Авторы

  • Davlat Tangirov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.cajmrms.126632

Аннотация

Bugungi kunda talabalarni jismoniy tarbiya faniga oid bilim va savodxonligini oshirish bevosita ta’lim muassasalarining modiiy –texnika va zamonaviy axborot texnologiyalari bazasini mustahkamlash, yuqori sifatli o‘quv adabiyotlar, darsliklar, elektron o‘quv qo‘llanmalar va majmualarni yaratish, elektron kutubxonalar tashkil etish bilan chambarchas bog‘liqdir.


background image

Page 21

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY

RESEARCH AND MANAGEMENT STUDIES

Volume 2, Issue 6, Part 2 June 2025

www.in-academy.uz

JISMONIY TARBIYA FANLARINI O‘QITISHDA AXBOROT

TEXNOLOGIYALARINI O‘RNI

Tangirov Davlat Tug‘ilovich

Samarqand iqtisodiyot va servis inistituti assistenti

https://doi.org/

10.5281/зенодо.15684625

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Received: 01

st

June 2025

Accepted: 05

th

June 2025

Published: 17

th

June 2025

Bugungi kunda talabalarni jismoniy tarbiya faniga

oid bilim va savodxonligini oshirish bevosita ta’lim

muassasalarining modiiy –texnika va zamonaviy axborot

texnologiyalari bazasini mustahkamlash, yuqori sifatli

o‘quv adabiyotlar, darsliklar, elektron o‘quv qo‘llanmalar

va majmualarni yaratish, elektron kutubxonalar tashkil

etish bilan chambarchas bog‘liqdir.

KEYWORDS

zamonaviy

axborot,

ta’lim tarbiya jarayoni, jismoniy

tarbiyada

multimediya,

mediyasavodxonlik,

internet

vositalari, ko‘z mashqlari.

Ta’lim jarayonining jadal rivojlanib borayotgan davrda asosiy tarmoqlaridan biri bo‘lgan

axborot texnologiyalarining taraqqiyotimizdagi o‘rni beqiyosdir, chunki iqtidorli, mustaqil,

o‘ziga ishonch-e’tiqodli yoshlarga bilim berish, ularni tarbiyalash va zamon talabiga mos

yetuk mutaxassislar qilib tayyorlashda ta’lim –tarbiya tizimi muhim asos bo‘lib hisoblanadi.

Ta’lim tarbiya jarayonida talabalarning kompyuter va axborot texnologiyalari bo‘yicha

savodxonligini oshirishimiz va ulardan unumli foydalanish yuzasidan bilim, ko‘nikma va

malakalarini shakllantirishimiz kerak bo‘ladi.

Bugungi kunda talabalarni jismoniy tarbiya faniga oid bilim va savodxonligini oshirish

bevosita ta’lim muassasalarining modiiy –texnika va zamonaviy axborot texnologiyalari

bazasini mustahkamlash, yuqori sifatli o‘quv adabiyotlar, darsliklar, elektron o‘quv

qo‘llanmalar va majmualarni yaratish, electron kutubxonalar tashkil etish bilan chambarchas

bog‘liqdir.

Shuning uchun ham talabalarga zamonaviy bilimlar sari keng yo‘l ochish, ta’lim tizimini

takomillashtirishda yangi axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish uchun barcha

ta’lim muassassalari zamonaviy kompyuter va axborot texnologiyalari vositalar bilan

jihozlanmoqda.

Bu esa, o‘qituvchi pedagoglarning o‘z mehnat faoliyatiga yangicha yondashuvini, dars berish

jarayonida zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish

zarurligini talab etadi. o‘quv jarayonida yangi kompyuter va axborot texnologiyalarini joriy

etilish o‘qituvchilarning texnikaviy vositalardan foydalanish malaka va ko‘nikmalarini

shakllantirish bilan birga ularning dars jarayonidagi o‘rni, vazifalari va rolini

o‘zgartirad.Jismoniy tarbiya fanlarini o‘qitish samaradorligini oshirishda kompyuter va

axborot texnologiyalaridan foydalanish asosiy omillardan biri bo‘lib hisoblanadi.

Jismoniy tarbiya fanlarini o‘qitish jarayonida juda katta miqdordagi axborotlarni to‘plash,

o‘zlashtirish, qayta ishlash, o‘z o‘rnida qo‘llay olish va uzatish muhim ahamiyatga ega.

Shuning uchun an’anaviy usullar bilan birga zamonaviy axborot texnologiyalari, jumladan

kompyuterlardan foydalanish zarurati paydo bo‘ladi. Shu jumladan kompyuterlardan


background image

Page 22

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY

RESEARCH AND MANAGEMENT STUDIES

Volume 2, Issue 6, Part 2 June 2025

www.in-academy.uz

foydalanib o‘qitish jarayonini qiziqarli olib borish, har bir talabaga individual yondashish

imkonini beradi.

