Авторы

  • Sofiya Abduraximova
    NavDU Tillar fakulteti 2-kurs talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.canrms.103421

Ключевые слова:

Okkazionalizm poetik vazifasi poetikka individual uslub

Аннотация

Okkazionalizm bir marta qo‘llanilishi va ta’sirchanligi, obraz yaratishda nihoyatda qulayligi bilan til birliklaridan farqlanib turadi. Yozuvchi yoki shoir okkazional birliklarni qo‘llar ekan, biror narsa, hodisa yoki tushunchani aniq, rang-barang ifodalashga harakat qiladi. Biz mazkur maqolada Cho‘lpon she’riyati misolida okkozional birliklarning poetik vazifasini tahlil qilganmiz.


background image

CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

139

OKKOZIONAL BIRLIKLARNING POETIK VAZIFASI

(CHO‘LPON SHE’RIYATI MISOLIDA)

Abduraximova Sofiya

NavDU Tillar fakulteti

2-kurs talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15601601

Annotatsiya

. Okkazionalizm bir marta qo‘llanilishi va ta’sirchanligi, obraz

yaratishda nihoyatda qulayligi bilan til birliklaridan farqlanib turadi. Yozuvchi
yoki shoir okkazional birliklarni qo‘llar ekan, biror narsa, hodisa yoki
tushunchani aniq, rang-barang ifodalashga harakat qiladi. Biz mazkur maqolada
Cho‘lpon she’riyati misolida okkozional birliklarning poetik vazifasini tahlil
qilganmiz.

Kalit so‘zlar

. Okkazionalizm, poetik vazifasi, poetikka, individual uslub

Har bir ijodkorning so‘z qo‘llash mahorati uning iste’dodidan darak beradi.

Shoirlarning o‘ziga xos uslubining belgilaridan biri bu okkozional birliklardir.
“Okkazional so‘zlar insonning faqatgina intellekti, fikrlash qobiliyatigina emas,
balki uning hissiyotiga, voqelikni, dunyoni estetik jihatdan qabul qilishiga bog‘liq
holda dunyoga keladi

1

”. Har bir ijodkor dunyoni o‘ziga xos tarzda anglaydi,

tushunadi. Ushbu maqolada noodatiy usulda so‘z yasashning mahsuli bo‘lmish
okkozional birliklarning poetik vazifasi haqida so‘z boradi va Cho‘lpon she’riyati
orqali yoritib berish maqsad qilngan.

Cho‘lpon o‘zining “Men qochmadim” she’rida “o‘zlik” va “ko‘plik” so‘zini

qo‘llaydi.

Men “o‘zlik”dan ko‘pdan beri uzilib
“Ko‘plik” ichra botib ketgan tanaman.
U “ ko‘plik”ning qayg‘usida cho‘zilib,
Quloch otib, suzib yurgan yana men.
Berilgan misralarda “o‘zlik” va “ko‘plik” tushunchalari o‘rtasidagi ziddiyat

va ularning bir-biriga ta’siri aks etadi. “O‘zlik” – bu shaxsiy, individual so‘z,
“ko‘plik” esa jamiyat, umumiylikni anglatadi. Misrada o‘zlikdan uzilish va ko‘plik
ichida qolish, shaxsning o‘zligini yo‘qotishi va ko‘plab odamlar orasida yo‘qolishi
haqida fikr yuritiladi. Bu yerda o‘zlikning yo‘qolishi, ko‘plik ichida cho‘zilib,
suzib yurish – shaxsning ichki kurashi va o‘zligini qayta topish istagi bilan
bog‘liq. Okkozional birlik (yaэni, biror narsaning bir vaqtning o‘zida ikkita yoki
undan ortiq maэnoga ega bo‘lishi) misrada mavjud. Masalan, o‘zlik va ko‘plik
o‘rtasidagi ziddiyat, shaxsiy tajriba va umumiy holatni birlashtirgan holda,


