Page 42
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION
Volume 4, Issue 8,August 2025
www.in-academy.uz
RAYXON (OCIMUM BASILICUM) O‘SIMLIGINING
SHIFOBAXSH XUSUSIYATLARI VA KIMYOVIY TARKIBI
Maxmudova Aziza Alisher qizi
azizahonmahmudova02@gmail.com, 907862123
https://doi.org/10.5281/zenodo.16894157
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Qabul qilindi: 10-Avgust 2025 yil
Ma’qullandi: 14- Avgust 2025 yil
Nashr qilindi: 18- Avgust 2025 yil
Dorivor o‘simliklar qadim zamonlardan beri inson
salomatligini tiklash va saqlashda muhim rol o‘ynab
kelmoqda. Ular nafaqat davolash vositasi, balki oziq-
ovqat, kosmetika va atir-upa sanoatida ham keng
qo‘llaniladi.
Hozirgi
kunda
dunyoda
dorivor
o‘simliklarning 10 mingdan ortiq turi mavjud bo‘lib,
shulardan 1000 dan ortig‘i ilmiy jihatdan o‘rganilgan.
O‘zbekistonda esa 700 dan ziyod dorivor o‘simliklar
aniqlangan va ularning 120 ga yaqin turi xalq tabobati
hamda tibbiyotda faol qo‘llaniladi. Bugungi kunda dori
vositalarining qariyb yarmi o‘simlik xom ashyosidan
olinishi ham ushbu sohaning dolzarbligini ko‘rsatadi.
O‘simliklar tarkibidagi murakkab organik birikmalar
ularga turli biologik va farmakologik xususiyatlar
baxsh etadi.
KEY WORDS
Rayhon (Ocimum basilicum) –
subtropik va tropik hududlarda
o‘suvchi, dorivor va amaliy
ahamiyatga ega o‘simlikdir
Dorivor o‘simliklar qadim zamonlardan beri inson salomatligini tiklash va saqlashda
muhim rol o‘ynab kelmoqda. Ular nafaqat davolash vositasi, balki oziq-ovqat, kosmetika va
atir-upa sanoatida ham keng qo‘llaniladi. Hozirgi kunda dunyoda dorivor o‘simliklarning 10
mingdan ortiq turi mavjud bo‘lib, shulardan 1000 dan ortig‘i ilmiy jihatdan o‘rganilgan.
O‘zbekistonda esa 700 dan ziyod dorivor o‘simliklar aniqlangan va ularning 120 ga yaqin turi
xalq tabobati hamda tibbiyotda faol qo‘llaniladi. Bugungi kunda dori vositalarining qariyb
yarmi o‘simlik xom ashyosidan olinishi ham ushbu sohaning dolzarbligini ko‘rsatadi.
O‘simliklar tarkibidagi murakkab organik birikmalar ularga turli biologik va farmakologik
xususiyatlar baxsh etadi.
Asosiy qism.
Rayhon (
Ocimum basilicum
) – subtropik va tropik hududlarda o‘suvchi,
dorivor va amaliy ahamiyatga ega o‘simlikdir. U qadimdan xalq tabobatida qo‘llanilib kelinadi
va bugungi kunda ham zamonaviy farmatsevtika va tibbiyotda tadqiq etilmoqda. Rayhonning
foydali xususiyatlari uning efir moylari, flavonoidlar, alkaloidlar, vitamin va minerallarga boy
tarkibi bilan bog‘liq (Jadval).
Shifobaxsh xususiyatlari:
Yallig‘lanishga qarshi ta’siri – tarkibidagi antioksidantlar va flavonoidlar organizmni
zararlovchi erkin radikallardan himoya qilib, yallig‘lanish jarayonlarini kamaytiradi.
Page 43
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION
Volume 4, Issue 8,August 2025
www.in-academy.uz
Mikroblarga qarshi ta’siri – efir moylari turli bakteriya va zamburug‘larni yo‘q qilish
xususiyatiga ega bo‘lib, antiseptik vosita sifatida ishlatiladi.
Og‘riqni kamaytirish va asab tizimini tinchlantirish – xalq tabobatida bosh og‘rig‘i va
mushak og‘riqlarini yengillashtirishda rayhondan foydalanilgan.
Ovqat hazm qilishga ijobiy ta’siri – oshqozon-ichak faoliyatini yaxshilab, hazm jarayonini
yengillashtiradi.
Immunitetni mustahkamlash – vitamin va minerallarga boyligi tufayli organizmning
himoya tizimini kuchaytiradi.