Kompyuter va axborot texnologiyalar vositalari orqali pedagog xodimlar hamda talabalar juda

ko‘p miqdordagi malumotni olish va mustaqil ravishda o‘zlashtirish imkoniyatiga ega

bo‘lishlari zarur.

Tajriba shuni ko‘rsatadiki jismoniy tarbiya fanlarini o‘qitishda multemediyali taqdimot

dasturlaridan keng ko‘lamda foydalanish juda katta samara beradi. Demak multimediali o‘quv

qo‘llanmalar yaratish lozim. Shuning uchun ularni yaratishda ta’lim jarayonini tashkil

etishning psixologik va pedagogik tamoyillariga asoslanish kerak bo‘ladi.

Jismoniy tarbiya fanlarini multimediya texnologiyalari asosida o‘qitish uchun

amaliy

mashg‘ulotlarining har bir mavzu bo‘yicha dars ishlanmasi yaratilishi lozim. Ana shu ishlanma

asosida barcha mavzularga oid axborot texnologiyalari vositasi yordamida bayon etilishi

lozim bo‘lgan amaliy mashg‘ulotlariga tegishli materiallarning elektron taqdimot shakli

tayyorlanadi. Natijada talabalar mustaqil ravishda o‘z ustida ishlash imkoniyati yaratiladi.

Multimediali taqdimot nafaqat matnli va ko‘rgazmali, balki, ovozli, animatsiyali bo‘lishi

talabalar tomonidan mavzuni mukammal o‘zlashtirishda katta ahamiyatga ega bo‘ladi.

Jismoniy tarbiya fanlarini o‘qitish jarayonida Internet tarmog‘i insoniyat rivojlanishi nuqtai

nazardan axborot kommunikatsiya texnologiyalarini yangiligi, o‘ziga xosligi inson

faoliyatining deyarli barcha sohalariga kirib borishi, ulardan cheklanmagan doira va

maqsadlarda foydalanilishi bilan alohida o‘rin tutadi. Internet vositalaridan foydalanish

ko‘nikmalariga ega bo‘lish o‘z axborot – ta’lim muhitini kengaytirish, kasbiy rivojlanish va

mustaqil ta’lim olishi uchun sharoitlar yaratish, jamiyat axborat resurslaridan o‘z pedagogik

faoliyatida foydalanish, hamkasblari bilan muloqot qilish, dolzarb muhokamalar masalasida

ishtirok etish, tarmoqning turl tadbirlarida ishtirok etish va hakoza imkoniyatlarni beradi.

Ularni mustaqil o‘rganish, fikrlash, kerakli muammolarni anglab yetishga va uning

yechimlarini mustaqil izlash ko‘nikmalarini shakllantirish muhim o‘rin tutadi.

Buning uchun esa psixologik-pedagogik xizmat ko‘rsatish samaradorligini oshirish jarayonida

o‘qituvchi talabani quyidagilarni amalga oshirishga to‘g‘ri yo‘naltirish kerak bo‘ladi.

a) Uyga berilgan vazifalarni bajarish va qo‘shimcha axborotlarni izlab topish zarurligi;

b) Berilgan topshiriqlarni bajarilish muddatiga rioya etish va uni talab darajasida bajarilish

ma’suliyatini his etish;

Axborot texnologiyalari asosida talabalarda ijodiy ishlashga bo‘lgan qiziqish va intilishni

shakllantirish, hosil bo‘lgan muammolarni ijobiy yechimlarini mustaqil izlab topish va o‘z fikr

mulohazalarini bayon etishga jalb qilish lozim bo‘ladi.

Xulosa qilib aytganda, talabalar talabchan, turli narsalarga qiziquvchan, kompyuter orqali ko‘p

ma’lumotlarga ega bo‘lishni istaganliklari uchun doimiy ravishda tashqi muhit bilan ulanish,

axborotlar almashinuvini

amalga oshirish uchun eng avvalo ta’lim muassasalaridagi

kompyuterlar internet tarmog‘iga ulangan bo‘lishi, o‘zlarining web-saytlardan foydalanish esa

talabalarni o‘quv-tarbiyaviy ishlarga jalb qilish, ularning bo‘sh vaqtlarini samarali tashkil

etish hamda o‘zlarini amalga oshirgan ishlarini, erishgan yutuqlarini yoshlar ommasiga

yetkazish imkoniyatini yaratadi.

Adabiyotlar ro‘yxati (references):

1. Selevko G.K. Zamonaviy ta’lim texnologiyalari: Darslik. - M.: Xalq ta’limi, 1998 yil ( Селевко

Г.К. Современные образовательные технологии: Учебное пособие. - М.: Народное

образование, 1998 г.) / ( Selevko G.K. Modern educational technologies: Textbook. - M.:

Public education, 1998 ).

