Page 109
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION
Volume 4, Issue 6, Part 2 Iyun 2025
www.in-academy.uz
AGATA KRISTINING "TUN ZULMATI" ROMANI BADIIY
TAHLILI VA ASARDA IFODALANGAN RAMZLAR TASVIRI
Oqmirzayeva Umida Normurod qizi
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat
universiteti Urgut filiali talabasi
E-mail: oqmirzayevaumida@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.15708906
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Qabul qilindi: 10-Iyun 2025 yil
Ma’qullandi: 14-Iyun 2025 yil
Nashr qilindi: 21-Iyun 2025 yil
Ushbu maqolada detektiv janr qirolichasi Agata
Kristining "Tun zulmati" romani qahramonlari badiiy
tahlil qilinadi.
KEY WORDS
Maykl Rojers, Elli Guteman, Greta
Andersan, pyesa, ramz, ramziy
obraz
Inson boshqa mavjudotlardan nafaqat tafakkuri balki, boshqalarga bo‘lgan mehr-
muruvvati, vijdoni, imoni bilan ham ajralib turadi. Ongini taniy boshlaganidan so‘ng hayotning
katta sinovlar eshigi ochiladi. Asosiy sinov esa oldida turgan eng to‘g‘ri yo‘lni tanlash va shu
yo‘ldan yurish bo‘ladi. Bu yo‘llar ezgulik hamda unga yonma-yon turgan jaholat yo‘llaridir.
Garchi eng to‘g‘ri yo‘l bizga ko`rsatilgan bo‘lishiga qaramay, yonimizda turgan yo‘ldan shayton
turli xil jilolar bilan biz insonlarni o‘z olamiga taklif etadi. Tafakkur va imon libosini kiygan
insonlar ezgulik yo‘lidan qoqilmay davom etaverishadi. Ular uchun jaholat yo‘li berkdir. Ammo
nafs deb atalmish kuchga qul bo‘lganlar esa barcha yovuzliklarni o‘zida mujassam etadi. Bu
olamda nurli cho‘qqilarga erishish oson tuyuladi.
Adabiyotlar tahlili va metodologiya
Ingliz yozuvchisi Agata Kristi (1890-1976) dunyo adabiyotining mashhur detektiv
yozuvchilaridan biri bo‘lib, o‘zining murakkab syujet qurilishi, aniq detallar va kutilmagan
yakunlari bilan dunyo adabiyotida alohida o‘rin egallagan. Dunyodagi eng ko‘p o‘qiladigan
yozuvchilar sirasiga kirib, uning asarlari shu vaqtgacha yuzdan ziyod tilda to‘rt milliarddan
ko‘p nusxada nashr etilgan. Uning kitoblari G‘arbda Bibliya kitobi va Shekspir asarlaridan
keyin uchinchi o‘rinda turadi. Agata Kristi degan nomni o‘z vaqtida ko‘pchilik eshitmagan.
Detektiv ishqibozlari ayol yozuvchi yozgan kitoblarni xarid qilmasligidan cho‘chigan Agata
Kristi o‘ziga erkakcha taxallus o‘ylab qo‘ygan. Bular “Mart Uest”, “Martin Grey”, “Vestmakott”
degan taxalluslar edi. Lekin yozuvchi o‘z ismi (Agata) va birinchi erining familiyasi (Kristi)
bilan mashhur bo‘ldi. O‘zining asl ism-familiyasi esa Agata Meri Klarissa Miller edi.
U 85 ta roman, 20 ta pyesa va ko'plab hikoyalar yozgan. Ayniqsa, uning detektiv
romanlari mashhur bo'lib, ular orasida "And Then There Were None" (Unda hech kim
qolmadi) romani 100 milliondan ortiq nusxada sotilgan. Shuningdek, uning "The Mousetrap"
(Sichqoncha qopqoni) pyesasi dunyoda eng uzoq vaqt davomida sahnalashtirilgan asar
hisoblanadi. Agata Kristining asarlari 103 tilga tarjima qilingan. Agata Kristining asarlarida
Page 110
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION
Volume 4, Issue 6, Part 2 Iyun 2025
www.in-academy.uz
jinoyat nafaqat dalillar bilan, balki qahramonlarning ichki sezgilari va intuitiv tushunishlari
asosida ham ochiladi, ayniqsa, uning belgiyalik detektivi Erkyul Puaro haqidagi hikoyalar
shular jumlasidandir.