Qora rayhon turi ham nafaqat ziravor sifatida, balki shifobaxsh vosita sifatida alohida
ahamiyatga ega. Tadqiqotlarga ko‘ra, uning tarkibida evgenol, cineol, rosmarin kislotasi kabi
biologik faol moddalar mavjud bo‘lib, ular antibakterial, tinchlantiruvchi va yallig‘lanishga
qarshi ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababli gastrit, gipertoniya, bronxit kabi kasalliklarda yordamchi
vosita sifatida qo‘llanishi ilmiy jihatdan asoslangan.
Jadval. Rayxon o
‘
simligining kimyoviy tarkibi
№ Modda/component
Modda miqdori (100 g
yangi rayxonda)
Izoh
1
Suv
92,06 mg
Yuqori namlik
2
Oqsillar
3,15 mg
O‘rtacha oqsil miqdori
3
Yog‘lar
0,64 g
Yog‘ miqdori juda past
4
Uglevodlar
2,65 g
Asosan tolalar va tabiiy
shakarlar
5
Oziq tolalar
1,6 g
Ovqat
hazm
qilishini
yaxshilaydi
6
Vitamin A
264 mkg
Ko‘rish va teri salomatligi
uchun
7
Vitamin C
18 mg
Immunitetni
mustaxkamlaydi
8
Vitamin K
414,8mkg
Qon ivishi va suyak sog‘ligi
uchun muhim
9
Kalsiy
177 mg
Suyak va tishlar uchun
10 Temir
3,17 mg
Qon ishlab chiqarishda
ishtirok etadi
11 Magniy
64 mg
Mushak va asab tizimi
uchn foydali
12 Marganets
1,15 mg
Antioksidant
fermentlar
tarkibida
13 Kaliy
295 mg
Yurak va qon bosimi
uchun foydli
14 Rux
0,81mg
Immunitet
va
teri
salomatligi uchun foydali
15 Efir moylari
0,2-1,5%
Asosiy tarkibiy qismlar:
evgenol, linalool, methyl
chavicol
Page 44
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION
Volume 4, Issue 8,August 2025
www.in-academy.uz
16 Antioksidantlar
Flavonoidlar,
fenol
kislotalar
Yallig‘lanishga qarshi va
antimikrob ta’sir
Amaliy qo‘llanilishi.
Kulinariya: Rayhon barg va gullari taomlarga o‘ziga xos lazzat
beradi. Yog‘li ekstrakti esa oziq-ovqat sanoatida tabiiy saqlovchi sifatida qo‘llaniladi.
Kosmetika va parfyumeriya: Efir moylari teri parvarishida, yuqumli kasalliklarning oldini
olishda hamda turli parfyumeriya mahsulotlarida ishlatiladi.
Zararkunandalarga qarshi vosita: Rayhonning xushbo‘y efir moylari hasharotlarni
haydab, tabiiy himoya vazifasini bajaradi.
Xulosa.
Rayhon o‘simligi nafaqat ziravor, balki qimmatli dorivor xususiyatlarga ega bo‘lgan
o‘simlikdir. Uning kimyoviy tarkibi tufayli yallig‘lanishga qarshi, antibakterial,
tinchlantiruvchi va immunitetni mustahkamlovchi ta’siri mavjud. Bundan tashqari, oziq-
ovqat, farmatsevtika, kosmetika va parfyumeriya sanoatlarida keng qo‘llanilishi rayhonning
ahamiyatini yanada oshiradi. Zamonaviy tadqiqotlar rayhon asosida yangi samarali dorivor
preparatlar yaratish istiqbolli yo‘nalishlardan biri ekanini ko‘rsatmoqda..
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
“O‘zbekistonning dorivor o‘simliklari”, Namangan – 2023.
2.
International scientific and practical conference “Science, education and innovation:
Integration of natural sciences and ecological aspects of food products”, Rayhon o‘simligining
dorivor va amaliy ahamiyati, 2025.
3.
Javanmardi, J., Stushnoff, C., Locke, E., & Vivanco, J. M. (2003). Antioxidant activity and total
phenolic content of Iranian Ocimum accessions. Food Chemistry, 83(4), 547–550.
4.
Simon, J. E., Morales, M. R., Phippen, W. B., Vieira, R. F., & Hao, Z. (1999). Basil: A source of
aroma compounds and a popular culinary and ornamental herb. Perspectives on new crops
and new uses, 499–505.
5.
Lee, S. J., Umano, K., Shibamoto, T., & Lee, K. G. (2005). Identification of volatile components
in basil (Ocimum basilicum L.) and thyme leaves (Thymus vulgaris L.) and their antioxidant
properties. Food Chemistry, 91(1), 131–137.