Page 131
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION
IF = 5.281
Volume 4, Issue 06,June 2025
www.in-academy.uz
“PADARKUSH” DRAMASINI LINGVOPERSONOLOGIK
ASPEKTDA TADQIQI
Rayimjonov Sayidolim Madaminjon o‘g‘li
Oriental Universiteti
"
Sharq tillari
"
kafedrasi o‘qituvchisi
G-mail: sayidolimr@gmail.com, tel.: (93) 401-49-43
OrcID raqami: 0009-0007-4270-6342
https://doi.org/10.5281/zenodo.15656582
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Qabul qilindi: 01-June 2025 yil
Ma’qullandi: 07-June 2025 yil
Nashr qilindi: 13-June 2025 yil
Mazkur maqolada Mahmudxo‘ja Behbudiy asarlaridan
“Padarkush” dramasi lingvopersonologik aspektda
tahlil etilgan. Asardagi personajlarning nutqi orqali
ularning kasb-kori, oiladagi roli, jinsiyati, millati va
jamiyatdagi mavqei aniqlangan. Dramadagi lisoniy
shaxslar – Boy, Toshmurod, Boyvuchcha, Tangriqul,
Liza, Artun kabi obrazlar nutqiga qarab tipologik tahlil
qilingan. Maqolada system-struktur va qiyosiy
metodlar asosida asardagi personajlarning nutqi
o‘rganilib, ularning ijtimoiy-ma’naviy holati aks
ettirilgan. Ushbu yondashuv, adibning badiiy
mahoratini ochib berish bilan birga, dramadagi
obrazlar xarakterini aniqroq tushunishga yordam
beradi va sahna uchun mo‘ljallangan asarlarni talqin
etishda amaliy ahamiyatga ega
KEY WORDS
Behbudiy,
lingvopersonologiya,
badiiy asar, lisoniy shaxs, nutq
xususiyatlari,
mahmudxo‘ja
behbudiy, “Padarkush” dramasi
Badiiy asarni lingvopersonologik aspektda tadqiq etish asar qahramonlarining
shaxsiyatini to‘laroq tushunishda, shuningdek, yozuvchining badiiy mahoratini ochib berishda
muhim ahamiyatga ega. Dissertatsiya ishimizda o‘rganilayotgan Mahmudxo‘ja Behbudiyning
“Padarkush” dramasini ham lingvopersonologik aspektda tadqiq etish asarda yaratilgan turli
lisoniy shaxs tiplarini shunday asarlar sirasiga kiradi. Ushbu didaktik ruhda yozilgan dramada
jami o‘n bitta epizot qatnashgan bo‘lib, ularning har biri o‘ziga xos personallikni kasb etadi.
Ma’lumki, nutq egalarining ijtimoiy belgisi, xususan, kasb-kori, ish faoliyatida va insonlar
o‘rtasida egallagan mavqei, oiladagi roli, dunyoqarashi, diniy-ma’rifiy tafakkuri, qaysi millat,
dialekt vakili ekanligi nutqidan ham sezilib turadi. Mahmudxo‘ja Behbudiy mana shu jihatlarni
inobatga olgan holda “Padarkush” dramasida personajlari nutqiga ularning ijtimoiylik
belgisini singdira olgan.
Mahmudxo‘ja Behbudiy “Padarkush” dramasida yaratgan personajlari nutqi orqali
lisoniy shaxslarning quyidagi tiplarini ajratish mumkin:
1. Nutqida kasb-kori, mashg‘ulotini namoyon qilgan lisoniy shaxs tipi.
2. Nutqida tabaqalanish asosida jamiyatda egallagan ijtimoiy mavqeini namoyon qilgan
lisoniy shaxs tipi.
3.
Nutqida oiladagi rolini namoyon qilgan lisoniy shaxs tipi.
4. Nutqida jinsini namoyon qilgan lisoniy shaxs tipi.
Page 132
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION
IF = 5.281
Volume 4, Issue 06,June 2025
www.in-academy.uz
5. Nutqida millati, tilini namoyon qilgan lisoniy shaxs tipi.
Uslublar
Ushbu maqolada M.Behbudiyning “Padarkush” asaridagi lisoniy shaxslar sistem-
sturuktur va qiyosiy kabi tadqiqot metodlaridan foydalangan holda tahlil etildi.
