Авторы

  • Mavluda Shukurova
    Fizika yo’nalishi 1-bosqich talabasi, NavDU,
  • Dilnavoz Kamalova
    Ilmiy rahbar: “Fizika va astronomiya” kafedrasi professori, NavDU,

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.cajei.126618

Ключевые слова:

teleskop optika refraktor reflector doppler effekti yutilish spektrlar azimutal ekvatorial fokus masofa ko’rish maydoni apertura.

Аннотация

Mazkur maqolada teleskoplarning ilm-fan, astronomiya sohasidagi ahamiyati, ularning tuzilishi, ishlash mexanishmi hamda pedagogik jarayonda qo‘llash usullari tahlil qilingan. Teleskoplarning turlari – refraktor va reflektor teleskoplar, ularning optik xususiyatlari, fokus masofasi, aperturasi, ko’rish maydoni kabi muhim parametrlari yoritib berilgan. Shuningdek, teleskopni o‘rnatish usullari – azimutal va ekvatorial qurilmalar haqida ma’lumot berilgan. Dars jarayonida teleskop modellaridan, slaydlardan, video materiallaridan foydalanish orqali talabalar nazariy bilimni amaliy ko‘nikmaga aylantirish o‘rgatilgan. Maqolada shuningdek teleskoplarning tarixi, zamonaviy teleskoplar va ularning xususiyati haqida ham to‘xtalib o‘tilgan. Doppler effekti, yutilish spektrlari hamda kattalashtirish formulalari misolida masala yechimi orqali mavzu amaliy jihatdan boyitilgan.


background image

Page 48

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION

Volume 4, Issue 7, July 2025

www.in-academy.uz

TELESKОPLAR VA ULARNING XARAKTERISTIKALARINI

O’RGATISH METODIKASI

Shukurova Mavluda Shokir qizi

Fizika yo’nalishi 1-bosqich talabasi, NavDU,

mavludashukurova61@gmail.com

Kamalova Dilnavoz Ixtiyorovna

Ilmiy rahbar:

“Fizika va astronomiya” kafedrasi professori, NavDU,

kamalova.di@mail.ru

https://doi.org/10.5281/zenodo.16092652

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi: 07-Iyul 2025 yil

Ma’qullandi: 11-Iyul 2025 yil
Nashr qilindi: 18-Iyul 2025 yil

Mazkur

maqolada

teleskoplarning

ilm-fan,

astronomiya sohasidagi ahamiyati, ularning tuzilishi,
ishlash mexanishmi hamda pedagogik jarayonda
qo‘llash usullari tahlil qilingan. Teleskoplarning turlari
– refraktor va reflektor teleskoplar, ularning optik
xususiyatlari, fokus masofasi, aperturasi, ko’rish
maydoni kabi muhim parametrlari yoritib berilgan.
Shuningdek, teleskopni o‘rnatish usullari – azimutal va
ekvatorial qurilmalar haqida ma’lumot berilgan. Dars
jarayonida teleskop modellaridan, slaydlardan, video
materiallaridan foydalanish orqali talabalar nazariy
bilimni amaliy ko‘nikmaga aylantirish o‘rgatilgan.
Maqolada

shuningdek

teleskoplarning

tarixi,

zamonaviy teleskoplar va ularning xususiyati haqida
ham to‘xtalib o‘tilgan. Doppler effekti, yutilish
spektrlari hamda kattalashtirish formulalari misolida
masala yechimi orqali mavzu amaliy jihatdan
boyitilgan.

KEY WORDS

teleskop,

optika,

refraktor,

reflector, doppler effekti, yutilish
spektrlar, azimutal, ekvatorial,
fokus masofa, ko’rish maydoni,
apertura.

Zamonaviy ilm-fanning taraqqiyoti, ayniqsa astronomiya sohasi, teleskop kabi kuzatuv

asboblarining yaratilishi va takomillashuvi bilan chambarchas bog’liqdir. Teleskoplar nafaqat
osmon jismlarini o’rganishda, balki fizika, optika va texnologiya fanlarini o’qitishda ham
muhim o’quv vositasi bo’lib xizmat qiladi. Ushbu maqolada teleskoplarning tuzilishi, o’rnatish
usullari hamda ularni pedagogik faoliyatda qanday qo’llash mumkinligi tahlil qilinadi.

Darsning maqsadi talabalarga teleskoplarning tuzilishi, ishlash mexanizmi va o’rnatish

usullari haqida bilim berish. Teleskop turlarini tahlil qilishni o’rgatish. Talabalarning kuzatish
tahlil qilish va texnik tushunchalarini amaliyotda tatbiq etish ko’nikmalarini rivojlantirish.

