uy qamog‘iga joylashtirilgani, pasportining amal qilishi qonunga xilof ravishda to‘xtatib
turilgani, ishda ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilingani tufayli vazifasidan
qonunga xilof ravishda chetlashtirilgani yoxud tibbiy muassasaga qonunga xilof ravishda
joylashtirilgani natijasida unga yetkazilgan mulkiy zararni undirish hamda ma’naviy ziyon
oqibatlari bartaraf etilishini talab qilish huquqiga ega ekanligi qayd etilgan. Bundan tashqari,
jabrlanuvchilarga zarur moddiy, tibbiy, psixologik va ijtimoiy yordam ko‘rsatish amaliyoti
ham joriy etilgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 5-
noyabrdagi “Odam savdosi jabrdiydalariga yordam berish va ularni himoya qilish bo‘yicha
Respublika reabilitatsiya markazini tashkil etish to‘g‘risida”gi 240-sonli qaroriga asosan
Odam savdosi jabrdiydalariga yordam berish bo‘yicha Respublika reabilitatsiya markazi o‘z
faoliyatini olib bormoqda. Bundan tashqari, Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish
markazi ham o‘z faoliyatini samarali olib bormoqda. Ushbu markazlarda jabrlanuvchilarga


background image

Page 161

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION

Volume 4, Issue 6, Part 2 Iyun 2025

www.in-academy.uz

tibbiy, psixologik, yuridik va ijtimoiy yordam ko‘rsatilib kelinmoqda.

Jinoyat protsessida ishtirokchilar xavfsizligini ta’minlash instituti Jinoyat-protsessal

kodeksi hamda O‘zbekiston Respublikasining “Jabrlanuvchilarni, guvohlarni va jinoyat
protsessining boshqa ishtirokchilarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni bilan tartibga
solinadi. Ushbu Qonunning 26-moddasiga ko‘ra, himoya qilinuvchi shaxslarni himoya qilish
choralarini moliyalashtirish va moddiy-texnik jihatdan ta’minlash budjet mablag‘lari hamda
himoya qilishni ta’minlovchi davlat organlariga shu maqsadlar uchun ajratiladigan,
qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi. Himoya
qilinuvchi shaxslarni himoya qilishni ta’minlash bilan bog‘liq xarajatlar ushbu shaxslarning
zimmasiga yuklatilishi mumkin emas.

Protsess ishtirokchilarining xavfsizligini ta’minlash maqsadida qo‘llaniladigan choralar

ishtirokchilarning huquqlarini, qonuniy manfaatlarini kafolatlash bilan bir qatorda tabiiyki
protsessual chiqimlarni taqazo etadi.

Jinoyat ishini sudga qadar yuritish bosqichida ham, sud muhokamasi davomida ham

qo‘llanilishi nazarda tutitilgan xavfsizlik choralarini qo‘llash bilan bog‘liq xarajatlarni
protsessual chiqim sifatida ko‘rsatish va jinoyat protsessual qonunchiligi tegishli normalarida
qayd qilinishi protsess ishtirokchilarining mulkiy huquqlarini ta’minlovchi jinoyat ishlarini
yuritishda protsessual chiqimlarni tartibga soluvchi yagona protsessual institutni
shakllanishiga xizmat qiladi.

Shu o‘rinda jinoyat protsessida o‘z manfaatlarini himoya qiladigan gumon qilinuvchi,

ayblanuvchi, sudlanuvchi, mahkum kabi ishtirokchilarni himoya qilish choralarini ko‘rish
bilan bog‘liq xarajatlarni ham protsessual xarajatlarga kiritish to‘g‘rimi, degan savol tug‘ilishi
mumkin.

Fikrimizcha, ushbu shaxslarni himoya qilish choralarini ko‘rish bilan bog‘liq xarajatlarni

protsessual xarajatlar toifasiga kiritish qonunan va mantiqan to‘g‘ri bo‘ladi. Negaki, gumon
qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi yoki ularning yaqin qarindoshlarining xavfsizligiga
ushbu jinoyat ishiga aloqasi bo‘lgan yoki tergov davomida fosh qilinmagan boshqa
jinoyatchilar yoxud jabrlanuvchining yaqin qarindoshlari tomonidan tahdidlar qilinishi
mumkin. Mavjud tahdidlardan himoya qilish choralarining o‘z vaqtida ko‘rilmasligi jinoyat
protsessi ishtirokchilarining o‘z zimmasidagi protsessual majburiyatlarini bajarmasliklariga
sabab bo‘lib, isbot qilish jarayoniga salbiy ta’sir etishi mumkin. Bundan tashqari, ish bo‘yicha
jabrlanuvchining qonuniy manfaatlarini muhofaza qilish bilangina cheklanib, gumon
qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi hamda ularning yaqin qarindoshlarining hayoti, sog‘lig‘i,
mulki va boshqa manfaatlarini xavf ostida qoldirish jinoyat-protsessual qonun hujjatlarining
maqsad va vazifalari hamda prinsiplariga ham zid hisoblanadi.

Shu sababli, jabrlanuvchilarni, guvohlarni va jinoyat protsessining boshqa

ishtirokchilarini himoya qilish choralarini ko‘rish bilan bog‘liq xarajatlarni to‘lig‘icha
protsessual xarajatlarga kiritish va amaldagi Jinoyat-protsessual kodeksiningning 318-
moddasi birinchi qismini

“protsess ishtirokchilari xavfsizligini ta’minlash bilan bog‘liq

xarajatlardan”

degan 7

2

-band bilan to‘ldirish lozim bo‘ladi.

Fikrimizcha, jinoyat protsessi ishtirokchilarining xavfsizligini ta’minlash bilan bog‘liq

xarajatlarni moliyalashtirish maqsadida alohida fond tashkil etish va ushbu fond
xuquqbuzarliklar uchun to‘langan jarimalar, mahkumlarning ish haqlari, jinoiy faoliyatdan
olingan daromadlar, jinoyatchilarning xatlangan va sotilgan mulki hisobidan to‘ldirib borilishi


background image

Page 162

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION

Volume 4, Issue 6, Part 2 Iyun 2025

www.in-academy.uz

lozim.

Protsess ishtirokchilarining qonuniy manfaatlariga kelsak, agar ular qonunga

asoslangan manfaatlar bo‘lsa hamda ularga nisbatan bo‘ladigan jinoiy ta’sir odil sudlovni
amalga oshirishda to‘siqlar yaratishi mumkin bo‘lsa, ularni xavfsizlik obyektlari tarkibiga
kiritish to‘g‘riroq ko‘rinadi.