Tahlil
Lisoniy shaxsning ajratilgan ba’zi tiplarini alohida tahlil qilamiz.
Nutqida oiladagi rolini namoyon qilgan lisoniy shaxs tipi.
Asarda Boy nutqida qo‘llangan quyidagi jumlalar uning ota ekanligini dalillaydi:
BOY. “
Men o‘g‘lumni o‘qutmoqg‘a o‘ylaganim yo‘q”, “Ay, domullo! Siz manga tahqiqchimi?
O‘g‘ul maniki, davlat maniki, sizga nima?”, “O‘g‘lim, kim ila borasan
?
”
Bu o‘rinda
o‘g‘lum, o‘g‘lim
so‘zshakllari,
o‘g‘ul maniki
gapi ham nutq egasining oilada ota
rolini bajarishini ko‘rsatishga xizmat qilgan.
Toshmurod nutqdan olingan quyidagi parchalarda esa uning farzand ekanligi aks etgan:
TOSHMUROD. “
Ota
, tomoshag‘a boraman, pul bering” “
Otam
ning yotaturg‘on uyinda”,
“Eshikning biri
onam
ning uyindan ochilur, men kirib, hovli tarafidagi eshikni ocharman, so‘ngra
Tangriqul akam kirar”.
Shuningdek, dramada ona lisoniy shaxsi ham yaratilgan. Drama qahramoni Boyvuchcha
nutqidan olingan ushbu parchada ona va xotin lisoniy shaxsi gavdalangan:
BOYVUCHCHA
. Voy, zolim dastidan! Bu qanday kun edi, voy dod! (Chapak chalar, boy
ustiga o‘zini tashlar, yuz va sochini yular). He, juvonmarg Toshmurod! Qon qus! Qoshki
chechakda kesayding! Voy, padarkush! Toshmurod! Voy, dod-ey!
BOYVUCHCHA.
Oy, voy-voy bolam! Voy boyim, oh, voy u-u-u!
BOYVUCHCHA
“Dod
, voy bolam
!
Voy boyim
! Ikkisidan ham ayrildim,
erimn
i mozorga,
bolamni
Sibirga yuborarlar! Voy, voy, voy u-u-u!..”
Matnda qo‘llangan
bolam
so‘zshakli nutq egasining ona ekanligiga ishora qilsa,
erim
so‘zshakli hamda
voy boyim
murojaat birligi nutqning boyning xotiniga tegishliligini anglatadi.
2. Nutqida jinsini namoyon qilgan lisoniy shaxs tipi
. Mahmudxo‘ja Behbudiy
“Padarkush” dramasida gender jihatdan farqlanuvchi maxsus birliklardan, konnotativ
ifodalardan unumli foydalanib, ayol, erkak lisoniy shaxs tiplarini yaratgan. Asardan olingan
quyidagi parchaga e’tibor qaratamiz:
B O Y B U Ch Ch A.
“
Voy, zolim dastidan! Bu qanday kun edi, voy dod. He, juvonmarg
Toshmurod! Qon qus! Koshki chechakda kesayding! Voy, padarkush! Toshmurod! Voy, dod-ey!” ;
“Oy, voy-voy bolam! Voy boyim, oh, voy u-u-u!”
BOYVUCHCHA.
Dod,
voy bolam
! Voy boyim! Ikkisidan ham ayrildim, erimni mozorga,
bolamni Sibirga yuborarlar! Voy, voy, voy u-u-u!..
Ma’lumki, kishilarga xos individual nutqiy qo‘llanishlar bunday birliklarning gender
farqlanishiga ham xizmat qiladi. Berilgan matnda qo‘llangan o‘zbek ayollari nutqiga xos
juvonmarg, qon qus, koshki chechakda kesayding
qarg‘ishlari uning ayol kishiga mansubligidan
dalolat beradi. Shuningdek, matnning intonasion, hissiy-emosional strukturasi, unda ko‘plab
undov so‘zlar, jumladan,
voy dod, voy, dod-ey, oy, voy-voy, oh, voy u-u-u!
kabilarning ishtiroki
ham nutqning ayol kishiga taalluqli ekanligini dalillaydi.