Dars o’tayotganda ekvatorial va azimutal teleskop modellaridan, teleskop haqidagi

slaydlar, zamonaviy teleskoplar haqida video materiallaridan fodalanish o’quvchining mavzu
yuzasidan bilim va ko’nikmalarini oshiradi.

O’qituvchi darsni boshlagach eng avvalo mavzuni kirish qismini tushuntirishi ya’ni

teleskop qaysi tildan olingan va uning tarixi haqida ma’lumot berishi va o’quvchining
qiziqishini oshiruvchi savolar berishi kerak. Mavzuning nazariy qismini tugatgach, mavzuga


background image

Page 49

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION

Volume 4, Issue 7, July 2025

www.in-academy.uz

doir bir nechta masalalarni o’quvchilar bilan tahlil qilishi va undan so’ng mavzu yuzasidan
turli qiziqarli savol-javoblar va amaliy topshiriqlar berish orqali o’quvchining darsni qanday
o’zlashtirganini bilish va mavzuni tahlil qilishni o’rgatish mumkin.

Teleskoplar astronomlarning eng muhim kuzatish asbobi hisoblanadi. Ular inson ko’zi

bilan ko’rish imkoni bo’lmagan yulduzlar, galaktikalar, sayyoralar va boshqa osmon jismlarini
kuzatish, o’lchash va tahlil qilish imkonini beradi. Teleskoplar ikkita asosiy mezon bo’yicha
tasniflanadi. Bular

refraktor

va

reflektor

. Teleskop obyektivi faqat qavariq ko’zguli bo’lsa, bu

teleskop refraktor, agar obyektivi botiq ko’zguli bo’lsa, reflektor deyiladi. Refraktorning nur
yig’uvchi qismi – obyektivi – bitta yoki bir nechta har xil navdagi shishadan yasalgan va har xil
sirtga ega linzalardan iborat bo’lishi mumkin. Obyektivining markazidan uning sirtiga tik
holda o’tuvchi chiziq, yoki nur teleskopning

optik o’qi

deyiladi. Reflektorning nur yig’uvchi

qismi

bosh ko’zgu

deb ataladi. U issiqlikdan kengayish koeffitsiyenti kam, yengil va

mustahkam shisha navidan botiq parabolik shaklda yasaladi va sirtiga bir tekis vakuumda
bug’latilgan alyumeniy qatlam yotqiziladi. Vaqt o’tishi bilan bu qatlam alyuminiyning
oksidlanishi tufayli 10 martagacha qalinlashadi. Bunday ko’zgu unga tushgan nurning 90% ni
qaytaradi. Botiq parabolik ko’zguning sirti, parabolani o’z o’qi atrofida aylanishi natijasida
hosil bo’ladigan, geometrik sirtga o’xshash bo’ladi.

Fokal tekisligi

– bu asosiy optik o’q bilan perpendikulyar joylashgan tekislik bo’lib,

linza yoki teleskop sistemasi yorug’likni fokusga to’playdigan sohaning ichida joylashadi. Shu
yerda tasvir hosil bo’ladi.

Fokal tekisligi obyektividan uzoqligi uning

fokus masofasi

deb ataladi. Fokal tekisligi

optik o’qqa perpendikulyar bo’ladi va unda predmet yoki yorug’lik manbaining to’ntarilgan
tasviri hosil bo’ladi. Agar fokal tekislikka fotoplastinka o’rnatilsa, u holda, yoritkichlarning,
osmon yortkichlarining suratini olish mumkin.

Okulyar

bu optik tizimning ikkinchi bosqichi bo’lib, asosiy linza yoki ko’zgu yordamida

fokusga yig’ilgan tasvirni kattalashtirib, ko’z bilan ko’rishga uchun qulay holga keltiruvchi
linzalar to’plami.

Apertura

– bu optik asbobning yorug‘lik nurlarini yig‘adigan qismining (asosiy obyektiv

yoki ko‘zgu) diametri bo‘lib, u tasvirning yorqinligi, tiniqligi va teleskop ko‘ra oladigan
yulduzlar soniga bevosita ta’sir qiladi.

Ko’rish maydoni

– bu okulyar orqali qaralganda hosil bo’lgan tasvirning burchakli

kengligi, ya’ni bir vaqtning o’zida ko’z oldida bo’lgan fazoviy doira hajmi. Ko’rish maydoni
daraja (°), daqiqa (‘), soniya (“) kabi burchak o’lchovida aniqlanadi.