Ba’zi mualliflar hayotiy manfaatlarni jinoyat protsessining xavfsizlik obyekti sifatida

haqli ravishda ajratib ko‘rsatadilar. Bunda hayot, sog‘liq, mulk, shuningdek shaxsning sha’ni
va qadr-qimmatini nazarda tutadilar.

A.Yepixin tomonidan ilgari surilgan xavfsizlik tushunchasi tahlil qilinganda, muallif o‘z

qarashlarida jinoyat protsessida himoya qilinadigan shaxsni himoya qilish obyektiga murojaat
qilishiga e’tibor qaratish lozim deb hisoblaydi. Shaxs deganda uning protsessual maqomidan,
shuningdek konstitutsiyaviy huquqlarga ega bo‘lishi va ularga rioya etilishidan, davlat
tomonidan himoya qilinishi zarurligidan qat’iy nazar, jinoyat protsessida ishtirok etuvchi har
qanday shaxs deb hisorblaydi

13

. Xuddi shunday L.V.Brusnisin shaxsni xavfsizlikning obyekti

sifatida ko‘rsatadi

14

.

Shunday qilib, ba’zi mualliflar shaxsni, individni xavfsizlik obyekti deb atashsa,

boshqalari jinoyat protsessi ishtirokchilarining hayoti, sog‘lig‘i, sha’ni, qadr-qimmati,
huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga murojaat qilishadi. Ko‘rinib turibdiki,
yuqoridagi xavfsizlik obyektlariga nisbatan ishlatiladigan terminologiyaning ikkala varianti
ham joizdir, chunki hayot, sog‘liq, huquqlar, erkinliklar va qonuniy manfaatlar ularning
tashuvchisining shaxsiyati bilan uzviy bog‘liqdir. Quyidagi savol muhim ahamiyatga ega:
kimning hayoti, huquq va erkinliklari, aynan qaysi shaxslar jinoyat protsessida xavfsizlik
obyekti hisoblanadi? Nafaqat guvohlar, jabrlanuvchilar, ularning qarindoshlari va yaqin
kishilari, balki tergovga qadar tekshiruv organlari xodimlari, surishtiruvchilar, tergovchilar,
prokurorlar, sudyalar, xalq maslahatchilari, sud majlisi kotiblari gumon qilinuvchi
(ayblanuvchi), sudlanuvchi, mahkum, shuningdek qonunda belgilangan tartibda sudlanganlik
muddati tugallangan yoki olib tashlangan shaxs ham himoya qilinadi. Ayrim shaxslar oqlov
(ayblov) hukmi e’lon qilinganidan keyin ham yoki jazoni o‘tash paytida ham himoyaga muhtoj
bo‘lishi mumkin

15

.

Tergovchi, surishtiruvchi, tergovga qadar tekshiruv organlari rahbar va xodimlari,

tergov organi rahbari, surishtiruv organi rahbari, prokuror, sudya, sud majlisi kotibi, xalq
maslahatchilarining hayoti, sog‘lig‘i, sha’ni, qadr-qimmati, mol-mulkiga nisbatan jinoiy
tajovuzlar ularga qonun bilan berilgan vakolatlarning erkin amalga oshirilishiga to‘sqinlik
qilishi mumkin. Shu bois, jinoyat protsessining xavfsizligi obyektlariga jinoyat ishini
yuritishga mas’ul bo‘lgan davlat organlari va mansabdor shaxslarni kiritish lozim.

Jinoyat-protsessual

kodeksining

270-moddasiga

muvofiq,

jinoyat

protsessi

ishtirokchilarining ham, ularning yaqin qarindoshlarining huquq va erkinliklarini himoya
qilish kafolati qonuniy ravishda belgilangan. Yuqoridagi norma O‘zbekiston Respublikasining
“Jabrlanuvchilarni, guvohlarni va jinoyat protsessining boshqa ishtirokchilarini himoya qilish
to‘g‘risida”gi Qonunida ham qayd etilgan.

13

Yeпихин А.Ю. Концепция обеспечения безопасности личности в сфере уголовного

судопроизводства: дис. ... д-ра юрид. наук. Сыктывкар, 2004. С. 114-131.

14

Брусницын Л.В. Правовое обеспечение безопасности лиц, содействующих уголовному правосудию. М., 1999.

С. 3

15

Епихин А.Ю. Указ. соч. С. 120


background image

Page 163

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION

Volume 4, Issue 6, Part 2 Iyun 2025

www.in-academy.uz

D.A.Voronov jinoyat protsessi ishtirokchilarining yaqin shaxslari xavfsizlik obyektlariga

kiritilmasligi lozim, chunki ularni himoya qilish faqat daliliy ma’lumot manbai bo‘lgan
protsess ishtirokchilarining xavfsizligini ta’minlash vositasidir

16

deb hisoblapydi. Bu borada

qonun chiqaruvchining pozitsiyasi yanada ishonchli ko‘rinadi. Ba’zi mualliflar haqli ravishda
hayoti, sog‘lig‘i, huquq va erkinliklari jinoiy tajovuzlardan himoya qilinishi lozim bo‘lgan
shaxslarning tarkibini kengaytirishni taklif qilmoqdalar. Masalan, tergovga qadar tekshiruv va
jinoyat ishi qo‘zg‘atish bosqichida ariza beruvchi, guvoh, jinoyat qurboni muayyan protsessual
maqomga ega emas va O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksida nazarda
tutilgan xavfsizlik choralari ularga to‘liq tadbiq etilmaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi talabiga ko‘ra, yuridik shaxslar

jinoyat protsessi ishtirokchilari hisoblanmasada, jinoyat ishi bo‘yicha nafaqat jismoniy
shaxslarga, balki yuridik shaxslarning mol-mulkiga yoki ishbilarmonlik obro‘siga zarar
yetkazilish ehtimoli ham mavjud. Ushbu yo‘nalishda yuridik shaxslarning mulkiy va
ishbilarmonlik obro‘sini jinoyat protsessi sohasidagi xavfsizlik obyekti sifatida ko‘rib chiqish
to‘g‘ri ko‘rinadi.

Shu bois JPKning 270-moddasi birinchi qismini quyidagi mazmunda to‘ldirish lozim

bo‘ladi:

“Jabrlanuvchi, guvoh yoki jinoyat ishida ishtirok etayotgan boshqa shaxslar, shuningdek

ularning oila a’zolari yoki yaqin qarindoshlariga nisbatan o‘ldirish, tan jarohati yetkazish, mol-
mulkini yo‘q qilish yoki unga zarar yetkazish, shuningdek boshqa g‘ayrihuquqiy xatti-harakatlar
bilan tahdid qilinayotgani haqida yetarli asoslar mavjud bo‘lgan hollarda, tergovga qadar
tekshiruvni amalga oshiruvchi organ, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud ularning hayoti,
sog‘lig‘i, sha’ni, qadr-qimmati va mol-mulkini himoya qilish, shuningdek aybdor shaxslarni
aniqlash va ularni javobgarlikka tortish choralarini ko‘rishlari shart.

Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organ mansabdor shaxsi, surishtiruvchi,

tergovchi, prokuror yoki sud jinoyat protsessual qonunchiligida nazarda tutilgan xavfsizlik
choralarini qo‘llash to‘g‘risida qaror qabul qilishga haqlidir.

Mazkur qaror jinoyat ishining tergovga tegishliligi inobatga olingan holda tegishli ichki

ishlar organlari yoki O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatiga yuboriladi.

Agar jinoyat ishi sud yoki prokuratura organlari yurituvida bo‘lsa, himoya choralarini

qo‘llash to‘g‘risidagi qaror himoya qilinayotgan shaxslar joylashgan yerdagi ichki ishlar
organlariga beriladi.

Ichki ishlar organlari va O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati tahdid tahdid

solayotgan shaxslarga oid jinoyat ishidagi mavjud ma’lumotlardan, bu xavfning ehtimoliy
xususiyati, manbalari, sodir etilishi mumkin bo‘lgan joyi, vaqti va boshqa holatlari haqida o‘z
vaqtida xabardor qilinishi lozim”.

Jinoyat protsessida xavfsizlik obyektlari haqida turli mualliflarning nuqtai-nazarlarini

umumlashtirib, quyidagi to‘xtamga kelish mumkin: 1) jinoyat protsessining barcha
ishtirokchilarining, shu jumladan xavfli ta’siri qonun bilan ularga berilgan vakolatlarni erkin
amalga oshirishga to‘sqinlik qilishi mumkin bo‘lgan odil sudlovni amalga oshiruvchi davlat
organlari mansabdor shaxslarining, shu jumladan ularning qarindoshlari shuningdek
protsessual maqomga ega bo‘lmagan ammo jinoyat protsessida ishtirok etgan shaxslarning

16

ВороновД.А. Указ. соч. С. 23.


background image

Page 164

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION

Volume 4, Issue 6, Part 2 Iyun 2025

www.in-academy.uz

hayoti, sog‘lig‘i, sha’ni va qadr-qimmati

17

; 2) jinoyat protsessi ishtirokchilarining huquqlari,

erkinliklari, qonuniy manfaatlari hamda mol-mulki; 3) yuridik shaxslarning mulki va
ishbilarmonlik obro‘si; 4) muayyan jinoyat ishi bo‘yicha axborot muhiti.

Jinoyat protsessi sohasidagi xavfsizlik subyektlariga kelsak, protsessual adabiyotlarda

ularni tasniflash uchun turli asoslar mavjud: Vakolatli organ yoki mansabdor shaxs tomonidan
amalga oshiriladigan funksiyalar; qonuniy manfaatlar;

protsessning muayyan ishtirokchisining roli va maqsadi; protsessual va boshqa

faoliyatning maqsadlari.

Yuqoridagi bo‘linmalar huquqni amalga oshirish kontekstida amalga oshiriladi. Shu

bilan birga, jinoyat protsessida xavfsizlik fenomeni nafaqat qonunni amalga oshirish
protsessida, balki qonun ijodkorligi protsessida ham ko‘rib chiqilishi lozim. Jinoyat
protsessida xavfsizlik masalalarini hal qilish bilan bog‘liq bo‘lgan protsess asosida muayyan
huquq subyektlari qonun ijodkorligi yoki huquqni qo‘llash protsessida ishtirok etadilar, ularni
ikkita katta guruhga bo‘lish mumkin.

Birinchi guruhga, jinoyat-protsessual sohasida xavfsizlik masalalari va uni ta’minlash

bo‘yicha qonunchilikni amalga oshiruvchi vakolatli shaxslar va organlar kiradi.

Ikkinchi guruhga, jinoyat protsessi sohasida xavfsizlik va uni ta’minlashni tartibga

soluvchi huquqiy qoidalarni qo‘llashni amalga oshiruvchi barcha shaxslar va organlar.

Ikkinchi guruhni quyidagi kichik guruhlarga bo‘lish mumkin:
1) jinoyat protsessining ishtirokchilari, shuningdek xavfsizlikni ta’minlash vakolatiga

ega bo‘lgan boshqa shaxslar va organlar;

2) xavfsizligi ta’minlangan jinoyat protsessining ishtirokchilari, shuningdek boshqa

shaxslar.

Vakolatga ega bo‘lgan birinchi kichik guruh ishtirokchilarini quyidagilarga bo‘lish

mumkin: xavfsizlikni ta’minlash to‘g‘risida qaror qabul qiluvchilar; xavfsizlikni amalga
oshiruvchilar; xavfsizlik ustidan nazoratni amalga oshiruvchilar.

Qonun chiqaruvchi protsess ishtirokchilarini himoya qilishni ta’minlash to‘g‘risidagi

qaror qaror qabul qiluvchi organlarga: tergovga qadar tekshiruvni amalga oshirayotgan
organ; surishtiruv organi; dastlabki tergov organlari; sud (sudya)ni kiritadi. Shuningdek,
vaqtincha saqlash hibsxona rahbari va Tergov xibsxonasi rahbari vaqtincha saqlash va tergov
hibsxonasida saqlanadigan shaxslarning xavfsizligini ta’minlashda ishtirok etadilar.

Xavfsizlikni ta’minlash uchun bevosita javobgar shaxslar va organlar tarkibiga tezkor-

qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi barcha organlar kiradi, shu jumladan: ichki ishlar
organlari; davlat xavfsizlik xizmati; Jazoni ijro etish tizimi organlari va muassasalari (tergov
hibsxonasida yoki jazoni o‘tash joylarida bo‘lgan shaxslarga nisbatan xavfsizlik choralarini
amalga oshirish);

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha nazorat faoliyati: Tergovga qadar tekshiruv organi

rahbari; surishtiruv organi rahbari; tergov organi rahbari; prokuror; jinoyat ishi
yuritilayotgan sud (sudya).

Jinoyat-protsessual kodeksi va “Jabrlanuvchilarni, guvohlarni va jinoyat protsessi

boshqa ishtirokchilarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq:

17

Исаев А.Э

.

Феномен уголовно-процессуальной безопасности // Современная юридическая наука и

практика: сб. науч. ст. по матер. IV междунар. науч.-практ. форума. Саратов, 2019. С. 233.


background image

Page 165

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION

Volume 4, Issue 6, Part 2 Iyun 2025

www.in-academy.uz

1) jabrlanuvchi va uning qonuniy vakili;
2) guvoh;
3) jamoat ayblovchisi va jamoat himoyachisi;
4) gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, ularning himoyachilari va qonuniy

vakillari;

5) mahkum, oqlangan shaxs, o‘ziga nisbatan jinoyat ishi tugatilgan shaxs;
6) fuqaroviy da’vogar, fuqaroviy javobgar va ularning vakillari;
7) ekspert, mutaxassis, tarjimon va xolis.
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan shaxslarning oila a’zolari va yaqin

qarindoshlari ham himoya qilinuvchi shaxslar bo‘lishi mumkin.