Quyidagi nutqiy parchalardan esa nutq egasining erkak kishi ekanini tez payqash
mumkin:
Page 133
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION
IF = 5.281
Volume 4, Issue 06,June 2025
www.in-academy.uz
TANGRIQUL.
“Bu oqshom, bilmayman, nima uchun ichkilik meni tishlamaydur: Namozi
digardan beri bir dyujina
shishani bo‘shatdim.
Dayusni pivosi
qulog‘imni qizitmadi. To‘ldir,
ichaylik”
NOR.
Qo‘lingni ber, ey,
nomard
, topding. Bo‘ldi.
BOY.
Xush keldilar,
taqsir”, “
So‘zlashib o‘lturing, t
aqsir”.
DAVLAT.
To‘xta, nima ekanligini bilarsan. Avval
boyvachchani(ng) salomatligiga
ichaylik.
Ajratib ko‘rsatilgan birliklar:
shishani bo‘shatdim, dayusni pivosi, ey, nomard, taqsir,
boyvachaning salomatligiga ichaylik
gender jihatdan
farqlanib, nutq egalarining erkaklar
ekaniga ishora qiladi.
Nutqida millati, tilini namoyon qilgan lisoniy shaxs tipi.
Lisoniy shaxs tiplari
shaxsning millati, tili asosida ham farqlanadi. “Padarkush” dramasidagi personaj Lizaning
quyidagi nutqi uning millatini anglashga yordam beradi:
Dobriy vechrim!
Adib ushbu personajni drama boshida “
L i z a — rus xotini, qabiha shaklinda
” deb
tanishtiradi. Bu qahramonning millati rusligi va muallif tasvirlaganidek qabiha ya’ni yomon
fe’lli ayol ekanligini hisobga olgan holda uning nutqidan turli jargonlar va ruscha so‘zlarni
keltiradi. Liza obrazida ruscha so‘zlar bilan bir qatorda g‘arb tiliga xos bo‘lgan ushbu nutq
ham keltirilgan:
LIZA.
Mersi (o‘lturar).
Butun asarda
Liza
o‘z tilidan aytilgan nutq yuqoridagi ikki o‘rinda keladi, xolos. Biroq
shu orqali ushbu personajni tasavvurda jonlantirish mumkin bo‘ladi.
Shuningdek asarda Artun obrazi orqali o‘zbek millati bo‘lmagan shaxsning nutqi
keltirilgan. Bu obraz orqali Mahmudxo‘ja Behbudiy noqarqosh til egasining o‘zbekcha
nutqidagi o‘ziga xos jihatlarini ko‘rsatishga muvaffaq bo‘lgan. Masalan:
ARTUN.
Izvinit surushdim-da.
Mahmudxo‘ja Behbudiy Artur obrazini “
A r t u n — armani mayxonachi”
1
deb ta’rif
beradi. Shu bilan birga Artur nutqidan uning savodi pastligi, mayxonada hech bir ishdan tap
tortmasdan pul ishlab yuruvchi personajnini quyidagilardan yanada chuqurroq anglab
yetishimiz mumkin.
ARTUN.
Bah, ne vor, bilursin, Liza banga demishki, o‘n besh manasiz banga kishi
ko‘ndarma. Ha, o‘n besh manat-da va faytun pulini-da ver, geyin Nikolayi ko‘ndarayum. Liza
o‘lmasa, boshqasini getirsin, kayfing nechik?
ARTUN.
Davlat zo‘r! Ban sana demishimki, Liza aqcha olmayincha gelmaz, bana ne? Sen
o‘zing bilirsanki, u gavur qizi, banim degil
.