Refraktor teleskop asoschisi Galiley va reflektor teleskop asoschisi Nyuton hisoblanadi.

Dunyodagi eng mashhur kosmik teleskop – Gubble teleskopi, Webb teleskopi esa infraqizil
diapozonda ishlaydi – yangi galaktikalar va sayyoralarga oid ma’lumotlar beradi. Dunyodagi
eng katta teleskop 1974-yil Rossiyaning Stavropol o’lkasida qurilgan.

Kuzatish uchun teleskop tanlash.

Astrofizika kuzatishlari, birinchidan, yorug’ligi va

kattaligi bir-birinikidan juda katta farq qiladigan yoritgichlarni o’z ichiga olsa, ikkinchidan,
tekshirishlar har xil spektral diapazonlarda olib borilishi mumkin, uchinchidan,
qo’llanilayotgan nurlanish priyomniklari har xil spektral sezgirlikka va kvant chiqishiga ega,
to’rtinchidan, qo’yilgan masalalar har xil bo’lishi mumkin (masalan, yulduzlar osmonini
sur’atga olish yoki birorta yulduzni alohida holda tekshirish).

Qo’yilgan astrofizik masalalardan chiqqan holda teleskop turi tanlanadi. Teleskopni


background image

Page 50

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION

Volume 4, Issue 7, July 2025

www.in-academy.uz

yasashga kirishishdan oldin, unda bajariladigan tekshirishlarda qo’yilgan shartlardan chiqqan
holda, uning optik sxemasi va qismlari sirtining egriligi va ularni bir-biriga nisbatan
joylashtirilish uzoqliklari hisoblab chiqiladi va yasash uchun zarur xomashyolarning optik
ko’rsatkichlari beriladi. Optik usta yoki optik avtomat mashina maxsus nazorat tizimlari
yordamida optik qismlarni yasaydi. Bu qismlar texnik buyurtmada belgilangandek ketma-ket
optik o’qqa joylashtiriladi va mahkamlanadi. Tayyor teleskop maxsus nazoratdan o’tkaziladi
va uning optik ko’rsatkichlari buyurtmadagiga mos kelsa, uni amalda qo’llashga ruxsat
beriladi.

Teleskopni o’rnatish va aylantirish.

Osmon yoritgichlarining gorizontga nisbatan

vaziyati vaqt bo’yicha asta-sekin o’zgarib boradi. Bu Yerni o’z o’qi atrofida sutkaviy aylanishi
bilan bog’liq. Shuningdek, yoritgichning haqiqiy harakati yoki Yerning Quyosh atrofida
aylanishi bilan bog’liq bo’lgan ko’rinma harakat tufayli uning gorizontga nisbatan vaziyati
o’zgarib boradi.

Kuzatish mobaynida yoritgich teleskopning ko’rish maydonidan chiqib ketmasligi uchun

teleskopni yoritgichning ko’rinma harakati yo’nalishida u bilan bir xil yo’nalishdagi osmon
yoritgichlarini teleskopda ko’rish uchun teleskopni ikkita o’q atrofida aylantirish kerak
bo’ladi. Bundan tashqari, har xil yo’nalishdagi osmon yoritgichlarini teleskopda ko’rish uchun
teleskopni ikkita o’q atrofida aylantirish zarur bo’ladi. Bu ishni ikki usul bilan bajarish
mumkin va shunga ko’ra teleskopni o’rnatishning ikkita usuli mavjud. 1) azimutal qurilma, 2)
ekvatorial qurilma.

Endi teleskop tarixi bilan tanishadigan bo’lsak, ilk teleskopni italiyаlik olim Galileo

Galiley 1609-yilda yasadi. U kuzatayotgan jismlarni 32 barobar kattalashtiradi. XVII asr
o’rtalarida dunyoning ko’plab olimlari teleskoplarni takomillashtirish bilan shug’ullanishdi.
Ular orasida ingliz fizigi va matematigi Isaak Nyuton, rus olimi Mixail Vasilyevich Lomonosov,
nemis matematigi va astronom Kepler bor edi. O’sha paytlarda Yevropaning turli shaharlarida
o’z zamonasining kuchli teleskoplari bilan jihozlangan katta abservatoriyalar qurildi. 1671-
yildа Fransiyada Parij observatoriyasi ochildi. 1675-yilning 22-iyunida qirol Chаrlez II
tomonidаn London yаqinida Grinvinch observаtoriyasi pаydo boʻldi. Bir nechа yil o‘tib
Berlinda ham observаtoriya ochildi.

