Page 105
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION
Volume 4, Issue 6, Part 2 Iyun 2025
www.in-academy.uz
OʻZBEK TILI LEKSIKASIDA ISTORIZMLARNING YOʻQOLIB
BORISHI VA NEOLOGIZMLARNING PAYDO BOʻLISH
JARAYONI
Oqmirzayeva Umida Normurod qizi
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat
universiteti Urgut filiali talabasi
E-mail: oqmirzayevaumida@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.15708894
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Qabul qilindi: 10-Iyun 2025 yil
Ma’qullandi: 14-Iyun 2025 yil
Nashr qilindi: 21-Iyun 2025 yil
Ushbu maqolada til leksikasining eskirib, til sathidan
chiqib ketishi va neologizmlarning lisoniy qatlamlarga
kirib
kelishi
haqida
maʼlumotlar
keltirilgan.
Shuningdek, badiiy asardan misollar keltirilib tahlil
qilingan.
KEY WORDS
Istorizmlar,
arxaizm,
neologizmlar, leksik, frazeologik
arxaizmlar.
Oʻzbek tili leksikasi harakatchan, doim rivojlanib, sayqallanib, boyib yoki jamiyat aʼzolari
tomonidan yangilanib turish xususiyatiga ega.Tilning so’z boyliklari ma’lum jamiyat uchun
xizmat qiladi, jamiyat a’zolari bilan birga yashaydi va ular foydalansagina o’z xususiyatini
saqlab qoladi. Har bir sohaning til tizimida maʼlum bir oʻzgarishlar roʻy berdi. Baʼzi
sohalardagi soʻzlar lugʻat qatlamlaridagi boshqa yangi soʻzlarlarga oʻz joyini boʻshatib berdi.
Ayrim so’zlar esa zamon yangilangan sayin o’z shakl-u shamoyilini yo’qotish bilan birga
ma’nosidan ham ayrildi. Shuning uchun ham Leksikaning rivojlanishi ikki yoʻnalishda boradi.
Bir tomondan, leksika oʻz taraqqiyoti jarayonida jamiyat taqqiyotida yuz bergan tarixiy
oʻzgarishlarni, yangiliklarni ifodalash orqali boyiydi. Leksika boshqa tillarda qabul qilingan
soʻzlar, yaratilgan yangi soʻzlar, yangicha atamalar, yangicha iboralar soʻzlarning oʻz
maʼnolarini oʻzgartirishlari hisobiga boyiydi.
Adabiyotlar tahlili va metodologiya
Bunday yangilanish va eskirish jarayonlari o’zbek tili leksikasining o’rganish
obyektlaridan biri sanaladi. Eskirish va yangilanish jarayonlari o’zining ma’lum turlariga ega.
Ular: leksik istorizm, leksik arxaizm va leksik neologizm birliklaridir.
Bilamizki, leksik istorizmlar tarixiy voqea-hodisalarni ifodalaydigan soʻzlardir. Ular
"Tarixiy soʻzlar" deb ham ataladi. Shubhasiz, turli davrda
turli so’zlar va atamalardan foydalanilgan. Lekin bugungi kunda ushbu atamalar o’z ma’no va
shaklini butunlay yo’qotgan. Aynan bu so’zlar istorizmlar sanaladi. Pirimqul Qodirovning
"Yulduzli tunlar" romanidan olingan misollar:
Amir
- saroy lavozimlaridan biri. Kimlarning vositasi bilandir mazkur go‘zal kanizning
ta’rifi Buxoro amiri-amir Bahodir-(Botur) xong‘a yetib ul ham ilgaridan haligi kanizga
g‘oyibona oshiq bo‘lgan edi. (Amir Umarxonning kanizi, 3-bet).