Yuqorida kelgan ikki obraz millati umuman boshqa bo‘lishi bilan uning tilida o‘zining asl
tili yoki keng qo‘llanilayotgan tillarga mansub so‘zlar ularning nutqida uchrashi tabiiy. Biroq,
quyidagi turkiy millatga xos tili mahalliy til bo‘lgan
Davlat
obrazida ham taqlit o‘laroq ruscha
jumlalarning uchrashi asarning badiiy va ekspresiv qiymatini yanada oshirgan. Misol:
DAVLAT.
Isprizdim, ispasibo, ispasibo, prixal
...
Ushbu so‘zlar asli rus tiliga xosdir. Biroq tili talaffuzga moslashmagani uchun ikki unli
yonma-yon kelgan so‘zlar oldiga
i
unlisini kiritib talaffuz etgan. Bu asli arab tiliga xos bo‘lgan
qoida ya’ni arab tilida so‘z boshida ikki undosh harf bir yerda kelmaydi. Agar shunday holat
yuzaga kelsa, uning oldiga
i
yoki
u
unlisi ortirilib talaffuz etiladi. XX asrning ikkinchi
Page 134
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION
IF = 5.281
Volume 4, Issue 06,June 2025
www.in-academy.uz
choraklarigacha Markaziy Osiyo mintaqasida arab tilini o‘rni juda katta bo‘lgan. Shu sababdan,
o‘sha davrda bizlarga chet tillaridan kirib kelgan ikki undosh bilan boshlanuvchi ko‘p so‘zlar
boshiga tilga yengil bo‘lishi uchun
i
qo‘shi talaffuz qilingan. Masalan:
Спасибо – испасибо, стакан – истакан
kabi so‘zlar.
Mahmudxo‘ja Behbudiy Artur obraziga millatidan yiroqda bo‘lib turli millatga xos
bo‘lgan urf-odatlarni o‘zida jamlagan shaxsiyatni joylaydi. U alida arman millatiga mansub
bo‘lgan.
Shaxsning qaysi millatga mansubligini nutq egasining madaniyati, urf-odatlari, nutqida
qo‘llangan maqol-matal, iboralari yordamida ham aniqlash mumkin. Masalan, asarda Boy
nutqida qo‘llangan quyidagi maqol uning millatiga ishora qiladi: “
Endi bildim, siz ham
o‘g‘lungni o‘qut deb mani qisar ekansiz, bugun
chap yonim ila turganman
, o‘ylamagan ishlar
oldimdan chiqar, mazmuni
–
qordan qutulib, yomg‘urga uchraymiz”.
Ushbu matnda qo‘llangan
qordan qutulib, yomg‘urga uchraymiz
maqoli va
chap yonim ila
turganman
frazasi nutq egasi bo‘lgan Boyning millatiga tavsif berishga xizmat qilgan. Chunki
bu kabi barqaror birikmalar qaysidir millarga xos bo‘ladi. Uning ayni modeli boshqa tilda
topilmaydi balki, muqobilini uchratish mumkin bo‘ladi.
xulosa
Xulosa qilib aytilsa, XX asr o‘zbek adabiyoti va san’atida, ijtimoiy-siyosiy jarayonlarida
faol ishtirok etgan, millat ma’rifati va hurligi yo‘lida kurashgan Mahmudxo‘ja Behbudiyning
sermashaqqat faoliyati tarixda mangu o‘rin egalladi, avlodlar uchun ibrat maktabi bo‘ldi.
Hozirda uning me’rosi keng ommoga taqtim etilmoqda.
Linvopersonologik tahlil orqali ushbu asar matnni tadqiq qilishlik orqali
qahramonlarini yanada yaqqolroq ko‘z oldimizga keltirishimiz mumkin bo‘ldi. Turli aspektlar
ordali ular tiplarga ajratib chiqildi. Bu soha bo‘yicha aynan shu kabi sahna uchun
mo‘ljallangan asarlarni o‘rganing unga mos badiiy qahramon rolini tanlashda ham juda
manfaat beradi.
Manba va adabiyotlar ro‘yxati:
1.
Islom ensiklopediyasi. – Toshkent: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2004. – 357 b.
2.