Himoya qilish choralari jinoyat ishi qo‘zg‘atilguniga qadar arizachiga, jinoyat shohidiga

yoki jinoyatning oldini olishga yoxud uni fosh etishga ko‘maklashuvchi shaxslarga nisbatan
ham qo‘llanilishi mumkin.

Ko‘rsatilgan shaxslarga nisbatan qonunda belgilangan tartibda davlat muhofazasini

amalga oshirish to‘g‘risida qaror qabul qilingan hollarda ular “himoya qilinadigan shaxslar”
deb yuritiladi. Bu hol xavfsizlik choralaridan tashqari ularga nisbatan ijtimoiy himoya
choralari ham qo‘llanilishini anglatadi.

Shaxsning xavfsizligini ta’minlash, jumladan protsess ishtirokchilarining xavfsizligini

ta’minlashni tartibga soluvchi amaldagi qonunchilikni tahlil qilganimizda, qonun normalari
o‘rtasida ayrim holatlar ko‘zga tashlanadi. Jumladan: Jinoyat-protsessual kodeksi ikkinchi
bo‘limi, jinoyat protsessi ishtirokchilari deb nomlanib, unga ko‘ra, ishtirokchilar protsessual
mavqeiga ko‘ra, to‘rt turga ajratilgan. Bular, jinoyat ishini yuritishga mas’ul bo‘lgan davlat
organlari va mansabdor shaxslar, jinoyat ishini yuritishda ishtirok etuvchi jamoat
birlashmalari, jamoalar va ularning vakillari, jinoyat protsessida o‘z manfaatlarini himoya
qiladigan shaxslar, jinoyat protsessida ishtirok etuvchi boshqa shaxslar.

Biroq, Jinoyat-prootsessual kodeksi 270-modddasida, jabrlanuvchi, guvoh, yoki ishda

ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning, shuningdek ularni oila a’zolari yoki yaqin
qarindoshlari xavfsizligini ta’minlash nazarda tutilgan bo‘lib, suriishtiruvchi, tergovchi,
prokuror va sud ichki ishlar organlariga zarur chorallar ko‘rish to‘g‘risida yozma topshiriq
berishga haqli deb ko‘rsatilgan. Biroq, ushbu modddada, qonun normalari umumiy
mazmunda qayd etilgan bo‘lib, bunda barcha protsess ishtirokchilarining xavsizligi
ta’minlanishi kafolatlanmagan, ishtirokchilarga tahdid mavjudligi haqida yetarli ma’lumot
deganda qanday ma’lumotlar nazarda tutilganligi, shuningdek xavfsizlikni ta’minlovchi
qanday choralar ko‘rilishi mumkinligiga oid biror norma mavjud emas. Bundan tashqari,
zarur choralarni ko‘rish xususida yozma topshiriqni ijro qilish tartibi, muddati hamda
mexanizmiga oid biror qoida mavjud emas.

Garchand, Jinoyat-prootsessual kodeksida belgilanmagan bo‘lsa-da surishtiruvchi,

tergovchi tergov harakatlarini amalga oshirishda tergov harakati ishtirokchilarining
xavfsizligini ta’minlash maqsadida kuch ishlatar bo‘linmalar vakillarini jalb etish holatlari
uchraydi

18

.

Uyushgan jinoiy guruh a’zolarini qo‘lga olish jarayonida o‘tkaziladigan ko‘zdan

kechirish, tintuv, olib qo‘yish va boshqa protsessual harakatlarni amalga olshirishda jinoiy

18

Таҳлиллар бугунги кунда суришт иррувчи, терговчи томонидан тергов ҳаракатларини ўтказишда ИИО

Махсус операциялапрни муворфиқлаштириш бўлинмаларини жалб этиш ҳолатлари мавжудлигини кўрсатади.


background image

Page 166

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION

Volume 4, Issue 6, Part 2 Iyun 2025

www.in-academy.uz

guruh a’zolari tomonidan qarshilik ko‘rsatilishi, protsess ishtirorkchilariga yoki yon atrofdagi
shaxslarga nisbatan tahdid qilinishi, hattoki qurolli hujum sodir etilishi mumkin bo‘lib, salbiy
oqibat kelib chiqishini oldini olish maqsadida tezkor va tergov harakatlarini o‘tkazishda
avvalo xavfsizlikni ta’minlash taqazo etadi.

Xuddi shunday, uyushgan jinoiy guruh a’zolarini aysblashga oid jinoyat ishini sudda

ko‘rish davomida ham salbiy oqibat kelib chiqishini oldini olish maqsadida sud tarkibi va sud
muhokamasida ishtirok etuvchi shaxslarning xavfsizligini ta’minlash loozim bo‘ladi.

O‘zbekiston Respublikasining “Jabrlanuvchilarni, guvohlarni va jinoyat protsessining

boshqa ishtirokchilarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunida, himoya qilinuvchi shaxslar
doirasi aniq ko‘rsatilgan bo‘lsa-da, biroq jabrlanuvchining vakili, guvohning advokati,
tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organ rahbari, xodimi, surishtiruvchi, tergovchi
va prokuror, sudya, xalq maslahatchilari, sud majlisi kotibi, jinoyat protsessining ishtirokchisi
maqomini olmagan boshqa shaxslar, shuningdek yuqorida aytib o‘tilgan shaxslarning yaqin
qarindoshlari jinoiy taqibga uchrashi ehtimoli mavjud bo‘lsada ularning himoya qilinishi
qonun hujjatlari bilan kafolatlanmagan.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, xavfsizlik va himoya choralari qo‘llaniladitgan jinoyat

protsessi ishtirokchilari va ishtirokchi bo‘lmagan shaxslarning ro‘yxatini to‘ldirib, O‘zbekiston
Respublikasining “Jabrlanuvchilarni, guvohlarni va jinoyat protsessining boshqa
ishtirokchilarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 4-moddasi birinchi qismini quyidagi
bandlar bilan to‘ldirish lozim bo‘ladi:

1

1

) jabrlanuvchining vakili;

2

1

) guvohning advokati;

7

1

) tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organ rahbari, xodimi, surishtiruvchi,

surishtiruv organi rahbari, tergovchi, tergov organi rahbari va prokuror, sudya, tergov sudyasi,
xalq maslahatchilari, sud majlisi kotibi;

7

2

) jinoyat ishi doirasida hayotiga yoki sog‘lig‘iga yoxud mol-mulkiga tajovuz tahdidi

mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar bo‘lgan protsessi ishtirokchisi maqomini olmagan boshqa
shaxslar.