Darxonlik
-ozodlik, ozod qilish. Kambag‘alning kengash so‘rab kelishi muhim ishlar
ustida, masalan: bir bekning qilg‘an zulmi
Page 106
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION
Volume 4, Issue 6, Part 2 Iyun 2025
www.in-academy.uz
ustidan shikoyat, juda kambag‘al bo‘lg‘ani uchun soliqlardan darxonlik so‘rash va hokazo. ( 24.
Shoirning siri, 50-bet).
Kaniz
-cho‘ri, xizmatkor ayol. Amir Umar oxir umrida o‘z saroyidagi yosh kanizlardan
biriga muhabbat qo‘yadir.(2. Amir Umarxonning kanizi, 3-bet).
Qoʻrchi
-O'rta asrlarda Turkiston va ayrim Sharq davlatlarida: turkiy qabilalarning
e'tiborli va ishonchli kishilaridan saroyda tuzilgan maxsus harbiy qism jangchisi (hukmdorni
va nufuzli a'yonlarni qo'riqlagan).. Haramga kirish huquqidan mahrum qoʻrchilar tuni bilan
tashqarida qoʻriqchilik qilgan edilar. (Axsi.2.Ajalga davo yoʻq, 23-bet).
Qurur
-yuz lak, ya'ni oʻn million. Yuz qurur-bir arb. (Agra.2. Yo hayot, yo mamot, 414-
bet).
Yogʻiy
-yov, dushman. Yogʻiyning ming-ming askari bor. (Quva.1. Qil ustida turgan
taqdirlar, 3-bet).
Choshnagir
-podshohning dasturxoniga qaraydigan xodima. Tashqari eshikdan ta'zim
qilib kirgan choshnagir ayol ovozini qoʻrquv bilan pasaytirib xabar berdi. (Axsi.1. Amalga davo
yoʻq, 19-bet).
Ulamo
-shariat qonunlarini, diniy bilimlarni mukammal biladigan mulla. Solih mahdum
sinfi jihatdan ulamo oilasiga mansub... (2. Amir Umarxonning kanizi, 3-bet).
She'riy ta'rix-maxsus bir janr boʻlib, harflaridan abjad hisobi bilan ma'lum yil va oy kelib
chiqadi. Boburning Hisordagi gʻalabasi sharafiga yozilgan she'riy ta'rixlar, uning Samarqandga
kelishini qutlaydigan satrlar xattotlar tomonidan yirik-yirik harflar bilan oq ipak matolarga
yozilib, yoʻl boʻylariga doʻkon tepalariga, qoʻrgʻon ichining koʻzga koʻrinarli joylariga osib
qoʻyilgan edi. (Qunduz.Samarqand.5. Ikki qilich orasida, 329-bet).
3. Harbiy tushunchalar nomlari: shamshir, sovut, sadoq (oʻqdon), darvoza, navkar.
Dubulgʻa
-Boshni tig' yoki o'qdan (shuningdek, boshqa xil zarbalardan) saqlash uchun
temir yoki po'latdan ishlangan bosh kiyim. Faqat arkka yaqinlashganda, chap tomonda
koʻringan ulkan obidaning Amir Temur maqbarasi ekanini jangchining dubulgʻasiga oʻxshash
gumbazning afsonaviy goʻzal taram-taramlaridan tanidi. (Samarqand.1. Zafar va kulfat, 96-
bet).
Cho‘g‘ollar
-xon askarlarining bir turi. Xudoyor cho‘g‘ollari qishloqqa chiqib, Nazmining
otasini siqqanlar, urg‘anlar... ( 31. Qirq qizlar, 72-bet).
