Page 19
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY
RESEARCH AND MANAGEMENT STUDIES
Volume 2, Issue 6, Part 2 June 2025
www.in-academy.uz
UMUMTA’LIM MAKTABLARIDAGI 5-6 SINF JISMONIY
TARBIYA DARSLARINI SIFAT- SAMARADORLIGINI
OSHIRISH YO‘LLARI
Tangirov Davlat Tug‘ilovich
Samarqand iqtisodiyot va servis inistituti assistenti
https://doi.org/
10.5281/зенодо.15684589
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Received: 01
st
June 2025
Accepted: 05
th
June 2025
Published: 17
th
June 2025
Jismoniy tarbiya darslarida sport mashg‘ulotlarini
o‘rgatish jarayoni ham amaliy, ham nazariy bilimlarni
zamon
talabi
darajasida
ilg‘or
pedagogik
texnalogiyalaridan foydalanib, chambarchas bog‘lab olib
borish ijtimoiy pedagogik jarayon sifatida muhim
ahamiyat kasb etmoqda. Shuning bilan bir qatorda
jismoniy
tarbiya
darslarini,
sport
to‘garaklari,
mashg‘ulotlar jarayonida o‘quvchi yoshlarni keng jalb
etishda ularni jismoniy madaniyat ta’lim tarbiyasini
maqsad mohiyatini chuqur singdirish masalasini hal etish
muhim ahamiyatga egadir.
KEYWORDS
sog‘lom avlod, pedagogik
kuzatuv, qonuniyatlar, sport
turlari, komil inson, jismoniy
mashqlar.
Jismoniy madaniyat ta’limining maqsadi barcha turdagi maktablar, oliy va o‘rta maxsus o‘quv
yurtlari, maktabgacha tarbiya va maktabdan tashqari tarbiya muassasalarida ishlaydigan
o‘qituvchilar, pedegogik xodimlar, ota-onalarni shuningdek, mexnat vа oilaviy faoliyati
jarayonida odamlar bilan muloqotda bo‘ladigan barcha kasb egalari, barcha kishilarni
pedegogik bilimi, ko‘nikma malaka va komil insonni shakllantirish, qonuniyatlari, ta’limning
tamoillari mazmuni shakli va usullari bilan qurollantirishdan iborat.
“Sog‘lom avlod” davlat dasturi, “Davlat ta’lim standartlari”, “Jismoniy tarbiya” dasturi asosida
umumiy jismoniy tayyorgarliklarni ta’minlash va ayniqsa yoshlarni sport turlari bilan
shug‘ulantirish asosida ularni sport mahoratlarini oshirishga davat etilgan.Ularning asisiy
maqsadi- va vazifalari esa ko‘p bosqichli uzluksiz sport musobaqalarining daslabki ko‘rinishi
sifatida: “Umid nihollari” sport musobaqalari, “Alpomish va Barchinoy” maxsus testlari
bo‘yicha o‘tkaziladigan ommaviy sport tadbirlarida o‘z kuch qudratlarini sinab ko‘rishga
qaratilganligi bilan e’tiborga molikdir.
Pedagogik kuzatish natijalariga ko‘ra ta’kidlab o‘tish joizki, bugungi kunda Respublikamizda
5-6-sinf o‘quvchi-yoshlarini jismoniy madaniyat tarbiyasi uchun yaratilgan ulkan
imkoniyatlarga qaramasdan, o‘quvchilar o‘rtasida jismoniy madaniyatning ijtimoiy
ahamiyatini tushunish, undan sog‘lom turmush tarzini kechirishda foydalanish, vositalarini
tanlash, mustaqil shug‘ullanish, malaka va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi, jismoniy mashqlarning
inson organizmini asosiy, hayotiy tizimlarga ijobiy ta’sirini bilish va boshqa masalalar
bo‘yicha bilimlari va tushunchalari talab darajasida emas, shuningdek jismoniy
madaniyatning tarbiyaviy masalalariga ham etibor berilmayapti.
Umum ta’lim maktablarning 5-6 sinf o‘quvchilarini jismoniy madaniyat darslarini yangi
zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda o‘tkazish. Dars sifat-
samaradorligini oshirish, ishning vazifalariga mavzuga mos adabiyotlarni o‘rganish va tahlil
qilish ilg‘or pedagogik tajribalarini o‘rganish va pedagogik kuzatishlar olib boorish; Umum
ta’lim maktablarida darslarini sifat-samaradorli oshirish vosita va omillardan iborat ishlarni
amalga oshirish hozirgi kun talabi bo‘lib qoladi.
Bu muammolar quyidagicha izohlanadi:
Page 20
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY
RESEARCH AND MANAGEMENT STUDIES
Volume 2, Issue 6, Part 2 June 2025
www.in-academy.uz
Jismoniy madaniyat o‘qituvchilari dars jarayonini talab darajasida tashkil etaolmasligi
(etmasligi);
O‘quvchilar orasida ommaviy sport musobaqalarni kam o‘tkazilishi;
Darsdan tashqari vaqtlarda mashg‘ulotlarni o‘tkazilishi faqat rejada qolib ketishi;
Jismoniy madaniyat o‘qituvchilarini nazariy va amaliy bilimlari talab darajasida emasligi va
boshqalar.
Kuzatish va so‘rovlar natijasida quyidagi tafsiyalarni tag‘dim etamiz.
Birinchidan—jismoniy madaniyat xodimlarini tayyorlash jaxon andozalari darajasida
tayorlashni tashkil etish lozim.
Ikkinchidan—ota-onalar bolalar tarbiyasi bilan shug‘ullanadigan jamoat tashkilotlari
xodimlari orasida jismoniy madaniyat bilimlarini keng targ‘ib etish.
Uchinchidan—oilaviy hayotda, ishlab chiqarish faoliyatida, mehnatkashlar bilan muloqotda
bo‘ladigan kasb egalarini tayyorlashda o‘quv tarbiya jarayonini jismoniy madniyatga doir
bilimlarni berish bilan boyitish.
Xulosa qilib aytganda, bugungi umum ta’lim tizimidagi jismoniy madaniyat ta’limini, yanada
takomillashtirish, ularni sifat-samaradorligini oshirishda jismoniy madaniyat o‘qituvchisining
o‘rni beqiyosdir. Shunday ekan, umumta’lim maktab 5-6 sinf o‘quvchilarini jismoniy
madaniyat darslarini, samarali tashkillashtirish hozirgi kunning eng dolzarb muammolaridan
biridir.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Abdullayev A. Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi. Darslik. 3-to‘plam nashri. Farg‘ona,
2021.
2. Xankeldiyev SH.X, Abdullayev A. va boshqalar. Sog‘lom turmush tarzi jismoniy madaniyati.
O‘quv qo‘llanma. Farg‘ona, 2010-228 b.
3. Abdullayev A. Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi. Xankeldiyev SH.X. Tahriri
ostida. Darslik. 2-to‘ldirilgan nashri. T.: “Navruz” nashryoti, 2019. - 416 bet
4. Бишаева А.А. Профессионалного-оздоровителная физическая культура студента:
учебное пособие. /А.А.Бишаева. - М.: КНОРУС, 2013.-304 с.
5. Кузнетсов В.С. Коррексия состояние здорове школьников средствами физической
културы. - М.: 2012.