background image

CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

140

muallif o‘zining ichki kechinmalarini ifodalaydi. Yuqoridagi she‘rda o‘zlik so‘zini
nafs ma‘nosida qo‘llagan. O‘zlik so‘zi nafs ma‘nosida qo‘llangan bo‘lsa, ko‘plik
so‘zining ma‘nosi nima degan fikr keladi. “Ko‘plik” bu yerda jamiyat yoki boshqa
odamlar bilan bog‘lanish, ko‘p insonlar yoki tashqi omillarga qarab yashashni
anglatadi. Shoir o‘zini “ko‘plik ichra botib ketgan” deb tasvirlagan, ya’ni u
o‘zining individual hayotini va shaxsiyatini yo‘qotib, boshqalar bilan birlashgan.
“Ko‘plik”ning qayg‘usi esa shaxsning o‘zligini yo‘qotganida, jamiyatdagi
boshqalarning qayg‘ulariga va tashqi dunyodagi voqealarga bog‘lanishini
ifodalaydi. Shoir o‘zining ichki dunyosini, maqsadlarini unutib, jamiyatning og‘ir
vaziyatlarida yashab qolganini tasvirlaydi.

Shu bilan birga, she’rdagi “cho‘zilib, quloch otib, suzib yurgan yana men”

so‘zlari shaxsning ichki izlanishlarini, o‘zligini qayta tiklashga urinishini, lekin
bunga erisha olmayotganini anglatishi mumkin. Shoir o‘zining ichki his-
tuyg‘ulari va maqsadlariga qaytishni xohlaydi, lekin “ko‘plik”ning og‘ir
vaziyatlarida bu mumkin emas.

Shu she‘rning davomini tahlilga tortadigan bo‘lsak adib nima demoqchi

ekanligini ochiq va aniq bilib olishimiz mumkin. Bunda adib “ Yosh yog‘och”
okkazional birligini qo‘llaydi. “Yosh yog‘och” — yangi imkoniyatlar, rivojlanish
va o‘sish ramzi sifatida ishlatilgan, bu so‘zning ma’nosi yosh, yangi boshlanishlar
va hayotdagi o‘zgarishlarni anglatadi.

Men yangilar o‘lkasidan sinmagan
Bir qanotni taqib olib qo‘zg‘aldim;
Shul yo‘limda yaproqlari so‘lmagan
“Yosh yog‘och”ning soyasida to‘xtaldim.
“Yosh yog’och” okkazional birligidan foydalangan adib nima demoqchi? Bu

yerda “yosh yog‘och” – hali o‘sish jarayonida bo‘lgan, yangiligi, yangi
boshlanishlari va o‘zgarishlarga ochiqligi bilan ajralib turadigan bir o‘simlik yoki
daraxt sifatida tasvirlanmaydi, “Yosh yog‘och”ning soyasida to‘xtash – bu yangi
imkoniyatlar va umidlarni izlash, o‘sish va rivojlanishga intilishni anglatadi.

Yangilik, o‘sish, o‘zgarish: “Yosh yog‘och” hali shakllanib bo‘lmagan, kuchli

o‘sish potensialiga ega bo‘lgan bir daraxtdir. Bu insonning yoki hayotning yangi
bosqichini, rivojlanishga bo‘lgan ehtiyojni ifodalaydi. Shoir bu yerda erkinlikka
intiluvchi o‘z ruhiniga ishonishini va suyanishini nazarda tutgan.

O‘z she’rlari bilan xalqqa turli estetik ta’sir etishni xohlagan Cho‘lpon

o‘zining “Kishan” she’rida manhus okkazional birligidan foydalanadi. “Manhus”
so‘zi behosiyat, shum ma’nolarida kelgan.

Na mudhish, na sovuq – manhus,


background image

CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

141

Na qizg‘anmas quchog‘ing bor!
Bashar tarixining har safhasida qonli dog‘ing bor!Adib manhus so‘zidan

foydalanib, “ Kishan” insonlar hayotiga qay darajada fojia keltirganini ifodalab
bergan. Kishanga tushgan insonlarni yuragida qonli dog‘ing bor deya
ta’kidlaydi. Adib shu she‘rning davomida “qurtulish” so‘zini ishlatadi.
“Qurtulish” – qutilish ma‘nosiga ega .