Natijalar
Lug’aviy birlik biror jihatdan eskirib, o’z o’rniga boshqa lug’aviy birlikka bo’shata
borishi natijasida arxaizm paydo bo’ladi. Arxaizm-so’z monosemantik so’zning eskirishi
natijasida, arxaizm ma‘no esa polisemantik so’zga xos leksik ma‘nolardan birining eskirishi
natijasi yuzaga keladi. Har ikki turdagi arxaizmning voqe bo’lishi shu tilning o’z taraqqiyot
yo’li bilan bog’liq. Hattoki, so’zning shakli, ma’nosi ham o’zgarmay faqatgina talaffuzi eskirishi
ham mumkin. Bu esa fonetik arxaizmni vujudga keltiradi. Toshkent – O’zbekiston
viloyatlaridan biri. Tarixda “Toshkand” tarzida talaffuz qilingan. Noshvoti – nokning bir navi,
avval esa “noshpoti” ko’rinishida bo’lgan. “Andijonning noshpotisidan yaxshiroq noshpoti
bo’lmas”. (“Boburnoma” dan) Fonetik arxaizm ko’proq olmoshlarda o’z aksini topadi: u-ul, bu-
bul, shu-shul, o’sha-o’shal, ular-alar, menda-banda.
“Keltursa yuz baloni o’shal bevafo manga,
Kelsun, agar yuzumni evursam, balo manga”. (Bobur)
Page 107
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION
Volume 4, Issue 6, Part 2 Iyun 2025
www.in-academy.uz
Frazeologik arxaizm ko’p emas, hozirgi o’zbek tilida bunday arxaizmga "Dasti alif-lom
qilib", "Gardanini ham qilib"; "Yoqasini chok etmoq" kabi iboralarni ko’rsatish mumkin.
Arxaizm iborani arxaizm qatnashgan iboradan farqlash kerak. Arxaizmning qatnashuvi hali
iboraning arxaizm ekanidan darak bermaydi. Masalan, "Lom-mim demaslik" iborasi
tarkibidagi arxaizm qatnashgan, shunga qaramay bu iboraning o’zi arxaizm emas. Lug’aviy
birliklarning eski bo’lishi boshqa-yu, eskilik bo’yog’i bor bo’lishi boshqa. Arxaizm hozirgi
tilning lug’atiga xos birlik hisoblanadi. Boshqa lug’aviy birliklardan eskilik bo’yog’i borligi
bilan ajralib turadi. Hozir ishlatilishdan umuman chiqib ketgan, til taraqqiyotining tarixiy
bosqichlariga xos bo’lgan lug’aviy birliklarni bugungi kun nuqtai nazaridan arxaizm deb
baholash mumkin emas. Bular o’tmish lug’aviy birliklaridir. Bularning arxaizmligi yoki
arxaizm emasligi til tarixining har bir bosqichida o’sha davrga nisbatan belgilanadi. Masalan,
ulus («xalq»), aqcha («pul») kabi so’zlar, nuqta so’zning «o’rin», «tomon» ma‘nosini o’tmish
lug’atiga xos birlikdir. Bunday lug’aviy birliklarga klassik adabiyotda va o’tmish tarixini bayon
etuvchi hozirgi asarlarda ko’p uchraydi. Bular o’sha davr muhitini aks ettirish uchun xizmat
qiladi, baʼzi hollardagina stilistik maqsadda ishlatilgan.
Muhokama
Neologizm (yunoncha neo – yangi, logos – soʻz) – bu muayyan til lugʻat tarkibiga yangi
kirib kelgan yoki yaqinda shakllangan soʻz, ibora yoki atamalardir. Ular odatda yangi ixtiro,
hodisa, tushuncha yoki ehtiyoj tufayli paydo boʻladi. Neologizmlar tabiiy ravishda har bir
tilning rivojlanish jarayonida yuzaga keladi va lugʻat tarkibining doimiy yangilanib borishini
ta’minlaydi. Bunday soʻzlar leksik qatlamning boyishiga xizmat qiladi. Neologizmlar, dastlab,
qator olimlar, tilshunoslar chetdan kirib kelayotgan so’zlarning o’zbekcha muqobillarini izlab
ko’rgan, mavjudlarini o’zbekchalashtirgan. Ayrimlarining muqobillari esa nutqiy qulaylikka
ega bo’lmaganligi sabab o’zgartirilmagan. Masalan, radio – ovoznigor, samolyot – uchoq,
aeroport – tayyoragoh, aftobus – ko’p kursi, mamlakat – respublika singari so’zlar o’z
muqobilini rad etib, yangi so’z (neologizm)lar bilan atalgan.