Natija
Uning asarlarining mashhurligi syujetning qiziqarliligi, kutilmagan yechimlari va
personajlarning yorqinligi bilan bog'liq. Shunday asarlaridan biri "Tun zulmati" dir. Asar
haqida muallif: "Bu men ilgari yozganlarimdan ancha farq qiladi"-degandi. Asar nashr
qilinganidan soʻng, Agata Kristi "Time" jurnalida bergan intervyusida: "Bu jiddiyroq narsa,
haqiqiy fojia. Shunday boʻladiki, baʼzi oilalarda bola yomon yoʻldan yurish uchun tugʻilgandek...
Odatda, men kitobga uch yoki toʻrt oy vaqt sarflayman, lekin "Tun zulmati" ni olti haftada
yozdim". Uni yozish paytida yetmish yoshga to'lganiga qaramay, u suhbatdoshiga, "Mayklni
yaʼni yigirma yoshli yigitning hikoyachisi bo'lish qiyin bo'lmaganligini aytdi. Axir, siz unga
o'xshagan odamlarning doimo gaplashayotganini eshitasiz" Tadqiqotchilar "Tun zulmati" ni
iliq qabul qilishdi, Jon Neymark esa "Ajoyib detektiv va juda yaxshi roman" deb eʼtirof etdi.
Bu roman an’anaviy detektivdan ko‘ra ko‘proq psixologik triller, sevgi va fojiaga
yo‘g‘rilgan ichki dramadir. Asar o‘zining sirli olami, ishonchli ichki monologlari va keskin
voqealari bilan o‘quvchini larzaga soladi. Asar boshlanishida Agata Kristi shunday yozgan:
"Menga loʻlilar hovlisi haqidagi afsonani birinchi marta soʻzlab bergan Nora Prichardga
bagʻishlanadi".
Muhokama
Asar yigirma ikki yoshli Maykl Rojersning tilidan hikoya qilinadi. Bunday qilishining
asosiy sababi asar yanada hayajonli chiqishi uchun edi. U kambag‘al yigit bo‘lib, boylik va
hashamatli hayot orzusida yashaydi. U boylikka osonlikcha erishishni xohlaydigan obraz.
Shuning uchun ham u amerikalik merosxoʻr Fenella (Elli) Guteman bilan uchrashadi. U o'zini
Fenella "Gudman" deb tanishtiradi, chunki uning merosxo'r ekanligini, haqiqatni bilishini
istamaydi. Ular juda yaxshi munosabatda bo'lishadi va bu bir qarashda bir-birini sevib
qolgandek ko'rinadi. Maykl Loʻlilar qishlogʻidagi bir binoga egalik qilish orzusi borligini aytadi.
Elli bu fikrni maʼqullaydi va Maykl ha bildirmasdan sotib oladi Elli uning go'zal hamrohi yaʼni
xizmatchisi haqida gapiradi, Greta Andersen. Ko'rinishidan, Greta bir necha yillardan beri
unga eng yaxshi do'st bo'lib kelgan va juda yaxshi inson deb ta'riflaydi. Maykl va Elli turmush
quradi va kelajak toʻgʻrisida shirin orzular qila boshlashadi. Ammo hayot orzu qilgandek
bo‘lmaydi. Tez orada voqealar qorong‘u tus olib, Elli halokatga uchraydi. Voqealar rivojidan
ma’lum bo‘lishicha, Maykl uning o‘limi ortida turgan asosiy aybdordir. Ammo voqealar rivojida
shu ayon boʻladiki, Greta va Maykl til biriktirib, Ellining boyligiga ega chiqishni maqsad qilgan.
Shuning uchun ham qotilliklarni sodir etishgan. Asar voqealari oxiriga kelib oydinlashadi.
Qotilliklar ham asar oxirida kelib kim tomon sodir etilganligi ayon boʻladi.