2. Azizxadjaeva N.N. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat.- Toshkent:TDPU, 2003.

175-bet.

3. Buriboev A. «Pedagogik texnologiya» T., 2004 .

4. Шуркова Н.Е. Педагогическая технология. - Москва: Педагогическое общество России.

2002.


background image

Page 23

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY

RESEARCH AND MANAGEMENT STUDIES

Volume 2, Issue 6, Part 2 June 2025

www.in-academy.uz

5. Lukyanenko V.P. Bespalko V.P. Pedagogik texnologiyaning tarkibiy qismlari. - M.: Ma’rifat,

1999 yil (Лукьяненко В.П. Беспалько В.П. Слагаемые педагогической технологии. - М.:

Просвещение, 1999 г.) / ( Lukyanenko V.P. Bespalko V.P. Components of pedagogical

technology. - M.: Enlightenment, 1999)

6. Piraxunova F.N., Nazirov A.X. o‘qitishning yangi pedagogik texnologiyalari. Uslubiy

qo‘llanma. –T.: “IQTISOD-MOLIYA”. 2008, 3-48 bet. (Пирахунова Ф.Н., Назиров А.Х. Новые

педагогические технологии обучения. Методическое руководство. - Т.: "ЭКОНОМИКА-

ФИНАНСЫ". 2008, стр. 3-48.) (Pirakhunova F.N., Nazirov A.Kh. New pedagogical technologies

of teaching. Methodical guide. - T.: "ECONOMY-FINANCE". 2008, pp. 3-48.)

7. Mirzakarimov Yu. A. (2021) Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and

social sciences, 1 (Special Issue 4), 25-30. ( Мирзакаримов Ю. А. (2021) Восточный

ренессанс: инновационные, образовательные, естественные и социальные науки, 1

(Спецвыпуск 4), 25-30.) / (Mirzakarimov Yu. A. (2021) Oriental Renaissance: Innovative,

educational, natural and social sciences, 1 (Special Issue 4), 25-30 ).

8. Abdullayeva o‘. X. (2022) Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social

sciences, 2 (Special Issue 5/2), 187-193. (Абдуллаева О. X. (2022) Восточный ренессанс:

инновационные, образовательные, естественные и социальные науки, 2 (спецвыпуск

5/2), 187-193.) / (Abdullayeva O. X. (2022) Oriental Renaissance: Innovative, educational,

natural and social sciences, 2 (Special Issue 5/2), 187-193.)

Библиографические ссылки

Selevko G.K. Zamonaviy ta’lim texnologiyalari: Darslik. - M.: Xalq ta’limi, 1998 yil ( Селевко Г.К. Современные образовательные технологии: Учебное пособие. - М.: Народное образование, 1998 г.) / ( Selevko G.K. Modern educational technologies: Textbook. - M.: Public education, 1998 ).

Azizxadjaeva N.N. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat.- Toshkent:TDPU, 2003. 175-bet.

Buriboev A. «Pedagogik texnologiya» T., 2004 .

Шуркова Н.Е. Педагогическая технология. - Москва: Педагогическое общество России. 2002.

Lukyanenko V.P. Bespalko V.P. Pedagogik texnologiyaning tarkibiy qismlari. - M.: Ma’rifat, 1999 yil (Лукьяненко В.П. Беспалько В.П. Слагаемые педагогической технологии. - М.: Просвещение, 1999 г.) / ( Lukyanenko V.P. Bespalko V.P. Components of pedagogical technology. - M.: Enlightenment, 1999)

Piraxunova F.N., Nazirov A.X. o‘qitishning yangi pedagogik texnologiyalari. Uslubiy qo‘llanma. –T.: “IQTISOD-MOLIYA”. 2008, 3-48 bet. (Пирахунова Ф.Н., Назиров А.Х. Новые педагогические технологии обучения. Методическое руководство. - Т.: "ЭКОНОМИКА-ФИНАНСЫ". 2008, стр. 3-48.) (Pirakhunova F.N., Nazirov A.Kh. New pedagogical technologies of teaching. Methodical guide. - T.: "ECONOMY-FINANCE". 2008, pp. 3-48.)

Mirzakarimov Yu. A. (2021) Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1 (Special Issue 4), 25-30. ( Мирзакаримов Ю. А. (2021) Восточный ренессанс: инновационные, образовательные, естественные и социальные науки, 1 (Спецвыпуск 4), 25-30.) / (Mirzakarimov Yu. A. (2021) Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1 (Special Issue 4), 25-30 ).

Abdullayeva o‘. X. (2022) Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2 (Special Issue 5/2), 187-193. (Абдуллаева О. X. (2022) Восточный ренессанс: инновационные, образовательные, естественные и социальные науки, 2 (спецвыпуск 5/2), 187-193.) / (Abdullayeva O. X. (2022) Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2 (Special Issue 5/2), 187-193.)