Neologizm atamasiga olimlar turlicha ta’rif berishgan. R. Majidova, I. Yo‘ldoshev, O‘.
Sharipov o‘zlarining “Tilshunoslik nazariyasi asoslari” darsligida quyidagicha ta’rif beradi:
“Neologizm – yangi narsa, yangi tushunchalarni ifodalash uchun hosil qilingan, hali odatdagi
lug‘aviy birlikka aylanib ketmagan so‘z yoki iboralardir.”
H. Jamolxonovning “Hozirgi o‘zbek adabiy tili” darsligida quyidagicha ta’riflangan:
“Leksik neologizmlar tilda yangi paydo bo‘lgan va yangilik bo‘yog‘ini yo‘qotmagan so‘zlar:
internet, marketing, litsenziya va b. “ Yana shu kabi tilshunos olimlar o‘z ilmiy izlanishlarida
neologizmlarni shunday ta’riflaydi: “ Yangi leksemalar – tilda endi paydo bo‘lgan va yangilik
bo‘yog‘i sezilib turgan so‘z: audit, market, test, internet, kabi. Ular fanda neologism deb ham
yuritiladi.
Baʼzan shunday holatga ham duch kelamizki, tilimizda o’z muqobili bor, lekin ularni
qo’llamaslik, chetdan kirgan so’zlardan me’yordan ortiq foydalanish, ularni iste’molga
butunlay olib kirish ham uchraydi. Masalan: Byudjet-hamyon, mablagʻ;
Kargo – yuk puli;
Avtomat-o’zi harakatlanuvchi;
Lider – yetaklovchi, boshlovchi;
Auditoriya-tinglash joyi;
Blok-toʻsiq;
Page 108
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION
Volume 4, Issue 6, Part 2 Iyun 2025
www.in-academy.uz
Assortiment-terma, yig’ma, to’plam, saralangan
Tutor-oʻqituvchi, tarbiyachi
Xulosa
Zamonaviy tadqiqot usullaridan foydalangan holda neologizmlarni chuqur o‘rganish va
ularni til tizimiga moslashtirish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri hisoblanadi.
Negaki bugungi kunda nafaqat yoshlarning koʻpchiligi turli xil ingliz va rus tillarini qoʻshib
gapirishadi, balki eʼlon taxtalarda ham bu holatni koʻrish mumkin. Masalan, "Sartarosh" soʻzi
oʻrniga "Barber" ni yozib qoʻyishadi. Bu esa til qatlamidagi soʻzlarning arxaizmlashishiga
sabab boʻladi. "Til bor — el bor, til yo‘q — el yo‘q"- deganlaridek, soʻz qoʻllashda eʼtiborli
boʻlish lozim, toki tilimiz oʻz taraqqiyot choʻqqisiga erishsin.
Adabiyotlar roʻyxati:
1. Tilshunoslik asoslari: I. Yo‘ldoshev, S. Muhamedova, O. Sharipov, R. Majidova. Toshkent –
2013.
2. Hozirgi o‘zbek tili: Baxtiyor Mengliyev. “Excellent Publication” – Toshkent. 2020.
3. Hozirgi o‘zbek adabiy tili: H. jamolxonov. Toshkent – “Talqin”. 2005.
4. O‘zbek tilining izohli lug‘ati. Birinchi jild. – Toshkent: Davlat ilmiy nashriyoti, 2006.
5. Berdialiyev Abduvali, Ermatov Ixtiyor. Hozirgi o‘zbek adabiy tili (Leksikologiya,
frazeologiya, leksikografiya) Darslik. – T: «TURON-IQBOL» nashriyoti, 2021.