Rossiyadа ilk observаtoriya Pyotr I buyrugʻi bilan qurilgan. Avval Moskva shahrida,

Suxarev minorasida observatoriya paydo boʻldi. U yerda teleskoplаr va kvadrаntlardan
tashqаri Gollandiyadаn keltirilgаn ikki metrli yulduzli globus hаm bor edi. Keyin Pyotr I
Peterburgdа, Rossiyаning ilk muzeyi – Kunstkamerа binosidа observatoriyа qurishgа buyruq
berdi.

Hozirgi zamonning eng katta optik teleskoplari

Teleskop

Ko’zgusi
diametri, m

Bosh ko’zgusi
xususiyati

O’rnatilgan
joy

Loyiha
sheriklari

Bahosi,
mln.$

Ishga
tushurilgan
yil

KECK I
КЕСК II

10
10

parabolik,
ko‘psegmentli
(qurama),
aktiv

Mauna

Kea,

Gavay, AQSh

AQSh

94
78

1994
1996

EKT
(to‘rtta
teleskop)

4x8.2 yupqa, aktiv

Paranal, Chili

EJO, 9 ta
Evropa
davlatlari

200

1998


background image

Page 51

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION

Volume 4, Issue 7, July 2025

www.in-academy.uz

JEMINI,
Shimoliy-
Janubiy

8
8

yupqa, aktiv

Mauna

Kea

(Gavay), Sero
Pachon, Chili

AQSh

(25%),
Angliya
(25),
Kanada,
Chili,

176

1998 2000

SUBARI

8.2

yupqa, aktiv

Mauna Kea

Yaponiya

100

1998

KBT (bino-
kulyar)

2x8.4 qalin

kataksimon

Grahm
tog‘i,Arizona,
AQSh

AQSh, Italiya 75

1998

НЕТ
(Hobbi-
Eberli)

11

ko‘psegmentli,
sferik

Foulkas tog’i,
Texas, AQSh

AQSh,
Germaniya

13.5

2001

АКТ

6

qalin

Rossiya

1976

JAKT

11

НЕТ tipidagi

Suzerland,
Janubiy Afrika

Janubiy
Afrika
Respublikasi

10

2005-2007

EKT

35

НЕТ tipidagi

AQSh

200

2012


Izohlar: KECK – homiy Keck nomiga atalgan teleskop; EKT – Eng katta Teleskop; JEMINI

– qo'shaloq teleskoplar Shimoliy va Janubiy; KBT – katta binokulyar teleskop; НЕТ – homiylar
Hobbi va Eberli nomiga atalgan teleskop; АКТ – azimutal katta teleskop; JAKT – janubiy Afrika
katta teleskopi; EKT – Eberli katta teleskopi;

Gaz va bug’lar orqasida uzluksiz spektr beradigan ravshan manba bo’lganda ular chiziqli

yutilish spektrni beradi. Yutilish spektri qora chiziqlar kesilgan uzluksiz spektrdan iborat
bo’lib, bu qora chiziqlar shu gazga tegishli spektrning yorug’ chiziqlar joylashishi kerak
bo’lgan yerlarda bo’ladi.

Teleskopning fokus masofasi

𝐹

, obyektivi

𝐷

va ko’pincha yorug’lik kuchi deb ataluvchi

kattalik uning asosiy xarakteristikasi hisoblanadi.

𝐴 =

𝐷

𝐹

Teleskop beradigan kattalashtirishi esa quyidagiga teng:

𝑊 =

𝐹

𝑓

=

𝛽

𝜌

Bu yerda

𝑓

- okulyarning fokus masofasi,

𝜌

- qurollanma ko’z bilan kuzatgandagi

yoritkichning burchakli o’lchamlari,

𝛽

- o’sha yoritgichning teleskop yordamida kuzatgandagi

burchakli o’lchami. Kattalashtirish karraligi odatda

𝑥

belgi bilan belgilanib, u sonning yaqinida

daraja ko’rsatkichi shaklida qo’yiladi.

Yaxshi atmosferik sharoitlarda teleskop beradigan eng katta kattalashtirish

𝑊

𝑚

= 2𝐷

va eng kichik yoki ko’z qorong’i beradigan kattalashtirish, bo’lib bunda

𝐷

– obyektivning

millimetrlarda ifodalangan diametri.