Asarda asosiy g‘oya muvaffaqiyatga erishish uchun yashirin jinoyat, Mayklning boshidan
kechirganlari orqali muallif inson ruhining zaifligi, ochko‘zliklarning halokatli oqibatlarini
tasvirlaydi. Bu roman orqali Kristi inson ruhiyati, yolg‘onning qudrati va muhabbat ortidagi
fitnalarni chuqur tahlil qiladi. Asar klassik detektiv romanlarning an’anaviy chegaralarini
buzgan, o‘quvchini doimiy shubhada soluvchi va hayajon bilan so‘nggi sahifasigacha oʻqishga
majburlovchi asardir. Roman faqat jinoyat emas, balki sevgi va xiyonatni ham o‘z ichiga oladi.
Elli va Mayklning munosabatlari ilk qarashda ideal ko‘rinsa-da, ular orasidagi ishonchsizlik,
soddalik fojiaviy yakunga olib keladi. Bu elementlar roman strukturasida tragediyani eslatadi.
Page 111
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION
Volume 4, Issue 6, Part 2 Iyun 2025
www.in-academy.uz
Shuningdek, asar, umrning to‘xtovsiz, maqsadsiz oqib ketayotgan tunlarini anglatadi.
G‘arbda ramz masalasini nisbatan erta tizimli o‘rgangan nemis olimi Hegeldir. U falsafa
va san’at nuqtayi nazaridan kelib chiqqan holda insoniyatga xos san’atni ramziy, klassik hamda
romantik kabi uchta turkumga ajratdi. Ular ichidan ramzlar turkumiga xos san’atni
insoniyatning eng dastlabki san’ati deya baholadi. Shu sababdan ham Hegel ramzlarni
“san’atdan oldingi san’at” (verkunst) , “san’atning tayyorgarlik bosiqichi” deb ta’kidlaydi.
Chunki insoniyat qadimgi davrlandanoq atrofidagi narsalarga qarab, ularni ramziylashtirgan.
Hegel ramz faoliyatining insoniyat ruhiyatini mashq qildirish bosqichi ekanligiga urg‘u berib,
unga epistomologik (bilish nazariyasi) nuqtayi nazardan yondashadi. Shu sabab ham u ramzni
tafakkur tarzi, bilishning bir ko‘rinishi sifatida ta’kidlaydi.
Ochilov Ozodjon o‘zining “VII – X asrlar tang davri she’riyatida ramzlar semantikasi”
dissertatsiyasida ramziy ma’nolar haqidagi nazariy qarashlar, ularning yuzaga kelish omillari,
badiiy adabiyotga kirib kelishi, Tang davri she’riyatida ramzlar semiotikasi haqida to‘xtalib,
ramzlarni g‘oyaviy-badiiy va falsafiy qarashlar kesimida tahlil qilgan. Shuningdek, ramziy
obrazlarni tilshunoslik nuqtayi nazaridan talqin qilish masalasiga ham e’tibor qaratgan,
dissertatsiyaning III bobi “Tang she’riyatida “Oy” va “may” ramzlari semantikasi” deb
nomlanib, unda “Oy va may” ramziy obrazining ma’no talqinlari, Li Bay she’rlaridagi ramziy
obrazlar semantikasi ham alohida tahlil etilgan. U ramzlarning inson xotirasi bilan bog‘liqligi,
boy madaniy ma’lumotlarni saqlab kelishi, ramziy so‘zlar anglatuvchi ma’nolar, asosan,
xalqning his-tuyg‘ulari, hayotiy qarashlari, o‘y-fikrlari, estetik ko‘nikmalarining
mujassamlashuvi ekanligini qayd etgan.
Jumatova Nasiba “Hozirgi o‘zbek she’riyatida rang bilan bog‘liq ramziy obrazlar”
dissertatsiyasida rang bilan bog‘liq ramziy obrazlar tarixiga nazar tashlab, o‘zbek she’riyatida
rang bilan bog‘liq ramziy obrazlarni yoritgan. U ramzni voqelikni jonli mushohada qilish orqali
vujudga kelgan tasavvurdan iboratligi, ramz voqelikning in’ikosiligi, ramz – she’rdagi badiiy
g‘oyani yashiruvchi, sir pardasiga o‘raydigan vosita, rang esa ana shu yashirin g‘oyani
chuqurlashtiruvchi va yo‘naltiruvchi ramzligini misollar orqali tahlil qilib bergan.