Jinoyat protsessining ishtirokchilari hisoblangan jinoyat ishini yuritishga mas’ul bo‘lgan

davlat organlari, mansabdor shaxslar ham bevosita protsessual harakatlarni amalga
oshirishlari natijasida jinoiy ta’sirlarga duchor bo‘lishlari mumkin. Ularga nisbatan xavfsizlik
choralarini qo‘llash zarurati og‘ir, o‘ta og‘ir turdagi jinoyatlar, shuningdek uyubshgan guruh
tomonidan, jinoiy uyushma a’zolari tomonidan, jinoyat olamimdagi obro‘dor shaxslar
tomonidan sodir etilgan jinoyat ishlarini tergov qilish paytida yanada ortadi.

So‘rov natijalariga ko‘ra, protsess ishtirorkchilari hisoblangan jinoyat ishini yuritishga

mas’ul bo‘lgan davlat organlari vakillari, mansabdor shaxslarning o‘n ikki foizi o‘z vazifalarini
amalga oshirish bilan bog‘liq holatlarda jinoyat protsessi ishtirokchilarining xavfli ta’sirlariga
duchor bo‘lganliklari haqida javob berdilar.

Shu bois, jinoyat protsessida xavfsizlik subyektlari toifasiga xavfsizlikni ta’minlashga

mas’ul bo‘lgan jinoyat ishini yuritishga mas’ul bo‘lgan davlat organlari vakillari, mansabdor
shaxslarni, shuningdek jinoyat protsessining ishtirokchilari hamda hech qanday jinoiy
protsessual maqomga ega bo‘lmagan, ammo xavfsizlik ta’minlanishi lozim bo‘lgan boshqa
shaxslarni ham kiritish lozim hisoblanadi.

Jinoyat protsessual qonunchiligida ishtirokchilar orasida jinoyat protsessida o‘z


background image

Page 167

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION

Volume 4, Issue 6, Part 2 Iyun 2025

www.in-academy.uz

manfaatlarini himoya qiluvchi shaxslar gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, mahkum,
oqlangan shaxs, fuqaroviy javobgar, ularning qonuniy vakillari va himoyachilarini ajratib
ko‘rsatish lozim. Protsess ishtirokchilariga xavfsizlik choralarini qo‘llashni so‘rab murojaat
qilish huquqini beruvchi jinoyat-protsessual kodeksda to‘g‘ridan-to‘g‘ri norma mavjud emas.
Shu bois Jinoyat-protsessual kodeksida ko‘rsatilgan protsess ishtirokchilarining huquq va
majburiyatlarini belgilovchi tegishli moddalarga ushbu shaxslar xavfsizlik choralarini qo‘llash
uchun murojaat qilish huquqiga egaligini belgilovchi normalarni kiritish maqsadga muvofiq
bo‘ladi.

Jinoyat-protsessual munosabatlarni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni

yaratish, o‘zgartirish va bekor qilish huquqiga ega bo‘lgan vakolatli shaxslar va organlarning
vakillari ham qonun ijodkorligi sharoitida jinoyat protsessida xavfsizlik subyektlari
hisoblanadilar

19

.

Jinoyat protsessida xavfsizlikka bo‘lgan tahdidlar keng va tor ma’noda tahlil qilish

mumkin. Keng ma’noda xavfsizlikka tahdidlar xavfsizlik hodisasining tarkibiy qismidir va
jinoyat protsessining xavfsizlik obyektlari uchun barcha mumkin bo‘lgan xavf manbalari
sifatida nomoyon bo‘ladi. “Xavf” haqiqatda mavjud bo‘lgan tirik organizmga salbiy ta’sir
ko‘rsatish jarayoni sifatida tavsiflanadi, natijada ushbu organizmning holatini
yomonlashtiradigan zararlar yetkazishi mumkin

20

.

Tor ma’noda “tahdid” kimgadir zarar yetkazish va’dasi, ya’ni qo‘rqitish deb

tushuniladi

21

. Shu nuqtai nazardan, tahdid jinoyat protsessining xavfsizlik obyektlariga xavf

manbai bo‘lgan xavfli ta’sirni sodir etish usuli sifatida qaraladi.

Jinoyat-protsessual qonunchiligini amalga oshirishda xavf manbalari, birinchi navbatda,

jinoyat protsessining ishtirokchilari hisoblanadi. Ularning ta’siri tabiatiga ko‘ra ma’muriy yoki
jinoiy bo‘lishi mumkin.

L.V.Brusnisinning fikricha “jinoyat sodir etilgandan keyingi ta’sir” qonun bilan

taqiqlangan va boshqa shakllarda odil sudlovga yordam beradigan shaxslarga qarshi jinoyat
sodir etgan shaxs tomonidan amalga oshiriladi

22

.

Aslida, xavfli ta’sir qilishning ko‘plab usullari mavjud: sog‘liqqa ziyon yetkazish;

hayotdan mahrum qilish; mulkni o‘g‘irlash, yo‘q qilish yoki zarar yetkazish va boshqa
harakatlar; ruhiy ta’sir qilish uchun turli shakldagi (ta’qib qilish, o‘ldirilgan hayvonlarning
jasadlarini tashlab ketish, tahdid bilan yozuvlar yuborish va boshqa) tahdidlarni amalga
oshirish, zarar yetkazish, voyaga yetmagan, keksa yoshdagi va ojiz ahvoldagi shaxslarning
ojizligidan foydalanish, haqorat, tuhmat qilish, shantaj, poraxo‘rlik

23

.

Y.A.Yepixin ko‘rsatilgan usullarni “pardali” shakldagi ta’sir usullari bilan to‘ldiradi:

“do‘stona” maslahat berish, tegishli muhit va imo-ishoralar bilan qo‘llab-quvvatlanadigan
turg‘un turuvchi tahdidlar. Tadqiqotchi noaniq tahdidlar shaklida ta’sir qilish imkoniyatini
ham qayd etadi: “bolalar haqida o‘ylang”, “sog‘lig‘ingizga g‘amxo‘rlik qiling”, “bundan

19

Францифоров Ю.В., Исаев А.Э. О субъектах безопасности в уголовном судопроизводстве //

Судебная власть и уголовный процесс. 2019. № 2. С. 35-42.

20

Дзлиев М.И. Основы обеспечения безопасности России. М., 2003. С. 15.

21

Ожегов С.И., Шведова Н.И. Ўша манба С. 825.