Qulf birlan sening erkingda ko‘p yillar qolib ketdim..
Faqat har tebranishdan qurtulishlikni umid etdim.(Cho‘lpon “Kishan”)
Kishinning har tebranishida, ozod bo’lishni istagan, qutilishni istagan. Adib

she’rida qisqa jumla ichida butun borliq ma‘nosini tushuntirishga harakat qilgan
va okkazional birliklardan unumli foydalangan.

Cho‘lpon “Yurt yo‘li” she’rida “ qilog‘iz” okkazional birligidan foydalanadi.

Qilog‘uz – yetakchi, yo‘l boshlovchi kabi ma’nolarni ifodalagan

Uzoq...og‘ir yo’lga chiqqan yo‘lchiman,
Bu yo‘llarda qilog‘uzim yulduzlar.
Men yurtimning pok kuchiman,
U yulduzning tugalishi kunduzdir.
“Qilog‘uz” so‘zi, albatta, o‘zbek tilida o‘zgacha bir ma'no va ramziy maqsadni

anglatadi. Aslida, “qilog‘uz” so‘zi “yetakchi” yoki “yo‘l boshlovchi” degan
ma’nolarni ifodalaydi. Bu so‘z, odatda, jangchi yoki rahbarlik xususiyatlariga ega
bo‘lgan shaxslarni ta'riflashda ishlatiladi. U “qilog‘uz” sifatida, bu shaxsning
harakat yo‘lini belgilovchi, maqsadga yetkazuvchi rahbarlikni ifodalaydi.
“Qilog‘uz” o‘zini yo‘l boshlovchi sifatida tanitib, yulduzlar kabi biror yo‘lda
yoritib, olg‘a yetaklashini ifodalaydi. Shunday qilib, “qilog‘uz” so‘zi nafaqat
yetakchilik, balki insonni o‘z orzulariga olib boruvchi kuch sifatida ham
sharhlanishi mumkin.

Okkazional birliklar orqali shoir, yozuvchi va ijodkorlar o‘z fikr va

mulohazalarni sodda va tushunarli aks ettiradi. Bu esa o‘quvchining osonroq
tushunishiga yordam beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

O‘zbek tilining izohli lug‘ati: 80 000 dan ortiq so‘z va so‘z birikmasi.

2.

Badiiy til muammolari. // “Inqilob va Adabiyot”. Toshkent. 1973. Fitrat

“Tanlangan asarlar”. – Toshkent: “Ma’naviyat”, 2009.
3.

Abdulhamid Cho‘lpon . “Buloqlar quchog‘ida”. -Toshkent, 2023.

4.

Shoqosim A, Rahimovna T., Mamasiddiqovna A. N., Mamasoliyevich, T.

5.

Roxataliyevna, A. N. Technologies For Improving The Quality Of

Educational Results Of Schoolchildren By Developing A Personalized Model Of


background image

CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

142

Teaching Mathematics hrough Interactive Stories. Journal of Positive School
Psychology, 2022. 6(11), 1354-1365.

Библиографические ссылки

O‘zbek tilining izohli lug‘ati: 80 000 dan ortiq so‘z va so‘z birikmasi.

Badiiy til muammolari. // “Inqilob va Adabiyot”. Toshkent. 1973. Fitrat “Tanlangan asarlar”. – Toshkent: “Ma’naviyat”, 2009.

Abdulhamid Cho‘lpon . “Buloqlar quchog‘ida”. -Toshkent, 2023.

Shoqosim A, Rahimovna T., Mamasiddiqovna A. N., Mamasoliyevich, T.

Roxataliyevna, A. N. Technologies For Improving The Quality Of Educational Results Of Schoolchildren By Developing A Personalized Model Of Teaching Mathematics hrough Interactive Stories. Journal of Positive School Psychology, 2022. 6(11), 1354-1365.