𝑊

𝑧

=

𝐷

6

Doppler effekti: Yorug’lik manbaning ko’rish nuri bo’ylab kuzatuvchiga nisbatan

harakatlanishi yortkichlar spektridagi


background image

Page 52

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION

Volume 4, Issue 7, July 2025

www.in-academy.uz

spektral chiziqlarni ularning normal joylaridan siljishiga olib keladi:

∆𝜆

𝜆

0

=

𝑣

𝑐

𝑐

– yorug’lik tezligi,

𝑣

- yoritkich tezligi.

∆𝜆 > 0

“qizilga siljish”ga mos keladi, ya’ni

yoritkich kuzatuvchidan uzoqlashayotgan bo’ladi.

Masala: obyektivning fokus masofasi 160 sm bo’lgan okulyar 200 ga teng bo’lgan

kattalashtirishni 12 metrli fokus masofali obyektivda bu okulyar qanday kattalashtirishga
ega?

Berilgan:

𝐹

1

= 160𝑠𝑚

𝐾

1

= 200

𝐹

2

= 12𝑠𝑚

𝐾

2

= ?

Yechilishi:

Teleskop kattalashtirishi

𝑊 =

𝐹

𝑓

formula bilan aniqlanadi. Bunda

𝐹

– obyektiv fokus

masofasi,

𝑓

– okulyar fokus masofasi. Bu formuladan

𝑓 =

𝐹

1

𝐾

1

topib,

𝐾

2

=

𝐹

2

𝑓

formulaga

qo’yamiz.

𝐾

2

=

𝐹

2

𝑓

=

𝐹

2

∙𝐾

1

𝐹

1

=

12∙200

1.6

= 1500

. Demak okulyar 1500 marta kattalashtirib berar

ekan.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

G.I.Sayfullayeva, I.R.Kamolov va boshqalar. Astronomiya o’qitishda axborot texnologiyalari.

Darslik. Buxoro: Durdona. 2024.
2.

I.R.Kamolov, D.I.Kamalova, G.I.Sayfullayeva, A.R.Sattarov, A.M.Tillaboyev. “Astronomiya

kursi fanidan amaliy mashg’ulotlar”. 72-80 b.
3.

I.R.Kamolov, D.I.Kamalova va boshqalar. Umumiy astronomiya. Darslik. Navoiy: Aziz

kitobxon. 2023.
4.

I.R.Kamolov, D.I.Kamalova va boshqalar. Astronomiya o’qitish metodikasi. Darslik. Buxoro:

Durdona. 2023.
5.

I.R.Kamolov, D.I.Kamalova, G.I.Sayfullayeva va boshqalar. Astronomiya o’qitish metodikasi

fanidan seminar mashg’ulotlari. O’quv qo’llanma. Buxoro: Durdona. 2023.
6.

D.Kamalova. “Ommabop astronomiya” Toshkent. Lider- press. 2009.

7.

D.Kamalova, A.Sattorov. “Quyosh va uning tabiiy yo’ldoshlari”. Toshkent. Buxoro. 2009.

8.

D.I.Kamalova va boshqalar. Astronomiya o‘qitish metodikasi fanidan PISA topshiriqlari.

Uslubiy qo‘llanma. 26-iyun. 2023.

Библиографические ссылки

G.I.Sayfullayeva, I.R.Kamolov va boshqalar. Astronomiya o’qitishda axborot texnologiyalari. Darslik. Buxoro: Durdona. 2024.

I.R.Kamolov, D.I.Kamalova, G.I.Sayfullayeva, A.R.Sattarov, A.M.Tillaboyev. “Astronomiya kursi fanidan amaliy mashg’ulotlar”. 72-80 b.

I.R.Kamolov, D.I.Kamalova va boshqalar. Umumiy astronomiya. Darslik. Navoiy: Aziz kitobxon. 2023.

I.R.Kamolov, D.I.Kamalova va boshqalar. Astronomiya o’qitish metodikasi. Darslik. Buxoro: Durdona. 2023.

I.R.Kamolov, D.I.Kamalova, G.I.Sayfullayeva va boshqalar. Astronomiya o’qitish metodikasi fanidan seminar mashg’ulotlari. O’quv qo’llanma. Buxoro: Durdona. 2023.

D.Kamalova. “Ommabop astronomiya” Toshkent. Lider- press. 2009.

D.Kamalova, A.Sattorov. “Quyosh va uning tabiiy yo’ldoshlari”. Toshkent. Buxoro. 2009.

D.I.Kamalova va boshqalar. Astronomiya o‘qitish metodikasi fanidan PISA topshiriqlari. Uslubiy qo‘llanma. 26-iyun. 2023.

Наиболее читаемые статьи этого автора (авторов)