22

Брусницын Л.В. Правовое обеспечение безопасности лиц, содействующих уголовному правосудию

в условиях вооружённых сил Российской Федерации: дис. ... канд. юрид. наук. М., 1997. С. 80.

23

Зайцев О.А., Щерба С.П., Сарсенбаев Т.Е. Охрана прав беспомощных потерпевших по уголовным делам:

пособие / под ред. С.П. Щербы. М., 2001. С.138-139.


background image

Page 168

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION

Volume 4, Issue 6, Part 2 Iyun 2025

www.in-academy.uz

yomonroq bo‘ladi”. Muallifning so‘zlariga ko‘ra, ta’sir usullari jinoyat protsessi
ishtirokchilarining protsessual maqomiga bevosita bog‘liq. Jabrlanuvchilarga nisbatan
quyidagi ta’sir usullari keng tarqalgan: qimmatbaho mulkni yo‘q qilish tahdidi, jabrlanuvchini
o‘ldirish yoki zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitish, qo‘ng‘iroq qilish orqali tahdid qilish; guvohlarga
nisbatan urish-do‘pposlash, qotillik qilish yoki shunday harakatlarni amalga oshirish haqida
tahdid qilish. Surishtiruvchi,yu tergovchi, prokuro va sudyalarga nisbatan: to‘g‘ri qaror qabul
qilish uchun “xayrixoh maslahat”, parda shaklida boshqa bosim, to‘g‘ridan-to‘g‘ri tahdidlar,
shuningdek jismoniy ta’sirlar mavjud

24

.

Protsess ishtiirokchilariga nisbatan sodir etiladigan ta’sirlar yopiq va noaniq shakllarda

amalga oshirilishi mumkin. Bular yuqorida muhokama qilingan ta’sir usullarini anglatadi, ular
noqonuniy emas, ammo ularning mazmunidan kelajakda jinoyat protsessining xavfsizligi
obyektlariga nisbatan ba’zi zararli oqibatlar yuzaga keladi deb taxmin qilish mumkin.

Ko‘rinib turibdiki, qonunda taqiqlanmagan ko‘rsatilgan ta’sir usullari muayyan

sharoitlarda xavfli bo‘lishi mumkin. Binobarin, nazariy ma’noda ushbu ta’sirlar jinoyat
protsessining xavfsizligi obyektlariga xavf manbai sifatida qaraladi va jinoyat protsessida
vakolatli davlat organlari tomonidan hisobga olinishi lozim. Biroq, bunday ta’sir usullarini
xavfsizlik choralarini qo‘llash asoslari qatoriga kiritish qiyin, chunki ular qonun bilan
taqiqlanmagan.

Shunday qilib, xavfli ta’sir – bu har qanday shaxs tomonidan jinoyat protsessining

xavfsizligi obyektlariga nisbatan noqonuniy yoki qonun bilan taqiqlanmagan boshqa vositalar
bilan, ma’lum bir maqsadda xavfsizlik asoslarini buzadigan va jinoiy protsessning
maqsadlariga zarar yetkazadigan harakat deb tushunish mumkin.

Xavfli ta’sirlarni sodir etilgan (etilayotgan) va kelajakda amalga oshirish ehtimoli katta

ta’sirlarga ajratish mumkin.

Xavfli ta’sirni amalga oshirishda gumon qilinuvchi (ayblanuvchi) va boshqa manfaatdor

shaxslar quyidagi natijalarni kutadilar: hibsga olingan shaxsni qamoqdan ozod qilish; jinoyat
ishini qo‘zg‘atishni rad etish yoki jinoyat ishini tugatish shaklida o‘zlari istiagan protsessual
qarorni qabul qildirish; ehtiyot chorasini qamoqqa olish bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqa
choraga o‘zgartirish; aybdor shaxsni jinoiy javobgarlikdan ozod qilish va boshqalar

25

.

Xavfli ta’sirlarni tahlil qilib, ba’zi mualliflar jinoyat protsessining ishtirokchisiga tajovuz

qilish bilan ishtirokchi tomonidan adolat qaror topishiga, haqiqatni aniqlashga yordam
berilishi hamda xavfsizlik choralarini qo‘llash imkoniyati o‘rtasida sababiy bog‘liqlik yo‘qligini
tanqid qiladilar

26

. Bu borada qonun chiqaruvchining pozitsiyasi juda ishonchli ko‘rinadi,

chunki Qonunda nazarda tutilgan ayrim xavfsizlik choralari jinoiy ish bilan bog‘liq xavfli
ta’sirga duchor bo‘lgan ishtirokchiga nisbatan qo‘llash imkoniyatiga bog‘liq emas. Boshqacha
qilib aytganda, vaziyatlardan qat’i nazar, protsessning ishtirokchisi jinoiy odil sudlovga
yordam berishidan qat’i nazar, ushbu ishtirokchiga qarshi xavfli ta’sir ko‘rsatilsa, qonunda
nazarda tutilgan tegishli xavfsizlik choralari qo‘llaniladi.

Ko‘pgina hollarda jinoyat protsessining xavfsizlik obyektlariga nisbatan xavfli ta’sirlar

gumon qilinuvchi (ayblanuvchi) va uning atrofidagilar: jinoiy sheriklari, jinoiy guruh a’zolari,
ularning qarindoshlari va yaqin shaxslari tomonidan amalga oshiriladi. Biroq, ba’zida xavf

24

Епихин А.Ю. Ўша манба С. 159-162

25

Епихин А.Ю. Указ. соч. С. 152-

26

Авдеев М.А. Указ. соч. С. 23.


background image

Page 169

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION

Volume 4, Issue 6, Part 2 Iyun 2025

www.in-academy.uz

manbaiga ega bo‘lgan protsess ishtirokchilari hisoblanadi. Ularning xavfli ta’siri qasddan va
bexosdan bo‘lishi mumkin; bu axloqiy buzilish xususiyatiga ega bo‘lishi mumkin, intizomiy
huquqbuzarlik yoki jinoyat toifasiga kirishi mumkin.

Tergov harakatlarini amalga oshirish chog‘ida tergovchi tomonidan turli texnik vositalar

(qurilmalar, moslamalar) dan noto‘g‘ri foydalanish unda ishtirok etuvchi shaxslarning hayoti
va sog‘lig‘iga zarar yetkazishi mumkin. A.E. Fedyunin bu yo‘nalishda o‘z qarashlarini
quyidagicha ifodalaydi: “texnik vositalardan foydalanish protsess ishtirokchilari va atrof-
muhit xavfsizligiga tahdid solmasligi lozim”

27

.