Mahmudxo‘ja Behbudiy. Amaliyoti islam (toshbosma inv. 13866,). – Samarqand, 1908. – b
36
3.
Богин Г.И. Современная лингводидактика. – Калинин: Калинин. гос. ун-т, 1980. – 61 с.
4.
Karimov N. Mahmudxo‘ja Behbudiy. Tanlangan asarlar. J.I.. -Toshkent: Akademnashr, 2021.
– 512 b.
5.
Boborajabov, M. . (2023). THE STUDY OF PHRASEOLOGISMS IN THE LINGUISTIC ASPECT
OF
WORLD
LINGUISTICS.
Oriental
Journal
of
Philology,
3(06),
19–24.
https://doi.org/10.37547/supsci-ojp-03-06-03
6.
Hasanov, I. . (2024). AUXILIARY VERBS IN ARABIC AND THEIR SYNTACTICAL ANALYSIS.
JOURNAL OF SCIENCE, RESEARCH AND TEACHING, 3(4), 95–101. Retrieved from
https://jsrt.innovascience.uz/index.php/jsrt/article/view/495
7.
Isamutdinov Azizbek, . (2024). GRAMMATICAL FEATURES OF MAF’UL FIYH IN ARABIC
LANGUAGE. European International Journal of Philological Sciences, 4(05), 21–25. Retrieved
from https://inlibrary.uz/index.php/eijps/article/view/34098
Page 135
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION
IF = 5.281
Volume 4, Issue 06,June 2025
www.in-academy.uz
8.
Rayimjonov, S. (2025). MAHMUDXOʻJA BEHBUDIYNING “AMALIYOTI ISLOM” ASARIDA
QOʻLLANGAN ARABCHA DINIY TERMINLAR TAHLILI // Xorijiy tillar tadqiqi va ta’limi
muammolari. 146-149. https://doi.org/10.5281/zenodo.14875568
9.
Rayimjonov Sayidolim Madaminjon ugli. (2025). The Source Of " Amaliyoti Islom " And
Analysis of Arabic Religious Terms Used in It. American Journal of Philological Sciences, 5(04),
376–378. https://doi.org/10.37547/ajps/Volume05Issue04-92
10.
Shahnoza Tulagonova, ., & Govhar Rahmatova, . (2022). SEMANTIC PROPERTIES OF
STEREOTYPICAL UNITS IN THE POEMS OF “DIVANI LUGATI-T-TURK”. CURRENT RESEARCH
JOURNAL OF PHILOLOGICAL SCIENCES, 3(04), 74–78. https://doi.org/10.37547/philological-
crjps-03-04-13
11.
Tadjiyeva , U. . (2024). ARABIC AND UZBEK PROVERBS FORMED BASED ON ISLAMIC
SOURCES. Sharqshunoslik. Востоковедение. Oriental Studies, 2(01), 100–105.
https://doi.org/10.37547/os/vol-02-01-02-12
12.
Ubaydullaev , A. . (2024). ARABISM OF ALISHER NAVOI’S WORK “NASAIMU-L
MUHABBAT”. Академические исследования в современной науке, 3(17), 36–39.
извлечено от https://www.econferences.ru/index.php/arims/article/view/15722
13.
Икромжонов , А. . (2023). ФАХРУДДИН ЎЗЖАНДИЙ ВА УНИНГ ИСЛОМ ҲУҚУҚИДА
ТУТГАН ЎРНИ. Евразийский журнал академических исследований, 3(9), 173–178.
извлечено от https://in-academy.uz/index.php/ejar/article/view/20825
14.
Сотволдиев, С. (2023). Важность развития навыка использования инфографики в
уроках арабского языка для улучшения коммуникативных навыков студентов.
Арабский язык в эпоху глобализации: инновационные подходы и методы обучения,
1(1), 69–72. https://doi.org/10.47689/ATGD:IYOM-vol1-iss1-pp69-72-id28397
15.
Якубова, Ф. (2015). Махмуд Замахшари и Ахмад Майдани. Восточный факел, 1(1),
25–29. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/eastern-torch/article/view/9621