Jumladan, "Tun zulmati" romani davomida "Loʻlilar qishlogʻi" deb nomlangan yer
maydoni — loʻlilar la’nati, fojiaviy joy — asosiy ramz sifatida namoyon bo‘ladi. U yer insonga
ozodlik va halokatni bir vaqtning o‘zida olib keladi. Asarda timsol va ramzlar keng qo‘llanilgan.
Masalan, "Loʻlilar qishlogʻi"da Santonix, Maykl va Elli uchun qurgan uyi bu nafaqat go‘zal uy
qurilgan joy, balki la’natlangan yer ramzi, inson orzularining qulash joyi sifatida talqin qilinadi.
Chunki u yerda bir qancha insonlar vafot etdi. Tun zulmati iborasi esa doimiy xavotir, ruhiy
zulmat va ruhiy halokat holatini anglatadi. Asar qahramonlari ham asar soʻngida oʻsha
zulmatga singib ketadi. Santonix iste’dodli, o‘z ishiga juda sadoqatli va san’atni chuqur his
qiladigan me’mor. U romandagi bosh qahramon Maykl Rojersning do‘sti va ayni vaqtda uning
orzularidagi uyni loyihasini ishlab chiqadi. U Odamlarning ichki dunyosini tushunadigan,
ularning ehtiyoj va istaklarini sezadigan inson. Bundan tashqari, xavfni oldindan sezadigan
ramziy obrazdir.
Asar nomi William Blakening sheʼridan olinadi. Elli asarda doim kuylaydigan kuy,
bevosita asarning voqealaridan kelib chiqib kuylanadi.
Har doim boʻlgin ogoh
Quvonch ham gʻam-hamroh.
Gar buni tutsang yodda,
Page 112
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION
Volume 4, Issue 6, Part 2 Iyun 2025
www.in-academy.uz
Qoqilmaysan hayotda.
Zulmatni va yoki tong,
Nurga talpinar inson.
Nurga talpinar inson,
Atrof esa zimiston.
Kim yetar nurli baxtga,
Kim qulaydi zulmatga.
Roman so‘ngida o‘quvchi shokka tushadi. Boshidan oxirigacha ishonib kelgan hikoyachi
— asl jinoyatchi bo‘lib chiqadi. Bu o‘z davri uchun juda noan’anaviy usul bo‘lgan.
Xulosa
Bu asar undagi noaniqlik, ruhiy murakkablik, orzu va zulmat orasidagi ziddiyat orqali
o‘quvchini hayratda qoldiradi. Kristi bu roman orqali ko‘rsatadiki, eng dahshatli jinoyatlar
detektiv binosida emas, inson qalbining tubida yashirinadi. Tildаgi rаmz vа uni ifоdаlоvсhi
sо‘zlаr, birikmаlаr mаdаniyаt ifоdасhisi hisоblаnаdi. Ulаr mа’lum bir vоqеlikni vа hоlаtni
yоrqinrоq ifоdаlаydi. Ulаr оrqаli milliy о‘zlik, bоrliqqа munоsаbаt nаmоyоn bо‘lаdi. Rаmz
оrqаli аnсhаyin kеng miqyоsli vоqеlаrni yаxlitlаshirish mumkinligi о‘zining isbоtini tоpyаpti.
Shu bilаn birgаlikdа unda bо‘rttirish, yоrqinrоq аks еttirish mumkin.
Adabiyotlar roʻyxati:
1. Christie, Agatha. Endless Night. London: Collins Crime Club, 1967.
2. Christie, Agatha. An Autobiography. London: HarperCollins, 1977.
3 .https://www.agathachristie.com/stories/endless-night.
4. https://www.readerslane.com/agatha-christie/endless-night.
5.
https://www.theguardian.com/books/booksblog/2018/nov/13/endless-night-agatha-
christie-1967-novel.
6. Ochilov O. VII-Х asrlar tang davri she'riyatida ramzlar semantikasi: Toshkent, 2018.
7.Jumayeva S. Oʻzbek mumtoz sheʼriyatida raqam ramzlari va ularning maʼno talqini (ХII-ХV
asrlar)– Toshkent, 2006.