Xavfsizlik tahdidlarini keltirib chiqaradigan vakolatga ega bo‘lgan protsess

ishtirokchilarining noqonuniy harakatlari ham harakat, ham harakatsizlik shaklida sodir
etilishi mumkin. Jabrlanuvchi yoki guvoh tergovchiga jinoyat ishi qo‘zg‘atilganda gumon
qilinuvchi (ayblanuvchi) tomonidan unga og‘zaki tahdidlar qilinishi munosabati bilan
xavfsizlik choralarini qo‘llashni so‘rab iltimosnoma bilan murojaat qilganda va tergovchi
arizani ko‘rib chiqishni kechiktirsa yoki xavfsizlik choralarini o‘z vaqtida qo‘llamasa, yoki
jinoyat ishini ko‘rib chiqishni kechiktirsa, u (tergovchi) aslida harakatsizlik qilayotgan bo‘ladi.
Faol harakatga misol qilib jabrlanuvchi, guvoh haqidagi ma’lumotlarni manfaatdor shaxslar
e’tiboriga yetkazish mumkin bo‘lgan holatni keltirish mumkin.

Jinoyat ishini yuritishga mas’ul bo‘lgan organlar, mansabdor shaxslarning jinoyat va

jinoyat-protsessual qonun hujjatlariga zid bo‘lgan protsessual harakatlarni amalga oshirishda
qonunga rioya etmasliklari ish bo‘yicha qonuniy asosli bo‘lmagan qaror qabul qilinishiga olib
kelishi mumkin. Ushbu holatlarga yo‘l qo‘yilishini oldini olish va kamaytirish maqsadida
amaldagi qonunchilikda javobgarlik nazarda tutilgan.

Jinoyat kodeksining 238-moddasida, surishtiruv olib borish, dastlabki tergov yoxud

ishni sudda ko‘rish chog‘ida yolg‘on ko‘rsatuvlar berish uchun guvohni yoki jabrlanuvchini
yoki yolg‘on xulosa berish uchun ekspertni yoxud noto‘g‘ri tarjima qilish uchun tarjimonni
pora evaziga og‘dirib olish, xuddi shuningdek ularga yoki ularning yaqin qarindoshlariga
ruhiy, psixologik, jismoniy ta’sir ko‘rsatish yoki boshqacha tarzda ta’sir ko‘rsatish orqali
yolg‘on ko‘rsatuv berishga majbur qilish uchun jinoiy javobgarlik belgilangan.

Shunday qilib, jinoyat protsessining har qanday ishtirokchisi xavfli ta’sir manbai bo‘lishi

mumkin. Shu bilan birga, jinoyat protsessining har qanday ishtirokchisi, hech qanday
protsessual maqom olmagan shaxslar (ariza beruvchi, jinoyat shohidi va boshqalar.); ularning
qarindoshlari va yaqin odamlariga nisbatan xavfli ta’sir ham amalga oshirilishi mumkin.

Jinoyat protsessi sohasidagi xavfsizlikka tahdidlarni tergov qilishda, protsess

ishtirokchilari nafaqat boshqalar uchun, balki o‘zlari uchun ham xavf manbai bo‘lgan
holatlarni eslatib o‘tish lozim. Masalan, jabrlanuvchiga, guvohga nisbatan shaxsiy himoya kabi
davlat muhofazasi chorasi qo‘llaniladigan vaziyatda telefonini o‘chirib, uning xavfsizligini
ta’minlaydigan xodimlarga o‘z joylarini oshkor qilmaslik holatlariga yo‘l qo‘yishadi.

Manbaning tabiati bo‘yicha jinoyat protsessi ishtirokchilariga qarshi xavfsizlik

tahdidlarini ichki va tashqi qismlarga bo‘lish mumkin. Tashqi tahdidlarga gumon qilinuvchi
(ayblanuvchi), uyushgan jinoiy guruhlar va jinoyat ishi natijasidan manfaatdor bo‘lgan boshqa
shaxslardan kelib chiqishi mumkin bo‘lgan tahdidlar kiradi. Ichki tahdidlar jinoyat

27

Федюнин А.Е. Правовое регулирование применения технических средств в сфере уголовного

судопроизводства: дис. ... д-ра юрид. наук. Саратов, 2008. С. 78.


background image

Page 170

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION

Volume 4, Issue 6, Part 2 Iyun 2025

www.in-academy.uz

protsessining protsessual vakolatga ega ishtirokchilari: tergovchi, surishtiruvchi, prokuror,
sudya, shuningdek muayyan jinoyat ishi bo‘yicha ma’lumotga ega bo‘lgan boshqa mansabdor
shaxslardan kelib chiqishi mumkin

28

.

Y.V.Jarikov dastlabki tergov va sud ishlarini yuritish tartibini xavf manbai deb hisoblash

zarurligi haqida gapiradi. Samarali xavfsizlik, uning fikriga ko‘ra, belgilangan protseduralarni
sezilarli darajada o‘zgartirgandan keyingina ta’minlanishi mumkin. Surishtiruv, tergovga
ko‘maklashadigan shaxslarga zarar yetkazish real xavfi mavjud bo‘lgan jinoyat ishlarining
ayrim toifalarida ish yuritishda alohida yondashuv talab etiladi

29

.

Ushbu nuqtai nazar e’tiborga loyiq bo‘lib, bu borada kerakli tadqiqotlarni amalga

oshirishni talab etadi. Bundan tashqari, faqat jinoyat-protsessual shaklining farqlanishi inson
omilini, ya’ni xavfli ta’sirlar ehtimoli hech qachon bartaraf etilmasligini ko‘rsatadi. Binobarin,
dastlabki tergov va sud ishlarini yuritishni takomillashtirish orqali jinoyat protsessida
xavfsizlik obyektlarining xavfsizligi holatining maksimal darajasini ta’minlashga erishib
bo‘lmaydi. Bunda jinoyat protsessida ishtirok etuvchi shaxslar uchun xavfsiz sharoitlarni
yaratishga qaratilgan qo‘shimcha protsessual vositalarni tadbiq etish talab etiladi

Adabiyotlar ro‘yxati:

1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. 2023-yil
2. O‘zbekiston Respublikasi jinoyat-protsessual kodeksi.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-dekabr kungi “Konstitutsiya va qonun
ustuvorligini ta’minlash, bu borada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda jamiyatda
huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4551-
sonli Qarori.
4. Isaev A.E. Fenomen ugolovno-protsessualnoy bezopasnosti // Sovremennaya
yuridicheskaya nauka i praktika: sb. nauch. st. po mater. IV mejdunar. nauch.-prakt. foruma.
Saratov, 2019. S. 233-236.
5. Brusnitsin L.V. Obespechenie bezopasnosti lis, sodeystvuyuщix ugolovnomu pravosudiyu:
mirovoy opыt i razvitie rossiyskogo zakonodatelstva (protsessualnoe issledovanie). M.,
2010. S. 3;
6. Shapakidze V.Ya. Obespechenie protsessualnoy bezopasnosti chastnыx lis v dosudebnom
ugolovnom proizvodstve: dis. ... kand. yurid. nauk. Volgograd, 2002. S. 12; Yepixin A.Yu.,
Mishin A.V. Obespechenie bezopasnosti lis, sodeystvuyuщix ugolovnomu sudoproizvodstvu.
Kazan, 2018. S. 26.
7. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “advokatlar tomonidan ko‘rsatilgan
yuridik yordam uchun davlat hisobidan haq to‘lash mexanizmini takomillashtirish chora
tadbirlari to‘g‘rsida”gi 2008-yil 20-iyundagi 137-sonli qarori.
8. O‘zbekiston Respublikasining Adliya vazirligi va Moliya vazirligining “Gumon qilinuvchi,
ayblanuvchi yoki sudlanuvchiga advokatlar tomonidan yuridik yordam ko‘rsatish bo‘yicha
xarajatlarni davlat hisobiga o‘tkazish tartibi to‘g‘rsidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi 2008-yil
26-noyabrdagi 8-son,109-sonli qarori (02.12.2008-yilda 1878-son bilan Adliya vazirligi
tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan)

28

Макеева Н. Угрозы безопасности участников уголовного судопроизводства // Закон и право. 2007.

№ 8. С. 64-65.

29

Жариков.Е.В. Ўша манба. С. 28


background image

Page 171

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION

Volume 4, Issue 6, Part 2 Iyun 2025

www.in-academy.uz

9. Yepixin A.Yu. Konsepsiya obespecheniya bezopasnosti lichnosti v sfere ugolovnogo
sudoproizvodstva: dis. ... d-ra yurid. nauk. Sыktыvkar, 2004. S. 114-131.
10. Brusnitsin L.V. Pravovoe obespechenie bezopasnosti lis, sodeystvuyuщix ugolovnomu
pravosudiyu. M., 1999. S. 3
11. Isaev A.E. Fenomen ugolovno-protsessualnoy bezopasnosti // Sovremennaya
yuridicheskaya nauka i praktika: sb. nauch. st. po mater. IV mejdunar. nauch.-prakt. foruma.
Saratov, 2019. S. 233.
12. Fransiforov Yu.V., Isayev A.E. O sub’ektax bezopasnosti v ugolovnom sudoproizvodstve //
Sudebnaya vlast i ugolovnыy protsess. 2019. № 2. S. 35-42.
13. Dzliev M.I. Osnovы obespecheniya bezopasnosti Rossii. M., 2003. S. 15.
14. Zaysev O.A., Щerba S.P., Sarsenbaev T.Ye. Oxrana prav bespomoщnыx poterpevshix po
ugolovnыm delam: posobie / pod red. S.P. Щerbы. M., 2001. S.138-139.
15. Fedyunin A.Ye. Pravovoe regulirovanie primeneniya texnicheskix sredstv v sfere
ugolovnogo sudoproizvodstva: dis. ... d-ra yurid. nauk. Saratov, 2008. S. 78.
16. Makeeva N. Ugrozы bezopasnosti uchastnikov ugolovnogo sudoproizvodstva // Zakon i
pravo. 2007. № 8. S. 64-65.

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. 2023-yil

O‘zbekiston Respublikasi jinoyat-protsessual kodeksi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-dekabr kungi “Konstitutsiya va qonun ustuvorligini ta’minlash, bu borada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4551-sonli Qarori.

Isaev A.E. Fenomen ugolovno-protsessualnoy bezopasnosti // Sovremennaya yuridicheskaya nauka i praktika: sb. nauch. st. po mater. IV mejdunar. nauch.-prakt. foruma. Saratov, 2019. S. 233-236.

Brusnitsin L.V. Obespechenie bezopasnosti lis, sodeystvuyuщix ugolovnomu pravosudiyu: mirovoy opыt i razvitie rossiyskogo zakonodatelstva (protsessualnoe issledovanie). M., 2010. S. 3;

Shapakidze V.Ya. Obespechenie protsessualnoy bezopasnosti chastnыx lis v dosudebnom ugolovnom proizvodstve: dis. ... kand. yurid. nauk. Volgograd, 2002. S. 12; Yepixin A.Yu., Mishin A.V. Obespechenie bezopasnosti lis, sodeystvuyuщix ugolovnomu sudoproizvodstvu. Kazan, 2018. S. 26.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “advokatlar tomonidan ko‘rsatilgan yuridik yordam uchun davlat hisobidan haq to‘lash mexanizmini takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘rsida”gi 2008-yil 20-iyundagi 137-sonli qarori.

O‘zbekiston Respublikasining Adliya vazirligi va Moliya vazirligining “Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchiga advokatlar tomonidan yuridik yordam ko‘rsatish bo‘yicha xarajatlarni davlat hisobiga o‘tkazish tartibi to‘g‘rsidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi 2008-yil 26-noyabrdagi 8-son,109-sonli qarori (02.12.2008-yilda 1878-son bilan Adliya vazirligi tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan)

Yepixin A.Yu. Konsepsiya obespecheniya bezopasnosti lichnosti v sfere ugolovnogo sudoproizvodstva: dis. ... d-ra yurid. nauk. Sыktыvkar, 2004. S. 114-131.

Brusnitsin L.V. Pravovoe obespechenie bezopasnosti lis, sodeystvuyuщix ugolovnomu pravosudiyu. M., 1999. S. 3

Isaev A.E. Fenomen ugolovno-protsessualnoy bezopasnosti // Sovremennaya yuridicheskaya nauka i praktika: sb. nauch. st. po mater. IV mejdunar. nauch.-prakt. foruma. Saratov, 2019. S. 233.

Fransiforov Yu.V., Isayev A.E. O sub’ektax bezopasnosti v ugolovnom sudoproizvodstve // Sudebnaya vlast i ugolovnыy protsess. 2019. № 2. S. 35-42.

Dzliev M.I. Osnovы obespecheniya bezopasnosti Rossii. M., 2003. S. 15.

Zaysev O.A., Щerba S.P., Sarsenbaev T.Ye. Oxrana prav bespomoщnыx poterpevshix po ugolovnыm delam: posobie / pod red. S.P. Щerbы. M., 2001. S.138-139.

Fedyunin A.Ye. Pravovoe regulirovanie primeneniya texnicheskix sredstv v sfere ugolovnogo sudoproizvodstva: dis. ... d-ra yurid. nauk. Saratov, 2008. S. 78.

Makeeva N. Ugrozы bezopasnosti uchastnikov ugolovnogo sudoproizvodstva // Zakon i pravo. 2007. № 8. S. 64-65.